Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
الفئة
لغة وموقع القناة

audience statistics TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

▪️"TRIZ pedagogikasi" — O‘qituvchilar va tarbiyachilar uchun zamonaviy metodlar; — Foydali maslahatlar. 📲 Murojaat:  @TRIZ_menejer  
3 7140
~0
~0
0
تقييم تيليجرام العام
عالميًا
70 903المكان
من 78 777
2 022المكان
من 2 295
في الفئة
2 306المكان
من 2 347

جنس المشتركين

تعرف على عدد كل من المُشتركين الذّكور والإناث على القناة.
?%
?%

لغة الجمهور

معرفة توزيع المشتركين في القناة حسب اللغة
الروسية?%الإنجليزية?%العربيّة?%
نمو القناة
رسم توضيحيجدول
ي
أ
ش
س
help

جار تحميل البيانات

فترة تواجد المستخدم على القناة

اعرف كم من الوقت قضى المُشتركون على القناة.
حتى أسبوع?%المؤقتات القديمة?%حتى شهر?%
الزيادة في المُشتركين
رسم توضيحيجدول
ي
أ
ش
س
help

جار تحميل البيانات

Hourly Audience Growth

جار تحميل البيانات

Time
Growth
Total
Events
Reposts
Mentions
Posts
Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
⏺ TRIZ pedagogikikasining telegram sahifasi 👉 kanali Sotiladi. Murojaat 👉
634
0
⚡️ ​​​​O‘qituvchi o'quvchilarga quyidagi masalalarda yordam berishi kerak: O‘quvchining o‘ziga ishonmaslik tuyg‘usini yengishga yordam berish va masalani yecha olishga ishontirish. O‘qituvchi o‘quvchiga qiyin masalani yecha olishga ishonishini bildirishi kerak. O‘qituvchi shunday topshiriq berishi kerakki, uning qiyinchilik darajasi o‘quvchining darajasiga mos kelishi kerak. ✅ O‘quvchi o‘zini bemalol tutishini taʼmirlash. O‘qituvchi o‘quvchining o‘quv topshirig‘iga yo‘naltirilgan harakatlarini hayajonsiz va bemalol olib borishga undash kerak. O‘quvchi masala yechimiga ochiq va bemalol yondashishini taʼminlashi kerak. ✅ Individual ishlash tarziga yo‘l qo‘yish. O‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘qituvchi o‘quvchining o‘z yo‘liga va o‘zlashtirish tezligiga ega bo‘lishi uchun imkon yaratishi kerak. Tegishli topshiriqlar orqali xato qilish va ularni tuzatish imkoniyati ochib berilishi kerak. ✅ O‘quvchi ikkilanganidan ishni barvaqt tashlashini oldini olish. O‘qituvchi o‘quv jarayonidagi to‘siqlarni barvaqt aniqlashi va o‘quvchi bilan suhbatda bartaraf etishi kerak.O‘ziga uncha ishonmaydigan o‘quvchiga o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam berish kerak. ✅ O‘quvchiga bir qadam oldinga siljishi uchun yordam berish. O‘quv texnik yordamlari orqali topshiriqni yechishdagi dastlabki qiyinchiliklarni bartaraf etilishi kerak.O‘rganish kichik qadamlar orqali amalga oshishi uchun imkon yaratish kerak.
عرض المزيد ...
3 238
14
⚡️ 100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish: 📚 Doim o'qishni xohlagan, lekin jazm qilolmagan biror bir qiyin kitobingizni tanlab, ipidan ignasigacha o'qib chiqing. 🎓 Har kuni yangi nimadir o'rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo'yi olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz, lug'at olib, yangi so'zlar yodlashingiz mumkin. 🌞 "Tonggi sahifalar" - tongda keladigan fikrlar oqimini maxsus daftarga yozib boring. Bu uyg'onganingizdan keyin qiladigan birinchi ishingiz bo'lsin. 📝 Butun dunyo ruhshunoslari bir ovozdan tasdiqlaydigan tavsiyaga amal qiling - har kuni bir varoq qog'ozga hayotingizda sizni mamnun qiladigan 5-10 ta narsani qayd etib qo'ying - Shukronalik izhorlarini yozing. ❌ Shikoyat qilishni bas qiling. Salbiy fikrlar salbiy natijalarga olib keladi. Asosiysi, bu mashg'ulotlarni shunday ishtiyoq bilan bajaringki, 100 kun ichida ular odatga aylanib qolsin!
عرض المزيد ...
2 243
15
⚡️ Bolalarning xotirasini kuchaytiruvchi usullar ✅ Xotira va diqqatni rivojlantirish uchun Bolalarga qiziqarli narsalar ko'proq esda qoladi. Bolaga mavzuga doir qo'shimcha ma'lumot - fakt, foto va videorolik topishga yordam bering. ✅ Individual yondashuv Bolaga ma'lumotlarni eslab qolish uchun mnemonika texnikasi: sxemali suratlar, solishtirish, qisqartmalar, taqqoslashlar, shuningdek, qofiyalar bilan eslab qolishga yordam bering. ✅ Stressli sharoit bolaning eslab qolish imkoniyatlarini kamaytiradi Bola ma'lumotni qanday qabul qilishi - ko'rish, eshitish va bog'lab eslab qolishidan kelib chiqib yo'l tutish kerak. Birgalikda mashq qiling: hafta davomida yuz bergan hodisalarni muhokama qiling, o'qigan kitobingizdagi parchalarini aytib bering, hafta davomida bir marta qisqa she'r yodlang.
عرض المزيد ...
1 334
13
⚡️ 𝗤𝗼𝗯𝗶𝗹𝘆𝗮𝘁𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗶𝘇𝗻𝗶 𝘁𝗮𝗿𝘁𝗶𝗯𝗴𝗮 𝘀𝗼𝗹𝗶𝗻𝗴 𝘃𝗮 𝗦𝗮𝗺𝗮𝗿𝗮𝗴𝗮 𝗲𝗿𝗶𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴 📈 Muvaffaqiyatga kuchli tartib asosida erisha olish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Hozir sizga shu xususida kerakli maslahatlarni ulashamiz: 🧏‍♂ Maqsadlarni belgilang Maqsadlarni belgilash hayotingizdagi ijobiy o‘zgarishlarga muvaffaqiyatli taʼsir ko‘rsatishga yordam beradi. Maqsadlar - bu yo‘l. 📋 Tashkillashtirish Siz birinchi oz vaqt talab qiladigan ishlarni bitirib oling. Shunda samaradorlik yana-da oshadi. Vazifalar ro‘yxatini tuzing va bajarishingiz kerak bo‘lgan har qanday vazifalar uchun eslatmalarni o‘rnating. ⏰ Tanaffus qiling O‘qish paytida bir soatlik tanaffuslar qilish kerak. Tanaffus taxminan 5-15 daqiqa bo‘lishi kerak. Bu sizning aqliy va jismoniy nuqtayi nazaringizni o‘zgartirishga yordam beradi. Bunda siz maʼlumot olishga va dam olishga vaqt ajratasiz
عرض المزيد ...
760
3
Assalomu alaykum, azizlar! 🔻 Bugun 3- Mart Payshanba! Yangi tong, yangi yasharish fasli barchamizga muborak bo‘lsin! Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!
942
20
​​ Mutolaa stressdan qutilishning eng yaxshi yo'llaridan biri.
image
1 170
5
#bilasizmi ⚡️ Koʻzni ochib-yumish miyani dam olishga yordam beradi 👁 Ushbu jarayonning aniq vazifasi koʻzni namlash va koʻzdan changni tozalashdir. ✅ Ammo buning uchun tez-tez yopib-ochishning hojati yoʻq. Bir daqiqada 15-20 martagacha. 🧑‍🔬 Yaponiyalik olimlar koʻzni ochib-yumish miyani qayta ishga tushirishga yordam berishini aniqladilar. Diqqatni bir muhim obʼektdan ikkinchisiga oʻtkazish uchun javob beradigan miya qismidagi neyronlarning holatini tiklashi isbotlangan haqiqatligi aniqlandi.
عرض المزيد ...
1 504
13
⚡️ Zulfiya Isroilova Hamon eʼtiqodim – haqiqat, haqdir, Soʻzlayman yuzimni tutib Kaʼbaga. Yemira olmaydi oʻtkinchi taqdir, Osuda oʻtadi ruhim abadga. Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur, Asli Siz oftobim, men ziyosiman. Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur, Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman. Bugun Zulfiyaxonim tavallud topgan kun! O‘zbek shoirasi. 1915-yilning 1-martida Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabdan so‘ng pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan. 1938-1948-yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O‘zdavnashrda bo‘lim boshlig‘i, 1950-yildan 1980-yilga qadar "Saodat" jurnalida ishlagan. 1996-yilda vafot etgan.
عرض المزيد ...
1 889
21
Assalomu alaykum, azizlar! 🔻 Bugun 1 - mart, Seshanba tonggi barchangizga muborak bo'lsin! 🤗 Barcha intiqlik bilan kutgan, fasllar kelinchagi Bahor fasli kirib keldi! Barchangizga Yangilanish, yasharish fasli qutlug' kelsin! Kuningiz xayrli va barokatli o'tsin!
1 987
51
⚡️ Onotoledan samarali kitob o'qish bo'yicha 7 qoida ... davomi 4. Alternativ formatlar 📚 Hozirda bilamizki, kitoblarni o'rnini bosuvchi boshqa manbalar ham bor. Masalan, maqola, audiokitoblar, infografika, longrid, dayjest, turli sayt va boshqalar. Agar kitobdan tashqari boshqa ma'lumotlar olinishi kerak bo'lsa, yoki zerikarli bo'lsa, yuqoridagi alternativ formatlardan ham mukammal foydalaning. 5. Qalam bilan o'qish 📝 Asarni doim qalam bilan o'qishga odatlaning. Negaki, kitobni nafaqat o'qish, balki unda uchraydigan iqtiboslar, rivoyat va boshqa yaxshi narsalarni yozib qo'yish, belgilash, chizish kerak. Shunda kitob haqiqatda o'zingizniki bo'ladi. Agar kitob — so' zlar, ma'nolar ummoni bo'lsa, uni mutolaa qilishda, uning asosiy maqsadini, falsafa, g'oyasini ajrating, tahlil qiling. 6. Kuniga 30 betdan mutolaa qilish 📓 Hammaning kitob o'qishda o'zining ritmi, o'qish tezligi bo'ladi: masalan, “Marafonchi” o'qish ritmidagilar – bir oy davomida juda kam o'qishadi, “Spinterlar” esa, bir necha kunda kitobni tugata oladilar. Lekin bu muammoning ham yechilish usuli bor: Buning uchun bir kunda, bir soat davomida kitobni 30 betdan o'qish kerak. Qarabsziki, bir necha hafta mobaynida bir kitob, yil davomida esa, 60 ta kitob o'qigan bolasiz. 7. Janrlarni aralashtirib mutolaa qilish 📖 Kitob o'qishda bilamizki, hammaning o'z sevgan janri bo'ladi, masalan, kimdir faqat detektiv janrdagi, kimdir esa, badiiy janrdagi asarlarni o'qishni xush ko'radi. Lekin, doimo turli janrlarni aralashtirib mutolaa qilgan ma'qul, negaki dunyoqarash, saviya, yangi bilimlar shundagina shakllanib, ziyoda bo'ladi, yangilanadi. Shunday qilib, kitob – doimo insoniyatning yo'lini yoritgan “chiroq” bolib, uning o'qilish tartib va qoidalariga amal qilsakkina, uning ziyosidan to'liq bahramand bo'lamiz
عرض المزيد ...
1 401
9
⚡️ Onotoledan samarali kitob o'qish bo'yicha 7 qoida Qanday qilib kitobni samarali o'qish mumkin? Kitobning o'qishga loyiqligi, uning diqqatga sazovorligini qanday qilib bilib olish mumkin? O'qiganlarimizni uzoq vaqtgacha qanday xotiramizda saqlashimiz mumkin? Bunda sizga Onotolening bularga javob qilib bergan 7 maslahati qo'l keladi. 1.Kitoblar royxati 📚 Ko'pchilik kitoblarga nisbatan g'alati qizg'anchiqlik, apatiyani his qiladi, ya'ni biz kitob olishni yaxshi ko'ramiz, ularni tokchalarimizda yig'ib boramiz, lekin har doim ham o'qimaymiz. O'qilmagan kitoblarimiz ro'yxati esa oshib, bizga har tomonlama zarar keltiradi. Oldindan, jamlab qo'yish uchun kitob xarid qilmang. Sizga 1 ta yoki 2 ta kitob yetarli. Qolgani esa, o'zining o'qilish vaqtiga qadar kutib turadi. Yana qimmat bo'lgan, illyustratsiyaviy nashrlarning kitoblarini kamroq oling. 2. 50 bet qoidasi ❗️Sayoz, mazmunsiz kitoblarni o'qish uchun hayotimiz juda qisqa. Shunday ekan, zerikarli, foydasiz kitoblarni farqlashni biling. Kitobning boshidagi 50 betni o'qish orqali, uning qandayligini bilish mumkin. Mutolaa qilishda, 50-betdan oshib ketsangiz, demak osha kitob haqiqatdan diqqatga sazovordir. Har yili yuzlab qiziqarli kitoblar chiqadi, shunday ekan yomon kitoblarga ikkinchi imkon bermaslikka harakat qiling. 3. Nima haqida kim yozmoqda? 📋 Mutolaa oldidan kitob haqidagi qisqacha tariflar va muallif haqida o'qib chiqing. Kitobni o'qishdan oldin o'zingizga savol bering; bu kitob orqali nimalarni bilmoqchisiz? Kitobdagi tahlil, ko'tarilgan mavzu va boshqalar sizga qaysi muommolarni yechishga yordam beradi? Mana shularni aniqlashtirsangiz, siz kitob mutolaasi tartibiga ega bo'lasiz. .... davomi keyingi postda
عرض المزيد ...
2 295
14
🤗 Assalomu alaykum, azizlar! 🤲 Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin! 😊 Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq bo‘lsin, azizlar!
1 505
13
⚡️ O‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish uchun 5 ta maslahat Har bir o‘qituvchi aʼlochilar bilan bir qatorda o‘qishga qiziqishi sust bo‘lgan bolalar bilan ham ishlashiga to‘g‘ri keladi. Quyida sizga o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishning 5 ta foydali usullarini keltirib o‘tamiz. 1️⃣ O‘quvchilaringiz bilimidagi kamchiliklarga eʼtibor bering: qachonki biz mavzu bo‘yicha bolaning bilimidagi bo‘shliqlarni aniq ilg‘ay olsak, unda o‘quvchida yangi bilimlarga qiziqish paydo bo‘ladi. Avvaldan murakkab misollardan boshlamang va sinfdagi barchaning umumiy darajasini inobatga olishga harakat qiling. 2️⃣ Bolada yutuqlarga erishishda ketma-ketlikni asos qilish: yaʼni bu juda oddiy. Siz o‘z tushuntirishlaringizni mantiqiy ketma-ketlik bilan olib boring. Bular ularni imkon qadar miyasida tez tushunib, asosiy mantiq qayerda ekanligini anglab yetsin. 3️⃣ Hayotiy muammoli topshiriqlar berish: bir narsani yodda tutinki, qachonki bola siz berayotgan bilimni hayotining qaysi qismida as qotishini aniq his etsa, u sizning faningizni chin dildan yoqtiradi. Mavzuga doir hayotiy masalalar berib, kim birinchi javob topishlariga harakat qilishga undang. 4️⃣ Dars jarayonida qiziqarli va ko‘ngil ochadigan vazifalar berib borish: misol uchun turli topishmoqlar, o‘yinlar, matematik paradokslar, maktab binolari atrofida matematik yurishlarni amalga oshirish. 5️⃣ Matematika haqida qiziqarli hikoyalarni aytib berish: masalan, Karl Fridrix Gaus 10 yoshida 1 dan 100 gacha sonlarni bir minutda qanday qilib tez qo‘sha olgani haqidagi misollar.
عرض المزيد ...
1 679
12
O‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish uchun 5 ta maslahat Har bir o‘qituvchi aʼlochilar bilan bir qatorda o‘qishga qiziqishi sust bo‘lgan bolalar bilan ham ishlashiga to‘g‘ri keladi. Quyida sizga o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishning 5 ta foydali usullarini keltirib o‘tamiz. 1️⃣ O‘quvchilaringiz bilimidagi kamchiliklarga eʼtibor bering: qachonki biz mavzu bo‘yicha bolaning bilimidagi bo‘shliqlarni aniq ilg‘ay olsak, unda o‘quvchida yangi bilimlarga qiziqish paydo bo‘ladi. Avvaldan murakkab misollardan boshlamang va sinfdagi barchaning umumiy darajasini inobatga olishga harakat qiling. 2️⃣ Bolada yutuqlarga erishishda ketma-ketlikni asos qilish: yaʼni bu juda oddiy. Siz o‘z tushuntirishlaringizni mantiqiy ketma-ketlik bilan olib boring. Bular ularni imkon qadar miyasida tez tushunib, asosiy mantiq qayerda ekanligini anglab yetsin. 3️⃣ Hayotiy muammoli topshiriqlar berish: bir narsani yodda tutinki, qachonki bola siz berayotgan bilimni hayotining qaysi qismida as qotishini aniq his etsa, u sizning faningizni chin dildan yoqtiradi. Mavzuga doir hayotiy masalalar berib, kim birinchi javob topishlariga harakat qilishga undang. 4️⃣ Dars jarayonida qiziqarli va ko‘ngil ochadigan vazifalar berib borish: misol uchun turli topishmoqlar, o‘yinlar, matematik paradokslar, maktab binolari atrofida matematik yurishlarni amalga oshirish. 5️⃣ Matematika haqida qiziqarli hikoyalarni aytib berish: masalan, Karl Fridrix Gaus 10 yoshida 1 dan 100 gacha sonlarni bir minutda qanday qilib tez qo‘sha olgani haqidagi misollar.
عرض المزيد ...
1
0
🤗 Assalomu_alaykum, azizlar! 🔻 Bugun, 27-Fevral, Yakshanba! Yangi dam olish tongi barchamizga muborak bo‘lsin! 😇 Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!
3 942
22
​​ ⚡️ Eng boy o‘qituvchi... 🔸 Eng boy va kamtar o‘qituvchi, Devid Cheriton - Stenford universitetining oddiy va aqlli professori. 🔸 U eng boy o‘qituvchi bo‘lishi Google kompaniyasi bilan bog‘liq. Barchasi 1998-yilda Google nomli startap uchun ikki talabaga ( Stiv va Pey ) 100.000 dollar qarz bergan. Uning hozirgi boyligi 8.8 milliard dollarni tashkil etadi.
image
1 647
3
Eng boy o‘qituvchi... •Eng boy va kamtar o‘qituvchi, Devid Cheriton - Stenford universitetining oddiy va aqlli professori. •U eng boy o‘qituvchi bo‘lishi Google kompaniyasi bilan bog‘liq. Barchasi 1998-yilda Google nomli startap uchun ikki talabaga ( Stiv va Pey ) 100.000 dollar qarz bergan. Uning hozirgi boyligi 8.8 milliard dollarni tashkil etadi.
1
0
⚡️ Bolalarning xotirasini kuchaytiruvchi usullar 🎯 Xotira va diqqatni rivojlantirish uchun Bolalarga qiziqarli narsalar ko'proq esda qoladi. Bolaga mavzuga doir qo'shimcha ma'lumot - fakt, foto va videorolik topishga yordam bering. 😎 Individual yondashuv Bolaga ma'lumotlarni eslab qolish uchun mnemonika texnikasi: sxemali suratlar, solishtirish, qisqartmalar, taqqoslashlar, shuningdek, qofiyalar bilan eslab qolishga yordam bering. 😥 Stressli sharoit bolaning eslab qolish imkoniyatlarini kamaytiradi Bola ma'lumotni qanday qabul qilishi - ko'rish, eshitish va bog'lab eslab qolishidan kelib chiqib yo'l tutish kerak. Birgalikda mashq qiling: hafta davomida yuz bergan hodisalarni muhokama qiling, o'qigan kitobingizdagi parchalarini aytib bering, hafta davomida bir marta qisqa she'r yodlang.
عرض المزيد ...
2 044
21
Kuningiz qanday bo'lishi tongni qanday qarshilashingizga bog'liq! Xayrli tong azizlar!
1
0
Kuningiz qanday bo'lishi tongni qanday qarshilashingizga bog'liq! Xayrli tong azizlar!
1 658
7
#bilasizmi ⚡️ Mnemonika nima? 🧠 Mnemonika (yun. mnemonika — eslab qolish sanʼati) — turli assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. 💆‍♂ Baʼzi mnemonistlar oʻzlashtirishda har xil effektiv usullarni qoʻllashga oʻrganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto maʼnosiz materialni tez va uzoq umddat esda olib qolish qobiliyatiga erishadilar. 📌 Lekin xotira samaradorligini tub maʼnoda oshirish uchun sunʼiy usullardan foydalanish ikkinchi darajali hamda yordamchi boʻlib hisoblanadi.
عرض المزيد ...
2 068
13
#mulohaza Amerikada elektr stulga o‘tirg‘izib o‘ldirish jazosi berilgan bir jinoyatchiga hukm ijro etilishidan oldin so‘nggi so‘z berildi. U atrofga nazar tashladi. Bir qancha kishilar unga qarab turibdi. Qanchadan-qancha muxbirlar qo‘llarida qalam bilan u aytadigan so‘zni kutmoqda. Rasmchilar esa tinmay suratga olyapti. Shunda maxbus: - Bilasizmi, agar men bolaligimda hozirgidek eʼtibor ko‘rganimda edi, jinoyatchilar kursisida o‘tirmagan bo‘lardim, - degan ekan. ❗️Agar bolalarga yaxshi tarbiya va eʼtibor berilmasa, ularning katta bo‘lib jinoyatchiga aylanishlari hech gap emas...
عرض المزيد ...
2 292
22
⚡️ Eslab qolish pasayishining 5 ta asosiy sababi 1. Boshga og'ir yoki ko'p zarba qabul qilish. 2. Istma. Istmadan keyin insonning eslab qolish qobiliyati 10% pasayar ekan. 3. Stress. Hozirda eng dolzarb muammolardan biri Stressdir. Stressdan keyin nafaqat eslab qolish qobiliyati balki fikralsh qobiliyati ham pasayishi bor gap. 4. Uyqusizlik. Tabiiyki, uyqu Xotiraning quvvat manbai hisoblanadi.Quvvatsiz Xotira esa hech narsaga yaramaydi. 5. Jismoniy harakatning kamligi hozirda eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Chunki Universitetga tayyorlanaman deb, ertalabdan kechgacha kitobdan boshini ko'tarmaydigan insonlar ham bor. Unday do'stlarimizga maslahatim, har 1 soatda 10 daqiqa Jismoniy mashq bilan shug'ullaning. Germaniya tadqiqotchilarining fikriga ko'ra bu usul o'zlashtirishni 35%ga yaxshilar ekan. Agarda postimiz yoqqan bo'lsa uni o'quvchilaringizga ham o'qib bering! 🙃
عرض المزيد ...
1 895
26
Assalomu alaykum barchangizga! 🤗 Payshanba tongi muborak bo‘lsin! Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin! Kuningiz hayrli, barokatli, omadli va sokin o‘tsin!
1 998
20
⚡️ Buyuk o‘qituvchining fazilatlari! Quyidagi fazilatlar yaxshi o'qituvchi va o'z o'quvchilariga ilhom bo'ladigan haqiqiy buyuk o'qituvchi o'rtasidagi farqni keltirib chiqaradi. 1. Rahmdillik: Mehr-shafqat nafaqat o‘quvchilar, balki boshqa o‘qituvchilar, maktabning boshqa xodimlari va ota-onalar bilan muomala qilishda ham muhimdir. 2. O‘qish va bolalarga bo‘lgan ishtiyoq: O‘rgatish nihoyatda mashaqqatli bo‘lishi mumkin, shuning uchun buyuk o‘qituvchilar ularni har kuni davom ettirish uchun chuqur ishtiyoqga ega bo‘lishi kerak. 3. Tushunish: O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari qayerdan kelganini — ularning kelib chiqishi, kurashlari va qobiliyatlarini chuqur tushunishlari kerak. 4. Sabr. Sabr asosiy hisoblanadi. Bu nafaqat o'quvchilarga sabr-toqat, balki o'qitish uchun ham to'g'ri keladi! O'qituvchilar maktab tizimi, byurokratiya va ota-onalar bilan ishlashda ham sabr-toqatga muhtoj. 5. O‘rnak bo‘lish qobiliyati: O‘qituvchilar har kuni o‘quvchilari o‘z harakatlarini gubka kabi singdirishini bilgan holda ishga kelishlari kerak. Ular nafaqat so'z bilan, balki borligi bilan ham yaxshi inson bo'lishni ko'rsatishlari kerak. 6. Avlodlar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot: O‘qituvchilar turli madaniyatlar va avlodlarga mansub talabalar, shuningdek, turli ma’lumotlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar va boshqa avlod vakillari bilan samarali muloqot qila olishlari kerak. 7. Harakat qilishga tayyorlik: Agar o‘qituvchi g‘amxo‘rlik qilmasa yoki harakat qilmasa, uning shogirdlari ham bunga ahamiyat bermaydilar. Agar o'qituvchi talabalarga haqiqatan ham g'amxo'rlik qilishlarini ko'rsatsa, ular ham xuddi shunday qilishadi.
عرض المزيد ...
2 527
25
#kulgu 🥸 Ota o‘g‘liga debdi: — O‘g‘lim, maktabdagi baholaringni qachon to‘g‘rilaysan? 😥 — Harakat qilyapman dadajon. Lekin ustozim bir daqiqaga ham jurnalni tashlab chiqib ketmayaptilar-da...
1 546
25
⚡️ Farzandni go'zal axloqqa o'rgatishning 11 yo'li: ✅ Vafoni o‘rganishi uchun, hech qachon bergan vaʼdangizni buzmang. ✅ Boshqalarni o‘zidan afzal ko‘rishga mashq qildiring, o‘zingiz bu ishda namuna bo‘ling! ✅ Hiyla-nayrang, yolg‘on, o‘g‘irlikni yomon ko‘rishga o‘rgating! ✅ Insonlar rangi yoki nasabi bilan afzalroq emasliklarini bildiring! ✅ Saxiylikka o‘rgatib, o‘zingiz bu ishda namuna bo‘ling! ✅ Aka-ukalari orasida adolat qiling! ✅ Qattiq qo‘l bo‘lmang unga, aks holda qo‘rqoqlik va yolg‘onga mukkasidan ketib qoladi. ✅ Uni nafsoniyatida qo‘rquv urug‘ini ekmang. Aks holda kazzoblikni odat qilib oladi. ✅ Sabrli bo‘lish va shoshqoloqlik qilmaslikni mashq qildiring! ✅ Unga kibrni tark etish, tavoze', va muloyimlik kabi ishlarni yaxshi ko‘rsating! ✅ Baʼzi o‘rinlarda shijo ʼat ko‘rsata bilsa, mukofotlab turing!
عرض المزيد ...
2 960
59
Xonadonda chiroq bo‘lmasligi mumkin, lekin kitob bo‘lmasa, bu go‘shaning kunduzlari ham zimistondir. ✍ Abdulla Qahhor
2 129
16
⚡️ QANDAY QILIB HAMMA NARSANI ESLAB QOLISH MUMKIN? 🔹 Mnemonik xaritalar Inson xotirasi tabiatning noyob inoyatidir. Biz juda ko'p ma'lumotni yillar davomida saqlashimiz va kerakli vaqtda xotira tubidan chiqarib olishimiz mumkin. Yodlash jarayonining o'zi esa bizning miyamizda sodir bo'layotgan eng murakkab jarayonlardan biridir. Shuning uchun yodlash va eslab qolish maktab o'quv dasturida turli xil mavzularda keng tarqalgan. Ammo, ko'pincha, yodlash oʻquvchilar uchun zerikarli bo'lib qoladi, ular qiziqishni sezmaydilar va o'z tashabbuslari bilan ushbu jarayonga qo'shilishga intilmaydilar. Qanday qilib bu jarayonni yanada qiziqarli va samarali qilishingiz mumkin? Javobi bor! 🔹 Ma'lumki, bizning miyamiz vizual tasvirlar yordamida taqdim etilgan ma'lumotlarni yaxshiroq qabul qiladi. Xuddi shu narsa xotira uchun ham amal qiladi. Olimlar shuni isbotladilarki, agar ma'lumot vizual tasvir bilan bog'liq bo'lsa, u bizning xotiramizda hech qanday rasmsiz, xiralashgan matndan ancha uzoqroq saqlanadi. So'zlarni eng sodda rasmlar bilan mustahkamlash orqali biz, mnemonik xaritani yaratamiz - bu sizga matnni bir necha marta ko'z yugurtirib, tez va samarali eslab qolish imkonini beradi. 🔹 Bu usul mohiyati Matndagi har bir so'z sxematik tasvir bilan almashtirish kerak. Tasvir qanchalik sodda va tafsilotlar kam bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi. Faqat rasm aniq bo'lishi va ma'lum bir so'zning ma'nosini aks ettirishi muhimdir. Agar bolaning o'zi u yoki bu so'zni qaysi rasm bilan namoyish etishi haqida o'ylab topsa yaxshiroq bo'ladi. 🔹 Qoʻllanilishi Ushbu xaritalar uzun she'rlar va qoidalarini yodlash uchun juda yaxshi. Matnni yorqin va ravshan tarzda yengil suratlarga aylantirish, ularni qo'l bilan chizish va asl matn jumlalarining ketma-ketligini saqlash muhimdir. Qisqa so'zlar, predloglar va qo'shma so'zlarni qayta yozish mumkin, ammo 90 ga 10 bo'lgan nisbatdan foydalanish foydalidir (bu yerda 90% grafika va 10% matn
عرض المزيد ...
1 569
16
آخر تحديث بتاريخ: ١١.٠٧.٢٣
سياسة الخصوصية Telemetrio