Qashqadaryodagi maktab o‘quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda maktab o'quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda” mazmunida xabarlar tarqaldi. Murojaatga Koson tuman Maktabgacha va maktab talimi bo‘limi munosabat
bildirdi.
Unda yozilishicha, joriy yil 11-may kuni kunduzi soat 15:16 larda maktabning 3-sinf o‘quvchilarining 8 nafari darsdan keyin sport zaliga kirgan. O‘quvchilar o‘zaro o‘yin o‘ynab turganda ikki nafar 5-sinf o‘quvchilari ham sport zaliga kirgan va ularni qo‘rqitib zaldan bir nechtasini chiqarib yuborgan.
Zalda qolgan 4 nafar 3-sinf o‘quvchilarini sport zalidagi kichkina xonaga kiritgan va o‘zlarining qo‘llarida bo‘lgan o‘yinchoq rezinka “ilon“ bilan kiyimlarini yechtirib ularning bir nafarini badaniga, jumladan belidan pastki qismiga ham urgan va keyin chiqib ketishgan.
Bu holatdan xafa bolgan o‘quvchi uyiga ketgan va qo‘rquv natijasida hech kimga hech narsa aytmagan. Oradan uch kun o‘tgach bolaning sinfdoshi uning onasiga bo‘lgan voqea haqida aytib bergan. Bu voqeadan ta’sirlangan ona bolasini tibbiy ekspertiza qildirmasdan turli so‘zlarni boshqa OAV vakillariga aytgan. Ushbu holat nazoratga olingan.
Ayni paytda voqea tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda, maktab rahbariyati yoki boshqa rahbarlar tomonidan bolaning ota-onasi yoki oila a’zolariga hech qanday bosim o‘tkazilmagan. O‘quvchi onasi shoshilinch qaror qabul qilganidan afsusda ekanligini, bolasi sog‘-salomatligini bildirgan. Voqea va maktabdagi mavjud ma’naviy holat bo‘lim masul xodimlari nazoratiga olingan.
➡️
Qashqadaryo xabarlariПоказати повністю ...