Duolingo English Test: u nimasi bilan afzal?
Avvalgi postimizda Duolingo English Test qabul qilinadigan ayrim TOP universitetlar haqida ma'lumot bergan
edik.
Navbatdagi postimizda esa Duolingo o'zi qanday imtihon ekani, qanday baholanishi, boshqa xalqaro sertifikatlardan farqi haqida va uning afzalliklari haqida maʼlumot beramiz.
Duolingo English Test (DET) — ingliz tilini bilish darajasini onlayn aniqlab beruvchi xalqaro imtihonlardan biri. IELTS va TOEFL imtihonlari kabi Duolingo ham nomzodning o'qish, yozish, tinglash va tushunish til ko'nikmalarini baholaydi.
Qiziq tomoni shundaki, test moslashuvchan bo'lib, har bir to'g'ri javobdan keyingi savolning qiyinlik darajasi ortadi, notoʻg'ri bo'lsa, aksincha, keyingi savol osonlashadi.
DET imtihonining boshqa xalqaro testlarga nisbatan bir qancha afzalliklari mavjud:
1. Qulay. Bu imtihon
onlayn o'tkazilgani bois, uni dunyoning istalgan nuqtasidan turib istalgan vaqtda topshirish mumkin. Buning uchun sizga internetga ulangan kompyuter va tinch, yorug' xona bo'lsa kifoya.
2. Tez. Imtihon shakli komyuterga asoslangani bois, test topshirganingizdan so'ng 2 kun (48 soat) ichida o'z natijangizni bilishingiz hamda sertifikatni ta'lim muassasalariga
bepul jo'natishingiz yoki sertifikat nusxasini PDF shaklda o'zingizga yuklab olishingiz
mumkin.
3. Arzon. Test topshirish to'lovi atigi
59 AQSH dollarini tashkil qiladi. Boshqa xalqaro imtihonlar, jumladan, IELTS va TOEFL to'lovlari siz topshirmoqchi bo'lgan hududga qarab 200 AQSH dollar atrofida bo'lishi mumkin.
4. Bepul amaliy testlar. Duolingo rasmiy sahifasida nomzodlar uchun bepul test savollari mavjud. Ulardan foydalanish uchun
BU YERDAN ro'yxatdan o'tish yetarli.
5. Universitet tomonidan qabul qilinishi. Hozirgi kunda dunyo boylab 4000 dan ortiq muassasalar Duolingo English Test sertifikatini qabul qilmoqda:
– Duolingo qabul qiluvchi TOP universitetlar bilan
BU YERDA tanishing.
– Duolingo qabul qiluvchi barcha universitetlar bilan
BU YERDA tanishing.
Duolingo English Test davomiyligi 1 soat (55 daqiqa) bo'lib, 45 daqiqa davomida sizning o'qish, yozish, tinglash va gapirish ko'nikmalaringiz tekshiriladi. Bundan tashqari, 10 daqiqa davom etuvchi video suhbat ham mavjud.
Baholanishi. Bu test nomzodning til bilish darajasini umumiy 10-160 ballik tizimda baholab beradi.
Aksariyat universitetlar talab qiluvchi minimum talab umumiy 120 ballni tashkil qiladi. Qiyoslash uchun Duolingo bo'yicha olingan 120 ball IELTS 6,5 ballga, TOEFL iBT 87-92 ballga teng. Duolingo testi ballarini IELTS va TOEFL iBT ballari bilan solishtirilgan jadvali bilan
BU YERDA tanishing.
Duolingo English Testini topshirish uchun avval
rasmiy sahifadan ro'yxatdan o'tishingiz va registratsiya jarayonini yakunlash uchun test to'lovini (
2023-yil aprel holatida $59) amalga oshirishingiz kerak. Ro'yxatdan o'tish yakunlangandan so'ng 21 kun ichida test topshirishingiz mumkin.
Duolingo English Test haqida eng ko'p berilgan savollar va ularning javobi bilan
BU YERDA tanishing.
@grantlar_namunaادامه مطلب ...