Tilning suyagi yoʻq, ammo u suyakni sindiradi
Koʻpchilik bizga “Oʻzimni shaxsiy rivojlantirishim uchun nima qilishim kerak?”, “Bunda menga qanday kitoblar tavsiya qila olasiz?” deb murojaat qilishadi.
Shaxsiy rivojlanish — bu qanchalik siyqasi chiqqan jumla boʻlmasin, XXI asr insoni shaxsiy rivojlanishsiz hech kimdir, ya'ni ortda qolayotgan eski odam kabidir.
Rivojlanish bir insonning qaysidir qobiliyatini oʻstirishdir. Masalan, bu mental arifmetikani oʻrganish, yangi til oʻrganish, jismoniy holatingizni yaxshilash va yoki nutqni oʻstirish kabi boʻlishi mumkin.
Shaxsiy rivojlanishda «gapira olish» qobiliyatingiz qay darajada ekanligi muhim. Agar sizda shu qobiliyat boʻlmasa:
• Ustoz oʻlaroq qanchalik ilmli ekanligingiz ahamiyatsiz (chunki bilimni yetkazib berishda til bilan tushuntirasiz);
• Namunali ota-ona boʻlishingiz qiyin (chunki farzandni koʻproq til bilan tarbiyalaysiz)
• Yaxshi rahbar boʻlishingiz qiyin (xodimlarda ishiga muhabbat va mas'uliyat tuygʻusini shakllantirish uchun til kerak).
Xullas, til oʻzi suyaksiz boʻlsa-da, ammo suyakni sindira olish darajasiga ega. Siz esa oʻz «til» ingizni rivojlantirib, ta'sir eta olish qobiliyatingiz kashf etishingiz mumkin.
Biz esa sizga ayni nutqni oʻstirish va rivojlantirish boʻyicha yordam bera olamiz. Notiqlik va shaxsiy rivojlanishga yoʻnaltirilgan «STORYTELLING» kursi ayni mana shu uchundir.
Ramazon oyida chegirma e’lon qildik, siz chegirmadan foydalanib 10-aprelda boshlanadigan kursimizga qoʻshilishingiz mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@AMaktab_admin ga murojaat qiling!
ادامه مطلب ...