Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Ubicación del canal e idioma

audience statistics Tingla Hayot | Najot Ilmda!

Qo'lingdan kelgan (yaxshi) narsalar uchun javobgarsan - deb aytaman o'zimga-o'zim.. 🤷‍♂️👨‍💻 Murojaat uchun:  @TinglaHayot_bot  
2 4770
~0
~0
0
Calificación general de Telegram
Globalmente
73 175lugar
de 78 777
2 113lugar
de 2 295
En categoría
2 286lugar
de 2 333

Género de suscriptores

Averigua cuántos suscriptores masculinos y femeninos tienes en el canal.
?%
?%

Idioma de la audiencia

Descubre la distribución de los suscriptores de canales por idioma
Ruso?%Inglés?%Árabe?%
Crecimiento del canal
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Duración del usuario en el canal

Descubra cuánto tiempo permanecen los suscriptores en el canal.
Hasta una semana?%Viejos?%Hasta un mes?%
Ganancia de suscriptores
GráficoTabla
D
W
M
Y
help

La carga de datos está en curso

Hourly Audience Growth

    La carga de datos está en curso

    Time
    Growth
    Total
    Events
    Reposts
    Mentions
    Posts
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
    Hamma yuksak cho'qqiga, Chiqmoqni istar. Va lekin hech kim vodiyga tushib Boqqisi kelmaydi o'z yuragiga. Takami Jun
    474
    5
    Kitob mavzusiga oid so'ngi yangiliklar: - Aziza Qurbonova "Urushning to'rtta daftari" asari kitob holida chop etilishini . - Bukbloger o'zining yopiq (premium) kanaliga ilk postni joyladi. - Asaxiy'dan kitob olganmisiz? Maladeslar . - Men kutubxonaga kitobimni topshirishni esimdan chiqardim. Muddat bugun 23:59 da tugaydi. - 2023-yil hisobidan 26-kitobini o'qib, . - Tinimsiz . Cheksiz sovg'alar. - "Azon kitoblari"ning Samarqanddagi filiali yopildi. - 'dan yangi nashr. .
    Mostrar más ...
    467
    1
    Illyuziya Hayotimiz davom etarkan har kuni yangi bosqichga ko'tarilamiz. Kimdadir sekinroq, kimdadir tezroq. Hatto xato va "cho'kish"larimiz ham xulosa chiqarishimizga xizmat qiladi va bu qaysidir ma'noda progress. Ammo.. Kundan-kunga bu o'sish pasayyapti. Jamiyatda yoki aynan sizda demayman, o'zimda ham bu holat kuzatilyapti. Keling ba'zi faktorlarni va ularning sababini sanab ko'ramiz: - Solishtirish. Yoshligimizdan bizni kim bilandir taqqoslashgan. Mahalladagi random muvaffaqiyatli tengdoshingiz sizga "raqib" bo'lib qoladi. Hattoki ayrimlar o'sha "raqib"lari harakatlarini birga-bir (copy+paste) qilishga ham urinib ko'rgan. Lekin, Z avlod (umuman hamma) bu solishtirishni yoqtirmaydi. To'rttasidan uch yarimtasi buni yoqtirmaydi, qolgani hazil bilan savolingizga javob beradi. Bu solishtirish kimlargadir motiv bo'lgan bo'lishi mumkin, qaydam. Xo'sh, buni hammamiz yomon ko'ramiz, shundaymi? Albatta! Lekin bir tafakkur qilib ko'ring, yaqin orada xuddi shunaqa lekin nafsimizga yoqimli bo'lgan ishni odatga aylantirmadikmikan-a? Bu safar kriteriyalar biroz boshqacha, endi bizga yetib ololma(yot)ganlar bilan o'zimizni solishtirmayapmizmi? Misol uchun, bir vazifani qaysidir kursdoshingizdan oldin bajardingiz va endi o'zizni aldashni boshlaysiz. Domlaga mana shuni argument qilib deadline'ni cho'zdirganlarimiz qancha.. Yoki IELTS natijasini olaylik. O'zingiz bilgan random odam bilan birga tayyorlanishni boshlaganingiz va undan ko'proq ball olganingizni o'zingizga uqtirib, yengil bo'lmayapsizmi? O'zimizga buni shunchalik uqtirib qo'yyapmizki, har kuni va har xil vaziyatdan "solishtirish" orqali chiqib ketishga harakat qilyapmiz. Boshida shuni sal boshqacharoq versiyasiga rozi emas edikku! A labbay, nima dedingiz :) Yanglish tasavvurlarimiz shu qadar ko'pki, cho'lda sarobga qarab ketayotgan odamga o'xshaymiz. Shunchaki ketmayapmiz, yuguryapmiz. Shunaqangi "chopyapmizki" - bu vaqtimizni (!) rostakamiga hamda ayovsiz chopayotganini his etishga ulgurmay qolyapmiz. Davomi bo'lishi mumkin.
    Mostrar más ...
    457
    1
    Qodiriyni yana bir marta otishdi.
    4
    0
    Abdulla Qodiriyning uy muzeyi shu kunlarda. Afsus.
    737
    1
    O'zgarish - o'zgaga aylanish.. Husayn Buxoriy

    IMG_0399.MP4

    589
    16
    Yurtdan bezgan odamlar. Albatta ularni aybdor demayman, ular majbur. Afsus.
    647
    6
    Magistratura yoki PhD bosqichini Yevropa va AQShda o’qishni xohlovchilar uchun GRE General Test bo'yicha kurs tashkil etilmoqda. Kurs 15 ta darsdan iborat, kurs mashg'ulotlari onlayn tarzda o'tiladi. Kurs AQShdagi nufuzli oliygohlardan biri hisoblangan Tufts universitetida full-scholarship asosida o’qiyotgan tomonidan olib boriladi. Full-scholarship olishda unga GRE imtihonining Quantitative reasoning qismi bo’yicha 168 ball (170 balldan) olganligi yordam bergan. Kursda GRE General Test imtihonining Quantitative Reasoning qismi bo’yicha darslar olib boriladi. Shuningdek, kurs ishtirokchilariga universitet tanlash va magistraturaga hujjatlarni tayyorlash (Personal Statement, Recommendation letter, CV) bo’yicha ham darslar o’tiladi. Kurs mashg'ulotlari 8-maydan boshlanadi. Murojaat uchun: Quyidagi kanalda esa u Tuftsdagi o’qish jarayonlari va ta’lim tizimi, Amerikadagi hayot tarzi bo’yicha shaxsiy tajribasini ulashib boradi: Youtube kanalida esa Pomodoro uslubida o’qish jarayonini jonli streamda kuzatishingiz mumkin:
    Mostrar más ...
    GRE (Graduate Record Examination) imtihoni haqida
    1 014
    7
    O'rmonga o't ketayotganda suv tashigan chumolilar haqida eshitganmisiz? Ya'ni, hech yo'q chumolilar o'z pozitsiyalarida sobit turishgan. Bugun referendum, siz ham boring. Ovoz bering. Natija qanday bo'lishidan qat'iy nazar, pozitsiyangizni bildirib keling. Bahonada menga o'xshab maktabni ko'rib kelarsiz, balki. Nostalgiya. Keyin har safar reaksiya so'rash erish tuyuladi, shunga e'tiborli bo'laylik azizlar. Befarq bo'lmaylik, har bir rekasiya - motiv :)
    2 781
    6
    ..sadag'ang bo'lay ko'pchilig-ey, shu mehring, shu oqibating bo'lmaganda xalq bo'larmiding? Bir mushtdan ursang o'ldirasan, bir qoshiqdan bersang to'ydirasan! Saraton 📖
    544
    1
    Shu kunlarda juda ko'p kitob o'qidim. Ayniqsa Ramazon oyida ancha yig'ilib qolgan kitoblarim mutolaasini yakunladim. Shular haqida kunlik postlar joylab bormoqchiman. Har kuni. Sizlardan ham bir narsa so'ramoqchiman, reaksiyalar. Bugun olovli smayliklarni bosamiz, yondiringlar :)
    591
    0
    Kitoblarning dushmanlari ham insonlarnikiga oʻxshashdir: olov, suv, vaqt va ichidagilar. Pol Valeri
    532
    2
    Barcha musulmon ahliga Iyd al-Fitr muborak! 🙂
    804
    0
    Haqiqiy saviyam bilinib qolmasligi uchun iloji boricha kamroq yozishga harakat qilaman)
    1 057
    5
    Faqatgina duo. Afsuski 😢

    video_2023-04-08_10-31-13.mp4

    623
    11
    Bor bisoti kitob edi.
    525
    0
    Har kuni yangicha "qovun tushiradigan"larimiz bor. Bir voqea xotimasini topmasdan - ikkinchisi odamlar diqqat e'tiborini tortadi. Tanqid qilishga, har kuni achchiq-achchiq yozishga xohish bor, lekin uning natijasi bo'lmasa kimga foyda?.. Asabiylashishga, bekorga vaqt sarflashga arzimaydigan mavzular. Odam bir boshlagan ishining oxiri bilan ham qiziqishi kerak. Oxiriga yetmagan "trend"larimizning sonini oxiri yo'q..
    905
    2
    Desangiz anglasin mardum dilimni, Yot xalq ham tushunsin mening tilimni, Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi - Yaratgan Robbingiz nomila o'qing. Ko'nglingizda bormi zarracha iymon, Iymondoshim sizning g'amingiz yeyman. Yaratgan Robbingiz so'zila deyman - Yaratgan Robbingiz nomila o'qing!.. Baxtiyor Rahmonov
    815
    3
    942
    11
    #kayfiyat

    Sting - Shape Of My Heart.mp3

    464
    12
    Ilk kuniyoq qaynonasi "Bu pakana sandiqdanam yiqilmaydi", degandi. Shu bilan Zulayho temir qoplamali yaltiroq, mixlarining boshi bo'rtib chiqqan sandiqni egalladi. O'shandan beri tuzuk o'sgani yo'q - boshqa joyga ko'chishiga zarurat ham tug'ilmadi. Go'zal Yaxina, Zulayho ko'zini ochyapti 📖
    537
    0
    Reja Avvalroq o'zim o'qigan, nafi tegadigan . Endi o'zim Ramazon oyida o'qishni rejalashtirayotgan kitoblar haqida yozmoqchiman. Albatta Qur'on. Tafsiri bilan birga olib ketishga harakat qilaman. "Tafsiri Hilol"ni yaqinda olgandim. Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf'ning yana bir kitoblari bu oy men bilan birga bo'ladi. Rog'ib Sarjoniyning "Islom va Olam" kitobini "fitna" qilishgan. O'qishim kerak. "Chumolilar saltanati" nomli Erkin Malik qalamiga mansub asarni o'qish ham rejada bor. Bolalar uchun deyilgan, balki ukalarimga o'qib berarman. ...va albatta Ramazon uchun kundalik sotib olaman. O'tgan yili bunaqa narsa borligini juda kech bilganman. Rosa havasim kelgandi. Kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi barchamizga muborak va xayrli bo'lsin. Ulug'xon |
    Mostrar más ...
    858
    2
    Mendan kitob o'qishga motivatsiya so'raganlar uchun bir sandiq motivga to'la video 😁 Video kanalidan olindi.

    506822055-1.mp4

    767
    14
    Umuman olganda normallashtirish alohida bir san'at. Uni qanday maqsadda ishlatishga bog'liq. Biz elektr choynaklarni "Tefal" deb o'rganib qolganimiz - bu "Tefal" brendi uchun yaxshi. Yomon tarafi esa Ukraina zaminida urush boshlaniga bir yildan oshdi. Urush avvalida qilingan raketa zarbalari hammani bir seskantirgan bo'lsa, hozir aynan shunday xabar shunchaki o'tkazib yuborilyapti. Hamma bunga ko'nikdi. Eng yomoni bugun bu jinslar, shaxslar, kurakda turmaydigan fikrlar uchun ham qo'llanilayotgan "san'at". Biz esa faqat yaxshi ishlarni, go'zal amallarni normallashtiraylik - hayot tarzimizga olib kiraylik. Ulug'xon |
    Mostrar más ...
    624
    0
    Bu aktual. Biz buni yaqin-yaqingacha faqat o'zimizda bo'ladigandek, qolgan bolalarda bu holat yo'q - xuddiki ular baxtli, biz esa omadsiz bir random odammiz. Keyinchalik mem, vayn, yozuvli hazillar, sarkazmlar orqali bildikki - yolg'iz emasmiz. Va bu oldingidan ham normallashib boraveryapti. Real qaraydigan bo'lsak, buni to'xtatish ilojsiz. Taklif qilinadigan yechimlar ham 50/50. Men boshqa narsa haqida aytib bermoqchiman. Bola va uning "men"ini shakllantirish haqida gap ketarkan, o'ta xunuk yana bir holat bor. Ota va onaning bola oldidagi janjallari, dahanaki bo'lsa ham "battle"lari. Ayniqsa bolani aybdor qilib, bu gaplarni o'ziga eshittiradigan qilib aytish bu o'ta yomon travmalarga sabab bo'lishi mumkin. Bu bolaning o'sha vaqtdagi xatti harakatlarida ham bilinadi. Shaxsan o'zim guvohi bo'lgan bir nechta holatlarni sanab o'tmoqchiman: yig'lash. Bu shunchaki yig'lash emas, yoki oldindan xarxasha qilish uchun nomiga to'kiladigan ko'z yosh ham emas. Xotirasida muhrlash uchun to'kilayotgan tomchilar. Ikkinchisi, qulog'ini qattiq berkitib olish. Shu darajadaki, bola tinchlantirganingizdan so'ng ham qulog'ini yopib o'tiraveradi. Keyingisi o'zini aybdor hisoblash. Ongsiz yoki dunyoqarashi hali unchalik rivojlanmagan bola bo'lsa ham o'zining qarashlarini shu tomonga buradi. Fikrlaydi. Afsuski eng oxirida o'zini aybdor qilaveradi va endi yolg'iz qolib yoki yaqinroq odami oldida yig'laydi. Tili burro va chaqqon bo'lib qoladi. Reaksiyalari tezlashadi. Yana bir turdagi bolalar borki, ko'pincha o'g'il bolalarda uchraydi. Aynan shu vaziyatda ko'pincha bola otasiga yomon ko'z bilan qaraydi. Nafrat yonadi ko'zida. Barcha o'zi yig'ib yurgan minuslarini (o'yinchoq olib bermaganligi, bog'chadan olib ketmasligi va hkz) shartta sanashni boshlaydi. Bu hali o'smirlikka yetmasdan, 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda uchratganlarim. Agressiv bo'lib qolishi alohida masala. Farzandlar oldida janjallashish shu va bundan battar holatlarga olib kelishi mumkin. Ota-ona uchun bu normal va unutiladigan holat bo'lishi mumkin, lekin bolalar bu "fojia"ni hech qachon esidan chiqarmaydi. Hozircha bularning davosini faqatgina kommunikatsiya deb bilaman. Tag'inam bilmadim. Ulug'xon |
    Mostrar más ...
    Book Universe
    ​Nega bizda mustaqil fikr yo'q? Bolaligingizda kafega borganda hech o'zingiz menyudan ovqat tanlaganmisiz? Kiyadigan kiyimingiznichi? Olgan o'yinchog'ingiznichi? Ho'sh bularni nega yozdim?! Instagramda Sitora opa video qo'yibdilar: Rus millatli ayol bolasi bilan kafega keldi va bolasidan nima xohlashini so'radi. Bolachasi nima yegisi kelganini aytdi va buyurtma berishdi. Endi o'zimizning o'zbek onasi keldi. Bolasidan nima yegisi kelyotganini so'ragani ham yo'q, jim o'tir deb urshib berdi...(Bu yerda bir millatni yomonlash/oqlash yo'q, tarbiya masalasi nazarda tutilyapti) Tasavvur qilyapsizmi? Katakka qamalgan tovuqday xohishlarni... Yana ayrim ota-onalar farzandining mustaqil fikri yo'qligidan nolishadi. Lokin huv o'sha booooshida go'dakkinaning fikri, nima istashi so'ralmadi-ku, qanday qilib uning o'z fikri bo'lsin?! Bunday farzanddan mustaqil fikr/harakat kutish, bu xuddi yerga don ekmay, jo'xori unib chiqishini kutishday gap( Alam qiladigani, katta bo'lmaguningcha sendan nima xohlashing so'ralmaydi.…
    615
    1
    O’zimga nisbatan chellenjlarni boshlaganman. Har kuni kanalga yozib turish, gap kelganda instagram stories’ga o’ylanmay bosvorish va hkz. Yana bir men uchun qiyin lekin ko’pchilik qiziqadigan mavzu bor. Eng yoqtirmaydigan mavzuyimda post yozyapman. Hisobot! Fevral oyini “yangi o’zbek adabiyoti”ga bag’ishladim. Ko’pchilik maqtagan, yaqinda yozilgan va yaqin 15-25 yilni o’z ichiga oladigan voqea-hodisalar badiiylikka ko’chirilgan asarlarni o’qidim. Biri Aziza Ismoilovaning “Ishq va Ishqsizlik” asari, ikkinchisi Iqbol Mirzoning “Bonu”si. Uchinchisi men eng yoqtirgan kitoblar ro’yxatida turadigan “Savdogarlar ustozi” asarining ikkinchi qismi. Avval “Bonu” hamda “Ishq va Ishqsizlik” haqida. Ayollar sevib o’qiydigan kitoblar bo’la oladi. Chunki voqealar rivoji seriallardagidek intrigali, qiziqishni oshiradigan hayotiy dialoglar ko’p. “Bonu” – bizning jamiyatda odamlarning bir og’iz “gap”i nelarga qodirligini, musofir ayol boshidagi savdolarni va turfa taqdirlar haqida so’zlaydi. Boshingizdan o’tgan o’xshash voqeani o’qib qolsangiz yoki emotsional holatingiz aktiv bo’lsa – ko’p yig’latadi. “Ishq va Ishqsizlik” – bunda ham bir qizning ming ko’chaga burilgan taqdiri, yoshlikdagi xatolar nechog’lik qimmatga tushgani va jur’at(li)siz sevgi haqida gap boradi. O’qiganlar aytishi mumkin, bunda kengroq ma’no bor deb – qo’shilaman, lekin bular kichik epizodlarda qolib ketgandek tuyuldi menga. Ikkalasini ham o’qiganda yoshlikda ixtiyoriy-majburiy ko’rgan o’zbek seriallarim esga tushdi. “Tutash taqdirlar”, “Opa-Singillar”, “Ko’ngil ko’chalari”, “Maftuna” va hkz. O’qiyotganda shular orqali tasavvur qildim va o’sha davrda qahramonlar bilan “birga yurdim”. “Ishq va Ishqsizlik”ning nomi zo’r tanlangan, ya’ni yozuvchi nima demoqchiligini sarlavhadan boshlab o’quvchiga singdirishni boshlagan. Keyingisi uzoq tarix haqidagi qo’lyozma (kundalik)lardan ba’zi iqtiboslar va gaplarni o’zida jamlagan “Savdogarlar Ustozi 2”. Birinchi qismidek qiziq emas, lekin foydali. Har bir bob alohida mavzuni o’z ichiga olgan va kitobni o’rtasidan o’qib ketsangiz ham mavzudan qolib ketmaysiz. Qo’llanma shaklida yozilgan. Yana bir nechta reja qilganlarim bor edi. Lekin fevral 28 kun ekan va men faqat shularga ulgurdim. Yarmida qolib ketgan kitoblarim keying fevralni kutishadi endi :) Ulug'xon |
    Mostrar más ...
    816
    0
    Va'da Yaqinda Instagram sahifamda "Ramazon oyi yaqin, o'qiladigan kitoblarni belgilab oldingizmi?" mazmunida stories joylagandim. Videosi tayyor bo'lishidan oldin yozib qo'yaman. Chunki negadir menga "Telegram" qadrliroq. Albatta Qur'on! Ramazon - Qur'on oyi hisoblanadi. Har bir o'tgan daqiqani sermazmun o'tkazishga, xatm qilishga sarflasangiz nur ustiga a'lo nur. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Mo'minning qalqoni" kitoblari. Asar yozuvchisining o'zi bu kitobni nega o'qish kerak degan savolga javob bo'la oladi. Doktor Oiz Qarniyning "Ramazon Hikmatlari" cho'ntak kitobi. Bu ayniqsa talabalarga qulay, chunki ko'pincha avtobusda bo'lamiz :) Cho'ntakka solib, bir kunni o'zida tugatsa bo'ladigan qo'llanma(cha). Abdulaziz Mansurning "Qirq hadis sharhi" kitobi. Bu kitob haqida ancha avval kanalda ham yozgan edim. Manfaatli bo'ladi degan umidda tavsiya qilyapman. ..va bularni to'rttalasini ham o'qigan bo'lsangiz - chala qolib ketayotgan kitoblaringizga ham nazar soling. Ular sizni kutib ko'zlari to'rt bo'ldi. O'tgan yildan beri "yuziga qaramayotgan" kitoblaringiz ehhe qanchadan buyon sizga intizor. Ularni ko'nglini oling 🙂 Ulug'xon |
    Mostrar más ...
    786
    6
    Oramizda yaqin kelajakdagi uyida kutubxona uchun alohida xona ajratishni niyat qilganlar ko'p bo'lsa kerak. O'zim shunaqa variantlarni Pinterest'da erinmay tomosha qilib o'tiraman. Interyeri uchun bir necha variantlar bor, mana ulardan bittasi. Jimjimadorlikdan uzoq va tillarang bo'lmagan hamma variantlarni saqlab qo'yaman. Orzular amalga oshish xususiyatiga ega, yaxshi niyat qilishdan charchamang. Ulug'xon |
    778
    7
    Eng ko'p tarjimasini kutganim, "tillarda doston" bo'lgan "Qora Oqqush" asarining ikkala tomini ham Abdulaziz () olib berdi. Birgalikda o'qiymiz va baho beramiz. Abdulazizga katta rahmat, "manga" sovg'a qilaman nasib qilsa, zo'ridan. Rasm bor deb tasavvur qiling :)
    772
    0
    Rahmatli Hasanali ota. Jamiyatning kayfiyati.

    file

    919
    0
    Última actualización: 11.07.23
    Política de privacidad Telemetrio