Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
AQSh Isroil va UKrainani yana moliyalashtirmoqchi
U 111 milliard AQSh dollarlik milliy xavfsizlik paketini Ukraina va Isroildagi harbiy tayyorgarlik hamda razvedka yordami uchun ajratmoqchi, deb xabar berdi The Hill gazetasi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25787Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Nursulton Nazarboyevning kitobi Shavkat Mirziyoyevga yetkazildi
Kecha, 6-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25786Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan muzokaralar o‘tkazdi
Ularning uchrashuvi uch soatdan ortiq davom etgan.
Peskovning aytishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat va OPEK+ doirasidagi hamkorlik (ya’ni neft narxi) muhokama qilingan.
Putin Saudiya Arabistoniga katta delegatsiya bilan kelgani aytilmqoda. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham tashrif buyurgan.Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Navbat Toshkent viloyatiga. 34 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25783Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Qozog‘istonda havo 42 darajagacha sovishi kutilmoqda
“Kazgidromet”ning xabar berishicha, 7-9-dekabr kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida havo harorati keskin pasayadi.
Faqat sharqiy va janubiy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) davom etadi. Kechasi havo harorati g‘arbda 10-20 darajagacha, shimoli-g‘arbiy va shimoliy hududlarda 28-38 darajagacha, mamlakatning uzoq shimolida 42 darajagacha, respublika markazi va sharqida 28-33 darajagacha, janubiy viloyatlarda 5-13 darajagacha sovuq tushishi kutilmoqda.
Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
XAMAS Baydenni tuhmat qilishda ayblamoqda
AQShning amaldagi prezidenti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezidentlik saylovlari arafasida yana XAMAS-Isroil mojarosiga izoh berib, qarshilik harakati a’zolari ayollarni zo‘rlaganini da’vo qilgan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25762Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Eron koinotga yangi biokapsula uchirdi
Qurilma odamni orbitaga jo‘natish bo‘yicha Eron yo‘l xaritasini izchil amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25776Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Toshkentda Xalqaro hunarmandchilik instituti tashkil etiladi
Savdo-sanoat palatasi “Toshkent shahrida Xalqaro hunarmandchilik, badiiy sanʼat va dizayn institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25768Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Isroil BMT koordinatoriga “taqiq” qo‘ydi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq tinchlik jarayoni boʻyicha maxsus koordinatori XAMASni qoralamagani uchun Isroil tomondan “taqiq”ga uchradi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25771Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Rossiya prezidenti BAAga bordi
Bugun, 6-dekabr kuni Vladimir Putin amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabiga bordi.
Uning Abu-Dabiga parvozi davomida “Su-35S” qiruvchi samolyotlari hamrohlik qilgan. Buning uchun parvoz amalga oshirilgan davlatlardan maxsus ruxsatnomalar olingan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin bugun BAA va Saudiya Arabistonida bo'ladi.Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Bugungi kunda oilalarning erta buzilishiga nima sabab boʻlmoqda?
Oxirgi statistikalarga e’tibor qaratadigan boʻlsak, 2022-yil O‘zbekistonda 1-yanvardan 1-iyungacha oʻrtacha 21 mingta oila rasman ajrashgan. Bu, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 mingtaga yaqin.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida nikohdan ajralishlar soni esa oʻrtacha 26 mingtani tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 800 tadan oshgan.
➥ To'liq video: https://youtu.be/tnnDQYSzm8cInstagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Xon-Yunisdagi to‘qnashuvlar G‘azo shahriga qaraganda kuchliroq” - Al-Qassam brigadasi
XAMASning harbiy qanoti bugun isroillik askarlarga qarshi ko‘plab va keng ko‘lamli hujumlar uyushtirilganini, jumladan, Isroil armiyasi qalqon sifatida foydalangan uylar va tunnellar bilan birga portlatib yuborilgan, shuningdek, snayper operatsiyalari amalga oshirilganini xabar qildi.Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Mirziyoyev Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘iziston rahbariga uzoq umr, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25775Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Jurnalist va tasvirchini kaltaklagan “zo‘ravon”ga sud hukmi o‘qildi
Sudlanuvchiga qamoq jazosi tayinlandi va qarorga muvofiq yetkazilgan zarar uchun 23 755 641 so‘m mablag‘ undirilishi belgilandi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25777Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
❗️Xorazmda ham “tozalash” ishlari boshlandi! Viloyatda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar o‘tkazgan tezkor-profilaktik tadbirlarda tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs ushlangan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25774Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Oliy sudning katta konsultanti 10 ming dollar pora bilan ushlandi
U ko‘rilayotgan jinoyat ishini Farg‘ona viloyat sudiga o‘tkazgan holda ularning oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25767Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Isroil G‘azo tunnellarini dengiz suvi bilan to‘ldirishni boshladi
Isroilning XAMAS tunnellarini suv bositirish rejalari bir kun avval “The Wall Street Journal” nashrida ma’lum bo‘lgan.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyida Isroil armiyasi Al-Shati qochqinlar lageri hududida beshta nasos stansiyasini o‘rnatgan bo‘lib, ular bir necha hafta ichida yerosti aloqa tarmog‘ini suv bosishi mumkin.Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Ukraina tomonidan Qrimdagi neft bazaga hujum qilindi
Rossiya ommaviy axborot vositalari vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘qligini bildirgan.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25766Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
❗️Klichko Zelenskiyni tanqid qildiHozirda Kiyev shahri meri sifatida faoliyat yuritayotgan Vitaliy Klichko prezident Zelenskiyning aybi sabab urush bo‘layotgani va amaldagi prezident o‘z xatolari uchun badal to‘layotganini ta‘kidladi. O‘ziga berilgan prezident bo‘lish haqidagi savolga esa, buning hozir iloji yo‘qligini aytdi.Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi etib tayinlandi
U shu kunga qadar tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Diplomatik xizmatini Yevropa davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan.Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
🗓Oʻzbekistonliklar bu haftada ketma-ket uch kun dam olishadi
Oʻzbekistonda mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan sana – 8-dekabr rasman dam olish kuni hisoblanadi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25759Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Baxti Tashkentskiy” 15 sutkaga qamaldi
Joriy yilning 3-dekabr kuni “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi, 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
➥ Batafsil: xabardor.uz/25758Instagram | Facebook | Telegram | YouTube