"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 3-turida salkam 1000 nafar oʻquvchi ishtirok etdi!
Ikkinchi mavsum o‘tkazilayotgan olimpiadaning uchinchi turi 17-may kuni Yangibozor tumanida
matematika (
5-6 sinf va
7-8 sinf) va
biologiya (
7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning
884 nafar iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi. Bu koʻrsatkich
mutloq rekord hisoblanadi.
💰
G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Umumiy natijalar bilan ➡️
ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan
qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.
Keyingi tur 7-iyun kuni Bogʻot tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmatiMostrar más ...