هذه الخدمة مُتوفّرة أيضًا بلغتك. لتغيير اللغة، اضغطEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
الفئة
لغة وموقع القناة

all posts Boks|MMA|UFC

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. Murojaat:  @Aloqachi11bot  ©Shaxsiy blog 
54 883+1 646
~35 110
~7
61.82%
تقييم تيليجرام العام
عالميًا
18 474المكان
من 78 777
676المكان
من 2 295
في الفئة
337المكان
من 1 121
أرشيف المنشورات
Kanelo tayyor! Nimaga? Bivol bilan revansh jangiga. Agar Dmitriy Bivol Artur Beterbiyevni yutib, yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylansa, Saul Kanelo Alvares u bilan revansh jangini o‘tkazishga tayyorligini aytdi. “Ha, bu ro‘y berishi mumkin. Yarimog‘ir vazn toifasida yana bir bor ringga chiqishim mumkin bo‘lgan yagona jang bu — Bivol bilan revansh”, — dedi Kanelo.

Дмитрий_Бивол_vs_Канело_Альварес_1.mp4

19 416
21
UFC’da quvilgani yetmagandek Muhammad Mokayev avariyaga uchrabdi Aytishlaricha, sportchi jiddiy jarohat olmagan.

мока.mp4

27 002
33
Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi aniqmi? Qozog‘istonlik 34 yoshli Ivan Dichko (14-0, 13 KO) prof boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Uning navbatdagi raqibi (jonli meshoklardan biri) Kreyg Lyuis (15-7-1) bo‘ldi. Dichko raqibini 2-raunddayoq to‘xtatdi. Ayrim manbalar Dichkoning navbatdagi raqibi Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bo‘lishi haqida yozmoqda. Bizga ma’lum bo‘lishicha, bu hozircha haqiqatdan biroz yiroq. Bahodir Jalolov dekabrda ringga qaytishi kutilmoqda.

IMG_3851.MP4

28 972
62
Maxachevga bas keladigani bormi? Shaxsiy fikrim: hozircha yengil vaznda bunaqasi yo‘q. Den Huker yengil vazn top-5 ligida paydo bo‘lganidan beri ushbu ro‘yxatdagi faqat Jastin Getji Maxachev bilan jang qilgani yo‘q. Qolganlari esa yutqazishga ulgurgan. Arman Sarukyan avvalgi natijasini tasodif ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Biroq Islom bunga rozi bo‘lmasligi aniq.
30 356
17
Drikus dyu Plessining so‘nggi qurbonlari Afrikalik yigit “kuraj”ni ushlab oldi. Mag‘lub etilganlar ham chakana jangchilar emasdi. Drikusning davri keldi hozir. Qachongacha shohsupada bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi, albatta…
29 908
8
Beterbiyev vs Bivol Ar-Riyod mezbonlik qiladigan 12-oktabr kungi boks oqshomi janglari e’lon qilindi.
30 171
33
#tarix Murodjon Ahmadaliyev bo‘lajak 2 karra Olimpiada chempionini tarbiyalamoqda😊 4 yil avvalgi video

y2mate_com_Муроджон_Ахмадалиев_учит_Баходир_Жалолова_360P.mp4

30 768
99
Atigi bir necha oylar avval mag‘lubiyatga uchrashi imkonsizdek ko‘ringan chempionlar Ular UFC’dagi so‘nggi 4 ta jangidan 3 tasida yutqazdi…
37 396
21
💣Bomba nokaut deb shunga aytiladi

twittervid.com_Godneyjaguars67_ea419a.mp4

40 674
104
Drikus dyu Plessi Adesanyani 3 raund yakuniga ko‘ra, 2:1 hisobida taslim qilayotgan bo‘lgan 4-raundda bo‘g‘ib, hakamlarga ish qoldirmadi chempion. Israelning qaytishi esa o‘xshamadi. Bonuslarni kim oldi? Kechaning eng yaxshi jangi uchun 50 ming dollardan bonusni Mateush Gamrot va Den Huker oldi. Kay Kara Frans va Karlos Prates esa eng yaxshi ishtirok uchun 50 ming dollardan bonusli bo‘ldi.
49 872
9
UFC 305 ning asosiy janglari rasmiy videosharhlari
39 322
9
UFC 305: Drikus dyu Plessi Israel Adesanyani bo‘g‘ib qo‘ydi va chempionlikni saqlab qoldi
Asosiy kard:
Drikus dyu Plessi 4-raundda Israel Adesanyani sabmishen bilan yutdi; Kay Kara Frans 1-raundda Stiv Ersegni nokaut qildi; Den Huker ochkolar evaziga Mateush Gamrotni yutdi; Jairzinyo Rozenstruyk ochkolar evaziga Tay Tuyvasani yutdi; Karlos Prates 2-raundda Li Jinglianni nokaut qildi;
Prelim kard:
Valter Uoker 1-raundda Junior Tafani sabmishen bilan yutdi; Rikardo Ramos ochkolar evaziga Joshua Kulibaoni yutdi; Keysi O’Nill ochkolar evaziga Luana Santosni yutdi; Jek Jenkins 3-raundda Gerbert Byornsni nokaut qildi; Tom Nolan ochkolar evaziga Aleks Reyesni yutdi; Song Kinan ochkolar evaziga Rik Glenni yutdi; Xesus Agilar 1-raundda Styuart Nikollni sabmishen bilan yutdi. 📸Colin Murthy/AFP/Getty
عرض المزيد ...
40 931
13
Abdumalik Xalokov nega bunchalik quvnoq? Javob oddi: Chunki uning murabbiylari ham quvnoq-da!

IMG_8583.MOV

47 846
75
#Tarix Roy Jons JR 1993-yil 14-avgustida Tulani Malingani 6-raundda nokautga uchratadi Oradan 3 yil o‘tib, Malinga prof boksning ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC kamarini qo‘lga kiritadi. Shu nokautdan so‘ng o‘ziga kela olgani ham aslida katta natija edi. Biroq Malinga chempionlikka erishishi yanada katta gap edi…

IMG_3803.MP4

55 351
40
Olimpiada chempionini toping😅
79 788
1 509
🇮🇪Konor Makgregor: “Ey Dana Uayt, dekabr — jang sanasi. Yilni g‘alaba bilan yakunlaymiz! Nega endi yo‘q? Keyingi oydan tayyorgarlikni boshlayman. Dana va UFC’ga biz dekabrda jang qilishni xohlayotganimizni yetkazing”.
60 707
3
📢📢 SUPER FINAL! 😍 🎥 JONLI EFIR BOSHLANMOQDA🎥 🇪🇸 "REAL MADRID" - "ATALANTA" 🇮🇹 🇺🇿 O’ZBEKCHA SHARH FUTGOALDA‼️ 🔥 Telegram orqali JONLI EFIR sifatli formatda. Obuna boʻling 👇
18 254
12
Faqat ism-familiyadan ham qo‘shiq chiqarsak bo‘ladimi? Qo‘shiqchi: Raqamlardan chiqargan, buni ham yirtib qo‘yamiz, albatta. Ma’no chekkada chekib turibdi degan “qo‘shiq”.

IMG_7196.MP4

60 647
410
✍️Muhammad Mokayev UFC’dan haydalganidan so‘ng boshqa promoushen bilan shartnoma tuzishga harakat qilib yuribdi PFL rad qilganini bildirdi. Boshqalari ham mish-mishdan nariga o‘tmadi. Uning o‘zi esa tarmoqlarda intriga qilish bilan band. Ha, sen yutqazmagan bo‘lishing mumkin, biroq zerikarli jang qilishing ziyoningga ishlab qo‘yishi ham haqiqat. Boks|MMA|UFC
45 649
7
Jon Jons qachon jang qilgani esimda ham yo‘q, lekin hamon chempion
55 280
2
Davlatning sportga e'tibori medallar soni bilan oʻlchanishi kerakmi? Oʻzbekiston oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan olimpiya oʻyinlari ham tugadi. Medal qoʻlga kiritgan sportchilarni mukofotlash haqidagi bahslar esa hali tugagani yoʻq. Bu bahslarning oshishiga esa yaqinda oʻtkazilgan fan olimpiadasi sovrindorlariga boʻlgan munosabat ham turtki boʻldi, nazarimda. Lekin fan olimpiadalari haqida keyinroq, hozir davlatning sportga boʻlgan yondashuvi haqida yozmoqchiman. Albatta, sportchilar shuncha yillik mehnatlari va bizga ulashgan cheksiz faxr tuygʻusi uchun munosib taqdirlanishi kerak. Lekin bizda bu mukofotlar sportchilarni ragʻbatlantirishdan koʻra “ochko ishlash” ga koʻproq oʻxshab ketadigandek. Masalan, har bir yirik turnirdan keyin “mana viloyat hokimimiz falon sportchiga mashina berdi, sportga boʻlgan e'tiborni qara, hokimlar ishlayapti...” kabi pafos jumlalar koʻpayib ketadi. Aslida sportga boʻlgan e'tibor deganda, bolalar sportiga mablagʻlar yoʻnaltirilishi, sportzallar va sport maktablari qurilishini tushunish kerak deb oʻylayman. Sport sohasidagi mas'ullar ham iste'dodlarning hech qanday toʻsiqlarsiz muhim turnirlargacha yetib borishiga javobgar boʻlish kerak. Ularning ishlariga baho ham aynan yaratilgan sharoitlar bilan berilishi kerak, olingan medallar soni bilan emas. Ya'ni mas'ullar samarasi uzoq vaqtda koʻriladigan qora ishlarga koʻproq e'tibor berishi kerak, gʻoliblarni taqdirlashni esa xususiy sektorning oʻzi eplab oladi. Buni Isroil Madrimovga, Razambek Jamalovga berilgan sovgʻalar misolida koʻrdik. Mashhurlikka erishgan sportchilar reklama shartnomalari orqali oʻzlarini eplay oladi, davlat byudjetidagi pulga esa sportzali yoʻq maktabga qatnaydigan qishloq bolalari koʻproq muhtoj. Milliy olimpiya qoʻmitamiz ham sportchilarga sharoit yaratib berish, ularning formasi, jihozlari sharoitlariga mas'ul boʻlishi, musobaqa boshlangach esa hammamiz kabi oddiy tomoshabinga aylanishi kerak. Musobaqada qanday natija qoʻlga kiritilishi ularga bogʻliq emas. MOQ bu vazifani ortigʻi bilan bajarganiga ishonaman. Shuning uchun ham hozir sportga qanday e'tibor berilayotganiga 10 yillardan keyingina xolis baho bera olamiz deb oʻylayman. Umid qilamanki, 12 yildan keyingi olimpiadada natijalarimiz bundanda yaxshi boʻladi. Arizona State University talabasi Diyorbek Egamov
عرض المزيد ...
52 483
38
Ramazon Temirovning UFC’dagi debyuti aniq Ramazon Temirov (15-2-1) 13-oktabr kuni UFC Vegas 98 turniri doirasida SiJey Vergara (12-5-1) jang qiladi. Vergara UFC’da hozirgacha 6 ta jang o‘tkazib, ularning 3 tasida yutgan, 3 tasida yutqazgan.
46 081
67
Va nihoyat: Ramazon Temirov UFC jangchisi Shartnoma imzolandi.

file

55 846
171
“Ulkan natija” — Ruslan Chagayev O‘zbekiston boks terma jamoasining Olimpiadadagi ishtiroki haqida

4444.mp4

44 952
93
Qahramonlar qaytmoqda Murabbiyimiz To‘lqin Qilichevning ham holati yaxshi. Ko‘z tegmasin!

file

46 746
50
O‘zbekistonning yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi natijalari Eng yaxshisi endi Parij—2024 Olimpiadasi.
50 062
220
Dyu Plessi vs Adesanya. Oldinda bizni UFC 305 kutmoqda. 18-avgustda navbatdagi katta turnir. UFC 305 18-avgustga o‘tar kechasi 03:30 da start oladi. Asosiy kard janglari esa 07:00 da boshlanadi. Israel Adesanya chempionlikni qaytarishga harakat qilib ko‘radi.
45 058
23
Yakkakurash turlarida doim zo‘rdan zo‘r chiqishi mumkin. Shuning uchun ko‘p buyuk jangchilar ham vaqtida ketishga harakat qiladi. Kamaru Usmondek jangchi ham ketma-ket 3 ta jangda yutqazgan. Masvidal, Kovingtonlarni yer tishlatganda ko‘pchilik Usmonni hali uzoq yillar dominant chempion bo‘lishini prognoz qilardi. Biroq… Leon Edvardsdan qabul qilingan nokautli mag‘lubiyat Usmonni cho‘qqidan qulatgandi. Hozircha qaytishning uddasidan chiqa olgani yo‘q. Ammo qaytish uchun tinib-bilmay ishlayapti.
عرض المزيد ...

file

43 474
10
O‘rtoqlar, kanalimiz blok bo‘lib qolmasligi uchun barcha final janglari, Olimpiadaning barcha janglari zaxira kanalga yuklangan 👉
27 445
7
Parij—2024 Olimpiadasining boks bo‘yicha chempionlari -51kg: 🇺🇿Hasanboy Do‘smatov -57kg: 🇺🇿Abdumalik Xalokov -63.5kg: 🇨🇺Erislandi Alvarez -71kg: 🇺🇿Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - 80kg: 🇺🇦Oleksandr Xijnyak - 92kg: 🇺🇿Lazizbek Mullojonov +92kg: 🇺🇿Bakhodir Jalolov
48 372
145
8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza O‘zbekiston 13 ta medal bilan 13-o‘rinda!
47 765
176

IMG_8318.MOV

44 040
152
Final janglari bitta sahifada
28 244
82
41 216
121
Yana 2 ta oltinga boyigan O‘zbekiston — Bahodir 2 karra chempion, Abdumalikda ham ilk oltin -57 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Xalokov final jangida Qirg‘iziston vakili Munarbek Seitbek Uuluga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. +92 kg vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov esa finalda Ispaniya nomidan jang qilgan Ayub Gadfani 5:0 hisobida yutib, oltin medalga ega chiqdi. Bu Bahodirning havaskor boksdagi so‘nggi jangi sifatida tarixda qoldi.
عرض المزيد ...
40 161
15
Medallar uchun kurash: Akbar Jo‘rayev yurishni boshlaydi, Bahodir va Abdumalik oltin uchun jang qiladi
42 805
208
Oltin medallar rekordi O‘zbekiston delegatsiyasi Parij—2024 Olimpiadasida hozircha 5 ta oltin (shuningdek, 3 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi. Bungacha Olimpiadalarda eng ko‘p yutilgan oltin 4 ta edi — Rio—2016 da. Hozircha bizda 5 ta oltin bor: Judo: Diyora Keldiyorova Taekvondo: Ulug‘bek Rashitov Boks: Hasanboy Do‘stmatov Boks: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Boks: Lazizbek Mullajonov. Rekord shu Olimpiadaning o‘zida yangilanish ehtimoli juda yuqoriligini siz menimcha yaxshi bilasiz-a?!
عرض المزيد ...
39 772
24
5 ta oltin va 3 ta bronza: O‘zbekiston umumiy jadvalda 14-o‘ringa ko‘tarildi
38 363
38
2 ta oltinga boyigan O‘zbekiston — Asadxo‘ja va Lazizbek Olimpiada chempioni -71 kg vazn toifasi vakili Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final jangida Marko Alvaresni 5:0 hisobida taslim qilib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. -92 kg vazn toifasi vakili Lazizbek Mullajonov esa finalda Ozarbayjon nomidan jang qilgan Alfonso Domingesni 5:0 hisobida yutib, oltin medalga ega chiqdi.
38 744
7
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaye vs Marko Alvares To‘liq jang. 📹Sport TV

2024-08-10 00-31-40.mp4

26 606
88
Lazizbek Mullajonov vs Alfonso Dominges To‘liq jang. 📹Sport TV

2024-08-10 01-40-28.mp4

26 640
100
Parij-2024. Asadxo‘ja va Lazizbek bugun chempionlik jang qiladi
44 797
208
O‘zbekiston ketma-ket 2 ta oltindan so‘ng medal jamg‘arish bo‘yicha 18-o‘ringa ko‘tarildi
44 483
78
Hasanboy Do‘stmatov vs Bilol Bennama Toʻliq jang. 📹Sport TV

2024-08-09 01-46-14.mp4

36 671
301
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan ilk o‘zbek bokschisi! -51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov finalda Fransiya vakili Bilol Bennamaga qarshi ringa ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Hasanboy Rio-2016 da ham tengsiz bo‘lgagdi. Avvalroq taekvondochi Ulug‘bek Rashitov ham ikki karra Olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritib, bu borada birinchi o‘zbekistonlikka aylangandi.
43 064
58
Abdumalik Xalokov Oʻzbekiston bokschilariga Parij Olimpiadasidagi 5-finalni taqdim qildi

IMG_0369.MP4

35 160
143
Abdumalik Xalokov avstraliyalik bokschini yengib, Olimpiada finaliga chiqdi -57 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Xalokov yarim finalda Avstraliya bokschisi Charli Seniorga qarshi ringga ko‘tarildi. Abdumalik raqibi ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan (UD) 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi.
37 998
52
Ulugʻbek Rashitovni 2 karra Olimpiada chempioniga aylantirgan jang Toʻliq jang. 📹Sport TV

2024-08-09 00-29-24.mp4

34 843
218
Ulugʻbek Rashitov – ikki karra Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek taekvondochisi! -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
42 090
79
Parij-2024. Bugun Hasanboy oltin uchun, Abdumalik esa final uchun jang qiladi Taekvodovchilardan esa Ulug‘bek Rashitov o‘z yurishini boshlaydi.
44 725
164
Bahodir Jalolov vs Nelvie Tiafak To‘liq jang. 📹Sport TV

0808.mp4

34 291
220
🇺🇿Bahodir Jalolov shu tarzda Olimpiada finaliga yo‘l oldi Jangning eng esda qolarli vaziyatlari. 📹Sport TV

0808.mp4

35 116
83
🇺🇿Bahodir Jalolov ketma-ket 2-marta Olimpiada finaliga chiqdi +92 kg vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov yarim finalda Germaniya bokschisi Nelvie Tiafak bilan to‘qnash keldi. Jalolov 3 ta raundda ham ustunligini namoyish qildi va yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga yo‘l oldi.
47 451
42
Bahodir Jalolovning germaniyalik Nelvie Tiafakka qarshi jangi boshlanmoqda 📹
40 387
22
Parij—2024. Bahodir Jalolov bugun final yo‘llanmasi uchun jang qiladi Jalolov 01:05 da germaniyalik Nelvi Tiafakka qarshi ringga chiqadi.
46 699
124
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev shu tariqa amerikalik bokschini taslim qilib, Olimpiada finaliga yo‘l oldi Jangning eng esda qolarli vaziyatlari. 📹Sport TV

0807.mp4

39 755
99
🇺🇿Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiada finaliga chiqdi -71 kg vazn toifasi vakili Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalda amerikalik Omari Jons bilan to‘qnash keldi. Hakamlar yakunda Asadxo‘janing 3:2 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiada finaliga yo‘l oldi.
47 012
44
Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bugun final yo‘llanmasi uchun jang qiladi Asadxo‘ja 00:30 da amerikalik Omari Jonsga qarshi ringga chiqadi.
45 835
53
Lazizbek Mullajonov finalda ozarbayjonlik bokschiga qarshi jang qiladi -92 kg vazn toifasi finali 10-avgustga o‘tar kechasi soat 01:35 da boshlanishi belgilangan. Unda Lazizbek Mullajonovga Ozarbayjon nomidan ringga chiqayotgan asli kubalik Alfonso Dominges raqiblik qiladi. 📷David Fitzgerald/Getty
52 684
35
Lazizbek Mullajonov vs Davlat Boltayev To‘liq jang. 📹Sport TV

0804.mp4

31 690
78
Lazizbek Mullajonov tojikistonlik raqibini shu tarzda taslim qilib, Olimpiada finaliga chiqdi Jangning eng esda qolarli vaziyatlari. 📹Sport TV

0804 (1).mp4

33 423
35
Lazizbek Mullajonov Olimpiada finalida! -92 kg vazn toifasi vakili Lazizbek Mullajonov yarim final jangini tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi o‘tkazdi. 3 raund yakuniga ko‘ra, Mullajonov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi.
49 990
33
Hasanboy Do‘stmatov finalda fransiyalik bokschiga qarshi jang qiladi -51 kg vazn toifasi finali 9-avgustga o‘tar kechasi soat 01:35 da boshlanishi belgilangan. Unda Hasanboy Dos‘tmatov mezbon bokschi Bilol Bennamaga qarshi ringga chiqadi.
59 589
42
Hasanboy Do‘stmatov vs Daniel de Pina To‘liq jang. 📹Sport TV

0804.mp4

30 963
115
Hasanboy Do‘stmatov kaboverdelik raqibini shu tarzda taslim qilib, Olimpiada finaliga chiqdi Jangning eng esda qolarli vaziyatlari. 📹Sport TV

0804.mp4

32 899
44
🇺🇿Hasanboy Do‘stmatov — Parij Olimpiadasi finalida! -51 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov yarim final jangida kaboverdelik Daniel de Pinaga qarshi ringga chiqdi. Hasanboy Do‘stmatov to‘liq 3 raundni ham o‘z foydasiga hal qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan (UD) 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
50 965
42
Isroil Madrimov — bu jangni yutdi. Nega? Ha, Isroil bugun harakatlarga ko‘p kuch sarfladi. Chunki uning uslubi shunday. Oyoq va tana harakatlari orqali o‘zining asosiy o‘ng qo‘l zarbasini berishga payt poylaydi. Shuning uchun ko‘p zarbaga kuch sarflamaydi. Sondan ko‘ra sifatga ya’ni. Biroq Krouforddek tajribali bokschiga qarshi janglarda buning o‘zi kamlik qildi. Harakatlar Madrimovni jang so‘ngida biroz charchatib qo‘ydi. Krouford esa o‘ta tajribali — 40 ta jang, 31 ta nokaut bejiz emas. Eng ko‘p ta’sir kuchiga ega zarbalarini ham 11—12-raundlarda berdi. Isroil bu jangdan faqat yutdi. Nega? Chunki hammaga ham prof boksda 10 ta g‘alabasi bor bokschiga P4P yetakchisi bilan jang qilish imkoni berilmaydi. Bu eng avvalosi — ulkan tajriba. Madrimov bu orqali o‘zbek boksi haqida dunyoga yana bir bildirgi tashladi. O‘zi haqida bildirib qo‘ydi. Endigi faoliyati faqat yuqoriga qarab ketishi kerak. Albatta, promouterlar yaxshi ishlasa… 📷Mark Robinson/Matchroom/Getty
عرض المزيد ...
49 304
72
Parij—2024. Bugun Hasanboy va Lazizbek Olimpiada finali uchun jang qiladi
47 559
79
Madrimov vs Krouford To‘liq jang. 📹Zo‘r TV

0804.mp4

35 057
401
Isroil Madrimov yengilmas chempion Terens Kroufordga qarshi jangda ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi P4P yetakchisi Terens Krouford (41-0, 31 KO) navbatdagi jangini hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi (10-1-1, 7 KO) o‘tkazdi. Jang Isroilning WBA chempionlik kamari hamda WBO’ning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechdi. Isroil jangni faol boshlab, qariyb 7 raund ustunlikni o‘zida ushlab turdi. Biroq so‘nggi raundlarda ayniqsa 10-11-12-raundda Isroil biroz charchoq sezildi. Tajribali Krouford esa bundan unumli foydalanib qoldi. Yakunda hakamlar 116-112, 115-113 va 115-113 hisobida Terens Kroufordning g‘alabasini qayd etdi. 📷Mark Robinsons/Matchroom/Getty
عرض المزيد ...
46 978
44
🇺🇿Isroil Madrimov P4Pning qiroliga shunday zarba kuchini his qildira oldi

ssstwitter.com_1722749947741.mp4

52 335
207
Krouford: “Isroil — top raqib” Isroil buni ringda ko‘rsatib bera oldi.
51 478
12
Isroil, boshingni baland ko‘tar! Sen bugun yorvording! Sifatga ishlading. O‘zbek boksining darajasini ko‘rsatib berding! Super jang uchun rahmat!
47 798
12
Isroil Madrimov super jang!
45 225
1
O‘rtoqlar, bu dahshat! O‘zbek dunyoning eng yaxshi bokschisiga qarshi jang qiladi Ringga chiqib kelmaguncha ishonish qiyin edi.
54 069
42
Madrimov vs Krouford Jang boshlanmoqda. Jangni Zo‘r TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin. 📲
58 475
185
Eminem tag‘oning konserti tugashini kutyapmiz
43 317
48
Isaak Kruz vs Xose Valensuela Ushbu jangdan so‘ng Madrimo—Krouford jangi boshlanadi. Jang qancha vaqtda tugashiga bog‘liq. O‘rtacha 30 daqiqa vaqtdan keyin nasib qilsa, uzoq kutilgan jangni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
45 636
34
Madrimov va Krouford jang arenasiga yetib keldi Isroilga Murodjon Ahmadaliyev hamrohlik qilmoqda.

KZVC5YXQUxsSNEBl.mp4

кроуфорд.mp4

47 824
112
Madrimov vs Krouford: jang vaqti, translyatsiyasi haqida Ushbu boks kechasi Toshkent vaqti bilan 4-avgustga o‘tar kechasi 01:30 da start oladi. Oqshomda jami 8 ta jang o‘tkaziladi. Madrimov va Kroufordning jangi tonggi soat 07:00—08:00 orasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Jangni O‘zbekiston hududida Zo‘r TV telekanali jonli efirda namoyish qiladi. ❗️Nasib qilsa, Telegram orqali jonli efirni bizning kanalimizda ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
35 917
108
UFC Abu Dabi turniri rasmiy videosharhlari
39 832
7
UFC Abu Dabi: Nurmagomedov va Shara Bulletda g‘alaba Asosiy kard natijalari: Umar Nurmagomedov ochkolar evazig Kori Sendhagennni yutdi; Shara Bullet ochkolar evaziga Mixal Oleksiychukni yutdi; Deyvison Figeredo ochkolar evaziga Marlon Verani yutdi; Maykl Kyeza 1-raundda sabmishen orqali Toni Fergyusonni yutdi; Makkenzi Dern ochkolar evaziga Lupita Godinesni yutdi; Xoel Alvares 1-raundda Elves Brenerni nokaut qildi. 📷Josh Hedges/Zuffa LLC/Getty
40 899
5
Nursulton Roʻziboyev ham Los Anjelesda, u ham arenadan Isroil Madrikovni qoʻllab-quvvatlaydi

SaveIG.App_3426245855123230269_4771786768.mp4

36 453
29
😭 Eh, Toni! Toni FergyusonUFC’dagi ketma-ket 8 ta jangida yutqazdi. Bu safar Maykl Kyeza 1-raundda sabmishen bilan Fergyusonni taslim qildi. Endi Toni UFC’da ketma-ket mag‘lubiyatlar bo‘yicha rekordchiga aylandi. Eh, bir vaqtlar ketma-ket 12 ta g‘alaba bilan kelayotgan, Habib Nurmagomedovga asosiy raqib sifatida ko‘rilardi. Bitta mag‘lubiyat hammasini buzib tashladi.
36 234
30
🗣“Bu men uchun juda katta imkoniyat” — Isroil Madrimov “Bu men uchun katta imkoniyat. Men dunyoning eng yaxshi bokschisiga qarshi jang qilaman. Bu ro‘yobga chiqqan orzum. O‘zimni ajoyib his qilyapman va boks tarixining bir qismi bo‘lishga tayyorman. Krouford jamoasi esa faqat hurmat! Avval aytganimdek, u mening sevimli bokschilarimdan biri. Shu bilan birga men ham dunyoda eng yaxshilaridan biri bo‘la olishimga ishonaman. Imkonsizning narsaning o‘zi yo‘q. Orzum — mendan hech kim g‘alaba kutmayotgan jangda g‘alaba qozonish. Bunga ham ishonaman”, — deydi Isroil Madrimov. Isroil, biz ham senga ishonamiz! Faqat olg‘a!
عرض المزيد ...
34 848
24
Tarixiy jang! Avval aytganimdek, o‘zbek prof boksi tarixida bo‘lmagan. Ham tarixiy, ham eng katta jang! Oz qolmoqda…

ssstwitter.com_1722665218895.mp4

36 979
66
Madrimov vs Krouford Boks oqshomining asosiy janglari turli shaharlarda ushbu vaqtlarda boshlanadi.
32 920
29
Isroil Madrimovni arenaning o‘zidan Murodjon Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Botir Ahmedov kabi bokschilarimiz qo‘llab-quvvatlab turadi Ekran ortida esa siz-u biz kabi millionlab muxlislar albatta! Isroil buni his qilishiga shubhamiz yo‘q! 📹Mir Boksa

y2mate_com_Мощная_поддержка_Мадримова_360p.mp4

35 774
70
Azamat Murzakonov (14-0) UFC’dagi ketma-ket 4-g‘alabasini shunday nokaut orqali qo‘lga kiritdi 📹ESPN+

IMG_2572.mp4

5 566
7
UFC Abu Dabi: Azamat Murzakanov raqini nokautga uchratib, UFC’da ketma-ket 4-g‘alabasini nishonladi Prelim kard natijalari: Azamat Murzakanov (14-0) 2-raundda Alonzo Menifildni nokautga uchratdi; Kaue Fernandesh 1-raundda Muhammad Yahyoni nokaut qildi; Shamil Gaziyev ochkolar evaziga Donteyl Mayesni yutdi; Guram Kutateladze ochkolar evaziga Jordan Vuchenichni yutdi; Sem Hyuz ochkolar evaziga Viktoriya Dudakovani yutdi; Jay Herbert ochkolar evaziga Rolando Bedoyani yutdi; Sedrik Dyuma ochkolar evaziga Denis Tyulyulinni yutdi. 📷Josh Hedges/Zuffa LLC/Getty
عرض المزيد ...
35 556
1
Hasbik qaytdi Uning zarbasi ta’mini UFC chempioni Aleks Pereyra ham tatib ko‘rdi.

twittervid.com_MrTestoestrogen_bd23e0.mp4

36 249
38
UFC: Nurmagomedov vs Sendhagen Ayni damda Abu Dabida navbatdagi UFC turniri o‘tkazilmoqda. Turnirning markaziy jangida Umar Nurmagomedov Kori Sendhagen bilan jang qiladi. Shuningdek, ikkinchi asosiy jang Shara Bullet va Mixal Oleksiychuk o‘rtasida kechadi. Hozirda prelim kard janglari davom etmoqda. Asosiy kard janglari esa 00:00 da start oladi. Turnirni Setanta Sports va Match Boets telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
36 128
15
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇪🇸🇪🇸 El Klasikoni bugun qayerda ko'ramiz? 🔥 Super qarama-qarshilik 🇪🇸 "Real Madrid" vs "Barselona" 🇪🇸 o'yinini 🍋 FUTGOAL kanali jonli translyatsiya qiladi va gollari ham tezkorlik bilan yuboriladi. Hoziroq kanalga qo'shiling va jamoangizni qo'llab quvvatlang ! 🍋 FUTGOAL kanalida eng sifatli translyatsiya bo'lib o'tadi.  Jonli efir bu yerda👇
29 262
4
Bu xabarni doʻstlarga, yaqinlarga maksimal ulashishingizga ishonaman! Biz birgalikda kuchmiz!
31 673
19
Madrimov vs Krouford: jang vaqti, translyatsiyasi haqida Ushbu boks kechasi Toshkent vaqti bilan 4-avgustga o‘tar kechasi 01:30 da start oladi. Oqshomda jami 8 ta jang o‘tkaziladi. Madrimov va Kroufordning jangi tonggi soat 07:00—08:00 orasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Jangni O‘zbekiston hududida Zo‘r TV telekanali jonli efirda namoyish qiladi. ❗️Nasib qilsa, Telegram orqali jonli efirni bizning kanalimizda ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
47 402
554
🇺🇿Bokschilarimizning yarim finaldagi raqiblari va janglari vaqtlari bilan tanishing 4-avgust, 19:50⏳|-51 kg: 🇺🇿Hasanboy Do‘stmatov vs Daniel de Pina🇨🇻 9-avgust, 00:30⏳|-57 kg: 🇺🇿Abdumalik Xalokov vs Charli Senior🇦🇺 7-avgust, 00:30⏳|-71 kg: 🇺🇿Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev vs Omari Jons🇺🇸 4-avgust, 20:38⏳|-92 kg: 🇺🇿Lazizbek Mullajonov vs Davlat Boltayev🇹🇯 8-avgust, 01:02⏳|+92 kg: 🇺🇿Bahodir Jalolov vs Nelvi Tiafak🇩🇪 Ushbu postni boksni yaxshi ko‘radigan tanishlarga yuboring demayman, chunki yaxshi ko‘rsa, ular ham siz kabi bizning kanalga allaqachon obuna bo‘lardi😅
عرض المزيد ...
48 990
599
‼️O'zbek sporti uchun ertaga tarixiy voqea ro‘y beradi ⚡️ 🇺🇸AQSHda 🇺🇿Isroil Madrimov boks tarixining eng kuchli jangchisi, ayni damdagi boks qiroli 🇺🇸Terrens Krauford bilan jang o'tkazadi👊 🇺🇿Hamyurtimiz dushman hududida jang qiladi ammo biz uni birgalikda qo'llaymiz. Jonli efirni mutlaqo O'zbek tilida MMAUZ kanalida tomosha qilamiz😎🔥

file

30 835
67
🇺🇿O‘zbekistonlik 5 nafar bokschi Olimpiadaning final yo‘llanmasi uchun jang qiladi Hasanboy Do‘stmatov Abdumalik Xalokov Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Lazizbek Mullajonov Bahodir Jalolov Xo‘sh, kimda qanday taxmin nechta oltin olamiz? Ishtaha ovqat vaqtida keladi. Beshalasi ham oltin olsin!
36 864
72
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 7-avgust kuni Olimpiadaning final yo‘llanmasi uchun amerikalik Omari Jons bilan jang qiladi Jang vaqti 00:30 ga belgilangan.
34 102
2
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev vs Nikolay Terteryan To‘liq jang. 📹Sport TV

0803.mp4

33 484
55
آخر تحديث بتاريخ: ١١.٠٧.٢٣
سياسة الخصوصية Telemetrio