Putin Rossiyada Xarkivni olish rejasi yo‘qligini aytdi
Harbin shahrida Rossiya-Xitoy muzokaralari yakunlari bo‘yicha brifingda jurnalistlarning savollariga javob qaytargan RF prezidenti Xarkiv yo‘nalishidagi yurish chegara ortidan amalga oshirilayotgan zarbalarni to‘xtatish uchun sanitar zona tashkil etish zarurati bilan bog‘liq ekanini, bugungi kunda Xarkiv shahrini nazorat ostiga olish rejasi yo‘qligini aytdi.
«Xarkiv yo‘nalishida bo‘layotgan ishlar ham ularning aybi tufayli. Ular chegaradosh hududlarni o‘qqa tutishda davom etmoqda. U yerda tinch aholi vakillari halok bo‘lmoqda. Men agar bu davom etadigan bo‘lsa, biz sanitar zona tashkil etishga majbur bo‘lishimizni aytdim», degan u.
Prezident RF Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmasligini, ammo bundan oldin “kim bilan ishlash mumkinligini tushunib olish lozimligi”ni ta’kidlagan.
👉
@kunolineMostrar más ...