هذه الخدمة مُتوفّرة أيضًا بلغتك. لتغيير اللغة، اضغطEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
الفئة
لغة وموقع القناة

all posts "El-yurt umidi" Foundation

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining rasmiy Telegram sahifasi 👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:  http://myurls.co/elyurtumidifoundation  👉 Website: www.eyuf.uz 
عرض المزيد
26 904-12
~5 133
~12
21.57%
تقييم تيليجرام العام
عالميًا
34 858المكان
من 78 777
1 059المكان
من 2 295
في الفئة
1 391المكان
من 2 347
أرشيف المنشورات
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿 Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida EYUF Alumni va UK Alumni Award taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🔣 Bu taqdirlash marosimda 20 nafar Buyuk Britaniyada o‘qib qaytgan"El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari va boshqa o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi. 🔣 Tadbirda vatanimizga qaytib ko‘plab yutuqlarga erishgan va erishayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga bag‘ishlangan ma’ruza va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 🔣 Rivojlangan mamlakatlarda o‘qib qaytgan Jamg‘arma stipendiatlari nafaqat xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga, balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda o'z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda. 🔣 Stipendiatlar ushbu uchrashuvda o‘zaro fikr almashib, yangi loyihalarni muhokama qilishdi! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
2 845
8
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 Navoiy teleradiokanalining Ochiq mikrofon dasturida "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati bilan bog'liq ko'rsatuv namoyish etildi! 🔣 Ko'rsatuvda: Navoiy viloyati Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori Abror Latipov, Jamg'arma stipendiatlari, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Muhandislik mexanikasi kafedrasi o'qituvchisi Akbarjon Normurodov hamda Navoiy kon-metallurgiya aksiyadorlik jamiyati, Korporativ munosabatlar bo'limi boshlig'i Sunnatilla Murtazayevlar ishtirok etishdi. 🔣 Ushbu ko'rsatuvda "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati bilan bog'liq yangiliklar, stipendiatlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularning O'zbekistonga qaytganidan keyingi faoliyatlari hamda ular ilgari surayotgan g'oyalar haqida so'z boradi. 🔣 To'liq jamg'armaning Yotube sahifasida ko'rishingiz mumkin. To'liq tomosha qiling 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

IMG_4572.MP4

3 519
10
🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 2025-yil uchun Niderlandiyada Utrext Excellence stipendiya tanlovida ishtirok eting! Kimlar uchun: Yevropa iqtisodiy zonasidan tashqaridagi barcha mamlakatlar. Kurs darajasi: Magistratura. Utrext universiteti Yevropadagi barcha universitetlar orasida eng yaxshi universitet bo'lib, Yevropaning markazida joylashgan. Ma'lumot uchun, Utrext universiteti — Niderlandiyadagi qadimgi va yirik untlardan biri. 1636-yil Utrext shahrida tashkil etilgan. 1815-yil qirollik universiteti, 1961-yil davlat universiteti maqomini olgan. Huquq, tibbiyot, veterinariya, tabiiy fanlar, matematika, teologiya, gumanitar fanlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1581-yil tashkil etilgan)da 1 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. QS reytingi bo'yicha dunyoda 104-o'rinni egallaydi. Grantning asosiy maqsadi talabalarga qulaylik yaratish va hamkorlikda o'quv rejalari orqali fan va texnologiyani dunyo bo'ylab chuqur o'rganishni ta'minlashdir. Bu talabalarga tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan eng so'nggi bilimlarni olish imkonini beradi. Moliyaviy imtiyozlar: - To'liq o'qish to'lovi to'lanadi. - Barcha xarajatlar, shu jumladan yashash xarajatlari ham butun o'qish davrida qoplanadi. - Barcha yuk tashish xarajatlari qoplanadi. Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 1-fevral. Batafsil tanishing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
5 932
115
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Amirjon Mardonov Illinois Urbana Champaign universitetining huquq maktabida 26-avgustdan 16-oktyabrgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha "Magistratura va xalqaro dasturlar" boshqarmasida stajirovka o‘tmoqda. 🔣 Bunday stajirovkalar, stipendiatlarimiz uchun nafaqat ta’lim sohasida, balki xalqaro huquq va professional taraqqiyot uchun ham muhim imkoniyat yaratadi. Stajirovkalar davomida ular o‘z bilimlarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
4 398
5
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔣 El-yurt umidi podkasti davom etadi! Podkastning bu sonidagi mehmonlar Jamg'arma stipendiatlari: - Bobur To'rayev, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, bolalar kardiojarrohi. - Rustam Rashidov Toshkent davlat stomatologiya instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori. - Shaxnoza Muftaydinova Toshkent tibbiyot akademiyasi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi (DSc). 🔣 Ushbu podkast, "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda. 🔣 Podkastning uchinchi sonida, tibbiyot tizimidagi yangiliklar,ayollar kasalliklariga sabab bo'layotgan omillar, rivojlangan mamlakatlar va yurtimizdagi tibbiy xizmatlar orasidagi tafovutlar hamda Jamg'arma stipendiatlari tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar bilan tanishishingiz mumkin! To'liq tomosha qiling 🎞Obuna bo‘lishni unutmang! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

TG.MP4

4 833
7
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 Салоҳиятли ёшлар давлатимизнинг келажагидир! УзА да Жамғарма стипендияси асосида ривожланган мамлакатларда ўқиб қайтган ва ўқиётган стипендиатлар ҳвқида мақола чоп этилди. 🔣 Бугунги кунда Навоий вилояти бўйича “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 13 нафар стипендиатлари АҚШ, Буюк Британия, Австралия, Хитой, Россия федерациясининг нуфузли олий таълим муассасаларида таҳсил олмоқда. 🔣 Жамғарманинг таълим дастурларини тамомлаган 9 нафар малакали мутахассислар эса бугун турли вазирлик ва идоралар, олий таълим ҳамда соғлиқни сақлаш муассасаларида самарали фаолият юритмоқда. 🔣 Суннатилло Муртазаев “Навоий кон-металлургия комбинати” АЖ “Корпоратив муносабатлар” бўлими бошлиғи лавозимида ишлайди. У Америка Қўшма Штатларининг Жанубий Калифорния Университети магистратурасини “Халқаро бизнес ва иқтисодий ҳуқуқ” йўналишида тамомлаган. 🔣 Ўтган йил 18 сентябрь куни Давлатимиз раҳбари АҚШга амалий ташриф доирасида Қўшма Штатларда яшаётган ва ишлаётган бир гуруҳ ватандошларимиз ҳамда ушбу мамлакатнинг етакчи олий таълим даргоҳларида таҳсил олаётган “Эл-юрт умиди” жамғармаси стипендиатлари билан учрашган эди. С.Муртазаев ҳам ушбу учрашувда Юртбошимиз билан мулоқотда бўлган эди. Батафсил ўқинг 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
4 906
11
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇹🇷 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Swansea University magistratura bosqichini bitiruvchisi, hozirda Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti Sun’iy intellekt kafedrasida faoliyat yuritayotgan Munis Xamidov AQSHning Atlantic Council kompaniyasi tomonidan Turkiyada tashkil qilingan sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha AI Connect dasturi doirasida Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi. 🔣 Konferensiyada, sun’iyy intellektning jamiyatning turli sohalariga ta’siri va uning qonunchilikka kiritilishi masalalari muhokama qilindi. AQSH, Slovakiya, Marokash, Quvayt, Bosniya va boshqa davlat vakillari bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
4 845
15
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "Эл-юрт умиди" жамғармаси стипендиати, Тошкент давлат юридик университети ўқитувчиси Шоҳрухбек Тиллабоев ва Лондон Брунель университети Интеллектуал мулк ҳуқуқи бўйича катта ўқитувчиси Ольга Гургула "Юрист ахборотномаси" илмий-амалий журналининг 2024 йил 3-сон, 4-жилдида ҳаммуаллифликда мақола чоп этдилар. "Принудительные лицензии, как эффективный метод трансфера технологий" номли мақола журналнинг 41-46-бетларида эълон қилинган. 🔣 Мақола талабалар, амалиётчи ҳуқуқшунослар ҳамда интеллектуал мулк ҳуқуқи масалалари бўйича тадқиқотчилар учун фойдали бўлади. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

Юрист ахборотномаси.pdf

5 660
20
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔣 El-yurt umidi podkasti davom etadi! Podkastning bu sonidagi mehmonlar Jamg'arma stipendiatlari: - Bobur To'rayev, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, bolalar kardiojarrohi. - Rustam Rashidov Toshkent davlat stomatologiya instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori. - Shaxnoza Muftaydinova Toshkent tibbiyot akademiyasi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi (DSc). 🔣 Ushbu podkast, "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda. 🔣 Podkastning uchinchi sonida, tibbiyot tizimidagi yangiliklar,ayollar kasalliklariga sabab bo'layotgan omillar, rivojlangan mamlakatlar va yurtimizdagi tibbiy xizmatlar orasidagi tafovutlar hamda Jamg'arma stipendiatlari tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar bilan tanishishingiz mumkin! 🔣 Podkastni Jamg'armaning Yotube kanalida, 19-sentyabr (payshanba) soat 20:00 da tomosha qilishingiz mumkin. 🎞Obuna bo‘lishni unutmang! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

1~4.mp4

5 683
8
🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇨🇳 2025-yilda Xitoyning Pekin universiteti (Yenching akademiyasi) stipendiyasini qo‘lga kiriting! Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun amal qiladi. Kurs darajasi: Magistratura. 🔣 Pekin universiteti 1898 yilda Xitoyning Pekin shahrida tashkil etilgan. Universitet, Xitoy, Osiyo va dunyodagi yetakchi akademik tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi. QS World University Ranking ma’lumotlariga ko‘ra, u Xitoyda 2-o‘rinni va dunyo bo‘ylab 22-o‘rinni egallaydi. 🔣 Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - O‘qish to‘lovlari. - Turar joy. - Oylik stipendiya. - Borib-kelish, sayohat va dala tadqiqotlari xarajatlari. Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 1-dekabr. Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
5 811
100
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозоғистонга Остона халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Қозоғистон Бош вазири Олжас Бектенов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с рабочим визитом в Казахстан. В международном аэропорту города Астаны главу нашего государства встретили Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов и другие официальные лица. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
4 946
2
Ўзбекистон ва Германия етакчилари бошқарув кадрларини тайёрлайдиган қўшма мактабни очиб бердилар

IMG_6209.MP4

5 829
22
⚡️Ўзбекистон ва Германия раҳбарлари бошқарув кадрларини тайёрлайдиган қўшма мактабни очдилар Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федератив Республикаси Канцлери Олаф Шольц қўшма Бошқарув кадрларини тайёрлаш мактабининг очилишига бағишланган маросимда иштирок этдилар. Лойиҳа Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ва Давлат бошқаруви академияси томонидан Ханнс Зайдел жамғармаси ҳамда Бавария давлат бошқаруви мактаби билан ҳамкорликда амалга оширилди. Мутасаддилар видеоалоқа орқали етакчиларга лойиҳа ҳақида батафсил маълумот бердилар. Унинг асосий мақсад ва вазифалари мамлакатимиз ҳудудларида бошқарув кадрларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланиш, хорижий инвестицияларни жалб этиш ва илғор технологияларни ўзлаштириш борасидаги салоҳиятини оширишдан 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
4 484
28
🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇶🇦 Qatarda "Yoshlar madaniy diplomatiya forumi 2024" da ishtirok eting! Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun mo'ljallangan. Davomiyligi: 3 kun. CSCDning Yoshlar madaniy diplomatiyasi forumi (YCDF) xalqaro diplomatiyani o‘rganish uchun platformadir. 🔣 Mavzular: - Sun’iy intellektning diplomatiyaga ta’siri'; - Turizmning madaniy almashinuvga ta’siri - Diplomatiyadagi sport. 🔣 Yosh jamoatchilik diplomatiyasi sammiti Doha (Qatar) - yosh diplomatlar uchun xalq diplomatiyasini o‘rganishga qaratilgan dinamik tadbirdir. Ishtirokchilar zamonaviy diplomatik amaliyotlar, mahalliy madaniyatlarning ahamiyati va madaniyat attashelarining rolini qamrab oluvchi turli modullarda qatnashadilar. Afzalliklari: -To‘liq stipendiya (1-o‘rin): Eng yaxshi nomzod aviachipta, turar joy, konferensiyaga kirish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish imkoniyatlari, biznes kechki ovqatda ishtirok etish va tashkilot tomonidan rejalashtirilgan boshqa barcha imtiyozlarni oladi. Moliyalash: 5 ta nomzod turar joy, konferensiyaga kirish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish imkoniyatlari, tarmoqli kechki ovqat va barcha tadbirlarni rag‘batlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qisman moliyalashtiriladi: Qisman moliyalashtirilgan 15 ta nomzod sammitning barcha imtiyozlarini, shuningdek, ishtirok etish narxiga 50% chegirmani oladi. 🔣 Kursni tugatgandan so‘ng sertifikat bilan taqdirlanadi. Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 27-sentyabr. Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
Ycdf - CSCD
Youth Cultural Diplomacy Forum Doha, Qatar View Modules Young Cultural Diplomacy Forum Doha, Qatar Dates November 7-9, 2024 Application Deadline September 27th, 2024 Venue Doha, Qatar Result Announcement October 4th, 2024 Young Cultural Diplomacy Forum Qatar 2024 The Center for …
5 044
105
Мамлакатимизга расмий ташриф билан келган Германия Федератив Республикаси Канцлери Олаф Шольц Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида Регистон ансамбли билан — Прибывший в нашу страну с официальным визитом Канцлер Федеративной Республики Германия Олаф Шольц в сопровождении Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с ансамблем Регистан. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
5 461
11
#Apellyatsiya 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasi Apellyatsiya komissiyasi 13-14-sentyabr kuni o’tkazilgan suhbat natijalarini e’lon qiladi!!! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-stipendiya tanlovining suhbat jarayonlarida ishtirok etgan va apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar bilan joriy yil 13-14-sentyabr kuni o‘tkazilgan suhbat natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin. Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
6 260
37
#Apellyatsiya 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi 3-bosqich suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun Apellyatsiya komissiyasining 2-kun suhbat jarayonlari davom etmoqda! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
4 899
8
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 AQSHda Jamg‘arma stipendiatlari ishtirokida ilk bor “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi! 🥉 O‘yinda Nyu-York, Nyu-Jersi, Pensilvaniya, Ogayo, Massachusettsda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning 7 ta jamoalari ishtirok etishdi. Qizg‘in baxs-munozaralar, mantiqiy savollarga boy o‘tgan o‘yinda sovrindorlar aniqlandi. 🥉 Natijalarga ko‘ra, 3- o‘rin – Nyu-Jersi shtatining “Uzbek society of America 1” jamoasi qo‘lga kiritib, jamoaga esdalik sovg‘alari va maxsus statuetka; 🥈 2- o‘rin – Nyu-Jersi shtatining “Uzbek society of America 2” jamoasi egallab, esdalik sovg‘alari va maxsus statuetka; 🥇 1 -o‘rin – Pensilvaniya shtatining "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlaridan tashkil topgan “Yurtdosh” jamoasi sazovor bo‘lib, g‘olib jamoaning har bir a’zosiga noutbuk taqdim etildi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

1.MP4

5 095
4
#Apellyatsiya 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi 3-bosqich suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun Apellyatsiya komissiyasining 2-kun suhbat jarayonlari boshlandi! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
4 896
19
IT taʼlim va frilansing forumida qatnashing! 🟢19-sentyabr kuni soat 10:00 dan 14:30 gacha ICTweek haftaligi doirasida bo'lib o'tadi. 🟢5 ta dinamik seansda qatnashib qimmatbaho sovg'alar yutib olishingiz mumkin. 🟢AyTi taʼlim va frilansing forumiga keling. Tanlovlarda ishtirok etib, ICT week hamkori Huaweidan planshet va smart soatlarni yutib oling. Bu hali hammasi emas, Sizni Coursera va Comptiaʼ taʼlim platformasi kurslariga chegirmali vaucher kutmoqda. 🟢Forumga kelishingiz uchun 17-21-sentyabrga qadar 4 kun davomida shaharning 5 ta manzilida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar bepul avtobuslar qatnovi 🟢Yana tadbir uchun CAEx expo markaziga “Yandex” taxsi orqali imtiyozli narxlarda kelishingiz mumkin. 🟢 🌐 🚀 🔵 📷 🎬 🎰
عرض المزيد ...

ALISHER RAPIYEV. tg mp4.mp4

4 914
27
#Mustaqillikbayrami #33yil 🇺🇿 AQSHda, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi ko'tarinki ruhda o'tkazildi! 🔣 Amerika Qo'shma Shtatlaridagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasida yurtimiz mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi tantanali nishonlandi. 🔣 Ushbu tadbirda, nufuzli mehmonlar, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'atkorlar hamda ko'plab xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

IMG_4551.MP4

5 647
12
#Apellyatsiya 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi 3-bosqich suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun Apellyatsiya komissiyasining suhbat jarayonlari davom etmoqda! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
5 482
29
#Apellyatsiya 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi 3-bosqich suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun Apellyatsiya komissiyasining suhbat jarayonlari boshlandi! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
5 887
39
Президент: Ҳар бир камбағал оилада, айниқса хотин-қизлар орасида камида бир нафар олий маълумотли бўлиши учун шароит қилиб берамиз. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz

1.mp4

6 615
34
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "Siz imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yana bir bor isbotladingiz" - Saida Mirziyoyeva paralimpiyachilarga minnatdorlik bildirdi. 🔣 O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga minnatdorchilik bildirdi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz

1.MP4

6 379
9
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 “El yurt umidi” jamg‘armasi va "Dunyo bo‘ylab" telekanali hamkorligida sur’atga olinayotgan "Pokoleniye NEXT" ko‘rsatuvini bizning Yotube sahifalarimizda tomosha qilishingiz mumkin. 🔣 Ko‘rsatuvning ushbu sonida Jamg‘armaning ilg‘or xorijiy mamlakatlarda tahsil olib qaytgan va hozirgi kunda Adliya vazirligining mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritayotgan stipendiatimiz haqida hikoya qiladi. Maftuna Kabilova: Ma’lumot uchun: "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning "London School of Economics and Political science" da magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirgi kunda, Adliya vazirligi "Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish ta’sirini baholash va huquqiy axborot" boshqarmasi, "Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish va korrupsiyaga qarshi ekspertiza" bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. To'liq tomosha qiling 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

tizer.mp4

6 091
17
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiati va Fransiyaning Strasburg Universiteti (Université de Strasbourg) Davlat magistranti Yo’ldoshbek Saidov “Foreign languages” telekanalining Good Morning Uzbekistan ko'rsatuvida ishtirok etdi! 🔣 Stipendiatimiz Fransiyadagi o’qish jarayonlari, Jamg’arma faoliyati hamda kelajakdagi rejalari haqida o’rtoqlashdi. Fransuz tilida olib borilgan suhbat qiziqarli savol-javoblarga boy bo’ldi. 🔣 Shuningdek, Stipendiati fransuz tilini o’rganayotgan yoshlar uchun mazkur tilni o’rganishning samarali yo’llari to’g’risidagi maslahatlar berdi. To'liq tomosha qiling 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...

IMG_4545.MP4

5 772
16
#XALQAROHAMKORLIK 🇺🇿🇬🇧 “El-yurt umidi” jamgʼarmasi va Buyuk Britaniyaning nufuzli The University of Warwick oʼrtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʼtarilmoqda! ✅ 2024 yilning 10-sentyabr kuni “El-yurt umidi” jamgʼarmasi ijrochi direktor oʼrinbosari v.b. J.Axmedov, Jamgʼarma boʼlim boshliqlari hamda The University of Warwickning Strategik rivojlanish bo'yicha direktor Gareth Roberts oʼrtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan Jamgʼarmada uchrashuv boʼlib oʼtdi. Maʼlumot uchun: The University of Warwick - Buyuk Britaniyaning Koventri shahridagi zamonaviy davlat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Universitet - 1965 yilda tashkil topgan, ammo 20-asrning saksoninchi yillarida taʼlimga mutlaqo yangi yondashish tufayli keng ommalashgan. Universitet QS Rankings da dunyoning TOP 67 ta yetakchi universitetlariga kiradi. Mazkur uchrashuvda, J. Аxmedov tomonidan Gareth Robertsga “El-yurt umidi” jamgʼarmasi faoliyati taʼlim dasturlari va stipendiya tanlovlari yuzasidan batafsil maʼlumot berdi. Oʼtkazilgan muzokaralar chogʼida Jamgʼarma orqali universitetda taʼlim olishni rejalashtirayotgan har bir stipendiatlarning oʼqish xarajatlaridan 20 foiz chegirmalar ajratish imkoniyatlari boʼyicha takliflar kiritildi. Ushbu taklifga javoban Gareth Roberts The University of Warwick Jamgʼarma stipendiatlari uchun soʼralgan chegirmalarni ajratishga tayyor ekanligini va bu oʼzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi. Shu bilan birga, vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini Warwick universitetida qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka oʼtishini tashkil boʼyicha takliflar muhokama qilindi. Oʼz oʼrnida mazkur takliflar Gareth Roberts tomonidan qoʼllab quvvatlanib, mazkur yoʼnalishlarda hamkorlik aloqalarini oʼrnatishga kelishib olindi. Uchrashuv davomida, Gareth Roberts bugungi kunda Oʼzbekiston va Buyuk Britaniya oʼrtasidagi har tomonlama aloqalarining ijobiy rivoj topayotganligini taʼkidlab, berilgan takliflar yuzasidan Jamgʼarma bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligini maʼlum qildi. Mazkur uchrashuv yakuni boʼyicha tomonlar hamkorlik aloqalarini istiqbolini belgilovchi yuqoridagi takliflarni oʼz ichiga olgan ikki tomonlama memorandumni yaqin oylar ichida imzolashga kelishib oldilar. Batafsil o'qing EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz Telegram | Facebook Instagram | YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
5 375
14
#ZAKOVAT 🇺🇿 AQSHda Jamg‘arma stipendiatlari ishtirokida ilk bor “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi! 🥉 O‘yinda Nyu-York, Nyu-Jersi, Pensilvaniya, Ogayo, Massachusettsda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning 7 ta jamoalari ishtirok etishdi. Qizg‘in baxs-munozaralar, mantiqiy savollarga boy o‘tgan o‘yinda sovrindorlar aniqlandi. 🥉 Natijalarga ko‘ra, 3- o‘rin – Nyu-Jersi shtatining “Uzbek society of America 1” jamoasi qo‘lga kiritib, jamoaga esdalik sovg‘alari va maxsus statuetka; 🥈 2- o‘rin – Nyu-Jersi shtatining “Uzbek society of America 2” jamoasi egallab, esdalik sovg‘alari va maxsus statuetka; 🥇 1 -o‘rin – Pensilvaniya shtatining "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlaridan tashkil topgan “Yurtdosh” jamoasi sazovor bo‘lib, g‘olib jamoaning har bir a’zosiga noutbuk taqdim etildi. EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz Telegram | Facebook Instagram | YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
6 133
27
АКАДЕМИЯ РАҲБАРИЯТИ ВА ПРОФЕССОР - ЎҚИТУВЧИЛАРИ АНДИЖОНДА Академия ректори Адхам Бекмуродов бошчилигидаги бир гуруҳ профессор - ўқитувчиларимиз Фарғона вилоятидан сўнг Андижон вилоятининг қатор ҳудудларида ҳам бўлиб, мазкур ҳудудлардаги Участка Сайлов Комиссиялари аъзолари билан мулоқот қилмоқда. Учрашувларда таъкидланганидек, Сайловларга моддий - техник томондан тайёргарлик ишларини бажариш осон. Бироқ, сайловни муносиб ўтказишда кўп нарса, шубҳасиз, сайлов кунида айнан масъулларнинг ҳудуд аҳолисига сифатли хизмат кўрсатишига боғлиқ. Участка Сайлов Комиссиялари аъзоларининг бу борадаги профессионаллиги, белгиланган қонун ҳужжатлари, йўриқномаларга оғишмай ҳаракат қилишига, аввало, халқимизнинг ўзи, қолаверса, дунёнинг турли мамлакатларидан келган Халқаро кузатувчилар, Халқаро ташкилотлар ҳам сайловларни кузатади баҳо бериши яна бир бор эслатиб ўтилди. 🔍Veb sayt| 🌐Telegram | 📱Instagram| 🛜Facebook| 🎥YouTube
عرض المزيد ...
5 769
2
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati, Italiyaning Turin politexnika universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi G‘ayratov Jasur Botir o‘g‘li – O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Aholi bandligi departamenti Kasbga tayyorlash va milliy malaka tizimini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ma'lumot uchun: Jasur G'ayratov 2021-2023-yillarda Italiyaning Turin politexnika universiteti magistratura bosqichida o'qib qaytagan. U bunga qadar, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi. 🔣 Stipendiatimizning kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
7 796
87
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Aberdeen universiteti magistranti Shahodat Yuldasheva "The British Psychological Society" tomonidan tashkillashtirilgan Robert Gordon universitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdi. 🔣 Stipendiatimiz psixologiya va aqliy salomatlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan eng zamonaviy ilmiy ishlar bo‘yicha taqdimot qildi va qiziqarli savol-javoblarda ishtirok etdi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
6 111
9
📣📣📣📣📣 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2024-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi 3-bosqich suhbat natijalari yuzasidan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar diqqatiga!!! 🔣 “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2024-yil 21-iyundagi 2-sonli qaroriga asosan joriy yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 3-bosqich suhbat natijasi yuzasidan apellyatsiya arizalari 2024-yil 30-avgust kunidan boshlab 3 ish kuni davomida Jamg‘armaning rasmiy elektron pochtasi orqali qabul qilindi. 🔣 Mazkur davr mobaynida nomzod tomonidan apellyatsiya arizalari qabul qilib olindi. Ushbu nomzodlar ro‘yxati hamda Apellyatsiya komissiyasi tomonidan nomzodlar bilan apellyatsiya jarayonlarini 2024-yil 13-14 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkaziladi. 🔣 Apellyatsiya jarayonlarini vaqti va sanasi bilan quyidagiHAVOLA orqali tanishish mumkin. 🔣 Nomzodlardan apellyatsiya jarayonida ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab etiladi. Manzil: 100066, Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 45 Mo‘ljal: “O‘zbekiston” metro bekati. Tel: 71-203-14-41 Lokatsiya Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
7 103
84
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 Joriy yilning 6-11 sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul va Sejong shaxarlarida NHI HR Leaders Forum_2024/Inson Resurslari Liderlari_2024 Forumi bo‘lib o‘tmoqda. 🔣 Ushbu forumda dunyoning 50ga yaqin davlatidan davlat boshqaruvi, inson resurslari va raqamli innovatsion sohasida mutaxasislar, ekspertlar va doktorant tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. 🔣 Mazkur xalqaro forumda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Davlat va jamiyat boshqaruvchi, AKT yo‘nalishi stipendiati, J.Koreyaning Xanyang universiteti "Raqamli innovatsiya, amaliy sun’iy intellekt" yo‘nalishi doktoranti Mansur Omonov ham ishtirok etdi. 🔣 Forumda stipendiatimiz "Utilizing AI technology in HR/HRD field" "Benefits and limitations of AI applications" sessiyalarida, seminar treningda qatnashib sertifikat bilan taqdirlandi. Eslatib o‘tamiz, mazkur forum joriy yilning 11 sentyabriga qadar davom etadi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
6 287
12
🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёев Остонада Бутунжаҳон кўчманчилар ўйинларининг очилишида иштирок этди! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz

1.MP4

6 330
7
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari, Fransiyaning PSL universiteti va Sarbonna universiteti doktorantlari Jahongir Bekmirzayev va Luqmonjon Mutalliyev Parijda bo‘lib o‘tgan "23 èmes Journées de l’Ecole Doctorate de Chimie Molèculaire de Paris-Centre" nomli konferensiyada o‘zlari olib borayotgan ilmiy ishlari bilan qatnashdilar. 🔣 Konferensiyada molekulyar kimyo hamda farmatsevtika bo‘yicha amalga oshirilayotgan eng oxirgi zamonaviy ishlar bo‘yicha taqdimotlar qilindi va qiziqarli savol-javoblarda ishtirok etishdi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
5 931
9
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 ИММ УрО РАН им. Н.Н. Красовского, УрФУ им. Б.Н. Ельцина (г. Екатеринбург), РФЯЦ-ВНИИТФ им. Е.И.Забабахина (г. Снежинск) ва Сургутский филиал ФГУ ФНЦ НИИСИ РАН (г. Сургут) ҳамкорлигида 2024-йилнинг 2-8 сентябрь кунлари “Академик А.Ф.Сидоров хотирасига бағишланган “Амалий математика ва механиканинг долзарб муаммолари” XIII Бутун Россия конференцияси бўлиб ўтмоқда. 🔣 Ушбу илмий конференцияда “Эл-юрт умиди” жамғармаси стипендиати, Новосибирск Давлат университети докторанти Абдишерипов Қувондиқ Қаҳрамонович “Использование регуляризации Годунова для сглаживания и экстраполяции сеточными функциями” мавзудаги тақдимоти билан иштирок этмоқда. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
6 462
2
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 “El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning University of Reading magistranti Bekmirzayeva Umida joriy yilning iyun-sentyabr oylarida Jahon Bankining Bosh qarorgohida joylashgan yuridik departamentida amaliyot o‘tadi. 🔣 Ushbu amaliyot dasturiga dunyoning turli davlatlaridan 800 dam ortiq nomzodlar orasidan 8 nafar amaliyotchi saralab olingan. Qolgan ishtirokchilar Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Xitoy va Misr davlatlaridan hisoblanadi. 🔣 Amaliyot davomida har bir ishtirokchiga Jahon Banki yuridik departamentidan tajribali xodimlar biriktirilib, ishtirokchilar Jahon Bankining amaldagi loyihalarda qatnashish va o‘z hissalarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldilar. Jumladan ushbu loyihalarni birini O‘zbekiston Respublikasida ham amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
6 403
26
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, University of Arizona talabasi Abdullajon Rasulov AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan 29-yillik AFS Youth Assemblyda O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etib, xalqaro miqyosdagi yetakchilar va yosh mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 🔣 Abdullajon Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan International Youth Day bayramida ishtirok etib, xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ushbu muhim tadbirni nishonladi. 🔣 Shuningdek, u New York University tomonidan tashkillashtirilgan "Climate Entrepreneurship Program"da qatnashib, iqlim o‘zgarishlariga qarshi innovatsion yechimlar yaratish bo‘yicha muhim bilimlar oldi va shu sohadagi mutaxassislar bilan tajriba almashdi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
5 552
7
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, AQSH dagi Florida State University bitiruvchisi, Mirsoatov Fazliddining maqolasi Yangi O‘zbekiston gazetasining “Yangi O‘zbekiston: Imkoniyat va mas’uliyat ” rukni ostida e’lon qilindi. Maqola 6-betda 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz

1.pdf

5 602
13
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 Jamg'arma stipendiati xalqaro konferensiyada ishtirok etdi! 🔣 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, Janubiy Koreya Kyung Hee universiteti talabasi Abdunazarova Dilnozaxon Koreya Milliy tadqiqot jamg‘armasi (National Research Foundation of Korea) va Seul Metropoliten hukumati (Seoul Metropolitan Government) homiyligida, 11 ta universitet hamkorligida о‘tkazilgan Industrial LINCage Festival for Global Leaders 2024 dasturida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi. 🔣 Dastur doirasida yoshlar simpoziumi, yetakchilikni rivojlantirish treningi, shuningdek sanoat va mahalliy ishlab chiqarish korporatsiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🔣 Stipendiatimiz eNtoB korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan muammoni guruh bilan o‘rganib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqib, sertifikat bilan taqdirlandi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
عرض المزيد ...
5 358
7
آخر تحديث بتاريخ: ١١.٠٧.٢٣
سياسة الخصوصية Telemetrio