🚶♂
Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring!!!
Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratishadi. Piyoda sayr ham ajoyib mashq bo‘lishi mumkin.
Charlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peshinga yaqin va soat 16:00da. Betxoven tushlikdan so‘ng uzoq sayrga chiqqan va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga muhrlash maqsadida o‘zi bilan birga qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib qolmaslikka yordam bergan.
Stiv Jobs muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar orasida Aristotel, Maxatma Gandi, Jyek Dorsi, Tori Byorch, Hovard Shults, Oliver Saks va Uinston Cherchill nomlarini keltirish mumkin.
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani tozalashi, ijodiy salohiyatni oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi.
12 yil davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan.
🔥 Reaksiya bosamiz ❤️😘
@tanish_status 🍃
Показати повністю ...