Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Kun.uz | Rasmiy kanal

🇺🇿  Kun.uz  saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998 78 113 10 10 Sayt:  http://kun.uz/uz  facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz 
Show more
123 348-397
~32 520
~28
19.89%
Telegram general rating
Globally
5 871place
of 78 777
37place
of 430
In category
275place
of 2 793

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Mamarizo Nurmurodov oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi Markaziy bank raisining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 1-choragida dollar kursining oshishiga valutaga bo‘lgan talab 17 foizga oshgani sabab bo‘lgan. Bu nafaqat import, balki boshqa to‘lovlar, xususan tashqi qarzlarni qaytarish bo‘yicha xarajatlar oshgani bilan ham bog‘liq. Nurmurodov talab-taklif muvozanati sabab 25 aprel kuni kurs 50 so‘mga pastlaganiga e’tibor qaratdi. 👉
Show more ...
9 332
7
25 aprelning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar “Mehr daftari” hisobidan olinayotgan elektromobillar, XVJning soliq islohoti bo‘yicha tavsiyalari, o‘zgarish qolgan asosiy stavka, xarid bo‘yicha birinchi o‘rinda turgan metan gaz - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

y2mate_com_Mehr_daftari_hisobidan_olinayotgan_elektromobillar_va.mp4

10 728
1
“Bog‘lar xalqqa qaytarilishi kerak” - faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi Toshkent shahri hokimi “Do‘stlik” (sobiq Bobur) va Abdulla Qodiriy bog‘larini 49 yilga BMP Smart Decision kompaniyasiga ijaraga berib yuborgani ko‘plab jamoatchilik faollarining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. 👉
12 123
4
AQSh Ukrainaga ATACMS raketalarini yashirincha yetkazib bergan. Ular allaqachon Qrimda qo‘llangan Bu operativ-taktik sinfga mansub ballistik raketa bo‘lib, 300 km masofaga yetib boradi. 👉
13 724
1
Erdo‘g‘an – Iroqda. Bu tashrif nimasi bilan ahamiyatli bo‘ldi? Turkiya prezidenti Arab bahoridan beri ilk marta Iroqqa tashrif buyurdi. O‘tgan oyda rasmiy Bag‘dod Kurd ishchilar partiyasini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan edi. Buning evaziga Istanbul bu qo‘shnisi bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytiradi. Ayni paytda, Turkiyaning Iroq hududi orqali Fors ko‘rfaziga chiqish rejalarini Eron va Rossiya xushlamayapti. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

Фабрика форматов0_1.mp4

14 795
9
Chasiv Yar mudofaasidagi dronlar rotasi va Sankt-Peterburgdagi qurollar ko‘rgazmasi. Urush suratlari Urushning 791-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
16 364
4
«Afrosiyob» elektropoyezdi chiptalari narxi oshiriladi 15 maydan boshlab ekonom klass chiptasi 20 foizga, biznes klass chiptasi 30 foizga, VIP klass chiptasi 40 foizga qimmatlaydi. 👉
17 097
29
Toptalishdan himoyaga olinayotgan 6 daryo, gaz va “svet”da bazaviy me’yor hamda yolg‘iz keksalar uchun to‘garaklar – 1 maydan nimalar o‘zgaradi? sayti o‘z an’anasiga muvofiq, 2024-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. 👉
17 579
11
“5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” – Botir Qodirov Xonanda Botir Qodirov OAVga intervyu berib, marhum san’atkor Sherali Jo‘rayev uning biologik otasi ekanini, o‘zida buni isbotlovchi dalillar yetarligini aytdi. “Onamning sha’niga zid bo‘lgan gapni aytishgani uchun men ularni sudga berishga majbur bo‘ldim. Men ukalarimdan hech narsani istamayman, menga puli ham, merosi ham kerak emas”, – dedi u jurnalistlarga. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

00.mp4

19 337
112
Ilhom Aliyev uch davlatni Armanistonni qurollantirayotganlikda aybladi Ozarboyjon rahbari Fransiya, Hindiston va Gretsiyani Armanistonga «g‘amxo‘rlik qilishga» urinayotganligini aytdi. 👉
17 998
7
O‘zbekistonda uch oyda eng ko‘p sotilgan mahsulotlar ma’lum qilindi Ro‘yxatning boshida metan gaz qayd etilgan bo‘lsa, quyi pog‘onalarda shakar va propan gaz joy olgan. 👉
18 855
2
AQSh davlat kotibi Blinken Pekinga keldi Entoni Blinken Xitoyga uch kunlik tashrifi doirasida XXR rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi. Uning Si Jinping bilan uchrashuvi haqida hozircha xabar qilinmagan. 👉
18 815
4
Toshkentda talaba Jizzaxda og‘ir jinoyat sodir etib qochib ketgan shaxsni ushlashda yordam berdi Jizzaxdan Toshkentga qochib borgan gumonlanuvchi talabaning telefonidan foydalangan. Shundan so‘ng talaba IIB xodimlarining ko‘rsatmasi bilan uning ortidan kuzatib borgan va gumonlanuvchini qo‘lga olishda yordamlashgan. 👉

Zarbdor_qotillik_IIO_ga_yordam_bergan_talaba_24_04_2024_tg.mp4

19 729
35
Qo‘g‘irchoqlar qishlog‘i – odamlar tark etib qo‘g‘irchoqlarga qolgan g‘ayrioddiy yapon qishlog‘i haqida Yaponiyaning Nagoro qishlog‘i - qo‘g‘irchoqlar qishlog‘i, dunyodagi eng g‘ayrioddiy hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda odamlar o‘rnini qo‘g‘irchoqlar egallagan: avtobus bekatlarida, uylarda va hatto maktab bolalari o‘rnida ham qo‘g‘irchoqlar. Odamlar qayerga ketgan? 📸👉
19 241
21
Hokimliklar hashamatli mashinalar «Mehr daftari» jamg‘armasi hisobidan xarid qilinayotganini rad etdi Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari yangi avtomobillar «Mehr daftari» jamg‘armasidan xarid qilinayotganini inkor etdi. Bu davlat xaridlari portalida ma’lumotlarni ko‘rsatishdagi texnik xatolik bilan bog‘liq bo‘lgan. 👉
19 697
3
Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektor jalb etiladi 1 maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtoyo‘llarni ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtiriladi. 👉
20 039
9
DXX soliq va MIB xodimlari hamda advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘ydi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan soliq va Majburiy ijro byurosi xodimlari hamda advokatning noqonuniy harakatlari fosh etildi. 👉

ДХХ - коррупция.mp4

19 942
24
G‘azoda kuchayayotgan otishmalar, Ukrainaga ajratilayotgan yordam va o‘limga hukm qilingan eronlik reper - kun dayjesti Dunyoda sodir bo‘lgan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning kundalik sharhi bilan tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 25-04~1.mp4

20 113
9
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi Markaziy bank asosiy ssenariy bo‘yicha 2024 yildagi umumiy inflatsiya prognozini 9-11 foizgacha oshirdi. Bu tartibga solinadigan narxlarning to‘g‘rilanishi va aprel oyidan bir qator tovar va xizmatlarga QQS joriy etilishi bilan izohlangan. 👉
20 487
9
O‘zbekiston Afg‘onistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan. 👉
20 577
21
APLda chempionlik poygasi. «Liverpul» kurashdan chiqmoqda G‘alati gol va vaziyatlardan foydalana olmaslik – «Liverpul» mavsumni sovrinsiz yakunlashi deyarli aniq. 📹 👉
20 521
3
Transport vositasi havoni ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilyapti 303 nafar haydovchiga nisbatan jami 50 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llandi. 👉
22 002
64
Germaniyada Markaziy Osiyodan kelgan yetti kishiga nisbatan ayblov e’lon qilindi 2022 yil bahorida Ukrainadan Germaniyaga kelgan Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonning yetti nafar fuqarosi terrorchilik tashkiloti tuzishda ayblanmoqda. 👉
21 043
5
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar yuzasidan ma’lumot berildi Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 👉
21 290
16
Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? Fanlar akademiyasi izoh berdi Ijtimoiy tarmoqlarda Orolbo‘yidan dinozavr izlari va dinozavr bolasining suyaklari topilgani haqida xabar tarqaldi. 👉
21 340
18
Turkiyada 53 yoshli o‘zbekistonlik zinadan yiqilib vafot etdi Uning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari qidirilmoqda. 👉
22 184
8
Rossiya BMTning koinotdagi qurollarga qarshi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi BMT Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 13 tasi koinotda qurollanish poygasining oldini olishga chaqiruvchi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Xitoy betaraf qoldi, Rossiya esa vetosidan foydalanib hujjatni blokladi. 👉
22 868
8
Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi Vashington Ukrainaga Bradley piyoda jangovar mashinalari, HIMARS uchun o‘q-dorilar va havo hujumidan mudofaa raketalari yetkazib berilishini e’lon qildi. Aprel oyi boshida AQSh Kiyevga ATACMS raketalarini yashirincha yetkazib bergandi. 👉
22 929
7
Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? Versiyalardan biriga ko‘ra, uni pora uchun emas, davlatga xiyonat uchun ta’qib qilinmoqda. Ekspertlar bu ishda «Shoyguga qarshi o‘yin elementi»ni ham ko‘rishmoqda. 👉
25 102
10
24 aprel: O‘zbekistonda ro‘y bergan asosiy yangiliklari, voqealar va hodisalar Ota talashayotgan xonandalar va Nazarbekovning tanbehi, qurbonlar soni yashirilgan avtohalokat, metan shoxobchalar ish vaqtini ko‘rsatuvchi ilova, arab tilida chop etilgan «O‘tgan kunlar» - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

y2mate_com_Ota_talashayotgan_xonandalar_va_qurbonlar_soni_yashirilgan.mp4

24 324
17
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio