#dars
المذكر والمؤنث
Ism jins e'tiboridan 2ga bo‘linadi; muzakkar (erkak) va muannas (ayol).
-Erkak jinsiga dalolat qiladigan so‘zlarga
muzakkar deb ataladi.
-Ayol jinsiga dalolat qiladigan so‘zlarga
muannas deb ataladi.
Muzakkar: Ali (علي), tuya (جمل), ot (حصان).
Muannas: Fotima (فاطمة), urg'ochi tuya (ناقة), urg'ochi mushuk (هرة).
Muannaslik alomatlari:
1) Harakatli muannaslik "te"si (ةٌ) (mudavvara yoki marbuta)
2) Qisqa muannaslik alif (alif maqsura (ى))
3) Uzun muannaslik alif (alif mamduda (ا))
Muannas turlari:
1 Haqiqiy muannas; tug'adigan va tuxum qo‘yadigan... inson yoki hayvonlarga dalolat qiladigan so‘zlar.
Masalan: ayol (امرأة) sigir (بقرة).
2 Majoziy muannas; inson va hayvondan tashqari narsalar, Arablar buni majoziy muannas deb shunga ko‘ra muomala qilishgan.
Masalan: quyosh (شمس) urush (حرب).
3 Ma‘naviy muannas; haqiqiy muannasga dalolat qiladigan so‘zlar, lekin muannaslik alomatlari ko‘rinmaydigan.
Masalan: Zaynab (زينب) emizuvchi (مرضع).
Показати повністю ...