Andijonda qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.S., O.P. va boshqalar 20 dona 200 ming va 160 dona 100 ming so‘mlik jami 20 mln so‘m qalbaki kupyuralarni fuqaro
X.Sh.ga 7 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 6 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Ushbu qalbaki pullarni manbasini aniqlash maqsadida tadbir davom ettirilib, S.B.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yana 75 dona 100 ming va 20 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyura va ularni ishlab chiqarishda foydalanilgan rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
▶️
Andijon xabarlariПоказать полностью ...