The service is also available in your language. To switch the language, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Категорія
Гео і мова каналу

всі пости CHDPU | Rasmiy kanal

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.  http://fb.com/tvchdpi2017   http://instagram.com/tvchdpu  Murojaat uchun: Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14. 
Показати весь опис
11 904-17
~4 519
~7
35.69%
Загальний рейтинг Telegram
В світі
50 650місце
із 78 777
У країні, Узбекистан 
264місце
із 430
У категорії
1 908місце
із 2 347
Архів постів
Maʼrifatga yo‘g‘rilgan to‘plam taqdimoti #CHDPU_ijodkor #taqdimot Kuni kecha Chirchiq davlat pedagogika universitetining muhtasham anjumanlar zalida qalbi yoniq ijodkor, Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n., hassos shoira Gulandom Togʻayevaning koʻngil xazinalarini izhori boʻlgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. “Ishq elining ovoziman” nomli tadbir shoiraning yaqinda chop etilgan “Ishq handasasi” nomli kitobiga bagʻishlandi. Batafsil: https://cspu.uz/yangilik/marifatga-yogrilgan-plam-taqdimoti Universitet rasmiy sahifalari: Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Показати повністю ...
2 742
11
#Saylov2024 Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi Siyosiy partiyalar proportsional tizim asosida saylanadigan 75 nafardan 100 nafaragacha nomzodlarni ilgari surib, Markaziy saylov komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. 👍❤️ 📩 @tvchdpi2017 #saylov #выборы #election

Hisoblash Rolik Retouch.mp4

3 416
4
#Saylov2024 🔄 Parlament — tez aytishmi? Joriy yilning 27 oktabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovidan aholi vakillari qanchalik xabardor? Ushbu holatni o‘rganish maqsadida Rost24 axborot-tahliliy portali Siz ham fikr bildiring! 👍❤️ 📩 @tvchdpi2017 #saylov #выборы #election

1863.mp4

3 307
2
#oav_biz_haqimizda Nurafshon TV | Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi 👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media

1863.mp4

3 474
11
#oav_biz_haqimizda Mahalla TV | Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi 👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media

1863.mp4

4 444
23
Ппп
1
0
#chumoli_media #talabalar_nigohi Tabiiy fanlar fakulteti bog‘ida etishtirilgan mevalardan talabalar bahramand bo‘ldi. Siz ham edingizmi? O‘zimizni mevalarni! 👍👍

vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv.mp4

4 520
31
#tayinlov CHDPUga Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i tayinlandi Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov buyrug‘i bilan Abdusamatov Javlonbek Qahramon o'g'li Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Javlonbek Abdusamatov 2002-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U 2024-yilda Chirchiq davlat pedagogika universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan. Tayinlovga qadar "Renaissance University" nodavlat oliy ta'lim muassasasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxasissi lavozimida ishlagan. Universitet rasmiy sahifalari: Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Показати повністю ...
5 099
73
CHDPU stipendiyasiga nomzod talabalar diqqatiga! 📌 Quyidagi amallarni bajaring: 1-qadam. Play market dasturidan "Intellect 21" ilovasini mobil qurilmangizga o'rnatib oling. Sozlamalar bo'limidan shaxsiy ma'lumotlaringizni () kiritib ro'yxatdan o'ting. 2-qadam. Ushbu ilovaning "IQ testlar" bo'limidan testlarni (urinishlar soni cheklanmagan) ishlang! Eng yuqori natijani qayd etganingiz toʻgʻrisidagi sertifikatni guruh tyutoringizga yetkazing va ro'yxatga qo'shiling. 3-qadam. Ushbu ilovaning "Imtihon" bo'limidan Tarix va ingliz tili fanlaridan testlarni (1 ta urinish) ishlab chiqing (Testga kirish kodi 1111). 4-qadam. Yuqoridagi amallarni bajargan holda 25-sentabr 17:00 ga qadar guruh tyutoringizga (test natijalarini) yetkazing! E'tiborli bo'ling! Sizga taqdim etiladigan 50 ballni qo'ldan chiqarmang! Dasturni quyidagi havolalar orqali yuklab oling! |
Показати повністю ...
2 632
34
Muhammad Hilmi: talabani ta’lim markazida bo‘lishi quvontiradi Universitet rivojlanishining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida xalqaro darajadagi o‘qituvchilarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Mazkur ishni sifatli amalga oshirish maqsadida universitet kafedralari xorijiy ekspertlar, olimlar, amaliyotchilarni jalb qilgan holda, mutaxassislik fanlari bo‘yicha xalqaro standartlar asosida dars jarayonlari tashkil etish yuzasidan treninglar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha, Lingvistika va ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan Malayziyaning Sultan Idris pedagogika universiteti professori Muhammad Hilmi Che Ahamad ishtirokida "Zamonaviy chet tilini o‘qitish uslublari" nomli ma’ruza tashkillashtirildi. Ma’ruzada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini mutlaqo zamonaviy omilsiz tashkil etib bo‘lmasligini misollarda tushuntirib berildi. Shu sababli xorijdagi samarali metodikalarni o‘rganish va shu asosda o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatini milliy qadriyatlarga tayangan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan fikr almashildi. «Zamonaviy ta’lim talabani markazga o‘rnatdi. Individual ta’lim zamonaviy talabaning tasavvurini kengaytirish, kreativligini oshirish, tahliliy kompetensiyasini shakllantirish, defrensial yondashuvlarini rivojlantirish, analiz va sintez qilish malakasini qaror toptirish, manfaatlarini farqlash, vaqtdan oqilona foydalanish, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish kabi sifatalarini shakllantiradi», – dedi xorijlik ekspert. 👍👍
Показати повністю ...
3 788
21
#chumoli_media #kadr #talabalar_nigohi Xayrli kun! 💙 Men oddiy talabaman: Universitet bog‘idagi olmaxonni yana uchratib qoldim → birinchi paraga jo‘nadim🐿🌰 Yodingizdami universitet bog‘ida olmaxon paydo bo‘lganligi haqida Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
4 319
9
#chumoli_media #kadr #talabalar_nigohi Xayrli kun! 💙 Men oddiy talabaman: Universitet bog‘idagi olmaxonni yana uchratib qoldim → birinchi paraga jo‘nadim🐿🌰 Yodizdami universitet bog‘ida olmaxon paydo bo‘lganligi haqida Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
66
0
Giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan forum o‘tkazildi #talaba_manfaati Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarinig narkotik vositalari va psixotrop moddalarning ta’siriga tushib qolishni oldini olish maqsadida “Yoshlar giyoxvandlikga qarshimiz” mavzusida forum o‘tkazildi. Yoshlar forumining ochilishida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov giyohvandlikning inson ma’naviyati va sog‘lig‘iga zarari to‘g‘risida fikr bildirdi. Forum doirasida tashkil etilgan o'quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, shu markaz bo‘limi boshlig‘i Shuxrat G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi Zafar Abduxaliqov va Toshkent viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri vrach-narkologi Sanjar Rajabov, universitetda yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan xodimlar va talabalar ishtirok etdi. Batafsil: https://cspu.uz/yangilik/giyohvandlikka-qarshi-immunitetni-shakllantirishga-qaratilgan-forum-otkazildi Universitet rasmiy sahifalari: Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Показати повністю ...
5 035
35
4️⃣4️⃣4️⃣ • Lingvistika va ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan Malayziyaning Sultan Idris pedagogika universiteti professori ishtirokida ma'ruza tashkil etiladi 👉 va 📍 4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ •On the initiative of the Department of Linguistics and English Teaching Methodology a webinar will be held with the participation of a professor from Malaysia's Sultan Idris Pedagogical University 👉 & 📍 4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • По инициативе кафедры Лингвистики и методики преподавания английского языка лекция пройдет с участием профессора Малайзийского педагогического университета Султана Идриса 👉 и 📍 👍 ❤️ 📩
Показати повністю ...
5 247
5
#taʼziya Chirchiq davlat pedagogika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Eshchanov Baxodir Xudayberganovichga onasi MAXSUDA ayaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.
4 596
10

video.mp4

4 582
5
#nishonlaymiz Bu model yigit-qizlar emas! “Xon atlas haftaligi”da qatnashgan o‘zimizning talabalarimiz!!! 👍 ❤️ 📩 #nishonlaymiz #празднуем #celebrating
6 798
31
#nishonlaymiz Bu model yigit-qizlar emas! “Xon atlas haftaligi”ga qatnashgan o‘zimizning talabalarimiz!!! 👍 ❤️ 📩 #nishonlaymiz #празднуем #celebrating
1
0
Ta'ziya Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi universitet professori, pedagogika fanlari doktori Ulfatjon Ilhomovich Mahkamov vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.    Janoza 2024-yil 14-sentabr kuni asr namozida. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-daha, 12-uydan chiqariladi. 📍Lokatsiya: @tvchdpi2017
7 083
137
Talabamiz Turkiyadagi xalqaro festivalda e’tirof etildi #CHDPU_faxri #xushxabar Turkiyaning Izmir shahrida «Menemen» 3-Xalqaro kulolchilik festivalida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Oybek Burhoniddinov eng yosh kulol sifatida e’tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 6—8 sentabr kunlari o‘tkazilgan festivalda Turkiya, Portugaliya, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Isroil, Fransiya, Germaniya, Ozarbayjon, Turkiya, Avstriya, Eron va O‘zbekiston kabi 37 davlatdan 70 nafar hunarmand ishtirok etdi. Dunyo kulollari yig‘ilgan festivalda universitetimiz talabasi Oybekka "Eng yosh iqtidorli kulol" nominatsiyasi g‘olibligi berildi. Oybekni xalqaro miqyosdagi maqom bilan tabriklaymiz! 👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Показати повністю ...

doc_2024-09-14_10-08-05.mp4

5 740
11
#talaba_manfaati Chirchiq davlat pedagogika universitetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ta’sis qilingan stipendiyalar tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlanganligi haqida. Rektor ta'sis etgan stipendiyaga onlayn ariza yuborish mumkinmi?! 👍👍 @tvchdpi2017

rrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr.mp4

7 011
44
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifalari Ushbu sahifalar orqali universitet faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy javoblarga ega bo‘lib borishingiz mumkin. Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedovning rasmiy sahifalari: Telegram: Facebook: Instagram: Universitet sahifalari: Telegram: Facebook: Instagram: YouTube:
Показати повністю ...
5 966
11
#chumoli_media #YoshlarOvozi Universitet Axborot xizmati qoshida "Chumoli media” yoshlar media klubi faoliyat yuritib kelmoqda. Klub faollari yangicha fikrlay oladigan, iqtidorli, harakatchan, o‘zbek, tojik, qozoq, rus va ingliz tillarida ishlay oladigan talaba-tengdoshlarini hamkorlikka chaqiradi. Talablar☝️ 🟡Savodli yozish, 👀Kreativ fikrlash, 🔵SMM dan xabardorlik, ijtimoiy tarmoq sahifalari bilan ishlay olish, 👀video hamda matnli media materiallar yaratish. Faoliyat yo‘nalishlari: ⭐️ veb-dizayner; ⭐️ videomontaj ustasi; ⭐️ dasturchi; ⭐️ fotograf; ⭐️ operator; ⭐️ boshlovchi; ⭐️ tarjimon. Murojaat uchun: https// Tengdoshlarimizni hamkorlikka chaqiramiz! Universitet media kelajagini birgalikda quramiz! Bizni kuzating: 📌
Показати повністю ...
6 986
24
📣Talabalar o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi o‘tqaziladi! 🚨O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tanlov e’lon qilinmoqda. Tanlovning saralash bosqichi 2024 yil 23-sentabr kunida start beriladi va internet tarmog‘idagi sayti orqali 31-sentabriga qadar davom etadi. Tanlovning saralash bosqichi test shaklda bo‘ladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim. 🖥Buning uchun saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va testdagi savollarga javob berishi kifoya. 🎤Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi. Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin: 1-yillik tulov-kontrakt pulini to‘lash; 🥈2-o‘rin: yarim yillik tulov-kontrakt pulini to‘lash; 🥉3-o‘rin: noutbuk. Tanlov oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilmoqda. 👇Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali: @tvchdpi2017
Показати повністю ...
7 282
63
#Ichki_stipendiya #Tanlov_boshlandi ⚡️Diqqat! Chirchiq davlat pedagogika universitetida ichki stipendiyalar tanlovi boshlandi⚡️ Universitet rektorining tegishli buyrugʻiga asosan, Chirchiq davlat pedagogika universitetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ta’sis qilingan stipendiyalar tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi 4 ta nomdagi stipendiya ta’sis etildi: - “Iqtidor stipendiyasi” (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun); - “Tamaddun stipendiyasi” (pedagogika va gumanitar fanlar yo‘nalishi uchun); - “Bunyodkor stipendiyasi” (filologiya fanlari yo‘nalishi uchun); - “E’tirof stipendiyasi” (amaliy fanlar va turizm yo‘nalishi uchun). Batafsil bilan tanishing. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi @CHDPU_iqtidorli_talabalari
Показати повністю ...
4 546
62
#CHDPU_bitiruvchisi2024 CHDPU va Belarus qo‘shma ta‘lim dasturi talabalariga diplom topshirildi Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda Belarus Respublikasining Mogilev davlat universiteti o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov ishtirok etdi va qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilarini tabrikladi. _______ Студентам совместной образовательной программы ЧГПУ и Беларуси вручены дипломы Состоялась церемония вручения дипломов студентам, успешно завершившим международную совместную образовательную программу, организованную Чирчикским государственным педагогическим университетом и Могилевским государственным университетом Республики Беларусь. Ректор Чирчикского государственного педагогического университета Гофурджон Мухамедов принял участие в этом мероприятии и поздравил выпускников программы совместного обучения. @tvchdpi2017
Показати повністю ...
5 587
50
#talabaga_qulaylik Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekanati: 🕹 Dekan — Tadjibaev Ikram Uralbaevich telefon raqami:998971398200 🕹 Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Matlibova Nilufar Xamid qizi telefon raqami: 998991963007 🕹 O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Umarova Zuhra Abduraxmonovna telefon raqami: 998903172134 🕹 Kechki ta'lim bo'yicha dekan o'rinbisari- Ismagilova Gulnoza Sayfutdinovna telefon raqami: 998903269648 📍Fakultet o‘quv binosi lokatsiya manzili: 📍Talabalar turar joyi lokatsiya manzili: https://maps.app.goo.gl/p2YTJYPGVrpCu8aa6?g_st=com.google.maps.preview.copy Fakultet rasmiy sahifalari: 🌐| |
Показати повністю ...
5 568
115
Taʼlimni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etish men uchun ulkan sharafdir. Taklif uchun Shayxa Muza bint Nosir al-Misnad hazrati oliyalariga minnatdorlik bildiraman. Oʻzbekiston taʼlim sifatiga, ayniqsa, qizlar va ayollarning bilim egallashiga katta eʼtibor qaratmoqda. Bu borada yurtimiz sarhadlari bilan cheklanib qolayotganimiz yoʻq. 2018-yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar taʼlimi markazi ochildi, hozirga qadar bu yerda 700 nafarga yaqin Afgʻoniston fuqarosi tahsil oldi, ulardan 200 nafari – xotin-qizlar. Afgʻonistonlik ayollar uchun bu juda muhim – mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida malakali tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi. Biz gumanitar inqirozning oldini olish yoʻlida afgʻonistonlik qizlar va ayollarni zaruriy kasblarga oʻqitish ishlarini davom ettirishga tayyormiz. Qatar hukumati va “Education Above All” jamgʻarmasi boʻlsa, bu borada bizga yordam berishga shay. Mavjud vaziyatni inobatga olsak, bu vazifani uddalash barcha tomonlar uchun oson boʻlmaydi. Lekin biz bu yoʻlda bor kuch-quvvatimizni ishga solishga tayyormiz. Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya —taʼlim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir. - Для меня было большой честью принять участие в круглом столе в Катаре, посвящённом Международному дню защиты образования от нападений. Благодарю Её Высочество шейху Мозу бинт Насер за приглашение. Узбекистан заинтересован в качественном образовании, особенно для девушек и женщин, в том числе и за пределами своих границ. В 2018 году по инициативе Президента в г. Термезе был открыт профессиональный образовательный центр, где обучение прошли уже около 700 граждан Афганистана, из которых 200 — это девушки и женщины. Для женщин Афганистана это очень важно — в стране есть острая нехватка квалифицированного медицинского персонала в сфере защиты материнства и детства. Мы готовы продолжать обучать афганских девушек и женщин необходимым профессиям для предотвращения гуманитарного кризиса, а катарское правительство и Фонд Education Above All готовы нам в этом помочь. Это непростая задача для всех сторон, учитывая нынешнюю ситуацию. Но мы готовы приложить все силы в этом направлении. Нет лучшей защиты для женщины, чем свободный доступ к образованию.
Показати повністю ...
4 197
0
#talabagaTavsiya Ushbu kanalda taniqli shoir, milliy matbuotimiz jonkuyari, yoshlarimizning falsafiy tafakkuri tarqqiyotida o'z o'rniga ega bo'lgan mohir publitist va noshir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘tkir Rahmatning she’rlari, maqolalari, tarjimalari, esdaliklari va fikr-mulohazalari bilan tanishib borasiz! Hamisha biz bilan bo‘ling!
Ўткир Раҳмат I O'tkir Rahmat
Ушбу каналда таниқли шоир, моҳир публицист, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист Ўткир Раҳматнинг шеърлари, мақолалари, таржималари, эсдаликлари ва фикр-мулоҳазалари билан танишиб борасиз! Ҳамиша биз билан бўлинг!
4 849
3
#bilasizmi #eslatma 📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim. 👍👍 @tvchdpi2017

179.mp4

5 667
15
Yangi o‘quv yili boshlandi Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2024/2025 o‘quv yili ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori Muxamedov G‘ofurjon Isroilovich, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ota-onalar ishtirok etdilar. Marosimda G‘ofurjon Muxamedov tadbir ishtirokchilarini yangi o‘quv yili bilan . Tadbirda so'zga chiqqanlar Prezidentimiz boshchiligida oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga alohida e'tibor qaratilayotganligi e’tirof etildi. Yangi o‘quv yili "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" mavzusida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Dars jarayonlarida talabalarga mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va jadal rivojlanishlar haqida gapirib berildi. So‘nggi yillarda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtanildi. 👍👍 @tvchdpi2017
Показати повністю ...
5 307
35
#Rektor #tabrik CHDPU REKTORINING YANGI O‘QUV YILI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN TABRIGI! Chirchiq davlat pedagogika universitetining qadrli talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari! Barchangizni Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbdan tabriklayman! Oldinda bizni cheksiz imkoniyatlar, yuksak marralar va yorqin g‘alabalar kutmoqda! Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas! Chunki biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z oldimizga maqsadlar qo‘yib, ularga erishishga intilamiz, o‘samiz, rivojlanamiz, tafakkurimizni kengaytiramaiz, har kuni oldinga yangi qadam tashlaymiz! Aziz birinchi kurs talabalari! Kelajagini aynan bizning universitetimiz bilan bog‘lashga qaror qilgan birinchi kurs talabalarini katta mamnuniyat bilan qutlayman. Bu yerda munosib ta’lim olishingiz uchun barcha sharoitlar hozirlangan. Albatta, ko‘p narsa Sizning mehnat va intilishingizga bog‘liq, biz esa hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishingizga ko‘maklashadigan ishonchli yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qilishga shaymiz. Hurmatli ustozlar va murabbiylarimizga alohida murojaat qilmoqchiman. Ishingizga ko‘rsatayotgan sadoqatingiz uchun tashakkur! O‘quvchilarni yangi bilim olishiga va o‘zini har tomonlama namoyon etishga ruhlantirish, ularga qobiliyatlarini anglash va kuchli tomonlarini ochishda yordam berish - bebaho ne’mat. Ushbu ayyomda sizlarga kasbiy yuksalish, oila a’zolaringizga salomatlik va farovonlik tilayman! Biz birgalikda katta maqsadlar bilan o‘quv yilini boshlamoqdamiz. Xalqaro darajadagi pedagog-kadrlarni tayyorlash masalasi har doimgiday bosh strategiyamiz bo‘lib qoladi. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilm-fan va amaliyot yangiligi, innovatsion ta’lim amaliyoti yutuqlari hamda raqamlashtirish texnologiyalari uyg‘unlashgan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish orqali universitetning xalqaro imidjini yaratishda talabalarimizning g‘oya va intilishlari asosiga quramiz. Yangi o‘quv yili barcha uchun qiziqarli va mahsuldor yil bo‘lsin, yangi kashfiyotlar va yutuqlar quvonch olib kelsin! Sizlarga eng ezgu tilaklar, o‘qish va mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman! Universitet rektor, professor G‘ofurjon Muxamedov | |
Показати повністю ...
6 238
20
#Rektor #tabrik CHDPU REKTORINING YANGI O‘QUV YILI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN TABRIGI! Chirchiq davlat pedagogika universitetining qadrli talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari! Barchangizni Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbdan tabriklayman! Oldinda bizni cheksiz imkoniyatlar, yuksak marralar va yorqin g‘alabalar kutmoqda! Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas! Chunki biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z oldimizga maqsadlar qo‘yib, ularga erishishga intilamiz, o‘samiz, rivojlanamiz, tafakkurimizni kengaytiramaiz, har kuni oldinga yangi qadam tashlaymiz! Aziz birinchi kurs talabalari! Kelajagini aynan bizning universitetimiz bilan bog‘lashga qaror qilgan birinchi kurs talabalarini katta mamnuniyat bilan qutlayman. Bu yerda munosib ta’lim olishingiz uchun barcha sharoitlar hozirlangan. Albatta, ko‘p narsa Sizning mehnat va intilishingizga bog‘liq, biz esa hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishingizga ko‘maklashadigan ishonchli yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qilishga shaymiz. Hurmatli ustozlar va murabbiylarimizga alohida murojaat qilmoqchiman. Ishingizga ko‘rsatayotgan sadoqatingiz uchun tashakkur! O‘quvchilarni yangi bilim olishiga va o‘zini har tomonlama namoyon etishga ruhlantirish, ularga qobiliyatlarini anglash va kuchli tomonlarini ochishda yordam berish - bebaho ne’mat. Ushbu ayyomda sizlarga kasbiy yuksalish, oila a’zolaringizga salomatlik va farovonlik tilayman! Biz birgalikda katta maqsadlar bilan o‘quv yilini boshlamoqdamiz. Xalqaro darajadagi pedagog-kadrlarni tayyorlash masalasi har doimgiday bosh strategiyamiz bo‘lib qoladi. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilm-fan va amaliyot yangiligi, innovatsion ta’lim amaliyoti yutuqlari hamda raqamlashtirish texnologiyalari uyg‘unlashgan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish orqali universitetning xalqaro imidjini yaratishda talabalarimizning g‘oya va intilishlari asosiga quramiz. Yangi o‘quv yili barcha uchun qiziqarli va mahsuldor yil bo‘lsin, yangi kashfiyotlar va yutuqlar quvonch olib kelsin! Sizlarga eng ezgu tilaklar, o‘qish va mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman! Universitet rektor, professor G‘ofurjon Muxamedov | |
Показати повністю ...
2
0
#talaba_manfaati , universitetimizda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashishga koʻmaklashish markazi ” tashkil etilgan va ushbu markazda shtab xodimlari olis hududlardan kelayotgan talabalar va ularning ota-onalarini kutib olmoqda. “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari ma’lumotlar markazi” faoliyati doirasida navbatchilik belgilangan bo‘lib, mas’ullar tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — orqali elektron arizasi qanoatlantirilgan va yo‘llanma olgan talabalarni TTJlarga joylashtirish hamda talabalar orasidan olis hududlardan kelgan va talabalar turar joylariga hamda ijara xonadonlariga ehtiyoji bor talabalar hamda ularning ota-onalariga kerakli konsultatsiya yordamlari berilmoqda. 🌐🌐 🌐 🌐 🌐
Показати повністю ...

ё11.mp4

6 146
50
ChDPU talabasimisiz? Teatrga taklif etamiz! #teatr #tashrif #ma’rifiy_hordiq Kecha, 6-sentabrda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi. Teatr 110-mavsumiy pardasini "Adolat fasli" ("Amir Temur") spektakli bilan ochdi. Teatr bayramida Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi ham ishtirok etdi. Bugun soat 18:00da "ChO‘LPON" ("Kunduzsiz kechalar") spektakli. Universitet Axborot xizmati ChDPU talabalarini bugungi spektaklga ham taklif etadi. Chirchiq davlat pedagogika universiteti kunduzgi ta'lim talabalari uchun bepul! 👍👍 @tvchdpi2017
Показати повністю ...
5 377
18
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Gulandom Tog‘ayevani taqdirladi #CHDPU_faxri #xushxabar Kuni kecha, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yurtimiz Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Vatan uchun yashaylik!» Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika miqyosidagi ushbu ko‘rik-tanlovda mukofotlangan ijodkorlar orasida o‘zining chuqur falsafiy, nafosatli she’rlari bilan tanilgan o‘tkir qalam sohibasi, ko‘p yillar MTRK tizimida ishlagan zakovatli telejurnalist, hozirda “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, yetuk shoira – Gulandom Tog‘ayeva ham borligi quvonarlidir. Shoiraga tanlovda 2024 yilda chop etilgan “Ishq handasasi” she’riy to‘plami uchun faxrli ikkinchi o‘rin nasib etdi. Universitet jamoasi Gulandom Tog‘ayevani ushbu ulkan yutuq bilan chin dildan tabriklaydi! 👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #faxr #гордость #pride
Показати повністю ...
5 656
13
Останнє оновлення: 11.07.23
Політика конфіденційності Telemetrio