Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
الفئة
لغة وموقع القناة

audience statistics Talabalar hayoti

Talabalar shirin va achchiq hayoti haqida qo'ldan kelgancha yoritib boramiz! 
1 2420
~0
~0
0
تقييم تيليجرام العام
عالميًا
75 369المكان
من 78 777
2 190المكان
من 2 295
في الفئة
2 342المكان
من 2 347

جنس المشتركين

تعرف على عدد كل من المُشتركين الذّكور والإناث على القناة.
?%
?%

لغة الجمهور

معرفة توزيع المشتركين في القناة حسب اللغة
الروسية?%الإنجليزية?%العربيّة?%
نمو القناة
رسم توضيحيجدول
ي
أ
ش
س
help

جار تحميل البيانات

فترة تواجد المستخدم على القناة

اعرف كم من الوقت قضى المُشتركون على القناة.
حتى أسبوع?%المؤقتات القديمة?%حتى شهر?%
الزيادة في المُشتركين
رسم توضيحيجدول
ي
أ
ش
س
help

جار تحميل البيانات

Hourly Audience Growth

    جار تحميل البيانات

    Time
    Growth
    Total
    Events
    Reposts
    Mentions
    Posts
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
    Sizda ham shundaymi 😂 🎓Talabalarga ulashing: ➡️
    165
    2
    Talabani talaba qilib turgan aktual odatlarimiz bor bo'lsin: -Kimda ruchka 2 ta; -Darsga kirmay qo'yaveraylik; -Kuratr telefon qilyapti, jiminglar; -Flishkangni berib tur; -O'qigandim, takrorlashga ulgurmadim; -Konspektni kelasi dars aniq ko'rsataman; -10 minut kutdik, bo'ldi ketamiz kelmaydi bari bir domla; -Dekanatdan chaqirayapti ekan; -Pasport kopiya keltirarkansizlar dekanat so'rayapti; -Menga ham "zvachka" ber; -Ovqatlanadiganla bormi; -Hozir nechinchi para; Hammamiz birga qochsak, hech nima qilolmaydi. 🤣 🎓Talabalarga ulashing: ➡️
    عرض المزيد ...
    315
    6
    😂 Adashsang o'lasan... Bizning kanal: 🔘 ➡️
    183
    1
    Kelajakda Kontrakt Summasi Pasaytirilganlik Haqidagi hujjat Rasmiylashtirilayotgan Vaqt😂😂 (P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring😁) Bizning kanal: 🔘 ➡️
    213
    2
    To'g'rimi😅 🎓Talabalarga ulashing: ➡️
    277
    5
    Toʻlov-shartnomalarni orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma 🎓Talabalarga ulashing: ➡️

    kontrakt.edu.uz Video yo'riqnoma (1).mp4

    895
    9
    ​​ Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga qulayliklar yaratilmoqda Davlat komissiyasining 2-son bayonida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida, ko‘rish yoki eshitishda nuqsoni bo‘lgan nogiron abituriyentlarga test topshiriqlari kitobini ishlashlari va javoblar varaqasini bo‘yashlarida qulayliklar yaratilishi belgilangan. 2022-yil 14-avgust kuni 2-smenada Xorazm viloyatida o‘tkazilgan test sinovlarida 35-guruhdagi abituriyent E.A.Sapoyev ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirish uchun yordam so‘ragan. Holat Davlat test markazi xodimlari tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham abituriyentning ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli guruh nazoratchisi tomonidan javoblar varaqasiga tegishli javoblarni bo‘yash uchun yordam ko‘rsatilgan. Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Davlat test markazi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    image
    970
    1
    #Qabul2022 ⚡️ Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi 📣 2022-yil 14-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ 14-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.dtm.uz saytining bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 👉 👉 👉 👉 4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: | | |
    عرض المزيد ...
    623
    7
    ⚡️Endilikda mandat.dtm.uz saytida statistik ma'lumotlar ham e'lon qilinmoqda ✅ Statistik maʼlumotlar “Bakalavr-2022” bo‘limining “Qo‘shimcha” qismida joylashgan bo‘lib, hududlar kesimida quyidagi maʼlumotlarni olish mumkin: 👉 o‘rtacha ballar; 👉 quyi chegara ballar; 👉 chetlashtirilgan abituriyentlar; 👉 qiymatlanmagan abituriyentlar. 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    643
    7
    #Qabul2022 ⚡️ Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi 📣 2022-yil 13-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ 13-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.dtm.uz saytining bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 👉 👉 👉 👉 4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: | | |
    عرض المزيد ...
    643
    2
    ⚡️4-kun natijalari e’lon qilindi 2022-yil 11-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 11-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.dtm.uz saytining “” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: • 4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    عرض المزيد ...
    Natijani olish
    814
    3
    11-avgust 1-smenada tushgan! Tushgan savollar javoblari bilan👇 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    845
    10
    🔥⚡️9-avgust 1-smena testlari 1. Bangidevona usimligining poyasining qizilligi yashilligi ustidan , mevasining qizilligi sariqligi ustidan dominantlk qladi. Degeterozigota organzm catwtrldi 14 ta aabb organzm olngan bolsa A_bb organzmni anqlang Javob 42 ta 2. Glikoliz va tayyorgarlik bosqichlariga tugri keladigan javobni aniqlang 3. Qaysi kasaliklar jinsiy (a) va autosoma(b) Xromosomaga birikkan holda irsiylanadi deb kasaliklarni berb quygan 4. Hujayra sitoplazmasining bulinishiga tugri keladigan atamanii toping A)interkenez B) kariokenez C)sitokenez✅ D) interfaza 5. Spermatagenez va ovogenez bitta organmzda boladigan javobni aniqlang A)nereida B)belyanka C)odam askaridasi D)Dengiz olabugasi✅ 6. Poykloterm(a) va gomoyoterm (b) ga xos organizmlarni aniqlang . 1) jirafa 2) xamelion 3) tasqara 4)hind fili 5) iguana 6) alligator A) a-1.3 b-2.5 B) a-2.5 b-1.3✅ C) a-1.4 b-2.6 D) a-2.6 b-1.6 7. Nozema hujayrasini pseduomanas hujayrasidan farqini toping 8. Qaysi kasaliklar jinsiy (a) va autosoma(b) Xromosomaga birikkan holda irsiylanadi deb kasaliklarni berb quygan 9. Qisqichbaqasimonlar (a) va magnoliyasimonlar (b) ga hos javobni aniqlang. A)a--omar,langust b--shirinmiya, Shu bita variant esmda ekan 10. bog'lanish energiyasi ortib borish tartibda joylashtiring HBr HCl HJ HF 11. Agar gibrid orbitallar soni 16 ta bo’lsa, nechta atsetilen molekulasi hosil bo’lgan? 12. 24KMnO4 + 5C6H12O6 + 36H2SO4 → 24MnSO4 + 30CO2 + 12K2SO4 + 66H2O ushbu reaksiyada 6.72litr gaz ajralgan bolsa oksidlovchi va qaytaruvchining mol farqini aniqlang?? A 1.9 B 0.19 C 0.38 D 3.8 13. Tohariston markazi qayer. 14. Oʻrta Osiyoni bosib olgan shaxs Makedonskiy qildim 15. Tib qonunlar kimga tegishli (takror tushdi) 16. Kariokinez haqida to‘g'ri fikrni toping. 17. Mg va Ca uchun umumiy (a) va hususiy (b) bo'lgan malumotlarni aniqlang. 18. Bosh va orbital kvant sonlari yig’indisi uchga teng bo’lgan (n+l=8) necha xil holat mavjud? Qabul-2022 | Tushgan va tushayotgan savollar kanali👇 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    عرض المزيد ...
    1 140
    16
    1 093
    10
    Imtihonga formada borishi kerakmi ? Roʻmol mumkinmi ? ✅Javob: imtihonga aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay kiyimda borishi mumkin. Eng koʻp berilayotgan savollar biri yani ROʻMOL masalasi, ‼️imtihonga qizlar ro'molda borishiga hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas!‼️ 🧢 Qoʻshimcha qilib shuni aytishimiz kerakki, test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotganligi sababli, abituriyentlar xohishiga ko‘ra, test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...

    Imtihonga formada borishi kerakmi?.mp4

    1 143
    5
    #Qabul2022 ⚡️ Barcha abituriyentlar diqqatiga! ✅ Ma’lumki, ertadan 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi. 📆 Test sinovlari 8-avgustdan 20-avgustga qadar ikki smenada: 1️⃣-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 📌 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda 1️⃣-smenada 06:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. ❕ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. 📹 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    Dtm xabarlari online | DTM
    @Dtm_xabarlari_online (norasmiy) kanali! Bizda hammasini sodda, qisqa va lo'nda tushunib olishingiz mumkin! - DTM yangiliklari - DTM testlari - Ta'lim yangiliklari - Kirish imtihonlaridagi o‘zgarishlar
    924
    8
    #Qabul2022 Test materiallaridan foydalanish (HD formatda) 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️

    4.Test materiallaridan foydalanish - uz~1.mp4

    822
    5
    ⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni ✅ Bugun talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin. ❕ Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    عرض المزيد ...
    925
    3
    Testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi ? ✅ Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (2021) Majburiy fanlar: 1⃣ Ona tili (oʻzbek): — Orfografiya va punktuatsiya — 40 %; — Leksikologiya, uslubiyat — 40 %; — Grammatika — 20 %. 2⃣ Ona tili (rus): — Fonetika — 10 %; — Leksika — 10%; — Grammatika — 40 %; — Orfografiya — 40 %. 3⃣ Ona tili (qoraqalpoq): — Fonetika — 10 %; — Leksika — 20 %; — Grammatika — 40 %; — Orfografiya — 30 %. 4⃣ Matematika: — Sonlar va ular ustida amallar — 40 %; — Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %; — Geometriya — 30 %. 5⃣ Oʻzbekiston tarixi: — Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %; — XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %; — Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %. Mutaxassislik fanlari boʻyicha rasmda maʼlumot olishingiz mumkin👆 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    1 029
    29
    mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi. Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi: ➖ abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari; ➖ OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari; ➖ ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani; ➖ davlat granti asosidagi qabul rejasi; ➖ to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi; ➖ ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi); ➖ tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi). ❗️Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    Dtm xabarlari online | DTM
    @Dtm_xabarlari_online (norasmiy) kanali! Bizda hammasini sodda, qisqa va lo'nda tushunib olishingiz mumkin! - DTM yangiliklari - DTM testlari - Ta'lim yangiliklari - Kirish imtihonlaridagi o‘zgarishlar
    1 138
    11
    Bir darveshga: "Xayrli Jumalar" deyishibdi. U esa: "Juma shundoq ham xayrli" debdi. Keyin ular: "Juma muborak" deyishibdi. U esa: "Juma shundoq ham muborak kun" debdi. Unda nima deylik, sen ayt deb so‘rashibdi. U: "Jumaning xayri va barokati senga bo‘lsin" deng, degan ekan. Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin!🤲🏻🌙
    Yaqinlarni birinchilardan boʻlib tabriklang!
    🔥@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
    851
    5
    4️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olgan abituriyentlar soni 400 000 nafardan oshdi. 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    744
    1
    ​​ ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud: 👉 👉 👉 👉 👉 📆 Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz. 📌 Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. ❕ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    image
    740
    0
    Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan OTMlar ma’lum qilindi Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatida O‘zbekiston Milliy universiteti yetakchilik qilmoqda — 41 577 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Undan keyingi o‘rinlarda: Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar; Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar; Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar; Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar. 🎓Abituriyentlarga ulashing: ➡️
    عرض المزيد ...
    746
    5
    ⚡️ Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi ✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. 📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib: 1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi. ❕ Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    Dtm xabarlari online | DTM
    @Dtm_xabarlari_online (norasmiy) kanali! Bizda hammasini sodda, qisqa va lo'nda tushunib olishingiz mumkin! - DTM yangiliklari - DTM testlari - Ta'lim yangiliklari - Kirish imtihonlaridagi o‘zgarishlar
    859
    13
    ❗️Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan, imtihonlar hududlardagi abituriyentlar sonidan kelib chiqib, 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin Bu haqda Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev maʼlum qildi. Oʻtgan yilgi tajribalardan kelib chiqqan holda test sinovlari 2 smenada oʻtkaziladi. 1-smena ertalabki soat 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa kechki 19:00dan 22:00gacha oʻtkazish rejalashtirilgan. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...

    IMG_9537.MP4

    1 225
    17
    ​​IMTIHONDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TISH SIRLARI(2-QISM) ▪️Imtihonda▪️ 1⃣ Savollar varaqasini ko‘zdan kechiring. Dastlab varqadagi savollarga birma-bir ko‘z yugurtirib chiqing. Agar savollarda biror kamchilik bo‘lsa, deylik ularning yoki berilgan javoblardagi variantlarning soni kam bo‘lsa shu vaqtning o‘zida muammoni hal qilish mumkin bo‘ladi. Test jarayonini kuzatuvchi xodimlar savollar varaqasini almashtirish berishi mumkin. Abituriyentlar ismi-sharifi  va variantlari qaydnomaga kiritilgandan so‘ng, savollar varaqasi almashtirilmaydi. 2⃣ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Test jarayonida vaqtni to‘g‘ri taqsimlab oling. Dastlab ballar yuqori beriladigan bloklar ketma-ketligida siz aniq biladigan savollarnining javobini biror qog‘ozga belgilab chiqing. Javoblar varaqasida belgilanishni test jarayoni yakuniga qoldiring. Bir savolning javobini topolmay qolganingizda to‘xtab qolmay keyingi savolga o‘ting. Chunki, vaqt chegaralangan. 3⃣ Shoshma-shosharlik qilmang. Agar siz aniq fanlardan test topshirayotgan bo‘lsangiz, berilgan topshiriqni bajargach, javobingiz bilan barcha variantlarni taqqoslab chiqing. Chunki, javoblar shunday tuziladiki, bittagina son oldidagi ishora ham sizni javobingizni xato belgilashga sabab bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 4⃣ Hech kimga e’tibor bermang.  Test ishlash jarayonida atrofdagi abituriyentlarga e’tibor qaratmang. Ba’zida bosh ko‘tarib allanimalarni yozib test ishlayotgan abituriyentlar  sizni nazaringizda o‘ta “bilimdon” bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bu holat esa sizga ruhiy zarba berishi turgan gap. 5⃣ Javoblar varaqasida belgilashda ehtiyot bo‘ling.  Barcha javoblarni qo‘shimcha qog‘ozda belgilab bo‘lgach, yana bir bor ko‘z yugurtirib chiqing. Test jarayoni yakunlashiga 20-30 daqiqa qolganda javoblar varaqasida javoblarni belgilashni boshlang. Shuni unutmangki, 0,1 ball ham juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham belgilashda e’tiborli bo‘ling, har bir fanni o‘zi uchun ajratilgan qismdagi belgilash mumkin bo‘lgan doirachalarni belgilang. Barchangizga omad yor bo‘lsin! Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, orzu qilgan talabalik nasib etsin! 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    image
    973
    13
    Imtixon Sanalari🏛 👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin. 📌 Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. 👉
    1 158
    28
    ​​ ⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha) ✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. 👨🏻‍🎓 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi. 🏫 Shundan: 🔸 395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari; 🔸 819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari. 👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan): 🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar; 🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar; 🔹 Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar; 🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar. 📍 Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti: 1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar. 2️⃣ Samarqand viloyati — 133 610 nafar. 3️⃣ Toshkent viloyati — 116 251 nafar. 4️⃣ Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar. 5️⃣ Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar. 6️⃣ Andijon viloyati — 79 235 nafar. 7️⃣ Namangan viloyati — 77 607 nafar. 8️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar. 9️⃣ Jizzax viloyati — 74 346 nafar. 🔟 Toshkent shahri — 68 545 nafar. 1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati — 67 663 nafar. 1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati — 64 351 nafar. 1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati — 54 512 nafar. 1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar. 🌐Bizning kanal: 🔘 ➡️
    عرض المزيد ...
    image
    1 262
    6
    #Qabul2022 Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat 👨🏻‍💻 2022-yil 27-iyul kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. ✅ Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar. ❕ Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi. 📣 27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi. 📆 Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. 🌐Barchaga ulashing: ➡️
    عرض المزيد ...
    1 096
    3
    آخر تحديث بتاريخ: ١١.٠٧.٢٣
    سياسة الخصوصية Telemetrio