الخدمة متاحة أيضًا بلغتك. انقر للترجمةعربسكا
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Гео и язык канала

все посты Kun.uz | Rasmiy kanal

🇺🇿  Kun.uz  saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998 78 113 10 10 Sayt:  http://kun.uz/uz  facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz 
Показать больше
119 833-397
~32 520
~28
19.89%
Общий рейтинг Telegram
В мире
5 871место
из 78 777
В стране, Узбекистан 
37место
из 430
В категории
275место
из 2 793
Архив постов
Sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda bino va inshootlarni qurish taqiqlanadi Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. 👉
4 244
1
O‘zbekistonda davlat mulkini ijaraga berish tartibiga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimcha moddaga ko‘ra, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga bergan, ijaraga oluvchiga nisbatan asossiz ravishda turli to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslar jarimaga tortiladi. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida qayta sodir etilsa jarima miqdori oshiriladi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Показать полностью ...

Фабрика форматовkatta tizer.mp4

6 248
5
Yil festivali - yurt yoshlari Bo‘zatovda birlashdi An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Bo‘zatov FEST” tanlovining respublika bosqichi har galgiday Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichdan chiqqan 158 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurashishdi. 👉

Фабрика форматов000.mp4

6 103
1
Nol budjet bilan yasalgan o‘zbekcha o‘yin - yosh dasturchilar “Shumtaka”ni qanday ishlab chiqdi? Dasturchilar Ilhom Qodirov va Abzalxo‘ja Ibrohimovlar o‘zbekcha ruhdagi “Shumtaka” o‘yinini ishlab chiqdi. “O‘zimiz dasturchi bo‘lganimiz uchun uni ishlab chiqishga deyarli pul sarflamadik”, deydi g‘oya mualliflari. “Shumtaka”da non, osh, choynak, qovun, tarvuz, uzumzor kabi atributlardan foydanilgan. Qahramon esa milliy kiyintirilgan. Dasturchilar ’ga bergan intervyusida “Shumtaka”ning paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Показать полностью ...
9 243
13
Olimlar Misr piramidalari sirini topgan bo‘lishi mumkin 4 ming yil oldin qurilgan Misr piramidalarining qanday tarzda qurilgani hali ham sirligicha qolgan. Olimlar bu jumboqning javobini topgan bo‘lishi mumkin. 👉
9 394
31
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar Dunyodagi birinchi avtomobil 1885 yilda Germaniyada Karl Bens tomonidan tayyorlangan. O‘shandan buyon qariyb 140 yil o‘tdi. Bugun ko‘plab yirik avtokonsernlar bir vaqtning o‘zida o‘nlab rusumlarda avtomobil tayyorlamoqda. Ular orasida 50-60 yildan buyon yangilangan holda ishlab chiqarilayotganlari va bir necha o‘n mln dona sotilganlari ham bor. 👉
11 300
6
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi O‘zbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Shuningdek, endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi. 👉
12 990
7
Endi undan ajralib bo‘lmaydi: Odamlar va gadjetlar (foto) Metroda, bekatda yoki ko‘chaning istalgan joyida telefonga termulib turgan odamlarga ko‘zingiz tushadi. Kimdir kino ko‘rgan, kimdir ijtimoiy tarmoqlarni kuzatgan, yana kimdir ishi bilan band. Fotomuxbir poytaxt ko‘chalarida yurib, turli yoshdagi kishilarning gadjet bilan o‘tayotgan daqiqalarini rasmga oldi. 📸👉
13 754
21
Jabaliyadagi to‘qnashuvlar, Xarkiv frontidagi barqarorlashuv va migrantlarni quvishni maqsad qilgan Tramp - kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 18-05.mp4

14 661
4
Bolani davlat bog‘chasiga joylash uchun yillab navbat kutiladimi? – soha mas’uli izoh berdi Aholi orasida “bola tug‘ildimi, zudlik bilan bog‘chaga navbatga qo‘yish kerak” degan tasavvur shakllanib qolgan. Buning sababi esa oddiy - talab yuqori, bog‘chalar va undagi o‘rinlar soni cheklangan. Vazirlik mas’ulining tushuntirishicha, navbat qachon kelishini oldindan aytish qiyin, muassasalar quvvati va navbatlari soni turlicha. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
14 756
10
Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytiriladi Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llanadigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartiriladi. 👉
15 424
12
Samarqandda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, ushbu tadbir do‘stona aloqalarning yangi sahifasini ochadi. 👉
15 119
4
OAV Ukrainada 53,5 ming Rossiya askari halok bo‘lganini tasdiqladi Ukrainaga hujum paytida Rossiya Federatsiyasidan kamida 53 586 askar halok bo‘lgan, deb hisoblab chiqdi jurnalistlar ochiq manbalardan foydalangan holda. 👉
15 089
4
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi «O‘zgidromet» 20-22-may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. 👉
15 992
2
Kuchli yomg‘ir tufayli 6 ta hududda qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi Avariyali o‘chish oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 66 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan. 👉
16 834
18
Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari ishini muvofiqlashtiruvchi operator paydo bo‘ladi Toshkent shahrida quvvatlash stansiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi operator funksiyasi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatiladi. 👉
17 298
12
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso yana operatsiya qilindi Shifokorlar o‘qotar qurol orqali yetkazilgan jarohatlardan qolgan nekrotik to‘qimalarni olib tashlashdi. Slovakiya bosh vazirining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. 👉
17 358
2
Bishkek ko‘chalariga ichki qo‘shinlar safarbar etildi Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi keldi. Ular xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirib, IIBB boshlig‘i bilan muzokaralardan so‘ng tarqalishga rozi bo‘ldi. 👉
17 966
14
O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq savdo tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 👉
18 489
19
Donald Tramp AQShdan migrantlarni misli ko‘rilmagan deportatsiyasiga tayyorlanmoqda AQShning sobiq prezidenti va galdagi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini surgan Donald Tramp agar qayta prezident etib saylansa ilk kundayoq AQSh va Meksika chegaralaridan migrantlar oqimiga nuqta qo‘ymoqchi 👉
19 471
20
«Xarkivni egallash rejasi yo‘q» - Putin yangi front ochilgani yuzasidan izoh berdi Putin Si Jinping bilan muzokaralardan keyin Ukrainadagi urush haqida gapirdi. U Rossiya muzokaralardan bosh tortmasligi, ammo endi «yerdagi reallik»dan kelib chiqilishini aytgan. 👉
22 272
4
17 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Toshkentda 15 sutkaga qamalgan isroillik bezori, Floridada 19 yilga qamalgan o‘zbekistonlik pedofil, hayfsan bilan qutulgan farg‘onalik og‘zi shaloq rahbar - kun davomida saytimizda yoritilgan O‘zbekiston yangiliklarini tanishtirib o‘tamiz. 👉

y2mate_com_15_sutkaga_qamalgan_isroillik_bezori_va_hayfsan_bilan.mp4

21 977
4
Bugungi tarixiy tashrif ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochadi - Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri OAV vakillari uchun bayonot bilan chiqib, muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdi. 👉
20 743
1
Putinning Xitoyga safari. Nimalar muhokama qilingan? Vladimir Putin beshinchi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy safari uchun Xitoyni tanladi. U 16 may kuni katta delegatsiya bilan Pekinga yetib bordi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
20 737
5
Qozoq tilini boshlang‘ich darajada bilmaydiganlarga Qozog‘iston fuqaroligi berilmaydi Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev aholi migratsiyasi va jinoyat ijro tizimi to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Bu haqda Oqo‘rda axborot xizmati ma’lum qilgan. 👉
20 780
20
Xodimlarini so‘kkan Farg‘ona viloyati kadastr boshlig‘iga hayfsan berildi Xodimlarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov hayfsan oldi. U 3 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda asablarini jilovlay olmagan. 👉
20 387
22
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi AI-80 ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatadi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida AI-91 va undan yuqori oktonli benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025 yil boshidan esa AI-80 ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish rejalashtirilgan. 👉
21 234
28
Toshkentdagi mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘ygan Isroil fuqarosi 15 sutkaga qamaldi U mayda bezorilik, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish hamda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik kabi huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. 👉
20 809
25
Zelenskiy Xarkiv oblastida vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi RF qo‘shini so‘nggi hafta davomida frontning mazkur uchastkasida kamida o‘n kilometrga ilgarilagandi. 👉
20 541
3
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida Ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladi. 👉
20 780
3
“Katta kompaniyalarga kirishning yaxshi yo‘li – o‘sha yerda amaliyot o‘tash” - Bloomberg va Amazon'dan taklif olgan talaba “Taxminan 70 tacha kompaniyaga hujjat topshirgandim, ular orasida Amazon, Bloomberg, Wayfair, Uber, Mastercard kompaniyalari ham bor edi. Oxirida Bloomberg va Amazon'dan ish takliflari olishga muvaffaq bo‘ldim”, – deydi Germaniyada magistraturada o‘qiyotgan 23 yoshli Javohir Jo‘raxo‘jayev. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

Мои видео.mp4

20 793
54
“Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga qamaldi Bahodir Sultonov hamda u bilan bir ish doirasida qamoqqa olingan Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga sud hukmi o‘qildi. Ular o‘tgan yil dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida qo‘lga olingandi. 👉
20 550
37
O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi uchun berilgan arizalar va rad etishlar soni ma’lum bo‘ldi YeI ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili o‘zbekistonliklar tomonidan 46 mingdan ortiq ariza topshirilgan. 👉
20 566
12
Rossiyaning T-90M tanklari Xerson oblastidagi pozisiyalarni egallab turibdi. Avdiyivka frontida harbiy shifokorlar yarador jangchilarni qutqarmoqda Urushning 813-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
20 475
4
AQShda o‘zbekistonlik 39 yoshli erkak 19 yilga qamaldi Floridada sud AQSh hududiga bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini olib kirgan O‘zbekiston fuqarosi Sulton Nuriyevga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. 👉
20 923
20
“Daromad solig‘ini hisoblashda progressiv shkalaga qaytish rejalashtirilmagan” - SQ Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Timur Ismoilov Qozon shahrida o‘tgan iqtisodiy forumdagi chiqishi doirasida O‘zbekistonda daromad solig‘ini hisoblashda vaqti kelib tabaqalashtirilgan tizimga qaytilishi mumkinligini aytdi. Qo‘mita axborot xizmatining izoh berishicha, progressiv shkalaga o‘tish borasida hali hech qanaqa reja yo‘q. 👉
20 735
9
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda 11-sinfni tugatayotgan Ozoda Mo‘minova Stenford universitetida o‘qishni maqsad qilgan. Orzusi esa dunyodagi top olimlar safidan joy olish, shu bilan birga fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilish, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarishni maqsad qilgan. 👉
21 741
90
Dam olish kunlari harorat pasayadi O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat +17…+22 darajagacha pasayadi. 👉
20 796
14
O‘rta Chirchiqda sotish uchun 5 tup chinorni kesganlar ozodlikdan mahrum etildi Jinoiy sheriklar yarim tunda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidagi fermer xo‘jalik dalasiga borib, 5 tup ko‘p yillik chinorni kesib olishgan hamda tabiatga qariyb 250 mln so‘mlik zarar yetkazishgan. Ular mazkur daraxtlarni Toshkent shahridagi taxta bozorga olib borib pullashni maqsad qilishgan. 👉
20 217
6
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston madaniyatidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan filmlar ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlar yaqin kelajakda ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi. 👉
21 036
40
O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishi mumkin O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash niyatida. 👉
20 749
11
Isroil hukumatidagi bo‘linish, mudofaaga tayyor emas ukrain armiyasi va Moldovada referendum sanasi - kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

y2mate_com_Isroil_hukumatidagi_bolinish_va_mudofaaga_shay_bolmagan.mp4

20 758
7
Rossiyada huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya etildi So‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda. 👉
21 078
25
RF mudofaa vazirligi tun davomida ukrainlarning 100 dan ortiq droni urib tushirilgani haqida xabar berdi Novorossiysk va Tuapseda neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilingan, Sevastopol elektrsiz qolgan. 👉

video_2024-05-17_07-43-10.mp4

21 401
7
DXX noqonuniy qurol saqlash holatlarini aniqladi Davlat xavfsizlik xizmati 3 dona “Makarov” va 1 dona “TT” pistoleti hamda o‘q-dorilarni noqonuniy muomaladan oldi. 👉

ДХХ - қурол.mp4

21 340
16
O‘zbekiston elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi O‘zbekistonning yangi elchisi Ravshan Usmonov kecha Londonda Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirdi. 👉
21 405
3
Qo‘qonda mashina yukxonasiga solingan bola bo‘yicha ma’lumot berildi Farg‘ona viloyatida bola o‘g‘rilari aniqlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB bu xabarlar asossiz ekanini bildirdi. 👉
22 206
30
“Rulda sudya bo‘lganini ko‘rganlar bor” – Denovda YTHda halok bo‘lgan advokatning yaqinlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisi Kamoliddin Murodovning vakolatlari u advokat tanishi bilan YTHga uchrashi ortidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha muddatidan oldin tugatildi. Uning Sudyalar oliy kengashiga yozgan shikoyat arizasi esa rad etildi. Halok bo‘lgan advokatning yaqinlariga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgan paytida mashina boshqaruvida sudya bo‘lganligini ko‘rgan guvohlar bor. 👉
Показать полностью ...
21 380
10
Toshkentdagi LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi Toshkentda aholi shikoyatlari sababli hokimlik yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalar yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi. 👉
21 776
9
Toshkentda o‘gay ona tomonidan doimiy davom etgan qiynoq va zulmga chidolmay uydan chiqib ketgan bolaga yordam berildi Bola ota-onasi 2012-yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan so‘ng otasi qaramog‘ida bo‘lgan. Biroz muddat o‘tganidan so‘ng uning onasi boshqa turmush qurib, Turkiyaga jo‘nab ketgan. Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. O‘gay ona tomonidan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolaning o‘z uyidan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan. 👉
Показать полностью ...
21 207
15
«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi U-23 finalidagi mag‘lubiyati (Yaponiya, 0:1) va ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgani haqida gapirdi. 👉

Фабрика форматовIMG_5639.mp4

23 218
91
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egallab turibdi 17-mayda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘rinni egallab turibdi. 👉
23 076
22
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi Buxoro viloyati sobiq prokurori Qonunchilik palatasi devoniga rahbarlik qiladi. 👉
22 648
14
Soliqlardan eng ko‘p qarzdor qurilish korxonalari ma’lum qilindi Qurilish korxonalarining soliqlardan qarzi 820 mlrd so‘mdan oshgani ta’kidlanmoqda. 👉
24 677
50
Rossiya armiyasi Vovchanskka kirdi. Ukrainaning Xarkiv oblastidagi birinchi mudofaa chizig‘i nega dosh berolmadi? Rossiya Xarkiv frontini ochdi. Bu nega ro‘y berdi va buyog‘iga nima bo‘ladi? 👉
24 391
7
“Sovet davrida 25 ming rublga olgan “Volga” mashinamdan ayrilganman” (Hayotiy hikoya) “Volga”ni qishloq ko‘chalarida minib yurar ekanman, mendan baxtli odam yo‘q edi. Biroq bu baxt ikki oyga ham cho‘zilmadi... Kunlarning birida uyim oldiga militsiya mashinasi kelib to‘xtadi. Undan tushib kelgan xodimlar mashina hujjatlarini so‘rashdi, berdim. Shundan so‘ng ular meni va “Volga”ni militsiya bo‘limiga olib ketishdi”. 👉
24 017
24
Ukraina, G‘arb va Pushkin. Putin va Si nimalar haqida gaplashdi? Rossiya rahbari Vladimir Putin Xitoyga keng ko‘lamli tashrif bilan keldi va XXR raisi Si Jinping bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ham ishtirok etdi. Kun oxirida ular tor doirada uchrashuv o‘tkazishadi, juma kuni Rossiya hukumatining o‘nlab yuqori martabali mulozimlaridan iborat delegatsiya ko‘rgazma va biznes-forumda qatnashish uchun Harbin shahriga yo‘l oladi. 👉
23 154
9
16 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Ustamadan ayrilayotgan o‘qituvchilar, qimmatlagan oltin, sobiq bosh prokuror o‘g‘lining Dubaydagi uylari va haj mavsumining boshlanishi - O‘zbekistonda 16 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz. 👉

y2mate_com_Ustamadan_ayrilayotgan_oqituvchilar_va_haj_mavsumining.mp4

22 754
9
Toshkentda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya 17,4 foizga yetdi Aprel oyida O‘zbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 13,7 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflatsiyadan 5,6 foizga yuqori. Dorilar va tibbiy xizmatlar narxi oshganini his qilgan respondentlar ulushi keskin ko‘paygan. 👉
22 410
12
Farg‘ona viloyati kadastr boshlig‘i yig‘ilishda kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kindi Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov xodimlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. 👉
24 554
39
Rossiya kichik bir aholi punktini olish uchun 10 minglab harbiyni tashladi, demokratik davlatlar bunday qila olmaydi — Kamoliddin Rabbimov “Rossiya siyosiy hokimiyati birgina aholi punkti – Avdiyivka uchun 10 minglab soldatlarni tashladi. Demokratik davlatlar bunday qila olmaydi: kichik bir aholi punktini bosib olish uchun o‘zining minglab soldatlarining o‘limiga buyruq bera olmaydi”, – deydi siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov. 📹 TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING

rabbimov.mp4

22 680
14
To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlarini qarama-qarshi qo‘yishga urinayotgan tashqi kuchlar haqida gapirdi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va mintaqada tarqoqlikni yuzaga keltirishga urinayotgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshi turishga chaqirdi. 👉
22 501
16
Toshkentda ta’mirlanadigan ko‘chalar va chorrahalar ro‘yxati e’lon qilindi Poytaxt hokimligi shahardagi 32 ta chorraha va 17 ta ko‘chada ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari olib borilishini ma’lum qildi. 👉
22 924
8
Yaqin Sharqdagi urush: isroillik besh askar Jabaliyada o‘z tanki qurboniga aylandi Do‘stona zarbadan yana yetti nafar askar yaralangan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir. 👉
22 694
9
Ko‘plab o‘qituvchilar ustamasiz qolishi mumkin: sertifikatlar ro‘yxatini qisqartirish reja qilingan Ta’lim vazirliklari minglab o‘qituvchilarni ustamasiz qoldirishi mumkin: pedagoglarga ustama to‘lashda qo‘llanadigan va qabul qilinganiga hali yil to‘lmagan xorijiy til sertifikatlari ro‘yxatidan bir qancha xalqaro sertifikatlarni chiqarib tashlash reja qilingan. Avvalgi ro‘yxatga ishonib, sertifikat olayotgan o‘qituvchilar bundan norozi. 👉
4 629
32
“Avtomobilda emas, velosipedda ishga boramiz” - Yevropaning qaysi davlatlarida velosipedda yurish uchun pul to‘lanadi? Yevropa davlatlarida yildan yilga ko‘proq odam ishga borish-kelish uchun velosipedni tanlayapti. Hukumatlar ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun velosipedda bosib o‘tgan har bir kilometr uchun pul to‘laydi. Odamlarda shunchaki velosiped haydab ham daromad olish imkoni bor. 👉
24 733
25
Toshkentda Botir Zokirov memorial muzeyi barpo etiladi Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. 👉

1.MP4

23 225
30
O‘zbekistonda Haj mavsumi 23 maydan boshlanadi O‘zbekistonda Haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanadi. Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi. 👉
21 882
12
OCCRP: Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning o‘g‘li Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi Xalqaro surishtiruvchi jurnalistlar guruhining aniqlashicha, O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Qodirov Dubayda umumiy qiymati qariyb 8 mln dollarni tashkil qiluvchi 4 ta ko‘chmas mulk obektiga egalik qiladi. U 2018 yilda tovlamachilik va firibgarlikda ayblanib qidiruvga berilgandi. 👉
22 386
33
Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. 👉
22 176
30
Toshkent metropoliteni xodimi pora olayotgan vaqtida ushlandi Toshkentda pora olgan metropoliten xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u hibsga olindi. 👉
22 879
33
Rafahga kirayotgan tanklar, Slovakiya bosh vaziriga suiqasd va Tojikistonda dabdabaga taqiq - kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 16-05.mp4

22 318
5
Putinning Xitoyga tashrifi. U deyarli barcha yirik amaldorlarini o‘zi bilan olib keldi Putin navbatdagi muddatga prezidentlikka kirishganidan keyingi ilk xorijiy safarini Xitoyga amalga oshirdi. U Si Jinping bilan hammadan ko‘p – 40 martadan ortiq uchrashgan. 👉
22 420
9
O‘zbekistonda oltin narxi yana bir gramm uchun 1 mln so‘mdan oshdi Qimmatbaho metall narxi bir kunda 1,8 foizga, joriy yil boshidan esa deyarli 19 foizga oshdi. 👉
22 713
42
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi Rehina Mariya Kastijio BMT Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi. Bungacha u fondning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan. 👉
22 310
5
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi Soliq qo‘mitasiga 2024 yil yanvar-aprel oylarida 18 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. 👉
21 964
10
AQShda Bayden va Tramp o‘rtasidagi ilk teledebatning sanasi ma’lum bo‘ldi Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi teleduel kutilmaganda iyun oyining oxiriga rejalashtirildi. Tezroq teledebat o‘tkazish tashabbusi AQShning amaldagi prezidentidan chiqdi. 👉
21 815
5
Toshkentda navbati mavjud bo‘lmagan davlat bog‘chalari ro‘yxati e’lon qilindi Poytaxtda navbati mavjud bo‘lmagan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu bog‘chalarga istalgan tumandan tarbiyalanuvchilar qabul qilinadi. 👉
22 009
35
Xandaqqa qulagan uy. Nega bunday bo‘ldi? Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida xandaq qazilishi natijasida qo‘shnining ikki qavatli uyi qulab tushdi. voqea joyida bo‘lib ushbu hodisa sabablarini o‘rgandi. 👉

Xandaqqa qulagan uy. Nega bunday bo'ldi..mp4

22 541
71
Slovakiya bosh vaziri o‘rinbosari: Fitso operatsiya qilindi, uning hayoti xavf ostida emas Slovakiya bosh vaziri operatsiya qilindi va uning hayoti xavf ostida emas, dedi Tomash Taraba BBC bilan suhbatda. Robert Fitso Gandlova shahrida o‘qdan yaralandi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. 👉
22 293
4
Poytaxt markazidagi ko‘chalardan birida transport qatnovi bir tomonlama cheklanadi Shota Rustaveli - Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. 👉
22 142
17
Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ehtimoliy xatarlarni sanab o‘tdi Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasining xulosasiga ko‘ra, Ukrainadagi urushning avj olishi, tovarlar narxlarining o‘zgaruvchanligi va jahon iqtisodiyotidagi stagnatsiya ehtimollari O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tashqi xatarlarni tashkil etadi. Ichki xatarlar qatorida esa davlat xarajatlarini qisqartirish kechikishi, davlat-xususiy sheriklik bilan bog‘liq majburiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar keltirib o‘tilgan. 👉
Показать полностью ...
23 770
13
Toshkentda chorrahalar va ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi Ishlarning asosiy qismi may oyidan sentabr oyigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi. 👉
23 481
5
Frontdagi vaziyat: Ruslarning Xarkiv oblastidagi yurishi qanday kechmoqda? Rossiya Xarkiv oblastida oldinga siljimoqda. Lekin bu Xarkivni shturm qilishga tayyorgarlik yoki Ukraina qurolli kuchlarini Belgoroddan uzoqlashtirishga urinish bo‘lishi dargumon. Unda bu yurishdan nima o‘ylangan? 👉
24 916
5
13 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Surxondaryoda otilgan ayiq, jurnalistlarga topshirilgan “Oltin qalam”, o‘zbekistonliklar ko‘p sayohat qilayotgan mamlakatlar, avtobozorlarda tushib borayotgan savdo hajmi va sel xavfidan ogohlantirish - o‘tgan kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

y2mate_com_Samarqandda_qulagan_uy_va_maktabga_kirib_kelgan_ayiq.mp4

24 520
11
XVJ aktivlarni deklaratsiyalash va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilishni tezlashtirishga chaqirdi Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston hukumatiga yaqin kelajakda aktivlarni deklaratsiyalash va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilishni hamda daromadlarni deklaratsiyalashning samarali tizimini joriy qilishni tezlashtirishni tavsiya qildi. ➥ Batafsil:
23 812
6
Samarqandda ikki qavatli uy qulab tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Uy egasi IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga 300 ming AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. 👉
24 579
36
SOS: Toshkent daraxtlariga yangi xavf paydo bo‘ldi Katta daraxtlar kasallanib, ayrimlari tepa qismidan qurib kelishni boshlayapti. Dendrolog olimaning fikricha, shahar hokimligi, Ekologiya va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari mutaxassislari guruh tuzib, zudlik bilan daraxtlarni asrab qolish chorasini ko‘rmasa, poytaxtliklar sekin-asta daraxtlardan ajralib boradi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
23 477
12
Andijonda qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qoldi Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni tuproq ostidan olib chiqib, hayotini saqlab qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. 👉
23 095
10
Qaysi omillar narx oshishiga eng ko‘p darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin? – MB inflyatsion kutilmalarni e’lon qildi Tadbirkorlarning ham, aholining ham kommunal xizmatlar qimmatlashishidan xavotirlari oshgan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (17,2 foiz) va Buxoro viloyatida (15,7 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda (10,2 foiz) va Jizzax viloyatida (12,4 foiz) qayd etilgan. 👉
Показать полностью ...
23 160
8
Fermerlarni ishchi olishga majburlash haqidagi taklif qayta ko‘rib chiqiladi 'da e’lon qilingan “Bozor iqtisodiyotiga zid: Fermerlarga xodimlar soni bo‘yicha talab qo‘yilishi mumkin” nomli materialdan keyin, 14 may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mas’ul idoralar va faol fermerlar ishtirokida muhokama tashkil etildi. 👉
22 185
13
Slovakiya bosh vaziri suiqasd oqibatida yaralandi Robert Fitsoga qarata 3-4 marta o‘q uzilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda. 👉

ф3.mp4

21 802
13
Toshkentda maktab qo‘riqchisi va oshxona xodimi mushtlashdi Internetda videosi tarqalgan holat Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-maktabda sodir bo‘lgan. Maktabga o‘zboshimchalik bilan avtomobilida kirgani aytilgan oshxona xodimi maktab qo‘riqchisi bilan mushtlashgan va jarohatlangan. Voqeadan keyin qo‘riqchi boshqa joyga ishga o‘tkazildi. 👉
22 141
8
Samarqandda kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, noturar joy qurilishi uchun xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgan. Buning oqibatida esa qo‘shni uyga zarar yetgan. 👉

Мои видео.mp4

23 986
131
«Termiz xalqaro savdo markazi» zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi. 👉
22 184
19
Foto: O‘zbekistonliklar Giluve cho‘qqisini zabt etdi O‘zbekiston bayrog‘i ilk bor Avstraliya va Okeaniyaning eng balanddagi vulqoni uzra ko‘tarildi. Giluve vulqoni (4368 m) dunyodagi eng xavfli va ekzotik mamlakatlardan biri bo‘lmish Papua-Yangi Gvineyada joylashgan. 👉
22 065
13
«Doim o‘ylaysan - bu safar qayerga?» Xarkiv aholisi yarim yildan buyon zarbalar ostida yashamoqda Urushning 811-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
21 154
5
Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi Yirtqich maktab hududiga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf tug‘dirgan. Shuningdek, ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlanib, jarohat yetkazgan. 👉
22 199
36
Ayrim mahsulotlar eksportida minimal eksport narxlari joriy etiladi O‘zbekistonda to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari va elektr jihozlari, shuningdek, meva-sabzavotlarga minimal eksport narxlari joriy etilmoqda. Minimal narxlar rejimi buzilgan taqdirda, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga bildirishnoma yuboriladi. 👉
22 973
8
“Farzandim 40 kunligidayoq o‘qishga chiqqanman” – bilimi sabab 20 dan ortiq davlatda bo‘lgan xorazmlik qiz hikoyasi Xorazmlik O‘g‘ilnur Atayeva bir necha yil oldin prezident taklifi bilan Toshkentda vazirliklardan birida ish boshlagan. “1,5 yoshda dadam vafot etib, bolalik nimaligini bilmay katta bo‘lganman. 19 yoshda turmushga chiqqach, qaynota-qaynonam o‘qitishdi. Shundan keyin muvaffaqiyatlarim boshlandi”, deydi O‘g‘ilnur o‘zi haqida. 📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING

11.mp4

23 504
83
Последнее обновление: 11.07.23
Политика конфиденциальности Telemetrio