⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi
Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Hujjat bilan
oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
✅ Barcha tillar (
shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha
milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.
❌ Oliy, fan va taʼlim vazirining
buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda
quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda:
Ingliz tili bo‘yicha
➖Test of English for International Communication (TOEIC)*
Fransuz tili
➖
Test de Connaissance du Francais (TCF)
Itaylan tili bo‘yicha
➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)
Yapon tili bo‘yicha
➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT)
Nemis tili bo‘yicha
➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II)
Arab tili bo‘yicha
➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)
Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun
sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida)
qadar imtiyoz qoʻllaniladi.
Avvalroq, magistratura va doktoranturaga
ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.
@magistrlarofficialعرض المزيد ...