Uning hayot tarzi opa-akasi yoki uka-singillaridan zo'rligini isbotlash bilan o'tadi. Adlerning talqiniga ko'ra, o'rtancha farzand o'z oldiga juda katta maqsadlarni qo'yadi va unga
erishish uchun nafaqt to'g'ri, balki aylanma yo'llardan ham foydalanadi. Ko'pincha tinchliksevar va kirishimli bo'ladi. Munosabatlar bobida esa ishonchli va sadoqatli. Biroq raqiblarining nozik joyini topib, zarba berishga usta. Yoshligida ham, qarigan chog'ida ham do'stlarini juda
qadrlaydi.
💚Kenja farzand
Kichkina farzand haqiqiy qo'zg'olonchidir. U oilaga o'zining shaxsiy an'analarini targ'ib qiladi. Ko'pincha ulardan ijod kishilari: qo'shiqchi, aktyor, rassom va yozuvchilar yetishib chiqadi. Buning uchun ularning yetarli sababi mavjud: asosiy rollar egallab bo'lingan. Ota-ona kenjatoyini juda erkalatib yuboradi, unga yoshi katta bo'lib qolganida ham mehr va g'amxo'rlik ko'rsatadi. Zaiflik va kuch bir ruhda mujassam — bunga sabab, ota-ona va oiladagi barcha farzandlar tomonidan bosim yuqoriligi. Ta'qib qanchalik yuqori bo'lsa, bolada shuncha ko'p isyonkorlik qobiliyati uyg'onadi. Kenjalar hayotda tavakkal qilishni yaxshi ko'radi. Ular sport bilan faol shug'ullanadi, tavakkal bilan kasb tanlaydi. Ularning qarorlari hayotga qancha yaqin bo'lsa, shuncha yaxshi. Kenja farzandlarning bunday tarbiya topishiga birinchi sabab ular hech qachon tojni yo'qotish tashvishini boshdan kechirishmaydi. Nafaqat ota-ona, balki katta farzandlarning mehr-muhabbati ham ularga yetib ortadi. Ikkinchidan, agar ota-onaning topish-tutishi yaxshi bo'lmasa, u opa-akalarining kiyimlaridan foydalanishga majbur. Uchinchidan, katta farzandlar doim unga o'z so'zlarini o'tkazishga harakat qiladi, bundan ular o'zlarini kuchsizman, deb hisoblay boshlaydi, o'ziga ishonchi pasayadi.
Bularning barchasiga qaramay, kenjatoylarning asosiy bir ustunligi bor: katta farzandlar xatti-harakatlaridan xulosa chiqarishi. Natijada u tanlagan har qanday sohasida eng yaxshisiga aylanadi. Biroq ayni shu xislat gohida kenjatoylarni katta farzandlarga qaraganda mas'uliyatsiz va yengiltak qilib qo'yishi mumkin.
💙Yagona farzand
Agar oilada bor-yo'g'i bitta farzand bo'lsa, u butun umr ota-ona mehriga ko'milib yashaydi. Biroq buning teskari tomoni ham mavjud. Undan ota-ona barcha bolalarga bo'linadigan mas'uliyatni talab qiladi. Bundan tashqari, keksayib, ota-onasidan ajralganda mehrga muhtoj bo'lib qolishi mumkin.
Adlerning fikricha, yolg'iz farzandning boshqa opa yoki ukasi bo'lmagani tufayli hech kim bilan raqobat qilishi shart emas. Shunday holatlarda u ko'pincha otasi bilan raqobatga kirishib, onasining mehrini talashadi. Bu unda xudbinlik tuyg'ularini shakllantiradi. O'z tengqurlari bilan munosabatlarini ham og'irlashtiradi.
Biroq ularning shaxsiyati shakllanishi oiladagi tarbiya va muhitga ham bog'liq.
Bundan tashqari, yolg'iz farzandlar boshqa bolalarga qaraganda ota-ona talablariga ta'sirchan bo'ladi. Ularning aksariyati juda erta ulg'ayishadi. An'analarga sodiq, haqiqatparast, muvaffaqiyatga erishuvchan, ba'zida yetakchilik qobiliyatiga ham ega bo'ladi.
Ko'pincha bunday farzandlar oila qurganda juda qiynaladi, boshqa odamning ham o'z shaxsiy fikri bo'lishi mumkinligini hazm qila olmaydi. Yolg'iz farzand an'analar davomchisi yoki isyonchi bo'lishi mumkin. U yo barcha qoidalarni qabul qiladi, yo unga qarshi chiqadi. Hech qachon o'rtaliqni tanlamaydi.
❤️To'ng'ich farzand ideallarga intiluvchan; muvaffaqiyatga erishuvchan; etakchi; hokimiyat kishisi; mas'uliyatli; moslashuvchan; vijdonli; ishonchli; ehtiyotkor; nazorat qiluvchi.
💛O'rtancha farzand vaziyatga moslashuvchan; mustaqil; yaxshi suhbatdosh; tinchliksevar; kirishimli; gapga quloq soladigan; yolg'izlikka moyil.
💚Kenja farzand kirishimli; jozibali rahmdil, do'stlarini yaxshi ko'radigan; cho'rtkesar; manipulyator hazilkash; e'tibor talab qiladigan; xudbin.
💙Yolg'iz farzand o'ziga ishongan; vijdonli; mas'uliyatli; ideallikka intiluvchan; diqqat markazida bo'lishni yoqtiradi; erta ulg'ayadi; doim atrofdagilar qo'llab-quvvatlashini istaydi; arazchi, Yetakchi.
#VIDEO_RETSEPTادامه مطلب ...