“Ikki hafta ichida va nihoyat bugun dush qabul qildim…”
Kimlar uchundir bu reallikdan ancha yiroq holat. Ammo bu depressiya bizni qay ahvolga solishining bir ko’rinishi…
Depressiyadagi inson shunchaki tirik qolish rejimida bo’ladi.
Depressiya sizni energiyangiz, motivatsiya, o’zingizni qadrlash va hurmat qilishingizni tortib oladi.
Oddiy holatlar:
O’zingizga g’amxo’rlik qilish;
Uy yumushlari (ahlatni tashlash, kirmashinasida kir yuvish va h.k.) ham depressiyadagi inson uchun juda og’ir bo’lishi mumkin va bu tabiiy.
Dush qabul qilish, tishni tozalash, pochtaga borish yoki oziq-ovqat do’koniga borish ham depressiya simptomlari namoyon bo’lganda juda qiyin yumushlarga aylanadi.
Nega bunday bo’ladi - rasmlarni o’tqizib o’qing👆🏻
Agar siz depressiyada tirik qolish rejimida bo’lsangiz, iltimos yodingizda bo’lsin, o’zingizni ayblamang. Siz qiyin holatni boshdan kechirayotgan AJOYIB INSONSIZ🥰
👇🏻 Sizda qanday holatlar kuzatilmoqda/kuzatilgan? Kommentlarda yozib qoldiring
Показать полностью ...