The service is also available in your language. For translation, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

all posts Taomlanish ilmi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi. 🎓 Muallif:  @doctorferuz  ⚖️ TMI:  @tanamassaindeksi_bot  📥 Reklama:  @taomlanish_ads  
نمایش توضیحات
24 530+12
~18 838
~9
61.97%
رتبه کلی تلگرام
در جهان
29 773جایی
از 78 777
در کشور, ازبکستان 
0جایی
از 0
دسته بندی
303جایی
از 960
همه انتشارات

video.mp4

3 658
0
24. YOGʻLI GEPATOZ (jigarning alkogolsiz yogʻli distrofiyasi) muolajasi. Retsept: — Yetarlicha suyuqlik iching (kunda 1,5 l). — Pomidorni kunda 1-2 dona iste’mol qiling. Tarkibidagi likopin moddasi jigar hujayralarni zararlanishini himoya qiladi. — Kunda 2-3 chashka (125 ml’lik) kofe iching. Gepatoprotektor bor. — Kletchatkaga boy iste’mol qiling. Bu jigarga tushadigan yuklamani kamaytiradi. — Ortiqcha vazn boʻlsa Busiz yogʻli gepatozni bartaraf qilish ilojsiz. 👉
ادامه مطلب ...
6 531
169
23. Homilador ayollar mevalarni ichida nok va behini tanlagani yaxshi. Sababi bu mevalarni tarkibida kletchatkasi nisbatan koʻpligi uchun homiladorlikdagi qabziyatni ketkazadi.
11 549
204
22. QON BOSIMINI KOʻTARISH (Gipotoniya) muolajasi. Retsept: — Kunda har 1 kg tana vaznga 30 ml suv ichish kerak (kamida). Hisoblash uchun tana vazningizni 30 ga koʻpaytirasiz. Masalan: vazn 70 kg boʻlsa, 70x30=2100 ml (2 litr) — Kunda har 1 kg tana vazniga 1,2 gr oqsil yeyish kerak (kamida). Hisoblash: 70x1,2=84 gramm. — Salatlarga (taomga ham) tuzni biroz koʻproq solib yeyish kerak. Tuzdan qoʻrqmaslik kerak va uni 10 grammgacha yesa boʻladi.
12 744
170
21. ANOR foydalari — Yalligʻlanishga qarshi kuchli taʼsirga ega, chunki antioksidantlarga boy. — Saraton hujayralarini hosil boʻlishiga qarshilik qilib, hatto oʻldiradi. Sut bezi rakida tavsiya qilingan! — Qon bosimini tushiradi. Tajribada, har kuni 150 ml anor sharbati ichilganda, 2 hafta oʻtib qon bosimi pasaygan. — Aterosklerozni oldini oladi. Uni davolashda, har kuni 100 ml anor sharbati isteʼmol qilish kerak. — Erkaklar salomatligida juda muhim bo'lib, jinsiy quvvatni yaxshigina oshiradi.
ادامه مطلب ...
12 938
197
20. Kuz faslida yeyish kerak boʻlgan eng yaxshi mevalar — aynan shu faslda pishadiganlar: xurmo, behi, uzum… Mevalarga toʻyib olish kerak!
13 481
110
Immunitet haqida siz bilishingiz kerak boʻlgan muhim gaplar… 1,5X tezlikda eshitish mumkin. — kayfiyatni ta’siri bormi? — immunitetni mustahkamlashda qanday odatlar muhim? — qaysi mahsulotlar immunitetni koʻtaradi? Shu kabi savollarga javob olasiz. Yaqinlaringizga ulashing!

file

11 786
251
19. “Suv yoki choy ichgim kelmaydi, uncha-munchaga chanqamayman, sababini bilmayman” deb murojaat qiladiganlar bilan gaplashib koʻrdim. Ma’lum boʻlishicha ular odatda gazli/gazsiz shirin ichimliklarni (napitok’lar) koʻp ichishar ekan. Xulosa oʻzingizdan.
13 689
54
18. Kunda 100 gramm UKROP yeyish — organizmda temir (Fe) elementini kunlik ehtiyojini qondiradi. Bu bilan kamqonlikni (anemiya) oldini olish va agar anemiya boʻlsa uni davolash mumkin. Temirga kunlik ehtiyoj: Erkaklarga — 10 mg Ayollarga — 15 mg
17 113
319
17. Goʻshtni KOʻKATLAR bilan birga yeyishga sabab Har qanday goʻsht, hatto tabiiysi ham kolorektal saraton (yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak oʻsma kasalligi) rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (XSTA) bundan ogohlantiradi! Bunga asosiy sabab goʻshtga qizil rang beruvchi pigment — gem moddasidir. Gemni zararli ta’siridan himoya qiluvchi modda — yashil rangli xlorofill pigmentidir. U yashil rangga ega oʻsimliklarda koʻp miqdorda boʻladi. «Qizilni yashil yengishi» taʼsiri Gollandiya olimlari tomonidan 9 yil davomida 120 ming kishini kuzatgan tadqiqoti bilan tasdiqlangan. Demak, goʻsht va goʻshtli taomlar bilan doim yashil rangli koʻkatlar isteʼmol qilish kerak.
ادامه مطلب ...
16 886
296
16. JIGAR salomatligi uchun Oshqovoqni turli koʻrinishlarda: somsa, manti, shirguruchga solib, oʻzini duxovkada pishirib, turli salatlarga qoʻshib isteʼmol qilsa boʻladi. Hattoki uni bir yoshgacha boʻlgan bolalarga pishirib, ezib berish mumkin. Oshqovoq tarkibida kuchli antioksidant — flavanoidlar judayam koʻp. Bu moddalar jigar hujayralarini turli toksinlardan himoya qiladi va tiklaydi.
14 450
326
15. SHAMOLLAGANDA eng yaxshi ichimliklardan biri — na’matak damlamasi hisoblanadi. Bu ham immunitetni mustahkamlaydi. Tayyorlanishi: 4-5 osh qoshiq quruq mevasini (ikkiga boʻlib) 1 litr suvga solinadi va bir qaynab chiqqandan keyin oʻchirilib, damlab qoʻyiladi. Tabga koʻra asal qoʻshish mumkin.
15 934
278
14. Behi yeyish yurak xastaligini ketkazadi. (Taomlanishda nabaviy tavsiyalardan)
16 238
182
13. Uzoq vaqt oʻtirish chanoq sohasida va oyoqlarda qon aylanishini buzilishiga olib keladi. Bu esa kichik chanoq sohasi va oyoqlarda varikoz rivojlanishiga, shu soha a’zolarida (jinsiy a’zolar, yoʻgʻon ichakni oxirigi 2 ta qismi) qon aylanishini buzilishiga sabab boʻladi. Doim oʻtirib ishlaydiganlar har soatda bir marta oʻrnidan turib, biroz aylanib kelish tavsiya qilinadi.
17 397
209
12. YERYONGʻOQ ilmiy jihatdan dukkakli o'simliklar oilasiga kiradi.  Garvard universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotda haftasiga besh kun va undan ko‘proq yeryong‘oq iste’mol qilganlarda yurak kasalliklari xavfi, haftasiga bir yoki undan kam miqdorda iste’mol qilgan odamlarga nisbatan bir necha barobar kamayganini aniqlashgan.  Haftada bir yoki bir necha qism yeryong'oq iste'mol qiladigan o'smir qizlarda fibrotik o'zgarishlarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada kamayadi, bu esa ko'krak bezi saratoni rivojlanishini oldini oladi. Har kuni bir siqimdan yeryongʻoq yeyishga harakat qiling.
ادامه مطلب ...
17 550
225
T-Bankda yangi dizayndagi Black kartalari ishlab chiqilganidan xabaringiz bormi? Yangi dizayndan tashqari, karta boshqa afzalliklarga ham ega: agar sizda Pro obunasi (birinchi oy bepul) boʻlsa, T-Bank ilovasida ona tilingizda migratsiya masalalari boʻyicha maslahat olishingiz va MDH mamlakatlariga tez pul oʻtkazishingiz mumkin, eng muhimi rasmiylashtirish uchun Rossiya fuqaroligiga ega boʻlishingiz shart emas. Hozir kartalar Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston va Belarus tabiati bilan cheklangan dizaynda mavjud. Tojik, oʻzbek, qirgʻiz yoki rus tillarini bilishingizdan qatʼi nazar, T-Bank ilovasi mutaxassislari sizga yordam beradi: - Hujjatlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda; - Ish va uy-joy topishda; - Tibbiy yordam va taʼlim olishda. Siz yangi dizayndagi Black kartasini quyidagi havolada rasmiylashtirish mumkin: - Реклама. АО "ТБанк", ИНН 7710140679, лицензия ЦБ РФ № 2673, erid: 2VtzqvhEJ3w
ادامه مطلب ...
9 083
9
11. GIPERTONIYADA koʻp miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Tana vazni 100 kg’gacha boʻlganlar kunda 1,5 litrgacha (6 stakan), 100 kg’dan ortiq vaznda esa 2 litrgacha (8 stakan) ichish mumkin, undan koʻp emas.
13 506
133
10. GIPERTONIYA (qon bosimini ortishi) muolajasi. Retsept: Karkade oʻsimligini gul yaproqlarini quritilgani sotiladi. Shundan olasiz va choy damlagandek damlab, kunni ikkinchi yarmida ichib yurasiz. Bu ichimlik oxiri -pril bilan tugaydigan dori guruhidan yaxshiroq natija beradi. 1 kishi uchun: 1 osh qoshiq karkadeni 0,5 litr qaynagan suvga damlanadi. Tabga koʻra ozgina asal qoʻshish mumkin.
17 055
312
10. GIPERTONIYA (qon bosimini ortishi) muolajasi. Retsept: Karkade oʻsimligini gul yaproqlarini quritilgani sotiladi. Shundan olasiz va choy damlagandek damlab, kunni ikkinchi yarmida ichib yurasiz. 1 kishi uchun: 1 osh qoshiq karkadeni 0,5 litr qaynagan suvga damlanadi. Tabga koʻra ozgina asal qoʻshish mumkin. Bu ichimlik kaptopril dorisidan yaxshiroq natija beradi.
1
0
9. Ayollar muntazam ravishda (haftada 2-3 marta) loviya yeyishlari kerak. Loviya oʻzida koʻp miqdorda fitoestrogenlar saqlaydi. Bu modda ayol organizmi uchun muhim, jumladan: — estrogenlar yetishmovchiligida — erkaklik gormoni — testosteron ortib ketishida — libidoni pasayishi yoki yoʻqolishida — pred-post-menopauza sindromida — tuxumdonlar polikistoz sindromida — hayz siklini buzilishida va boshqa ayollarga xos muammolarda yordam beradi.
17 098
384
8. BUYRAKLARDA TUZ va TOSH hosil boʻlishini asosiy sababi yetarlicha suv ichmaslikdir. Kunda kamida 6-7 stakan toza suv ichib yuradigan odamlarda buyrak-tosh kasalligi rivojlanish xavfi juda past boʻladi. Hojatga qatnashdan qoʻrqib suv ichmaslik — kelajakda shifoxonaga qatnashga majbur qiladi.
16 568
303
7. QONNI SUYULTIRISH muolajasi. Retsept: — Yetarlicha (kunda kamida 6-7 stakan) suv iching. Qonni 60% qismi suvdan iborat, agar tanada suv kamaysa dastlab qondagi suv kamayadi va qon quyuqlashadi. — Suvga boy meva va sabzavotlarni kunda (2-3 dona) 400-500 gramm yeyish kerak.
19 650
308
6. Sabzavot va mevalarni YUVISH texnikasi 10% tuzli eritma 5% sirka eritmasi bilan bir xil taʼsirga ega! Pestitsidlardan halos etuvchi tuzli eritmani tayyorlash uchun toʻqqiz qism suvga bir qism tuz qoʻshib, aralashtiring. Tayyor boʻlgan eritma bilan sabzavot va mevalarga ishlov bergandan (1-2 daqiqa) soʻng ularni oqar suvda yuvishni unutmang!
16 276
112
5. UYQU VAQTI qancha boʻlishi kerak? Yaponiyalik olimlar 14 yil davomida 100,000 o'rta yoshli erkak va ayolni kuzatishgan. Ma’lum boʻlishicha 4 soatdan kam yoki 10 soatdan koʻp uxlaganlarda insultdan o'lish xavfi 50% ga oshgan. 150,000 amerikalik ishtirok etgan yana bir tadqiqotda bu yanada chuqurroq o'rganildi. 6 soatdan kam yoki 9 soatdan koʻp uxlaydigan odamlarda insult bo'lish ehtimoli ko'proqligi yana bir karra isbotlandi. Eng past xavf 7-8 soat uxlaydigan odamlarda kuzatilgan. Yevropa, Xitoy va butun dunyoda keng ko‘lamli tadqiqotlar 7-8 soatlik uyqu organizmga eng kam xavf solishini tasdiqladi.
ادامه مطلب ...
16 978
192
4. UYQUSIZLIK muolajasi. Agar tunda telefonda oʻynab, oʻqib yoki videolar tomosha qilsangiz — melatonin (uyqu gormoni) yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va tabiiyki uyqu kelmaydi. Bu gormon qonga chiqishi uchun koʻzdan yorugʻlik toʻsilishi kerak. Retsept: — Uxlash xonasi qorongʻu boʻlsin va uxlashdan oldin telefonga qaramang. — Xandon pistani uxlashdan 1-1,5 soat oldin 2-3 ta dona yeb oling (pistani 1 grammida 0,2 gramm melatonin bor).
14 644
308
3. QABZIYAT (запор) muolajasi. Retsept: — Suvni kun davomida kamida 6 stakan (250-300 ml’lik) iching (axlat massasini yumshatadi). — Kletchatkaga boy mahsulotlar: don, dukkaklilar, koʻkatlarni ratsionda koʻpaytiring (axlatni evakuatsiyasi tezlashadi). Qabziyatni eng asosiy sababi kletchatkani kam iste’mol qilish hisoblanadi.
14 163
335
2. Kamqonlik (anemiya) muolajasi. Retsept: — Sitrus mevalar, bulgʻor qalampirini muntazam iste’mol qiling (ichaklarda temirni soʻrilishi uchun muhim boʻlgan vitamin C’ga boy). — Grechkani haftada 2 mahal, har qanday koʻrinishda pishirib yeyish kerak (temirga boy). — Choyni kamida ovqatdan 30 daqiqa oldin va 1 soat keyin iching (tarkibidagi tanin moddasi temirni soʻrlishiga qarshilik qiladi).
15 734
389
1. Erkaklarda uchraydigan erektil disfunksiyani muolajasida har kuni 4-5 boʻlak tarvuz yeyish tavsiya qilinadi. Tarvuzdagi sitrullin moddasi “a’zo” tomirlarini kengaytirib, qon oqimini oshiradi.
13 620
106
FORMAT OʻZGARYAPTI… Bundan keyin ma’lumotlarni tushunarli, oson, qulay va oʻqishli boʻlishi uchun qisqa koʻrinishda, bilan raqamlab joylab boraman. Sizlardan talab esa imkon qadar amal qilish! Kelishdikmi?!
13 084
14
FORMAT OʻZGARYAPTI… Bundan keyin ma’lumotlarni tushunarli, oson, qulay va oʻqishli boʻlishi uchun qisqa koʻrinishda, hashtag bilan raqamlab joylab boraman. Sizlardan talab esa imkon qadar amal qilish! Kelishdikmi?!
12
0
TARVUZ URUG'I foydalari Tarvuz urug'i tarkibida antioksidant moddalari juda ko'p. Shuning uchun imkon qadar urug'ini ajratmasdan, uni chaynab yeyishga (men doim shunday qilaman) harakat qiling. Agar butunligicha yutib yuborsangiz undagi kerakli moddalar urug' ichidan chiqmasdan, butun holatda kanalizatsiyaga ketadi. Antioksidantlar nima uchun kerak? Bu moddalar insult kasalligidan himoya qiladi. Yaʼni, qon oqimidagi oksidlangan yogʻlarning paydo boʻlishini oldini olib, miyadagi kichik qon tomirlarning o'ta sezgir devorlariga zarar yetkazilishini oldini oladi. Shuningdek, ular arterial qon tomirlarning devorini qayishqoqlogini oshiradi, tromblarni shakllanishiga toʻsqinlik qiladi, qon bosimini pasaytiradi va yalligʻlanishni kamaytiradi. Erkin radikallar (oksidlovchilar) oqsil tuzilishiga zarar yetkazadi va ularni immunitetimiz tanimaydigan qilib qo'yadi. Natijada allergik yoki autoimmun kasalliklar rivojlanadi. Sabzavotlar, rezavor mevalar, ko'katlar, urug'lar va ziravorlar antioksidantlarga boy boʻlib, tizimli yalligʻlanishga qarshi ancha yaxshi kurashadi. Mana nima uchun antioksidantlar kerak!
ادامه مطلب ...
34 318
467
📣 Farzandingiz ham sifatli ta'lim, ham o'zbekona qadriyatlar asosida ta'lim olishini istaysizmi? ➖ Bunday imkoniyatni sizga "Dono" xususiy maktabi taklif etadi. ✅ Bizning maktabimizda Ingliz tili va matematika fanlari chuqurlashtirib o'qitiladi. 🔝 Darslarimiz har bir o'quvchiga alohida individual yondashgan holda olib boriladi. 🔘 Bundan tashqari har bir bola uchun malakali psixolog xizmati va turli sport to'garaklari tashkil etilgan. 📹 Batafsil videoda tomosha qiling! 👉
ادامه مطلب ...

file

7 890
12
​​​​TARVUZ haqida Tarvuz deyarli 90% suvdan iborat boʻlib, chanqogʻingizni juda yaxshi qondiradi. Tarkibida oqsillar va yogʻlar yoʻq, ammo tez hazm boʻlib energiya beradigan uglevodlarga boy. Ushbu meva, ayniqsa, jismoniy faol odamlar uchun foydalidir. Tarvuz tarkibida juda koʻp qizil pigment — likopin mavjud. Bu modda kuchli antioksidant. Tarvuz C va B guruh vitaminlariga, ayniqsa minerallarga boy. Tarvuz deyarli suv va kam kaloriyaga ega boʻlgani uchun uni cheksiz miqdorda isteʼmol qilish mumkin degan notoʻgʻri tushuncha bor. Tarvuz oddiy uglevodlarga boy boʻlib, glikemik indeksi baland mahsulotlar roʻyxatiga kiradi. Shuning uchun qandli diabetda ehtiyot boʻlib iste’mol qiling. Tarvuz 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga berish tavsiya qilinmaydi, allergenligi sababli emas, balki tarvuzni sanoat usulida yetishtirishda ishlatiladigan oʻgʻitlar, nitratlar va boshqalarni zararli taʼsiridan. Shu sababdan kattalarga tarvuzni qobigʻigacha isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi aynan shu qatlamida zararli moddalar koʻproq boʻladi. Diuretik taʼsiri va siydik kislotasining chiqarilishini koʻpaytirishi tufayli buyraklar qumdan tozalanadi. Ma’lum boʻlishicha tarvuz shishlarni, yurak va buyrak kasalliklarini, gipertoniya va ich qotishini yengillashtiradi. Tarvuzni urugʻlari alohida mavzu, unga ham alohida post joylayman.
ادامه مطلب ...
39 287
524
YANA QOVUN HAQIDA Qovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam kaloriyali va oʻrta glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi. Qovun tarkibida qimmatli modda (kuchli antioksidant) — beta-karotin miqdori juda koʻp. Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo'lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan. 100 g qovun: 36 kkal Oqsil — 0,5 g  Yogʻ — 0,1 g  Uglevodlar — 9 g  - Natriy — 26 mg  - Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108%  - Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 2-3% - Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1%  - Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi.  Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (B9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz. Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.
ادامه مطلب ...
33 395
444
Qovunni 100 grammi: - 9-10% — quruq modda (uglevod) - 90-91% — suv - 35-40 kkal “Qovun semirtiradimi?” kabi savollar koʻp. Bunga beradigan javobimni tushunish uchun… Avvallari qovun va tarvuz kilolab sotilmas edi. Donasiga baholab olib ketardik. Hozirda kilosiga qarab narxi chiqarib beriladi. Toʻgʻri, boshida shunday boʻlib turadi, keyinchalik yana donaga oʻtiladi. Lekin harholda bir marta taroziga qoʻyib olyapmiz va bitta oʻrtacha kattalikdagi qovunni qancha vaznga egaligini endi bilamiz. 100 grammida faloncha kkal deyish oson, lekin oʻsha 100 grammi qancha boʻlishini taroziga qoʻymagunimizcha bilolmaymiz. Agar kunda oʻrtacha 1500 kkal energiya sarflaydigan X-odam 1600 va undan ortiq energiya beradigan qovun yesa semiradi. Buni hisoblaymiz: Qovunni 100 garmmi — 40 kkal 1600 / 40 = 40 (bu 40 ta 100 gramm degani) Demak, oʻsha X-odam 4 kg (4000 gramm) va undan ortiq qovun yesa va bundan boshqa hech narsa yemasa ham semiradi. Keyingi safar qovun yoki tarvuz olayotganda taroziga bir qoʻyib koʻring, shunda oʻsha qovunni qancha qismini yeyishingizga qarab hisoblab olsangiz boʻladi. Masalan, qovun 5 kg chiqsa, shuni 0,5 kg poʻchogʻiga chiqib ketsa, 4,5 kg qoladi. Shuni 1/4 qismini, ya’ni ~1 kg yesangiz, 400 kkal energiya kirdi degani. Xulosa qiladigan boʻlsak, har qanday yegulik va ichimlikdan semirish yoki semirmaslik me’yorga qarab oʻlchanadi, tarkibiga qarab emas. Ya’ni, bunda uglevod (shakar) bor ekan, demak semirtiradi deyish safsatani oʻzginasi. (Rasmda men yaxshi koʻrgan Bosvoldi qovuni) Tarvuzchi, qiziqmi?
ادامه مطلب ...
8 918
115
Qovunni 100 grammi: 9-10% — quruq modda (uglevod) 90-91% — suv 35-40 kkal “Qovun semirtiradimi?” kabi savollar koʻp. Bunga beradigan javobimni tushunish uchun… Avvallari qovun va tarvuz kilolab sotilmas edi. Donasiga baholab olib ketardik. Hozirda kilosiga qarab narxi chiqarib beriladi. Toʻgʻri, boshida shunday boʻlib turadi, keyinchalik yana donaga oʻtiladi. Lekin harholda bir marta taroziga qoʻyib olyapmiz va bitta oʻrtacha kattalikdagi qovunni qancha vaznga egaligini endi bilamiz. 100 grammida faloncha kkal deyish oson, lekin oʻsha 100 grammi qancha boʻlishini taroziga qoʻymagunimizcha bilolmaymiz. Agar kunda oʻrtacha 1500 kkal energiya sarflaydigan X-odam 1600 va undan ortiq energiya beradigan qovun yesa semiradi. Buni hisoblaymiz: Qovunni 100 garmmi — 40 kkal 1600 / 40 = 40 (bu 40 ta 100 gramm degani) Demak, oʻsha X-odam 4 kg (4000 gramm) va undan ortiq qovun yesa va bundan boshqa hech narsa yemasa ham semiradi. Keyingi safar qovun yoki tarvuz olayotganda taroziga bir qoʻyib koʻring, shunda oʻsha qovunni qancha qismini yeyishingizga qarab hisoblab olsangiz boʻladi. Masalan, qovun 5 kg chiqsa, shuni 0,5 kg poʻchogʻiga chiqib ketsa, 4,5 kg qoladi. Shuni 1/4 qismini, ya’ni ~1 kg yesangiz, 400 kkal energiya kirdi degani. (Rasmda men yaxshi koʻrgan Bosvoldi qovuni) Tarvuzchi, qiziqmi?
ادامه مطلب ...
235
4
Хозрги Кунда сув тозамаслигидан Кеп чиккандачи, дисвода енг яхши варянт масми хозрги вазиятда? Бунга фикриз канака? “Hozirgi kunda suv tozamasligi…” deyish notoʻgʻri. Hamma zamonlarda va makonlarda suvni tozasi ham, iflosi ham boʻlgan va bundan keyin ham shunday boʻladi. Odamlar bir suvni ichib zaharlanib oʻlib ketgan boʻlsa, boshqalari boshqa suvni ichganda hech narsa qilmagan. Buni sababini aniqlash uchun asta-sekin kimyo, biologiya rivojlandi. Hozirga kelib bu fanlar, laboratoriyalar anchayam rivojlandi. Hozir biz osonlikcha tarkibini oʻrgana olamiz va unga qarab tahlil qila olamiz. Xulosa ham shundan keyin ma’lum boʻladi. Tarkibini bilmasdan turib bu toza, bu iflos deb fol ochadigan zamonlar oʻtib boʻlgan. Ichayotgan suvimizni oborib tekshirtirsak, tahlil javobiga qarab xulosa berishadi, undan keyin oʻsha suv haqida nimadir deyishimiz mumkin. Yashash joyingizdagi suvni tekshirtirishdan oson va arzon ish boʻlmasa kerak. Odam oʻzi uchun ham tarkibini bilib qoʻyishi kerak. Distillangan suvni ichishdan hech qanday ma’no yoʻq. Bu suv tibbiyotda eritma tayyorlash uchun, sterilizatsiya, dezinfeksiya apparatlari va boshqa ishlar uchun tayyorlanadi. Distillangan suv ximikatlardan holi deganda nimani nazarda tutilganini bilmadimu, lekin bu kimyo fanini oʻqigan odamni gaplari emas. Chunki suv ham ximiya. Biz minerallarni asosan suvda erigan koʻrinishda olamiz, bunda suv minerallarni eng asosiy manbai hisoblanadi. Distillangan suvni muntazam ichish organizmni tuzsizlanishiga olib keladi. Bu esa xavfli! Umuman olganda dinda ham, tibda ham bir ma’lumotni aytishdan oldin hujjat-dalil boʻlish kerak. Hujjatsiz, faqat mantiqqa tayanib ish qilinadigan sohalar emas bular. Ayniqsa tibbiyotga oid fanlarni bilmay turib gapirish umuman kerak emas. Hamma oʻzini biladigan ishini qilsa, shunda jamiyat rivojlanadi. Soxta, tasdiqlanmagan ma’lumotlar kamroq tarqaladi. Odamlarni chalgʻitmaydi.
ادامه مطلب ...
12 411
49
Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin! Sizga barcha yaxshiliklarni tilayman!
14 701
21
☕️KOFE (coffee) Kofe dunyodagi barcha ichimliklar ichida foydaliligi boʻyicha suvdan keyin ikkinchi oʻrinni Kofeni muntazam ichish: Jigarni yogʻli jigar jigar oldini oladi va davolaydi. Gepatit "C" kasalligida jigar hujayralarini oksidlovchilar ta'siridan himoya qilishi va chandiqlanish jarayonini sekinlashtirishi Umumiy saratonga chalinish xavfini kamaytirib, umrni 15% ga Aqliy qobilyatni oshiradi, xotirani mustahkamlab, diqqatni jamlashga yordam beradi. Parkinson kasalligida (faqat erkaklarda) ham foyda 500,000 dan ortiq kishi ishtirok etgan yitik tadqiqotda, kofeni sevib iste’mol qiluvchilarda jigarni surunkali kasalliklaridan oʻlim xavfi 49% ga kam boʻlgan. Bu kasalliklarni oʻzini rivojlanish xavfi esa 21% ga kam . Bu foydali ta’siri kofeni dozasiga ham bogʻliq: - kunda 1 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 15% ga, - kunda 4 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 71% ga . Kofe halqum, qiziloʻngach, yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak saraton kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishi ham . Yana yurak-qon tomir kasalliklarini, yurak ishemiyasi va insultni ham oldini . Bulardan tashqari qandli II , metabolik sindromni ham oldini . Buyraklarda tosh hosil boʻlishini , podagrani ham oldini . 🩸Fe (temir) va KOFE Kofe temirni ichaklardan so'rilishiga qarshilik qiladimi? Bu bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda bir chashka kofe ovqat tarkibidagi temirni ichaklardan so'rilishini 39% ga, bir chashka choy esa 64% ga Kofeni dozasi ortib borgani sari, bu ta'siri ham shuncha ortgan. Bu esa kamqonlikka (temir tanqis anemiyasi) olib kelishi mumkin. Lekin xulosa qilishga shoshilmang! Xavotirga o'rin yo'q, huddi shu tadqiqotda temirni so'rilishiga ta'sir qilmasligi uchun kofeni qaysi vaqtda ichilishi ham aniqlangan. Unga ko'ra kofeni taomdan 1 soat oldin ichish temirni so'rilishiga umuman ta'sir qilmagan. Demak, Kofeni ovqatdan oldin iching, keyin emas. Shunda hech qanday muammo bo'lmaydi! 🦴Ca (kalsiy) va KOFE Kofe ichaklardan Kalsiyni (Ca) so'rilishiga deyarli ta'sir qilmaydi. "Deyarli" degani, bir chashka kofedagi kofein miqdori ta'sirida yo'qotilgan kalsiyni, atiga bir osh qoshiq sut bilan kompensatsiya qilish Agar kalsiyingizdan havotir olsangiz, ya'ni, muntazam, kunda 4-5 chashka kofe ichsangiz, sut yoki sut mahsulotlari iste'mol qilib turing. 4-5 chashka kofe = 4-5 osh qoshiq sut! 4-5 chashka choy = 4-5 osh qoshiq sut! Kofeni tarkibidagi kofein moddasi yengil diuretik (siydik haydovchi) ta'sirga ega. Kofedan keyin tez-tez hojatga borishni sababi shu. Lekin ba'zilar o'ylaganidek, bu holatda kalsiy peshob bilan chiqib ketib qolmaydi. Buyraklar kalsiyni osonlikcha berib qo'yadigan a'zo emas. Endi eng qizig'i, Kofe Osteoporoz (suyak yemirilishi) rivojlanish xavfini hattoki kamaytiradi. Bu bo'yicha o'tkazilgan yirik ma'lum bo'lishicha, kunda: ✔️1 chashka — xavfni 8% ga kamaytiradi ✔️2-3 chashka — xavfni 11% ga kamaytiradi ✔️4 chashka — xavfni 9% ga kamaytiradi ✖️4 chashkadan ko'p — xavfni 10% ga oshiradi E'tibor bering, 4 chashkadan ko'p ichilganda xavf oshadi. Shuning uchun kofeni me'yori 2-4 chashka, undan ko'paytirmagan yaxshi. Osteoporozda eng yaxshi mahsulot — sut mahsulotlari (sut, qatiq, pishloq, tvorog va boshq.) hisoblanadi. ❗️Kofe kimlarga mumkin emas: - Doimiy jig'ildon qaynashida - Glaukomada - Epilepsiya kasalligida - Uyqusizlikda (kunni birinchi yarmida ichish kerak) - Homiladorlikda Kofeni asossiz zarar deydiganlarga ko'proq kofe ichirish kerak. Balki shundan keyin aqliy qobiliyati ortib, biroz tadqiqotlarni o'qib-o'rganib, keyin xulosa qiladigan bo'lsa, ajab emas... Faqat kofedan shunaqa foydalar olish uchun kunda 3-4 chashka kofe ichish kerak. Maksimal miqdor 6 chashka 3 tasi 1 da (3в1) kabi kofelarni foydasi yoʻq. Sifatlisini ichishingiz kerak.
ادامه مطلب ...
19 196
445
☕️KOFE (coffee) moʻjizaning oʻzginasi Kofe dunyodagi barcha ichimliklar ichida foydaliligi boʻyicha suvdan keyin ikkinchi oʻrinni Kofeni muntazam ichish: Jigarni yogʻli jigar jigar oldini oladi va davolaydi. Gepatit "C" kasalligida jigar hujayralarini oksidlovchilar ta'siridan himoya qilishi va chandiqlanish jarayonini sekinlashtirishi Umumiy saratonga chalinish xavfini kamaytirib, umrni 15% ga Aqliy qobilyatni oshiradi, xotirani mustahkamlab, diqqatni jamlashga yordam beradi. Parkinson kasalligida (faqat erkaklarda) ham foyda 500,000 dan ortiq kishi ishtirok etgan yitik tadqiqotda, kofeni sevib iste’mol qiluvchilarda jigarni surunkali kasalliklaridan oʻlim xavfi 49% ga kam boʻlgan. Bu kasalliklarni oʻzini rivojlanish xavfi esa 21% ga kam . Bu foydali ta’siri kofeni dozasiga ham bogʻliq: - kunda 1 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 15% ga, - kunda 4 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 71% ga . Kofe halqum, qiziloʻngach, yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak saraton kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishi ham . Yana yurak-qon tomir kasalliklarini, yurak ishemiyasi va insultni ham oldini . Bulardan tashqari qandli II , metabolik sindromni ham oldini . Buyraklarda tosh hosil boʻlishini , podagrani ham oldini . 🩸Fe (temir) va KOFE Kofe temirni ichaklardan so'rilishiga qarshilik qiladimi? Bu bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda bir chashka kofe ovqat tarkibidagi temirni ichaklardan so'rilishini 39% ga, bir chashka choy esa 64% ga Kofeni dozasi ortib borgani sari, bu ta'siri ham shuncha ortgan. Bu esa kamqonlikka (temir tanqis anemiyasi) olib kelishi mumkin. Lekin xulosa qilishga shoshilmang! Xavotirga o'rin yo'q, huddi shu tadqiqotda temirni so'rilishiga ta'sir qilmasligi uchun kofeni qaysi vaqtda ichilishi ham aniqlangan. Unga ko'ra kofeni taomdan 1 soat oldin ichish temirni so'rilishiga umuman ta'sir qilmagan. Demak, Kofeni ovqatdan oldin iching, keyin emas. Shunda hech qanday muammo bo'lmaydi! 🦴Ca (kalsiy) va KOFE Kofe ichaklardan Kalsiyni (Ca) so'rilishiga deyarli ta'sir qilmaydi. "Deyarli" degani, bir chashka kofedagi kofein miqdori ta'sirida yo'qotilgan kalsiyni, atiga bir osh qoshiq sut bilan kompensatsiya qilish Agar kalsiyingizdan havotir olsangiz, ya'ni, muntazam, kunda 4-5 chashka kofe ichsangiz, sut yoki sut mahsulotlari iste'mol qilib turing. 4-5 chashka kofe = 4-5 osh qoshiq sut! 4-5 chashka choy = 4-5 osh qoshiq sut! Kofeni tarkibidagi kofein moddasi yengil diuretik (siydik haydovchi) ta'sirga ega. Kofedan keyin tez-tez hojatga borishni sababi shu. Lekin ba'zilar o'ylaganidek, bu holatda kalsiy peshob bilan chiqib ketib qolmaydi. Buyraklar kalsiyni osonlikcha berib qo'yadigan a'zo emas. Endi eng qizig'i, Kofe Osteoporoz (suyak yemirilishi) rivojlanish xavfini hattoki kamaytiradi. Bu bo'yicha o'tkazilgan yirik ma'lum bo'lishicha, kunda: ✔️1 chashka — xavfni 8% ga kamaytiradi ✔️2-3 chashka — xavfni 11% ga kamaytiradi ✔️4 chashka — xavfni 9% ga kamaytiradi ✖️4 chashkadan ko'p — xavfni 10% ga oshiradi E'tibor bering, 4 chashkadan ko'p ichilganda xavf oshadi. Shuning uchun kofeni me'yori 2-4 chashka, undan ko'paytirmagan yaxshi. Osteoporozda eng yaxshi mahsulot — sut mahsulotlari (sut, qatiq, pishloq, tvorog va boshq.) hisoblanadi. ❗️Kofe kimlarga mumkin emas: - Doimiy jig'ildon qaynashida - Glaukomada - Epilepsiya kasalligida - Uyqusizlikda (kunni birinchi yarmida ichish kerak) - Homiladorlikda Kofeni asossiz zarar deydiganlarga ko'proq kofe ichirish kerak. Balki shundan keyin aqliy qobiliyati ortib, biroz tadqiqotlarni o'qib-o'rganib, keyin xulosa qiladigan bo'lsa, ajab emas... Faqat kofedan shunaqa foydalar olish uchun kunda 3-4 chashka kofe ichish kerak. Maksimal miqdor 6 chashka 3 tasi 1 da (3в1) kabi kofelarni foydasi yoʻq. Sifatlisini ichishingiz kerak.
ادامه مطلب ...
The Tromsø Heart Study: distribution of, and determinants for, gamma-glutamyltransferase in a free-living population - PubMed
Gamma-glutamyltransferase (GGT) was measured in 1579 men, aged 20-54 years, and 1654 women, aged 20-49 years, screened for coronary risk factors. The distribution was right-skewed with medians 15 and 10 U/l for men and women, respectively. Less than 3.8% of the men and 0.8% of the women had GGT grea …
407
24
🍦MUZQAYMOQ foyda yoki zarar? Muzqaymoq sutdan tayyorlanadi. Demak, sutni qanday foydalari boʻlsa muzqaymoqda ham shunday. Agar ikkisidan birini tanlash kerak boʻlsa, albatta sut ustunlik qiladi. Ba’zilar sutni icha olmaydi, ular uchun muzqaymoq yaxshi alternativ. Laktoza koʻtara olmaslikda esa ikkisida ham extiyot boʻlgan yaxshi. Laktoza koʻtara olmaslikni eng asosiy belgisi: sut tanaga kirishi bilan 20-40 daqiqada (maksimum 1 soatgacha) qorinda ogʻriq paydo boʻladi va ich ketadi (diareya). Agar 1 soat ichida shu belgilar kuzatilmasa, demak, sizda hammasi yaxshi! Tugʻilganidan laktozani koʻtara olmaslik holati boʻlmagan boʻlsa, sutni miqdorini asta-sekin koʻpaytirib borish bilan tanani yana laktaza fermentini ishlab chiqarishga undash mumkin. Muzqaymoq foydalari: — Kalsiy va B guruh vitaminlariga boy — Tomoqdagi mahalliy immunitetni oshiradi — Ichakning foydali mikroflorasini (lakto-bifido-bakteriyalarni) oʻstiradi — Tarkibidagi L-triptofan aminokislotasi kayfiyatni koʻtaradi va antidepressant taʼsirga ega — Erkaklarga quvvat beradi, libidoni oshiradi (tabiiy steroidlar saqlaydi) Sunʼiy boʻyoq va konservantlar qoʻshilgan muzqaymoqlar yemaganingiz maʼqul. Oʻzim deyarli har doim oddiysidan (molochniy) yoki kakao qoʻshilganidan yeyman. Kakaoni foydalari bu alohida mavzu…
ادامه مطلب ...
15 236
198

[object Object]

[object Object]
[object Object]
332
رأی دادن ناشناس
11 921
5
MENING GOʻDAKLARDAN DUSHMANIM YOʻQDIR... Mening goʻdaklardan dushmanim yoʻqdir – Xoliman gumon deb atalgan hisdan. Goʻdaklar pokligi bilan ulugʻdir, Soddaligi bilan kattadir bizdan... Jajji barmoqlarin toʻpponcha qilib, U otaveradi – qulayveraman. Goho ochiq joydan, goho berkinib, U otaverar, men “oʻlaveraman”. Agar “oʻlmay qolsam” otgan kezida, Bola xafa boʻlar va chekar ozor. Uning moʻljal olgan tiniq koʻzida Nishonga tekkulik nimalardir bor! Pinhona gʻaraz yoʻq bu barmoqlarda, Zimdan pishirmagan u oʻz ishini. Bu sodda oʻqlardan, bu pok oʻqlardan, Oʻlimi goʻzaldir, oʻlgan kishining! Mening goʻdaklardan yoʻqdir dushmanim, Goho, oʻz-oʻzimni sezganda tanho, Mashq ham qilmay turib chin otishmani, Uning huzuriga shoshaman goho; Davolab qaytaman har gal yangidan Falak inʼom etgan oliy shukuhni – Hayot oʻqlarining turfa zangidan Omon qolayotgan omonat ruhni. she’ri
ادامه مطلب ...
16 908
52
Hali koʻrmaganlar bor ekan! Koʻrish uchun havola ustiga bosing👇 https://youtu.be/qEWfWQay2Io?feature=shared https://youtu.be/qEWfWQay2Io?feature=shared
16 740
27
Hali koʻrmaganlar bor ekan! Qayta yuboraman, koʻring👇
Qandli diabet, yog'li gepatoz, qabziyatni davolaydi (Ilmiy asosda) | Doctor Feruz
📕 Grechkali non kitobi: https://bit.ly/kitobni_olish Men doctor Feruz, Taomlanish ilmi doktoriman. 10 yildan beri insonlarga ovqatlanish odatlarini ijobiy tomonga o’zgartirib, ongli ozishiga yordam berib kelaman. Blogimda cheklovlarsiz, sport mashqlarisiz va dorilarsiz samarali ozishni o'rgataman. Yeb-iching, ME’YORni unutmang! Bu yerda ham kuzatib boring: TELEGRAM: https://t.me/doctorferuz INSTAGRAM: https://instagram.com/doctorferuz TikTok: https://tiktok.com/@doctorferuz 00:00 — Bu mahsulot… 00:30 — Grechkani glikemik indeksi (GI) qancha? 00:34 — Qandli diabet va insulinrezistentlikda qoʻrqmay yesa boʻladi 00:39 — Hujayralarni insulinga nisbatan sezgirligini oshirishi 00:48 — Grechkani boshqa foydalari… 01:21 — Qabziyat va giperxolesterinemiyaga yechim 01:39 — Jigarga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun 01:48 — Oqsilga kunlik ehtiyojni 30%ini qoplash uchun 01:56 — Temir tanqis anemiyasini davosi 02:08 — Gluten yeyish mumkin boʻlmaganlar uchun 02:22 — Tez qorishni oldini olib, organizmni yoshartiradi 02:40 — Har kuni grechka yeya olmaydiganlar nima qilishi kerak? Tadqiqot manbasi: https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0733521020303696
3
0
SUT BEBAHO ICHIMLIK Britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan tibbiyotga oid yangi tadqiqot oʻtkazildi. Unga koʻra, kuniga yarim litr sut ichish kishini qandli diabet, yurak kasalliklari va ichak bilan bogʻliq muammolardan saqlanishiga sabab boʻlar ekan. Olimlar sut xotira yoʻqolishi, erta qarilik kabi kasalliklardan saqlanish uchun kerak boʻladigan hayotiy vitaminlarning eng muhim manbai ekanini aniqladilar. Shuningdek, sutning kattalar uchun ham, bolalar uchun ham tibbiy foydalari koʻp ekan. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday deb marhamat qilgan: “Albatta, chorva hayvonlarida ham siz uchun ibrat bordir. Sizni ularning qornidan, goʻng va qon orasidan ichuvchilar uchun yutumli sof sut ila sugʻorurmiz” (Nahl surasi, 66-oyat). Alloh taolo sutni biz uchun ibratli ichimlik qilib qoʻydi. Uning foydalari, qayerdan kelishi haqida tafakkur qilib koʻrishimiz kerak. Alloh taolo tuya, sigir, qoʻy, echki kabi jonzotlarda sut ishlab chiqaruvchi murakkab jihozni yaratgani, sut goʻng va qon orasidan hech qanday najosat aralashmay pok holda chiqishi Uning azamatiga, qudratiga dalolat qiladigan koʻrinishlardandir. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Taom va ichimlikning oʻrniga oʻtadigan sutdan boshqa narsa yoʻq”. Imom Abu Dovud rivoyatlari. Manba: Pol Bregg vrach emas, hattoki tibbiyot hodimi emas. Yozuvchi va alternativ tibbiyot targʻibotchisi.
ادامه مطلب ...
15 282
125
Navbatdagi piar! Yuvib yeyavering. Uncha-muncha kirgan qurtlarni foydasi boʻlsa borki (oqsil), zarar berolmaydi. Sababi bu kabi qurtlar aerob (kislorodli) sharoitda yashaydi, hazm tizimini ichi esa anaerob (kislorodsiz). Qurtlar oshqozonni oʻzidayoq HCL kislota ta’sirida qovuriladi. Lekin nima boʻlganda ham yaxshilab yuvib, keyin iste’mol qilish kerak, bunga qoʻshilaman.
17 171
204
🍓 QULUPNAY SARATONDA YORDAM BERADI Qizilo'ngach saratoni, oshqozon osti bezi saratoni kabi eng halokatli tashxislardan biri hisoblanadi. Kasallik tashxisidan so'ng 5 yil umr ko'rgan bemorlar 20% dan kam, 80% dan ortigʻi esa oʻsha vaqtgacha bormas ekan. Bunday daxshatli statistika bizni bu kasallikni oldini olish, shuningdek, uning rivojlanishini iloji boricha tezroq to'xtatish va qaytarish haqida o'ylashimiz kerakligiga majbur qiladi. Bu borada olimlar rezavorlar bilan tajriba o'tkazishga qaror qilishdi. Qulupnay kukuni qizilo'ngach saratoniga hos ayrim o'zgarishlarga ega bo'lgan bemorlarga ta'siri bo'yicha o'tkazilgan klinik tadqiqotda, bemorlar yarim yil davomida har kuni 30-60 gramm muzlatilgan, quritilgan qulupnayni kukun shaklida iste'mol qildi (bu 400 gr tabiiy qulupnay miqdoriga to'g'ri keladi). Tadqiqotning barcha ishtirokchilariga boshlang'ich yoki o'rta bosqichdagi saraton oldi holati tashxisi qo'yilgan edi, ammo ajablanarlisi shundaki, 80% hollarda kasallikning regressiyasi (ortga chekinishi) qayd etildi. Saraton oldi o'zgarishlar esa kamroq aniqlangan yoki butunlay yo'qolgan. Ko'p miqdorda qulupnay iste'mol qilganlar guruhidagi ishtirokchilarning yarmi davolanishdan so'ng sog'ayib ketishgan. Qulupnay mavsumida toʻyib olish kerak. Bu yegulik antioksidantlarga va vitamin “C”ga juda boy. Faqat allergiyasi bor kishilar ehtiyot boʻlgani yaxshi, sababi tarkibidagi psevdoallergen — tiramin moddasini koʻp kirishi allergiya chaqirishi mumkin.
ادامه مطلب ...
14 772
183
KETO-DIYETAni soʻraganlar uchun Oʻqib chiqishingiz mumkin👇
11 966
68
Shirinliklarga boʻlgan talabni yoʻq qilish? Biroz tushunarsiz savol! Nima maqsadda yoʻq qilmoqchisiz? Ozish uchun boʻlsa bu harakatlar befoyda ekani isbotlanganiga 10,000 yil boʻldi. Organizmga uglevodlar kerak. Kerak boʻlganda ham, kunlik kaloriyani 55% ini tashlil qilish kerak, boʻlmasa muammo paydo boʻladi. 55% degani, masalan oʻrtacha statistik odam kunda 1600 kkal qabul qilsa, shuni 800 kkal’i uglevodlarga toʻgʻri kelishi kerak. "The Lancet" jurnalida e’lon qilingan 432 179 kishi o'rtasida o'tkazilgan, keng ko'lamli tadqiqotda uglevodlarni iste'mol qilish va o'lim o'rtasida bog'liqlikni aniqlangan. Tadqiqot natijasiga koʻra kunlik ratsionda 40% dan kam yoki 70% dan yuqori miqdorda uglevod iste'mol qilganlarda, shularni o'rtasidagi miqdorni, ya'ni 50-55% uglevod qabul qiladiganlarga nisbatan o'lim xavfi bir necha barobarga ortgan. Manba: "Shirinliklar yesam bo'lar ekanda?" deyishingiz mumkin? Albatta, nafaqat mumkin balki shart! Faqat me’yorni unutmang!
ادامه مطلب ...
12 190
65
🍿 Koʻrishingiz mumkin, joylandi!
637
3
🍿 20:00 da koʻrish mumkin boʻladi! 🎧 Bu videoni quloqchinlarda yoki kolonkada koʻrish tavsiya qilinadi! Premyerasi Youtube kanalimda👇 https://youtube.com/@doctorferuz
11 635
38
Arzon narsa qimmat boʻlib ketdi, Qimmat narsa arzon boʻlib ketdi… Shunday mahsulotlar borki, bozorda arzimagan narxga olishingiz mumkin. Lekin shu mahsulotlar tarkibidan gigant kompaniyalar kerakli (qimmatli) moddani ajratib oladida, yaxshigina summaga pullashadi. Huddi shunday mahsulotlardan biri haqida video olgan edik, bugun tayyor boʻladi, kechga Youtube’ga joylaymiz. Shu birgina mahsulot bilan koʻplab muammolarni bartaraf qilishingiz mumkin, jumladan: - kamqonlikni - qabziyatni - gepatoz va jigar sirrozini - jinsiy zaiflikni va hokazo… Bundan tashqari qarilikni tezlashtirishga javobgar genlarni bloklaydigan moddalarni ham oʻzida saqlaydi. Bu esa uzoq yillar yosh koʻrinishingiz, a’zolar ham yosharishi mumkin degani. 20:00 da premyerasi boʻladi!
ادامه مطلب ...
12 904
28
Taomlanishga oid qanday savollaringiz bor? Pastda yozib qoldiring, koʻpchilikka foydali boʻladigan va qiziq savollarga post shaklida javob berib boraman.
12 086
7
11 039
2
Kanal avatarkasi yana oʻzgaradigan boʻldi. Shunga koʻzni oʻrgatasizlar endi😉 Bundan keyin tez-tez foydali postlar chiqarishga harakat qilamiz.
37
0
Shirin gazli ichimliklarni “foydasi” Shunaqa ichimliklarni muntazam ichib yuradigan yaqinlaringizga yuboring)

IMG_2575.MP4

17 450
255
@taomlanis_ilmi logosi o'zgaryapti...
14 015
2

Kletchatka nima ekanini bilasizmi?

Ha 😎
Yoʻq 😔
Birinchi bor eshitishim 😳
280
رأی دادن ناشناس
15 103
3
Oftob chiqdi olamga, Yugurib bordim holamga. -Hola, hola kulcha ber! Holam dedi: -Oʻtin ter! E’tibor bersam, shu she’rdan ovqatlanishda yaxshi odatlarni shakllantirish uchun nozik uslub bor ekan. Tahlil qilib beraman. 1. Jiyani holasidan kulcha soʻraganda “mana, ol” demayapti, balki kulchaga ega boʻlish uchun mehnat qilish kerakligini buyuryapti. 2. Kulcha bu uglevod. Holasi jiyaniga kulcha yesang semirib ketasan demayapti. Kulcha yeb ham semirmaslik uchun ozgina energiya sarflash kerakligini aytyapti, chunki oʻtin terib kelguncha bitta kulchalik energiyani sarflab qoʻyadi. 3. Mehnat qilib erishilgan yegulikni qadri boshqacha va mazasi shirin boʻladi. Bu bilan oʻsha yegulikka toʻyish (qanoat) hissi paydo boʻladi. Yeb toʻymaslikni eng asosiy sabablaridan biri — taomni mazasini bilmaslikda. Farzandlar “kooonfeeet” desa biz shartta beramiz, bu toʻgʻri emas. Lekin cheklash ham kerak emas, shunchaki soʻraganiga erishish uchun qandaydir foydali mehnatga undash mumkin. Masalan, “Mana shu ishni qilsang konfet beraman” kabi… Keyingi safar konfet yegisi kelsa oldida 2 ta yoʻl boʻladi: 1) konfet yeyish uchun mehnat qilish kerak. 2) mehnat qilgisi kelmasa konfet yemasligi kerak. Mana shu ongli tanlov! Shu yoʻl bilan farzandlarga ovqatlanishida “katta odam” shaxsiyat strukturasini shakllantirishimiz mumkin.
ادامه مطلب ...
15 234
84
Youtube’ga yuz terisini parvarish qilish boʻyicha video joylagan edim. Shu videodan keyin koʻpchilik tavsiyalarimizga amal qilib, ijobiy oʻzgarishlar boʻlayotganini bildiryapti. Lekin kosmetologga muhtojlar ham bor. Aslida har bir sohani oʻz mutaxassisiga koʻrinish eng afzali hisoblanadi. Oʻzboshimchalik qilib, muammongizni kattalashtirib yubormasdan kosmetologga uchrashing. Yuzingizga va undagi muammoga qarab muolaja qiladi. Oʻzim bilgan, uydagilar boradigan kosmetolog Nilufar Qurbonovani sizlarga tavsiya qilishim mumkin. Manzil: Toshkent, Farhod bozori yaqinida. Telefon qilsangiz tushuntirishadi. Telefon: 998903202282 Telegram:
ادامه مطلب ...
14 413
27
SARATON, MIYOMA, OYOQ KESILISHINI YENGGAN AYOL ▶️Youtube’da koʻrish uchun👇 https://youtu.be/-JDY_mZjbpo?feature=shared https://youtu.be/-JDY_mZjbpo?feature=shared
14 740
45
OCHOFATLIK yoki YETISHMASLIK? Balki YOMON ODATDIR? Izohlarda (rasmda) kelgan savolga javob! Bunga sabab koʻp. Eng asosiy sabablari esa 3 ta: 1. Vitaminlar, elementlar va oqsil yetishmasligi. Organizm toki bu moddalarni ehtiyojini qondirmagunicha talab qilaveradi. Bunday holatda mahsulotlarni har xil qilib yeyish kerak. Ayniqsa meva va koʻkatlar, sut va sut mahsulotlari (tvorog, pishloq) iste’molini koʻpaytiring. 2. Doim nimadir yeb turishga odatlanib qolish, ya’ni ovqatlanishdagi yomon odat. Agar shu sababli boʻlsa 14-17 kunda bu odatdan voz kechish mumkin. Buning uchun shuncha kun bu odatni qilmay turasiz, oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi. 3. Psixologik holat bilan bogʻliq. Bunda ovqatdan toʻliq rohatlanmaslikdan tortib, bazal psixologik ehtiyojlarni yopilmasligigacha boʻlishi mumkin. Shu sababli boʻlsa ovqatlanayotganda butun e’tiboringiz, fikr va diqqatingiz taomda boʻlishi kerak. Boshqa narsalarga (telefon, televizor, bolalarga va hokazo) chalgʻimaslik kerak. Psixologik ehtiyojlar esa katta mavzu. Shu aytganlarimga amal qiling, natijasini keyin aytasiz.
ادامه مطلب ...
18 153
75
Kommentni ochmaganimga ancha boʻlibdi. Sudyalik yoki advokatlik qilish, yana kimnidir kimgadir ozor berishi, bularni hammasiga sababchi boʻlib qolishim kabi tomonlarini oʻylab yopgandim. Odob-ahloq qoidalariga amal qilinsa ochiq turadi. Agar chegarasini bilmaydiganlar boʻlsa yozolmaydigan qilib qoʻyish qiyin emas. Ishonaman, bu kanalda hamma farosat ahllari😉 Hoʻsh, nima gaplar endi?😅
14 560
3
HAYIT KUNIDAN… Ramazon oyida oshqozon-ichak tizimida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Oshqozon hajm jihatdan kichrayadi, ichaklar, jigar faoliyati ancha tiklanadi. Lekin, mana shunday ijobiy oʻzgarishlarni Hayit kunidan katta miqdorda yeb-ichib yoʻqqa chiqarmang. Buni huddi uzoq vaqt mashq qilmay turib ogʻir yuklamali ish qilishga oʻxshatish mumkin. Bunda ovqat-hazm qilish tizimiga, jigarga kuch keladi. Yeb-iching, me’yorni unutmang!
15 990
41
🌙 Ramazon hayiti bayramingiz bilan! Baxtimizga kasal boʻlmang. Dardi borlarga komil shifo tilaymiz.
15 687
12
XURMO haqida 20 ta fakt 1. Xurmo yurak, jigar va buyraklarni mustahkamlaydi; 2. Tanadagi kislota muvozanatini saqlaydi; 3. Qonni oziqlantiradi, kamqonlik va gipertoniyada foydali; 4. Immunitetni oshiradi; 5. Ichaklardagi foydali mikroflorani saqlashga hissa qoʻshadi; 6. Oʻpka ishini ragʻbatlantiradi; 7. Yoʻtalni tinchlantiradi va balgʻamni koʻchiradi; 8. Yurak faoliyatini ragʻbatlantiradi; 9. Tonik va mustahkamlovchi vosita sifatida xizmat qiladi; 10. Uzoq davom etgan kasallikdan keyin kuchni tiklaydi; 11. Ortiqcha ishlash va jismoniy charchoqqa yordam beradi; 12. Qandli diabetda xurmo yeyish mumkin; 13. Saraton xavfini kamaytiradi; 14. Yuz nervining falajida yordam beradi; 15. Ayniqsa, homiladorlik davrida foydali, tugʻishni osonlashtiradi, organizm tomonidan sut ishlab chiqarilishini boshlanishiga hissa qoʻshadi; 16. 1 ta xurmoda taxminan 23 kaloriya bor; 17. Xurmo ozishni xohlovchilar uchun shirinliklar oʻrnini bosadi; 18. Xurmo miyaning nerv oxirlari rivojlanishiga yordam beradi; 19. Miya faoliyatini ajoyib tarzda ragʻbatlantiradi; 20. Inson uzoq vaqt davomida faqat xurmo yeyishi mumkin, undan barcha zarur ozuqa moddalar majmuasini oladi!
ادامه مطلب ...
24 012
400
Аgar siz Rossiyada yashab, ishlayotgan bo'lsangiz, siz muhim masalalar bo'yicha mutaxassis maslahatiga muhtoj bo'lishingiz mumkin. Bizda ajoyib yechim bor! Tinkoff Black – bu Rossiyada qulay yashash va ishlash uchun debet kartasi. Ushbu karta MDH mamlakatlariga tez va qulay pul o'tkazish imkonini beradi. PRO obunada, siz o'zbek, qirg'iz va tojik tillarida, ekspert maslahatlarini olishiz mumkin, rus tilida esa obunasiz: - qanday vaqtinchalik va doimiy yashash uchun ruxsatnoma va patent olish; - qanday qulay ish va uy-joyni topish; - qanday tibbiy sug'urtani olish; - va boshqalar. Eng muhimi – Tinkoff Black kartani olish uchun siz Rossiya fuqaroligiga ega bo'lishingiz shart emas! Tinkoff Black bilan hayotingizni engillashtirish imkoniyatini boy bermang! Kartani hoziroq ro'yxatdan o'tkazing va kerakli masalalar bo'yicha mutaxassisdan maslahat oling – Реклама. АО "Тинькофф Банк", ИНН NaN, лицензия ЦБ РФ № 2673, erid: 2VtzqwWDEQn
ادامه مطلب ...
5 349
7
DETOKSIKATSIYA TIZIMI — JIGARNI TOZALASHDA ENG SAMARALI USULLAR haqidagi videomizni birinchilardan koʻring! 🍿Marhamat👇 https://youtu.be/mC8R7DaTzQ4?feature=shared https://youtu.be/mC8R7DaTzQ4?feature=shared Videoni qayta joyladik😉
18 460
75
Videoni oʻchirishga toʻgʻri keldi, buning uchun uzr! Montajda bir joyida xatolik ketibdi. Ertaga toʻgʻirlab, qaytadan joylaymiz.
7 567
1
Youtube uchun yana bir olgan videomiz tayyor boʻlib qoldi. Birozdan keyin joylayman. Bu videoda jigarni yoshartirishni ilmiy-tasdiqlangan tibbiy usullarini bilib olasiz! Bu xabarga reaksiyalar bildirishingiz shart emas, youtube’dagi videoga like bossangiz boʻldi😉
16 999
5
Saharlikka nima yeyish kerak? Saharlik roʻzaning muhim qismidir. Bu vaqtda tana uchun kelgusi kunga energiya toʻplash uchun yaxshi imkoniyat. Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) ning hadislarida saharlikning ahamiyati haqida shunday deyilgan: “Saharlikka rioya qiling, albatta, unda baraka bor” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Avvalo, siz chanqoqni keltirib chiqaradigan ovqatlardan voz kechishingiz kerak. Bular shoʻr va dudlangan mahsulotlar, shuningdek qahva ham. Uni yashil choy bilan almashtirish yaxshiroq, qon bosimi past boʻlganlar uchun qora choyni novvot bilan yoki asal bilan isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Shirinliklarni, ayniqsa un mahsulotlarini haddan tashqari koʻp isteʼmol qilmaslik kerak. Bunday oziq–ovqatlar qisqa vaqt ichida hazm boʻladi, keyin ochlik hissi tez paydo boʻlib, organizmga ozuqa moddalarni toʻlaqonli bermaydi, shuningdek qonda qand miqdori ortib, ortiqcha tana vaznining koʻpayishiga sabab boʻladi. Saharlikka tarkibida donli yoki kepakli non boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Bugʻdoy yoki javdar unidan farqli oʻlaroq, bunday non tarkibida barcha kerakli elementlar, jumladan uning urugʻi va qobigʻi (kepagi) mavjud, ular tarkibida esa organizm uchun kerakli ovqat tolalari, turli xil vitaminlar boʻladi. Bu paytda doʻkondan nonni toʻgʻri tanlash juda muhimdir. Ikkinchi mahsulot – saharlikdagi asosiy taom – bu boʻtqalardir (kasha). Issiq va toʻlaqonli don va yormalardan tayyorlangan boʻtqalar roʻza tutgan kishiga uzoq vaqt ochlik hissini unutishga yordam beradi. Boʻtqalarni foydali xususiyatlari bilan bir qatorda, ular roʻza tutadigan kishi uchun juda muhim boʻlgan – oshqozon osti bezini koʻp miqdorda insulin ishlab chiqarishga majburlamaydi (bu xolat oq non va boshqa tez hazm boʻladigan ovqatlarni isteʼmol qilganda kuzatiladi), asta-sekin soʻriladi va uzoq vaqt davomida toʻqlik hissini beradi. Quritilgan mevalar boʻtqaga qoʻshib isteʼmol qilish roʻza tutadiganlar uchun foydali hisoblanadi. Bir osh qoshiq turli xil quritilgan mevalar aralashmasi barcha kerakli elementlar va vitaminlarni oʻzida saqlab, toʻyganlik hissini taʼminlaydi. Ayniqsa, mayiz va xurmo yeyish tavsiya qilinadi. Xurmo charchoqni ketkazishi maʼlum hamda uyqusiz tundan keyin juda muhimdir. Mayiz stressni yengillashtiradi. Shuningdek, boshqa quritilgan mevalar (anjir va boshqalar) ichak muammolarida yordam beradi. Yongʻoq vitamin va minerallarni oʻzida ideal saqlovchi, saharlik uchun yuqori kaloriya mahsulot hisoblanadi. Eng muhim qoidani — har bir mahsulotda meʼyor borligini unutmang! 
ادامه مطلب ...
23 500
232
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio