⚡️
Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi
Joriy yil umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkaziladigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Unga koʻra:
👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etiladi;
👉 tadbirga maktabdagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;
👉 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni koʻrish taʼminlanadi;
Shuningdek, tadbir davomida:
👉 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi;
👉 2022-2023-oʻquv yili davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;
👉 faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.
2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taʼqiqlanadi:
👉 “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;
👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni oʻtkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling
👉
https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Qعرض المزيد ...