Ish vaqtida koʻzlaringiz toliqsa...
👩🏻💻 Ish faoliyatingiz kun davomida kompyuter bilan ishlashni talab qilsa, koʻzlaringiz ekran yorugʻligidan charchab qolishi tabiiy. Agar bunday holat sizda ham tez-tez kuzatilsa, quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
📌 Ish joyiga eʼtibor bering. Ish vaqtida kompyuter ekrani va koʻzlar orasidagi masofa kamida 60-70 santimetrni tashkil qilishi kerak.
📌 Maxsus koʻzoynak taqing. Ish vaqtida kompyuter ekranidan himoya qiluvchi koʻzoynak taqib oʻtirish ham koʻzga tushadigan bosim darajasini kamaytiradi.
📌 Tez-tez tanaffus qiling. Koʻzlar odatda kompyuter qarshisida 3 soat vaqt oʻtkazgandan keyin toliqadi. Buning oldini olish uchun 1 soat ishlagach, 10-15 daqiqa davomida koʻzlarga dam berish kerak.
📌 Foydali mashqlar bajaramiz. Koʻzlarni soat yoʻnalishi boʻyicha aylantiring, uzoqdagi biror bir buyumga tikilib qarab turing, koʻzlaringizni yumib, barmoqlar yordamida qovoqlar ustidan ularni yengil uqalang.
Lifestyle|
Xfood|
Radio|
VideoLiveПоказать полностью ...