The service is also available in your language. To switch the language, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Гео и язык канала

все посты Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site:  http://surxondaryo.uz/  Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov @surxondaryo .uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.  @surxondaryo uz_bot 
Показать больше
24 989-10
~15 258
~26
65.76%
Общий рейтинг Telegram
В мире
35 415место
из 78 777
В стране, Узбекистан 
0место
из 0
В категории
2 251место
из 3 169
Архив постов
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida Rossiya federatsiyasi Novosibirsk gubernatori bochligidagi delegatsiya bilan hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi Delegatsiyaning Sariosiyo va Termiz tumanlariga tashrifi tafsilotlari.

file

5 015
13
📹 Surxondaryo viloyati hokimi Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontoq mahallasida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

C5464 1.mp4

7 587
40
Davlatimiz Rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda bu borada Surxondaryo tajribasini yaratish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontoq mahallasida tizimli ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallada bo‘lib, biriktirilgan mutasaddilarning oilalar bilan olib borayotgan ishlari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash tadbirlarining borishi bilan tanishdi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tanlab olingan 25 ta xonadonda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Berilgan topshiriqlar ijrosida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan tashriflarda berilgan vazifalar, belgilab olingan chora-tadbirlarga asosan kambag‘allikni qisqartirish ishlarini jadallashtirish, mahallani kambg‘allikdan xoli hududga aylantirish vazifalari topshirildi.
Показать полностью ...
9 104
38
🗳 Markaziy saylov komissiyasi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun Surxondaryo viloyatida tuzilgan 6 ta saylov okrugining tartib raqami, nomi, saylov okrugi chegarasiga kiruvchi ma’muriy-hududiy birliklar va saylovchilar soni bilan tanishing: 1. 38-Surxondaryo viloyati saylov okrugi: 📍Boysun, Sherobod va Muzrabot tumanlarining to‘liq hududlari; 👫 280 312 nafar saylovchi. 2. 39-Surxondaryo viloyati saylov okrugi: 📍Termiz shahri, Angor va Termiz tumanlarining to‘liq hududlari; 👫 262 084 nafar saylovchi. 3. 40-Surxondaryo viloyati saylov okrugi: 📍Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlarining to‘liq hududlari hamda Qumqo‘rg‘on tumanining 3 ta MFY chegaralari. 👫 265 347 nafar saylovchi. 4. 41-Surxondaryo viloyati saylov okrugi: 📍Oltinsoy tumanining to‘liq hududi hamda Qumqo‘rg‘on tumanining 59 ta, Sho‘rchi tumanining 16 ta MFY chegaralari. 👫 291 396 nafar saylovchi. 5. 42-Surxondaryo viloyati saylov okrugi: 📍Denov tumanining to‘liq hududi hamda Sho‘rchi tumanining 16 ta MFY chegaralari; 👫 286 692 nafar saylovchi. 6. 43-Surxondaryo viloyati saylov okrugi: 📍Sariosiyo hamda Uzun tumanlari hududi hamda Sho‘rchi tumanining 21 ta MFY chegaralari; 👫 283 334 nafar saylovchi.
Показать полностью ...
11 266
55
Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi hamda delegatsiya ishtirokida hududdagi «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gullar qo‘ydi. Shundan so‘ng, Novosibirsk viloyati delegatsiyasi a’zolari “Shon-sharaf muzeyi” ko‘rgazmasini ham tomosha qildi. Bu bog'ning asosiy paviloni bo'lib, bu yerda Ikkinchi jahon urushi tarixi, o'zbek xalqining fashistik bosqinchilarga qarshi kurashdagi qo'shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi ko'plab materiallar va eksponatlar o‘rin olgan. Yodgorlik majmuasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan. G‘alaba bog‘i har biri alohida mavzuga ega bo‘lgan ikki qismdan iborat bo'lib, birinchisida o‘zbekistonliklarning janglardagi ishtirokidan lavhalar, ikkinchisida front ortidagi respublikamiz hayoti aks etgan.
Показать полностью ...
8 211
22
🖼 Surxondaryoda “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va uning Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi. ☀️ Festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va viloyat bolalar kutubxonasi mutasadillari, kitobsevar o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Festival doirasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha kitobxonlik ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari taqdirlandilar: ✅Eng kitobxon maktab; ✅Eng faol kitobxon oʻquvchi; ✅Ijodkor bolalar; ✅Eng kitobxon oila; ✅Eng faol kutubxonachi. 🟠 Festival tadbirlarida 400 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olingan bo‘lib, ularning orasidan g'oliblikni qo'lga kiritgan 55 nafari taqdirlandi. Shuningdek, musiqa va san’at yo‘nalishida iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 🔸Tadbir soʻngida festival estafetasi Qoraqalpog'iston Respublikasiga topshirildi.
Показать полностью ...
9 626
14
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi 50 ta saylov okrugiga beshta siyosiy partiyaning har biridan bir nafardan, jami 250 nafar nomzod to‘g‘risidagi arizalar “ye-saylov” tizimi orqali komissiyaga yuborilgan. Nomzodlarning 42 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Yig‘ilishda partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ushbu nomzodlarni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ro‘yxatga olingan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-sayt va mahalliy matbuotda e’lon qilinadi. Saylovoldi tashviqot davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarga Surxondaryo viloyati televideniesida hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti hamda “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalarida bir xil nashr maydoni bepul ajratilib, teng sharoitlar ta’minlanadi.
Показать полностью ...
7 380
12
Novosibirsk viloyati delegatsiyasining Surxondaryoga tashrifi yakunlandi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning taklifiga binoan viloyatimizga kelgan Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrifini yakunlab, Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketdi. Martabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportidan viloyatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi.
7 700
19
Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik aloqalari birodarlik va do‘stlik rishtalari bilan mustahkamlanmoqda Vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Novosibirsk delegatsiyasi Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida ishlab chiqarish obyektlari, yirik loyihalar hamda turizm maskanlari bilan tanishdi.

C5237_3~3.mp4

9 809
46
📹 Novosibirsk gubernatori Termizda mahsulotlarni quritish va muzlatish korxonasi, logistika markazi hamda arxeologiya muzeyi bilan tanishdi

IMG_2258.MOV

9 648
32
Vohamizga tashrifini davom ettirayotgan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz arxeologiya muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdi. Delegatsiya a’zolariga Termiz arxeologiya muzeyidagi vohamizning eng qadimgi tosh davridan XX asrgacha bo‘lgan tarixidan so‘zlovchi eksponatlar tanishtirildi hamda ularga ma’lumotlar berildi. Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar hamda insoniyat sivilizatsiyasi tarixidan so‘zlovchi topilmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrifi yakunida Andrey Travnikov Faxriy mehmonlar kitobida qaydlarini yozib qoldirdi.
Показать полностью ...
8 313
10
Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Gold agro fresh” MChJning mahsulotlarni qayta ishlash, quritish va muzlatish korxonasiga tashrif buyurdi. O‘zining issiqxonalar kompleksi, meva-sabzavotlar yetishtirish maydonlariga ega korxona asosan mahsulotlarni quritish yoki muzlatish orqali xorijga eksport qilish faoliyatini olib boradi. Mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida mahsulotlarni saralash, qadoqlash, muzlatish, shuningdek, quritish jarayonlari hamda eksport uchun tayyorlangan mahsulotlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Rossiyaning “LETO” korxonasi ta’sischiligidagi "TERMIZ AGRO IMPEX" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, saralash va eksportga yo‘naltiruvchi logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi. Umumiy maydoni 10 gektar bo‘lgan markazda 3 gektar issiqxona, 4 gektar ochiq maydonlar hamda 3 ming kvadrat metr maydonga ega muzlatgichli omborxona tashkil etilgan. Issiqxona va ochiq maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, brokkoli, karam, ko‘katlar, rozmarin, pomidor va bodring yetishtiriladi. Logistika markazi joriy yilda 2,5 mln dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, Termiz tumani markazida joylashgan “Uchqizil” suv ombori hamda hududdagi ekoturizm maskanlari bilan ham tanishildi.
Показать полностью ...
7 831
14
Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi 🔔 Proporsional tizimda siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida 75 ta deputatlik o‘rinlari partiyalar o‘rtasida qanday taqsimlanadi? Bugun ushbu masalani batafsil tushuntiramiz.

Hisoblash Rolik Retouch.mp4

7 396
5
Ayni vaqtda vohamizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk delegatsiyasi Sariosiyo tumanida joylashgan “Surxon sifat tekstil” xususiy korxonasining ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor ip-kalava mahsulotlari ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar korxona faoliyati va ish jarayonlari haqida ma’lumot berishdi. Umumiy qiymati 331 mlrd so‘mni tashkil etuvchi ushbu loyihaning yillik quvvati 11 ming tonna ip-kalava bo‘lib, 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, shu yerning o‘zida tashkil etilgan kiyim-kechaklar shourumi bilan ham tanishildi. Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikovga O‘zbekiston-Tojikiston davlatlari chegarasidagi "Sariosiyo" chegara bojxona posti hamda ushbu hududda erkin savdo markazi tashkil etish loyihasi bilan tanishtirdi.
Показать полностью ...
7 409
12
📹 Novosibirsk gubernatori va Surxondaryo viloyati hokimi eshik-deraza romlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

IMG_5859.MP4

10 002
34
Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida joylashgan, yiliga 48 ming kvadrat metr eshik va deraza romlari ishlab chiqarish quvvatiga ega “Smart Communication” MChJga tashrif buyurdi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishishdi. Imzo brendi ostida alyuminiy profillaridan zamonaviy eshik va deraza romlari ishlab chiqarayotgan korxonaning umumiy qiymati 117 mlrd so‘m bo‘lib, unda 200 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi.
Показать полностью ...
7 619
18
📹 Novosibrsk delegatsiyasi “To‘palang” suv ombori, GESlar tarmog‘i hamda “UzAgroLider” MChJning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish faoliyati bilan tanishdi

IMG_5857.MOV

10 806
48
Novosibirsk delegatsiyasining Sariosiyo tumaniga tashrifining keyingi manzili “UzAgroLider” MChJning zamonaviy limonchilik issiqxonasi bo‘ldi. Viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov va gubernator Andrey Travnikov limon yetishtirish jarayonlari hamda vohada yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar bilan tanishishdi. Novosibirsk gubernatori hushtam O‘zbekiston meva-sabzavotlari Rossiya bozorlarida xaridorgir mahsulot ekanligini ta’kidlab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, bu boradagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish tashabbusini bildirdi. Shuningdek, hududda yetishtirilgan paxta dalasidagi hosil bilan ham tanishildi. Umumiy maydoni 225 gektar bo‘lgan kompleksda limon, brokolli, g‘alla, uzum, paxta va boshqa turdagi mevalar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Показать полностью ...
7 027
10
Bugun vohamizga tashrifining uchinchi kunini boshlagan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Sariosiyo tumanida joylashgan “To‘palang” suv omboriga tashrif buyurdi. Viloyatimiz rahbari rossiyalik hamkasbiga “To‘palang” suv omboridan viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan mega loyiha haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, mehmonlar suv ombori hududida barpo etilgan, ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “To‘palang GES”i faoliyati, ish jarayonlari bilan tanishdi. Mutaxassislar elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari haqida batafsil axborot berdi. Ma’lumot uchun, hududda suvning tabiiy tushish yo‘li, ya’ni bitta kaskadda “To‘palang”, “Zarchob 1”, “Zarchob 2”, “Zarchob 3” GESlari hamda “Zarchob -1 A” kichik GES barpo etilgan bo‘lib, ularda vohamiz elektr energiyasi ehtiyojining 40 foizi ishlab chiqariladi.
Показать полностью ...
8 274
23
Vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Novosibirsk delegatsiyasi Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar Surxondaryoning tashrif qog‘ozlaridan biriga aylangan “Sangardak” sharsharasi bilan tanishishdi. O‘ziga xos tabiati, tabiiy buloq suvli sharsharasi hamda ajib tog‘ manzaralari bilan nafaqat yurtimiz, balki xorijlik sayyohlar e’tirofiga sazavor bo‘layotgan maskan mehmonlarda katta tassurot uyg‘otdi. Ulug‘bek Qosimov va Andrey Travnikov sharshara hamda hududdagi sanatoriylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, hududlararo turizm oqimini rivojlantirish, novosibirsklik sayyohlar uchun Surxondaryo bo‘ylab tur-paketlar ishlab chiqish masalasini ham muhokama qildi. Novosibirsklik sayyohlar uchun Surxondaryoning tog‘li manzillari, tarixiy arxitektura yodgorliklari hamda gastranomik va ekoturizm obyektlari katta qiziqish uyg‘otishi qayd etildi.
Показать полностью ...
9 402
71
🖥🖥🖥 Axborot 24 | Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning Surxondaryo viloyatiga tashrifi

file

11 501
57
Boysun tumanidagi gaz konida yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing o‘tkazildi Xabar berilganidek, bugun Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ishtirokida kecha, 17-sentabr kuni konda yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda OAV vakillariga yuzaga kelgan texnogen hodisa, uning oqibatlari, mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Xususan, 17-sentabr kuni soat 16:00larda “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ining yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib chiqish holati qayd etilganligi bildirildi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan. 11 nafar fuqaro esa tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan. Kechaning o‘zida ularning 10 nafariga uyiga javob berilgan. Avvalroq, joriy yil 1-sentabr kuni soat 15:17da “M-25” konidagi 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yuzaga kelgan texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tuzilib, uning nazorati ostida hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Natijada 15-sentabr kuni quduq germetiklangan hamda tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirilgandi. Ayni paytda bu yerda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda. Energetika vaziri holatning takrorlanishiga konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligini tushuntirdi. Xususan, geografik jihatdan hudud tog‘oldi-adir relefidir. Relefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi. Shuningdek, mutasaddilar tomonidan texnogen hodisaning yuzaga kelish sabablari, hozirda uni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan choralar, hududda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi salomatligini asrash, evakuatsiya qilingan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Показать полностью ...
10 842
84
😄 | Prezident topshirig‘i ­amalda: Surxondaryoda “Sayxunobod tajribasi” keng yoyilmoqda Surxondaryoda “Sayxunobod tajribasi” aholi tomorqalarining bo‘sh turgan yerlaridan oqilona foydalanish, chorvachilik, quyonchilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yib, qo‘shimcha daromad topish manbaiga aylanmoqda. Qishloqlarda tikuvchilik syexlari qurilib, ishga tushirilayotir. 🔝Batafsil:
Показать полностью ...
9 395
9
Последнее обновление: 11.07.23
Политика конфиденциальности Telemetrio