O'qituvchi va davlat munosbatlarida uchinchi tomon...
O'qituvchi davlat munosabatlarida ko'pchilik uchinchi tomon ya'ni oddiy xalqni unutib qo'yadi.
BA'ZI (bejizga katta harflarda yozmayapman) O'QITUVCHILAR men maktabga shunchaki borib kelganim uchun davlat menga oylik to'laydi deb o'ylashadi. Bir tarafkashliklarni chetga surib qo'yib fikr bildiraylik, davlat nima uchun o'qituvchiga oylik to'laydi? O'qituvchining birlamchi vazifasi nima?
Toppa-to'g'ri! TA'LIM BERISH!
O'z mutaxassisligidan oddiy xalq farzandiga ta'lim berish. Undan yaxshi kadrni yetishtirib chiqarish.
O'sha mutaxassislar MUTAXASSIS bo'lmasachi?
Oddiy xalq farzandini sifatli ta'lim olishga haqqi yo'qmi?
Davlat ishonib xalqdan yig'ilgan pullarga, o'sha xalqni farzandini o'qitish uchun o'qituvchiga oylik qilib beryapti. (U oylikni oz yoki ko'pligi umuman boshqa mavzu)
Shaxsan o'zim ham tadbirkorligimdan har oy soliq to'layman. Ba'zida 3-4 million so'm bo'lib ketadi 1 oylik soliqni o'zi. Men ham xalq vakili sifatida haqqim bormi ta'limdan sifat talab qilishga? Xuddi menday oddiy soliq to'lovchi bo'lgan xalqnichi?
Qaysidir ustozni uyidagi muammosi sabab oddiy xalq farzandi aziyat chekmasligi kerak deb o'ylayman. Ba'zi o'qituvchilar juda ham absurd bahonalar qilishadi. Men qaynona qaynota xizmatidagi odamman, meni erim bola chaqalarim bor, ishimni qilaymi yoki shaxsiy hayotimga qaraymi, tabiiyki o'qishga, o'z ustimda ishlashga menda vaqt yo'qda, davlat buni to'g'ri tushunish kerak deb aytishadi.
Endi shunday bahona qiladiganlar, tasavvur qilib ko'ring, bir yeriz og'rib doktorga shikoyat bilan bordingiz, u sizga noto'g'ri tashxis qo'yib, umuman sizga keraksiz hattoki sog'lig'izga zarar yetkizadigan boshqa kasallikni dorilarini yozib berdi. Lecheniya qildingiz, ahvolingiz battar og'ilashdi, keyinchalik bildingizki u doktor o'z ishini mutaxassisi emas, buni natijasida siz o'z sog'lig'iz vaqtiz va davolanishga millionlab pullarni sarflab yubordiz. O'sha doktor malakasiz ekaniga sabab esa qaynona-qaynota xizmatidan ortmasdan o'z ustida ishlashga vaqti bo'lmas ekan. Shu holatda siz undan minnatdor bo'lasizmi?
Mayli ish o'z yo'liga, shaxsiy haytozini birinchiga qo'ying men roziman deysizmi?
Hech qachon! Oddiy xalq ham huddi shunday, ularga sizni bahonalariz qiziq emas. Ular har oyda topgan pulidan soliq to'laydi. U pullarni bir qismi ta'limga yo'naltiriladi. Shu sabab eplolmasang, bo'shat eploladiganiga, malakang yetmasa, joyingni malakalisiga ber deb aytadi.
Meni maqsadim ustozlarni yerga urib, ustidan kulish emas. Kulmoqchi bo'lganimda boshqacha yo'l tutgan bo'lar edim. Maqsadim hali ham tushunib yetmayotgan ustozlarga bu kasb qanchalik ma'suliyatli ekanligini tushuntirish. Harakat qilgan olyapti. Juda ko'p ustozlar oxirgi 5 yil ichida tinimsiz mehnat bilan, o'sha sertifikat talabini bajarishdi. Ularni ichida 22 yoshlisi ham 70 yoshlisi ham bor. Bahona qilmasdan o'z ustida ishladi va hozirda rohatini ko'ryapti. Ayrim haligacha bahona qilib yurganlar esa, endi har xil yo'lini qidirib, ustozlar nomini yomonga chiqaryapti. Men postlarimda faqat ustozlarni emas oddiy xalq tomonni ham o'ylab keyin fikr bildiraman. Men allaqachon tushunib yetganman bizni faqat sifatli ta'lim qutqaradi, lekin bu maqsadga sifatsiz kadrlar bilan yetishib bo'lmaydi...
Fikrlar subyektiv... Siznikidan farq qilsa, o'z fikringizni madaniyat bilan tushuntirish yo'llari ham mavjud.
🇬🇧
@uzteachers 🇺🇿
Mostrar más ...