The service is also available in your language. To switch the language, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Категорія
Гео і мова каналу

всі пости FARZAND TARBIYASI 🌙

🌱 Farzand tarbiyasiga beeʼtibor boʻlmagan ota-onalar uchun maxsus! Hamkorlik uchun:  @bola_tarbiyasi_reklama  Instagram:  http://Instagram.com/bola_tarbiyasi  
Показати весь опис
87 185+306
~26 512
~16
24.18%
Загальний рейтинг Telegram
В світі
9 893місце
із 78 777
У країні, Узбекистан 
66місце
із 430
У категорії
42місце
із 280
Архів постів
Ular sizni aytganingizni emas, qilganingizni qiladi... 🧕 Farzandlarimizga kitob o‘qi deymiz, lekin ular bizni qo‘limizda biror martda kitob ko‘rmas ekan buni yurakdan bajarmaydilar! 🧕 Farzandlarimizga onangga mehribon bo‘l deymiz, lekin o‘zimiz ayolimizni behurmat qilar ekanmiz ular onasini hurmat qilmaydilar! ✅ Doim mehnatda, izlanishda bo‘l deymiz, lekin o‘zimiz televizor tagida soatlab yotar ekanmiz ular ham biz kabi bo‘ladilar! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
1 943
44
🤒 Bolada harorat ko'tarilganda eng samarasiz va zararli xalqona usullar. Kasallikning noxush davrini hech qanday muammosiz yengib o‘tish uchun yeng yaxshi usul — bolani yaxshi parvarishlash. Ba'zi sabablarga ko‘ra, haroratni tushirishda kattalar tomonidan ko‘plab zararli harakatlar amalga oshiriladi. Shulardan: — bolani o‘rab tashlash, harorat ko‘tarilishini yanada kuchaytiradi — bolani sirka va aroq bilan artish — bolani majburlab yotqizib qo‘yish ✅ Isitma ko'tarilganida xonani tez-tez shamollatish, suyuqlik ko'p ichirish, agar bolada holsizlik bo'lmasa toza havoda sayr qildirish maqsadga muvofiq. 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
3 102
23
👅 Qolib ketgan kasha (smes) idishlaridan ajoyib rivojlantiruvchi o'yin tayyorlaymiz 🐣 Bunda bolada: 🖐 Qo'l motorikasi 😶‍🌫️ Sensor motorika yanayam yaxshilanadi ✂️ Albatta farzandlaringiz bilan sinab ko'ring. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

1726528545_427667960_424173589958841_871452005159578489_n.mp4

3 869
39
Гинекологлар сири очилди. Нега шуни гинекологлар,  биз аёллардан, яшириб келган экан-а? Аптекаларда бир тийинга сотиладиган ушбу дорилар, аёлларда энг кўп учрайдиган гинекологик касалликларга шифо экан. Қўллашни бошлаганимга 1 ҳафта бўлди. Уни тўғри ишлатиб 10 йилга ёшардим, гинеколог ва косметологлар ишим тушмай қўйди😉 Қўллаш оддий, кечкипайт ухлашдан олдин суртинг ва... 👇🏻👇🏻
3 637
4
Uyingizda 🧸 o‘yinchoqlar sochilgan, devorlarga 🦋 kapalaklar chizilgan bo‘lsa 😅, har kuni 🧺 kir yuvsangiz, aslo nolimang! Chunki sizning uyingizda baxt yashaydi 😊 ❤️ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

IMG_4128.MP4

4 464
71
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
6 639
19
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

184. Ajdarho bilan... (8+) (serb xalq ertagi).mp3

6 805
37
🌷.... Istanbulda ko‘zi ojiz farzandini to‘rt yil davomida har kuni universitetga olib kelgan qahramon onaga bitiruv oqshomida faxriy diplom topshirildi... Baʼzi qarzlarni bu dunyoda uzish imkonsiz... 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

6 138
24
Postlarimizni reaksiyalar bilan qo'llab- quvvatlab turinglar, yaxshilar! 🔥 🔥 🔥 Bu biz uchun juda muhim. Motivatsiya deyisharmidi 😉 🤗
5 267
2
😀 Dunyoqarashingizni boyitish uchun foydali kitob. "ENG BAXTLI AYOL" Shayx Oiz al-Qorniy 📚 Yoqimli mutoola tilaymiz! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

Oiz Qarniy. Eng bahtli ayol.pdf

5 126
124
🧕 "Ko‘rinishingga, go‘zalligingga, uyingni pokizaligiga, xonadoning tartibiga, eringga, farzandlaringga, qarindoshlaring, yaqinlaring, dugonalaringga chiroyli xulq bilan yo‘liqishga, tabassumli va qalbi keng bo‘lishga e’tibor qil." Shayx Oiz al-Qarniyning "Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan 📖 🥰 Quyidagi postda sizga ushbu kitobning elektron (pdf) variantini taqdim etmoqdamiz. 📚 Yoqimli mutoola tilaymiz! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
5 155
16
🥣 Bolaning yoshiga qarab qanday vazifalarni o’rgatsa bo’ladi? ❓ Ko'pchilik onajonlarni o'ylantirgan savol @ Sakina Zafarovna 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

1726528545_427757174_259555637089307_5780415025163798851_n.mp4

5 661
52
#multfilm "Somiriy" 23-voqea 1-qism ✨ Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ko'p qismli multserial 🌹 Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Multfilmning oldingi qismlarini kanaldan 🔍   heshtegi bilan izlang! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

23. Сомирий 23-воқеа 1-қисм.mp4

5 175
19
🌿 Otalar Jannatdan umidvor boʻlib duo qilsa, Alloh ularga “ Jannat” ning kalitini tuhfa qilar ekan.... Oxiratda faqatgina qiz farzandgina - "Otamni jannatga kirgizmaguningcha, men xam kirmayman" - der ekan... Uyingizdagi gul-rayxonlaringizni avaylang.... ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
6 110
119
Goʻdaklardagi quyidagi beshta xislat agar kattalarda boʻlganida, ular avliyo boʻlar edilar: • Rizq haqida qaygʻurmaydilar; • Kasal boʻlsalar Xoliqdan shikoyat qilmaydilar; • Taomni koʻpchilik bilan birga yeydilar; • Qoʻrqsalar koʻzlaridan yosh oqizib yigʻlaydilar; • Birov bilan urishib qolsalar, tezda yarashib oladilar. © Jaloliddin Suyutiy rohimahulloh. 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
6 662
31
Бўлган Воқеа 😢👇🏻 Хотини икки йил олдин вафот этди. Олти ой давомида у ўзига кела олмади, уйдан чиқмади, ҳеч нарсага қизиқмади, Кейин у аста-секин яхшиланди,Орадан Бир йил ўтиб у яхши ва меҳрибон қиз билан учрашди. Севиб қолди, бир неча ойдан кейин улар турмуш қуришга қарор қилишди. Орадан Икки ой ўтиб нарсаларни тартибга солаётганида Ногоҳон нарсалар орасида марҳум хотининг исми ёзилган қутига дуч келди😳 Унинг нарсалари, қандайдир заргарлик буюмлари бор эди ва қутининг орқасида хат бор эди, шундан кейин қиз билан ажрашди.. Хатда фақат битта ибора ёзилган эди: Давомини ўқинг😢👇🏻
Показати повністю ...
6 158
4
🦷 Bolaning sut tishlari qachon tushadi? 🛡 Bolaning sut tishlari chiqishidan ko‘ra, ularning tushishi og‘riqsiz va odatda muammosiz kechadigan jarayondir. 🔷 Ko‘pincha sut tishlari bolaning 5-6 yoshiga kelib tushadi. Statistik maьlumotlarga ko‘ra, sut tushlari necha oyda chiqishni boshlagan bo‘lsa, o‘sha yoshda tushishni boshlaydi. Ya’ni ilk sut tishlari 7 oyda chiqqan bo‘lsa, ularning tushishi bolaning 7 yoshiga to‘g‘ri keladi. 🔷 Bu davrda bolaga kamroq shirinlik yeyish, kalsiy va minerallarga boy ozuqalardan oziqlanish, antibiotiklarni kamroq qabul qilish tavsiya etiladi. Odatda 14 yoshga qadar ildiz tishlari chiqib bo‘ladi. 🔷 Muhim tavsiya. Sut tishlari kariyes bo‘lib og‘riyotgan bo‘lsa, ular tushib ketadi, deb, davolamasdan olib tashlash mumkin emas. Stomatologlarning ta’kidlashicha, sut tishlari vaqtli olib tashlanishi noto‘g‘ri. Shuning uchun ularni ham oddiy tish singari davolash kerak va ular o‘z vaqtida ildiz tishlari tayyor bo‘lganida tushgani ma’qul.  👶 Sizning bolajoningizda nechi yoshida sut tishlari tushgan? ✍️ Izohlarda yozingchi. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
6 620
59
👨‍🏫 Ixtirochi bolajonlarimiz uchun ajoyib master-klass. ✂️ Albatta bolajoningiz bilan birgalikda bajarib ko'ring. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

334823090_An9_ZOlQmxDaM7dzS6OqD0ATnDG2HV0Eepv0ynV2pWGJCXFi0De_Ly.mp4

6 794
105
Onaning eng buyuk va eng mashaqqatli - jamiyatda, tarixda guzal iz qoldiradigan shaxs yetishtirishdir! ❌ O'z nomini, suratlarini, qomatini, yangi olgan kiyimini va yeyayotgan taomi hammaga ko'z-ko'z qilish emas! P.S.: Bolalarga telefonga qaratganchalik etibor qaratsangiz edi. Bizni bolalardan daholar chiqqan bo'lardi... ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

f5696c30c4314a9e9c683406d72d7cc2.mp4

9 195
142
Ойликдан ойликга, қарздан қарзга яшаш жонингизга тегдими? 😔 Даромад  топиб орзуларингизга тезроқ ушалишини хоҳлаяпсизми?😍 📌Бунинг учун уйдан чиқишингиз ва қиммат телефониз бўлиши шартмас! Ссилка ўчирилмасдан каналга ўтиб олинг! ☺️ Вебинар 🕗 катнашишга Улгурамиз👇👇 💸Даромад топаётган аёллар шу ерда 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/+apEQna7DqQxhYjgy https://t.me/+apEQna7DqQxhYjgy

IMG_0959.MOV

6 849
5
📚 Bolani kitobga qiziqtirishning 7 usuli 🧕 Buni albatta farzandlaringizga qo'llab ko'ring. 🧕 Insha'Allah natijasini sezasiz! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

8 240
150
🌹 JUMANING SUNNATLARI: 🔸 Juma uchun g‘usl qilish. 🔸 Xushbo‘y narsalar surtish. 🔸 Chiroyli kiyimlar kiyish. 🔸 Jumaga viqor va sakina bilan erta borish. 🔸 Juma kuni badanni tozalab, hay’atni go‘zal qilish. 🔸 Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish. 🔸 Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish. 🔸 Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish. 🔸 Imom birinchi rak’atda Fotihadan keyin Jumu’a surasini va ikkinchi rak’atda Munofiqun surasini qiroat qilish. 🔸 Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir. 🔸 Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak’atdan sunnat namozi o‘qish. 🔸 Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi. 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 664
112
🌹 Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Juma kuni menga salavotni ko‘paytiringlar. Albatta, menga yetkazilur va men eshiturman», – dedilar». Shofe’iy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.  “Kimki menga bir bora salavot aytsa, Alloh unga o‘nta salavot aytadi. Kimki menga o‘nta salavot aytsa, Alloh unga u yuzta salavot aytadi. Kimki menga yuzta salavot aytsa, Alloh uni nifoq va do‘zaxdan ozod deb yozib qo‘yadi va qiyomat kunida shahidlar bilan birga qiladi. Allohumma solli va sallim va baarik ’ala Muhammad va ’ala olihi va ashabihi ajma’iyn! ✨  Bu ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing, ko‘p salovot va salom aytilishiga sababchi bo‘ling. 🧕 Eslatish moʻminlarga manfaat berur. •┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈• ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 326
183
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

106. Ket yong'oqchaqar (10+) (ingliz xalq ertagi).mp3

8 078
41
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
8 145
14
🌸 ​​ Ayol kim? 😀 Birinchi bo‘lib diktator fir’avnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz ro‘para turgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sayyida Osiyodir. 😀 Birinch bo‘lib Ka’batullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi bo‘lgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir. 😀 Birinchi bo‘lib yer yuzidagi eng pok suv Zamzamni ichishga erishgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir. 😀 Birinchi bo‘lib Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir. 😀 Birinchi bo‘lib Islom uchun jonini fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sumayya roziyallohu anhodir. 😀 Birinchi bo‘lib Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir. Bilmagan har kimsa bilib olsinki, ayol Islom uchun faxrdir. Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan ummatga Allohning salomlari bo‘lsin..! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
8 953
120
🧕 Buni albatta bolalarizga o'rgatib yod oldiring ajr va savobi ulug' bo'ladi Insha'Allah. Kechga bolalar bilan shug'ullanish uchun juda foydali ma'lumotlar ⭐️ ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

Muslima_qizaloq_bilan_islomiy_savol_javob_|_An_Islamic_Q&A_with.mp4

8 459
229
#kayfiyatni_kōtaramiz ✔️Onalarning hayoti Sizda ham shundaymi?👶🏻 ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
6 432
69
#multfilm "To'g'on toshqini" 22-voqea 3-qism ✨ Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ko'p qismli multserial 🌹 Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Multfilmning oldingi qismlarini kanaldan 🔍   heshtegi bilan izlang! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

22. Тўғон тошқини 22-воқеа 3-қисм.mp4

7 648
33
Mustaqil bolani qanday tarbiyalash kerak: dangasa onaning usuli ☺️ 👧 Hech qachon bolaga o'zi qila oladigan narsani qilmang 👭  Bola uchun u allaqachon qila oladigan narsani qilmaslik, aslida, unga to'sqinlik qilmaslikdir.  Misol uchun, bir yarim yoshida bola qoshiqni ushlab turishi mumkin, uch yoshida u kiyinib, o'yinchoqlarini qo'yishi mumkin, besh yoshida u mikroto'lqinli pechda nonushta isitishi mumkin, yetti yoshida u maktabdan qaytib, o'z ishini qila oladi. o'z-o'zidan uy vazifasi. 🥣 Nega bola buni qilmaydi?  Ha, chunki ota-onasi unga buni qilishga ruxsat bermaydi, ular uchun uni ovqatlantirish, kiyintirish, yig'ish va qo'lidan olib borish osonroq va tezroq. Bolalar aslida ko'rinadiganidan ko'ra aqlli.  Va och bola bo'tqadan bosh tortmaydi va charchagan bola janjal bilan uxlamaydi.  Ota-onalarning vazifasi faqat yordam berishdir: bo'tqa bering, ertak o'qing, tashqarida ob-havo qanday va nima kiyish yaxshiroq ekanligini aytib bering. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
7 995
65
👼 Farzandning onasiga beradigan savollari:⠀ 1. Bugun nima ovqat?⠀ 2. Soat nechi o‘zi?⠀ 3. Ustozim telegramdan nima vazifa yuboribdilar?⠀ 4. Qachon olib berasiz?⠀ 5. Ko‘chaga chiqsam maylimi?⠀ 6. Ko‘ylagim qayerda?⠀ 7. Nega menga olib kelmadingiz?⠀ 8. Yana esingizdan chiqdimi?⠀ 🧕 Farzandning otasiga beradigan savoli:⠀ 1. Oyim qayerdalar? 😉 ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
8 195
77
𝑲𝒊𝒚𝒊𝒎 𝒕𝒊𝒌𝒕𝒊𝒓𝒊𝒔𝒉 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝑭𝑨𝑺𝑶𝑵 𝒒𝒊𝒅𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒄𝒉𝒂𝒓𝒄𝒉𝒂𝒅𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒎𝒊, 𝑺𝒕𝒊𝒍𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒎𝒐𝒔 𝒌𝒊𝒚𝒊𝒎 𝒕𝒐𝒑𝒂 𝒐𝒍𝒎𝒊𝒚𝒂𝒑𝒔𝒊𝒛𝒎𝒊 𝑼𝒏𝒅𝒂 𝒃𝒖 𝒌𝒂𝒏𝒂𝒍 𝒂𝒚𝒏𝒂𝒏 𝒔𝒊𝒛 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 .

file

6 445
10
❗️Erkak kishining mas'uliyatsiz bo'lishiga uning onasi aybdor! Siz bu fikrga qo'shilasizmi? ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

IMG_5785.MP4

9 886
212
Hazrati Fotima onamiz Hazrati Hasan (r.a.) va Hazrati Husayn (r.a.)ga aytgan allalarini topish baxtiga muyassar bo‘ldim. Uning ma’nosi ham, o’zi ham shunday tinch, shunchaki ilohiy.. Bolalarimizga aytib berishimiz mumkin bo‘lgan eng go’zal alla nazarimda... Inna fil jannati nahrun mil laban, Arzuha ma bayni Yasrib val Yaman, Tuluha ma bayna Makka val Adan Lil Aliyyin val Husayni val Hasan… Uning ma’nosi quyidagicha: Jannatda bir sut daryosi bor Yasribdan Yamanga qadar keng Makkadan Adangacha bo’lgan yo’l kabi uzoq Ali, Hasan, Husayn uchun... Tinglab ichingiz huzurga to’ldimi sizning ham? ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...

file

9 746
334
❗️REAL VOQEALAR ASOSIDA ▪️Tungi ENUREZ(Tunda bolalar siyib qo’yishi,siydik ushlolmaslik) 🫧Deyarli 99% odamlani hayotida shu holat 🧠Bu ish bilan bolani psixologiyasiga juda katta ta'sir o'tkazasiz.Bola o’zi xohlab siyib qo’ymidi uni davolatish kerak. Davolash turi: •GIDROVANNA •GELMeNTERAPIYA •IGLOTERAPIYA •FIZIOTERAPIYA 💯100%bolala shifo topadi Instagram: 🌐 ТЕЛЕГРАМ ✍️ 📌 Manzil: Toshkent, Yangiyo’l ☎️ 998338801868
Показати повністю ...

file

7 271
18
🧕 Rus tilida ALIFBO va HAYVONLARNI o'rganamiz Albatta, farzandlaringiz bilan birga sinab ko'ring. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

Изучаем_АЛФАВИТ_и_ЖИВОТНЫХ_Русская_Азбука_для_малышей_|_Развивающие.mp4

8 420
130
Bolalar bogʻchadagi yaxshi va yomon odatlarni oʻzlashtirishi sabablari... Bunday vaziyatda ota onalar qanday yoʻl tutishi haqida tavsiyalar. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

9 982
105
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
9 663
15
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

105. Jodugarning qizi (12+) (rus xalq ertagi).mp3

9 648
55
#oğriqli_mavzu ❤️ ZAMONAVIY VAHSHIYLIK Er dedi, xotiniga Gazeta o‘qib turib: -Arab bo'lib qolmapmiz Yaxshiyam xudo urib. Qara,bu vahshiylarni, Shunaqayam bo‘larkan. Qiz tug‘ilsa chaqaloq, Yerni kovlab ko‘markan. Xotin dedi:-voy voya Qaranga o‘z bolasi. Bu islomdan oldingi  Arablar-da dadasi. Talonchilik,dinsizlik. Urushqoq har qabila. O’g‘il bolalaridan  Tuzar ekan armiya. Qiz boladan ne foyda? Noniga bo‘lar sherik. Boqib boqib birovga Bervorish aqlsizlik. Er dedi: — Taxmin qilma Ja unaqa emasdir. Balki qiz uzatishning Qiyinligi sababdir. Ikki qiz uzatguncha, Qul bo'lib ishlaydigan Hali Chorsuda savdo Hali Xitoy, Rossiya. Olgan edik chiroyli, Toshkentning mebelini. Katta qudang qaytarib, Yuborgan esingdami? Zo‘rini olamiz deb, Bitta domni sotdirding Molu qizingni berib  Nima foyda ortirding. Bitta domning puliga Uchta uyni yasatib Ora kunda qizingni Yuborishar qaqshatib. Kuyovmish qaynotasin Mebelida yotib ham, Uchrashganda erinib, Ko‘rishadilar "akam" Aytgim kelar qo‘l cho‘zib, Qotganida ensasi: "Qalay yumshoq ekanmi, Turkiyaning ko‘rpasi" Yoqdimi gilamlarim? Yungi pati uzunmi? Turtkilamay boshingda  Ko‘tarib yur qizimni. Yumshoq mebellarimchi, Tushdimi uy rangiga? Ketlaringni qitiqlab Qiynamayaptimi-a? Olgan chinni buyumlar Xurustallarim qalay? Hali kosa sho‘rvasi Yoqyotgandir asalday. Qudangchi osmondalar Bellarida doim qo‘l Kelinning moli bilan Uyingni yasatmay o‘l. Deptilar almashtiring  Yostiqlarning pari kam, Choynak piyola kichik Likoplarning zari kam. Seplarining ichida Aptechkasi, dori yo‘q Pilesos yuragidan Bo‘lsin," — depti, ori yo‘q. Yubordimu desamda: "Ko‘ngling muncha mog‘or-a? O’sha pilesosimda Qalbingniyam tozala." Xotin dedi: — "Ha mayli Bo‘ldi endi dadasi." — Kelin topib, shart qo‘ysang, O’ldiraman onasi. Qurbilari yetgancha Sep qibersin, indama. Xotin:— Menga baribir Odamlar kuladi-daa. Er deydi:— Bu xotinlar Buncha o‘ch-a dunyoga? O’tib ketdi ishlari Xo‘ja ko‘rsin, riyoga. Bularni bir me’yorga O’rgatib bo'larmikan? Yo shu "kim oshdi"sini Qilmasa o‘larmikan? Erkaklarni ham sekin Qo‘llariga olishdi. "Ha shunaqa ekan" deb Ko‘nib qo‘ya qolishdi. Ko‘proq pul topayin deb Yurgan bo‘lsa qay erkak Miyasida bir fikr: "Qiz uzatishim kerak". Lom mim, hatto, alifni Bilmasak mo‘min bo‘lib, To‘yshunoslik ilmini Ichvorganmiz suv qilib. Sen past bo'lib qudadan So‘rab olma borini. Mo‘min kishi qiynamas  Mo‘min birodarini. Kim qudani qiynasa, Ta’ma-la berib ozor. Bolasin tirik ko‘mgan Vahshiydan ne farqi bor? U bolasin tuproqqa  Ko‘msa boqmay ohiga, Bu qudasin ko‘myapti Ta’ma ta’na chohiga. Farqi shuki, ular din Nur ko‘rmagan insonlar, Biz-chi g‘ururga ketib, Buzilgan musulmonlar. Bu hoyu havaslarning So‘rog‘i ham bo‘ladi. Marhabo haddan oshsa Oxiratda ko‘radi. @ Marxabo Karimova 🧕 Sizga kanalda joylab borayotgan, she'riy mazmundagi postlarimiz manzur bo'lyaptimi?  ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
15 488
238
Bolalarda telefondan 📲 oldin va keyingi o'zgarishlar 👣 Sizni farzandlaringizda ham bunday holatlar kuzatilganmi? ✍️ Izohlarda biz bilan bo'lishing! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

1726528545_10000000_628064092780129_4946521143287349614_n.mp4

8 443
62
#multfilm "To'g'on toshqini" 20-voqea 2-qism ✨ Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ko'p qismli multserial 🌹 Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Multfilmning oldingi qismlarini kanaldan 🔍   heshtegi bilan izlang! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

21. Тўғон тошқини 21-воқеа 2-қисм.mp4

7 772
31
#hikoyam 🏬 Bir shaharda odamlar go‘zal bir bino qurishibdi. U  juda ko‘rkam edi. Ustunlari, naqshlari, gumbazlari, peshtoqlar, xullas hamma hamma narsasi juda go‘zal edi. Kelgan odamlar ustunlarni, chiroyli bo‘yoqlar bilan chizilgan naqshlarni, pardalariyu peshtoqlarini maqtar edi. Lekin, binoni eng baland qismida tomga qoqilgan bir mix haqida hech kim gapirmasdi. Bir kuni mix o‘ylab qolibdi: “hamma qismlarni, hatto oyoqni tagida yotgan gilamni ham maqtashadi, men haqimda birov eslamaydi ham. Demak meni bu binoga biror foydam yo‘q”, deb turgan joyidan sug‘rilib o‘zini pastga tashlabdi. O‘sha kuni qattiq shamol bo‘lib, mixsiz qolgan tomni o‘sha qismini shamol uchirib yuboribdi, qattiq yomg‘ir yog‘ib xonani ichiga ko‘p suv kiribdi. Bo‘yoqlar bo‘yalib ketibdi, gilamlar loyqaga botibdi, pardalarni rasvosi chiqib, peshtoqlargacha zarar ko‘ribdi. Va mix bularni ko‘rib, odamlar uni gapirmagani, u haqida bilmagani bilan uning bu xonaga ahamiyati qanchaligini anglabdi. 🥹 Qissadan xissa shuki, bazan sezilmasada har bir insonning bu hayotda o‘z o‘rni bor, ular ham shu jamiyatning muhim bir bo‘lagi hisoblanadi.  ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 321
41
❤️❤️♥️ 📸📸📸📸 ⏹ BOLALAR NIMALARNI UNUTMAYDI? 🖱️ Bolangizga vada berib bajarmasangiz unutmaydi! 🖱️ Birovlarni oldida bolangizni ustidan kulsangiz unutmaydi! 🖱️ Bolangizni ursangiz unutmaydi! 🖱️ Kimgadir yolg‘on gapirsangiz va buni yolg‘on ekanligini bola bilsa, u unutmaydi! 🖱️ Ota-ona urishsa bola unutmaydi. 🖱️ Ota-onani axloqsiz ishlarini bola ko‘rsa, unutmaydi. Yuqoridagi holatlar nimaga olib keladi? Eng og‘ir holatda bolada destruktiv axloq yuzaga keladi. Eng oddiy holatda esa bolaning o‘smirlik davri juda og‘ir o‘tadi. ⚠️ «Ha… bu yosh bolaku nimani ham tushinardi» desangiz adashasiz chunki bolaning kelajakdagi individual psixologik xususiyatlari aynan ilk bolalik davridagi (3 yoshgacha) ko‘rgan, eshitgan va orttirgan tajribalariga bog‘liq. Bola qanchalik e’zozlansa, mehr berilsa, aldanmasa, jismoniy va hissiy jarohatlar olmasa, u kelajakda xalqimiz aytganidek «ota-onasiga rahmat olib keladigan farzand» bo‘ladi. ✅ Siz nima deb o'ylaysiz? 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 618
154
📝ДОНО БОЛА (Жуда таъсирли воқеа) Кунлардан бир кун Рум подшоҳи Боғдод мусулмонларига уч савол бериш амри билан ўз элчисини жўнатди. Элчи минбарга чиқиб: — Мен сизларга подшоҳимнинг уч саволини бераман. Агар унга тўғри жавоб бера олсангиз, у сизларга кўп мол-мулк ваъда қилмоқда. Саволлар қуйидагича: Аллоҳдан аввал нима бўлган? Аллоҳ бир лаҳзада ҳамма ёққа назар сола оладими? Ҳозир Аллоҳ нима қиляпти? Уламолар орасида сукунат чўмди. Тўсатдан оломон ичида майин овоз эшитилди: — Дадажон, рухсат беринг, мен унинг саволларига жавоб берай! Бу овоз отасига эргашиб келган ёш боланики эди. Аллохдан аввал...
Показати повністю ...
7 215
6
Farzandingiz olim boʻlishini istasangiz... 🎙 Shayx Alijon Qori P.s.: Juda ham kerakli maʼlumotlar. Albatta tinglang! 🕋 @bola_tarbiyasi 🕋 •┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈• ꜰᴀʀᴢᴀɴᴅ ᴛᴀʀʙɪʏᴀꜱɪ https://t.me/joinchat/AAAAAEmC-ymy4k6BWhekbA

file

9 668
171
Hot Lunch - yetkazib berish xizmatidan ham tez! 🚀 5 daqigada tayyorlang va istalgan joyda zavqlaning! 🕐

HOT LUNCH - SKELET UZ_30сек..mp4

8 073
3
🛑 HOJATXONAGA KIRISH ODOBLARI  Ey, farzand!  Tahorat ushatish uchun hojatxonaga borsang, «Bismilloh» deb chap oyog‘ing bilan kir. O’tirganda  old yoki orqa tarafing qiblaga to‘g‘ri kelib qolmasin, bunga e’tibor ber. Katta hojat va bavlingga  qarama. Hojatxona ichida so‘zlama. Ehtiyojing tugamasdan turib ketma, bitgach, uzoq o‘tirib qolma.  Poklanish uchun kesak yoki shunga o‘xshash jismlarni qo‘lla, bularni chap qo‘ling bilan bajar.  Peshob tomchilari mutlaqo to‘xtashini kut. So‘ngra suv bilan poklan.  Suv bilan poklangan a’zo yana toza bo‘z, matoh bilan quruqlanadi. So‘ng kiyinib, turib, o‘ng oyoq  bilan hojatxonadan chiqiladi. Hojat ishlari bitgach, shu duo o‘qiladi:  «ALHAMDU LILLAHILLAZIY AZHABA ANNIY MA YU’ZIYNIY. VA AMSAKA ALAYYA MA  YANFAUNIY». "Ey farzand" Imom Gʻazzoliy 🍒 Bu odoblarni bolajoningizga o'rgatib qo'ying. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 610
153
👶 Kichkina bolajonlar bilan oʻyin tarzida tugma qadashni oʻrganamiz... Albatta farzandlaringiz bilan sinab ko'ring. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

9 061
63
Ota-onaning bolalariga beradigan narsalari ichida eng qimmatlisi va zaruriysi odobdir. Said ibn Os roziyollohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallolohu alayhivasallam: "hech bir ota o'z farzandiga yaxshi odob o'rgatishdan ortiq hadya qila olmaydi" dedilar". "Sog'lom bola" kitobidan. Ps: Odob suv va havodek zarurdir. Buni faqat anglagan insonlar tushinadi. Oilamizga goʻzal odobni oʻrgataylik❤️ ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
9 595
38
👶🏻 Bolalar nega kech gapiradi? — Bolalar odatda 1-2 yoshdan gapirishni boshlaydi. Ammo, ba‘zi bolalar 3-4 yoshga yetsa ham gapirmaydilar. Bunga sabab, jismoniy yoki ruhiy zoʻriqishlar boʻlishi, bola bilan gaplashmaslik, oiladagi ba‘zi shovqinli holatlar va boshqa shu kabi e‘tiborsizlik hamda salbiy sabablar boʻlishi mumkin. — Bolaning tili chiqmagan boʻlsa ham unga gapiring, u bilan gaplashing. Bola sizni sal boʻlsada tushunadi, albatta. Agar sizga ma‘qul kelsa, bolangiz bilan muhim mavzularda suhbat quring. — Shuningdek, u bilan birga harakatli oʻyinlar oʻynang, aqlni charhlovchi oʻyinchoqlar bilan uni qiziqtiring. Eng kamida u bilan bir kunda 15-35 daqiqa shu kabi mashgʻulotlar oʻtkazing. — Agar, biz bergan maslahat va tavsiyalar samara bermasa, uni iloji boricha tezroq bolalar shifokoriga koʻrsating. Iloji boʻlsa, bolalar psixoligiga ham olib borsangiz, yaxshi boʻladi. 💬 P.s: Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi bilan uning chaqaloqlik davridan shugʻullanish yaxshi samara beradi. 👉 @bola_tarbiyasi
Показати повністю ...
8 734
78
Shamollashning ilk alomatlarida — REZISTOL: - viruslar va bakteriyalardan himoya qiladi; - kasallikning davomiyligini qisqartiradi; - asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. REZISTOL — o‘simliklar yordamida shamollash va uning asoratlaridan himoya! Kattalar va 1 yoshdan katta bolalar uchun. Qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Foydalanishdan oldin ko‘rsatmalarni o‘qing yoki mutaxassis bilan maslahatlashing.
8 195
18
👳‍♂️ ​O‘GʻIL FARZAND Kimning o‘g‘il farzandi bo‘lsa, men bu dunyodan o‘tib ketganimdan keyin, opa-singillaringdan doim habar olib turgin deb aytavering, aytavering, umringiz tugaguncha ayting. Chunki qiyomatda erkaklar opa-singillaridan habar olmagani uchun so‘roq bo‘lar ekan. Ota-onadan keyin opa-singillardan habar olish aka-ukalarning zimmasida ekan. Rivoyatda bir solih kishi birodarlari bilan qabriston oldidan o‘tib ketayotib bir qabrga daraxtning novdasini qo‘ydi. Bu qabrdagi odam qabrda azoblanyapti, shu novda so‘liguncha azobi yengillab turadi dedilar. Odamlar bu odam qanday gunoh qilgan deb so‘rasalar: -Bu yigitning butun tanasi yonyapti faqatgina o‘ng qo‘li yonmayapti, sababi u opa-singillaridan habar olmagan. U bir kuni bir do‘sti bilan ketayotib shu ko‘chada mening opam yashaydi deb, o‘ng qo‘li bilan ko‘rsatgani uchun o‘ng qo‘li yonmayapti. Ko‘rsatgani uchun Alloh o‘ng qo‘lini azobdan qutqardi. Ikki dona non olib, ko‘rgani borganda butun tanasi azobdan qutilgan bo‘lardi dedilar. O‘g‘illarimizni oxirat azobidan o‘zing asra, Robbim! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
14 533
605
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

100. Shahzoda Ivan... (1 qism) (rus xalq ertagi).mp3

9 655
54
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
9 991
21
🧕 Hazratning farzand tarbiya qilish usullari haqida… @ Ismoil Muhammad Sodiq ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

9 991
221
🌱 Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi: — Hamshira! O‘limi yaqinlashganini sezgan chol: — Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor. — Bolalaringizga xabar beraman... — Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit. — Mayli, ayting. Qariya ko‘zlarida yosh bilan: — Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu... Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi. Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il: — Kech xabar beribsiz? — dedi. — Otangiz shunday vasiyat qildi. — Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya… 🧕Padaribuzrukvoringiz, otajoningiz hayotmilar? Ularga yaxshi ko'rishingizni ayting.(telefondami, sms xabardami). ✍️ Izohlarda "bajardim" deb yozib qoldirsangiz, quvonchingizga sherik qilgan bo'lardingiz! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
8 856
16
#multfilm "To'g'on toshqini" 20-voqea 1-qism ✨ Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ko'p qismli multserial 🌹 Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Multfilmning oldingi qismlarini kanaldan 🔍   heshtegi bilan izlang! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

20. Тўғон тошқини 20-воқеа 1-қисм.mp4

7 753
35
-Bolalarim ketidan tozalash uchun Robot Pilesos 🤖 sotib oldim -Keyinchi? 😅 -Keyin esa 🙈 😁 Onajonlarga yuborib qo'yamiz ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

1726528545_120642910_1592730351541061_3416415335850720205_n.mp4

9 506
126
🌱 Bir bolani eng buyuk dushmani, unga Allohni tanitmagan, eslatmagan, bu dunyoda abadiy yashaydigandek his qildirib katta qilgan ota-onasidir. 🍃 Men onalarni kulolga o'xshataman. Qo'limizga berilgan loydan nima yasash bizni qo'limizda, balki chiroyli ko'za yasaymiz, balki qiyshiq kosa. 🌸  Birinchi urunishdanoq go'zal natija chiqmaydi, bu tabiiy. Keyingi urunishlarda ham birinchisidek san'at asar chiqayotgan bo'lsa, mana bu fojea. 🤔 Nimadan boshlay, dinimizni qanday o'rgatay deyish, to'g'ri savol emas. Siz shunchaki tarixni o'rganing, o'rganganlaringizni bolalaringizga gapirib bering. Ular sizni jon deb tinglashadi, yangi ilmlar har doim qiziq. 📚 Siyratni ko'proq o'qing onajonlar, barcha savollaringizning javobi, o'sha o'qilmay turgan kitoblaringizda sizni kutyapti. Ummu Zaynab 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 575
51
РАМАЗОН ОЙИДА СОДИР БЎЛДИ😭ДАХШАТЛИ ВОҚЕА ДУБАЙДАН ЎЛИГИ КЕЛГАН ФОХИША ҚИЗНИ ҚАБРИНИ ОЧИБ КЎРИШДИ😱😰 Менинг исмим Надия 2003 йилман. Бир қурқинчли воқеанинг гувохи бўлдим, Дугонамнинг опаси бор эди унинг Шу йили дубайдан касалик юқтириб қайитди, тўғрироғи узини эмас жазатини юборишди. Дугонамга рахимим келди у жуда тушкун холатда эди, уни ёнида қолдим.Жанозани эртасида тунида мени уйғотди, уни ёнида эдим ушанда соат 03:20 дақиқа утар эди.Менга еғлаб опам тирик, у кийналяпти уни опкеламан деди. Уни ахволани куриб Отаси қизига ишониб қабрни очтиришга қарор қилдилар. Қабрни очишганда қурқинчли аянчли ходисани гувохи бўлишди .... 😱ТЕЛЕГРАМИ ДОДЛАТГАН ХАЁТИЙ ХИКОЯ ДАВОМИНИ УҚИНГ👈+
Показати повністю ...
6 559
1
🧚‍♀ Ertak qahramonlarini osongina chizishni bilasizmi? 🙂 Kolobok 🐲 3 boshli ajdar 🐠 Oltin baliq 🐸 Qurbaqa malika chizib ko'ramiz 🎨 Albatta farzandlaringiz bilan sinab ko'ring. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

1726528545_164506760_1087913202352521_5018887644294053401_n.mp4

8 433
103
🧕 Bolalar bilan mana shunday o'yinlarni o'ynab turish, ularni jismonan sog'lom, aqlan yetuk qiladi. 🧕 Immuniteti kuchli bo'lishiga sabab bo'ladi. ❓ Siz qanday o'yinlar o'ynaysiz bolangiz bilan, kommentga yozingchi?  ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

9 350
264
ЗАМОН БИЛАН ХАМНАФАС ЮРИШНИ ХОХЛАГАН ГУЗАЛЛАРИМ ДИККАТИКА 🤩🤩 ХОХЛАЙСИЗМИ ОХИРГИ УРФДАГИ ФАСОНЛАРНИ КУЗАТИШНИ  МОДА ОЛАМИНИНГ ЯНГИЛИКЛАРИДАН ХАТБАРДОР БУЛИБ БОРИШНИ  💥окшом 💥уйга 💥куча 💥барча ёшга мос ШУНДАЙ ЗУР ФАСОНЛАР БЕРИБ БОРИЛАДИГАНИ КАНАЛНИ ЛИНКИНИ КОЛДИРАМАН БОСИБ ОБУНА БУЛИНГ АФСУСЛАНМАЙСИЗ https://t.me/+jUPhUJCcbcJlYjMy https://t.me/+jUPhUJCcbcJlYjMy https://t.me/+jUPhUJCcbcJlYjMy
7 469
8
🥣 Bolalar nechi mahal ovqatlanishi kerak?🍼 ❓ Ko'pchilik onalarni o'ylantirgan savol. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

8 910
70
🌞 Assalomu alaykum varahmatullohi va barokatuhu! Omonmisiz, qadrdon! 📚 Alloh taolodan barchangizga jumladan o‘zimga ham bugungi kunni xayrli va barokatli bo‘lishini, umr sahifalarimizga yaxshi kun sifatida muhrlanishini tilab qolaman. 👶 Farzandlarimiz kasal bo‘lmasin,  uyimiz hotirjamlik makoni bo‘lsin,  yurtimiz tinch bo‘lsin,  xalqimiz boy bo‘lsin! 😌 Yaxshilar ko‘p, insonlar qadri aziz va ulug‘ bo‘lsin,  yangi kun muborak! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

12 475
216
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

167. Mitti quyon (venger xalq ertagi).mp3

9 561
67
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
10 183
23
🧕 Eng go'zal ayol Bozor rastalarining birida shirin non va manti pishirib sotadigam ayol har kuni mijozlarga yegulik ulashardi. Bir kun yomg‘ir shiddat bilan yog‘a boshladi. Yomgir jalaga aylandi. Ayol do‘konni qulflab , magazindan ikkita zontik sotib oldi. Qizi o‘qiydigan sanat markazi eshigi oldiga borgach kiyimlariga qarab, ichkari kirishga ikkilanib qoldi. Shusiz xam yo‘qchilik tufayli qizining tengdoshlari oldida izza bo‘lishidan qo‘rqib yurgan ona binoning pastki qavatiga tushib dars tugashini kuta boshladi. Shu payt qizi bilan ko‘zi to‘qnashdi. Ona qizini ko‘rib mamnun qo‘l silkitdi. Birok qizi uni ko‘rmaganga solib devor ortiga berkindi. Bir necha daqiqadan so‘ng devor ortidan mo‘raladi. Bu esa onasini bu ahvolda kutib turishini istamaganligini anlatardi. Bundan ko‘ngli og‘rigan ona boshini quyi solgancha jim qotib qoldi. Bir oydan so‘ng ona qizi o‘qiydigan sanat markazidan talabalar ko‘rgazmasiga taklifnoma oldi. Qizini yana uyatga qo‘yishdan cho‘chigan ona ikkilana yo‘lga tushdi. Devorga osib qo‘yilgan suratlarni bir-bir ko‘zdan kechirgan ona bir portret oldida to‘xtab qoldi. Uning tagiga "Dunyodagi eng go‘zal ayol" deb yozilgan edi. Yog‘ayotgan yomg‘ir, zontik ko‘targan, oppoq unga belangan fartuk taqqan, eski tufli kiyib olgan ayol tasvirlangan edi unda. Bu sanat asarida qizini kutib turgan onaning holati chizilgan edi. Shu kuni qizi devor orqasiga yashirinish sababi onasining o‘sha holatini yuragiga muhrlab olish bo‘lgandi. Rasmni ko‘rayotgan ona ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. Shu payt ona yoniga qizi keldi. Uning ko‘zlarida farzandlik mehri balqib turardi... 🧕 Onajoningiz hayot bo'lsalar ayting: "Onajon siz dunyodagi eng go'zal ayolsiz " deb. Yoki xabar shaklida yozsangiz ham bo'ladi. ✍️ Izohlarda bajardim deb yozib qoldirsangiz, xursand bo'lar edik! 🥰 ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 497
42
❗️Hech qachon bolangizga ”O‘qib olim bo‘larmiding, Asakani olib berarmiding!” deya motivatsiyasini o‘ldirmang! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

GIOnJxkfbvW9h0sBAMpyAsuF6FJxbmdjAAAF.mp4

11 809
145
#multfilm "Hizr alayhissalom" 19-voqea 4-qism ✨ Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ko'p qismli multserial 🌹 Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Multfilmning oldingi qismlarini kanaldan 🔍   heshtegi bilan izlang! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

19_Ҳизр_алайҳиссалом_19_воқеа_4_қисм.mp4

8 514
49
#oğriqli_mavzu — Bola hidingga o'rganadi...🍼 ✅ Qachon tugatamiz bid'atlarni. Dunyoni lol qoldirgan olim, haqiqiy fozil ulamo tarbiyalash, chin inson katta qilishlikni onadan boshqa yana kim yaxshi eplay oladi?(Albatta onalarimizda shu sifatlar bo'lsa) ✅ Qo'yib bering istagancha o'rgansin hidiga, bag'rida katta bo'lsin. ❌ Avloddan-avlodga o'tib kelayotgan chirkin bid'at zanjirini uzing. U sizda tugallansin! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

8 558
60
🐣 15 ta o'yinchoq qoidasi Keling, "zarur" va "yetarli" o'rtasidagi chiziq qayerda, bolaga qancha o'yinchoq kerakligi, ularni qanday o'ynash va qaerda saqlash kerakligi haqida gapiraylik. Agar 7 yoshgacha bo'lgan bola doimiy foydalanishda 10-15 ta bo'lsa yaxshi bolalar psixikasi uchun qulay bo'ladi. Shu bilan birga, agar sizning bolangiz allaqachon  o'yinchog'i ko'p bo'lsa (va bu deyarli aniq — 99% ), unda men ularning bir qismini olib tashlashni maslahat beraman. Faqat bolaning ko'zidan yashiring va bir oydan keyin uni almashtiring. 🧸  Shunday qilib, o'yinchoqlar doimiy ravishda bir-birini almashtiradi va bolani bezovta qilmaydi: chaqaloq shunchaki ularni unutadi va ularni yangi deb biladi. ❓ Siz ko'proq qanaqa o'yinchoq olib berasiz farzandingizga? Izohlarda yozingchi? ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
8 480
19
Болаларни қотилга айлантирувчи хавфли мултфилмлар тарқалмоқда. Интернетдаги турли контентлар фарзандингиз тарбиясига сезиларли даражада ёмон таъсир қилади. Шу сабабли улар нима томоша қилаётганини доим назорат қилиб, хулқ-атворидан огоҳ бўлиб туриш керак.

C_704Arsmpt.mp4

9 579
130
❗️АПТЕКАДАГИ ЗАХАР: БУ ДОРИНИ УЙДА САҚЛАМАСЛИК КЕРАК! Атига 1000 сўм турадиган бу дори, сабабчи бўлиб қолиши мумкин. Бу дори хар бир уйнинг аптечкасида бор ва уни мунтазам ичишни тўхтатиш керак... Ўзини ва оиласини соғлиғини ўйлаган хар бир инсон дорини номини ва сабабини билиши керак!
6 815
3
PUL  yoki  OQIBAT 🛜Umringizni nimaga sarflayapsiz? Bir xasis boy butun umrini faqat boylik to‘plashga sarflab yashagan ekan. U bir kun o‘tirib to‘plagan boyligini hisoblay boshlabdi, qarasa hamma boyligi 300 ming tillo dinor bo‘libdi. Endi o‘tirib reja tuza boshlabdi. Bundan buyog‘iga molu-davlat yig‘mayman, balki, to‘plagan boyligimni mazza qilib yeb-ichib, o‘ynab kulaman, debdi. Shu payt qarshisida O‘lim farishtasi paydo bo‘libdi. — Kimsan? — O‘lim farishtasiman. — Nega kelding? — Joningni olgani! — Yo‘q, yo‘q, men hali hayotga to‘ymadim, shuncha vaqtim faqat mehnatga ketdi, endi rohatini ko‘radiganimda jonimni olasanmi? — Kuning bitdi, men kechiktira olmayman, men buyruqni bajaraman. Boy masala jiddiyligini tushungach, xiylaga o‘tdi: — Uch kungina vaqt ber, pullarimni taqsimlab, uch kungina yaxshi yashab olay. Senga ellik ming dinor beraman. — Yo‘q, menga boylik umuman kerak emas, men jon olaman xolos. — Ikki kun muhlat ber, yarim boyligimni beraman, — O‘lim farishtasi yana o‘sha javobni berdi. — Hamma boyligimni ol, bir kungina vaqt bergin, — deb yalindi. — Yo‘q! — dedi farishta qat’iy. — Unda ikki og‘iz so‘z yozishga vaqt bergin, — dedi. Bunisiga farishta rozi bo‘ldi. Badanini tilib, qon ila devorga quyidagilarni yozdi: "Ey boylik ketidan yugurib, umrini zoye’ qilgan banda! Umringni, vaqtingni qadriga yet, men shuni anglab yetdimki, xar qancha boyliging bo‘lmasin, unga vaqtni sotib olib bo‘lmas ekan, 300 ming dinorga bir kungina vaqt sotib ololmadim, bebaxo vaqtingni qadrsiz boylik to‘plashga sarflama"! P.S.: Pulning ortidan quvib, oqibatni ham unutib yuborganlar o‘zlari uchun xulosa qilishsin!  ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 816
81
❓Bolalarda tirnoq tishlash odatini davolash mumkinmi? ✅  Tirnoq va uning atrofini tishlash holati onixofagiya deb ataladi. Bu odat koʼproq psixologik holatlar bilan bogʼliq boʼladi va stress, tashvish yoki qattiq tushkunlik paytida kuzatiladi. Buning sababini chuqur kuzatuv orqali aniqlash mumkin. ❗️ Аgar bola koʼpchilikning oldiga chiqishdan avval tirnoqlarini tishlay boshlasa, buning sababi odamlarga nisbatan biroz qoʼrquv boʼlishi mumkin. Bu holat oilaga yangi chaqaloqning kelishi natijasida eʼtiborning kamayishi sababli ham kuzatiladi. 🔸 Bolalar asosan avtomatik tarzda, oʼzining xatti-harakatidan bexabar bu ishni amalga oshiradi. Bolalarni ushbu odatdan tanbeh berib qaytarib boʼlmaydi. Bu odatni bartaraf etish uchun qoʼllarni oʼyinchoqlar bilan band qilish lozim. Hammasidan ham foydalisi - ota-ona mehri va eʼtiboridir ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
8 929
77
7 294
47
Har bir ayolning orzusi egizak farzandlar bo'lsa kerak 😍 Egizak farzand , o'g'il yoki qiz farzand ko'rish uchun nimalar qilish va qanday mahsulotlar istemol qilinishini bilasizmi? 🥰 Bu borada o'zim sizga yordam beraman❤️ Menda allaqachon bir qancha mamnun mijozlar mavjud, hoziroq kanalimga obuna bo'ling. Maslahat va tavfsiyalarni o'tkazib yubormang!🥰

file

6 723
7
📢 Qiz o’stirayotgan otalar uchun maxsus ❤️ Bu barcha otalarni ichidagi yashirin dard… 😔 © 😎 ✅ @bola_tarbiyasi 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

SaveVid.Net_4B4ADA896317795A137AC04142BF9C95_video_dashinit.mp4

10 036
494
Sirtqi ta'limda o'qib oliy ma'lumotli bo'ling! Xalqaro Nordik universiteti Oʼzbekiston va Finlandiya koʼmagida ochilgan. Universitetda darslar onlayn va oflayn Hemis platformasi va ZOOM orqali olib boriladi. 1. Maktabgacha ta'lim - 11mln so'm 2. Psixologiya - 11 mln so'm 3. Iqtisodiyot - 12 mln so'm 4. Moliya - 12 mln so'm 5. Kompyuter injiniringi - 12 mln so'm 6. Tarix - 12 mln so'm 7. Jurnalistika - grant asosida 5 yil staj bilan: 1. Boshlangʼich taʼlim - 11mln so'm 2. Musiqa taʼlimi - 12 mln so'm 📥 Onlayn hujjat topshirish: 📌 19 ta 📌 13 ta 📌 6ta O‘qishni ko‘chirish istagidagilar:🔻 📄 (№051207, 01.12.2022-y) Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun: 📞 998555084400 / Тelegram kanal:
Показати повністю ...
6 651
36
🕰 Vaqt yugurib oʻtib ketmasidan Farzandingiz ulgʻayib qolmasidan ⏳ Vaqt gʻanimat. 🧕 Farzand ulugʻ neʼmat. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

7 226
80
💡 Bolaning rivojlanish holatiga toʻsqinlik qiluvchi uch oddiy holat... — Reznikali soʻrgʻich va butilkalar asosan 1 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun va 1 yoshdan soʻng deyarli kerak boʻlmaydi. Oʻzingizning halovatingizni oʻylab bolalarga yoshiga yetgandan soʻng ham bunday usullarni qoʻllamang. — Yurishga oʻrgatuvchi turli xil aravachalar barcha bolalar uchun zararli deb oʻylayman. Chunki mustaqil yurishni emas, doimo biror-bir jismga tayanib yurishga oʻrganib qoladi. Qolaversa, bunday aravachalarni har qanday vaziayatda ham xavfsiz deyish qiyin! — 18-20 oylikdan katta boʻlgan bolalar uchun bir martalik tagliklardan foydalanishni toʻxtatgan ma‘qul. Chunki bolaga sogʻlik tarafdan ham, ruhiy tarafdan salbiy ta‘sir oʻtkazishi mumkin. Uni tagliklarga oʻrgatgandan koʻra, bolani mustaqil ish bajarishga oʻrgating! Qiynalsa, mayli tuvakga oʻrgating... 💬 P.s: Zamonaviy dunyoda ham ba‘zi-bir zamonaviy qulayliklardan voz kechaylik! 👉 @bola_tarbiyasi
Показати повністю ...
8 549
46
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
9 132
11
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

198. Ot bilan yo'lbars (6+) (vyetnam xalq ertagi).mp3

9 138
53
🌿 Ona qornim og‘riyapti - Yaxshida ko‘proq yuvmay narsa ye🙄 Oyi oyog‘im og‘riyapti - Ko‘proq to‘p tepgin🙄 Onaaa tomog‘im -Ko‘p ko‘p muzdek ich🙄 Ertalab ona 7 da uyg‘otib qo‘ying, trenirovkam bor Tuuur, tuuur soat 10 bo‘ldi, 7 da degansan😂 (shu paytda soat 5:30 )😅 Biram ajoyib onalarmiz bor-daaa🙈 © Madina Moʻminova ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
8 765
68
🎶 Sizlar uchun ajoyib bolajonlarga mos qo'shiq topdik Videoni oxirigacha ko'ring afsuslanmaysiz Tarjimasi👇🏻 Alifun - Quyon.🐇 Yuguradi, o’ynaydi charchmaslik uchun sabzi yeydi. Ba’un - O’rdak.🦆 Sakradi - sakradi, yiqilib tushdi. Mushuk ustidan kuldi. Ta’un - Toj bosh ustida.👑 Unda oltin va olmoslar bor. Sa’un - Tulki. 🦊 Xo’rozni tutdi. U kerak bo’lganda ayyordir. ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

7 938
118
#multfilm "Hizr alayhissalom" 18-voqea 3-qism ✨ Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ko'p qismli multserial 🌹 Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Multfilmning oldingi qismlarini kanaldan 🔍   heshtegi bilan izlang! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

18_Ҳизр_алайҳиссалом_18_воқеа_3_қисм.mp4

7 725
65
❗️❗️❗️❗️ 📸📸📸📸 Sizning farzandingiz o'smir yoshdami? Farzandi o'tish davrida ya'ni o'smir bo'lgan ota-onalar, ko'p ziddiyatga uchrayapsizmi? U sizni eshitgisi kelmaydi. Gaplashganda ham o'zini boshqacha tutyapti. ❌ To'xtang! Bosim o'tkazmang! 😍 Keling siz bilan bu borada ish beradigan, diniy tomonlama yechim bo'la oladigan bir necha usullarni ko'rib chiqamiz. 😆 Diniy bilimlar bering.  Qur'on, hadislar va diniy asoslarni o'rganish ularga o'z dinini tushunishga yordam beradi. 😆 O'rnak ko'rsating. Ota-onalar o'z xulq-atvori bilan farzandlariga o'rnak bo'lishi kerak. Diniy qadriyatlarni hayotda amalda qo'llash, farzandga diniy tarbiyaning ahamiyatini ko'rsatadi. 😆 Savol-javoblar tashkil qiling. O'smirlar ko'pincha ko'p savollar berishadi. Ularning savollariga ochiq va samimiy javob berish, ularning diniy va axloqiy tushunchalarini yanada chuqurlashtiradi. 😆 Jamoat faoliyatlarida ishtirok etishga undang. Diniy jamoatlarga, masjid yoki boshqa diniy tashkilotlarga qatnashish, farzandning diniy hayotiga faol ishtirok etishi uchun imkon yaratadi. Bu orqali ular do'stlar orttirishi va diniy qadriyatlarni boshqalar bilan baham ko'rishi mumkin. 😆 Diniy bayramlar va an'analarni qadrlashni o'rgating! Farzandni diniy bayramlar, marosimlar va an'analar bilan tanishtirish, ularni o'z diniy ildizlariga bog'lashga yordam beradi. Bu jarayon o'zligini anglashda muhim rol o'ynaydi. 😆 Axloqiy qoidalarga rioyasini nazorat qiling. Dilbandingizga diniy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiya berish, ularga to'g'ri va noto'g'ri, haqiqiy va soxta, halol va harom tushunchalarini ajratishga yordam beradi. Yuqorida sanagan usullarimiz, InshaAlloh yaxshi tomonlama samarasini beradi. ❤️ Unutmang, bu jarayonda sizdan mehr-muhabbat va sabr-toqatli bo'lish talab qilinadi. @ Aziza Yuldosheva 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
7 896
35
🌿 Qaysi payg‘ambar qayerda yashaganini bilasizmi? Otamiz Odam va Onamiz Havvo — janubiy-g‘arbiy Osiyoda yashagan (yashagan joylari hozir qaysi davlatga to‘g‘ri kelishi haqida aniq ma’lumot yo‘q). Nuh alayhissalom — Iroq Yaman Idris alayhissalom — Falastin Solih alayhissalom — Arabiston Hud alayhissalom — Yaman Ibrohim alayhissalom — Falastin Lut alayhissalom — Iordaniya Ismoil alayhissalom — Arabiston Is’hoq alayhissalom — Falastin Ya’qub alayhissalom — Falastin Yusuf alayhissalom — Misr Shu’ayb alayhissalom — Arabiston Ayyub alayhissalom — Suriya Horun alayhissalom — Misr Muso alayhissalom — Misr Zulkifl alayhissalom — Falastin Dovud alayhissalom — Falastin Sulaymon alayhissalom — Falastin Alyasaʼ alayhissalom — Suriya Ilyos alayhissalom — Suriya Yunus alayhissalom — Falastin Zakariyo alayhissalom — Falastin Yahyo alayhissalom — Iordaniya Iso alayhissalom — Falastin Muhammad sollallohu alayhi vasallam — Arabiston 😌Siz uchun manfaatli bo'lgan, bo'lsa, kommentariyada Masha'Allah deb yozib qoldiring! ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 004
231

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Анонімне голосування
7 586
4
🇹🇷 Turk tilini BEPUL o'rganishni istaysizmi? - Qiziqarli vediodarslar - Vedioluğatlar - Kino, multifilm, musiqalar - Kunlik topshiriqlar ✅ 👆 orqali Turk tilini ushbu kanalda bepul o'rganasiz! 🇹🇷 Kanalga obuna bo'ling va hoziroq boshlang ⬇️

file

6 302
11
🍀 2 minutlik kino va ...20 minutlik yigʻi...! Venetsiya festivalida Bosh sovrinni olgan bu multfilm siznida yigʻlatmay qoʻymasligiga ishonchim komil... shu oʻrinda uzoq-uzoq yozgim keldi, lekin birgina ibora bilan, oʻzim sevgan ibora bilan cheklandim: 🌿 Yaxshiyam borsizlar, yaxshi odamlar...! 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

10 195
135
Baliq ovi 🐟 🐠 👿 🎣 Uy sharoitida ajoyib qiziqarli o'yin tayyorlaymiz 🤗 Farzandlaringiz bilan albatta o'ynab ko'ring... ⭐️ ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

file

8 439
51
🧕 IYMON NIMA? Bilasizmi? 😅 Buni albatta bolalarizga o'rgatib yod oldiring ajr va savobi ulug' bo'ladi Insha'Allah ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

IYMON_NIMA_Bilasizmi_|_Savol_javob_|_Muslima_qizaloq_|_فتاة_مسلمة.mp4

11 208
297
🙋‍♀Qizlajonla, sizlarga bir gap aytaymi? Kecha turmush o‘rtog‘im bilan do'stinikiga mehmonga borgandik. Dasturxonni ko'rib og‘zim ochilib qoldi-yu😯 lekin hech kimga bildirmadim🤭 Ayolidan bunaqa PISHIRIQLARNI qayerdan sotib olganini so'rasam o‘zi pishirganini aytib, menga kanal ssilkasini berdi. Sizlar ham ulanib oling, chiqolmay qolasiz 👇👇 https://t.me/+TNbent1R0Es5ZTgy https://t.me/+TNbent1R0Es5ZTgy SOG'LIK, GO'ZALLIK VA OZISH retseptlari mana bu kanalda👇👇👇 https://t.me/tabobat_dunyo https://t.me/tabobat_dunyo
Показати повністю ...
7 904
4
🤩 Avval va hozir Avvallari farzand tarbiyasi boshqacharoq edi. Bolalar ko'proq jismoniy mehnat bilan band bo'lar, ko'chada o'yin o'ynab, qo'l mehnatini yaxshi o'rganishardi. Bugungi kunda texnologiyalar va zamonaviy hayot sharoitlari tarbiyaviy jarayonlarni o'zgartirib yubordi. Hozirgi bolalarning qo'lidan tushmaydigan telefon va planshetlari bor. Koʻplab bolalar ekran oldida vaqtini o'tkazib, virtual dunyoda yashaydilar. Albatta, texnologiya zamonaviy hayotning bir qismi, lekin bu me’yordan ortiqcha bo'lmasligi kerak. Axir, bolaga haqiqiy hayot tajribasi va odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish zarur. 🤩 Koʻplab ota-onalar band, ular ish bilan, turmush tashvishlari bilan mashg'ul bo'lib, farzandlari bilan yetarlicha vaqt o'tkaza olmayapti. Ota-onalar farzandlariga vaqt ajratishi va ularning ichki dunyosiga kirishi juda muhim. Axir, bola qaysidir ma'noda sizning aksingiz, sizdan qanday e'tibor ko'rsa, shunday shakllanadi. 😍 Zamonaviy bolalarning diqqatini bir joyga jamlash juda qiyin. Bizning paytimizda kitoblar o'qish, ilm olish, doimiy o'rganish muhim edi. Hozir esa ko'plab bolalar internet tufayli chuqur bilim olish o'rniga yuzaki ma'lumotlar bilan kifoyalanishadi. Bu esa kelajak uchun xavfli. 🙂 Bizningcha, bugungi ota-onalar farzand tarbiyasiga ko'proq e'tibor berishlari kerak. Texnologiyalar foydali, lekin ular tarbiyani o'z zimmasiga olmaydi. Axloq, hurmat va halollik – oila bag'rida shakllanadi. @ Mahmudiylar 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
Показати повністю ...
9 723
39
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!
9 771
11
#audio_ertaklar 🎶 Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering ✅ 👶 – Oliy maqsadga aylansin!

Kenja botir.mp3

9 389
58
📢 Hurmatli ota-onalar! 🌟 Hozirda yangi bir ajoyib loyiha boshlash arafasida turibmiz. Bu orqali farzandingizni ta'lim, tarbiya, sog'liq va yana bir qancha yo'nalishlarda sifatli o'quv materiallari, ekspert maslahatlari, blog va qiziqarli kontent taqdim etishni reja qilganmiz. Loyihamizni siz uchun yanada qulay qilish uchun bizga yordam bering! 🧸✨ Qisqa so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z fikrlaringizni bildiring. Sizning javoblaringiz orqali biz ota-onalar va bolalar uchun eng yaxshi resurslarni yaratamiz. So'rovnomani to'ldirish: 👉 Telegramda bizni kuzatib boring: Birgalikda har bir bola rivojlanishi uchun qulay platforma ishlab chiqamiz! 🌱
Показати повністю ...
Siz uchun 60 soniya. Bolalar uchun yaxshiroq resurslarni aniqlashda yordam bering!
Bir daqiqada so'rovnoma to'ldiring va bolalaringiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishda yordam bering!
8 712
3
Останнє оновлення: 11.07.23
Політика конфіденційності Telemetrio