Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan soʻng, erkaklarga quyidagicha taʼrif beradi:
— Erkaklarni Yer sharining istalgan yerida uchratish mumkin;
— Ular sut emizuvchilar oilasiga mansub boʻlib, asosan, uylanish orqali koʻpayishadi;
— Ichmasa, odamlarga deyarli hujum qilmaydi;
— Goʻsht, tuxum, kolbasa, oʻpka, jigar, buyrak, kalla pochani sevib isteʼmol qilishadi. Baʼzan xotinlari pishirgan narsalar bilan ham oziqlanadilar;
— Feʼli oʻzgaruvchan boʻlib, necha yil umr koʻrishi xotiniga bogʻliq;
— Eng katta xatosi, xotini borligidadir;
— Erkaklar asosan 4 turga boʻlinadi: semiz, oriq, uzun va kalta.
— Ular soatiga 20-25 km tezlikda harakatlanadilar. Ichib olganda esa soatiga 50 sm tezlik bilan yuradilar;
— 20 yoshgacha boʻriga, 35 yoshgacha yoʻlbarsga, 40 yoshgacha sherga, 50 yoshgacha ayiqqa, undan keyin esa, musichaga oʻxshab qolishadi.
Eng asosiysi: Tabiatda uning yagona kushandasi - xotinidir. Xotinini koʻrganida tashqi koʻrinishida qizarish, qaltirash, til aylanmay qolishi, nafas siqishi va telefonidagi xabarlarni oʻchirishga urinish kabi salbiy holatlar kuzatiladi.
https://t.me/audioxikoyaادامه مطلب ...