➡️ 33-dars
📚
Singular and plural - Birlik va ko'plik
O'zbek tilida "lar" qo'shimchasi ko'plikni anglatganidek ingliz tilida ham so'zning oxiriga
s, es, ies va
ves qo'shimchalaridan biri qo'shilishi yoki so'zning o'zgarishi bilan bo'ladi.
So'zning oxiri
s, sh, ch, x harflaridan biri bilan tugagan bo'lsa, ko'plikni bildirish uchun "
es" qo'shamiz:
bus - buses, dish - dishes, church - churches, box - boxes.
Bundan tashqari quyidagi so'zlarda ham shunday:
potato - potatoes, tomato - tomatoes.
So'zning oxiri "
y" harfi bilan tugab, undan oldingi harf unli bo'lmasa "
y"ni o'rniga "
ies" qo'yamiz:
baby - babies, party - parties.
Agar "
y" harfidan oldin unli harflar kelsa, "
s" qo'shiladi:
day -days, boy - boys, guy - guys, key - keys.
So'zning oxiri
f va
fe bilan tugagan so'zlarda f va fe o'rniga "
ves" qo'shamiz:
shelf - shelves, wife - wives.
Bulardan boshqa so'zlarga faqat "s" qo'shiladi:
Masalan:
birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya:
week - weeks,
flower - flowers,
brother - brothers,
book – books,
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions
Quyidagi so'zlarga o'xshash ikki bo'lakli narsalar ham asli bitta bo'lsada ko'plik deb e'tiborga olinadi:
scissors - qaychi, glasses - ko'zoynak, shoes - poyafzal, jeans - shim va hokazo.
Ba'zi so'zlarni ko'plikda ishlatish uchun hech qanday qo'shimcha qo'shilmaydi, so'zning o'zi o'zgaradi, bunday so'zlar ko'p emas, ularni yod oling va esda saqlang:
man - men,
child - children,
foot - feet,
mause - mice,
woman - women,
tooth - teeth.
Sheep va fish so'zlari umuman o'zgarmaydi. Ya'ni birlikda ham ko'plikda ham bir xil bo'ladi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔰
Join:👉 @Ingliz_tili_grammatikasiعرض المزيد ...