⚡️
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!
💬 Davlat rahbarining 2022-yil
11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “
E-anticor.uz” elektron platformasida
davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.
💬 Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar
“yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va
Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.
💬 Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan
jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.
➡️ Keng jamoatchilik
ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi
korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.
⏺ Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
Telegram kanalimiz:👉🏻 🕊Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱
Instagram 📱
Facebook 📺
YouTube 🌐
Saytعرض المزيد ...