El servicio también está disponible en tu idioma. Para cambiar el idioma, pulseEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Ubicación del canal e idioma

all posts Migrant.uz

👉 youtube.com/ @migrantuzb  👉 instagram.com/migrantuzb Donatlar uchun: 🇷🇺 https://pay.cloudtips.ru/p/7c97c6c0  💵 https://destream.net/live/migrantuz/donate  🇺🇿 https://tirikchilik.uz/migrantuz  Reklama:  @migrantreklama  Xabarlar uchun:  @migrantxabar  
Mostrar más
37 817+177
~11 873
~10
38.96%
Calificación general de Telegram
Globalmente
29 717lugar
de 78 777
de 0
En categoría
241lugar
de 640
Archivo de publicaciones
#qora_roʻyxat ❗️ O‘zbekistonga "tosh otgan" xorijliklar uchun "qora ro‘yxat" yuritiladi 20-sentyabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis senatining yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Unga ko‘ra, «O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati» yuritiladi. Ro‘yxatga kimlar kiritiladi? Bular O‘zbekiston davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo ijtimoiy, irqiy, diniy va milliy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqi sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar hamda harakatlar sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Ro‘yxatga kirgan shaxslarga 5 yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi (O‘zbekistonda hududidagi o‘z mulkini sotishi yoki hadya qilishi mumkin). "Nomaqbul deb topilgan shaxs" Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak. Aks holda, ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, ya’ni majburiy tarzda chiqarib yuboriladi. Ro‘yxat muddati 5 yil . Agar u ushbu muddatda ro‘yxatga kirish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf qilsa, muddatidan ilgari ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda bir qator rossiyalik propagandachi siyosatchilar Zaxar Prilepin, Mixail Smolin, Mixail Delyagin, Yevgeniy Fyodorov, Pyotr Tolstoy va boshqalar O‘zbekiston va o‘zbek xalqi haqida kurakda turmaydigan fikrlar, mustaqillikka xavf soluvchi bayonotlar berayotgan va bu jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘layotgandi. | | | |
Mostrar más ...

IMG_1507.MP4

1 928
7
#huquq 🟥 Rossiyadagi 25 kunlik qamoq. Sud va tiklangan huquq To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Rossiyadagi 25 kunlik qamoq. Sud va tiklangan huquq
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
2 254
3
#reyestr 📢 Rossiyadan chiqarib yuborish rejimi doirasida noqonuniy muhojirlar reyestri yaratilishi boshlandi Reyestr ishga tushganidan keyin undagi ro‘yxatga tushgan muhojirlar “ЗАГС”dan o‘ta olmaydi, bank va davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi, farzandlarini bog‘cha va maktablarga joylashtira olmaydi. Bu haqida Rossiya Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “Коммерсант” nashriga bergan aytib o‘tgan. Rossiyada 2025-yilning fevral oyidan noqonuniy migrantlar reyestri, ya’ni ro‘yxati ishga tushishi haqida saytida avvalroq xabar berilgan edi. Ushbu reyestr, Rossiyadan chiqarib yuborish rejimi kiritilishi bilan ishga tushadi. Ushbu reyestrga kiritilgan shaxslar transport vositasini boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, “ЗАГС”dan o‘tish va uni bekor qilish, bolalarini maktabgacha yoki maktab muassasalariga joylashtirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Mazkur cheklovlar haqida Gorovoy “Коммерсант”ga bergan intervyusida yana bir bor gapirib o‘tgan. "Mamlakatda 6 milliondan ortiq chet el fuqarolari bor, ularning aksariyati O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjondan kelgan. Ularning 739 mingdan ortig‘i noqonuniy migrantlardir. Hukumat migratsiya siyosatini kuchaytirishni o‘rganmoqda, jumladan, malakasi past bo‘lgan mutaxassislarning oilalarini olib kelishni taqiqlash va ayrim sohalarda ularni ishga qabul qilishga cheklovlar joriy qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, 2024-yilning 1-dekabridan boshlab Moskva aeroportlarida chet elliklarni foto va barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish tartibi sinov tariqasida joriy etiladi. Sinov tugagach, ushbu tartib barcha chegara postlarida joriy qilinadi. Bunday tizim nafaqat Moskvada, balki Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil chegara punktida ham bo‘lishi rejalashtirilmoqda", deydi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Aleksandr Gorovoyning ta’kidlashicha, Rossiya mehnat bozorida ishchi kuchi yetishmovchiligi mavjud. Shu bilan birga, mamlakatda 10 milliondan ortiq kishi mehnat shartnomasini tuzmasdan ishlamoqda. Ularning 10 foizdan ko‘prog‘ini chet elliklar tashkil qiladi. Bu ishchilar mahalliy byudjetlarga soliq to‘lamaydi va Rossiyaning ijtimoiy fondiga hissa qo‘shmaydi, bu esa hammaga zarar bo‘lmoqda. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasida noqonuniy muhojirlarning reyestri yaratilganidan keyin barchaga amnistiya berilishi muhokama qilingani haqida ma’lumot berilgan. Ma’muriy amnistiya masalasini Rossiya huquq-tartibot organlarining barchasi, jumladan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ham qo‘llab-quvvatlagan edi. bu haqida batafsil bergan. | | | |
Mostrar más ...
7 128
38
💸 T-банк Black kartasidan foydalaning 💳 Kartaning afzalliklari: ✅ Kartani internet orqali rasmiylashtirish mumkin; ✅ Karta siz ko‘rsatgan manzilga bepul yetkazib beriladi; ✅ Pul o‘tkazish tizimlari orqali oyiga 100 ming rublgacha pulni chetga komissiyasiz o‘tkazish mumkin (boshqa banklar kartalarida 200 rubl komissiya bor); ✅ Oyiga 20 ming rublgacha pulni Rossiya ichida komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Kartani rasmiylashtirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting 👉
Mostrar más ...
8 606
2
Виза картага пул ўтказиш! ➡️ Бу видеода «Unired» иловаси орқали Bиза картага пул ўтказиш ўргатилган. Истасангиз рус карталарингиздаги рублдан ёки Uzcard ва Humo карталарингиздаги сўмларни Виза картага доллар қилиб ўтказа оласиз. ✅ Ўрганиб олиш учун батафсил видеони томоша қилинг! Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг 🤖📱📱 Маълумот Илованинг расмий телеграм канали:

IMG_2221.MP4

8 744
25
#huquq 🟥 Rossiyadagi 25 kunlik qamoq. Sud va tiklangan huquq To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
MIGRANT
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
2 159
1
#migrant "Nega odamlar o‘z hayotini xavfga qo‘yib uzoq masofaga avtomobilda yo‘lga chiqyapti, avtahalokatlarga uchrayapti? Nega? Kim buni o‘rganadi? Biz ozo‘ina o‘rgandik. Bildikki, odamlarda yo‘lkira uchun pul yo‘q. Yengil avtomobil egalari qarzga olib ketar ekan..." | | | |

video_2024-09-20_18-58-38.mp4

9 299
10
#reyd «Русская община» vakillari nima asosda muhojirlarni tekshirmoqda? Bugun, 18-sentyabr kuni tongda, «Русская община» Yekaterinburgdagi Kolsovo shahrida migrantlarni tekshirgani xabar berilmoqda. Bu haqda Uralweb nashri berdi. Reyd Gornistov ko‘chasidagi «Kolsovo INN» xostelida o‘tkazilgan. Yotoqxonada migrantlar yashagan bo‘lgan. Tekshiruvdan keyin migratsiya qoidalarini buzgan 10 ga yaqin chet el fuqarosi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Yekaterinburg IIV boshqarmasi matbuot guruhiga ko‘ra, bu reydda shahar politsiyasi ishtirok etmagan, deb yozadi nashr. Ko‘rinib turibdiki, «Русская община» faollari yotoqxonada politsiyasiz tekshiruv o‘tkazgan. Politsiyasiz qaysi asosda reyd uyushtirganlari noma’lum. Rossiya Federatsiyasining 2014-yil 2-apreldagi № 44-FZ «Jamoat tartibini muhofaza qilishda fuqarolarning ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonunning 25-moddasiga ko‘ra, politsiya o‘z faoliyatida ko‘ngilli yordamchilarga tayanish huquqiga ega. Ammo ko‘ngillilar politsiyasiz jamoat tartibini saqlashi, reyd o‘tkazishi yoki migrantlarni tekshirish huquqiga ega emas. Shunday ekan, nega politsiya nazorat qilib bo‘lmaydigan va qonunga bo‘ysunmaydigan "raqobatchilarni" javobgarlikka tortmayotgani ochiq savol bo‘lib qolmoqda. | | | |
Mostrar más ...
8 406
22
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 20.09.2024 Toshkent 16:30 Moskva 14:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Мир Привилегий - 95,84 (-1,50) rubl (Promokod - migrantuz) • Kwikpay - 96,36 (0) rubl • AkaPay - 96,40 (+0,03) rubl • Золотая Kорона - 97,04 (-0,04) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Solidarnost - 133,70 (-1,60) so'm • Unired Mobile - 133,50 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Kwikpay - 132,40 (-1,00) so'm • Sberbank - 130,00 (-0,50) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 139,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
8 930
5
Oliy ta’lim: O‘zbekiston dunyodagi o‘zgarishlar tezligiga moshlasha olyaptimi? Dunyoda oliy ta’lim tizimi tezkorlik bilan o‘zgarib bormoqda. Kecha qaysidir rivojlangan davlat YAIMda universitetlar, ulardagi ishlanmalar o‘rni oshib borayotgani haqida eshitgan bo‘lsak, bugun boshqa bir rivojlangan mamlakatda ta’limni zamon tezligiga moslash uchun ikki yillik tizimga o‘tkazishayotgani yoki qaysidir universitet talabasining ixtirosi millionlab dollarga sotilgani haqida o‘qiyapmiz. Xo‘sh, dunyo ta’lim tizimi katta tezlikda o‘sib, o‘zgarib borayotgan bir paytda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bu trendlarga moslasha olyaptimi? Bugun dunyo ta’lim tizimi oldida qanday masalalar turibdi-yu, o‘zbek oliy ta’limi qanday muammolar bilan bosh qotirmoqda? “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni shu solishtirishlar, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining buguni va kelajagi masalalariga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari oliy ta'lim masalalari bo‘yicha ekspertlar: Azamat Akbarov va Hikmat Abdurahmonov bo‘ldi. Intervyuni tomosha qilish: 👉🏻 | | |
Mostrar más ...

TG_TIZER.mp4

8 863
5
#siyosat 🔻 Rossiya migratsiya siyosatidagi yirik o'zgarishlar oldida turibdi 2024-yil 24-sentabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida muhim yig‘ilish rejalashtirilgan bo‘lib, unda migratsiya qonunchiligidagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar muhokama qilinadi. Davlat Dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Konstantin Zatulin kun tartibiga migratsiya oqimlarini tartibga solish va migratsiya siyosati boʻyicha yangi departamentni yaratish ehtimoli bilan bogʻliq asosiy masalalar kiritilganini . Yopiq uchrashuv va kelajak rejalari 2024-yil 17-sentabrda Davlat Dumasining MDH ishlari bo'yicha qo'mitasining yopiq yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda migratsiya masalalari bilan shug'ullanadigan alohida bo'lim yaratish rejalari muhokama qilindi. Zatulinning taʼkidlashicha, bunday boʻlimni tashkil etish masalasi avval ham koʻtarilgan, ammo amalga oshirilmagan. Rasmiylar migratsiya siyosatini qayta qurish jarayoni ustidan nazoratni yo'qotishdan qo'rqishmoqda. Ishchi kuchi tanqisligi va o'sib borayotgan migrant fobiyasi Rossiyada migratsiya bilan bog'liq vaziyat og'irligicha qolmoqda. Bir tomondan, mamlakat, ayniqsa, qurilish va qishloq xo'jaligi kabi sohalarda ko'proq ishchilarga muhtoj. Boshqa tomondan, ijtimoiy keskinliklar kuchayib, migrantlarga fobiya kuchaymoqda. Ayrim deputatlar radikal choralar, jumladan, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOI) doirasidagi majburiyatlarini buzishi mumkin bo‘lgan migrant oilalarini Rossiyaga olib kirishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Bunday taqiqlar nafaqat Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan muhojirlarga, balki YeOIIga a’zo boshqa mamlakatlar fuqarolariga ham ta’sir qiladi. Migrantlar uchun xalqaro raqobat Germaniya va Buyuk Britaniya kabi G‘arb davlatlari mehnat muhojirlarini jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan faol shartnomalar tuzmoqda. Masalan, Germaniya O‘zbekiston bilan migratsiya kvotasi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Konstantin Zatulinning ta'kidlashicha, bu choralar Rossiyaning mehnat resurslari uchun kurashdagi pozitsiyasini zaiflashtirishi mumkin, chunki migratsiya oqimlari qayta taqsimlana boshlaydi. Huquqiy cheklovlar va ularning oqibatlari Davlat Dumasi qo‘mitasida migrantlar bilan bog‘liq 33 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Ularning aksariyati migrantlar uchun qattiqroq shart-sharoitlar, jumladan, oila bilan yashashni taqiqlash va farzandlarining Rossiyada ta'lim olishiga cheklovlarni o'z ichiga oladi. Biroq, Zatulin fikricha, bunday choralar Rossiyaning ko‘p millatli davlat sifatidagi uzoq muddatli manfaatlariga putur etkazishi mumkin. Statistikada qarama-qarshiliklar Rossiyadagi muhojirlar soni bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlarning yo‘qligi dolzarb muammolardan biridir. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 6,3 millionga yaqin muhojir istiqomat qiladi, Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin esa bu koʻrsatkichni 16 million deb eʼlon qildi. Bu kelishmovchiliklar migratsiya siyosatini boshqarishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi va jamiyatdagi keskinlikni kuchaytiradi. Kutilayotgan o'zgarishlar Zatulinning fikricha, 24-sentabrga belgilangan uchrashuv migratsiya masalalari muhokamasida burilish nuqtasiga aylanishi kerak. Biroq, manbalarga ko'ra, bu uchrashuv allaqachon besh marta qoldirilgan va uning belgilangan sanada bo'lib o'tishiga to'liq ishonch yo'q. Shunday qilib, Rossiya migratsiya siyosatida ham muhojirlarning o‘zlari, ham butun mamlakat kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar yoqasida turibdi. | | | |
Mostrar más ...
9 443
19
#diplom 📢 Muhojirlarga "ВНЖ" uchun soxta diplom berganlar ushlandi Huquq-tartibot idoralari xodimlari Primoryeda noqonuniy migratsiya kanalini to‘xtatdi - kollej xodimlari 70 nafar muhojirga yashash uchun ruxsatnoma olish uchun soxta diplom bergan. Uch nafar xodim, jumladan Primorsk o‘lkasidagi Mintaqaviy texnika kolleji direktori va uning qo‘l ostidagi ikki xodim noqonuniy migratsiyani tashkil etish va o‘quv jarayonini tashkil qilishda mansab vakolatlarini suiiste'mol holatlari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Ular 2021-yil sentabr oyidan, 2023-yil noyabrigacha 70 nafar xorijlik fuqarolarni kollejlarga o‘qishga qabul qilish va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomani noqonuniy ravishda olib bergan. | | | |
Mostrar más ...

ск.MOV

9 779
10
#migrant 🟥 Drujinachilarning migrantlarni tergashga nima haqqi bor? - “Xohlagan odam “drujinachiman” deb, guruh tuzib olib, qoshu ko‘zi qora odamlarga yopishaveradigan zamon kelayaptimi? Rossiyada qonunsizlik, anarxiya boshlanayaptimi?“ O‘zbekistonlik Iqboljon Rossiyada “Drujinachilar”ning noqonuniy migrantlarga qarshi reydlardagi harakatlarini kuzatarkan, o‘zini qiynagan mulohaza va savollarini “Migrantxabar”ga yo‘lladi. “Drujinachilar”ning harakatlari qonuniymi? Nega ularga aynan migrantlar bilan shug‘ullanish huquqi berildi? “Drujinachilar”ga duch kelgan muhojirlar nima qilishi kerak? ” bu mavzuga oydinlik kiritadi. To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Mostrar más ...
10 657
21
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 19.09.2024 Toshkent 20:00 Moskva 18:00 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Мир Привилегий - 96,35 (+1,31) rubl (Promokod - migrantuz) • Kwikpay - 96,36 (+1,52) rubl • AkaPay - 96,37 (+1,25) rubl • Золотая Kорона - 97,08 (+1,58) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Solidarnost - 135,30 (-1,00) so'm • Unired Mobile - 133,50 (-3,50) so'm 👉🏻 Onlayn • Kwikpay - 133,40 (-0,50) so'm • Sberbank - 130,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 139,00 (-2,10) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
10 714
18
Samarqandlik shifokor Maqsud Aralov gepatitning eng og‘ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan. U 1982-yil tug‘ilgan va yaqindagina bemorligidan xabar topgan. Oxirgi tashxis natijalariga ko‘ra, Hindistonga borib, jigar ko‘chirish amaliyoti bajarish zarurligi aytilgan. Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 30 000$ miqdorida mablag‘ kerak ekan. Hozirda uch bolaning otasi boʻlgan Maqsud aka 12 000$ yiqqan, qolganiga saxovatli kishilar yordami zarur. Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi  uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang. “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”. UzCard💳 6262 5700 1066 9986 Aralov M. Visacard💳 4187 8000 0105 2497 Aralov M. Tel.shaxsiy: 998990760232
Mostrar más ...

IMG_0849.MOV

10 418
15
#uvedomleniye 📢 Piterda "uvedomleniye" topshirish 3200 rubl bo‘lgani aytilmoqda tahririyatiga Sankt-Peterburg ishlayotgan muhojirlar murojaat qilishdi. O‘zbekistonlik migrantlarning , Krasnoye Selo qishlog‘idagi Migratsiya markazida mehnat faoliyati to‘g‘risidagi bildirishnoma (uvedomleniye) topshirishda, ulardan ushbu xizmat uchun 3200 rubl to‘lov qilish talab qilinmoqda. — Avvaliga 1800 rubl to‘lashni so‘rashdi, keyin 1400 rubl. 1800 rublni naqd pulda to‘lash kerak bo‘ldi, hech qanday kartadan to‘lovni qabul qilishmayapti, chek ham berilmadi. Noqonuniy va tartibda ko‘rsatilmagan ravishda pul undirishayotgani ko‘rinib turibdi. 1400 rublni esa karta orqali to‘lay oldim, uni to‘laganim haqida chek ham berishdi. Mehnat shartnomam bor bo‘lib turib, "uvedomleniye" topshirish uchun 3200 rubl to‘lashimga to‘g‘ri keldi, deb shikoyat qiladi o‘zbekistonlik Akbar ismli murojaatchi. Avvalroq tahririyatiga Nijniy Novgoroddan migrantlar murojaat qilib, mahalliy pasport-viza xizmatida "uvedomleniye"ni topshirish uchun 1600 rubl to‘lash kerakligini xabar berishgan edi. Moskvadagi Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Migratsiya markazida esa "uvedomleni" topshirish narxi 500 rubl. Migrantlar bunday talablardan hayratda ekanliklarini, avval "uvedomleniye" topshirish yoki bepul yoki kamroq to‘lov evaziga amalga oshirilganini ta’kidlashmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, "uvedomleniye" topshirish bepul jarayon. 2024-yil 7-yanvaridan boshlab patent asosida ishlayotgan migrantlar mehnat faoliyati to‘g‘risida bildirishnoma (uvedomleniye) topshirishi kerak. Ichki ishlar vazirligining buyrug‘ida "uvedomleniye" topshirish uchun to‘lov undirish ko‘zda tutilmagan va xizmat bepul hisoblanadi. Shikoyatlarga qaramay, mintaqalardagi Migratsiya markazlari va Pasport-viza xizmatlari ichki qoidalar va ma’muriy tartiblarga asoslanib to‘lov talab qilishni davom ettirmoqda. Hozirda mehnat faoliyati to‘g‘risidagi "uvedomleniye"ni bepul topshirishning ikki usuli mavjud: 1. Ish joyi bo‘yicha IIVning Migratsiya bo‘limiga murojaat qilish. 2. "Gosuslugi" veb-saytida tasdiqlangan akkaunt ochib, u orqali topshirish. Har ikki holatda ham "uvedomleniye"ni bepul topshirish mumkin. Mutaxassislar hujjatlarni rasmiylashtirishda kutilmagan xarajatlarga duch kelmaslik uchun oldindan xizmat narxlarini aniqlab olishni tavsiya qiladi. Piterdagi "Krasnoye Selo" migratsiya markazi Migrant.uzning vaziyatni aniqlash uchun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. | | | |
Mostrar más ...
10 770
52
#лайфхак Moskva oblastida olingan patentlarning kuygan yoki kuymaginini sayti orqali tekshirish mumkin | | | |
11 361
292
⚡️«Мир Привилегий» ilovasi orqali do’stlaringiz va oila a’zolaringizga pul o'tkazmalarini yuboring 🇺🇿O'zbekistonga pul o’tkazmalari💲 va UZS 🇰🇬Qirg'izistonga pul o’tkazmalari 💲va rublda 🇹🇯Tojikistonga pul o’tkazmalari Somoniyda ❗️Bizning xizmatimiz barcha yo'nalishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va ishlaydi❗️ PUL O’TKAZMALARIGA CHEGIRMA UCHUN PROMOKOD: MIGRANTUZ Ushbu postni 🇺🇿 🇰🇬 🇹🇯 davlatlarga pul o’tkazmalarini yuboruvchi hammaga yuboring.
Mostrar más ...
11 257
1
#qullik 🟥 Migratsiya agentligi o‘zbeklarni Chechenistonga qullikka yuborayaptimi? Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Chechenistonga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar 3 oydan beri ish haqini ololmayotgani, ish beruvchi ularni qarzdor qilib qo‘yganini aytishdi. - Eski boqcha binosiga joylashtirishdi, sharoitlar rasvo. Ish beruvchilar migrantlarni kaltaklaydi. Pasportlarini olib qo‘yishgan, hujjat ham qilinmadi, - deyishmoqda “Migrant.uz” bilan bog‘langan o‘zbekistonlik muhojirlar. Og‘ir ahvolda qolgan muhojirlar yordam so‘rab, migratsiya agentligining Krasnodardagi vakolatxonasiga murojaat qilishgan. “Hal qilamiz deyishadi, ammo kelib ham ko‘rishmaydi”, deydi muhojirlar. Tafsilotlar “” lavhasida. To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Mostrar más ...
11 514
36
#migratsiya 📢 Vyacheslav Volodin Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytirishni taklif qildi Rossiya "Госдума"sining kuzgi sessiyasi migratsiya sohasi haqida gap-so‘z bilan boshlandi. Xususan, "Госдума" spikeri Vyacheslav Volodin migratsiya sohasidagi qator muammolarni qonunchilik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, "migrantlar Rossiyaga madaniyatimiz va qonunlarimizni bilib, ularga hurmat bilan kelishlari kerak" deb deputatlarga qildi. Spiker migratsiya sohasida 8 ta tashabbus ko‘rib chiqilganini va ular mintaqalarga o‘rganish uchun yuborilganini qayd etdi. Spikerning aytishicha, avgust oyida migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan 28 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan. Ular orasida malakasi past bo‘lgan mutaxassislarga oilalari, qarindoshlari va tanishlarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlash, ayrim sohalarda muhojirlarning ishlashini cheklash takliflari bor. ❗️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 1- yanvaridan boshlab Moskva oblastida migrantlarga ko‘cha ovqatlari va savdo sohasida ishlash taqiqlanishi ma’lum bo‘ldi. | | | |
Mostrar más ...

ввв мигранты.mp4

10 796
26
#fojia ⚡️ Wildberries ofisida otishma: ikki kishi halok bo‘ldi Wildberries hammuassisi Vladislav Bakalchuk va uning qo‘riqchilari “Романов Двор” biznes markazidagi ofisiga "noqonuniy ravishda kirishga” harakat qilishdi, deb bergan kompaniya matbuot xizmati. 18-sentabr, chorshanba kuni tushdan keyin “Романов Двор” biznes markazidagi Wildberries ofisi yonida otishma ovozi eshitildi. Bozor vakillarining ta'kidlashicha, asoschi Tatyana Bakalchukning eri kompaniya binosiga noqonuniy ravishda kirishga uringan. "Bugun Vladislav Bakalchuk tomonidan Wildberries kompaniyasi ofisiga xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda kirishga urinish sodir bo'ldi, huquq-tartibot idoralari zarur choralarni ko'rdi, vaziyat barqaror", - deya tushuntirdi Wildberries. O'z navbatida, Bakalchuk unga hujum qilishga uringanliklarini va u hamkasblari bilan omborlar qurilishini to'xtatish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun ofisga kelganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma vaqtida uning xodimlaridan biri yaralangan. "Men hamkasblarim bilan kompaniya ofisiga keldim, lekin kiraverishda allaqachon menga noma'lum odamlar va xavfsizlik xizmati qurolli hujum qilishdi", dedi u. Otishma vaqtida biznes markazi yaqinida joylashgan Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti binosidan o‘nlab talabalar evakuatsiya qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan videolarga qaramay, universitet vakillari evakuatsiyani inkor etishdi. Internetda esa “Wildberries” ofisi joylashgan biznes markazida tartibsizliklar va otishma sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Otishma natijasida uch kishi yaralangani xabar berilgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko ‘ra, ikki kishi: 28 yoshli Islom-Bek Elmurziev va 41 yoshli Adam Almazovlar olingan jarohatlar tufayli vafot etgan. Vaziyat ko‘p o‘tmay barqarorlashgan. Hodisa joyiga 20 dan ortiq politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Politsiya yetib kelganidan so‘ng Vladislav Bakalchuk advokat va qo‘riqchilari hamrohligida “Wildberries” ofisini tark etgan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan. | | | |
Mostrar más ...

480p - 2024-09-18T125411.252.mp4

2024-09-18 12.50.54.mp4

00.mp4

SQ.mp4

9 223
13
https://www.youtube.com/watch?v=nYIBgFZZUUo
🔴JONLI EFIR: “Migrantlarga Yevropaga yo‘l ochilyapti” #fikratuz
Ekspertimiz: huquqshunos Botirjon Shermuhammad Kanalga obuna bo'lish: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ?sub_confirmation=1 Loyihani qo'llab-quvvatlash: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ/join www.fikratonline.uz Video: telegram.me/fikrat Audio: telegram.me/fikratonline youtube.com/@fikratonline facebook.com/fikratonline instagram.com/fikratonline twitter.com/fikratonline threads.net/fikratonline Pulli ko'rsatuvlarga to‘lov: https://payme.uz/fallback/merchant/?id=65253bf61ff1e7cb8e16a60d “Fikrat” tahliliy dasturi Rejissyor: Abrorxo‘ja Omonxo‘jayev Muharrir: Nurbek G‘ofurov Texnik guruh: Shokirjon Jalilov Suhbatdosh: G‘ayratxo‘ja G‘afforxo‘ja o‘g‘li Direktor: Abrorxo‘ja Omonxo‘jayev Muassis: “FIKR-MEDIA” MChJ Fikratonline.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 962165 raqami bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan Reklama va hamkorlik uchun: ☎️ Telefon: +998 99 115 55 37 #fikratuz #munosabat #israel #phalastine #munosabat #suhbat #rossiya #ukraine #afghanistan
9 604
7
#fuqarolik ❗️ Rossiya fuqaroligini olib, harbiy ro‘yxatga turmaganlarni Ichki ishlar vazirligi izlashni boshladi Ichki ishlar vazirligi Rossiya fuqaroligini olgan, lekin harbiy ro‘yxatga turmagan xorijliklar haqida ma’lumotlarni harbiy komissariatlardan so‘ramoqda. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Irina Volk o‘zining Telegram-kanalida berdi. «2024-yilning sakkiz oyi yakuniga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan 1117 nafar fuqarolik olgan sobiq muhojirlar huquqbuzarlik sodir etganliklari sababli Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan mahrum qilindi», – deb yozgan Irina Volk. Volkning ta’kidlashicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonun va «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni amalga oshirishni boshlagan. O‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olgandan keyin harbiy ro‘yxatga turmaganlar fuqarolikdan chiqarib yuboriladi. Shu munosabat bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi harbiy ro’yxatga turmagan shaxslar haqida ma’lumot olish uchun harbiy komissariatlarga so‘rovlar yubormoqda. ❗️ Eslatib o’tamiz, harbiy ro‘yxatga turishdan bosh tortganlik uchun Rossiya fuqaroligidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonun avgust oyida qabul qilinib, kuchgan kirgan. Avval Rossiya fuqaroligidan chiqarish uchun noto‘g‘ri ma’lumot berganlik, milliy xavfsizlikka tahdid solganlik, og’ir jinoyat yoki harakatlarni sodir etish kabi asoslar mavjud edi. | | | |
Mostrar más ...
10 046
20
#urush 📢 Urushda qatnashish ham yordam bermadi: sud Moldova fuqarosini Rossiyadan chiqarib yubordi Rostov viloyatida sud Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilgan moldovalik Gennadiy Fedkoni mamlakatdan chiqarib yuborishga qildi. Qaror 13-sentabr kuni Fedkoning Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 20.25-moddasi 3-qismini buzganligi (chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish tarzidagi ma'muriy jazoni ijro etishdan bo'yin tovlashi) bo'yicha qabul qilingan. “Skif” ko'ngillilar guruhi 1-rotasida xizmat qilgan Fedko 12-sentabr kuni "LNR" va Rostov viloyati o'rtasidagi nazorat-o'tkazish punktidan shartnomani qayta tuzish uchun o‘tayotganida chegarachilar tomonidan qo'lga olingan. Moldova qonunchiligiga ko'ra, yollanma askarlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2022-yil kuzida Moldova prezidenti Mayya Sandu Ukrainada Rossiya armiyasi tarafida jang qilayotgan Rossiya pasportiga ega bo‘lgan mamlakat aholisini Moldova fuqaroligidan mahrum qilish, shuningdek, Moldova fuqarolariga nisbatan jazoni kuchaytirish rejalari haqida gapirgan edi. Sandu Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoni bilan Rossiyada yashovchi Moldova fuqarolarini urushga safarbar qilishni istisno qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni topshirdi. Huquq himoyachilari Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan chet el fuqarolarini Rossiya targ'ibotining qurboni bo'lmaslikka va urushga bormaslikka bir necha bor chaqirishgan, chunki aksariyat mamlakatlarda yollanma askarlik jinoyat hisoblanadi. | | | |
Mostrar más ...
9 851
4
✅ AkaPay Rossiyadan O'zbekistonga pul o’tkazmalari uchun qulay va arzon kursni taklif qilmoqda. Videodagi valyutalar kursi uni yaratish vaqtida, hozirgi kurs: 🇷🇺Rossiyadan - 🇺🇿O'zbekistonga kursi 18.09.2024: 1 $ (USD)  = 95,12 RUB 💵 🔔 "migrant" promokod yana foydali kursi: 1 $ (USD)  = 95,02 RUB ❗️📉 Promokodni har pul o’tkazma uchun terish kerak. Ssilka bo’ylab AkaPay ilovasini yuklang va yaqinlaringizga foydali pul o’tkazmalarni yuboring. 📲  💻
Mostrar más ...

IMG_5456.MP4

9 486
6
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 18.09.2024 Toshkent 14:30 Moskva 12:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,84 (-0,05) rubl • Мир Привилегий - 95,04 (-0,21) rubl (Promokod - migrantuz) • AkaPay - 95,12 (0) rubl • Золотая Kорона - 95,50 (+0,13) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,30 (0) so'm • Kwikpay - 133,90 (0) so'm • Sberbank - 130,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 141,10 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
9 490
10
#oqibatlar 🔻 Moskva viloyatida migrantlar mehnatidan voz kechishning taxminiy oqibatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab Moskva viloyatida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi asosiy tarmoqlarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilishni taqiqlash joriy etiladi. Bu qaror qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki u mehnat bozori qanday o‘zgarishi, xizmatlar aholi uchun ochiq bo‘lishi davom etadimi va bu iqtisodiyot va jamiyatga qanday ta’sir qilishi kabi muhim tug‘dirdi. Nima uchun taqiq joriy etilmoqda? Rasmiylarning chet el ishchi kuchidan foydalanishni cheklashga qaror qilishiga bir qancha sabablar bor. 1. Mahalliy ishchilarni qo'llab-quvvatlash. Rasmiylar ish bilan band bo'lgan Rossiya fuqarolari sonini ko'paytirishga intilmoqda, ayniqsa iqtisodiy qiyinchiliklar. Bu ishsizlikni kamaytirish va ichki mehnat bozorini rag'batlantirishga yordam beradi. 2. Ijtimoiy integratsiya. Mahalliy aholi ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya kabi muhim sohalarda madaniy va lingvistik bilimlar muhim bo‘lgan sohalarda yanada faol ishtirok etishi kutilmoqda. 3. Migrantlarga qaramlikni kamaytirish. So‘nggi yillarda umumiy ovqatlanish va chakana savdo kabi tarmoqlar asosan xorijlik ishchi kuchiga tayanadi. Pandemiya muhojirlarni jalb qilishdagi uzilishlar biznes faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va tashqi xodimlardan mustaqillikni muhim muammoga aylantirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Mumkin bo'lgan qiyinchiliklar Yaxshi niyatlarga qaramay, taqiq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 1. Ishchilarning etishmasligi. An'anaviy ravishda ko'plab xorijlik ishchilarni ish bilan ta'minlaydigan sanoat korxonalari, masalan, ko'cha oziq-ovqatlari va chakana savdo, ishchi kuchi etishmasligiga duch kelishi mumkin. Ko'pgina ruslar har doim ham past maosh va og'ir ish sharoitida ishlashga tayyor emaslar, bu esa xizmatlar sifatining pasayishiga yoki hatto ayrim korxonalarning yopilishiga olib kelishi mumkin. 2. Ish beruvchilar uchun xarajatlarning oshishi. Chet elliklarni ishga olishni taqiqlash ish beruvchilarni mahalliy ishchilarni jalb qilish uchun ish haqini oshirishga majbur qiladi. Bu kompaniyalar uchun xarajatlarni oshirishi mumkin, bu esa o'z navbatida iste'molchilar uchun narxlarga ta'sir qiladi. 3. Biznes risklari. Kichik va o'rta korxonalar yangi qonun hujjatlariga muvofiq jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ulardan ba'zilari moslashishga qiynaladi va yopilishi yoki mehnat migratsiyasi talablari unchalik qattiq bo'lmagan hududlarga ko'chib o'tishi mumkin. 4. Ijtimoiy sohadagi muammolar. Chet ellik ishchilar ko'pincha sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda muhim lavozimlarni egallaydi. Ularning ketishi malakali mutaxassislarning etishmasligiga olib kelishi mumkin, bu esa ushbu xizmatlarning mavjudligi va sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Moskva viloyatida xorijiy ishchi kuchini jalb qilishni taqiqlash mahalliy ishchilarni qo'llab-quvvatlash va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Biroq, bu, shuningdek, ishchi kuchi tanqisligi, ish beruvchilar uchun xarajatlarning oshishi va kichik biznes uchun qiyinchiliklar kabi bir qator qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. | | | |
Mostrar más ...
9 400
27
#hujum 📢 Tverga dronlar hujumi: o‘q-dori omborlari portlamoqda, aholi evakuatsiya qilinmoqda Tver viloyatining Toropets shahrida dronlar hujumi sababli o'q-dorilar omborida yong'in sodir bo'lgan. Mahalliy hokimiyat aholini qisman evakuatsiya qilmoqda. Tver viloyati gubernatori Igor Rudenyaning ma'lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa vositalari ko‘plab dron qaytarishda davom etmoqda. Telegram kanallari xabarlarida o'q-dorilarning portlashiga o'xshash kuchli portlashlar haqida aytiladi. Ombor yonida joylashgan Tsikarevo qishlog‘i aholisi yong‘in tufayli evakuatsiya qilina olmayapti va yordam kutmoqda. NASA sun'iy yo'ldosh tasvirlari, ekspertlarning fikriga ko'ra, “Grad” raketalari va artilleriya minalari saqlanadigan omborda issiqlik belgilarini qayd etgan. Avvalroq ushbu harbiy qism allaqachon ikki marta dronlar tomonidan hujumga uchragani haqida xabar qilingan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi bir kechada Ukrainaning 54 ta uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilganini ma’lum qildi, biroq hisobotda Tver viloyati tilga olinmagan. | | | |
Mostrar más ...

Тверская_обл_Сегодня!_Жители_Торопца_публикуют_видео_последствий.mp4

Илья_Зильбершейд_Тверская_обл_Взрывы💥💥💥🔥Склады_боеприпасов_1.mp4

Афанасий_Новости_Твери_и_Тверской_области_Ночной_Торопец,_18_сентября.mp4

Телеканал_360_Атака_БПЛА_Торопец,_Тверская_область.mp4

9 031
78
#aeroport 📢 O‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmayapti: Sheremetyevoda vaziyat murakkab O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy ravishda Rossiyaga kiritilmaslik holatlari hanuzgacha davom etmoqda. Xususan, Sheremetyevo aeroportida har kuni har bir reysdan o‘nlab o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmay qaytarilmoqda. O‘zbekistonliklar nima uchun Rossiyaga kiritilmayotgani borasida hech qanday olishning iloji yo‘q. Rossiyaga kiritilmagach, fuqarolar bir necha kun davomida aeroportda ovqatsiz, yetarli shart-sharoitlarsiz qolib ketyapti. Vaziyat mehnat migrantlari va ularning oilalarida katta xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston hukumati esa fuqarolarning Rossiyaga kiritilmaslik holati yuzasidan haligacha hech qanday munosabat bildirgani yo‘q. Migrant.uz tahririyatiga har kuni Rossiya aeroportlaridagi og‘ir vaziyat haqida xabarlar kelmoqda. Murojaatchilardan biri aeroportda ovqat bepul berilmasligi tufayli odamlar och qolayotganini aytadi. - Men aeroportda ikkinchi kun qolishim. Hali ham ovqat berilgani yo‘q. Bu yerda hamma narsa juda qimmat. O‘zim bilan olib kelgan pullarim tugadi. Endi kechki ovqatga nima yeyman, bilmayman. Konsullikka qo‘ng‘iroq qilib tushib bo‘lmayapti. Bizga e’tibor qaratishlari uchun ochimizdan o‘lishimiz kerakmi?, - deb savol bermoqda toshkentlik Sardorbek. Boshqa o‘zbekistonliklar Rossiyada qonunchilik bo‘yicha barcha talablarga doimo amal qilganliklarini, ammo baribir pasport nazorati bosqichida qiyinchiliklarga duch kelishgani bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yillar davomida Rossiyada qonuniy yurgan fuqarolar ham aniq sabab keltirilmay qaytarilmoqda. Rossiyaga kiritilmaslik migrantlar uchun qo‘shimcha moliyaviy va ma’naviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. - Men nima uchun bizni kiritmayapsizlar deb so‘radim. Xodimlardan biri men bilan gaplashmay teskari qarab ketdi. Biz ertalab kelgan edik. Kechki payt boshqa xodim kiritmaslik haqidagi qaror vaqtinchalik ekanligini aytdi. Go‘yoki bir muddat o‘tgach qaytishimiz mumkinakan. Meni bir savol qiynayapti-da, nega bu bu haqda oldindan xabar berishmaydi? Yo‘lga sarflagan pullarimni kim qaytaradi? Men besh yildan ortiq Rossiyada barcha hujjatlarni joyida rasmiylashtirib, ishlab kelaman. Rossiyaga kiritilmaslik haqida qaror qabul qilayotib, nega bu narsa inobatga olinmayapti? Qanday qilib men to‘satdan Rossiya uchun xavfli shaxsga aylandim, tushunmayapman. Boshqa hech kim tushuntirib bera olmayapti ham. O‘zlari o‘ylab topib narsaga, o‘zlari ishonib, jabrini biz va oilamiz ko‘ryapti. Chipta pulini hech kim qaytarmoqchi emas, – deydi andijonlik Javlonbek. Sheremetyevo aeroportida o‘zbekistonliklar bilan vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda. Rossiyaga kiritilmay qolib ketayotgan yuzlab muhojirlar migratsiya siyosati yaxshilanishiga umid qilmoqda. Qiyinchiliklarga qaramay, ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishlash va moddiy sharoitini yaxshilash maqsadida kelishda davom etmoqda. Biroq O‘zbekiston hukumati haligacha o‘zbekistonliklarning Rossiyaga kiritilmasligiga e’tibor qaratmayapti. | | | |
Mostrar más ...
11 120
76

file

9 586
22
Endi bizni donatlar orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin: 🇷🇺Rossiyadan pul oʻtkazish👇 💸Doʻllarda pul yuborish 👇 🇺🇿Oʻzbekistondan pul oʻtkazish👇 Yigʻilgan mablagʻ kanal xarajatlari uchun sarflanadi.
10 588
6
#ishchilar 🟥 O‘zbek ishchilarining Germaniyaga borishi-kelishi osonlashishi kutilmoqda... Germaniya kansleri Olaf Shols Markaziy Osiyoga uch kunlik safari doirasida 16-sentyabr kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga keldi va O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan bo‘lib, ular orasida “Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim” ham mavjud. Germaniyaning DPA axborot agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda Germaniyada 13 700 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bor va ularning aksariyati qonuniy yo‘l bilan yashayotgan bo‘lsa-da, 200 ga yaqini vataniga deportatsiya qilinishi kutilmoqda. “Bugun O‘zbekistonning Samarqand shahrida imzolangan migratsiya va mobillik bo‘yicha kelishuvimiz tufayli biz katta iste’dodli insonlarning mamlakatimizga kirib kelishiga imkon beryapmiz. Bundan tashqari, biz jarayonlarni nobyurokratik qilish majburiyatini oldik, shunda mamlakatimizda qola olmaydiganlar qaytishi kerak”, — dedi Shols. Germaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun 50 ming ish o‘rni taklif qilmoqda, bu yerda tibbiyot xodimlari, yuk mashinalari haydovchilari va mehmonxona sohasidagi ishchilar kabi turli kasblar mavjud. “Biz mamlakatga sanoat, malakali hunarmandchilik, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalarda zudlik bilan zarur bo‘lgan malakali ishchilar va malakali ishchilarni jalb qilmoqdamiz”, dedi Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida. To'liq video: 👉🏻 | | | |
Mostrar más ...
10 775
24
#migrant 🔻Moskva viloyatida migrantlarga ko‘cha taomlari va boshqa sohalarda ishlash taqiqlanadi Moskva oblasti hukumati 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab patent bilan ishlaydigan migrantlarga alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ishlashni cheklaydi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati berdi. "So‘nggi uch yil ichida savdo sohasidagi xorijlik ishchilar ustidan shikoyatlar ancha oshdi. <...> Biz patent bilan ishlashga to‘liq taqiq kiritgan 22 ta mintaqaga qo‘shilmoqchimiz. Shuningdek, patent asosida ishlayotgan migrantlarning ko‘cha taomlari savdosi, sport, ish, dam olish, shuningdek, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va ta’lim kabi ijtimoiy sohalarda ishlashini taqiqlashni taklif qilamiz», – deydi Moskva oblasti hukumati raisining o‘rinbosari Nataliya Maslenkina. Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarga ishlashni taqiqlash orqali potensial mojarolarni kamaytirishga erishish mumkin emish. «Bu taqiqlar kiritilganidan keyin patent asosida ishlayotganlar soni 5,6 ming kishiga kamayadi. Iqtisodiy jihatdan ishchi kuchi bilan yuzaga keladigan bo‘shliqni vatandoshlarimiz va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) fuqarolari hisobidan to‘ldirish mumkin», – degan Maslenkina. Shaurma, somsa kabi ko‘cha taomlarini sotadigan muhojirlar qaysi sohalarda ishlay boshlaydi, nima deb o‘ylaysiz? | | | |
Mostrar más ...
11 083
64
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 17.09.2024 Toshkent 16:30 Moskva 14:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,89 (+0,15) rubl • AkaPay - 95,12 (0) rubl • Мир Привилегий - 95,25 (0) rubl (Promokod - migrantuz) • Золотая Kорона - 95,37 (-0,05) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,30 (0) so'm • Kwikpay - 133,90 (+0,50) so'm • Sberbank - 130,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 141,10 (-0,40) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
11 631
11
#reyd 📢 Krasnodarda reydlar ko'paymoqda To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |

Telegram Krasnodar.mp4

10 882
10
#yoʻriqnoma 📢 Migrantlarni chiqarib yuborish rejimi: yangiliklar bo‘yicha qisqacha yo‘riqnoma Avvalroq Rossiyaning migratsiya qonunchiligini o‘zgartirishga qaratilgan qonun loyihalari to‘plami qabul qilingani haqida yozgan edik. Ulardan biri - «chiqarib yuborish rejimi»ni joriy qiluvchi qonun loyihasidir. 2025-yilning 5-fevralidan kuchga kiradigan «chiqarib yuborish rejimi» haqidagi asosiy bilan bo‘lishamiz. Chiqarib yuborish rejimi - Rossiyada qonuniy yashash va ishlash uchun asoslari tugagan yoki umuman bu asoslarga ega bo‘lmagan muhojirlarning mamlakatda cheklovlar ostida bo‘lib turishini nazarda tutadi. Rossiyada bo‘lish uchun qonuniy asosi tugaganlar kimlar? • hujjatlari bekor qilinganlar – vaqtinchalik yashashga ruxsat (РВП), doimiy yashashga ruxsat (ВНЖ), viza; • “РВП” muddati tugaganlar; • Rossiya fuqaroligidan mahrum qilinganlar; • noqonuniy ravishda Rossiyaga kirganlar; • Rossiyaga kelish uchun "taqiq" olganlar; • qochqin maqomini olishda rad javobi berilganlar; • sud orqali "выдворение" bo‘lganlar; • Rossiyada jinoyat sodir etganlar. Shu toifadagi muhojirlarga Rossiyadan chiqib ketgunicha huquqlarini cheklovchi tartibning joriy qilinishi – “chiqarib yuborish rejimi”, deb ataladi. Cheklovlar qanday bo‘ladi? 1. mulk sotib olishga taqiq; 2. ko‘chmas mulkni kadastr ro‘yxatiga qo‘yishga taqiq; 3. transport vositasini boshqarishga taqiq; 4. nazorat organlarining ruxsatisiz yashash yoki turish joyini o‘zgartirishga taqiq; 5. bank hisob raqamlarini ochish va bank operatsiyalarini amalga oshirish, majburiy to‘lovlardan tashqari, oyiga 30 000 rubldan ko‘p naqd pul yechishga taqiq; 6. “ЗАГС”dan o‘tishga taqiq; 7. jamoat yoki diniy tashkilot tuzishga taqiq. Chiqarib yuborish rejimiga tushgan muhojirlarning alohida ro‘yxati mavjud bo‘ladi. Bu ro‘yxat internetda ochiq manba sifatida tashkil qilinishi mumkin. Boshqa yangiliklar "Xorij fuqarolarining Rossiyadagi huquqiy holati to‘g‘risidagi" qonunga kiritilgan o‘zgarishlardan yana biri - politsiya xodimlariga migrantlarni sudsiz "выдворение" qilish huquqi berilgandir. Politsiyachilar mamlakatdan chiqarib yuborgan muhojirlar migrantlarni vaqtincha saqlash markazlariga, maxsus muassasalarga joylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, politsiya xodimlari chiqarib yuborish rejimiga tushgan muhojirlarning yashaydigan joylariga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib to‘siqsiz kirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, politsiyachilar mamlakatda noqonuniy turgan xorijliklarning joylashuvini nazorat qilish uchun zamonaviy tekshiruv tizimlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Qolaversa, yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiyada muhojirlarning hech qanday hujjatsiz bo‘lish muddati ham qisqaradi. Endi patent qilmagan muhojirlar Rossiyada birinchi yil davomida faqat 90 kun yashay olishadi, xolos. 90 kun tugagach, Rossiyada yashashga hech qanday qonuniy asosi bo‘lmasa, chiqib ketishi kerak bo‘ladi. Aks holda "chiqarib yuborish rejimi"dagi fuqarolar ro‘yxatiga tushib qolish mumkin. ❗️Eslatib o‘tamiz, hozirda 180 kun ichida faqat 90 kun bo‘lish ruxsatini beruvchi qoida amal qilmoqda. Qonunning boshqa bandlaridan farqli o‘laroq, bir yilda faqat 90 kun bo‘lish tartibi 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. | | | |
Mostrar más ...
11 315
56
#norozilik “MAZ” avtozavodidagi o‘zbek ishchilari nimadan norozi? “Assalomu alaykum, musofirchilikda yurgan o‘zbek aka-ukalar va opa- singillar! Barchalaringiz sog‘-salomat yuribsizlarmi? O‘zbekiston Migratsiya vazirligi chet el davlatlari bilan ish va ish joylari, xalqimiz uchun yaxshi bitimlar va shartnomalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Bu xabarlarni o‘qib, xursand bo‘lasan kishi. Lekin “afsusdaman”, deb og‘ir vaziyatlarga tushib qolayotgan yurtdoshlarimiz ham oz emas. Misol uchun o‘zimni olay: shu yilning aprel oyida O‘zbekistan Migratsiya vazirligi bergan e’lon bo‘yicha Belarusning Minsk shahrida joylashgan “MAZ” avtomobil zavodiga ishga keldik. Ish turi avtomobilsozlik. Bizga ikkala tomon ham shunday e’lon va’da bergan edi: Haftasiga 5 kun ish, 2 kun dam olish, 8 soatdan ish. Tushlik va yotoqxona zavod hisobidan. Ish haqi 720 dollar. “Qo‘shimcha soat qolib ishlasalaring, 800-1000 dollargacha oylik beramiz”, degan edi. Bir kancha vatandoshlar bilan ishni boshladik. 3 oy va’da qilingan pulni berishdi, “4-oydan “izdelka”ga o‘tdilaring, razryadlaring ham oshdi”, deb shanba kuni va boshqa kunlari 12 soatdan ishlasak ham, shu 720 dollarni berayapti. Zavod berayotgan “obed” pulini ham oylikdan olib qolyapti. Ancha fuqarolarimiz uyga qaytib ketishdi. Qolganlar esa O‘zbekistondan migratsiya xodimlarini chaqirtirdik. Kelishdi, “Belavtomaz”dagi xodimlar bilan gaplashishdi, foydasi bo‘lmadi. Haftasiga 6 kun ish, har kuni 10-12 soatdan ishlayapmiz, shu oylik: 720 dollar. O‘zbekmiz, boshqa tomonolarni uylab, Allohga behisob shukronalar aytib, ishlab yuribmiz. Bu bilan nima demoqchiman? Shu yuqorida o‘tirganlar fuqarolarimizni chet elga yuborgandan so‘ng, ulardan tez-tez xabar olib tursin, rostini aytib yuborsin. Xalqimiz afsuslanib qolmasin, deyman”. Minskdagi avtozavodda ishlovchi muhojirlar nomidan | | | |
Mostrar más ...
11 360
43
#reyd ⚡️ Krasnoyarskda reydda qo‘lga olingan muhojirlardan DNK tahlillari olingan Krasnoyarsk bozorlarida o‘tkazilgan reydlar natijasida 520 muhojir qo‘lga olingan. Reyd davomida politsiya bo‘limiga yetkazilgan har bir muhojirdan so‘lak namunalari olingani haqida Meduza nashri bermoqda. Reyd noqonuniy migratsiya bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov doirasida tashkil qilindi, deb xabar bergan Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi. Qo‘lga olinganlarning 417 nafari O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan. Ularning har biridan «jinoyat sodir etishda qatnashganini tekshirish» uchun og‘iz bo‘shlig‘idan so‘lak tahlillari olingan. Reyd natijasida kamida yetti kishi Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Yana 92 kishiga Rossiya fuqaroligini olganidan so‘ng o‘z vaqtida harbiy ro‘yxatdan o‘tmagani uchun harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozlari berilgan. | | | |
Mostrar más ...

r.mp4

11 726
35
Пул ўтказишда «Unired» орқали комиссияни олиб ташланг! 💳 Россиядан Ўзбекистонга баъзи банклардан пул ўтказганингизда паст курсда юборилиши ёки комиссия олиши мумкин. Банклар рўйхати қуйидагилар: ◾️ Банк ВТБ ◾️ АЛЬФА-БАНК ◾️ Сбербанк ◾️ Тинькофф Банк ◾️ Газпромбанк ◾️ Промсвязьбанк ◾️ Райффайзенбанк ◾️ Банк открытие ◾️ Совкомбанк ◾️ РОСБАНК ☑️ Комиссияни олиб ташлашни ўрганиш учун видеони охиригача кўринг. Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг 🤖📱 🛍 Маълумот Илованинг расмий телеграм канали:
Mostrar más ...

Instagram (Android).mp4

11 452
55
#kollaps 📢 Rossiyada migrantlarning ishlashi taqiqlangani sababli transport sohasida kollaps boshlandi Magadanda migrantlarga jamoat transportlarida ishlash taqiqlangani tufayli muammolar paydo bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Yuriy Grishan qilgan. - Avtobuslar kamligi muammosi mavjud, odamlar bekatda uzoq vaqt kutishlariga to‘g‘ri kelyapti, jadvallar buzilmoqda. Bu muammo haqiqatan mavjud va kuchayib bormoqda. Chunki xorijlik fuqarolarni ishga qabul qilish cheklangani sababidan korxonalar juda katta kadrlar muammosiga duch kelmoqda. Bu muammoga shahardagi yo‘lovchi tashuvchi korxonalar ham, mintaqalararo yo‘lovchi tashuvlar va maktab avtobuslarida ishlaydigan yangi korxonalar ham duch kelyapti, – deydi Yuriy Grishan. Shahar hokimi muammoni hal qilish bo‘yicha yechimni taklif qilmagan. Magadan oblasti gubernatori Sergey Nosov 2023-yil oxirida o‘z qarori bilan jamoat transportida migrantlarning ishlashini taqiqlagan edi. Mintaqa ma’muriyatiga ko‘ra, bu taqiqning sabablari xorijlik fuqarolarning rus tilini bilmasligi va ikki katta yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgani edi. 2024-yil avgust oxirida Kolima shahar hokimiyati farmon tufayli faqatgina yo‘llardagi vaziyat yaxshilanganini ta’kidlagan. Mintaqadagi transport vazirining o‘rinbosari esa farmonni bajarish bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini ma’lum qilgan. "ГИБДД" vakillari yetti oy davomida jamoat transporti bilan bog‘liq YTHlar soni 50%ga qisqarganini ma’lum qilgan. Taksilar bilan bog‘liq avariyalar qayd etilmagan. | | | |
Mostrar más ...
12 305
16
#migrant 📢 Medvedev migrantlar haqida To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |

Telegram Medvedev (1).mp4

10 867
9
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 16.09.2024 Toshkent 18:30 Moskva 16:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,74 (+0,41) rubl • AkaPay - 95,12 (+0,37) rubl • Мир Привилегий - 95,25 (+0,55) rubl (Promokod - migrantuz) • Золотая Kорона - 95,42 (+0,41) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,30 (+0,30) so'm • Kwikpay - 133,40 (-1,00) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 141,50 (+1,0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
11 314
7
#Diqqat! ! ❗️Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol yo‘qolib qoldi Muyassarxon Rahimovani oila a’zolari bir yildan buyon aloqaga chiqmayotgani uchun izlab kelmoqda, biroq hech qanday natija bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonlik ayolni uyda ikki farzandi, 75 yoshli onasi . Migrant.uz tahririyati bilan bog‘langan Muyassarxonning opasining aytishicha, Muyassar Sobirjonovna Rahimova Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 1982-yilda tug‘ilgan. Ikki nafar farzandi bor. Farzandlari ayni vaqtda Toshkentda Tibbiyot universitetlarida ta’lim oladi. Muyassarxon turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, qizlarini yolg‘iz tarbiyalab kelgan. Rus tili o‘qituvchisi bo‘lgan ayol Rossiyaga kelguncha maktablarda dars bergan. Biroq 2016-yili qizlari o‘qishga shartnoma asosida qabul qilingani uchun ularning o‘qish pullarini to‘lash maqsadida Rossiyaga ishlashga otlangan. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga kelgan bu ayol “Пролетарская” metro bekati yaqinidagi “Лента” savdo magaziniga ishga joylashgan. Yashash joyi ham “Пролетарская” metrosi atrofida bo‘lgan. Oxirgi marta 2023-yilning iyul oyida aloqaga chiqqan Muyassarxon Rahimova ish joyini almashtirish fikri borligi bilan bo‘lishgan. Savdo do‘konida baliq saqlanadigan muzlatgichda ishlagan Muyassarxon so‘nggi vaqtlarda salomatligidan ham bir necha marta shikoyat qilgan. Oila a’zolari ayolning salomatligi yomonlashgani va maoshning kamayishi tufayli yangi ishga joylashgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hamyurtimiz hujjatlariga mas’uliyatli bo‘lgani, doim patent va boshqa hujjatlarni o‘z o‘rnida qoldirmay rasmiylashtirib borgani aytilmoqda. Muyassarxon yashagan kvartiraga borgan oila yaqinlari ayol ishga ketib, qaytib kelmaganini bilgan. Ish joyiga borib, ma’lumot olishning imkoni bo‘lmagan. Muyassarxon Rahimovaning oila a’zolari u haqida biror ma’lumot bilgan kishilar bo‘lsa, ular bilan bog‘lanishlarini so‘ramoqda. Muyassarxonni tanigan, bilgan Piterdagi muhojirlar +998990126652 raqami orqali ayolning onasi bilan bog‘lanishlari mumkin. tahririyati ayolning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini o‘rgandi. Mas’ul davlat idoralari ayolning izsiz yo‘qolishiga befarq bo‘lmaydi, degan umiddamiz. Xorijdagi yurtdoshlar! Muhojirlikda o‘zingiz duch kelayotgan voqea hodisalar, yutuq va muammolaringiz, fikrlaringiz va munosabatlaringizni bizga yozishingiz, o‘zingiz olgan foto va videolarni Telegramdan akkauntiga yuborishingiz mumkin. | | | |
Mostrar más ...
12 545
56
#targʻibot 📢 "Odam savdosiga qarshi kurashish haqida targ‘ibot zo‘r, qonunchilik yaxshi, lekin muammolar kamaymayapti. Chunki..." To'liq video Youtube va VK kanalida | | | |

oriat dono 1.mp4

10 769
8
#migrant ⚡️ "Har bir inson o‘zi va oilasi ravnaqi uchun har qanday davlatda to‘q hayot izlashga haqli, lekin..." Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Migratsiya va mobillik sohasida bitim imzolandi. Bitim Germaniyada katta ehtiyoj bo‘lgan malakali ishchilar, mutaxassislar hamda muhandislarni jalb qilishni nazarda tutadi. Shunday ko‘rsam, ochig‘i, o‘zimni noqulay his qilaman. Tizzasi yirtiq dehqon egnidagi oxirgi yaktagini ham yechib boyotaga hadya qilayotgandek tuyuladi. To‘g‘ri, individual ravishda har bir inson o‘zi va oilasi ravnaqi uchun har qanday davlatda to‘q hayot izlashga haqli, lekin davlat bunga xayrixohlik qilishi g‘alati. Samarqanddagi hokimbuvaning chet ellarga yuksak malakali o‘zbek oqsoch ayollarni yetkazib berish istagi yodga kelaveradi. 2000-yillarda Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun erkin harakat siyosati doirasida yuz minglab polyak va ruminlar Britaniya, Germaniya, Fransiyalarga ko‘chib o‘tishdi. Manba davlatlar qarashsa, o‘zlarida ilm-fan, tibbiyot, ishlab chiqarish oqsay boshladi. Mezbon davlatlar esa bu kelgindilar xizmati bilan yana o‘saverishdi. Oxirgi yillarda Polsha va Ruminiya bu miyalar oqimini to‘xtatish va ortga qaytarish bo‘yicha aniq islohotlarni qilib, ketganlarga katta imtiyozlar taklif qila boshladi. Natija uzoq kuttirmadi - mutaxassislar qaytishi bilan iqtisodlari o‘syapti. Ko‘p yillarki Avstraliya o‘z ishining ustalariga osmondagi oyni va’da qiladi va oyni osmondan olib beradi ham. Hozirda kam maoshdan noligan yosh britan doktorlar okean oshib Avstraliyaga ketyapti. Yaqinda Angliyadagi bir do‘stimning o‘g‘li tibbiyot diplomini oldi. Avstraliyaga ketmayman, debdi. “Bunga vijdonim yo‘l qo‘ymaydi - bu davlat meni o‘qitti, sarmoya qildi, endi men bu bilimni boshqa joyga sarflashim kerakmi?” 👤 Ibrat Safo | | |
Mostrar más ...
11 955
24
#ish 🔻 Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya va Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qiladi «Spot» nashri Yevropa davlatlarida O‘zbekiston fuqarolariga taklif etilayotgan ish o‘rinlarini o‘rgandi. O‘zbekiston Bandlik vazirligi Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya va Rossiyada 9,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Maosh mamlakat va mutaxassislikka qarab, 900 dan $2,5 minggacha o‘zgaradi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Slovakiya avtomobil va ishlab chiqarish zavodlarida 6,5 ming ish o‘rnini taklif qiladi, shuningdek, 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan elektrchilar, payvandchilar va yuk mashinalari haydovchilarini izlamoqda. Slovakiyada maosh oyiga 1000 yevrodan 2 ming 400 yevrogacha taklif etiladi. Xorvatiya qurilish sohasiga betonchilar, armaturachilar va qurilish ustalari oyiga 1000 yevrodan 2 ming 500 yevrogacha maosh bilan taklif etilmoqda. Vengriya o‘z navbatida avtomobil zavodlari, Samsung omborlari va atom elektrstansiyasi qurilishida ishlaydigan ishchilarga qiziqish bildirmoqda. Maosh Ming yevrodan 1,5 ming yevrogacha. Rossiya qurilish va ishlab chiqarish sohalarida 3 ming ish o‘rnini taklif qilib, 900 dan $2 minggacha oylik maosh taklif qiladi. ❗️ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropa mamlakatlariga ketishda vizalarni rasmiylashtirish, imtihonlar va chiptalar sotib olish xarajatlarini qoplash bo‘yicha kompensatsiyalar ajratilgan, bu esa ishga joylashish jarayonini yanada osonlashtiradi. | | | |
Mostrar más ...
12 005
64
🇺🇿🇩🇪Olaf Shols O'zbekistonga keldi. O‘zbek ishchilarining Germaniyaga borishi osonlashadi Germaniya kansleri Olaf Shols Markaziy Osiyoga uch kunlik safari doirasida yakshanba kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga keldi va O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim imzolangani xabar qilindi. Masʼul idoralar darajasida talab yuqori boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga yuborish boʻyicha amaliy hamkorlik “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etilgan. Shavkat Mirziyoyev “Lufthansa” aviakompaniyasining mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarini qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etgan. "Deutsche Welle" nashri xabariga ko'ra, hujjatlar orasida malakali o‘zbek ishchilarining Germaniyaga ko‘chib o‘tishini osonlashtiradigan, shuningdek, o‘zbeklar ketishga majbur bo‘lsa, o‘z vataniga qaytishini osonlashtiruvchi kelishuv Shuningdek, Germaniyadan boshpana olish rad etilgan afg‘on boshpana izlovchilarni O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga qaytarish imkoniyati bo‘yicha ham kelishuv nazarda tutilgan. | | | |
Mostrar más ...
12 463
53
#dayjest 🟥 Medvedev xavotiri, josuslik ayblovi, g‘alati reyd, qo‘pol polisiya, “Vagnerchi” o‘zbek, – hafta dayjesti-15.09.2024 To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Medvedev xavotiri, josuslik ayblovi, qo'pol politsiya, “Vagnerchi” o'zbek, – hafta dayjesti-15.09.
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
12 520
4
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 15.09.2024 Toshkent 16:30 Moskva 14:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,33 (0) rubl • Мир Привилегий - 94,70 (0) rubl (Promokod - migrantuz) • AkaPay - 94,75 (-0,10) rubl • Золотая Kорона - 95,01 (-0,01) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,00 (0) so'm • Kwikpay - 134,40 (0) so'm • Sberbank - 133,00 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 140,50 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
12 393
3

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Votación anónima
12 045
1

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Votación anónima
11 240
1

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Votación anónima
10 598
0

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Votación anónima
10 840
0

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Votación anónima
10 235
1

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Votación anónima
10 750
2
#hujum 🟥 Dronlar hujumi chog‘ida qanday harakatlanish kerak? Tavsiya To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Dronlar hujumi chog‘ida qanday harakatlanish kerak? Tavsiya @migrantuzb
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
11 968
12
#islom_moliyasi 🟥 “Mintaqada Islom moliyasi bo‘yicha markazga aylanishimiz mumkin” – Vatandosh intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishi qanday o‘tdi? 7-sentabr kuni Toshkentdagi MFaktor studiyasida “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Klub ishtirokchilari bu safar Islom moliyasi, uning mohiyati, O‘zbekistonda bu tizimning bugungi va istiqboldagi imkoniyatlari haqida suhbatlashishdi. Keskin bahs-munozaralar bilan o‘tgan uchrashuvning to'liq videosini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. To'liq video: 👉🏻 | | |
Mostrar más ...
O‘zbekistonda islom moliyasi – Intellektual klubning qiziqarli o‘tgan navbatdagi yig‘ilishi
7-sentabr kuni Toshkentdagi MFaktor studiyasida “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Klub ishtirokchilari bu safar Islom moliyasi, uning mohiyati, O‘zbekistonda bu tizimning bugungi va istiqboldagi imkoniyatlari haqida suhbatlashishdi. Keskin bahs-munozaralar bilan o‘tgan uchrashuvning to'liq videosini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Telegram 👉 https://t.me/vatandosh_tv (@vatandosh_tv) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@vatandosh.tv Instagram 👉 https://www.instagram.com/vatandosh_tv (@vatandosh_tv) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@vatandosh_tv Facebook 👉 https://fb.com/vatandoshtv
11 739
3
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 14.09.2024 Toshkent 15:30 Moskva 13:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,33 (+0,20) rubl • Мир Привилегий - 94,70 (0) rubl (Promokod - migrantuz) • AkaPay - 94,85 (-0,10) rubl • Золотая Kорона - 95,02 (+0,13) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,00 (0) so'm • Kwikpay - 134,40 (0) so'm • Sberbank - 133,00 (0,50) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 140,50 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
12 160
9
#aholi 📢 Rossiya aholisi 106 mlnga kamayib ketishi mumkin To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 Vkontakte: 👉🏻 | | | |

Telegram 106 mln.mp4

11 315
8
#halokat ⚡️ Yekaterinburgda o‘zbekistonlik muhojir 26-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi Yekaterinburgning Chkalov tumani prokuraturasi Molodogvardeytsev va Panfilovtsev ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurilish obyektida ro‘y bergan ishchining o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi. Fojia 2024-yilning 12-sentyabr kuni soat 17:00 atrofida 26-qavat darajasida ishlayotgan qurilish ishchisi fasad ko‘tarmasidan ("lyulka") qulashi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstruksiyaning bir tomonidagi kabel uzilishi 1975-yilda tug‘ilgan ishchining yiqilib tushishiga sabab bo‘lgan. Prokuratura ushbu qurilish obyektida xavfsizlik me’yorlariga rioya etilishi uchun kim mas’ul ekanligini aniqlash bo‘yicha nazorat faoliyatini boshladi. Shuningdek, uchastkada baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilganmi yoki yo‘qmi aniqlanadi. Ayni paytda tergov organlari prokuratura nazorati ostida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Qurilish maydonchalari va migrantlar xavfsizligi muammosi Ushbu fojiali voqea Rossiyadagi qurilish sohasida sodir bo‘layotgan ko‘plab voqealardan biridir. Ko‘pincha bunday vaziyatlarda qurbonlar xavfsizlik standartlari past bo‘lgan og‘ir sharoitlarda ishlaydigan mehnat muhojirlari bo‘ladi. Masalan, 2023-yil iyul oyida Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonida o‘pirilish sodir bo‘lib, bir necha ishchi halok bo‘ldi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar edi. 14-iyul kuni Rossiyaning Vladimir viloyatidagi Wildberries bozori logistika markazi qurilishida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. 38 yoshli migrant tom yopish ishlari vaqtida tomdan qulab tushgan. Sankt-Peterburgda 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilishda tigel pressi bosib qolib, halok bo‘ldi. Hodisa haqidagi ma’lumot 6-sentyabr kuni soat 10:00 atrofida huquq-tartibot idoralariga kelib tushgan. 31 yoshli yana bir migrant 10-sentabr kuni ertalab Moskva yaqinidagi Mitishi shahridagi turar-joy binosining 10-qavatidan yiqilib vafot etdi. Bunday fojialar qurilish maydonchalarida, ayniqsa, og‘ir sharoitlarda, yetarlicha himoyasiz ishlayotgan migrantlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Qurilish maydonlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash hokimiyat va ish beruvchilarning shoshilinch e’tiborini talab qiladigan muhim masalalar bo‘lib qolmoqda. | | | |
Mostrar más ...
11 833
29
#aviachipta ❗️ Aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi kutilmoqda Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga . Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya transport vazirligiga yig‘imlarni oshirish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgani aytilmoqda. Agar vazirlik “АЭВТ” taklif qilgan yengilliklarga rozi bo‘lmasa, aviachiptalar narxi oshadi, deb xabar berdi "Коммерсант" nashri. Qoidalarga kiritiladigan o‘zgarishlar aviaparvozlarga bo‘lgan talabni kamayishi, shuningdek, Rossiya aviakompaniyalarining raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. | | | |
Mostrar más ...
14 141
132
💸 T-банк Black kartasidan foydalaning 💳 Kartaning afzalliklari: ✅ Kartani internet orqali rasmiylashtirish mumkin; ✅ Karta siz ko‘rsatgan manzilga bepul yetkazib beriladi; ✅ Pul o‘tkazish tizimlari orqali oyiga 100 ming rublgacha pulni chetga komissiyasiz o‘tkazish mumkin (boshqa banklar kartalarida 200 rubl komissiya bor); ✅ Oyiga 20 ming rublgacha pulni Rossiya ichida komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Kartani rasmiylashtirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting 👉
Mostrar más ...
11 624
10
#elchi 🟥 Ukraina elchisi Rossiya armiyasidagi o‘zbeklar haqida gapirdi To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 Vkontakte: 👉🏻 | | | |

Telegram Ukraina.mp4

11 948
7
⚡️ Uzoq masofalar va tungi yo‘llar zerikarli bo‘lishi mumkin. Bizda haydovchilar uchun ajoyib tavsiya bor. 🎙 – yo‘ldagi insonlarga hamroh yangi radio. Qalbga yaqin qo‘shiqlar, haydovchilarga mo‘ljallangan radioloyihalar, yangiliklar, jonli efirdagi salom va tabriklar, eng asosiysi yo‘lda uxlatib qo‘ymaydigan, energiyaga boy musiqalar sizni kutmoqda. Endi yuzlab kilometrlarni zerikmay bosib o‘tishingiz mumkin. Radioni onlayn shaklda ilovasi yoki sayti orqali tinglashingiz mumkin. Ilovani yuklab olish uchun linklar: // Dunyoning istalgan nuqtasida O‘zbekiston nafasini his eting. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin.
Mostrar más ...
11 829
32
#reyd ⚡️ Sankt-Peterburgda migrantlarni noqonuniy ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish organlari hududda migrantlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha noqonuniy sxema tashkil qilgan shaxslar guruhi qo‘lga olingani haqida hisobot berdi. Guruh tarkibida ikki nafar xorijlik va to‘rt nafar rossiyalik bo‘lgan, deb qildi Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volk. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiridan boshlab, jinoiy sxema ishtirokchilari 500 dan ortiq migrantni legallashtirishga yordam berishgan. Ulardan ba’zilari ro‘yxatga olinganidan so‘ng, Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan. Ayblanuvchilar Kurort tumani politsiyasi va mintaqaviy “ФСБ” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ish joyida qo‘lga olindi. Ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi («Noqonuniy migratsiyani tashkil qilish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Guruhning to‘rt a’zosi hibsga olingan, qolganlari esa chiqib ketmaslik to‘g‘risida tilxat asosida qo‘yib yuborilgan, deb xabar beradi Leningrad oblasti Ichki ishlar vazirligi. | | | |
Mostrar más ...

video_2024-09-13_18-14-05.mp4

11 524
22
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 13.09.2024 Toshkent 15:30 Moskva 13:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,13 (-0,51) rubl • Мир Привилегий - 94,70 (-0,65) rubl (Promokod - migrantuz) • Золотая Kорона - 94,89 (-0,49) rubl • AkaPay - 94,95 (-0,40) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,00 (0) so'm • Kwikpay - 134,40 (0) so'm • Sberbank - 132,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 140,50 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
11 075
12
#deputat 🔻 Muhojir deputat Bahromjon Hasanov vakolatlaridan voz kechdi Moskva oblastining Pushkinskiy shahar dumasiga deputatlar saylovida g‘olib chiqqan Bahromjon Hasanov shahar kengashining birinchi majlisida voz kechdi. Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida Pushkinskiy shahar okrugi Deputatlar Kengashi raisi Artyom Sadulaning Bahromjon Hasanov arizasini o‘qib eshittirayotgan videosi tarqalmoqda. "Deputatlar Kengashiga Hasanov Bahromjon tomonidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza kelib tushdi. Uning vakolatlari bugundan boshlab tugatilsin", - deydi videoda Artyom Sadula. Avvalroq tojik diasporasi rahbari Baxromjon Hasanov Moskva oblastining Pushkino shahrida saylovlarda g‘alaba qozonib, deputat etib saylangani haqida yozgan edi. Ammo millatchilar muhojir deputat bo‘lganini hazm qilolmay, oxirgi uch kun davomida Hasanovga "axborot hujum"larini oshirdi. Bahromjonga nisbatan turli bo‘htonlar qilinib, shaxsiga nafratni kuchaytirishda katta faollik ko’rsatildi. Natijada, Hasanov bosimga bardosh berolmay iste’fo berishga qaror qildi. Rossiyada o‘ng qarashli radikallarning ko‘nglila qarash rus bo’lmagan fuqarolar bilan hamkorlik qilishdan muhimroqqa o‘xshaydi. | | | |
Mostrar más ...

IMG_4769.MP4

12 284
8
#elchi 📢 Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Rossiya tomonida jang qilayotgan o‘zbeklar haqida gapirdi 11-sentyabr kuni Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda muxbirining Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilgan o‘zbekistonliklar haqidagi savoliga ham berdi: -Bu juda muhim va jiddiy savol. Tayyorgarlik jarayonida o‘zbek OAVdagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqdim. Men bir nashrda, u sizniki bo‘lishi mumkin (Migrant.uz saytini nazarda tutdi – tahririyat), amaldagi qonunchilikni buzgan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 154-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan fuqaro jazolangani haqida o‘qidim. Bunday jinoyat 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi (154-modda: Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi - tahririyat). Yollash 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (Yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish — yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.- tahririyat) Saytingizdagi xabarni o‘qidim. Javobgarlikka tortilganlarga 5-10 yil emas, 1 yil, 2 yarim yil yoki jarima jazolari berilgan. Adashmayotgan bo‘lsam, yollangan yana 47 nafar shaxs ishi Jinoiy sudda ko‘rilmoqda. Afsuski, Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari bilan harbiy shartnoma imzolagan O‘zbekiston fuqarolari haqida maxsus xizmatlarimizdan ma’lumotlar olyapmiz. Ular Rossiya fuqaroligi va’dasi evaziga shartnoma imzolayapti. Rossiya fuqaroligi beriladimi-yo‘qmi, bilmayman. Lekin siz o‘ldirilgan, (ularning sonini ayta olmayman), O‘zbekistonga qaytarilganlarni yaxshi bilasiz, ming afsuski. Biz bir necha bor Tashqi ishlar vazirligiga fuqarolarni bunday aksiyalarda ishtirok etmaslik to‘g‘risida ommaviy ravishda ogohlantirish berish haqida murojaat qildik. Bu masalani O‘zbekiston muftiysi bilan uchrashuvda ham ko‘tardim. Uning aytishicha, urushga yollanish o‘zini o‘ldirishga tenglashtirilgani haqida fatvo chiqarilgan. Biz bu ma’lumotni ulamolar orqali o‘zbek jamiyatiga yetib borishini so‘rardik. | | | |
Mostrar más ...
10 908
6
#migratsiya_agentligi 📢 Koreyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasining manzili o’zgardi Bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi manzili Kvanju shahridan Seul shahriga ko'chirildi. Bu haqida Bandlik vazirligi o’zining telegram kanalida qilmoqda. Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o’zbekistonliklar zarurat yuzaga kelganda vakolatxonaning yangi manziliga murojaat qilishlari mumkin. 📍Yangi manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003. Telefonlar: NaN, NaN 👉Google mapsdan manzilni ko'rish: 👉Kakao mapdan manzilni ko'rish | | | |
Mostrar más ...
11 045
9
⚡️ O’zbekistonga pul o’tkazmalari. KWIKPAY ilovasida foydali promokod Kwikpay ilovasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma roligi To’liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 Vkontakte: 👉🏻 | | | |

FOYDALI_TG.mp4

12 367
28
🟥 JSTga a’zolikning salbiy oqibatlari — iqtisodchi Ahliddin Malikov To'liq video: 👉🏻 | | |
JSTga a’zolik salbiy oqibatlari — iqtisodchi Ahliddin Malikov Vatandosh TV
Telegram 👉 https://t.me/vatandosh_tv (@vatandosh_tv) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@vatandosh.tv Instagram 👉 https://www.instagram.com/vatandosh_tv (@vatandosh_tv) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@vatandosh_tv Facebook 👉 https://fb.com/vatandoshtv
12 196
6
🔥 Россияда иш изламоқдамисиз?   Патентни ва турар жойни тўлашга эга бўлган текширилган иш берувчилардан минглаб бўш иш ўринлари.   Мутахассислик ёки иш ҳақи бўйича иш қидирмоқдамисиз, иш берувчилар билан бевосита чатда мулоқот қилинг.   “Мигрант Сервис” платформаси легализация жараёнини енгиллаштиради ва икки босишда иш топишда ёрдам беради.   👉
12 044
37
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 12.09.2024 Toshkent 18:30 Moskva 16:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,64 (-0,5) rubl • AkaPay - 95,35 (0) rubl • Мир Привилегий - 95,35 (0) rubl (Promokod - migrantuz) • Золотая Kорона - 95,38 (-0,2) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,00 (0) so'm • Kwikpay - 134,40 (0) so'm • Sberbank - 132,50 (+0,5) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 140,50 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
11 207
12
#jazo 🔻 Rossiyada qamalganlarga jazoni o‘z vatanlarida o‘tash taklif qilinmoqda Rossiyadagi qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan xorij fuqarolariga qolgan muddatni o‘z yurtlarida o‘tash uchun ariza topshirish taklif etilmoqda, deb yozadi "Важные истории" nashri. Nashr mazkur ma’lumotni inson huquqlari himoyachisi Ivan Astashin va Mordoviyadagi IK-17 muassasasidagi vaziyat bilan tanish manbaga tayangan holda qilgan. "Важные истории" nashrining fikricha, Federal jazoni ijro etish xizmati (ФСИН) shu tariqa jazo muassasalarida garovga olish holatlari qaytarilishining oldini olishga urinayotgan bo‘lishi mumkin. Usbu ma’lumotni mustaqil ravishda tasdiqlash yoki rad etish imkoni yo‘q. Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarga xat yo‘lladi, ammo ushbu material nashr qilinguniga qadar javob hali kelgani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, 2024-yil avgust oyi oxirida Volgograd viloyatining Surovikino shahridagi 19-koloniyada mahkumlar intizomiy komissiya yig‘ilishi paytida hujum uyushtirib, xodimlarni garovga olganda «ФСИН»ning to‘rt nafar xodimi halok bo‘lgan edi. Natijada, Rossiya kuch ishlatar tuzilmalari hujum uyushtirib, hujumchilar yo‘q qilingan. Rossiya ommaviy axborot vositalari esa ikki hujumchi O‘zbekiston fuqarolari ekanligini xabar bersa-da, aslida ularning faqat bir nafari o‘zbekistonlik bo‘lgani aniqlangan. 2024-yil iyun oyida esa Rostovdagi 1-СИЗО’ning ikki nafar xodimi olti nafar ayblanuvchi tomonidan garovga olingan edi. Hujumdan bir necha soat o‘tib «ФСИН» hujumchilardan besh nafari o‘ldirilgani va garovdagilar ozod qilinganini haqida xabar bergandi. | | | |
Mostrar más ...
10 871
36
#sud ⚡️ “Vagner”da xizmat qilgan o‘zbekistonlik sudlandi saytining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasida xizmat qilgan 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yollanma askarlik qilgani uchun 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga qildi. Maʼlumotlarga koʻra, erkak 2022-yil sentabr oyida Rossiyaga ishlash uchun borib, oilasiga kvartira sotib olish uchun pul ishlab olishni rejalashtirgan. Novvoy bo'lib ishlayotganda u “Vagner” guruhiga yollash to'g'risidagi e'lonni ko'rgan. U erda unga jangovar harakatlarda qatnashganlik uchun 240 ming rubl va harbiy tayyorgarlikdan o'tgani uchun 45 ming rubl maosh taklif qilingan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, shartnoma imzolangach, u Krasnodardagi harbiy bazaga borgan va u yerda unga harbiy kiyim va avtomati berilgan. Migrant Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan, buning uchun u "Artemovskni ozod qilgani uchun" medali bilan ham taqdirlangan. Bundan tashqari, 2023-yil iyun oyida Yevgeniy Prigojinning “adolat marshi”da ishtirok etib, oziq-ovqat va o‘q-dorilar yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Biroq u janglarda faol qatnashmagani va qurol ishlatmagani aytiladi. Shartnoma muddati tugagach va Prigojin halok bo‘lgach, o‘zbekistonlik xizmat muddatini uzaytirmagan va O‘zbekistonga qaytib kelgan. Biroq O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasida nazarda tutilgan yollanma askarlik faoliyatida ayblangan. Sud aybiga to‘liq iqror bo‘lish, tavba qilish va oilaviy og‘ir ahvol – voyaga yetmagan farzandi va mehnatga layoqatsiz turmush o‘rtog‘ining borligi kabi yengillashtiruvchi holatlarni hisobga oldi. Ayblanuvchi soat 22:00 dan 6:00 gacha yashash joyini tark etishi, ommaviy tadbirlarda ishtirok etishi va O‘zbekistondan tashqariga chiqishi taqiqlanadi. | | | |
Mostrar más ...
10 541
6
#bot 📢 Muhojirlar ustidan shikoyat qilish uchun bot yaratildi To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 Vkontakte: 👉🏻 | | | |

Telegram Bot yaratildi.mp4

11 169
4
#elchixona ❗️ Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni Rossiyaga kelmaslikka chaqirdi "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining davlat chegarasi orqali kirishida yer usti va havo punktlarida kuchaytirilgan nazorat tartibi davom etayotganini inobatga olgan holda, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga vaqtincha Rossiya Federatsiyasiga kelmaslikni tavsiya qiladi", - deyiladi elchixona bayonotida. Bu Tojikiston hukumatining Rossiyaga bormaslik mazmunidagi ikkinchi bayonoti hisoblanadi. Aprel oyida ham tojikistonliklarga Rossiyaga bormay turish tavsiya qilingan edi. O‘shanda, Moskva aeroportlarida tekshiruvlar sababli yuzlab tojikistonliklar Rossiyaga kiritilmagani va Orenburg viloyatida Qozog‘iston bilan chegarada navbatlar uzaygani haqida berilgan edi. O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tojikistonliklardan iborat navbatlarni teraktdan keyingi terroristik tahdidni oldini olish tadbirlari bilan izohlagan. Boshqa hech qaysi davlatning tavsiyasiga Rossiya TIV munosabat bildirgani yo’q. Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ham shu yilning may va sentyabr oylarida o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslik tavsiyasini bergan edi. O‘zbekiston esa qo‘shni davlatlardan farqli o‘laroq, bir martagina bu yilning may oyida o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormay turishni tavsiya qilgan, xolos. Shundan buyon Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlarning huquqlari buzilishiga oid yuzlab holatlar O‘zbekiston hukumatining e’tiborini tortmay kelmoqda. | | | |
Mostrar más ...
11 069
9
#bojxona ⚡️ 15 yil avval yopilgan “Qorasuv” chegara bojxonaposti qayta ochildi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara posti 12 sentyabrdan qayta ochildi. Bojxona qo‘mitasining , “Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin. Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi. Postning ochilishi qo‘shni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish, kifoya. Shuningdek, Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Video: | | | |
Mostrar más ...

IMG_8724.MP4

10 311
32
#millatchilik 📢 Krasnoyarskda muhojirlar va boshqa millat vakillariga hujum uyushtirgan millatchilar qo‘lga olindi Krasnoyarsk o‘lkasida 16 dan 19 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar mahalliy yoshlar millatchilik kayfiyatidagi guruh tuzganlikda . Ular rus bo‘lmaganlarni, ya’ni migrantlarni kaltaklash, zo’rlash va tahqirlashdan iborat bo’lgan jinoyatlarni amalga oshirgan edi. Tergov qo‘mitasi 282.1-moddaning 1 va 2-qismi (ekstremistik jamoani tashkil etish va unda ishtirok etish) bo‘yicha jinoyat ishi ochgani ma’lum qilinmoqda. Millatchilikda ayblangan Krasnoyarsk va Jeleznogorskda yashovchi yoshlar ayni vaqtda qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, millatchi jinoyatchilarning to‘rt nafari Jeleznogorskdagi bir migrantga hujum qilgan, shuningdek, ular uy devorlariga o‘ng radikal mazmunidagi yozuv va tasvirlarni chizishgan. Tintuv vaqtida millatchilarning uyidan svastika tasvirlari tushirilgan turli buyumlar, pnevmatik miltiq va to‘pponcha, machete, pichoqlar, kastetlar va beysbol tayog‘i topilgan. Bu qurollardan migrantlarga hujum qilishda foydalanish rejalashtirishgan. Rossiya kuch ishlatar tuzilmalarning e’tibori jamiyatning haqiqiy dushmanlari - millatchilarga qaratilayotgani holat. | | | |
Mostrar más ...

video_2024-09-11_22-34-28.mp4

11 690
25
⚡️«Мир Привилегий» ilovasi orqali do’stlaringiz va oila a’zolaringizga pul o'tkazmalarini yuboring 🇺🇿O'zbekistonga pul o’tkazmalari💲 va UZS 🇰🇬Qirg'izistonga pul o’tkazmalari 💲va rublda 🇹🇯Tojikistonga pul o’tkazmalari Somoniyda ❗️Bizning xizmatimiz barcha yo'nalishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va ishlaydi❗️ PUL O’TKAZMALARIGA CHEGIRMA UCHUN PROMOKOD: MIGRANTUZ Ushbu postni 🇺🇿 🇰🇬 🇹🇯 davlatlarga pul o’tkazmalarini yuboruvchi hammaga yuboring.
Mostrar más ...
11 252
5
#aeroport Domodedovo”dagi talab, jarima va bagaj janjali -"Domodedovo” aeroportida yo‘lovchilarga nisbatan qilinayotgan talonchilikka duch keldik, - deydi “Migrant.uz”ga murojaat bilan chiqqan bir guruh o‘zbekistonliklar. Moskvadan Samarqandga uchayotgan reys yo‘lovchilari va aviakompaniya xodimlari orasidagi nizo kelib chiqqan. “Ural Airlines”ning qo‘l yuki borasidagi talabi o‘nlab yo‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Voqea joyiga polisiya chaqirilgan. Aviakompaniya o‘zbekistonliklarga qanday talab qo‘ydi va migrantlarga nega jarima soldi? Tafsilot bilan “” videolavhasida tanishing. To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 Vkontakte: 👉🏻 | | | |
Mostrar más ...
11 188
18
#munosabat 📢 Rossiya O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni taklif qildi Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi va u yerda 9-sentabr kuni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov bilan o‘tkazdi. Oxirgi yetti yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar oshib, 2023-yilda 10 milliard dollarga yetdi. Joriy yilda tovar ayirboshlash hajmi yana 30 foizga o‘sdi va yaqin yillarda ikki davlat bu ko‘rsatkichni 30 milliard dollargacha oshirish niyatida. Qo‘shma investitsiya loyihalari ko‘lami 60 milliard dollarga baholanmoqda, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 mingdan oshdi. Hamkorlik iqtisodiyotning muhim tarmoqlari, jumladan, energetika, kon-metallurgiya, to‘qimachilik va kimyo sanoatini qamrab oladi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlik almashinuvi ham sezilarli darajada oshdi. O‘tgan yil davomida O‘zbekistonga Rossiyadan 700 ming sayyoh kelgan, bu mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar umumiy sonining qariyb 10 foizini tashkil etadi, – dedi Abdulla Aripov. Umuman olganda, har ikki yo'nalish bo'yicha sayyohlar oqimi 1,2 million kishidan oshdi. Muzokaralar chog‘ida ta’lim masalalariga ham katta e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda allaqachon Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, yangilarini ochish rejalashtirilgan – ular orasida Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filiallari ham bor. Mixail Mishustin O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar rivojlanayotganini ta’kidlab, ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlanmalari faol olib borilayotgan “Toshkent texnopark”ining yutuqlarini ta’kidladi. Muzokaralar davomida Rossiya tomoni hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda kengaytirishni taklif qildi. Istiqbolli yo‘nalishlardan biri O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘ladi. Mishustinning aytishicha, fuqarolik dronlari va ularning komponentlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, rossiyalik investorlar O‘zbekistonda polimer materiallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Seshanba kuni Mishustin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi, so‘ngra Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishni davom ettirdi. Uchrashuvda hamkorlikning iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim kabi muhim yo‘nalishlari muhokama qilinib, mehnat migratsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. | | | |
Mostrar más ...
11 602
6
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 11.09.2024 Toshkent 17:30 Moskva 15:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 95,14 (+0,40) rubl • AkaPay - 95,35 (+0,30) rubl • Мир Привилегий - 95,35 (+0,20) rubl (Promokod - migrantuz) • Золотая Kорона - 95,58 (+0,18) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (+1,0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,00 (-0,5) so'm • Kwikpay - 134,40 (0) so'm • Sberbank - 132,00 (-1,0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 140,50 (-0,5) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
10 548
9
#депортация ДЕПОРТАЦИЯ ЁКИ ЗАПРЕТНИ ОЧИШ ҚАНЧАГА ТУШАДИ? — Ишни ўрганиб чиқиш керак. Кейин бир нарса дейиш мумкин. Ҳаммага ҳам ёрдам бериш имконияти йўқ. Агар очишга қонуний асос ёки бирор сабаб топсак, юрист хизмати 50 минг рублдан 110 минг рублгача бўлади. Одатда 3 ойдан 6 ойгача вақт кетади. 2020 ЙИЛ 15 МАРТДАН 2022 ЙИЛ 12 ОКТЯБРГАЧА БЎЛГАН СУД "ВЫДВОРЕНИЕ"ЛАРИНИ ОЧАМИЗ ДЕБСИЗЛАР... — 2020 йил 15 мартдан 2022 йил 12 октябрь оралиғида суд орқали депортация (выдворение) бўлганларни очса бўлади деб айтдик. Бунга Россия президенти фармони асос бўлади. Буни запретдан фарқи бор. Сиздан паспортнинг нотариал таржимаси ва нотариал ишончнома (доверенность) талаб қилинади. БОШҚА ПАЙТДА СУД ОРҚАЛИ ДЕПОРТАЦИЯ БЎЛГАНЛАРГА ҲАМ ЁРДАМ БЕРСА БЎЛАДИМИ? — Суд қарорини кўриб, ишни ўрганиш керак. Кейин бир нарса дейиш мумкин. МЕНДА СУД БЎЛМАГАН. ЗАПРЕТНИ ОЧСА БЎЛАДИМИ? — Бу ҳолатда ҳам запрет сабаби ва сиздаги бор ҳужжатларни ўрганиб чиқиш керак. Кейин бир нарса дейиш мумкин. Агар запрет сабаби ҳақида расмий ҳужжат бўлса ўрганиб чиқамиз. Агар шундай ҳужжат бўлмаса, 1500 рубль эвазига МВД орқали тўлиқ выписка оламиз. У ерда фуқаро Россияга қачон келган, қандай ҳужжатлар билан юрган, қандай жарималари бор, запрет бор бўлса, унинг сабаби, муддати ва ким томонидан қўйилганлиги ҳақида тўлиқ маълумот бўлади. Шу ҳужжатлар ўрганилади сиз билан суҳбат қилиш асосида бир нарса дейиш мумкин бўлади. СИЗЛАР БИЛАН УЧРАШИБ ГАПЛАШСА ҲАМ БЎЛАДИМИ? — Албатта. Бизнинг офисларимиз Москва ва Тошкентда жойлашган. Офисда юрист қабули 5000 рубль. Қабулга аввалдан келишиб бориш керак. Чунки, судларда бўлишимиз мумкин. 📍Манзил: г. Москва, Метро Семеновская, Площадь Семёновская, дом 7, Деловой центр "Веронд", ООО "Эдвайс Групп" ☎️ NaN (телеграм, ватсап) 📱 👉
Mostrar más ...

едвайс кичик.mp4

10 613
57
#armiya 📢 Migrantlar Rossiya armiyasida xizmat qilish haqidagi targ‘ibot varaqalariga imzo chekishga majburlanmoqda tahririyatiga 4 yildan buyon Moskvada qonuniy ishlab kelayotgan muhojir murojaat qildi. O‘zbekistonlik Sh.K.ning so‘zlariga ko‘ra, u metrodan chiqishda politsiyachilar tomonidan mutlaqo asossiz to‘xtatilgan. To‘xtagach, hujjatlarini ko‘rsatgan. Uni avval patenti kuyganlikda, keyin migratsion qayd (registratsiya) muddati tugaganida, so‘ng metro haqini to‘lamaganlikda ayblashgan. Natijada o‘zbekistonlik muhojirni pora berishga . - “Lyublino” metrosidan chiqishda meni politsiya ushladi. “Otdel”ga olib ketib, hujjatlarimni tekshirdi. Patenting kuygan deyishdi. Men esa bo‘lishi mumkin emas, patentim bilan rasmiy ishlayman, mehnat shartnomam bor, har oy vaqtida to‘layman, deb aytdim. Keyin migratsion qaydim tugaganini aytdi. Men esa hali vaqti bor, tugamagan, deb javob berdim. Javobimdan keyin 10 ming bersang, qo‘yib yuboraman, dedi. Mening uncha pulim yo‘qligini bilgach, unda 5 ming ber, dedi. Shundan so‘ng metro pulini to‘lamading, deb jarima yozishdi, deydi suhbatdoshimiz. Besh ming rubl to‘lashga majburlagan politsiyachi muhojirga yo‘l haqini to‘lamaganlik haqida bayonnoma tuzgan. Jarima varag‘ini tutqizishdan avval harbiy shartnoma imzolash afzalliklari to‘g‘risidagi xabarnomani bergan. Xabarnomaning bir tarafini o‘zlarida olib qolishgan, ikkinchi tarafini esa o‘zbekistonlik muhojirga berishgan. - Jarima qog‘ozini berishdan avval menga harbiy shartnomaga majburlab qo‘l qo‘ydirdi, endi nima bo‘ladi, deb o‘ylayapman. Mana shu qog‘ozni berdi, tagidagisini yirtib o‘zlarida olib qolishdi. Menga “troykasiz” o‘tding deb “shtraf” yozib beraman degandi, o‘rniga shu qog‘ozni yozib bershibdi. Shtrafga qo‘l qo‘y deb shu qog‘ozga qo‘l qo‘ydirishibdi, deb xavotirlanadi suhbatdoshimiz. Muhojirlarga harbiy shartnoma afzalliklari to‘g‘risidagi tanishuv hujjatlari har qanday bahona bilan tarqatilayotgani haqida avval ham xabar bergan edi. Politsiya bo‘limlarida, “spetspriyomniklarda”, patent olishda, tergov bo‘limlarida, ishxonalarda va hatto yotoqxonalarda urushga yollanish imkoniyatlari to‘g‘risida targ‘ibot varaqlari imzo qo‘yish majburiyati bilan berilmoqda. Hozircha bunday tanishuv hujjatlariga qo‘l qo‘yadigan muhojirlar hech narsaga majburlangani yo‘q. Ya’ni qo‘l qo‘yganlaridan keyin ularni hech kim safarbar qilayotgani, urushga olib ketayotgani yo‘q. Huquqiy jihatdan bunday qog‘ozga qo‘l qo‘yish muhojirni hech narsaga majburlamaydi. Biroq targ‘ibotning bu darajada majburiy-ixtiyoriy ravishda olib borilishi haqiqatdan ham xavotirli. Markaziy Osiyo davlatlari haligacha Rossiya armiyasiga targ‘ibot qilinayotgan fuqarolari haqida qayg‘urib, hech qanday chora-tadbir ishlab chiqqani yo‘q. Umuman, Rossiyaning muhojirlar orasida olib borayotgan targ‘iboti bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa davlatlar hech qanday munosabat bildirmay kelmoqda. Biz esa muhojirlarga mazkur qog‘ozlarga qo‘l qo‘ygandan keyin harbiy komissariatdan telefon bo‘lsa, harbiy shartnoma afzalliklari qiziqtirmasligi, harbiy bo‘lish maqsadingiz yo‘qligini aytib, taklifga rad javobini berish kerakligini eslatamiz. | | | |
Mostrar más ...

ovoz.mp4

10 532
38
#kiberxavfsizlik 📢 «Kaspersky» MDHda kiberxavfsizlik qaysi darajada ekanini tahlil qildi «Kaspersky» tahliliga ko’ra MDHda kiberhujumlarga eng ta’sirchan bo‘lgan sohalar moliya va qurilish kompaniyalari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari bo‘lib chiqdi. Bu sohalarga umumiy hujumlarning 66% to‘g‘ri keladi. Ammo ma’lumotlar internetga sizdirilishi nuqtayi nazaridan esa eng ko‘p aziyat chekadigan sektor – chakana savdo ekani . MDH hududida xakerlar faoliyati bir xil emasligi bilan ajralib turadi. Agar Tojikistonda kiberxujumlarga 60,6% foydalanuvchi duch kelgan bo‘lsa, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 54,6% ga, Armanistonda esa 44,2% ga yetgan. Hisobot mualliflari qayd etishicha, hujumlar ko‘pincha himoyasi sust bo‘lgan tashkilotlarga qaratilgan. Shunga qaramay, 2020-yildan buyon davlat organlari ham hujumlar bilan to‘qnash kelmoqda: — 2023-yil noyabr oyida O‘zbekistonda Senat, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi sahifalariga kirish imkoniyati yo‘qolgan. OAVlarda bu saytlar DDoS-hujumga uchragan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan; — Qozog‘istonda o‘tgan yili davlat organlari 86,3 million kiberhujumni qaytargan; — 2020-yilda Qirg‘iziston parlamentining sayti “The Black Pirate” guruhi xakerlari tomonidan buzib kirilgan. Xakerlar fuqarolarning ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lib, Bishkekdan 10 ming dollarlik tovon to‘lashni talab qilishgan. Shu voqealardan so‘ng, MDH mintaqasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va IT-mutaxassislari kiberhodisalarga tezroq javob berish ustida ishlay boshladi. Masalan, Qirg‘izistonda bunday vaziyatlarga tezkor javob berish markazi ochildi, Qozog‘istonda esa 2017–2022-yillar davomida 26 ta xususiy axborot xavfsizligi markazi tashkil etildi. O‘zbekistonda esa 2022-yili «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, uning ijrosi bo‘yicha vakolatli organ . | | | |
Mostrar más ...
10 286
3
#millatchilik ⚡️ Millatchilar vahimada: yana bir Markaziy osiyolik deputat bo‘ldi Tojik diasporasining rahbari Podmoskovyening Pushkino shahridagi saylovlarda bo‘ldi. Millatchilar Bahromjon Hasanov shaxsiga e’tiborni qaratishga harakat qilib, unga turli tuhmat toshlarini otmoqda. “Rossiyada o‘tgan mahalliy saylovlar qiziq natija bilan yodda qoldi – sobiq migrant, ayni vaqtda Rossiya fuqarosi, Bahromjon Hasanov Moskva oblastining Pushkino shahrida deputatlik o‘rnini egalladi”, deb yozmoqda "Царьград" nashri. Bahromjon Hasanov "Единая Россия" partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan va deputat sifatida katta rejalarni amalga oshirish niyatida. Hasanov O‘zbekistonda tug‘ilgan, 17 yoshgacha Tojikistonda yashagan, 90-yillarda Rossiyaga ko‘chib o‘tgan va 2008 yilda fuqarolik olgan. Saylovlardan oldin u muntazam ravishda maxsus operatsiya hududiga gumanitar yordam bilan borib turgan. Biroq, millatchilar Bahromjon Hasanovni yomonlashga urinishyapti, uning faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish boshlangan. Hasanovni mahalliy aholi bilan birga yuborgan insonparvarlik yordami uning nazorati ostidagi do‘konlarga tushganida ayblashmoqda. Hasanov esa ayblovni rad etib, barcha gumanitar yordam fotofiksatsiya qilingani va zarur isbot-dalillar mavjudligini aytadi. Eslatib o‘tamiz, Peterburgda o‘zbekistonlik Ravshanbek Qurbonov deputatlikka nomzod bo‘lgandi. Afsuski, u saylovda yutqazgan. Ammo u bilan birga mahalliy millatchilar ham yutqazishdi, chunki ularning nomzodi Ravshanbek Qurbonovning da’vosi tufayli sud orqali saylovdan . | | | |
Mostrar más ...
10 621
5
#reyd Omadsiz "maski-shou" va xotirjam o‘zbek palovi muxlislari: politsiyachilarning operatsiyasida qanday g‘alatiliklar kuzatildi? Sankt-Peterburgda taksist-migrantlar o‘rtasidagi otishmadan so‘ng, politsiyachilar juda ham g‘alati o‘tkazdi. Operatsiya jangari filmlaridagi sahnani eslatishi mumkin edi. Kadrlarda politsiya xodimlari to‘liq askariy kiyimda Piterning Planernaya ko‘chasidagi “Islam-ata” choyxonasiga to‘satdan bostirib kirib, migrantlarni yerga yuzi bilan yotqizishganini ko’rish mumkin. Kafeda ovqatlanayotgan barcha mehmonlar, kafe egalari ham polga yuzi bilan yotishga majburlangan, faqat ... palov yeyotgan rus mehmonlaridan tashqari. Reydning eng kulgili va ayanchli tomoni ham aynan shunda: 6-stoldagi ruslar xuddi hech narsa bo‘lmagandek o‘z buyurtmalarini hech narsaga e’tibor bermay, tinchgina yeb o‘tirishibdi. Ularning ko’z o’ngida xo‘rlanayotgan odamlar, niqoblarda kafega bostirib kirgan politsiyachilar xuddi yo‘qdek. Politsiyachilarning o‘zlari ham kimni polga yotqizish mumkinligini izlab turgan vaqt atrofga qarab, osh yeb o‘tirgan ruslarni ko‘rishadi va hech narsa demay, tegishmaydi. Xuddi ruslar u kafeda yo‘qdek. Go‘yoki, bu kafeda jiddiy operatsiya ketmayotgandek. G‘alati emasmi?! Shu kabi reyd Mebelnaya ko‘chasidagi boshqa choyxonada ham o‘tkazildi. Jami bunday reydlar natijasida Rossiyada noqonuniy bo‘lgan 11 muhojir aniqlangani xabar berilmoqda: to‘qqiz nafari O‘zbekiston fuqarosi, biri Qirg‘izistondan va biri Tojikistondan bo‘lib, ularni deportatsiya qilishlari mumkin. Ma’lum qilinishicha, bu reydlar 13-iyulda Sankt-Peterburgning Komendantskiy prospektida bo‘lib o‘tgan otishmaga bog‘liq tergov doirasida o‘tkazilgan. Aytishlaricha, 13-iyulgi otishmada taksist-migrantlar qurol ishlatib mojarolarini hal qilishga uringan. Videogi “maski-shou”ning bunday ta’rifi savollarni yanada ko‘paytiradi. Sababi, "Чистое небо" turar joy majmuasi yaqinida avtomatdan o‘t ochgan erkaklar guruhi Markaziy Osiyodan kelganlar emasligi yaqqol ko‘rinib turardi. O‘sha kundan tarqalgan videoda qurol ishlatganlarning hech biri o‘zbek, tojik yoki qirg‘iz tilida gapirmagan. Ustiga-ustak, videoda otishmada qatnashganlarning yuzini deyarli yaqqol ko‘rish mumkin. Ya’ni qurol ishlatganlarni izlab-topish aslo muammo emas edi. Migrant.uz jamoasi 6 soatdan ortiq vaqt davomida otishmada ishtirok etganlarning yuzlarini kafe reydida qo‘lga olinganlar bilan solishtirib chiqdi. Kafeda qo‘lga olinganlar orasida otishmada qatnashganlardan hech kimni topib bo‘lmadi. Shuningdek, otishma sodir bo‘lganidan keyin rasman qurol ishlatganlarning ayrimlari voqea joyida qo‘lga olingani xabar berilgan edi. U holda nima uchun Markaziy Osiyo fuqarolariga tegishli bo‘lgan kafega bostirib kirish, "maski-shou" o‘tkazish va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish kerak bo‘lgan? Tushunarsiz. Huddi ko‘z o‘ngida, maza qilib yeb o‘tirgan palovlarini tayyorlagan odamlar yerga yuzi bilan yotqizilib, kamsitilishiga 6-stoldagi ruslarning befarqligi tushunarsiz bo‘lganidek. Savollar juda ko‘p: bu nima edi? Haqiqiy jinoyatchilardan e’tiborni chalg‘itish uchun himoyasiz migrantlarga bosimmi? Bu reydlar bilan otishmaning qaysi ishtirokchilarini ushlashga erishildi? Umid qilamizki, biznes-ombudsmanlar, konsulliklar va huquq va tartibot ustuvorligidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslar mazkur vaziyatga e’tibor qaratishadi. Politsiya xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berishadi. Oddiy odamlar esa birovning kamsitilishiga tabiiy narsadek emas, qaray boshlashadi. | | | |
Mostrar más ...

мигрантов.mp4

14 681
164
#hujjat 💬 Rossiya: migrantlarga qo‘l qo'ydirilayotgan hujjat nima? Rossiyada mehnat muhojirlariga Rossiya qurolli kuchlari safida xizmat qilish haqidagi ma’lumotnomaga qo‘l qo‘ydirib olishmoqda. So‘nggi oylarda “Migrant.uz”ga Rossiyaning turli hududlaridan bir-biriga o‘xshash mazmundagi xabarlar oqimi ko‘paydi. “Bizni majburan qo‘l qo‘ydirishdi. Nima bu, endi urushga chaqirishadimi?” deya hujjatni rasmi bilan birga yuborishmoqda. O‘zbekistonlik muhojirlarni nimaga qo‘l qo‘yishga majburlashayapti? Bu imzolarning migrantlar uchun oqibati qanday bo‘ladi? “” ushbu mavzuga oydinlik kiritadi. To'liq video.
Mostrar más ...

STAR_WARS_2 tg.mp4

11 773
49
#josus ⚡️ Moskvada Ukrainaga josuslikda O‘zbekiston fuqarosi ayblanmoqda “Mash” telegram kanali yozishicha, O‘zbekiston fuqarosi 10-sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan ommaviy hujumlarga oid ma’lumotlarni Ukrain qurolli kuchlariga yetkazganlikda ayblanmoqda. U bir necha kun avval Lyubersidagi harbiy komissariat va boshqa davlat obyektlarini rasmga olgani aniqlangan, deyiladi Hozirgi vaqtda bu ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etish imkoni mavjud emas. O‘zbekistonning Moskvadagi konsulligi yoki O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hozircha bu masalaga hech qanday sharh bergani yo‘q. Rossiya matbuot nashrlariga ko‘ra, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik josus Muhammadamin G. ismli shaxs bo‘lib, u yaqinda Rossiyaga kelgan. Muhammadaminning telefonida Moskva shahridagi Kuzminki, Lyubersi (bugun u yerga dronlardan biri hujum qildi), Zamoskvoreskiy va Ostankinskiy tumanlaridagi harbiy komissariatlar, shuningdek, Meshanskiy tumanining muhim strategik obyektlarining suratlari va videolari topilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, rus nashrlari tergov jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim qilmoqda. Ularga ko‘ra, Muhammadamin tergov vaqtida bu suratlarni internet orqali Abu Sumaya nomli soxta akkauntidan Radjab M. ismli kimsaga yuborganini aytgan. Muhammadamin Radjab M. ismli kishi bilan internetda tanishganini, suratlar va videolar uchun unga pul taklif qilinganini ma’lum qilgan. ❗️Eslatib o‘tamiz, 10-sentyabr kuni Rossiyaning markaziy okrugidagi shaharlar takroran ommaviy dron hujumlariga uchradi. Muhammadaminga nisbatan "Terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish" va "Terroristik faoliyatga ko‘maklashish" moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. O‘zbekiston rasmiylari bu holat yuzasidan ma’lumot berishlari va vaziyatga oydinlik kiritishlarini kutib qolamiz. Josuslikda O‘zbekiston fuqarosining ayblanishi o‘zbekistonlik muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatni kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, hamyurtimizning ayblanishi, aeroportlardan kiritilmayotgan o‘zbekistonliklar sonining ortishiga olib kelishi aniq. ❗️Ushbu voqeani inobatga olib, muhojirlarga Rossiyada davlat obyektlarini suratga olmasliklarini qat’iy qilamiz. | | | |
Mostrar más ...
11 908
37
📢 Muhojirlarimiz uchun foydali saytlar: 🗓 Aviasales — arzon aviachiptalarni sotib olish uchun ishonchli xizmat. Aviasales orqali ishonchli aviakompaniyalarni narxlarini solishtirib, aviachiptalarni onlayn harid qilish imkoni mavjud. Aviachipta xarid qilish 👉 📝 Яндекс Путешествия — aviachiptalar, poyezd va avtobus chiptalari, mehmonxonalarni qidirish va bron qilish xizmati. Platformada narxlarni solishtirish imkoniyati mavjud: 👉 🌐 Tutu ru — №1 rus onlayn sayohat xizmati. Bundan tashqari saytda samolyot, poyezd, avtobus, elektropoyezd, aeroekspress chiptalarini bir joydan sotib olish, mehmonxona, ekskursiya yoki turni bron qilish mumkin. Turizm xizmatidan foydalanish: 👉 Onlayn chipta xarid qilish 👉 📞 Airalo — telefonlar, planshetlar va kompyuterlar uchun dunyodagi birinchi raqamli "eSIM" (onlayn SIM karta) do‘koni. Airalo 200 dan ortiq mamlakatlar va mintaqalar uchun "eSIM" kartalariga ega 👉 Yaqinlaringizga ulashing! | | | |
Mostrar más ...
11 415
25
#hujjat 🟥 Rossiya: migrantlarga qo‘l qo'ydirilayotgan hujjat nima? Rossiyada mehnat muhojirlariga Rossiya qurolli kuchlari safida xizmat qilish haqidagi ma’lumotnomaga qo‘l qo‘ydirib olishmoqda. So‘nggi oylarda “Migrant.uz”ga Rossiyaning turli hududlaridan bir-biriga o‘xshash mazmundagi xabarlar oqimi ko‘paydi. “Bizni majburan qo‘l qo‘ydirishdi. Nima bu, endi urushga chaqirishadimi?” deya hujjatni rasmi bilan birga yuborishmoqda. O‘zbekistonlik muhojirlarni nimaga qo‘l qo‘yishga majburlashayapti? Bu imzolarning migrantlar uchun oqibati qanday bo‘ladi? “” ushbu mavzuga oydinlik kiritadi. To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 Vkontakte: 👉🏻
Mostrar más ...
Rossiya: migrantlarga qo‘l qo‘ydirilayotgan hujjat nima? @migrantuzb
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Rossiyada mehnat muhojirlariga Rossiya qurolli kuchlari safida xizmat qilish haqidagi ma’lumotnomaga qo‘l qo‘ydirib olishmoqda. So‘nggi oylarda “Migrant.uz”ga Rossiyaning turli hududlaridan bir-biriga o‘xshash mazmundagi xabarlar oqimi ko‘paydi. “Bizni majburan qo‘l qo‘ydirishdi. Nima bu, endi urushga chaqirishadimi?” deya hujjatni rasmi bilan birga yuborishmoqda. O‘zbekistonlik muhojirlarni nimaga qo‘l qo‘yishga majburlashayapti? Bu imzolarning migrantlar uchun oqibati qanday bo‘ladi? “Migrant.uz” ushbu mavzuga oydinlik kiritadi. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
10 962
23
#poyezd 📢 Toshkent-Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi 2025-yilning boshidan Toshkent–Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi, deb bermoqda Rossiya Transport vazirligi. Poyezd harakati 2024-yil 24-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi va yil oxiriga qadar haftasiga bir marta qatnaydi. 2025-yildan esa haftasiga ikki marta qatnashni boshlaydi. "Marshrut bo‘ylab turli aholi punktlarida to‘xtashlar rejalashtirilgan, bu esa yo‘lovchilarga boshqa yo‘nalishlarga ham safar qilish imkonini beradi", — deya ta’kidladi Rossiya Transport vaziri Roman Starovoyt. Sizningcha, yangi poyezd yo‘nalishlari ochilishi tufayli samolyot chiptalari arzonlashadimi yoki, aksincha, poyezdlar tuyulishi uchun qimmatlashadimi? | | | |
Mostrar más ...
11 047
36
✅ AkaPay Rossiyadan O'zbekistonga pul o’tkazmalari uchun qulay va arzon kursni taklif qilmoqda. Videodagi valyutalar kursi uni yaratish vaqtida, hozirgi kurs: 🇷🇺Rossiyadan - 🇺🇿O'zbekistonga kursi 10.09.2024: 1 $ (USD)  = 94,70 RUB 💵 🔔 "migrant" promokod yana foydali kursi: 1 $ (USD)  = 94,60 RUB ❗️📉 Promokodni har pul o’tkazma uchun terish kerak. Ssilka bo’ylab AkaPay ilovasini yuklang va yaqinlaringizga foydali pul o’tkazmalarni yuboring. 📲  💻
Mostrar más ...

IMG_5456.MP4

10 463
6
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 10.09.2024 Toshkent 18:30 Moskva 16:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,74 (+0,44) rubl • AkaPay - 95,05 (+0,75) rubl • Мир Привилегий - 95,15 (+1,0) rubl (Promokod - migrantuz) • Золотая Kорона - 95,40 (+0,49) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Solidarnost - 136,50 (0) so'm • Unired Mobile - 136,00 (-1,3) so'm 👉🏻 Onlayn • Kwikpay - 134,40 (-0,1) so'm • Sberbank - 133,00 (-1,0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 141,00 (-1,0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Mostrar más ...
10 989
8
Última actualización: 11.07.23
Política de privacidad Telemetrio