#Abituriyent
#Qabul2024
⚡️ Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar
✅ 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat
oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar
“avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq
bir vaqtda o‘tkaziladi.
📱 Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil
5-iyundan
25-iyunga qadar
(shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali
onlayn tarzda amalga oshiriladi.
✅ Ro‘yxatdan o‘tishning
1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi:
➖
fanlar majmuasi (barcha uchun);
➖
taʼlim tili (barcha uchun);
➖
test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa);
➖
test topshirish hududi (barcha uchun).
➖
kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa).
❕ Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent
mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun
abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
🏀 Abituriyent
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun
o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi.
📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:
https://t.me/BaholashUz/6628
▶️ Videoqo‘llanmani
youtube orqali HD formatda ko‘rish:
https://youtu.be/IU_udMVbWBo
— — —
📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bir vaqtda
iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi
(imtihonning aniq sanalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi).
✅ Ro‘yxatdan o‘tishning
2-bosqichi test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng
15 kun davom etadi va abituriyentlar tomonidan
quyidagilar tanlanadi:
➖
oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).
👨🏻🎓 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari
imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, mandat natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng
bir hafta muddatda
my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi.
— — —
✅
Kollej va
texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlar uchun mandat natijasi eʼlon qilinganidan soʻng
10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
➖
kollej va (yoki)
texnikum;
➖
kasb va mutaxassislik;
➖
taʼlim shakli.
@Abituriyent |
Axborot portali👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYyادامه مطلب ...