DIQQAT TANLOV!
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi umumta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Doiram sadolari" ko'rik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov 3 ta yo’nalishni o’z ichiga olib unda yakkaxon, jamoaviy hamda “Doira raqsi” yo’nalishlarida o’quvchi-yoshlar o’zaro bellashadilar.
Tanlovning tuman shahar bosqichlari 28-30-may kunlari tashkil etilib, final bosqichi 1-iyun kuni bo’lib o’tadi.
G’oliblar tashkilotchilar tomonidan O’zbekiston bo’ylab sayohat yo’llanmalari, diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.
Barcha iste’dodli o’quvchilarimizni mazkur tanlovda faol qatnashishga chorlab qolamiz.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Web sayt
عرض المزيد ...