Сервіс доступний і на вашій мові. Для перекладу натиснітьУкраїнська
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
دسته بندی
زبان جغرافیایی و کانال

audience statistics Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌•  #Sevgi  - KUYLARI 📌••  #Sevgi  - SHERLARI 📌•••  #Sevgi  - IZHORLARI 📌••••  #Sevgi  - STATUSLARI 📌•••••  #Sevgi  - HIKOYALARI  @Maqsudbek_T  Reklama 👉  @Reklama_Qoidalarr  
نمایش توضیحات
14 701-23
~4 941
~12
33.29%
رتبه کلی تلگرام
در جهان
46 069جایی
از 78 777
در کشور, ازبکستان 
247جایی
از 430
دسته بندی
1 293جایی
از 2 067

جنسیت مشترکین

می توانید بفهمید که چند زن و مرد در این کانال مشترک هستند.
?%
?%

زبان مخاطب

از توزیع مشترکین کانال بر اساس زبان مطلع شوید
روسی?%انگلیسی?%عربی?%
تعداد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

طول عمر کاربر در یک کانال

بدانید مشترکین چه مدت در کانال می مانند.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
رشد مشترکین
چارت سازمانیجدول
D
W
M
Y
help

بارگیری داده

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
TOPA OLDINGMI!? Mendan voz kechding sen kiprik ham qoqmay. Mening sahifamni yopa oldingmi!?... Tentirab dunyoning har tomoniga, Menga oʻxshashini topa oldingmi!?....              🔵🔵🔵🔵🔵 Hayotingdan ketdim, ammo  bilaman, Doim xayolingda yashayapmanku. Meni koʻrmoq istab qolsang gohida, Sogʻinching sabridan toshayapmanku.               🔵🔵🔵🔵🔵 Dunyo toʻla suluv, goʻzallar bisyor. Ularni qalbinga kiritolmaysan, Oʻzing ham bilmaysan sababin, chunki, Toabad  sen meni unutolmaysan.               🔵🔵🔵🔵🔵 Mendan voz kechdingmi osongina, jim. Sevgimiz tarixin yopa oldingmi!? Tentirab dunyoning har tomonidan. Meningdek dildorni topa oldingmi!?... ✍ DILDORA ABDINAZAROVA Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
Sevgi She'rlari
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
634
20
Men ... Men! Ishqni sendamas nolamda ko'rdim, Bir o'zim yaratgan olamda ko'rdim. Yonimga yurolmay embaklab kelgan, Gunohlardan forig' bolamda ko'rdim. Men! Ishqni sendamas, alamda ko'rdim, Aytolmay yozilgan qalamda ko'rdim. Qanchalik yashirsam ichimdan yengan, Ko'rinmagan o'sha yaramda ko'rdim. Men! Ishqni sendamas kitobda ko'rdim, Dard bilan chorlagan hitobda ko'rdim. Sen u , buni bahona qilib ketarkan, Oldinga talpingan shitobda ko'rdim. Men! Ishqni tortilgan bir oh da ko'rdim, O'zini yashatgan giyohda ko'rdim. Qanchalar gunohkor bo'lsak ham evoh, Mag'firat aylagan Allohda ko'rdim... ✍️Munojat . Namangan. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
Sevgi She'rlari
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
1 417
24
𝐌𝐢𝐫𝐣𝐚𝐥𝐨𝐥 & 𝐈𝐛𝐫𝐚𝐭 - 𝐍𝐨𝐳𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐠 Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Mirjalol Nematov & Ibrat Azamatov - Nozlaring.mp3

1 618
39
SOG'ICHIMNI BILARMIKAN, SOG'INGANIM❤️ Kunda sogʻinch azob berib tinmay qiynar, Xanjardayin sanchiladi sinov siylar, Hijronlarda qolib ketdim yurak tirnar, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Suratingizga qarab turib ovunganim, Gar yoʻq boʻlsa, oʻrni darrov bilinganim, Mendan uzoq boʻlsangiz-da suyanganim, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Pok qalbimga kirib turib, bermang sitam, Yuragimni egasisiz, boʻling malham, Erkalatib kelsangiz gar, ketadi gʻam, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Telba qilib qoʻydingiz-da boʻldim shaydo, Ne desangiz jonim beray boʻlib paydo, Yomonlikdan asrasin-da qodir Xudo, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Qoʻyvormasdan mahkam ushlang choʻzgan qoʻlim, Bizni hech kim ajratmasin, xato oʻlim, Muhabbatda bogʻlab oling barcha yoʻlim, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Sogʻindim deb kelarmikan, sogʻinganim. ✍Solihabegim (Dilafroʻz Shaxrixoniy)
ادامه مطلب ...
1 851
39
Қуръони Карим шафоати Қўлингиздаги ушбу рисоланинг ўзига хос жиҳати шундаки, ундаги ҳадислар Қуръони Карим фазилати, таълими ва Қуръони Карим қироати ҳамда одобига оид коидалар ва тажрибалар асосида шарҳланган. Бу китобни ўқиб, ундан фойда олган ҳар бир мўминдан ҳам Роббим Ўзи рози бўлиб, икки дунë иззатини насиб айласин. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмитанинг 2022 йил 23 июлдаги 5970-сонли тавсияси ила чоп этилган. Муаллиф: Шайх Алижон қори 💰Нархи атиги: 99.000 сўм.✅ 🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇 https://alijahon.uz/oqim/70856 https://alijahon.uz/oqim/70856 Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇 📠 @Online_savdo_admin 👈 🔥🔥🔥🇺🇿Ўзбекистон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати Мавжуд. Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝 🚗 Каналга қўшилинг 100 Дан ортиқ товарлар мавжуд👇👇👇👇 https://t.me/mahsulot100ku
ادامه مطلب ...

compress1015919418.mp4

1 620
1
Negativ she'r: Avvallari... Avvallari qishloqlarda hovli uylar keng edi, Har tugʻilgan farzand bitta farishtaga teng edi , Hozirdachi? Kim koʻchaga, kim soylarga otibdi, Dilbandlari kalamushday ahlatlarda yotibdi! Temir otlar kam boʻlardi, tabiiyki chang yoʻq edi, Odamlari och boʻlsa ham, koʻngillari toʻq edi. Shifokorni- najotkor deb boshimizdan qoʻymasdik, Pichoq olib, quvib, urib, dillarini oʻymasdik. Non yopardik tandirlarda, issiq kulcha yer edik, Taom pishsa kattalarga boshlab bering der edik. Ayolmiz-mi? Ayol boʻlib erkakka gap otmasdik, Zorimizni, orimizni, borimizni sotmasdik! Oʻchoq boshi fayzli edi, qaynar edi qumgʻonlar, "Tayyor ovqat halolmi?" deb qilar edik gumonlar! Hayvonlar ham ochlik sabab bazoʻr ovga chiqadi, Insonlarni illatlari bir kun goʻrga tiqadi. "Oʻtgan kunlar" oʻtdi ketdi, biz nima ham qilardik, Tilsak faqat oʻzganimas oʻz qalbimiz tilardik, Men Kumushman deyishganda, Tillomasmi? demasdik, Zaynab ismin takrorlasak, hech soʻkingan emasdik! Hofizlari dutor chalib, laganda kuy aytardi, Bir aqli yoʻq gitara deb toʻgʻri yoʻldan qaytardi. Shaxsiy hayot- shaxsiy edi, hech kim aytib sochmasdi, Oldin zamon erkaklari, qarz olib qochmasdi. Bu shundayin davr boʻldi, pul toʻplagan quturar, Pora berib qoʻlga tushib, pora berib qutular, Boy bolasin madrasaga dirham berib tiqmasdi, Ilgar zamon olimlari shkaflardan chiqmasdi! Asl dinni: aslin bilsak toza oʻyin qilmasdik, Zam-zam suvin ichib turib, Cola soʻrab yurmasdik. Ey hullasi zoʻr emasdik, dil-dillarga zor edi, Avvallari insonlarda insoniylik bor edi ✍ Mumtozbegim Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
1 776
47
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 21 - S E N T Y A B R 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

file

1 861
44
🌸Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatuh 🌞🕊XAYRLI TONG                 YAQINLARIM 🕊🌞 🌿21-SENTYABR SHANBA TONGI BARCHAMIZGA MUBORAK BOʻLSIN! 🌿 🍁🌼Dunyodagi eng goʻzal neʼmat sizning tirikligingiz va goʻzal qalbingiz ekanligini bilasizmi? 🍂Qachonki hayotga tabassum bilan boqsangiz, u ham sizga kulib boqadi... 🕊🪷Boshlangan yangi kun bemorlar dardiga shifo, keksalarga rohat, oilangizga baxt, xonadoningizga fayz, taningizga salomatlik, dilingizga quvonchu shodlik olib kelsin,🤲🤲🤲 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...

file

2 634
134
🍂🌙XAYRLI TUN🌙🍂 💫Hayot yoʻlimda uchragan har bir insondan minnatdorman. Kimgadir yaxshi namuna uchun, kimgadir savob uchun, kimgadir saboq uchun. Yaxshi insonlarga esa, bu dunyoda borliklari uchun! 💫Barchamiz bu dunyoga gʻanimatmiz... Ezgulikni qalbingizga jo qiling-ki, har oʻtgan kuningiz besamar boʻlmasin... Sizlarni Alloh uchun yaxshi koʻramiz! Xammamizni Alloh oʻz panoxida asrasin.      💫Xayrli tun! Tuningiz osuda oʻtsin, yaxshi dam oling azizlarim! Telegram.me/Sherlari_Sevgi

SaveVid.Net_DB454C10A19C60D4293005E53545C5A5_video_dashinit.mp4

2 485
60
🥀MUSOFIRLARINGNI ASRAGIN Vatan sogʻinchida boʻlmasin ado, Mehr,muhabbatga boʻlmasin gado, Otalar nomidan soʻrayman Xudo, Musofirlaringni oʻzing asragin. Ter toʻkib qurdirgan uyini koʻrsin, Yoʻliga zorlarning boʻyini koʻrsin, Borib jigarining toʻyini koʻrsin, Musofirlaringni oʻzing asragin. Onasin koʻrishga zor boʻlib yurgan, Tunlar koʻz yoshiga yor boʻlib yurgan, Sovuq,zax joylarda xor boʻlib yurgan, Musofirlaringni oʻzing asragin. Bardoshi qush boʻlib,qanotlar yozsin, Dardu,hasratini dorlarga ossin, Sogʻ qaytib bolasin bagʻriga bossin, Musofirlaringni oʻzing asragin. Sabr ber manzili tamon yetguncha, Qalbida umidlar ochsinlar gʻuncha, Har biri uyiga omon qaytguncha, Musofirlaringni oʻzing asragin. Yuragin yemoqda sogʻinchli nido, Xatarda jonlari boʻlmoqda fido, Onalar nomidan soʻrayman Xudo, Musofirlaringni oʻzing asragin. Maktuba SHAYDO Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
2 847
76
https://t.me/sevaman_n3
Каримбек Асатуллаев шеьрлари
Ассалому алайкум каналимизга хуш келибсиз мурожат учун: 👉 @karimbek_25 Шеьрлардан рухсатсиз фойдаланилмасин. Канал очилган санаси. 15.09.2023
2 305
2
SOG'ICHIMNI BILARMIKAN, SOG'INGANIM❤️ Kunda sogʻinch azob berib tinmay qiynar, Xanjardayin sanchiladi sinov siylar, Hijronlarda qolib ketdim yurak tirnar, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Suratingizga qarab turib ovunganim, Gar yoʻq boʻlsa, oʻrni darrov bilinganim, Mendan uzoq boʻlsangiz-da suyanganim, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Pok qalbimga kirib turib, bermang sitam, Yuragimni egasisiz, boʻling malham, Erkalatib kelsangiz gar, ketadi gʻam, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Telba qilib qoʻydingiz-da boʻldim shaydo, Ne desangiz jonim beray boʻlib paydo, Yomonlikdan asrasin-da qodir Xudo, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Qoʻyvormasdan mahkam ushlang choʻzgan qoʻlim, Bizni hech kim ajratmasin, xato oʻlim, Muhabbatda bogʻlab oling barcha yoʻlim, Sogʻinchimni bilarmikan, sogʻinganim. Sogʻindim deb kelarmikan, sogʻinganim. ✍Solihabegim (Dilafroʻz Shaxrixoniy)
ادامه مطلب ...
2 744
155
☆ ☆ ☆ Bilmaydi deysanmi, yuragingdaman, Huv qoʻling yetmagan falagingdaman. Balki hayotingda yoʻqmanu, illo, Allohdan oʻtingan tilagingdaman! Rashking olov boʻlib kuydirsa, menman, Sogʻinchlar joningdan toʻydirsa, menman. Qismat gunohlaring hisobin olib, Boshingni kundaga qoʻydirsa, menman! Tunu-kun xayoling oʻzimku, aytgin, Asallar taʼm olgan soʻzimku, aytgin. Necha jononlarga termularsanu, Koʻzingdan ketmagan koʻzimku, aytgin! Oh desang oʻsha men koʻksingdan chiqqan, Nigohim joningga xanjarin suqqan, Adashib koʻchangdan oʻtib qolgan men, Sendek bevafoga bilmay yoʻliqqan. Berkitib ovora boʻlgan dardingman, Yuraginga qoʻngan harir gardingman, Senku kecholmaysan mendan umrbod, Men seni oʻzgaga bergan mardingman. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
2 721
75
SEVDIM SENI Yurmadim hech qizlarni oʻrab, Iymonim but ketmagan  nurab, Namozlarda senga umr soʻrab, Olloh uchun sevdim men seni. Peshonamga ismingni yozib, Bir  sen  uchun yaratgan meni, Ketsam ham xatto yordan ozib, Olloh uchun sevdim men seni. Sevaman deb olamga yoyib, Ishqingda  e, men yonib koʻyib, Yuragimni  qulflab  qoʻyib, Olloh uchun sevdim men seni. Ogʻrisa gar  yuragim  urib, Nomahramdan yuzlarim burib, Mard boʻlib lavzimda turib, Olloh uchun sevdim men seni. Yoʻllaringni gulzorlar qilib, Muhayyo qildim poyingga neni, Ne xohlashing qalban bilib, Olloh uchun sevdim men seni. Yurmadim hech qizlarni urab, Iymonim but ketmagan nurab, Namozlarda senga umr soʻrab, Olloh uchun sevdim men seni. Bir  sen  uchun yaratgan meni, Olloh uchun sevdim men seni. ✍🏻- Karimbek ASATULLAYEV  19.09.2024 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
3 204
122
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 20 - S E N T Y A B R 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

file

3 264
56
🕌Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh! 🕊🌞XAYRLI TONG🌞🕊 🌸🕋JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN! 🕌Qutlugʻ Juma ayyomi barcha moʻmin musulmonlarga muborak boʻlsin. Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari ijobat boʻlsin. Qalblarimizni Oʻzining muhabbati bilan shod aylasin… 🍂🌞Habibimiz Muhammad Mustafo sollallohu ʼalayhi vasallamga mukammal va tuganmas salovotlar boʻlsin… 🍃Allohumma solli ʼala sayyidina Muhammad… 🍂🍀🍁 Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang! 🕌 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...

file

7 447
271
🍃🌹ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOHU VA BAROKATUH! Hidlaydigan iforingiz-Jannatniki, Suyanadigan devoringiz-Kaʼbaniki🕋 Atrofingiz Allohning sevgan bandalari ila toʻla,🌸 Koʻngildan qilgan barcha duolaringiz qabul boʻlsin!🧚‍♀ Alloh sizni shu darajada sevsinki, ilk soʻzi: “Bandam, sendan roziman” boʻlsin! 🌸 Kuningiz xayrli, barokatli, foydali va manfaatli oʻtsin ✨JUMA AYYOMINGIZ       MUBORAK BOʻLSIN✨ Telegram.me/Sherlari_Sevgi

file

3 890
136
🕋🍂ERTAGA JUMA🍂🕋         🌙🍁XAYRLI TUN🍁🌙 ✨ Alloh duolarimizni ijobat, ✨ Farzandlarimizga salohiyat, ✨ Ibodatlarimizga goʻzallik, ✨ Rizqimizga baraka bersin! ✨ Allohning panohida boʻling!       🌙Tuningiz sokin oʻtsin.           Yaxshi dam oling. 🌙 Hayrli          tun      qadrdonlarim! Telegram.me/Sherlari_Sevgi

file

4 216
98
#Izohsiz... Odamdan odamga endi foyda yo'q, Foydang tegmadimi demaslar odam! Yo'qlamaydi birbor tushmasa ishi Ostonangni hatlab qo'ymaydi qadam! Super Marketdamiz umr atalgan Kim nima istasa oladi qoplab Faqad bu makonda narx yozilmagan Lek oldinda Gʻazna toʻlatar toblab Aqlli soʻzlarni eshitmas birov Otliq soʻzlaganda jim turar yayov Zaring boʻlsa zoʻrsan,boʻlmasa hech kim Davringda jigardek turar xatto yov Ishi tushsa bormi tulkidan sipo, Hatto bir barmog'ing ko'rib kuladi. Ishi salga bitmay qolsinda agar Sherga aylanadi, soching yuladi. Koʻngil sovub ketar Odam zotidan Yaxshiyam kam sonli yaxshilari bor Koʻplarda gunoh koʻp mol bisotidan Allohim bizlarni aylamagin xor Erkin zamonlarda yashayapmizu, O'rmonga aylangan bazi bir joylar. Hayvon ham yaxshiroq deysan gohida, O'zidan bo'rilar yasagan boylar ✍Muzaffar Olimjonov ✍Akbaraliyeva Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
3 566
53
*SIZNI MENGA YARATGAN BERGAN* Sizni menga yaratgan  bergan, Shukur deyman uchratganiga. Magʻrur qalbim bir boqib yenggan, Ohu koʻzingizni koʻrsatganiga. Sizni qizgʻonaman xatto oʻzimdan, Sizga sheʼrlar bitgan xar bir soʻzimdan, Ey meni guldanda nafis gulginam, Lek, sizni sevaman, sevaman chindan. Siz meni bahorim, bahorim yozim, Sof ishqim kuyini taratgan sozim. Kerakmas menga xur pariylar, oylar, Menga nafasimdan koʻproq siz lozim. Siz uchun kechaman daryo boʻlsa ham, Qarshimda mingta gʻov, sinov boʻlsa jam. Axdimda men sobit turarman doim, Xatto sochlarimga qirov qoʻnsa ham. Sizni menga yaratgan bergan, Sizga boʻlgan sevgim haqqi rost. Siz men uchun mexribonginam, Oʻzingizni asrang iltimos! ✍Abdumutalib Ergashaliyev Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...

file

3 210
134
IYMANMA SINGLIM. Darvozamdan oldingidek hatla odim. Tortinib zor bir chekkada turmagin jim. Kelsang quchoq ochib kutib olar akang. Otam yõq deb iymanmagin sira singlim. Suyansang gar tog bõlaman yonginangda. Sendan ortiq bormi aytgin qay yaqinim. Senga jonin beradigan jigaring bor. Otam yõq deb iymanmagin sira singlim. Qay darding bor kõtaraman bõlsa borin. Sendan faqat tõqlab yuray ilhaq kõnglim. Oldingidek yoyilib hop yayrab ketgin. Otam yõq deb iymanmagin sira singlim. Kelsang ochiq kõngil uyim koshonasi. Honadonim har qarich er har honasi. Sira alam chekmasin dil hun nolasi Otam yõq deb iymanmagin sira singlim. Darvozamdan oldingidek hatla odim. Tortinib zor bir chekkada turmagin jim. Kelsang quchoq ochib kutib olar akang. Otam yõq deb iymanmagin sira singlim. Hulkaroy Hojamovna.✍✍ Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
3 356
37
💥⚡️Bugun, 19 - Sentyabr – “Xalqaro tabassum kuni” ekan. Yuzga bir oz tabassum yugurtiramiz 😊 Ilohim hech qachon yuzingizni tabassum tark etmasin! Telegram.me/Sherlari_Sevgi Telegram.me/Sherlari_Sevgi
5 557
168
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 19 - S E N T Y A B R 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

file

3 374
57
🍃🕊Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatuh 🍂🪷XAYRLI TONG🪷🍂 🌺Barchamizga PAYSHANBA tongi muborak boʻlsin! 💐Asrga tatisin, har bir oningiz, 🍂Omad bilan boshlansin, otgan tongingiz. 🕊Sizga omad tilayman, arziysiz shunga, 🍁Bebahosiz, oʻxshamaysiz, aslo hech kimga... Telegram.me/Sherlari_Sevgi

file

4 405
163
🌙🍂🍁XAYRLI TUN🍁🍂🌙 Azizlarim oqshomingiz fayzli  va maftunkor boʻlsin! Bu  oqshom  sizlarga  goʻzalligi bilan ajralib tursin. ✨Biror nimadan  koʻnglingiz  xijilmi  ? Mumkin boʻlganlarni kechiring, qolganlarni esa unutib yuboring. Unutish — eng zoʻr jazo va eng yaxshi doridir.  💫Oʻzingizni sevib yashang yaxshilarim ! 🌙Tuningiz tinch va osuda oʻtsin! Telegram.me/Sherlari_Sevgi

file

3 658
83
Men baxtli boʻlaman bir kuni albat! Quvonchdan shodlanib, handon kulaman. Uchraydi yoʻlimda goʻzal muhabbat, Yorimning yonida yayrab yuraman. Baxtimga baxtlilar qiladi havas, Hamma atrofimga shoshadi bir kun. Shukronalar aylab, olarman nafas, Shukrona qilishar borligim uchun. Koʻzimni tark etar gʻam jolalari, Yigʻlasam baxtimdan yigʻlayman bir kun. Hatto shabbodada toʻgʻ lolalari, Shoshadi poyimga yiqilmoq uchun. Men shunday kulayki baxtimdan masrur, Kuzimda gullasin hushroʻy bahorlar. Har oʻtgan onimdan olaman huzur, Aksimdan quvonsin shoshqin anhorlar. Togʻlar tahsin etsin bardoshlarimga, Alloh shu kunlarga meni yetkazsin. Baxtimdan soʻz ochay darddoshlarimga, Mahzunlikni qalbdan butkul ketkazsin. Bugun ham baxtliman oʻylab qarasam, Yoʻqlashar doʻst-u yor har bir onimda. Bir boshdan shodligim barin sanasam, Baxt qurshab olibdi toʻrt tomonimdan. Umrim soʻngigacha shunday yashayman Qalbimda his qilib rohat-farogʻat. Aslida men oʻzim baxtga oʻxshayman Men baxtli boʻlaman bir kuni albat! ✍ Mumtozbegim
ادامه مطلب ...

file

4 050
132
Ashaddiy yurakni ko’rmasang bo’ldi. Saodat so'qmog'in izlayin uzoq, Sen baxting yo’lidan toymasang bo’ldi. Menga ko’p ko’rindi sevgidan qiynoq, Sen ishqning sururin qo’ymasang bo’ldi. Ko’zingga boqqanda ko’zlarim kulsa, Yurak diydoringdan sevinib ursa, Sevinching chehramdan akslanib tursa, Meni baxtli deya o’ylasang bo’ldi. Sarhadlardan qo’rqib yashasam nima? Faqat g’amdan luqma oshasam nima? Dunyoga dardimni to'shasam nima? Sen faqat quvonchdan so’ylasang bo’ldi. Bahorim ortidan ergashganda kuz, Kuzning so’zlariga berkinsa afsus. Sevgim yuragimga qilsa tajovuz, Sen meni do’stlik deb siylasang bo’ldi. Bulutlar ortiga berkinsa oftob, Bugun salqin deya o’ylasang bo’ldi. Yuzimga do’stlikdan ilingan niqob, Ashaddiy yurakni ko’rmasang bo’ldi... Telegram.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
Sevgi She'rlari
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
3 634
62
Mangu qolmaysan... Senga bari emasdir a'yon, Taqdiring ne, ayta olmaysan. Dunyoga koʻp berilma, inson Bu dunyoda mangu qolmaysan. Oʻn sakkiz ming olam sarvari, Har ishdan bor Haqning xabari, Abadiymas dunyo safari, Bu dunyoda mangu qolmaysan. Tanilsang ham butun jahonga, Ega chiqsang sharaf-u shonga, Shu qismatdir har bir insonga, Bu dunyoda mangu qolmaysan. Kechirilgay inson tavbasi, Joynamozga tegsa sajdasi, Ey Xudoning ojiz bandasi, Bu dunyoda mangu qolmaysan. Yashamoqning oʻzi bir ne'mat, Vaqt oʻtkazmang qilishib g'iybat, Diydorlashing, diydor gʻanimat, Bu dunyoda mangu qolmaysan. Ne - ne zotlar kelib ketgaydir, Kim iymonin halok etgaydir, Bir kun ruhing koʻkka yetgaydir, Bu dunyoda mangu qolmaysan. Koʻrdim qancha mard-u nomardin, Lekin Xurshid toʻkmaydi qadrin, Soʻzlayverma dunyoga darding, Bu dunyoda mangu qolmaysan. ✍ Xurshid Qodirov Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin. Telegram sahifamiz: https://t.me/Sherlari_Sevgi
ادامه مطلب ...
4 257
93
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 18 - S E N T Y A B R 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

file

3 806
70
🍂🍁XAYRLI TONG🍁🍂 ☀️ Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatuh 🌸 Chorshanba tongi muborak boʻlsin mexribonlarim 😊 🌞Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga xamdlar boʻlsin! 🍁Allohim rizqingizni barakali qilsin! 🍁Oilangizga tinchlik, hotirjamlik, baxt-saodat bersin! 🍁Yaxshi amallar va hayrli ishlar hamrohingiz boʻlsin! 🍂Alloh hammamizga ikki dunyo baxt-saodatini bersin Ilohim! 🍂Bugungi kuningiz maroqli va yoqimli oʻtsin...🤲 Telegram.me/Sherlari_Sevgi

SaveVid.Net_B1449AAC7337D8124D95BE8EC0FF1193_video_dashinit.mp4

4 128
144
Last updated: ۱۱.۰۷.۲۳
Privacy Policy Telemetrio