-about me :)
Kanalni anchadan buyon kuzataman ( adashmasam yaqin 2 yildan beri). Juddayam ajoyib iqtiboslar,foydali bòlgan adabiyotlar, manfaatli bòladigan kitoblar, insonni òziga jalb qiladigan, yurak yuraklarga yetib boradigan sòzlar (va bir ma'nodagi qalb nidolari🌝) .Hamma hammasi shunchaki ajoyib🔥
Kòzim tushgan birinchi postni hali hamon eslayman - "Yoz faslida ne ayb , qalbda hayo bòlmasa"
Tan olish kerak avallari oddiy kanallar qatorida( postlarni xatto òqimay ) òtkazib yuborar edim. Lekin hozr biror xabar qolmaydi-ki, bu kanalda òqilmagan. Chin ma'nodagi (reklamalarsiz, balki bòlsa men kòrmagandurman) manfaatlarsiz olib boriladigan kanal deb òylayman. Balki kanal deyish ham biroz notòģri bòlib qolar chunki bu men uchun har kuni bir ochib taftidan bahramand bòladigan "kitob"dek.
Bir joynamoz-ki, aytilmagan sir qolmagan unga...
Tabassuming kòzlaringda aks etmayabti, qalbingga nima bòldi..?
Sen juddayam yuzlarimni soģinganing payt
Yomģir bòlib yuzlaringga yoģayinmi ayt?
Nogoh , yaralasa sòzlarim sizni , ishoning , òch olgum har bir harfidan ( va shunga òxshash bir qancha postlar ) menga eng yaqinlari. Aslini olganda kimgadir "compliment" aytish yoqadi (kanallarga nisbatan ham) , ammo hali bunga arziydigan kanal uchratmagandim. Shunday ajoyib jumlalardan ta'sirlanishga sababchi bòlgan, mening ta'rifim bilan aytganda "kitob yozuvchisi" ga minnatdorchilik bildirmoqchiman hamda ilmini yanada ziyoda qilishini sòrayman.
Va shuni istar edim-ki kitob mutolaa qiladigan yigitlarimiz kòpaysin( albatta bu yòq degani emas). Kanal uchun sarflagan vaqtingga achinmaysan kishi. Misoli bir Kutubxona.
(Qalbimizni toatinga moyil qilgin va nafsimiz baxilligidan bizlarni asragin)
Показати повністю ...