❗️
Ertaga Markaziy Osiyo uchun tarixiy hujjat imzolanishi mumkin
⚡️Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ertaga, 21-iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida, Issiqko‘l bo‘yida
to‘rtinchi maslahat uchrashuviga yig‘iladi. Unda beshta davlat o‘rtasida
do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi mumkin.
1️⃣ Shartnoma loyihasiga ko‘ra, uning 1-moddasida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar
o‘zaro hurmat, tenglik, tushunish va bir-birining manfaatlarini har tomonlama hisobga olish asosida quriladi.
2️⃣ Loyihadagi 2-modda beshala davlat bir-birining
hududiy yaxlitligi va chegaralarining buzilmasligini tan olishi, bir-birining ichki ishlariga aralashmasligi yozilgan.
3️⃣ 3-moddada tomonlar bir-birining
tanlagan taraqqiyot yo‘lini hurmat qilishi qayd etilmoqda.
4️⃣ 4-moddada tomonlar
davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlari samaradorligini oshirishga intilishi ta’kidlangan.
5️⃣ 5-moddaga asosan, tomonlar mustaqillik va hududiy yaxlitlikka tahdidlar yuzaga kelganida o‘zaro
har tomonlama yordam ko‘rsatadi.
6️⃣ 6-modda bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro munosabatlarda kuch ishlatishdan va kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan tiyilishi,
shartnoma ishtirokchilariga qarshi qaratilgan harbiy bloklarga va boshqa harakatlarga qo‘shilmasligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, tomonlar o‘z hududi, kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa infratuzilmasidan
bir-birining xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomonning kuchlari foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
7️⃣ 7-moddaga ko‘ra, tomonlar
harbiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtiradi.
Shartnomasi loyihasi 32 ta moddadan iborat.
➡️ Xpress.uzПоказати повністю ...