Ilmni qoʻllagan universitetni biz ham qoʻllaymiz🤝
Avgust oyida
“Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali - “Yozgi maktab -2023” loyihasini tashkil qilgan edik. Unda darslar, sayohatlar, shaxmat musobaqasi, robototexnika ochiq darsi kabi qiziqarli tadbirlar boʻlib oʻtgan edi. Ushbu loyihaga asosiy homiy
TIFT universiteti boʻlgan edi. Har bir ishtirokchiga esdalik sovgʻalari, narxi chegirmada
149.000 soʻm turadigan kitob
bepul berilgandi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar (TV, planshet, Smart watch) bilan taqdirlangan edi. Ushbu universitet bu bilan cheklanib qolmadi. Bilasiz har oyning 1-yakshanbasida Toshkent shahrida oflayn olimpiadani aynan ularning binosida oʻtkazamiz. Ushbu olimpiadalarda oʻquvchilar uchun bepul tushlik tashkil qilib berishadi.
Gapning qisqasi, ilmga oid loyihalarni doimo qoʻllab quvvatlab kelishmoqda.
Hozirda
talim.uz kanalida universitetlar reytingini aniqlash jarayoni ketmoqda. Sizlardan quyidagi havola orqali
TIFT universitetiga ovoz berishingizni iltimos qilardim. Ovoz berganlarga istalgan
kitobimiz uchun 20.000 soʻmlik bonus taqdim etamiz. Ovoz bering va skrinshotini
@khiso_lc_admin ga yuboring. Istalgan kitobimiz sizga
20.000 soʻm arzoniga beriladi😉
Ovoz berish uchun havola: ➡️
https://t.me/edustatbot?start=poll_3_253
P.S: TIFT - Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti!Mostrar más ...
KHISO| Rasmiy kanal
“ULUG‘BEK IZDOSHLARI” olimpiadasi 3-mavsumi finali - YOZGI MAKTAB-2023 yopilish marosimi!
Oʻquvchilarni tabriklash uchun Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon Toʻychiyev va Toshkentda davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov tashrif buyurdilar.
🏆 G‘oliblar mos ravishda planshetlar, televizorlar va Smart Watch soatlari bilan taqdirlanishdi.
♟Shuningdek, shaxmat turnirida g‘olib bo‘lgan 6 nafar ishtirokchi ham Smart Watch soatlari bilan taqdirlanishdi.
📔 Har bir ishtirokchiga sertifikat va maxsus kitob, homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
✅ Loyihaning bosh homiysi - TIFT universiteti