Vaqt daryosi…
"Ertalab turdim, bozorga bordim, bir kafan oldim, mozorga bordim!"
(Sharq maqoli)
Bugungi kunda ko'pchilikning ko'p vaqti bekorga sarf bo'lyapti. Behuda futbol, xokkey tomoshalari, ijtimoiy tarmoqlarda soatlab maqsadsiz "o'tirishlar", "izg'ishlar", guruhlarda bema'ni yozishishlar, "tanishishlar"... Bu ro'yxat uzoq davom etadi... Lekin vaqt o'tib boryapti. Foydali harakat qilyapsizmi yoki foydasiz – farqi yo'q: vaqt o'tib boryapti. Hozir, mana shu tobda, gaplarimni o'qirkansiz, vaqt ketib boryapti.
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) o'nta sahobaga Jannatga tushishlarining bashoratini berganlar. Biroq ular ushbu xushxabarni eshitganlaridan so'ng xotirjamlikka berilib, ibodatlarda, yaxshi amallarda bo'shashib qolishmagan. Aksincha, yanada ko'proq kuch-g'ayrat bilan ezgu ishlarga oshiqishgan! Biz-chi?.. Bizga Jannat xabari berildimi?.. Yo'q! Ammo hayotimizni bekorchi narsalarga "yem" qilib boryapmiz!
Vaqtini qadrlagan inson - o'zini qadrlaydi. O'zini qadrlagan inson - hayotni qadrlaydi. Hayotni qadrlagan insongina juda zo'r, olamshumul ishlar qila oladi! (Qisqa umr ko'rgan, biroq buyuk ishlar qilib nomini tarixga muhrlab ketganlarni eslang)
Siz-chi, qadrdonim, Siz ham o'zingizning sevimli sohangizda buyuk ezgu ishlarni qilishni xohlaysizmi? Tarix zarvaraqlariga nomingiz yozilishini, hayotda nimagadir ulgurib, nimanidir undirib qolishni istaysizmi? Bular Sizning vaqtga bo'lgan munosabatingizga bog'liq! Shovullab oqayotgan vaqt daryosi uzra kema kapitani bo'lishni xohlaysizmi yoki bu yirtqich daryo ichra u yoqdan-bu yoqqa a'g'anab, yorilib ketayotgan milliardlab ko'pikchalardan bittasi bo'lishnimi?..
Azizim, har bir daqiqangizning qadriga yeting. Ishoning, Siz bunga qodirsiz! Jahonshumul ishlar qilishga ham!..
Kapitanmi yoki ko'pikcha? Siz qay birini tanladingiz?...
#meninghikoyam
🔥
@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
ادامه مطلب ...