الخدمة متاحة أيضًا بلغتك. انقر للترجمةعربسكا
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

all posts Judo Uz

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ 
نمایش توضیحات
19 409-25
~8 043
~23
50.20%
رتبه کلی تلگرام
در جهان
44 125جایی
از 78 777
در کشور, ازبکستان 
1 297جایی
از 2 295
دسته بندی
760جایی
از 1 121
همه انتشارات
🇺🇿🥋2022-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan Termiz shahridagi 9-umumtaʼlim maktabi hududida bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan “Judo Sport Club”ida 148 nafar yosh dzyudochi olimpiya oilasiga mansub ushbu sport turi bilan muntazam shugʻullanib kelyapti... Obuna bo`ling👉 Telegram

IMG_0536.MOV

2 000
5
🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan hakamlarga maxsus sertifikatlarni topshirdi... Obuna bo`ling👉 Telegram
6 378
22
🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan hakamlarga maxsus sertifikatlarni topshirdi...
4 403
10
🇺🇿🥋Kunning ikkinchi yarmida tatamida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Har bir hakam bilet tanlash orqali yapon tilidagi usullarni amaliy tarzda koʻrsatib berishdi... Obuna bo`ling👉 Telegram
3 681
1
🇺🇿🥋Kunning ikkinchi yarmida tatamida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Har bir hakam bilet tanlash orqali yapon tilidagi usullarni amaliy tarzda koʻrsatib berishdi...
3 789
1
🇺🇿🥋Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida hakamlar uchun moʻljallangan attestatsiya, yaʼni imtihonlarning birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi...
4 012
5
🇺🇿🥋Hakamlar attestatsiyadan oʻtkazildi Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida hakamlar uchun moʻljallangan attestatsiya, yaʼni imtihonlarning birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va 10 ta viloyatdan jami 29 (25 erkak, 4 ayol) nafar hakam roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning bari poytaxtda jam boʻlishdi. Faqat Namangan va Fargʻona viloyatini hisobga olmaganda, barcha hududlardan ushbu attestatsiyaga hakamlar yetib kelishdi. Bugun oʻtkazilgan attestatsiyaning birinchi bosqichida hakamlar xalqaro qoidalar hamda musobaqalarda ishlatiladigan yapon terminologiyasi boʻyicha imtihon topshirishdi. Kunning ikkinchi yarmida tatamida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Har bir hakam bilet tanlash orqali yapon tilidagi usullarni amaliy tarzda koʻrsatib berishdi. Attestatsiyada qatnashgan 29 hakamdan 22 nafari imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi, ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi. Endi ular Oʻzbekiston chempionatida hakamlik qilishadi. Aynan mamlakat chempionati attestatsiyaning ikkinchi bosqich vazifasini oʻtab beradi. Unda hakamlarning bevosita tatamidagi ishiga baho beriladi. Oʻzbekiston chempionati yakunida 15 nafar hakam saralab olinadi. Bu referilar barcha yosh toifasidagi mamlakat birinchiliklarida hakamlik qilish huquqini qoʻlga kiritadilar. Federatsiya hakamlar orasidan eng isteʼdodlilarini IJF akademiyasidagi oʻqishga tayyorlab boradi.
ادامه مطلب ...
4 604
9
🎁🎂O`zbekiston dzyudo federatsiyasi Bahromjon Gaziyevni tabriklaydi! 🇺🇿🐎Bugun yurtimizda Olimpiya harakati hamda sport taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassis Bahromjon Gaziyev ham o‘z tavallud kunini nishonlamoqda. Bahromjon Gaziyev 1979 yil 21 sentabr kuni dunyoga kelgan. Toshkent Davlat pedagogika universitetida bakalavr, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. Sportchilik faoliyatida konkur yo‘nalishida tanilgan va xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini qo‘lga kiritgan. 2016 yildan beri O‘zbekiston yilqichilik va ot sport federatsiyasi rahbariyatida, 2018 yil dekabr oyidan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda. Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. 🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Bahromjon Valiyevichni bugungi shukrona kuni bilan samimiy muborakbod etadi. U kishiga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik hamda oilaviy baxt tilaymiz. ✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
ادامه مطلب ...
5 527
5
🇺🇿🥋Termizdagi “Judo Sport Club”da isteʼdodlar kamol topmoqda... Obuna bo`ling👉 Telegram
5 909
4
🇺🇿🥋Termizdagi “Judo Sport Club”da isteʼdodlar kamol topmoqda Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida dzyudo yakkakurash sport turi bilan shugʻullanayotgan yoshlar soni kundan-kunga ortib boryapti. Jumladan, 2022-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan Termiz shahridagi 9-umumtaʼlim maktabi hududida bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan dzyudo zali har kuni bolalar bilan gavjum. Bugungi kunda “Judo Sport Club”ida 148 nafar yosh dzyudochi olimpiya oilasiga mansub ushbu sport turi bilan muntazam shugʻullanib kelyapti. Ularga murabbiylardan Sunnatilo Toʻrayev, Bozor Abdurahimov va Anna Zamanova dzyudo sir-asrorlarini oʻrgatmoqda. Dzyudoni tanlagan qizlar soni ham kun sayin ortib boryapti.
ادامه مطلب ...
5 871
7
🎁💐Osiyo chempioni Sita Kadambayevani tabriklaymiz! 🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Xalqaro musobaqalarda -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelgan Sita Kadambayeva o‘z oila a’zolari davrasida tavallud ayyomini nishonlayapti. Sita Osiyo chempioni, Yevropa Ochiq chempionati hamda V Islom birdamligi o‘yinlari sovrindori hisoblanadi. 🤲Ayni paytda u bir fayzli xonadonning sevimli bekasi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Sita Kadambayevani bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxtu saodat tilaymiz. ✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Obuna bo`ling👉 Telegram
ادامه مطلب ...
5 762
9
🇹🇯🥋Yodingizdami? Dushanbega yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati mezbonligi Toshkentda topshirilgandi! 🇹🇯Xabaringiz bor, 2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻtkaziladi. Eslatib oʻtamiz, ushbu tarixiy voqeylik, yaʼni Tojikistonga jahon chempionati mezbonliginining taqdim etilish jarayoni Toshkentda boʻlib oʻtgandi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) hamda Tojikiston tomoni oʻrtasidagi shartnoma shu yil poytaxtimiz mezbonligida oʻtgan Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri doirasida imzolangan edi. Tojikiston avvaliga Grand Prix Dushanbe-2023, keyin esa Grand Slam Dushanbe-2024 musobaqalarini muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazdi. Endi esa navbat yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga!
ادامه مطلب ...
6 440
6
🇺🇿🥋Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma`lum bo`ldi 🇹🇯2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 60 mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. 🇺🇿Jamoamiz quyidagi tarkibda Dushanbega yo‘l oladi: Yigitlar: -60 kg: Murodil Murodillayev -66 kg: Zamoxshari Bekmurodov -66 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov -73 kg: Hojiakbar Toshev -81 kg: Mardon Ravshanov -90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov -90 kg: Alisher Samanov -100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov +100 kg: Fazliddin Rafiqov Qizlar: -48 kg: Laziza Haydarova -52 kg: Muhayyo Ahtamova -57 kg: Despina Bochkova -63 kg: Marjona Nurillayeva -70 kg: Barchinoy Qodirova -70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva -78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva +78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva +78 kg: Umida Nigmatova
ادامه مطلب ...
9 296
62
🎁Tavallud ayyom muborak, Muxtorxon Maxsudovich! 🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo`mitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. 🇺🇿🥋🤝O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar va dzyudochilar nomidan Muxtorxon Maxsudovichni bugungi shukrona kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. U kishiga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik hamda oilaviy baxt tilaymiz. Yurtimizda Paralimpiya sporti, xususan paradzyudo rivoji yo‘lida olib borayotgan sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyat yor bo‘lsin! Parij-2024 Paralimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan tarixiy natija bilan yana bir bor tabriklaymiz. ✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Оbuna bo'ling👉 Telegram
ادامه مطلب ...
5 324
8
🎁🎂Shahram Ahadovni tabriklaymiz! 🇺🇿🥋Bugun dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahram Ahadov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shahram Ahadov 1996 yil 21 sentabr kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida dunyoga kelgan. 2018 yildan boshlangan xalqaro faoliyati davomida Tunis Gran-prisida oltin, Tbilisi, Toshkent, Budapesht Gran-prilarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Islom Birdamligi o`yinlarida shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilgan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar va dzyudochilar nomidan Shahram Ahadovni bugungi shukrona kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. ✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Обуна бўлинг👉 Telegram
ادامه مطلب ...
6 255
10
🇺🇿Sportdagi natijalar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida axborot berildi Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida axborot berildi. Avvalo, ommaviy sportni va olimpiya harakatini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Yaqinda Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari jami 39 ta medalni qoʻlga kiritib, yuzlab davlatlar orasida 13-oʻrinlarni egallagan edi. Bu mamlakatimiz sporti tarixida eng yuqori natijalar boʻldi. Mazkur nufuzli musobaqalar gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari 2028-yilda Los-Anjelesda boʻladigan oʻyinlarga hozirdan tayyorgarlik koʻrish, yoʻllanmalar soni va turini koʻpaytirish zarurligini taʼkidlagan edi. Shundan kelib chiqib, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari tomonidan sport turlari boʻyicha foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi. Misol uchun, Olimpiya oʻyinlarida yengil atletika boʻyicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yoʻllanma bilan qatnashdi, xolos. Tennis, oʻq otish, gimnastika, velosport boʻyicha federatsiyalar ham, sharoit ham bor. Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish boʻyicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar koʻp. Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarur. Mazkur sport federatsiyalari ishini jonlantirish, oʻquv-mashgʻulotlar tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi. Olimpiya va paralimpiya harakati ommaviy sportdan kuch olishi taʼkidlanib, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni professional etib tarbiyalash boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Maʼlumki, kelgusi yil yurtimizda yoshlar oʻrtasida Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Toshkentda Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda. U yerga tashrifi chogʻida Prezidentimiz bu majmua mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, oʻquv-mashgʻulot markazi boʻlishi zarurligini aytgan edi. Shunga muvofiq, Osiyo oʻyinlaridan soʻng, Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish koʻzda tutilmoqda. Buning uchun “Aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan maʼmuriy boshqaruv tashkil etiladi. U sport majmualarini saqlash, jihozlar va texnik tizimlar holatini kuzatib borish, zarur hollarda taʼmirlash bilan shugʻullanadi. Ustuvor sport turlari boʻyicha yillik reja tasdiqlanib, hududlardagi sportchilarning Olimpiya shaharchasida oʻquv-mashgʻulot oʻtkazishi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, bu tuzilmaga ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara va boshqa xizmatlarni koʻrsatish huquqi beriladi. Olimpiya harakati haqida gap ketganda, qishki oʻyinlarni ham nazardan qochirmaslik zarur. Shunday sport turlaridan biri bu xokkey.  Bugungi kunda bu boʻyicha 4 ta sport klubi va 3 ta sport inshooti mavjud. Xokkey boʻyicha U-16 terma jamoamiz 2023-yilda Osiyo va Okeaniya kubogida 1-oʻrin boʻlgan edi. Bu yil mazkur musobaqa ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkazilib, U-18 terma jamoamiz gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shularga asoslanib, bu sport turini rivojlantirish, keyinchalik Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasini qurish boʻyicha takliflar bildirildi. Davlatimiz rahbari aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish, xalqaro musobaqalarga tizimli tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriqlar berdi. Obuna boʻling👉 Telegram
ادامه مطلب ...
9 636
13
🇺🇿🥋Yoshlarimizning Jahon chempionatiga tayyorgarligi davom etyapti... Obuna boʻling👉 Telegram
8 580
11
🇺🇿🥋Yoshlarimizning Jahon chempionatiga tayyorgarligi davom etyapti Shu kunlarda dzyudo bo`yicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Surxondaryo viloyati markazi hisoblangan Termiz shahrida mashg`ulot o`tkazmoqda. Ushbu o`quv-mashg`ulot yig`ini 2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga so`nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o`tab beryapti. Murabbiylar Iskandar Rasulov, Kamol Murodov, Diyorbek O`razboyev dzyudochilarni yilning bo`lajak eng nufuzli musobaqasiga ham jismonan, ham ruhan tayyorlashga alohida e`tibor qaratishmoqda. Obuna boʻling👉 Telegram
ادامه مطلب ...
7 965
15
🇺🇿🇺🇿Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejalari koʻrib chiqildi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining yakuni va oldinda kutib turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari Saken Polatov va Azizjon Kamilovlar ishtirok etishdi. Dastavval, Fransiya poytaxti mezbonlik qilgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki muhokama qilindi. Unda erishilgan yutuq va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilinib, zarur vazifalar belgilab olindi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni sportchi va murabbiylarimiz bilan uchrashuvda yangi Olimpiya sikli uchun belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash masalasi ham koʻrib chiqildi. Suhbatda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik, xususan, Oʻyinlar dasturi va unga kiritiladigan sport turlarini koʻrib chiqish kun tartibidan oʻrin oldi va bu boʻyicha barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Unda jamoaviy sport turlari va ayollar sportiga yanada koʻproq ahamiyat qaratish, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilab, tajribali xorijiy murabbiylarni jalb etish, sportchilarning tibbiy taʼminotini kuchaytirish kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.
ادامه مطلب ...
8 147
6
🇺🇿🇺🇿Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik masalalari qayta koʻrib chiqildi Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish allaqachon dolzarb masalalardan biriga aylangan. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida ushbu muhim musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Azizjon Kamilov, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullari ishtirok etishdi. Uchrashuvni Oybek Omilovich olib borar ekan, Oʻyinlarga har tomonlama puxta tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori saviyada oʻtkazish qanchalik muhimligi haqida toʻxtaldi. Shuningdek, yoshlar Osiyo oʻyinlari 2025-yilning sentyabr, yoshlar Para Osiyo oʻyinlari esa oktyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani, uning dasturiga kiruvchi taxminan 90 foiz sport turi aniq boʻlib ulgurgani haqida maʼlumot berdi. Yigʻilish davomida federatsiyalar bilan har bir sport turlaridagi bellashuvlar qaysi obyektda necha kun davomida oʻtkazilishi, qancha dasturlarda medallar oʻynalishi borasida fikr almashildi. Oʻz navbatida, Azizjon Yakubjanovich barcha sport turidagi bellashuvlar uchun zarur inventarlar roʻyxatini shakllantirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Yakunda federatsiyalarga Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan direksiya bilan ishlovchi masʼullarni biriktirish, sport dasturlarini koʻrib chiqish, xalqaro va Osiyo federatsiyalari tomonidan ajratiladigan hakamlar va texnik delegatlar boʻyicha maʼlumot shakllantirish, bahslarni oʻtkazish uchun zarur inventarlar roʻyxatini koʻrib chiqish borasida koʻrsatmalar berildi. Obuna boʻling👉 Telegram
ادامه مطلب ...
8 041
12
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio