الخدمة متاحة أيضًا بلغتك. انقر للترجمةعربسكا
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

all posts Alisher Sadullaev

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:  https://myurls.co/alisher_sadullaev  
نمایش توضیحات
180 084-900
~212 725
~60
114.67%
رتبه کلی تلگرام
در جهان
4 939جایی
از 78 777
در کشور, ازبکستان 
0جایی
از 0
دسته بندی
238جایی
از 2 793
همه انتشارات
Sizlarni butun dunyo eshitib tan bersin! 🎵“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining 2024-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan qaynoq video

file

184 727
232

file

36 857
54
Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube () , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi () obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan. Menimcha, hozirgi matbuot zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.
ادامه مطلب ...
289 753
95
❗️Muhim so’rovnoma! Sun’iy intellekt sabab kasblar krizisi, ishsizlik muammosi jiddiylashayotgan davrda yashayapmiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AI keyingi yillarda 20%dan ko’proq ishchi o’rinlarini egallashi mumkin. ❓Aynan shu mavzuga doir qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring! Soha mutaxassislaridan sizni qiziqtirgan savollarga birgalikda javob olamiz! 📌
185 198
87
"IQtidorli"oromgohida qatnashishingiz uchun TOP 5 ta sabab Oromgohda sizni ajoyib muhit, yangi tanishuvlar, zoʻr master-klasslar, foydali darslar va koʻplab qiziqarli jarayonlar 📌 Eslatib oʻtamiz,roʻyxatdan oʻtish jarayoni 1 kundan keyin yopiladi.
223 307
515
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladik Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Mutolaa” loyihasi doirasida “Mutolaa marafoni”ni oʻtkazish respublika miqyosida “O‘zbek ziyolilari”, “Kelajak liderlari” loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yosh ijodkorlar uchun grantlar ajratish, bolalar uchun milliy qahramonlar yaratish kabi bir qator rejalarimiz bor. Shuningdek, davlat xizmati uchun yosh kadrlar zaxirasini tizimli ravishda tayyorlash, davlat fuqarolik xizmatida yosh istiqbolli kadrlarning ulushi ortishi, yoshlar orasida davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi eskicha qarashlardan voz kechilishi, yoshlarning davlat xizmatidagi faolligi rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
ادامه مطلب ...
237 493
150
Magnus Carlsen 🔥

file

233 552
304
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi! Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim yo‘nalishi; - Imkon yo‘nalishi; - Madaniyat va san’at yo‘nalishi; - Ekologiya yo‘nalishi; - Media yo‘nalishi; - Sport yo‘nalishi; - Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi; - IT yo‘nalishi. 📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! Bizning sahifalarimiz: 🔹 🔹 🔹 🔹
ادامه مطلب ...
94 354
707
Yoshlar markaziga va‘da qilingan oʻzbek va jahon adabiyotiga oid eng sara kitoblar yetib bordi Yaqin kunlar oralig‘ida Samarqand viloyatidagi yoshlar muammolarini o‘rganish chog‘imizda Paxtachi tumanidagi Yoshlar markazi uchun kitoblar sovg‘a qilishni va‘da qilgan edik. Bugun ushbu kitoblar o‘z manziliga yetib bordi. Kitoblar borganidan soʻng markazdagi kutubxonani koʻrib yuragim hayajonga toʻldi, safardan qaytgandagi charchoq va horgʻinliklar ham chiqib ketdi. O‘ylaymanki, Paxtachilik yoshlarimizning kitobxonligi yanada ortib berilgan bu imkoniyatdan unumli foydalanishadi.
ادامه مطلب ...

IMG_3120.MOV

231 573
92
“Sen nima uchun o’qiyabsan?” — Bu aslo oddiy savol emas! “Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin. Film havolasi: - Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying.

IMG_3261.MP4

554 938
2 598
🎼“Yoshlar ovozi” festivalining final bosqichi boshlanish arafasida start olgan tanlovda yoshlarimiz 4 bosqichli sinovlardan o’tib, final bosqichiga yetib keldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tanlovning final bosqichini o’tkazishda mezbonlik qiladi.

Kutib olish TG.mp4

209 752
60
Samarqand o'rganishlar davom etmoqda ⚡️Respublika komissiyasi ishchi guruhi bilan Samarqand viloyatidagi o'rganishlarimizda Paxtachi tumanida viloyat hokimi tashabbusi bilan ochilgan Yoshlar markazi bilan tanishdik. 📚Mazkur maskanda xorijiy tillar, zamonaviy kasblar o'rganayotgan yoshlar hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik.

Sa'dullayev Samarqand tg.mp4

249 413
190
Endi mahallangizga sport maydonchasini o'zingiz sovg'a qilishingiz mumkin! 🗣O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo'yicha tanlov o'tkazilmoqda. Sport maydonchalari ovoz berish yo'li bilan g'olib bo'lgan mahallalarga qurib beriladi. ❗️Ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi. ✅ Loyihamizda faol ishtirok eting va mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib oling! | | | |
ادامه مطلب ...

Sport Vazirligi 4K comm.mp4

604 689
3 372
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni, grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish
ادامه مطلب ...
361 150
2 495
🎗Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas! Yurt tinchligi, xalq farovonligi va ozodligi uchun kurashgan ajdodlarni xotirlash, nuroniylarni eʼzozlash va ularga munosib avlod bo‘lish har birimizning oliy burchimiz. 🇺🇿Tinchligimizga ko‘z tegmasin! Bizning sahifalarimiz: 🔹 🔹 🔹 🔹

9_may_rolik_uzb tg.mp4

265 569
333
❤️🌳Bugun turmush o'rtog'im Xafizabonu, qizlarim Sadiaxon va Hamidabonular bilan xiyobonlarni aylandik. Imkon bo'lishi bilan qizlarimning kelajagi uchun ularga yangi bilimlarni o'rgatishga, erinmasdan barcha savollariga javob berishga harakat qilaman. Albatta bularning hammasi kelajakda ular yurtimiz manfaati uchun xizmat qiladigan olima, adiba qizlardan bo'lib ulg'ayishi yoki shunchaki baxtli insonlar bo'lishlari uchun qilingan harakatlardir.
256 945
188
Rahmat, yigitlar! 🇺🇿 Umarali, hammasi hali oldinda.
265 465
45
🔥Nodirbek Abdusattorov yana chempion 🇺🇿Nodirbek "Tepe Sigeman 2024" turniri g'olibligini qo'lga kiritmoqda. ⚡️U taybrekda Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag'lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi. 🤝"Uzchess" Nodirbekni bu katta muvaffaqqiyat bilan tabriklaydi va keyingi ishlarida omad tilab qoladi
303 138
267
O'zbekiston finalda! Bugun U-23 Osiyo kubogi finalida U-23 olimpiya terma jamoamiz U-23 Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 🏟 Uchrashuv 3-may Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Jassim bin Hamad Stadium” stadionida boshlanadi. O'yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin. ✊🏻Yigitlar omad yor bo‘lsin!
202 323
337
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi 🔈 Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda. STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz. ✉️ ⬅️ ⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz. Batafsil:
ادامه مطلب ...
384 008
2 161
⚡️ Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda. STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz. ✉️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish ⬅️ ⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz. Batafsil:
ادامه مطلب ...
1
1
“Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionatida—ayollar o‘rtasida Umida Omonovaga eng yuqori oʻrin hamda 7,5 ming AQSH dollari, erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin va 15 ming AQSH dollari Javohir Sindarovga nasib etdi. Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etgan “Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Tezkor yo‘nalishda erkaklar guruhida 24 nafar, ayollar guruhida 18 nafar shaxmatchilarimiz davra tizimi bo‘yicha bahslashdilar. Gʻoliblar Oʻyinlar esa, doimgidek loyihasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarda sharhlanib borildi. 💐Musobaqada ishtirok etgan barcha ukalarimiz va singillarimizni, ularning ota-onalarini chin yurakdan samimiy qutlayman!
ادامه مطلب ...
246 543
98
⚡️ Birozdan soʻng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining forum yalpi majlisidagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining va dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qiling.
251 210
60
🌎 "WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi. Mukofot jamg'armasi 375 million! 🌎 O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi. 📈 tomonidan bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi. G'oliblar: 🔢- o'rin 150 mln. so'm; 🔢- o'rin 125 mln. so'm; 🔢- o'rin 100 mln. so'm. 🖥 Marafonda ishtirok etish uchun orqali so'rovnomani to'ldiring. Batafsil ma'lumotlar: 🔵 🤖 📞+998330007133
ادامه مطلب ...
304 267
876
⚡️ Obunachilarimizga savol! Futbol boʻyicha Olimpiya terma jamoamizning qaysi futbolchisi dastxati tushirilgan koptokni yutib olishni istar edingiz? Keyingi post javoblaringizga bogʻliq...
69 071
23
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir. Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Butun O‘zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g‘alabalar tilaydi, aziz bolalarim!
ادامه مطلب ...
262 289
250
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir. Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Butun O‘zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g‘alabalar tilaydi, aziz bolalarim!
ادامه مطلب ...
1
0

file

104 917
232
"Bugun hakam judayam bir odilona boshqarayapti o'yinni" Davron Fayziyev
371 041
92
Respect Indoneziya va O'zbekiston oldinda! Yigitlar vaqtida uyg'onishdi. Bizga turtki kerak edi. Uyg'onish turtkisi)
115 464
32
Omad kelsa shuncha kelar-da!
228 865
30

Kim g'olib bo'ladi?

Shubhasiz, O'zbekiston
Indoneziya...
G'olib penaltilar seriyasida aniqlanadi
0
رأی دادن ناشناس
272 780
129
⚡️Parij olimpiadasi va final uchun asosiy o'yin Bugun U-23 Osiyo kubogining yarim finalida O'zbekiston olimpiya terma jamoamiz Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. 🏟 Uchrashuv 29-aprel Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Abdulloh Bin Xalifa” stadionida boshlanadi. O'yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin. ✊🏻Yigitlarga omad yor bo‘lsin!

video_2024-04-29_11-11-39.mp4

282 263
295
"Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik. Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik. Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi. Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik. Mana, shu turkumdan birinchi film: Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
ادامه مطلب ...
"Qo‘rqma" | Film
"Qo‘rqma" filmi "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi bo‘lgan Javlon Jovliyevning ayni nomli asariga asoslanadi. Rejissor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan. "Mutolaa" loyihasi o‘zbek adabiyoti targ‘iboti uchun "Kitob-kino" yo‘nalishida filmlar suratga olishda davom etadi.
540 039
1 016
🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyoda kuchli uchlikda! Jamoamizga O'zbekistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida esa ulkan g'alabalar tilab qolamiz!
239 091
106
O'zbekiston U23 olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi 2:0. Futzalda esa o'yin yonmoqda, dramatik jang O'zbekiston kuchli Eronga qarshi, hozircha 3:3.
271 264
75
⚡️“Mutolaa” jamoasidan menga kreativ taklifnoma keldi.  Sun’iy idrok orqali tayyorlangan bo‘lsa-da, jadidlar otasi Behbudiyning o‘tli so‘zlari, tilaklari, loyiha taqdimotiga chorlovini tinglash shunchaki ajoyib. Men jamoaning kitobxonlikka yangicha yondashayotganidan, milliy tariximiz, qadriyatlarimizni zamon bilan uyg‘un ko‘rayotganlaridan xursandman. Loyihaning teatrlashtirilgan taqdimoti hamda “Qo‘rqma” filmi premyerasini Youtube sahifamiz orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Yana bir ajoyib loyiha barchamizga muborak Taqdimot va premyerani
ادامه مطلب ...

file

392 902
409
Kuni kecha, U-23 Osiyo kubogida guruh g'olibligi uchun olimpiya terma jamoamiz U-23 Vetnam olimpiya terma jamoasini 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda biror marta mag'lubiyatga uchramay birinchi o‘rinni egalladi. Parij-2024 Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma uchun juda yaqin qoldik. Bugun esa futzal bo'yicha Osiyo kubogi 1/4 uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24-aprel Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bangkok” arenasida boshlanadi. Siznincha, bugun hisob qanday bo'ladi?
ادامه مطلب ...
1
0
Kuni kecha, U-23 Osiyo kubogida guruh g'olibligi uchun olimpiya terma jamoamiz U-23 Vetnam olimpiya terma jamoasini 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda biror marta mag'lubiyatga uchramay birinchi o‘rinni egalladi. Parij-2024 Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma uchun juda yaqin qoldik. Bugun esa futzal bo'yicha Osiyo kubogi 1/4 uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24-aprel Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bangkok” arenasida boshlanadi. Siznincha, bugun hisob qanday bo'ladi?
ادامه مطلب ...
255 269
86
Bugun U-23 Osiyo kubogida guruh g'olibligi uchun milliy terma jamoamiz U-23 Vetnam milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 23-mart Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Khalifa International” stadionida boshlanadi. ✊🏻Yigitlarga omad yor bo‘lsin!
269 199
158
“Assalom, xush omaded!” "Sinchalak" — bu loyiha orqali bugungi kunda rasmiy jarayonlardan rasmiy tarmoqlar orqali e'lon qilinmagan qiziqarli videolar berib boriladi. Davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifini o’zgarcha rakursda, norasmiy kontentda ko’rishni tavsiya qilaman. Ushbu videoni batafsil ko'rish uchun havola: https://youtu.be/K_AH4H6kqeA?si=E_yyVJTnwSfinrno
81 155
70
Tez orada, Mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun amalda qo'llab yaxshi natijaga erishsa bo'ladigan ko'plab yangi loyihalarni e’lon qilamiz Jamoamiz bilan birgalikda mahallalardagi yoshlar yetakchilarini faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida uzoq hamda qisqa muddatli strategik vazifalar, loyihalar hamda 1-chorakda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildik. Tan olish kerak, hal etilishi kerak bo'lgan va yechilmagan muammolar bir talay. Lekin barchasini bosqichma-bosqich bartaraf etishni imkoni ham bor. Yoshlar yetakchilari faoliyatingizga oid takliflaringiz bo’lsa, izohda qoldiring!
ادامه مطلب ...
261 826
207
“Mutolaa” – eng sara kitoblarning elektron, audio hamda video shaklidagi sifatli va tizimli platformasida yangi kitoblar joylandi. Mutolaa loyihasi foydalanuvchilari soni hozirga qadar 248 mingdan nafardan ortgan bo’lsa, platformada 290 nafarga yaqin mualliflarning 501 ta audio, 576 ta elektron kitoblari joylashtirilgan. O'qilayotgan kitoblar soni esa 442 772 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida 3 ta kitob-kino formatida hujjatli-badiiy film suratga olingan bo’lib, “Qo’rqma” kitobi asosida tasvirga olingan film ispan, rus va ingliz tillariga dublyaj qilindi. Siz hozirda qaysi kitobni o'qimoqdasiz?
ادامه مطلب ...
327 772
519
267 014
78

file

322 078
459
Yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan yirik loyihalar haqida suhbatlashdik Kuni kecha, Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Abdurashidovich bilan yoshlarni kitobxonlikka yanada qiziqtirish, ma'naviyatini yuksaltirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir necha loyihalar ustida fikrlar almashdik. Tez orada, “Mutolaa marafon”, “O‘zbek ziyolilari”, “Kelajak liderlari” loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yosh ijodkorlar uchun grantlar ajratish, bolalar uchun milliy qahramonlar yaratish kabi bir qator maqsad va vazifalarni belgilab oldik. Yoshlarimiz uchun yana qanday kreativ loyihalarni amalga oshirishimizni istagan bo'lar edingiz? takliflaringiz bormi? Izohlarda fikr almashamiz👇
ادامه مطلب ...
274 895
112
⚡️Hurmatli obunachilar kanalimiz faoliyatini rivojlantirish va yoshlar bilan ko'proq muloqot qilish maqsadida 3 oy muddatga 10ta telegram premium sovg'a qilayapman. Kelajakda obunchali uchun 25 ta premium va 25ta kitob sovg'a qilmoqchimiz. Sizlardan faqat faollik!
243 058
112
499 644
1 479
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga keldi. Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Davlatimiz rahbari “Do’stiy” maydoniga tashrif buyurib, “Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo’ydi. Shundan so’ng Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag’ishlangan tantanali marosim samimiy va do’stona ruhda o’tdi. @alisher_sadullaev
ادامه مطلب ...
277 335
113
⚡️Yangi bir tajribani yo'lga qo'ymoqchimiz. Obunachailarimiz ichida qaysi OTM talabalari ko'proq bo'lishsa va qiziqarli taklif hamda tashabbuslar bildirishsa, avvalo o'sha OTMga jamoamiz bilan boramiz. Talabalar uchun yaxshigina rejalarimiz bor) Izohlarda javobingizni kutamiz
284 410
347
Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi raisi, akademik Oqil Umrzoqovich taklifiga binoan an’anaviy uchrashuvlardan voz kechib yoshlarimiz bilan samimiy suhbat qurdik Biz orzularimiz, rejalarimiz, xavotirlarimiz, umidlarimiz, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va kelajakda mamlakat farovonligini ta'minlashda har birimizning o'rnimiz haqida suhbatlashdik. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan masofani yanada yaqin qilishga, samimiy va noan’anaviy munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi. Obunachilarimiz orasida talabalar bormi? Yana qaysi oliy ta'lim muassasalariga borib talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazishimizni xohlar edingiz? Izohlarda qoldiring👇
ادامه مطلب ...
263 704
106
Umid… 🤎 Tushunmaysiz.. Otasiz va yo‘qchilikda  katta bo‘lish hissini, toki shunday hayotda yashab ko‘rmaguningizcha, tushunmaysiz.  😊 “IBRAT farzandlari” shu kabi oilalarga biroz bo‘lsa-da yordam bera olsa demak, loyiha oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlaridan biriga erishgan deyishimiz mumkin. Ilovani yuklab oling: Play Market | App Store

IMG_2630.MP4

404 605
1 448
⚡️Qadrli yoshlar, endi kitob o'qib sovg'asiga elektromobil yutib olishingiz mumkin! Obunachilarimiz ichida kitobxonlar bormi?
276 004
195
Qadrli yoshlar, endi kitob o'qib sovg'asiga elektromobil yutib olishingiz mumkin! “Yosh kitobxon” tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etayotganini ma'lum qilamiz. Endilikda, barcha adabiyotlarni siz nafaqat elektron shaklda o'qishingiz balki ilovasi orqali audioshaklda ham tinglashingiz mumkin. Final g‘oliblariga esa Prezident sovg‘asi elektromobil nasib qiladi. 🤝Imkoniyatdan samarali foydalanib hoziroq @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting! 😊 “Mutolaa” ilovasini yuklab olish:
ادامه مطلب ...
215 942
823
“Toshkent – MDH yoshlar poytaxti” Bugun poytaxtimizda bo’lib o’tgan forumning 1-kun tafsilotlari

1-kun MDH ful TG+.mp4

231 961
113

file

486 781
273
“Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” deb e'lon qilindi! Bugun poytaxtimizda “Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” forumi start oldi. Tadbir an'anaga muvofiq xorijiy delegatsiya aʼzolarining “Yangi O‘zbekiston” monumenti ostiga gul qo‘yib, bog‘ hududidagi daraxt ekish marosimida ishtirok etishlaridan boshlandi. Ayni vaqtda esa Yoshlar ijod saroyi loyiha doirasidagi taqdimotlar, texnologik ko‘rgazma, hunarmandchilik va tadbirkorlik ko‘rgazmalariga mezbonlik qilmoqda. Forum doirasida MDHga aʼzo davlatlar yoshlar jamoat tashkilotlari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha panel sessiyalarida muhokamalari bo‘lib o‘tadi. 🤝Toshkent yoshlarni sevadi. Yoshlar, do‘stlik, tinchlik va taraqqiyot uchun birlashaylik!
ادامه مطلب ...
262 787
96
“Toshkent – MDH yoshlar poytaxti” Aziz yoshlar, joriy yilning 15-16 aprel kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda MDHga a’zo mamlakatlarning yoshlar tashkilotlari rahbarlari va yoshlari sifatli ta’lim, fan, innovatsiya, volontyorlik va ekologiya sohalari bo’yicha ma’lumot almashadilar. Shu bilan bir qatorda, yoshlar loyihalari taqdimotlari, texnologik ko’rgazma, hunarmandchilik va tadbirkorlik ko’rgazmalari ham tashkil etiladi. 🤝Toshkent yoshlarni sevadi. Yoshlar, do’stlik, tinchlik va taraqqiyot uchun birlashaylik!
ادامه مطلب ...

Promo 5TG.mp4

259 795
144
Respublika “Bo‘zatov FEST” tanlovining hududiy bosqichlari boshlanmoqda Prezidentimiz tashabbuslari bilan o’tkazilib kelinayotgan tanlovining hududiy bosqichi 15-apreldan 30-aprelga qadar davom etadi. Bu yil uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uch yosh toifasida (10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh) an’anaviy ijro, baxshichilik, opera va estrada yo‘nalishlarida bellashadilar. Tanlovning respublika bosqichi may oyining oxirida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish va yosh toifasida 1-o‘ringa 50 million so‘m, 2-o‘ringa 30 million so‘m hamda 3-o‘ringa 20 million so‘m pul mukofoti beriladi.
ادامه مطلب ...
380 896
370
Xabaringiz bor, ayni paytda respublikamiz bo'ylab 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining mahallalararo sektor bosqichi bo’lib o’tmoqda Mazkur turnir quyidagi bosqichlarda: ➖ I bosqich — mahallalararo sektor saralash musobaqalari 2024-yilning aprel-may oylarida; ➖ II bosqich — sektorlararo tuman, shahar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun oyida; ➖ III bosqich — tuman, shaharlararo bo‘yicha hududiy saralash musobaqalari iyul oyida; ➖ IV bosqich — hududlararo Respublika bo’yicha final musobaqalari avgust oyida o’tkaziladi. ✊Har yili an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha sportsevar yoshlarimizga omad tilaymiz!
ادامه مطلب ...

DXX kubogi-2024_TG.mp4

528 526
613
🇺🇿 O'zbek, bir millatning farzandi bo'lib "qaysi buyuk g'oya uchun yashayapsan?" deb so'rasalar. Javobim: Buyuk O'zbekistonning bir farzandi dunyoga kelsin; 1. Vatanini sevsin (ota-ona, oila, yurt va yaqinlari, atrofdagilarga sadoqatli bo'lsin) 2. Bir hunar va kasbning ustasi bo'lsin (kitob o'qisin, sohaning eng zo'ri bo'lsin kim bo'lsa ham, o'qituvchimi, shifokormi xoh dasturchi xoh g'isht teruvchi) 3. Chet tillarini yaxshi bilsin, tanqidiy fikrlashni o'rgansin, bir ish qilsa mushoxada va tahlil bilan amalga oshirsinlar. Aql bilan ish yuritsin, farosatiga dunyo tan bersin. 🇺🇿🌳 Bizning maqsadimiz shu — salohiyatli, o'z avlodiga munosib mulk va nufuz qoldiradiganlardan bo'lish.
ادامه مطلب ...
298 591
325
Qadrli hamkasblar, Aziz yoshlar! Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz. 🌙 Bayram shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon bo‘lsin!
ادامه مطلب ...
310 061
875
9-aprel - Amir Temur tavallud topgan kun! Oʻrta asrlarning buyuk turk askari va qoʻmondoni, davlat arbobi, Temuriylar imperiyasi asoschisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, o'tmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qo'mondonlaridan biri, Temurlilar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi buyuk davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to’ldi. Sohibqiron dunyoning 27 mamlakatni bo'ysundirib, markazlashgan davlat bunyod etgan. Taxminan mingdan ortiq jang o‘tkazdi, ularda zafar hamisha Sohibqiron tomonida bo‘ldi. Biz yoshlar bobolarimiz yodini abadiylashtirish uchun, ularga munosib avlod bo'lish uchun harakatdan, bilim olsihdan to'xtamasligimiz lozim.
ادامه مطلب ...
270 575
240
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladilar.
262 965
91
Bir daqiqa vaqtlaring ham behuda o’tmasin, men har doim aytaman sizlar O’zbekiston kelajagisizlar, farzandlarim! Jizzaxda amalga oshmagan armonlarim bor, Jizzax yoshlaridan umidim katta—Shavkat Mirziyoyev.

IMG_0441.MP4

465 956
413
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida barpo etilgan Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdilar. - Bugun Jizzaxning koʼp joylarida boʼldik, yangi loyihalarni boshladik. Аlbatta, viloyatning iqtisodiyoti, bunyodkorlik koʻlami avvalgidan ancha yuqori. Lekin eng muhim yutuq - yoshlarimizning harakati, niyati, oʼziga ishonchi. Biz belgilab olgan Strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz, - dedilar Prezidentimiz.
260 985
119
Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalarda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.
279 013
110
Xalqaro imtihonlarda muvaffaqiyat qozongan yoshlarga kompensatsiya berilayotganidan xabaringiz bormi? Xalqaro imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari uchun 51 mlrd so‘mga yaqin to‘lovlar qoplab berildi. Shartlari oddiy – talabgor imtihonda 70% dan ortiq natija ko‘rsatsa kifoya. Masalan, IELTS da 7 yoki undan baland ball to‘plash talab etiladi. Muhim jihati, 2021-yilda 2 833 nafar yoshga 5,5 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan bo‘lsa, 2024-yil 1-aprel holatiga bu ko‘rsatkich 5763 nafar yoshga 10,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ya’ni bir chorakdagi natijalar butun yilga nisbatan karrasiga ortgan! Bu – til o‘rganayotgan, xalqaro darajada bilim egallayotgan yoshlarimiz soni muntazam ortib borayotganidan dalolat. Eslatib o‘tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib. Yuklab oling: |
ادامه مطلب ...
364 201
1 072
⚡️ Bugun "mutolaa" jamoasi bilan yaqin kelajakdagi rejalarni muhokama qildik. Tez orada e'lon qilinishi kutilayotgan loyihaning o'ziga xos taqdimoti, bolalar uchun yangi adabiyotlar va yosh ijodkorlarning tashabbuslari bilan tanishdim. Aytgancha, mutolaa loyihasida Siz ayni damda qaysi kitobni o'qiyapsiz/tinglayapsiz?
310 307
152
⚡️ Bugun "" jamoasi bilan yaqin kelajakdagi rejalarni muhokama qildik. Tez orada e'lon qilinishi kutilayotgan loyihaning o'ziga xos taqdimoti, bolalar uchun yangi adabiyotlar va yosh ijodkorlarning tashabbuslari bilan tanishdim. Aytgancha, mutolaa loyihasida Siz ayni damda qaysi kitobni o'qiyapsiz/tinglayapsiz?
1
1
⚡️ Bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni kashf etish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Mavzu” onlayn olimpiadasiga start bergandik. ❓ Bugun olimpiada haqida tez-tez berilayotgan bir qancha savollarga javob beramiz. 1. Olimpiada nima uchun Telegram orqali o’tkazilmoqda? Sababi, Telegram ko’pchilik uchun qulay hamda bu platformani ishlatish katta internet tezligi talab qilmaydi. 2. Qolgan fanlar bo’yicha ham olimpiada o’tkaziladimi? Albatta, tez orada olimpiadaga boshqa fanlar ham qo’shiladi. Qaysi fanlar bo’yicha o’tkazilsa sizlarga qiziqroq? Izohlarda yozib qoldiring! 3. Maksimal ball 40 ball bo’lsa, nega bundan yuqori ball berilgan holatlar kuzatilmoqda? Bir vaqtning o’zida juda ko’p ishtirokchilar test ishlagani uchun shu kabi holatlar kuzatilgan. Texnik xodimlar tomonidan holat o’rganilib, nosozliklar bartaraf etildi. 4. Olimpiada savollari internetdan olinganmi, javoblar internetda bormi? Olimpiada uchun maxsus savollar bazasi ishlab chiqilgan bo’lib, murojaatlardan so’ng tashkiliy jamoa savollarni qayta nazoratdan o’tkazdi. Savollar ekspertlar ishtirokida aynan mana shu olimpiada uchun tuzilgan. Yana qanday savollaringiz bor? Yozib qoldiring👇 ✊Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!
ادامه مطلب ...
313 464
250
Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin! Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin. Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fanni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin. Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlash imkoni bor. Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi. Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!
ادامه مطلب ...
838 521
5 720
♟Hamma shaxmatni yaxshi ko'rar ekan) Murojaatimiz o'z manziliga yetib bordi. Do'stona hamkorligimiz davom etadi.
100 394
23
#Chellenj 🌿Mamlakatimiz bo’ylab ayni vaqtda “Yashil makon” umummilliy loyiha ayni qizg’in davrida. Biz ham yaqinda jamoa bilan Toshkent shahar Yangi hayot tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida 500 ga yaqin pavloniya daraxtlar ekdik. 🌳Daraxt ekishdan avval, suv bor, parvarish qilish imkoni bor yerni topish oson bo'lmadi. Toshkent shahrida yana bitta mo'jazgina bog'imiz bo'ladi.

IMG_3407.MP4

342 084
187
💥 100 mingdan ko'proq kitobxonlar mutolaa orqali elektron va audio kitoblarni o'qishmoqda. 👉
570 540
445
105 808
132
"Uzchess" loyihasi tomonidan Bloger va influenserlar o’rtasida “Uzchess media ligasi” tashkil qilinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarga ega bloger va influenserlar endi o'zlarining shaxmat qobiliyatlarini "Uzchess" bilan sinovdan o'tkazishadi. Do'stlar, o'yinlarni jonli kuzatishni istasangiz ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting. Turnir 30-mart soat 14:00 da Kreativ park binosida bo'lib o'tadi.
549 528
239
Bolalar uchun yangi kutubxona Samarqand viloyati Payariq tumani O'ymovut mahallasi yoshlari bilan muloqotda mahalladagi 61-umumta'lim maktabi o'quvchilari va kutubxonachisi maktab kutubxonasidagi kamchiliklar va kitoblar yetishmayotgani bo'yicha murojaat qilishgan edi. Yoshlarning bilim olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida kutubxonani qaytadan ta'mirlab, kitob javonlari, kompyuter va konditsioner o'rnatgan holda 1000 dona kitoblar to'plamini sovg'a qildik.
ادامه مطلب ...

Bolalar uchun yangi kutubxona tg.mp4

281 452
173
Shunday ulug' kunlarda mehrimiz va mehnatimiz bilan yana bir “Yoshlar bog‘i” ni qad rostlashiga o'z hissamizni qo'shdik Bugun Toshkent shahar Yangi hayot tumanida joylashgan “Marhamat” mahallasida 200 dan ortiq iqtidorli va faol yoshlar, davlat mukofoti sovrindorlari, sportchilar, shaxmatchilar, yosh tadbirkorlar, volontyorlar, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida 425 tup pavloniya ko'chatlari ekildi. Pavloniya o‘sayotgan muhitiga qarab, har-xil balandlikda qad rostlaydigan, maksimal 30 metrgacha yetadigan hatto tarkibida 2% gacha ohak bo‘lgan quruq tuproqlarda ham o‘sadigan daraxt hisoblanadi.
ادامه مطلب ...
272 505
92
⚡️Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman. "Mutolaa" ilovasi yuklab olishlar bo'yicha Google Playning O'zbekiston ta'lim chartida 3-o'ringa chiqib oldi. Maqsadimiz shu yilning o'zida 1 million kitobxonlarga bepul audio va elektron kitoblarni taqdim qilish. Oldimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun katta marralar bor, birgalikda "kitobxon millat"ga aylanish nasib qilsin. Mutolaa qilish uchun ilovani yuklab oling: Play Market | App Store
759 499
3 149
📍 JCh-2026 saralash bosqichi 🇺🇿 Oʻzbekiston 3 – 0 Gonkong 🇭🇰 Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 yoʻllanmasi uchun yana bir qadam tashladi. 2-saralash bosqichining 4-turida Gonkongni qabul qilgan yigitlarimiz yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Parallel kechayotgan bahsda Eron Turkmanistonga magʻlub boʻlmasa, terma jamoamiz muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
267 740
153
Gooooollllll JCh 2026 saralash bosqichida milliy terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodov 20 daqiqada Hong Kong darvozasiga ilk golni kiritdi 🇺🇿Oʻzbekiston 1:0 🇭🇰 Hong Kong

IMG_3370.MP4

277 168
356
Vikipediyada 10 mingga yaqin yangi maqola kiritilib, 50 mingdan ziyod tahrir ishlari amalga oshirildi. Umumiy maqolalar soni esa, chorak million — 250 mingdan oshdi. 4-9-mart kunlari boʻlib oʻtgan “WikiOromgoh IV” da O‘zbekistondagi 130 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 182 nafar talaba ishtirok etdi. Olti kun davomida yoshlar tajribali Vikipediya administratorlaridan mahorat darslarini olish bilan bir qatorda, o‘zlarining ilk maqolalarini ham yaratishdi. Oromgoh yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘zbekcha Vikipediyada 10 mingga yaqin yangi maqola kiritilib, 50 mingdan ziyod tahrir ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich orqali o‘zbekcha Vikipediyadagi umumiy maqolalar soni chorak million — 250 ming oshdi. O'zbekcha Vikipediya teranligi esa 32,4 ko‘rsatkich oshgan. Vikipediyalar tarmogʻida 42-oʻrin koʻtarildik.
ادامه مطلب ...
259 397
122
Bugun JCh-2026 saralash bosqichida milliy terma jamoamiz Gong Kong milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. JCh-2026 saralash bosqichi 26-mart Toshkent vaqti bilan 19:30 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. ✊🏻Yigitlarga omad yor bo‘lsin! Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin.
92 136
217
“O‘zbekiston dunyoning eng oldi, eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylansin” – Prezident Shavkat Mirziyoyev samimiy tilaklarini bildirib, Namanganda iftorlik qildi.

IMG_8722.MP4

288 724
398
Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi davomida "Qumtepa" yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi Sanoat zonasida birinchi bosqichda 52 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Prezidentimiz mutasaddilarga sanoat zonasi maydonidan samarali foydalanish, yoshlarni va ishsiz fuqarolarni hunarga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sayxunobod tajribasi asosida 14 ta tumandagi 788 ta mahallaga iqtisodiy idoralarning rahbar va masʼul xodimlari biriktirilgan. Ular “mahalla yettiligi” bilan birga 557 ming xonadondagi imkoniyatlarni o‘rgangan.
ادامه مطلب ...

IMG_6738.MP4

450 752
197
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika ob'ektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi. Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.  
260 137
157
Yoshlar yilida kitobxon yoshlarimiz uchun yana bir yangi mega loyiha— “Qo‘rqma” asari asosida yaratilgan mazkur film premyerasini tez orada “Mutolaa” loyihasining YouTube sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. 😊 “Mutolaa” ilovasini yuklab olish: Play Market | App Store 🤝 Ushbu loyiha kitobxonlik uchun Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi loyihalardan biri boʻlishiga ishonamiz.

IMG_3239.MP4

877 270
5 026
Prezidentimizning “Mahalla tizimlari hodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofatlash” to’g’risidagi farmoni ham e’lon qilindi. Taqdirlangan faollar orasida: Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Birlik” mahalla yoshlar yetakchisi Mirzayev Sarvarbek Anvarbek o’g’li “Kelajak bunyodkori” medali bilan; Qoraqalpog’iston Respublikasi Tuproqqal’a tumanidagi “Navbahor” mahalla yoshlar yetakchisi Allaberganova Nafosat Ganjayevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani yanada quvonarlidir. Bugungi bayramingiz bilan mahalla tizimi xodimlarini samimiy qutlayman, mas’uliyatli ba serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman! Oliyjanob ishlarga bosh-qosh bo‘lib kelayotgan jonkuyar mahalla oqsoqollari, yoshlarni dardu tashvishi bilan beminnat xizmat qilayotgan yoshlar yetakchilariga samimiy minnatdorlik bildiraman.
ادامه مطلب ...
315 952
124
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini e’tirof etib, Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelishiga umid bildirdi.

NODIRBEK.mp4

569 207
642
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Yoshlik – inson umrining bahori, uning Navro‘z bayramidir. Yoshlik – odamzod kamolot osmonida yulduzdek charaqlaydigan bebaho davrdir. Yangi O‘zbekiston farzandlari – yuzlab, minglab o‘g‘il-qizlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan bu fikrni amalda isbotlamoqdalar. Ularning kuch-g‘ayrati, ezgu harakatlariga qanot berish maqsadida biz joriy yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildik. Bugungi kunda yurtimiz yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida, madaniyat va san’at, IT va sport yo‘nalishlaridagi nufuzli tanlov va festivallarda faol ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lib kelayotganlari barchamizni quvontiradi. Birgina misol. Navqiron sportchilarimiz o‘tgan yili Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning ushbu musobaqalardagi rekordini yangiladilar. Xabaringiz bor, yaqinda mashhur shaxmat grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to‘rtta shaxmatchining biriga aylandi. Kelinglar, shu ulug‘ ayyom kunda barchamiz astoydil niyat qilaylik: Nodirbekka tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelish nasib etsin! Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim! Butun el-yurtimiz sendan shu buyuk g‘alabani kutmoqda—dedi Prezident oʻz nutqida.
ادامه مطلب ...
1 782
9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Yoshlik – inson umrining bahori, uning Navro‘z bayramidir. Yoshlik – odamzod kamolot osmonida yulduzdek charaqlaydigan bebaho davrdir. Yangi O‘zbekiston farzandlari – yuzlab, minglab o‘g‘il-qizlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan bu fikrni amalda isbotlamoqdalar. Ularning kuch-g‘ayrati, ezgu harakatlariga qanot berish maqsadida biz joriy yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildik. Bugungi kunda yurtimiz yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida, madaniyat va san’at, IT va sport yo‘nalishlaridagi nufuzli tanlov va festivallarda faol ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lib kelayotganlari barchamizni quvontiradi. Birgina misol. Navqiron sportchilarimiz o‘tgan yili Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning ushbu musobaqalardagi rekordini yangiladilar. Xabaringiz bor, yaqinda mashhur shaxmat grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to‘rtta shaxmatchining biriga aylandi. Kelinglar, shu ulug‘ ayyom kunda barchamiz astoydil niyat qilaylik: Nodirbekka tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelish nasib etsin! Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim! Butun el-yurtimiz sendan shu buyuk g‘alabani kutmoqda—dedi Prezident oʻz nutqida.
ادامه مطلب ...
205 229
114
Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar! Barchangizga ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayyomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami muborak boʻlsin. Tinchlik va bag‘rikenglik elchisi bo‘lgan—Navro‘zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu-baraka olib kelsin! Navro‘z bayrami mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga, eng sevimli va ardoqli ayyomga aylangani bilan cheksiz faxrlanamiz.
ادامه مطلب ...
269 046
469
Davlatimiz rahbari Navro‘z shukuhi kezib yurgan Dilbuloq mahallasida bo‘ldi.

IMG_8579.MP4

296 382
357
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi sanoat va ijtimoiy soha obyektlariga tashrif buyurib, mahalladagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, Sergeli tumanidagi qariyb 76 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yoshlar bog’i”da jamoatchilik vakillari bilan birga bahorgi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.

IMG_8574.MP4

302 655
363
"Turonbank" Aksiyadorlik tijorat banki birinchilardan bo‘lib respublikamizdagi moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni ishga jalb etishni yo‘lga qo‘ygan. Bank tomonidan tashabbuskor yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlash, bilim hamda ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida maxsus strategiya ishlab chiqilgan. Quvonarlisi, bankda faoliyat yuritayotgan xodimlarning 35% ini yoshlar tashkil etadi. 2022-yilda “Turonbank stipendiyasi” loyihasi yo'lga qo'yilgan bo'lib, hozirga qadar 200 nafar talaba ushbu stipendiya sohibiga aylangan. Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga esa to‘lov kontraktlari ham to‘lab beriladi. Shuningdek, Turonbankning iqtidorli yoshlari Germaniya, BAA, Janubiy Koreya, Chexiya, Xitoy, Turkiya va boshqa qator davlatlardagi nufuzli taʼlim dasturlarida ishtirok etishlari ham taʼminlangan. Darvoqe, shaxmat olimpiadasi g‘olibi va xalqaro grossmeyster Jahongir Vahidov va bank o‘rtasida hamkorlik tuzilgan bo‘lib, Jahongir Vahidov hozirgi kunda ushbu bankning ambassadori hisoblanadi. 🤝Ishonamizki, bu kabi loyihalar yaqin kelajakda albatta o‘z samarasini beradi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida yaxlit klaster tizimini rivojlantiriladi. P.S. Yuqoridagi suratlar esa, Turonbankda faoliyat yuritayotgan yoshlarimiz bilan uchrashuvdan.
ادامه مطلب ...
299 748
273
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimizga yuqori daromad taklif etmoqda. 🖥 Hozirda ko'plab yirik IT kompaniyalarda 10 mingdan ortiq chet tillarini mukammal biladigan yoshlarga talab mavjud. Shu sababdan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimiz ushbu loyihada ishtirok etish mumkin! 📑Quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldiring. Siz bilan bog‘lanib, IT kompaniyalarga ishga joylashishingizga yordam beriladi. ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
ادامه مطلب ...
580 490
1 600
"Mutolaa" loyihasi tomonidan Erkin Vohidov qalamiga mansub “Arslon o‘rgatuvchi” she’ri O’lmas Temur (Abdurahmonov) ijrosi etildi. Marhamat, tinglab ko'ring. “Mutolaa” loyihasini eng faol targ’ib qilgan, izohlarda kitobxon do'stlarini belgilagan 10 nafar faol yoshlarimizga kitoblar to’plamini sovg’a qilamiz. 👉🏻Izoh yozish va targ'ibot qilish uchun: "Mutolaa" ilovasini yuklab olish uchun : Play Market: 👉🏻 App Store: 👉🏻
ادامه مطلب ...

Arslon o‘rgatuvchi.mp4

596 891
1 153
Farzandingiz yoki do'stlaringiz professional shaxmatni bepul o'rganishini xohlaysizmi? 👉🏻Izoh yozish va shaxmat darslarini boshlash uchun: ♟Shaxmat ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan yangilik. 5 karra O'zbekiston chempioni, xalqaro shaxmat ustasi Bobur Sattorovdan shaxmat bo'yicha Strategiya darslari boshlandi. Shaxmatni o'rganayotgan va shaxmatchi tanishlaringizni izohlarda belgilang. 3 nafar eng yaxshi izoh egalariga "Uzchess" tomonidan maxsus professional shaxmat doskalari sovg'a qilinadi!
ادامه مطلب ...

full length.mp4

591 315
1 151
Germaniyaning "Papenbur" kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, Germaniyada kasbiy taʼlim olish (ausbildung) dasturi bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi. Bugungi kunda "Papenburg" kompaniyasida 80 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yosh kasbiy (ausbildung) taʼlim olmoqda. Muhokamalarimizda yozgi taʼtilda 10 nafar o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarini "Papenburg" kompaniyasiga tashrifini tashkil etish, nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirilgan video darsliklarni tayyorlashda hamkorlik qilishi masalalari ko‘rib chiqildi. 2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nemis tili o‘quv kursi xarajatlari qoplab berilgan 10 nafar yosh ushbu kompaniyada kasbiy taʼlim olishmoqda.
ادامه مطلب ...
557 899
396
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio