Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kanal joylashuvi va tili

barcha postlar IT specialist

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun:  @itspecuz_comment_bot  
Ko‘proq ko‘rsatish
11 436-6
~1 813
~15
13.26%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
48 549joy
ning 78 777
1 400joy
ning 2 295
da kategoriya
1 023joy
ning 1 396
Postlar arxivi
#operatsion_tizim ⤴️O‘chirilgan fayllarni tiklash Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq usuli mavjud. O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud. Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq. Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (
WIN
+
R
cmd
ENTER
). Ochilgan konsol oynasida
winfr G: D:\recover
buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda
G
- fayllar tiklanayotgan disk harfi,
D:\recover
esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili. sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin. 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: | | | | | • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
519
11
Bugungi kunda bozorda ma’lumotlarni saqlash uchun turli xil yechimlar mavjud bo‘lib, ular bulutli xizmatlardan maxsus qurilmalargacha bo‘lgan tizimlarni o‘z ichiga oladi. Uyda foydalanuvchilar va biznes uchun birdek mos keladigan vositalardan biri NAS (Network Attached Storage) uskunasi hisoblanadi. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda QNAP biznesini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy menejeri Karlis Luts NAS qurilmalari foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlar taqdim etishi, bu sohadagi tendensiyalar va QNAP o‘z mijozlariga nimalarni taklif qilayotgani haqida so‘zlab berdi. ma’lumotlarni saqlash qurilmalarining imkoniyatlari va ushbu segmentda brend nimani taklif qilishi haqida ()
Ko'proq ko'rsatish ...
695
2
#operatsion_tizim 🔐Kompyuterni dinamik bloklash Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash
(WIN
+
L)
xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi. Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры
(WIN
+
I)
oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi. So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting. Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos! 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: | | | | | • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: | |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
843
8
IT sohasiga qiziqasizmi va uning sir-asrorlaridan bexabar qolib ketmaslikni xohlaysizmi 😄 Unda kanaliga obuna bo'ling va quyidagi bepul imkoniyatlardan bepul foydalaning 👇 ⚡️IT va texnologiya sohasidagi eng yangi va muhim yangiliklar ⚡️Dasturlar va texnologiyalarning tahlillari va sharxlari ⚡️Foydali qo'llanmalar,dasturiy ta'minotlar va texnologuik resurslar texnologiya va kompyuter dunyosida sizning ishonchli yo'lboshchingiz

TensorPix - IT FAOL intro(Full HD).mp4

793
2
School 21 bilan IT sanoatining bir qismiga aylaning 🔥 Kecha: kodlashni o‘rganasiz, maktab tizim ma’muriga yordam berasiz, skriptlarni yozasiz. Bugun: yoqtirmagan ishingizda zerikasiz Ertaga: eng yaxshi IT loyihalarini amalga oshirasiz. «Bugun» va «erta»ning o‘rtasida - School 21. O‘z ko‘nikmalaringiz oshiring, yangi bilimlarni o‘zlashtiring va IT hamjamiyatining bir qismiga aylaning. BEPUL! P. S. Bizda TBC Bank, PayMe, BRB, Truss Global Tas kabi yirik kompaniyalarda haq to‘lanadigan amaliyot mavjud 📲 sayti orqali School 21ga yozilish mumkin. 🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi: — 4-noyabr Samarqand shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi — 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi 👉🏻 Batafsil
Ko'proq ko'rsatish ...
783
3
#excel#️⃣ Excel'ning yashirin imkoniyatlari: samaradorlikni oshiruvchi tezkor klaviatura birikmalari 1️⃣.
Ctrl + Shift + L
— jadval uchun filtrlarni faollashtirish/o‘chirish. 2️⃣.
Alt + Enter
— Matnni katakcha (yacheyka) ichidagi keyingi satrga o‘tkazadi. 3️⃣.
F4
— Formula tarkibidagi muayyan katakcha havolasini nisbiy/aralash/mutlaq ko‘rinishga o‘tkazish (
A1
/
$A1
yoki
A$1
/
$A$1
). 4️⃣.
Ctrl + 1
— Katakchaning formatlash oynasini ekranga chaqirish. 5️⃣.
Ctrl + Shift + ;
— Joriy vaqtni katakchaga joylashtirish. 6️⃣.
Ctrl + Shift + "+"
— Yangi satr yoki ustunlarni joylashtirish/qo‘shish. 7️⃣.
Ctrl + "-"
— Satr yoki ustunlarni o‘chirish. 8️⃣.
Ctrl + `
— Jadvaldagi barcha formulalarni aks ettirish. 9️⃣.
Ctrl + Shift + U
— Formulalar satrini kengaytirish/qisqartirish. 🔟.
Ctrl + Tab
— Ochilgan Excel oynalari bo‘ylab o‘tish. Yanada ko‘proq foydali tezkor klavishlar birikmalari ! ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 126
23
Junior dasturchi bo‘lishdan charchadingizmi? Tezroq Middle darajasigacha o‘sishni xohlaysizmi? Keling va School 21 bilan o‘z karyerangizni oshiring. BEPUL Dasturlashning talabgir yo‘nalishlari va muhim tillarini o‘zlashtirish orqali, siz ikki va hatto uch greydga o‘sishingiz mumkin. Agar anchadan buyon o‘zingizni yangi yo‘nalishda sinab ko‘rishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, masalan, GameDev, mobil ishlab chiqish yoki mashina tilida o‘rganish — bu bizda haqiqat. School 21da 9 ta dasturlash tilini va mashhur yo‘nalishlarni o‘rganish mumkin. Maktabda haq to‘lanadigan majburiy amaliyot mavjud. Samarqand kampusida esa oylik to‘lovi 100 000 so‘m bo‘lgan yotoqxona mavjud. O‘z qobiliyatingizni yuzaga chiqarish uchun munosib onlarni kutmang - bu vaqt allaqachon keldi. 21-school.uz saytida hozirning o‘zidayoq ariza qoldiring! 🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi: — 30 sentyabr va 4 noyabr kunlari Samarqand shahrida, arizalar muvofiq ravishda 25 sentyabr va 30 oktyabrga qadar qabul qilinadi — 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi 👉🏻 Batafsil
Ko'proq ko'rsatish ...
923
6
#mulohaza_uchun 🖥 Zamonaviy ekranlar Yaqindagina barchamiz tugmachali telefonlardan foydalanib yurardik, bugun esa monitorlar egiluvchan qilib ishlab chiqarilmoqda... 😯 👨🏻‍💻 |

1.mp4

1 144
7
#word 🔢 Word'da ro‘yxatlar raqamlanishini tekislaymiz Qoida bo‘yicha MS Word'da ro‘yxat raqamlari 10 tagacha satrdan iborat ro‘yxatda chiroyli ko‘rinishi mumkin bo‘lgan dastlabki turgan raqam bo‘yicha tekislanadi. Ikki yoki undan ortiq xonali raqamlar boshlanganida esa, ro‘yxatning ko‘rinishi unchalik qanoatlantirmasligi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun ro‘yxat raqamlanishini o‘ng tomon bo‘yicha tekislash lozim. Buni amalga oshirish uchun bosh menyuning Абзац bo‘limida opsiyalar ro‘yxatini kengaytirish uchun Нумерация tugmasi yonidagi pastga qaratilgan strelka ustiga bosing. Ochilgan oynada Определить новый формат номера'ni tanlang. Выравнивание blokidagi qiymatni По левому краю'dan По правому краю'ga o‘zgartiring. 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

Выравниваем номера списков в Word.mp4

1 440
15
Raqamli texnologiyalar maktabida IT mutaxassisligini bepul egallang School 21 da raqamli sohada tajribasiz ham kuchli IT mutaxassislariga aylanish mumkin. Ta’lim barcha ishtirokchilar bir-biridan o‘rganadigan "tengdosh-tengdoshga" usuli asosida amalga oshiriladi. Natijada, ishtirokchilar IT jamoalari uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni egallaydilar: stressga chidamlilik, vaqtni rejalashtirish va samarali aloqalarni o‘rnatish qobiliyati. Shuningdek, ta’lim jarayonida ta’sirli portfolio to‘playsiz va TBC Bank, PayMe, BRB, Truss Global Tas kabi IT-kompaniyalarda haq to‘lanadigan majburiy tajriba amaliyotini o‘taysiz! Hoziroq 21-school.uz saytiga ariza topshiring. 🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi: — 30 sentyabr va 4 noyabr kunlari Samarqand shahrida, arizalar muvofiq ravishda 25 sentyabr va 30 oktyabrga qadar qabul qilinadi — 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi 👉🏻 Batafsil
Ko'proq ko'rsatish ...
847
3
#maslahat Barcha shpargalkalar bitta joyda Turli dasturlash tillari va kutubxonalar bo‘yicha keng qamrovli shpargalkalar to‘plami. Alfavit tartibida guruhlangan. Hatto PDF-fayllar ham mavjud. Kerakli ma’lumotlarni tezkor topish uchun ajoyib manba. 💾 saqlab qo‘yamiz. 📝 Manba: 👨🏻‍💻 |
1 394
21
#excel 🤼 Matn bilan kurashamiz (yoxud matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazish usullari) 🤼
Samuray tunni 1C qarshisida o‘tkazib,
Ipak savdosi ma’lumotlarini yuklab oldi.
Jangchi chuqur qayg‘u va iztirobda,
Chunki sonlar matn formatida...
Korporativ tizimdan ma’lumotlarni yuklab olib, sonlarni matn formatida ekanligiga ko‘p guvoh bo‘lgandirsiz? Yoki matndan sonni ЛЕВСИМВ, ПРАВСИМВ va ПСТР funksiyalari orqali ajratib olib, son hali ham matnligicha qolganiga guvoh bo‘lgansiz, to‘g‘rimi? Odatda matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazishdan maqsad, ular bilan keyinchalik matematik amallarni bajarishdir. Biroq ba’zan shunday g‘alati holatlar bo‘ladiki, katakdagi sonlarga nisbatan formati Текстовый'dan Числовой'ga o‘tkazilgani bilan, bu besamar bo‘ladi! Quyida esa matn formatida kiritilgan sonlarni sonli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha top usullarni keltirmoqdamiz: 🥊 1) Asoslar asosi ЗНАЧЕН () funksiyasi. Matnni songa o‘tkazadi. Toza, oddiy va ishchan usul. Yechimi: = ЗНАЧЕН(matnli katak havolasi) 🥊 2) 1 soniga ko‘paytiramiz Matnli qiymatni 1 soniga ko‘paytiramiz, va syurprizni qarangki, matn avtomatik ravishda songa qayta formatlanadi. Yechimi: = matnli katak havolasi * 1 🥊 3) Ikki minus belgisi Matn yoki havola oldidan ikki minus belgisini kiritasiz va ko‘paytirish bilan bo‘lgandagi kabi effekt qaytariladi. Yechimi: = --matnli katak havolasi Matnni qiynamang, uni sonli formatga oson o‘tkazing. 😉 📝 Manba: ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 806
13
#operatsion_tizim 🇬🇧|🇷🇺Windows'ning ingliz tilida o‘rnatilgan versiyasida dastur va fayllar tarkibidagi ruscha shriftlarni o‘qiladigan qilish Murojaat/savol: Assalomu alaykum, hurmatli adminlar! Menda Windows 7 Ultimate operatsion tizimining inglizcha versiyasi o‘rnatilgan. Biroq bir muammo mavjud, rus dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlarni o‘rnatishga yoki qandaydir rus tilidagi fayllarni ochishga uringanimda, shriftlarning odatiy ko‘rinishidan farqli ravishda, tizim tushunarsiz belgilarni ko‘rsatmoqda. Bunda matn kiritish tillari orasida rus tili mavjud va ruscha harflarni kiritish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Elektron pochta orqali keluvchi xatlarning o‘qilishida ham hammasi joyida. Yuqorida keltirilgan muammoni qanday bartaraf etish borasida biror yo‘l-yo‘rig‘i bo‘lsa, iltimos ulashsangiz, oldindan rahmat! Javob: Vaalaykum assalom, muammoingizni tushundik va quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tib, tizimni o‘zingiz uchun sozlab olishingizni tavsiya etamiz (buning uchun sizda tizimdan administrator sifatida foydalanish huquqi bo‘lishi lozim): 1️⃣. Start (Пуск) menyusini oching va unda Control Panel (Панель управления)'ni ishga tushiring (WIN+R → control → ENTER). 2️⃣. Viewed by: Category (Просмотр: Категория) ro‘yxatini ochib (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan) → Small icons (Мелкие значки)'ga o‘zgartiriladi. 3️⃣. Control Panel (Панель управления) oynasida Region and Language (Язык и региональные стандарты) bandiga o‘ting. 4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining (👇🏻 post ostidagi rasmda keltirilgan) Administrative (Дополнительно) varaqa (вкладка)siga o‘ting va Language for non-Unicode programs (Язык программ, не поддерживающих Юникод) bo‘limida Change system locale... (Изменить язык системы...) tugmasi ustiga bosib, ochilgan oynachadagi ro‘yxatdan Russian (Russia) (Русский (Россия))'ni tanlang. 5️⃣. Kiritilgan sozlamadan so‘ng tizimni qayta yuklash so‘raladi, bunga rozilik berasiz va muammoingiz hal bo‘lganini tekshirish uchun biror fayl yoki dasturni ochib tekshirasiz. E’tiboringiz uchun rahmat, bergan tavsiyamiz sizga foydali bo‘ldi, degan umiddamiz. 📌 P.S.: Post ostida biriktirilgan rasmdagi Region muloqot oynasi Windows 10 Pro operatsion tizimiga tegishli, yuqorida keltirilgan tavsiya Windows 8, 8.1 va 10 uchun ham o‘rinli. ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: | | | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
2 047
5
#excel ↔️Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma) Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi. Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz: 1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring. 2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting. 3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi:
ALT
+
F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz)
F5
Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor! 📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini . Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞. 📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉). ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 577
30
Диққат! Танловда иштирок этинг ва қимматбаҳо совғаларни қўлга киритинг! “Трастбанк” хусусий акциядорлик банки “C7 Security” билан биргаликда CTF, яъни киберхавфсизлик бўйича мусобақа ташкил этмоқда. У икки босқичда ўтказилади. Онлайн тарзда бўлиб ўтадиган биринчи босқичдан муваффақиятли ўтган энг яхши 20 нафар мутахассис мусобақанинг ёпиқ оффлайн босқичида иштирок этиш имкониятига эга бўлади. Илк босқич жорий йил 24 август куни соат 12:00 дан 20:00 гача бўлган даврда онлайн тарзда ўтказилади. Унда иштирок этиш бепул. Ўзбекистондаги барча киберхавфсизлик бўйича мутахассислар қатнашишлари мумкин. Ғолибларга қимматбаҳо совғалар топшириш билан бир қаторда “Трастбанк” ХАБда фаолият юритиш таклифи ҳам берилади. Телефон:1287 +99877 477-47-89 Рўйхатдан ўтиш учун: Каналга уланинг:
Ko'proq ko'rsatish ...
1 093
3
#operatsion_tizim Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas. Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. va o‘zingizdagi Windows versiyasi (
WIN
+
R
winver
ENTER
) uchun kalitni nusxalab oling. Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring: •
slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT
slmgr /skms kms.digiboy.ir
slmgr /ato

❗️Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan . • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: | | | | | • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 406
28
556
2
#operatsion_tizim ⌨️Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish Bunda bizga 10 ta barmoqni butunlay qo‘llagan holda klaviaturaga qaramasdan matn kiritish usulini o‘zlashtirish imkonini beruvchi — xizmati yordam berishi mumkin. Bu qanday ishlaydi: o‘z matn kiritish tezligingizni aniqlab olish uchun siz dastlab testdan o‘tasiz. U yakunlanganidan so‘ng siz tasniflanasiz va ko‘nikmangizni tasdiqlovchi sertifikatni olasiz. Keyingi qadamda ro‘yxatdan o‘tish, mos keluvchi kursni tanlash va ko‘nikmani shakllantirish uchun uning bosqichlaridan muntazam ravishda o‘tib borish talab etiladi. 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: | | | | | • Internet rukni ostidagi barcha postlar: | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 373
12
School 21 raqamli texnologiyalar maktabi, TBC Bank va payme: O‘zbekiston IT-sohasini rivojlantirishning yangi bosqichi Samarqand shahrida School 21, TBC bank va payme o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlar yangi avlod IT-mutaxassislarini tayyorlash uchun oʻz kuchlarini birlashtirmoqda. TBC Bank bosh direktori Davron Odilxoʻjaev IT-mutaxassislarini sifatli oʻqitish dolzarbligini bildirdi. School 21 boshqaruv direktori Zarina Luxmonova esa o‘quvchilar katta potentsialga ega ekanligini va ular top fintex jamoalarida amaliyot o‘tashini ta’kidladi.
Ko'proq ko'rsatish ...
1 121
0
#excel Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari📊 Shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование”) vositalari ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilishda aniqlikni ta’minlashga, tanqidiy muammolarni aniqlashga, shablon va tendensiyalarni aniqlashga yordam beradi. 📋 Ushbu vositaning barcha imkoniyatlari esa maqolamizda keltirilgan. 📎 Namuna uchun faylni . ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 481
5
O‘zbekiston uchun hamyonbop serverlar Servercore bulutli provayderi O'zbekistondagi server va ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi negizida ishga tushirdi. Ular kichik biznes va startaplar, shuningdek har qanday PET-loyihalari uchun javob beradi. Ularning yordami bilan siz veb-saytlar va ilovalarning xostingini tashkil qilishingiz, zaxira nusxalarini saqlashingiz va ta‘lim loyihalarini ishga tushirishingiz mumkin. Asosiy afzalliklari: — O'rnatish to'lovisiz 2 ta tarif rejasi — bir kun yoki bir oy uchun — narxi kuniga 84 433 so‘m yoki oyiga 1 490 000 so‘m — 2 daqiqadan boshlab tez ishga tushirish — 100 Mbit/s cheksiz trafik narxga kiritilgan
Ko'proq ko'rsatish ...
1 353
3
#powerpoint Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati⌨️📋 Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas. KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1
– Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N
– Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M
– Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C
– Slayddan nusxa olish
CTRL + V
– Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X
– Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z
– So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S
– Slaydni saqlash
ESC
– Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D
– Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G
– Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G
– Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C
– Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V
– So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K
– Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y
– So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W
– Hujjatni yopish
CTRL + O
– Hujjatni ochish
CTRL + P
– Hujjatni chop etish
TAB
– Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA
– Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA
– Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA
– Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA
– Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F
– Izlash
CTRL + H
– Izlash va almashtirish
F4
yoki
CTRL + Y
– So‘nggi harakatni takrorlash
F12
– … sifatida saqlash
CTRL + F5
– Onlayn taqdimot MATNNI FORMATLASH
CTRL + B
– qalin shrift
CTRL + I
– kursiv shrift
CTRL + U
– ostiga chizilgan shrift
F2
– shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [
– shriftni kichraytirish
CTRL + ]
– shriftni kattalashtirish
CTRL + L
– belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R
– belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE
– So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE
– So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A
– Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + >
– Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + <
– Pastki indeks
F7
– Imloni tekshirish
CTRL + E
– abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J
– abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L
– abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R
– abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3
– belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish SLAYDLAR NAMOYISHI
F5
– Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5
– Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N
– keyingi slaydga o‘tish
P
– oldingi slaydga o‘tish
B
– qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W
– oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P
– Ruchkani tanlash
CTRL + E
– O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A
– Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz: • Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 683
39
IT sohasiga qiziqasizmi? Unda UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va IT ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalaning: ——— Вы интересуетесь IT сферой? Тогда подписывайтесь на канал Инновационного центра UEnter и используйте возможности для развития IT навыков:
842
1
#mulohaza_uchun 2004-yilgi va hozirgi telefonlar kameralarining solishtirilishi. Videoda Nokia 7280 telefonidan olingan videotasvir ko‘rsatilgan, telefonning o‘lchamiga e’tibor bering. 20 yil oldin ular imkon qadar kichikroq va g‘ayrioddiy dizaynda ishlab chiqarilgan. 📝 Manba: 👨🏻‍💻 |

video_2024-08-09_09-28-35.mp4

1 548
4
#smartfon 🧮 Math Studio – turli xil matematik, jumladan algebra va geometriya masalalarini yechish uchun universal mobil ilova. Android 4.1+.
Full-version

📎 Math Studio v2.38 mobil ilovasini .ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 326
5
#smartfon 🧮 Math Studio – turli xil matematik, jumladan algebra va geometriya masalalarini yechish uchun universal mobil ilova. Android 4.1+.
Full-version

📎 Math Studio v2.38 mobil ilovasini .ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1
0
🚀ASTRUM IT AKADEMIYASIDAN BIR HAFTALIK GRANT🚀 🔹 GRANT'da sizni nimalar kutmoqda: ☕️ Coffee break - Mazali coffe breaklardan bahramand bo'lasiz. 👨‍💻 Dasturlash darslari - Mentorlar yordamida dasturlashga qadam qo'yasiz. 🤖 Sun’iy intellekt - AI yordamidan o'z saytingizni yasaysiz. 👥 Jamoaviy ishlash- Jamoa bilan ishlashni o'rganasiz. 🎮 O'yinlar - Sport, kibersport va jamoaviy o'yinlar o'ynash orqali vaqtingizni maroqli o'tkazasiz. 🏅 Yutuqli o'yinlar - GRANT'da faol ishtirok etsangiz, qimmatli sovrinlarga ega bo'lasiz! 🌟 Bir hafta ichida dasturlash dunyosini kashf qiling! 🔹GRANT'dan qolib ketmang 📥 | |
Ko'proq ko'rsatish ...

royhat.mp4

730
0
#smartfon 📲🇬🇧“English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling! 📚 Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Raymond Murphy tomonidan yaratilgan rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi. 💸 Dunyo bestselleri Raymond Murphy’s English Grammar in Use — Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin. 🤗 Har qayerda va har qachon Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi. ✅❌ Avtomatik baholash Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao. 🎧 Namunalarning eshittirilishi Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi. 📥 English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini . ✅ Ilovada jami 145 ta unit mavjud, ulardan dastlabki 6 ta unit ilova bilan birga kelgan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi. Qolgan Unit'larga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz! 😉 🤝 Texnik qo‘llab-quvvatlash: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 424
9
#mulohaza_uchun Dasturchi bo‘lmagan do‘stlaringizga nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni ko‘rsatganingizda... 🙄 📌 P.S.: Ha, yig‘ilishlarda nega asosan jim o‘tirishlaringiz boisini tushuntirish mushkul, yaxshisi o‘zaro qiziq va tushunarli mavzuda suhbat qurib, kodlaringizdan biroz chalg‘iganingiz ma’qul! 🙃 👨🏻‍💻 |
1 473
2
#bilasizmi 🏎 Tanishing, Shao Tsziyan — tarixdagi eng yosh litsenziyali poygachi Bolakay endigina 5 yoshda va u allaqachon poyga simulyatorida o'z litsenziyasiga ega. Jahon reytingida Shao sayyoradagi 10 mingta eng yaxshi poygachilar orasida 27-o‘rinni egallab turibdi. Nasib qilsa rezyumelarda talab etilganidek 15 yillik tajribaga ega o‘sha 20 yoshli Senior geymer! 😉 📝 Manba: ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz. 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

гонщик1.mp4

2 206
8
#mulohaza_uchun 🏗 Yaponiya maktablarida Minecraft'ning qo‘llanilishi Yoshlarda kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘yindan arxitektura darsligi mashg‘ulotlarida foydalaniladi – o‘quvchilar binoni loyihalashtirib, unga berilgan topshiriqqa binoan o‘z tasavvurlari doirasida yangilanishlar kiritib borishlari kerak bo‘ladi. 😉 Ko‘rib turganingizdek – mashg‘ulotni o‘tkazib yuborayotganlar yo‘q! 📝 Manba: ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

video_2024-07-26_18-21-59.mp4

2 039
10
#bilasizmi Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat🔎 XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin. 1️⃣. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan: “the best programming language” 2️⃣. Yulduzcha belgisi Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan: “twinkle twinkle little star how I * what you are” 3️⃣. So‘zlarni filtrlash Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan: “the best programming language for a beginner -python” ⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi. 4️⃣. Fayllar bo‘ylab izlash Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan: “python presentation filetype:pptx” 5️⃣. Ortiqcha belgilar So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi. Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 588
16
6-avgust, Seshanba kuni «Cloud yordamida oddiy FinTech-xizmatlarini 80% ga qanday qisqartirish mumkin: Alif Tech tajribasi» vebinari bo'lib o'tadi. Fintech loyihalari uchun IT-infratuzilmasini tanlash mavzusiga bag‘ishlangan bepul vebinariga taklif qilamiz. Alif Tech kompaniyasining bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmati rahbari, mehmon ma‘ruzachi Iskandar Rahimov IT-infratuzilmasini Servercore bulutiga ko‘chirish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Dasturda: - Markaziy Osiyoda FinTech sanoatining rivojlanish xususiyatlari. - IT-infratuzilmasi biznes ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qanday yordam beradi. - FinTech kompaniyalari uchun bulutli infratuzilma bo‘yicha maslahatlar. - Alif Tech kompaniyasining keysi: qanday qilib kompaniya Servercore bulutiga ko‘chib o‘tdi va raqamli xizmatlarning downtime-ni 80 %-ga qisqartirdi. Yangi ishtirokchilar test xizmatlari uchun panelida 1 500 000 so‘m oladi. vebinarda ro‘yxatdan o‘ting:
Ko'proq ko'rsatish ...
998
0
Qurilmalarni onlayn tekshirish! ❓Yangi yoki mavjud sichqoncha, klaviaturalarni to'liq ishlayotganiga shubha qilyapsizmi? Balki veb kamerangiz yoki tovush sozlamalarda muammolar kuzatilayotgandir? ✅ Bularni barchasini quyidagi manzillar orqali onlayn tekshirishimiz mumkin: 🎙️ 🎥 🎶 ⌨️ 🐁 😉 Bundan tashqari yana bir qancha narsalarni tekshirish imkoniyati mavjud ekan, qolganini o'zingiz ko'rib chiqarsiz. 👉 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 529
19
TBC Bank va payme boʻlajak QA mutaxassislari uchun stajirovka dasturini ishga tushirdi 17-iyul kuni TBC Bank va payme tomonidan tashkil etilgan QA mutaxassislari uchun moʻljallangan stajirovka dasturi start oldi. Dastur 14 nafar iqtidorli stajyorlar bilan bir qatorda texnika universitetlarining yuqori kurs talabalarini va bitiruvchilarni qabul qildi. Stajirovka dasturi test nazariyasi, Jira va Confluence bilan ishlash, veb ilovalar va mobil platformalarni sinovdan o‘tkazish vositalaridan foydalanish, shuningdek, testlarni avtomatlashtirish uchun dasturlash asoslari kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Dasturning eng yaxshi bitiruvchilari ishga taklif qilinadi! TBC Bank va payme — sizning fintech olamidagi muvaffaqiyat sari yoʻlingiz!
Ko'proq ko'rsatish ...
1 090
2
#mulohaza_uchun Barcha dasturchilarga ham oson emas... 🤔 👨🏻‍💻 |
1 947
11
#mulohaza_uchun 💻 Noutbuk uchun qulay apgreyd Noutbuk uchun qo‘shimcha ekranlar. 📌 P.S.: Ushbu ixtiroga nechi? 🤔 👨🏻‍💻 |

1.mp4

2 069
17
#operatsion_tizim Onlayn klaviatura trenajyorlari⌨️ Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir. 1️⃣ (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi. 2️⃣ — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin. 3️⃣ — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. 4️⃣ — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan. 📝 Manba: ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing: • Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan • Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 573
17
#operatsion_tizim Onlayn klaviatura trenajyorlari⌨️ Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir. 1️⃣ (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi. 2️⃣ — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin. 3️⃣ — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. 4️⃣ — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan. 📝 Manba: ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing: • Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan • Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1
0

IMG_4888.MOV

693
4

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
107
Anonim ovoz berish
1 351
1
payme va TBC Bank Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan Data Analytics dasturining birinchi loyihasi yakunlandi Iyul oyida boshlangʻich darajadagi mutaxassislar uchun moʻljallangan Data Analytics dasturining birinchi loyihasi oʻz yakuniga yetdi. Ushbu loyiha TBC Bank va payme tomonidan Train to Hire dasturi doirasida tashkil etildi. Trening to‘rt oy davom etgan boʻlsa, uning davomida ishtirokchilar analitika, statistika va ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish asoslarini o‘rgandilar. Kursning kulminatsion nuqtasi esa jamoalar haqiqiy maʼlumotlar toʻplamini tahlil qilish orqali bellashgan hakaton boʻldi. Loyihada 43 nafar ishtirokchidan 29 nafari kursni muvaffaqiyatli tamomladi. Qayd etish joizki, ulardan to‘rt nafari allaqachon payme jamoasi aʼzosiga aylandi. | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 314
1
#smartfon 📷 TapScanner — PDF yoki PNG formatida yuqori sifatda saqlash xususiyatiga ega oddiy va funksional kamera skaneri.
Premium-versiya

📎
TapScanner v3.0.30 mobil ilovasini .
ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi: • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | . |
2 237
9
📣 QNAP kompaniyasi video kuzatuv boshqaruvini QVR Pro Client’ning takomillashtirilishi hisobiga optimallashtirdi. Foydalanuvchilar endi yuzni aniqlash uchun QVR Face va bir yoki bir nechta monitorlar, jumladan oddiy displeylar va ultra keng ekranlar orqali barcha kuzatuv ehtiyojlarini qondirish uchun moslashuvchan tartib bilan yagona portaldan odamlarni sanash uchun QVR Face va QVR Human'ni muammosiz boshqarishi mumkin.
Ko'proq ko'rsatish ...
1 869
1
#mulohaza_uchun 🦷 Neyron tarmoqlar uy sharoitida stomatologik diagnostika qilishni o‘rgandilar Startap Dental Monitoring gadjetini ishlab chiqardi – uni smartfonga ulab, og‘zingizga solishingiz kifoyadir. Ichki o‘rnatilgan sun’iy intellekt (SI) og‘iz bo‘shlig‘ingizni tekshiradi va yangi tishlar uchun kredit olishga arziydimi yoki yo‘qligini maslahat beradi. Ishlash aniqligi hayratlantiradi – model kasalliklarning 89 foizini aniqlay oladi. 📝 Manba: 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_9621.MP4

1 771
11
#word Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi?🤔 Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi. Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini
CTRL+S
birikmasi yordamida saqlashga,
CTRL+C
yordamida obyektlarni nusxalashga va
CTRL+V
orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi. Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir. 👉🏻 Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 852
7
ROG Zephyrus G16 Yengil alyuminiy korpus, yangi OLED displey va kuchli komponentlar - geyming va ijod uchun mukammal tanlov.
1 563
1
#word Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish↕️🚀 MS Word matn muharriri bilan ishlagan paytimiz, markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlarni yaratishga to‘g‘ri keladi. Biroq shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, ro‘yxatning biror elementini yuqoriga yoki pastga siljitish kerak bo‘ladi. Buni, matnni kesish/joylashtirish usuli bilan amalga oshirish mumkin, albatta, lekin bu noqulaylik tug‘diradi, ya’ni muharrir ro‘yxatning qo‘shimcha satrini yaratib yuboradi, uni esa o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxat elementlari o‘rnini yuqoriga yoki pastga qarab siljitish uchun qaynoq klavishlardan foydalanamiz. Sichqoncha kursorini ro‘yxatning kerakli satriga o‘rnating va ushbu satrni yuqoriga siljitish uchun
ALT
+
SHIFT
+
yoki pastga siljitish uchun
ALT
+
SHIFT
+
kombinatsiyasini bosing. 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Microsoft PowerPoint: • • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 786
7
1 931
9
#telegram ⌚️Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish Siz bilmasligingiz mumkindir balki, ammo Telegram barcha kunlik vazifalar bo‘yicha maxsus menejer ilovalari o‘rnini bemalol bosishi mumkin. Masalan, nimanidir yuborishdan tashqari, undan bararilishi lozim bo‘lgan vazifalarni eslatib turuvchi sifatida foydalanish, masalan, “Murodjonni shukrona kuni bilan tabriklash” deb 7-may, soat 10:30'ga taymerni sozlab qo‘yish mumkin. Juda qulay, to‘g‘rimi? O‘QING: 📋 Eslatmaning yaratilish tartibi: 1️⃣. Telegram'ni ishga tushiramiz va undagi “Избранное” (Saved Messages) bo‘limiga o‘tamiz. 2️⃣. Eslatma uchun matnni kiritamiz va yuborish tugmasi ustiga bosib, biroz ushlab turamiz (Telegram Desktop'da yuborish tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz). 3️⃣. “Задать напоминание” (Set a reminder)'ni tanlaymiz va xabar kelishi lozim bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsatamiz. 4️⃣. Telegram Desktop'da “Запланировать” (Schedule) / Android - iOS'da “Отправить” (Remind) tugmasi ustiga bosamiz va kutamiz. ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
2 286
8
PS Cloud Services sizni bulutlar haqidagi qisqa so'rovda qatnashishga taklif qiladi. Ishingizda bulutli texnologiyalardan foydalanish bo'yicha fikringizni bildiring 🚀 So'rov uchun havola: https://forms.gle/KHQWUnBGiUCDoY636 🎁 Ishtirokingiz uchun minnatdorchilik belgisi sifatida 11-iyun kuni barcha so'rovnoma ishtirokchilari orasida sovg'alar o'ynaymiz. ———————— PS Cloud Services приглашаем вас принять участие в коротком опросе, посвященный облакам. Поделитесь Вашим мнением относительно использования облачных технологий в Вашей работе 🚀 Ссылка на опрос: https://forms.gle/KHQWUnBGiUCDoY636 🎁В знак благодарности за участие 11 июня мы проведем розыгрыш призов среди всех участников опроса
Ko'proq ko'rsatish ...
1 783
4
#operatsion_tizim Tizim ishga tushganida Num Lock funksiyasi faol holatda bo‘lishini sozlash🔢⌨️ Agar siz tez-tez raqamlar bilan ishlasangiz, ularni klaviaturaning qo‘shimcha raqamlar paneli orqali kiritish ehtimolingiz yuqoridir. Biroq, raqamlarni kiritish jarayonini faollashtirish uchun avval
NUM LOCK
klavishi ustiga bosish talab etiladi. Tizim ishga tushirilganida
NUM LOCK
funksiyasi darhol faollashishi uchun tizim reyestriga o‘zgartirish kiritilishi lozim. Buni amalga oshirish uchun
WIN
+
R
klavishlari birikmasini bosib, Выполнить oynasini ekranga chaqiring va u orqali Редактор реестра'ni ishga tushirish uchun
regedit
buyrug‘ini kiritib,
OK
tugmasini bosing. Ochilgan oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:
HKEY_USERS\.DEFAULT\Control Panel\Keyboard
InitialKeyboardIndicators satrli parametri (строковый параметр)'ni toping, agar u mavjud bo‘lmasa, u holda uni yarating. Uning qiymati sifatida Windows 11'da – 2, Windows 10'da – 80000002'ni kiriting. 🔄 Ushbu harakatlarni
HKEY_USERS
'ning barcha bo‘limlari uchun takrorlang. 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan . • Windows reyestri bilan ishlashga oid mavzular ro‘yxati jamlangan . • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
2 123
13
«7 kun ichida Markaziy Osiyo bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qilish mumkin: HWG Sababa keysi» Sizni 11 iyun, Seshanba kuni IT-infratuzilmasini uzluksiz uzatishni va ma‘lumotlarni avtonomli qilishni qanday amalga oshirishni aytib beradigan bepul vebinarga taklif qilamiz. Tadbirda bir hafta ichida xorijiy ta‘minotchidan bulutiga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan HWG Sababa kompaniyasining keysi ko‘rib chiqiladi. Bu yerda siz quyidagilarni bilib olasiz: – Markaziy Osiyoda ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qanday talablarga rioya qilish kerak? – Bir provayderdan boshqasiga ko‘chish bosqichlari qanday? – HWG Sababa Servercore yordamida 7 kun ichida O‘zbekiston bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qildi? vebinarda ro‘yxatdan o‘ting.
Ko'proq ko'rsatish ...
1 568
0
#smartfon 📋 To-do List — vidjetli eng oddiy vazifalar menejeri.
Pro-versiya.

📎 To-do List v1.02.48.0529 mobil ilovasini . ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi: • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | • Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | 👨🏻‍💻 |
2 045
7
#mulohaza_uchun 👃⌨️ Hindistonlik erkak burni bilan tez yozish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi! U butun ingliz alifbosini burnining uchi (!) bilan 25,66 soniyada tergan. Bu uning Ginnes rekordlari kitobiga birinchi marta kiritilishi emas – u qo‘llarini orqasiga olib, alifboni teskari tartibda terish bo‘yicha ham rekordlarni yangilagan. Mashg‘ulotlarga sarflangan yillar behuda ketmagan! 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Ushbu ruknga oid postlarimiz jamlamasi bilan tanishing: | | | | | | | | | | | | • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan . 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_2017.MP4

1 821
8
#mulohaza_uchun Virtual reallik (VR) asabi chatoqlar uchun emas 😁🙄 ℹ️ Bu borada kanalga nashr qilingan boshqa postlarimiz bilan tanishing: | | | | | | | 👨🏻‍💻 |

1.mp4

2 189
19
#mulohaza_uchun 🧩 Robot Rubik kubiki boshqotirmasini yechish bo‘yicha jahon rekordini . Buning uchun unga 0,305 soniya kerak bo‘ldi xolos. Yillar davomida uni to‘play olmagan odamlarning yuzlarini tasavvur qilib ko‘ring. 😉 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

SaveTwitter.Net_bN2ajza2MTYp3DId(1280p).mp4

2 304
12
#smartfon 📱⚙️ Device Info — bu Android smartfon va planshetlarining tizimli tahlili uchun ajoyib ilova bo‘lib, ko‘rkam va intuitiv interfeysda mukammal tartiblangan va toifalarga ajratilgan, real vaqtda yangilanuvchi barcha terminal ma’lumotlarini namoyish etadi.
Premium-versiya.

📎 Device Info Premium v3.3.6.0 mobil ilovasini . ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi: • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
2 139
4
“Servercore hamkorlik dasturi bilan qanday qilib pul ishlash mumkin?” Qiziqyapsizmi? Unda bepul vebinarga marhamat, u yerda siz Servercore hamkorlik dasturi bilan birgalikda qanday qilib pul ishlashni bilib olasiz. Sizni quyidagi javoblar kutmoqda: — Provayder, hamkor va referallar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday amalga oshiriladi? — Dasturga qanday ulanish mumkin? — Hamkorlarga qanday vositalar va imkoniyatlar taqdim etiladi? — Mukofotlar qanday toʻlanadi: mablagʻlarni chiqarib olish yoki Servercore boshqaruv paneli hisobiga oʻtkazish mumkin? Qancha daromad olasiz? 10% — bu boshlang‘ich foiz. Siz uni Servercore mahsulotlari yoki xizmatlariga oyiga 50 000 000 so‘mgacha sarflagan har bir referal uchun olasiz. Agar referal oyiga 50 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘ sarflasa, siz ushbu miqdorning 15% ini olasiz. Batafsil ma'lumot bo‘yicha vebinarda ro‘yxatdan o‘ting.
Ko'proq ko'rsatish ...
1 699
3
#word ⌨️Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari (2-qism) 👉🏻 Ushbu ro‘yxatning . •
CTRL
+
B
— belgilangan matn shriftini qalin qilish / oddiy holatiga qaytarish; •
CTRL
+
I
— belgilangan matn shriftini kursiv qilish / oddiy holatiga qaytarish; •
CTRL
+
U
— belgilangan matn ostiga chizish / oddiy holatiga qaytarish; •
CTRL
+
D
Шрифт muloqot oynasini ekranga chaqirish; •
CTRL
+
Q
— abzatsga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish; •
CTRL
+
M
— chap tomondan otstup qo‘shish; •
CTRL
+
SHIFT
+
M
— chap tomondan otstupni olib tashlash; •
CTRL
+
PROBEL
— belgilangan matn fragmentidan, unga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish (matn dastur sozlamasida qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shrift turi va o‘lchamiga qaytadi). •
CTRL
+
SHIFT
+
A
— barcha harflarni katta (agar allaqachon katta bo‘lsa, u holda kichik) ko‘rinishga keltirish; •
CTRL
+
SHIFT
+
C
(
CTRL
+
SHIFT
+
V
) — formatlarni nusxalash / boshqa matnga nisbatan qo‘llash; •
CTRL
+
SHIFT
+
D
— matn ostiga ikkitalik chiziq chizish / bekor qilish; •
CTRL
+
SHIFT
+
H
— belgilangan matnni berkitish / ko‘rsatish (bunda berkitilgan matn chop etish vaqtida ko‘rinmaydi, Главная menyu satrida chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchitugmasi ustiga bosilgan taqdirda ko‘rinadi); •
CTRL
+
SHIFT
+
K
— barcha harflarni kichik harf o‘lchamidagi katta harflar ko‘rinishiga keltirish / bekor qilish; •
CTRL
+
SHIFT
+
W
— so‘zlar ostiga probellarni hisobga olmagan holda chizish; •
CTRL
+
T
(
CTRL
+
SHIFT
+
T
) — Выступ qo‘shish / olib tashlash (abzatslarga nisbatan qo‘llaniladi); •
SHIFT
+
F1
— dastur oynasining o‘ng tomonida ochiluvchi matnni formatlash panelini faollashtirish / berkitish. ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing: • Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar | | • Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: | | • Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 564
34
#excel Izlanayotgan matn aniq qanday yozilishini bilmaganda qo‘llaniluvchi * va ? belgilari haqida
*
– bir nechta noma’lum simvollar o‘rnida;
?
– belgisi esa bir dona noma’lum simvol o‘rnida qo‘llaniladi. Bu haqida batafsil ushbu postda keltirilgan videoyo‘riqnomada 👆🎞. 📌 P.S.: Ushbu maxsus belgilarni formulalar, filtrlarda xam qo‘llashingiz mumkin. 📝 Manba: ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...

symbols.mp4

2 280
8
#word 🧾Word'da jadvallarni birlashtirish Jadvallarni birlashtirish uchun shunchaki ularning orasini ajratib turuvchi barcha belgi/simvollarni o‘chirish yetarlidir. Agar jadval, misol uchun, boshqa sahifada joylashgan bo‘lsa — shunchaki uni almashinish buferiga kesib oling (Вырезать,
CTRL
+
X
), kursorni kerakli jadvalning ostiga o‘rnating va boshqa sahifadan kesib olingan ikkinchi qismini joylashtiring (Вставить,
CTRL
+
V
). Bunday holatda, agar birlashtirilayotgan jadvallar bir xil miqdordagi ustunlarga ega bo‘lsa, ikkinchi jadvalning kengligi birinchisiga moslashtiriladi. 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
2 380
30
⚡️Tashkent City Mall'да қандайдир космик янгилик кутилаётганга ўхшайди 🤔

IMG_1295.MOV

1 858
0
#mulohaza_uchun 😵‍💫 Yorug‘lik miqdori o‘zgarishi tufayli kamera tomonidan suratga olish tezligining o‘zgarishi. 👨🏻‍💻 |

2.mp4

1 831
13
#operatsion_tizim CyberShredder dasturi🗑❌ CyberShredder - bu tezkor, xavfsiz va qulay yordamchi dastur, bu sizning kompyuteringizdagi maxfiy fayllarni butunlay yo‘q qilishga imkon beradi. Oddiy faylni o‘chirish fayl katalogidagi yozuvni va joylashuv jadvali ma’lumotlarini olib tashlaydi. Disk klasterlari tarkibidagi fayl ma’lumotlari aslida qattiq diskingizda saqlanib qoladi va keyinchalik ularni tiklash mumkin hisoblanadi. CyberShredder faylni o‘chiradi va fayldan bo‘shagan joy ustidan tasodifiy ma’lumotlarni qayta-qayta yozib tashlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlari buni hech qachon tiklay olmaydi. CyberShredder'ning sodda interfeysi maxfiy ma’lumotlardan butunlay xalos bo‘lishga yordam beradi. Fayllarni uch xil turdagi parchalash, shu jumladan NSA (MXA - Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan tasdiqlangan yetti bosqichli fayl ustidan yozish usullari yordamida o‘chiradi. ⚠️ E’tibor bering, CyberShredder tomonidan o‘chirilgan fayllar va kataloglarni ma’lumotlarni qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi dasturlar yordamida tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Dastlab sinov uchun ba’zi oldindan nusxalab olingan ma’lumotlar bilan uning xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali dasturdan qanday foydalanishni o‘rganib olish tavsiya etiladi. 🌐 Dasturning Internetdagi rasmiy sahifasi: 📎 CyberShredder v1.12 dasturini . 📌 P.S.: Arxivdan dasturning o‘rnatiluvchi (.EXE) va o‘rnatilgan, ya’ni Portable (.ZIP) variantini topib foydalanishingiz mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi: • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: | • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: | | | | | • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: | |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 576
11
#excel Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar🚀 1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing. 2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning. 3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi). 4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan👇🏻). ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: | | • Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 587
19
#operatsion_tizim Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida🗑 Faraz qilaylik siz yaqinda Windows operatsion tizimini qayta o‘rnatdingiz. Tabiiyki, operatsion tizim ishga tushganidan so‘ng, kompyuterning ichki qurilmalari uchun drayverlar va ish jarayonida kerak bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar va tizim uchun yordamchi dasturlar qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi. Ba’zi bir drayverlar hamda dasturiy ta’minotlar o‘rnatiluvchi .EXE faylining ichida hajmi kichraytirilgan holda keladi va o‘ziga kerak bo‘ladigan fayl va papkalarni Temp papkalariga ajratib oladi. Shu bilan birga, ba’zi dasturiy ta’minotlar o‘rnatib bo‘linganidan so‘ng, ushbu vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘chirib tashlaydi, ba’zilari esa yo‘q. Vaqt o‘tib asta-sekin C diskining hajmi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘lib qolganiga hayron ham qolamiz. 👉🏻 📌 C diskining asta-sekin to‘lib borishining asosiy sababchilardan biri hisoblangan: C diskidagi Users papkasidagi joriy foydalanuvchiga tegishli Рабочий стол, Мои документы, Загрузки, Изображения, Мои видеозаписи va Моя музыка kabi papkalarni D diskiga mohirona o‘tkazish haqidagi ham albatta o‘qib ko‘ring! ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 426
13
#smartfon Hech gap yo‘q, shunchaki Android foydalanuvchilari ekran tasviri (skrinshot)ni hosil qilishmoqda... 🙄 ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: | | | 👨🏻‍💻 |

video_2024-04-16_11-27-23.mp4

2 204
9
#internet Eh, attaaaang, boyaqish boshqa brauzerlarni yuklab olish uchun yaxshi vosita edi... 🙄 👨🏻‍💻 |
2 153
12
#operatsion_tizim ⚙️Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin? Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi. - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir. Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin. Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi. Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin. 📎 MemTest86 dasturini . 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Kompyuter dasturlari: • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 665
13
#word Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida🔄 Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi. 👉🏻 📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini . 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga ni yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉 2️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz: 👉🏻 👉🏻 👉🏻 👉🏻 Quyida keltirilgan ko‘rsatmaga amal qilishingiz mumkin: Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 524
17
#excel ↔️Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma) Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi. Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz: 1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring. 2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting. 3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi:
ALT
+
F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz)
F5
Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor! 📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini . Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞. 📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉). ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
1 389
21
#word Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida🔄 Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi. 👉🏻 📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini . 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga ni yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉 2️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz: 👉🏻 👉🏻 👉🏻 👉🏻 Quyida keltirilgan ko‘rsatmaga amal qilishingiz mumkin: Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: 🔐 Hujjatning muayyan qismini tahrirlashdan himoyalash Agar Sizga hujjatning qaysidir qismini tahrirlashdan himoyalash lozim bo‘lsa, u holda buni dasturdagi maxsus “Ограничить редактирование” opsiyasi yordamida amalgan oshirish mumkin👆🏻🎞. ⚠️ Ushbu holatda eng muhimi, o‘rnatilgan parolni unutib qo‘ymaslikdir! ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
22
1
Foydasi tegadi, makroslar bilan bog'liq videodan keyin Ctrl + E keraklicha ishlamayotgan edi. Ushbu video yordam berdi. AppData papkasi ko'rinmasa sozlamalardan ko'rinadigan qilish kerak.
1 030
9
LOTIN-KRILL Word/Excel dasturiga , ko'pchilikda shunaqa muammo bo'libdi, shu muammoni hal qildik 🦝 ✉️

318864790_1114729353068912_8469786155289458024_n.mp4

1 083
35
#talablarga_binoan Word va Excel dasturida matnlarni krilldan lotinga yoki aksincha lotindan krillga o'girib beradigan dastur. Dasturni o'rnatish va ishlatish videosi bugun soat 20:30 da 111 ta 🔥 dan so'ng! 👉

lotin-krill - @itmastersuz.exe

1 128
49
Excel/Word dasturida lotin-krill qilishni so'raganlar uchun mahsus! Videoda ishlatilgan dastur: 👉

dsqpz23wkp6m8uff76om.mp4

1 099
24
Xorijiy tillarni o‘rganishda innovatsiya| 2024-yilda ingliz tilini o‘rganishning eng samarali usullari 🎤 Spiker: Noraliyeva Sitora, TKTI Yangiyer filiali ingliz tili o‘qituvchisi, IELTS 7.5. 🎬 'da ko‘rish. Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube

IMG_7047.MP4

1 573
11
🎁 25 daqiqa ichida Excelning 41 ta funksiyasini o'rganasiz! 🎞 ➡️ Microsoft Office ➡️ Excel ➡️ Video Darslar (E) ➡️ 41 funksiyani o'rganamiz! 📕 Excel fayllar: ➡️ Kitob va qo'llanmalar ➡️ Excel ➡️ 41 funksiya 📇 - biz bilan o'qish yoki ishda uyalib qolmaysiz!
1 886
18
IT sohasiga qiziquvchilar diqqatiga! 🚀 17-aprel kuni bo'lib o'tadigan USTUDY by UZINFOCOM IT akademiyasining ochilish marosimiga taklif qilamiz! 🤩 O’qish davomida real kompaniyada amaliyot, 0 dan tuzilgan o’ziga xos metodologiya, davomiyligi qisqa lekin ishga joylashish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar — bularning barchasi yangi akademiyada mujassam! 🍰 Mehmonlarni maxsus master-klasslar, kurslar tadqimoti, cofe-break, chegirma va grantlar hamda asosiy sovg'a Apple iPad Pro 12 ni yutib olish imkoniyati kutmoqda. 📌 Bugunoq ro'yxatdan o'ting va tadbir uchun o'z o'rningizni band qiling: 🔗
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_1154.MP4

1 486
3
#learn_english_with_software 🎓Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
01.
– ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng!
02.
– ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin.
03.
– Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir.
04.
– agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud.
05.
– ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z.
06.
– ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi.
07.
– bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir.
08.
– tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud.
09.
– til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi.
10.
– ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.
11.
– ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin.
12.
– ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz. 📝 Manba: 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 804
43
#operatsion_tizim ⚡️Windows'ni qo‘shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilishning 3 usuli Agar Windows litsenziyasi rasmiy manbalardan xarid qilinmagan bo‘lsa tavsiya etilgan ushbu usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emasdir. Ulardan litsenziya kaliti yo‘qotilgan taqdirda, yoki, masalan, kompyuterdagi asosiy plata almashtirilganida foydalanish tavsiya etiladi. 1️⃣. Блокнот dasturi yordamida 01. Google'ga
windows 10 activator txt
(yoki darhol) havolasi bo‘ylab o‘ting. 02. Matnni nusxalaymiz va kompyuterimizda ishga tushirilgan Блокнот'ga joylashtiramiz. 03. Faylni ixtiyoriy nom ostida va
.bat
kengaytmasi bilan saqlaymiz (masalan,
activation.bat
). 04. Saqlangan faylni administrator nomidan ishga tushiramiz va bir daqiqa atrofida kutamiz. 05. Barchasi muvaffaqiyatli bajarilganiga amin bo‘lish maqsadida,
WIN
+
I
birikmasi orqali chaqiriluvchi “Параметры” oynasida “Обновления и безопасность” bo‘limiga o‘tamiz. 2️⃣. Power Shell yordamida 01. “Пуск” menyusini ochamiz va qidiruv maydoniga
Powershell
'ni kiritamiz va so‘rov natijasida yuzaga kelgan Windows PowerShell bandini administrator nomidan ishga tushiramiz. 02.
slmgr /skms kms.loli.best
'ni kiritamiz va yuzaga kelgan oynani yopamiz. 03.
slmgr /ato
'ni kiritamiz va yopamiz. 04. Xuddi shu harakatni
slmgr /xpr
uchun amalga oshiramiz. 05. Aktivatsiya qilingan operatsion tizimimiz bilan zavqlanamiz. 3️⃣. Buyruq satri (Командная строка) yordamida 01.
WIN
+
R
birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga
cmd
'ni kiritib
ENTER
'ni bosish orqali “Командная строка”ni ishga tushiramiz. 02. o‘tamiz va u yerdan o‘zimizdagi Windows versiyasi uchun kalitni nusxalaymiz. 03. O‘zimizga kerakli kalitni joylashtirgan holda ushbu buyruqni Buyruq satri oynasiga bajarishga yuboramiz:
slmgr/ipk W269N-WFGWX-YVC9B-4J6C9-T83GX
. 04. So‘ngra ushbu buyruqni:
slmgr /skms kms.digiboy.ir
. 05. Va bunisini yuboramiz:
slmgr /ato
. 06. Tayyor! 📝 Manba: ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: | | | | | 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
1 739
31
#excel 📊Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3): (mobil Excel ilovasi orqali) 📌 P.S.: Kanalga MS Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning | . 🔠 Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.
💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!
😉 👨🏻‍💻 |
Ko'proq ko'rsatish ...
image
2 261
35
Assalomu alaykum, Barcha kutgan yangilik, UZUM marketda aksiya asosida 50% chegirmalar ketmoqda, mahsulotlar soni cheklangan! Shoshiling, ushbu havola orqali 50% chegirmada xarid qiling: Yanada ko‘proq yangi aksiyalar haqida 'dan xabardor bo‘ling!
2 197
5
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio