Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

audience statistics Kun.uz | Rasmiy kanal

🇺🇿  Kun.uz  saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998 78 113 10 10 Sayt:  http://kun.uz/uz  facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz 
نمایش توضیحات
119 801-397
~32 520
~28
19.89%
رتبه کلی تلگرام
در جهان
5 871جایی
از 78 777
در کشور, ازبکستان 
37جایی
از 430
دسته بندی
275جایی
از 2 793

جنسیت مشترکین

می توانید بفهمید که چند زن و مرد در این کانال مشترک هستند.
?%
?%

زبان مخاطب

از توزیع مشترکین کانال بر اساس زبان مطلع شوید
روسی?%انگلیسی?%عربی?%
تعداد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

طول عمر کاربر در یک کانال

بدانید مشترکین چه مدت در کانال می مانند.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
رشد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
“Maymun biznesi”ga aylangan qurilishlar O‘zbekistondagi 50 mingdan ortiq qurilish kompaniyalari soni yiliga 5000 tagacha oshib boryapti. Ular har yili 100 minglab uy-joylar quradi. Ularni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi esa 2023-yilning eng korrupsion tashkilotlari uchligidan joy oldi. Bu ko‘rsatkichlar natijasida bugungi qurilishlar sifatiga shubha, savdolarda aldov, munosabatlarda ishonchsizlik oralagan. SUBYЕKTIV'ning navbatdagi soni ushbu mavzu tahliliga bag‘ishlanadi. 👉HOZIROQ TOMOSHA QILING!👈
ادامه مطلب ...

Мое видео.mp4

8 873
18
Ortayotgan tengsizlik, handaqqa qulagan uy va To‘qayevning bayonoti - hafta dayjesti Sobiq bosh prokurorning o‘g‘li Dubayda millioner ekani ma’lum bo‘ldi. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq kattalashyapti. XVJ hukumatdan amaldorlar qachon mol-mulklari haqida “otchyot” berishini so‘radi. Ayrim tashqi kuchlar Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga qarshi gijgijlayapti. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – 📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
12 460
2
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitim ma’qullandi Qonunda o‘zaro manfaatli ma’lumotlar almashinuvi, beg‘araz harbiy-texnik yordam olish, harbiy texnikalarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalalari qamrab olingan. 👉
12 908
9
Davlat xususiylashtirish nizolarida sudlashmoqchi emas. Mediatsiya instituti kengayadi Yangi tartibga ko‘ra, xususiylashtirish jarayoniga oid nizolar yuzaga kelsa, davlat bu nizoni birinchi navbatda mediatsiya tartibida hal qilishga harakat qiladi. Investitsiya institutlari milliy uyushmasi raisi Bahodir Otaxonov bilan suhbatda bu qanday ishlashini tushuntirib berdi. 👉
13 671
3
Qrimda yonib ketgan MiG-31, Vovchansk uchun jang va shahar aholisi evakuatsiyasi Urushning 814-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
13 347
3
Sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda bino va inshootlarni qurish taqiqlanadi Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. 👉
14 472
2
O‘zbekistonda davlat mulkini ijaraga berish tartibiga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimcha moddaga ko‘ra, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga bergan, ijaraga oluvchiga nisbatan asossiz ravishda turli to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslar jarimaga tortiladi. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida qayta sodir etilsa jarima miqdori oshiriladi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
ادامه مطلب ...

Фабрика форматовkatta tizer.mp4

15 413
10
Yil festivali - yurt yoshlari Bo‘zatovda birlashdi An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Bo‘zatov FEST” tanlovining respublika bosqichi har galgiday Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichdan chiqqan 158 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurashishdi. 👉

Фабрика форматов000.mp4

15 498
1
Nol budjet bilan yasalgan o‘zbekcha o‘yin - yosh dasturchilar “Shumtaka”ni qanday ishlab chiqdi? Dasturchilar Ilhom Qodirov va Abzalxo‘ja Ibrohimovlar o‘zbekcha ruhdagi “Shumtaka” o‘yinini ishlab chiqdi. “O‘zimiz dasturchi bo‘lganimiz uchun uni ishlab chiqishga deyarli pul sarflamadik”, deydi g‘oya mualliflari. “Shumtaka”da non, osh, choynak, qovun, tarvuz, uzumzor kabi atributlardan foydanilgan. Qahramon esa milliy kiyintirilgan. Dasturchilar ’ga bergan intervyusida “Shumtaka”ning paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
ادامه مطلب ...
16 196
18
Olimlar Misr piramidalari sirini topgan bo‘lishi mumkin 4 ming yil oldin qurilgan Misr piramidalarining qanday tarzda qurilgani hali ham sirligicha qolgan. Olimlar bu jumboqning javobini topgan bo‘lishi mumkin. 👉
15 863
45
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar Dunyodagi birinchi avtomobil 1885 yilda Germaniyada Karl Bens tomonidan tayyorlangan. O‘shandan buyon qariyb 140 yil o‘tdi. Bugun ko‘plab yirik avtokonsernlar bir vaqtning o‘zida o‘nlab rusumlarda avtomobil tayyorlamoqda. Ular orasida 50-60 yildan buyon yangilangan holda ishlab chiqarilayotganlari va bir necha o‘n mln dona sotilganlari ham bor. 👉
16 651
10
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi O‘zbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Shuningdek, endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi. 👉
17 493
8
Endi undan ajralib bo‘lmaydi: Odamlar va gadjetlar (foto) Metroda, bekatda yoki ko‘chaning istalgan joyida telefonga termulib turgan odamlarga ko‘zingiz tushadi. Kimdir kino ko‘rgan, kimdir ijtimoiy tarmoqlarni kuzatgan, yana kimdir ishi bilan band. Fotomuxbir poytaxt ko‘chalarida yurib, turli yoshdagi kishilarning gadjet bilan o‘tayotgan daqiqalarini rasmga oldi. 📸👉
17 233
24
Jabaliyadagi to‘qnashuvlar, Xarkiv frontidagi barqarorlashuv va migrantlarni quvishni maqsad qilgan Tramp - kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 18-05.mp4

17 413
5
Bolani davlat bog‘chasiga joylash uchun yillab navbat kutiladimi? – soha mas’uli izoh berdi Aholi orasida “bola tug‘ildimi, zudlik bilan bog‘chaga navbatga qo‘yish kerak” degan tasavvur shakllanib qolgan. Buning sababi esa oddiy - talab yuqori, bog‘chalar va undagi o‘rinlar soni cheklangan. Vazirlik mas’ulining tushuntirishicha, navbat qachon kelishini oldindan aytish qiyin, muassasalar quvvati va navbatlari soni turlicha. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
17 750
11
Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytiriladi Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llanadigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartiriladi. 👉
17 695
14
Samarqandda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, ushbu tadbir do‘stona aloqalarning yangi sahifasini ochadi. 👉
17 271
5
OAV Ukrainada 53,5 ming Rossiya askari halok bo‘lganini tasdiqladi Ukrainaga hujum paytida Rossiya Federatsiyasidan kamida 53 586 askar halok bo‘lgan, deb hisoblab chiqdi jurnalistlar ochiq manbalardan foydalangan holda. 👉
17 575
5
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi «O‘zgidromet» 20-22-may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. 👉
17 930
2
Kuchli yomg‘ir tufayli 6 ta hududda qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi Avariyali o‘chish oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 66 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan. 👉
19 014
19
Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari ishini muvofiqlashtiruvchi operator paydo bo‘ladi Toshkent shahrida quvvatlash stansiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi operator funksiyasi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatiladi. 👉
18 964
12
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso yana operatsiya qilindi Shifokorlar o‘qotar qurol orqali yetkazilgan jarohatlardan qolgan nekrotik to‘qimalarni olib tashlashdi. Slovakiya bosh vazirining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. 👉
19 178
2
Bishkek ko‘chalariga ichki qo‘shinlar safarbar etildi Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi keldi. Ular xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirib, IIBB boshlig‘i bilan muzokaralardan so‘ng tarqalishga rozi bo‘ldi. 👉
19 453
15
O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq savdo tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 👉
20 312
21
Donald Tramp AQShdan migrantlarni misli ko‘rilmagan deportatsiyasiga tayyorlanmoqda AQShning sobiq prezidenti va galdagi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini surgan Donald Tramp agar qayta prezident etib saylansa ilk kundayoq AQSh va Meksika chegaralaridan migrantlar oqimiga nuqta qo‘ymoqchi 👉
21 176
21
«Xarkivni egallash rejasi yo‘q» - Putin yangi front ochilgani yuzasidan izoh berdi Putin Si Jinping bilan muzokaralardan keyin Ukrainadagi urush haqida gapirdi. U Rossiya muzokaralardan bosh tortmasligi, ammo endi «yerdagi reallik»dan kelib chiqilishini aytgan. 👉
23 002
4
17 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Toshkentda 15 sutkaga qamalgan isroillik bezori, Floridada 19 yilga qamalgan o‘zbekistonlik pedofil, hayfsan bilan qutulgan farg‘onalik og‘zi shaloq rahbar - kun davomida saytimizda yoritilgan O‘zbekiston yangiliklarini tanishtirib o‘tamiz. 👉

y2mate_com_15_sutkaga_qamalgan_isroillik_bezori_va_hayfsan_bilan.mp4

22 835
4
Bugungi tarixiy tashrif ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochadi - Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri OAV vakillari uchun bayonot bilan chiqib, muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdi. 👉
21 626
1
Putinning Xitoyga safari. Nimalar muhokama qilingan? Vladimir Putin beshinchi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy safari uchun Xitoyni tanladi. U 16 may kuni katta delegatsiya bilan Pekinga yetib bordi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
21 888
5
Qozoq tilini boshlang‘ich darajada bilmaydiganlarga Qozog‘iston fuqaroligi berilmaydi Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev aholi migratsiyasi va jinoyat ijro tizimi to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Bu haqda Oqo‘rda axborot xizmati ma’lum qilgan. 👉
21 960
20
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio