20 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Hozircha guruh bosqichi 2-turi doirasida Yangi O’zbekiston Yangi Zellandiyaga qarshi o’yin o’tkazmoqda.
Biznikilar o’yinda to’liq, o’ylaganingizdan ham ko’proq ustunlik qilmoqda. Ammo…
Xullas, men darvozabonimiz Otabek Boymurodov kabi darvozada tura olarkanman. Chunki men ham atigi ikki marotaba darvozamizga tepilgan to’pning birortasiniyam qaytara olmayman.
O’ndan ortiq zarba berdik, ular uzo-o-qlardan ikkita tavakkal tepib ham urib ketishyapti. Bu raqiblar kuchlimas, bizda hamma gap.
Xuddi boks deb tasavvur qilsak, jang boshida ringga chiqib olib rosa sakrab qizish uchun taraddud ko’rib, bo’yinlarni qirsillatib, raqibning birinchi tavakkal zarbasidayoq “uxlab” yerga yiqiladigan o’yinni nima keragi bor ))
Bular Osiyo chempioni bo’ldi, deb “Gentra” bilan vaqtliroq siylab qo’ymadikmikin? Hali ketidan nami ketmasdan yulduzcha yasab olibdi o’zidan.
Mayli, omadini bersin, oxirigacha kutaman, yutinglar yigitlar!
@Taqdir_bitiklariعرض المزيد ...