Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kategoriya
Kanal joylashuvi va tili

barcha postlar MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

👉  https://myurls.co/inspector_uz  👉  @jinoyatkodeksi_uz  👉  @jpk_uz  👉  @mjtk_uz  Боғланиш  @inspector_aloqa_bot  
57 978-3
~53 711
~29
97.17%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
18 866joy
ning 78 777
691joy
ning 2 295
da kategoriya
1 043joy
ning 3 169
Postlar arxivi
Ўзбекистонда скутер, велосипед ва мопедларда ҳаракатланишда йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик белгиланади Эллик еттинчи ялпи мажлисда сенаторлар "Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида"ги қонунни маъқуллади.
24 114
114
39-mavzu KELAJAK YARATUVCHILARI Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi. Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilayotgan e’tiborga bog‘liq. Bu haqiqatning isbotini taraqqiy topgan jamiyatlar bosib o‘tgan yo‘llar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ularning barchasi ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishni eng ustuvor va muhim vazifa, bilimli, iqtidorli yoshlarni oltin xazina deb bilgan. Bugun mamlakatimizda boshqa jabhalar qatori, ta’lim sohasiga bo‘lgan qarash keskin o‘zgardi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilk bor o‘qituvchi maqomi alohida belgilanib, ta’lim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalari sirasiga kiritildi. «O‘zbekiston – 2030» taraqqiyot strategiyasidan ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi maqsad va rejalar o‘rin oldi. Ushbu ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yangi avlodning yetishib chiqishiga xizmat qilishi, shubhasiz. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tizimga oid muhim qonun va dasturlar, farmon va qarorlar qabul qilindi. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, ko‘plab yangi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar bilim yurtlari barpo etildi. Buyuk allomalarimiz, atoqli shoir va adiblarimiz nomi bilan ataladigan ijod maktablari, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar, «Temurbeklar maktablari», Prezident maktablari kabi mutlaqo yangi namunadagi zamonaviy ta’lim muassasalari ish boshladi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi. Oliy ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, yangi oliy o‘quv dargohlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil qilindi. Ta’lim va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlandi. O‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi nufuzini yuksalti¬rish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Avvalo, pedagog xodimlarni majburiy mehnatga, turli jamoatchilik ishlariga jalb qilish holatlariga chek qo‘yildi. Qolaversa, ular tayyorlaydigan hisobotlar, qog‘ozbozliklar soni keskin kamaytirildi. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ko‘paytirilib, olis hududlardagi maktablarga dars berish uchun jalb etilgan yuqori toifali pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xuddi shuningdek, o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘qituvchilar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantirib kelinmoqda. Bilim va salohiyatini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» kabi faxriy unvonlar, shuningdek, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. O‘qituvchi, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishiga ishonchimiz komil. Fidoyi ustoz va murabbiylarning zahmatli mehnatlari tufayli yoshlarimiz fan-texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bilimli, shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida, nufuzli sport musobaqalari va san’at tanlovlarida zafar quchayotgani ta’lim sohasidagi islohotlar samarasiga dalildir.
Ko'proq ko'rsatish ...
23 073
332
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga mas’ul tuzilma – ichki ishlar organlari tizimiga qarashli ta’lim muassasalarida hozirgi kunda ko‘plab yuqori malakaga ega bo‘lgan jonkuyar professor-o‘qituvchilar va murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning muayyan qismi oliy toifali, ilmiy daraja va unvonlarga ega. O‘qituvchi va murabbiylar samarali ish olib borishi uchun ta’lim maskanlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan pedagog xodimlar munosib rag‘batlantirilyapti. Bundan tashqari, soha faxriylari hamda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan tajribali xodimlarning yosh kadrlarni tarbiyalash borasidagi mehnatlarini ham alohida e’tirof etish joizdir. Buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiyning fikricha, «kishi uchun tub g‘oya – saodatdir». Bu saodatning kaliti esa bilim. Bilim, ta’lim-tarbiya insonni o‘zgartirsa, ma’naviy boy, tafakkuri yuksak shaxs jamiyatni o‘zgartiradi. Demak, o‘qituvchi inson va jamiyatni o‘zgartirish kuchiga qodir bo‘lgan shaxsdir. Xalqimiz hamisha ustoz-murabbiylarni e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelgan. «Ustoz ota kabi ulug‘» degan naql ham bejiz aytilmagan. Haqiqatan ham, ko‘z nuri, qalb qo‘rini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar – kelajak yaratuvchilarining mehnati, matonati va jasorati har qanday yuksak bahoga munosib. Ularsiz biz, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, eng katta qashshoqlik – bilimsizlikka duchor bo‘lib, eng katta boylik – aql-zakovat va ilmdan, eng katta meros – yaxshi tarbiyadan mosuvo qolamiz. Kamol OLLOYOROV, o‘z muxbirimiz. ❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing ✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing 💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
⭕️⭕️⭕️ СИЗГА ҚАЙСИДИР МАВЗУ КЕРАКМИ? ШУ ЕРГА БОСИНГ... 2024 йил учун Маънавият ва маърифат дарси мавзулари 2023 йил мавзулари 👈 =============================== | 1-мавзу | 19-мавзу | 37-мавзу | | 2-мавзу | 20-мавзу | 38-мавзу | | 3-мавзу | 21-мавзу | 39-мавзу | | 4-мавзу | 22-мавзу | 40-мавзу | | 5-мавзу | 23-мавзу | 41-мавзу | | 6-мавзу | 24-мавзу | 42-мавзу | | 7-мавзу | 25-мавзу | 43-мавзу | | 8-мавзу | 26-мавзу | 44-мавзу | | 9-мавзу | 27-мавзу | 45-мавзу | | 10-мавзу | 28-мавзу | 46-мавзу | | 11-мавзу | 29-мавзу | 47-мавзу | | 12-мавзу | 30-мавзу | 48-мавзу | | 13-мавзу | 31-мавзу | 49-мавзу | | 14-мавзу | 32-мавзу | 50-мавзу | | 15-мавзу | 33-мавзу | 51-мавзу | | 16-мавзу | 34-мавзу | 52-мавзу | | 17-мавзу | 35-мавзу | | | 18-мавзу | 36-мавзу | | =============================
25 255
88
Катта сонларни ўқишни биласизми?️ 1О – ўн (битта нол) 1ОО – юз (иккита нол) 1 ООО – минг (учта нол) 1 ООО ООО – миллион (олтита нол) Оддий мисол: млн билан млрд орасидаги фарқ нафақат оддий нол сонларининг фарқида эмас, млн сония 11 кунга тенг бўлса, млрд сония 32 йилга тенг, сонлар орасидаги фарқни ана шундай ажратиш мумкин!!!!!! Энди савол агар ноллар сони 100 та бўлса қандай ўқилади. Жавобни 👇 да белгиланг
23 573
40
🟥"YouTube" қандай пайдо бўлганлигини биласизми? —— "YouTube" 2005 йилда "PayPal" тўлов тизимининг учта собиқ ходими Джавед Карим, Чад Хёрли ва Стив Чен томонидан ташкил этилган бўлиб. Видеофайлларни алмашиш хизматини яратиш ғояси Чад Хёрлига тегишли. "YouTube" тарихи унинг ишга тушишидан бир ой олдин бошланган. Чад ва Стив тунги зиёфатлардан бирига келолмаган Джаведга ҳазил тариқасида қандай қизиқ кечани қўлдан бой берганлиги ҳақида видео хабар юбормоқчи бўлишади, аммо Чад видеони дўстига юборишда катта муаммога дуч келади. Шунда у дунёда бирорта сайт бундай катта ҳажмдаги видеоларни юбориш имкониятига эга эмаслигини тушуниб етади. "YouTube" дастлаб 2005 йил 14 февраль "севишганлар куни"да танишув сайти сифатида ишга тушди. У ўша пайтлар энг машҳур бўлган танишувлар сайти "Facebook"дан фарқли томони унда фойдаланувчилар ўзларининг видеоларини юклашлари ва уни баҳолаши мумкин эди. Аммо сайтга бир ой ўтиб ҳам бирорта видео юкланмади ва лойиҳа асосчилари барчасини қайтадан бошлаб "Facebook"га ўхшаш томонларини бутунлай олиб ташлашга қарор қилишади. Джавед Карим 2005 йил 23 апрель куни ҳайвонот боғида тушган 19 сониялик видеосини сайтга қўйишга қарор қилди ва ушбу видеоролик илк қисқа сониялик видеолар даврини ва сайтнинг янги йўналишини белгилаб беради. Интернет фойдаланувчиларга мулоқот қилиш ва танишиш ўрнига платформага видеоларни юклашни бошлашди ва дастлабки бир ой атрофида фойдаланувчилар сони 100 мингдан ошди. Бизда эса обуначилар
Ko'proq ko'rsatish ...
30 995
40
Mamlakatimizga Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholtsning rasmiy tashrifi doirasida, joriy yilning 16-sentabr kuni Samarqand shahrida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning Germaniya Federativ Respublikasi Ichki ishlar va vatan vaziri Nensi Fezer xonim bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi ▶️ Batafsil ——— Мамлакатимизга Германия Федерал Канцлери Олаф Шольцнинг расмий ташрифи доирасида, жорий йилнинг 16 сентябрь куни Самарқанд шаҳрида Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг Германия Федератив Республикаси Ички ишлар ва ватан вазири Ненси Фезер хоним билан учрашуви бўлиб ўтди ▶️ Батафсил ——— В рамках официального визита в нашу страну Федерального канцлера Германии Олафа Шольца, 16 сентября текущего года в Самарканде состоялась встреча Министра внутренних дел генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова с Министром внутренних дел и родины Федеративной Республики Германии госпожой Нэнси Фезер ▶️ Подробно ——— As part of the official visit of German Federal Chancellor Olaf Scholtz to our country, on September 16, the Minister of Internal Affairs, Lieutenant General Pulat Bobojonov, met with the Minister of Interior and Community of the Federal Republic of Germany, Mrs Nancy Faeser, in Samarkand ▶️ In detail | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
28 832
28
Таъқиқдаги 1xbet,  киберфирибгарлик ва "интернет лотереячи"ларни кутаётган ишлар ҳақида подкаст...

file

46 174
112
Joriy yilning 12-sentyabr kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri janob Ali Yerlikaya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi ▶️ Batafsil ——— Жорий йилнинг 12 сентябрь куни Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг Ўзбекистонда расмий ташриф билан бўлиб турган Туркия Республикаси Ички ишлар вазири жаноб Али Ерликая бошчилигидаги делегация билан учрашуви бўлиб ўтди ▶️ Батафсил ——— 12 апреля с.г. состоялась встреча Министра внутренних дел генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова с делегацией во главе с Министром внутренних дел Турецкой Республики господином Али Эрликая, находящейся с официальным визитом в Узбекистане ▶️ Подробно ——— On September 12, Lieutenant General Pulat Bobojonov, the Minister of Internal Affairs, met with the delegation headed by Mr Ali Erlikaya, the Minister of Internal Affairs of the Republic of Turkey, who was on an official visit to Uzbekistan ▶️ Read more
Ko'proq ko'rsatish ...
34 606
35
Psixologlarning ta’kidlashicha bugungi kunda radikallashuv jarayonining keskin rivojlanib borishiga yoshlardagi tajribasizlik, hissiyotga tayanib ish yuritish tuyg‘usining mavjudligi, tashqi ta’sir natijasida ruhiy holatdagi o‘zgaruvchanlik; ruhiy tushkunlikka tez tushish va ruhiy zarbalarga chidamsizlik; yaqinlar e’tiboridan butunlay chetda qolish; o‘ta qiziquvchanlik hamda axborotlarni to‘laqonli tahlil qilmaslik, ishonuv¬chanlik kabi bir qator omillar asosiy sabab bo‘lmoqda. Jumladan, radikal va ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganligi natijasida javobgarlikka tortilgan bir guruh shaxslar bilan olib borilgan suhbat davomida ularning aksariyati: diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilish; ishonuvchanlik hissi; birdaniga va hamma narsa (boylik, shon-shuhrat, martaba va boshqalar)ga ega bo‘lishga harakat qilish; qolaversa, oiladagi moddiy qiyinchilik va yetishmovchilik, ishsizlik, kam ta’minlanganlik, alamzadalik, siyosatdan norozilik kabi qator ijtimoiy holatlar ularni ushbu mafkura tomon yetaklaganligini ta’kidlab o‘tganlar. Binobarin, bu kabi radikal g‘oyalarning ta’siriga tushib qolgan yoshlar o‘z oila a’zolari, yaqinlari, mahalla, ko‘cha-ko‘ydagi tengdoshlarini ham mutaassib shaxsga aylantiradilar yoxud kamida bir marotaba bo‘lsin, ushbu shaxslar ongiga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘radilar. Bu harakat esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Eng achinarlisi, bu kabi murosasiz tendensiyalarning aksariyat qismi bugungi kunda targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, tarqatmalar tarqatish yoxud hujralarda o‘qitish ko‘rinishidagi murakkab usullarda emas, balki har bir inson erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan internet ijtimoiy tarmoqlari va turli messenjerlar orqali olib borilmoqda. Bu esa ularga qarshi kurashni yanada murakkablashtirmay qolmaydi, albatta. Davlatimiz rahbari ham SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda MDH Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aynan shu masalaga to‘xtalib, «So‘nggi vaqtlarda kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlashtirish» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda va jinoyat sodir etmoqda», deya ta’kidladilar va ushbu muammoning yechimi sifatida mamlakatimizning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyasi o‘z oldiga qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash va ochiq muloqotni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash kabi bir qator chora-tadbirlarni ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yganligini jahon hamjamiyatiga yana bir bora eslatdilar. Zero, dunyo mutaxassislari ham davlatning huquqiy, ma’muriy jarayonlardagi izchil islohotlarni muntazam olib borishini, mutaassib shaxslarni radikalizm g‘oyasidan qaytarishning eng samarali usuli sifatida e’tirof etadilar. Olimlarning fikriga ko‘ra, radikalizmning oldini olishda kuchli davlat hokimiyati sharoitida bu borada aniq belgilangan dasturlarni ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish talab etiladi. Sababi, ijtimoiy holati beqaror va kuchsiz davlatlarning diniy radikalizm o‘chog‘iga aylanish tahdidi doimo yuqori bo‘ladi.
Ko'proq ko'rsatish ...
32 835
154
38-mavzu RADIKALIZM: OQIBATLARI VA OLDINI OLISH YO‘LLARI Radikal so‘zi lotincha «radix» so‘zi o‘zagidan olingan bo‘lib, «ildiz», «tub», «qat’iy» degan ma’nolarni bildiradi va ushbu atama keskin choralar, harakat hamda dasturlar tarafdorlari bo‘lgan insonlar guruhiga nisbatan ishlatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, radikalizm – muayyan shaxs yoki guruhning mavjud ijtimoiy, siyo¬siy va madaniy holatni tubdan va murosasiz o‘zgartirish istagidan iborat jarayondir. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Yevropada ushbu atama asosan mo‘tadil islohotlar tarafdorlariga nisbatan qo‘llanilgan. Masalan, Buyuk Britaniyada 1832-yilda «Islohotlar to‘g‘risidagi bill» qabul qilingandan so‘ng, ushbu qonunga qarshi chiqqan va o‘z muxolifligini bildirgan insonlar radikalistlar, deya atala boshlangan. Keyinroq esa utilitarizm asoschilaridan bo‘lgan I. Bentam va uning izdoshlari «falsafiy radikallar» deb atalgan. Bugungi g‘arbda qator so‘l siyosiy partiyalarga nisbatan ham radikalizm tushunchasi qo‘llanadi. Tarix shunga guvohlik beradiki, mamlakatlar hayotining burilish nuqtalarida, iqtisodiyotda tanglik yuz bergan holatlarda radikalizm xavfi keskin avj oladi. Ammo radikallar hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda ham, ularning hukmronligi uzoq davom etmaydi. Sobiq sho‘rolar tuzumi o‘rnida tashkil topgan mustaqil davlatlar hududida rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ko‘plab radikal oqimlar paydo bo‘lganligi, ularning ayrim mamlakatlarda fuqarolar urushlarini keltirib chiqarganligi so‘zimizning yaqqol isbotidir. Ushbu davrning o‘ziga xos jihati siyosiy radikalizmning dinni o‘ziga niqob qilib olishi bilan namoyon bo‘ldi. Bugungi kunning radikalizmida esa ijtimoiy hayotning ham nazariy, ham amaliy muammolarini hal qilish¬da zo‘rlik usulidan foydalanishga moyillik alohida xususiyat sifatida shakllanib ulgurdi. Ya’ni, tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin bo‘lgan oddiy muammolarni yechishda radikallar kuch, zo‘ravonlikdan foydalanishga intiladilar. Zamonaviy radikalizmning negizi ham aynan mana shu g‘oya ustiga qurilgan. Ijtimoiy muammolarni hal qilishda zo‘rlik usullari va vositalaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun ham radikalizm ekstremizmning nazariy manbayi bo‘lib qolmoqda. Shu bois bugungi kun axborot vositalarida «ekstremistik oqim tarafdorlari», «terroristik akt», «aqidaparastlik g‘oyasiga yo‘g‘rilgan» kabi jumlalar qatorida «diniy radikalizm» atamasini ham tez-tez eshitish odatiy tusga aylanib qoldi. Diniy radikalizmning mazmun-mohiyati radikalizmning boshqa ko‘rinishlari kabi o‘ziga mos kelmaydigan boshqa har qanday oqim va qarashlarga nisbatan murosasizlikda, jamiyat taraqqiyotiga zid, g‘ayriinsoniy g‘oya va qarashlarni ilgari surishda namoyon bo‘ladi. Bunda shaxs o‘z diniy e’tiqodini haq deb bilib, o‘zgacha e’tiqodiy qarashlar va fikrlarga murosasiz va keskinlik asosida yondashadi hamda ularni zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish tarafdoriga aylanadi. Bu ko‘pincha jamiyatda mavjud turli diniy konfessiyalarga keskinlik bilan yondashish, bir din doirasidagi o‘zga mazhab yoki qarashlarni murosasiz inkor etish hamda ularni raqib sifatida qabul qilishda ko‘rinadi. Ekstremizm tomon yetaklaydigan radikalizm xavfli virusga o‘xshaydi. O‘ta xavfli, ko‘rinmas xususiyatga ega bo‘lgan bu virusga chalingan ota bolasini, o‘qituvchi shogirdini, o‘quvchi va talabalar esa o‘z do‘stlari va tengqurlarini ham xasta qiladi. Shu tarzda ma’naviy nizomlarga bo‘ysunishni istamagan, o‘zgacha fikrlovchi va keskinlikni xohlovchi shaxslar ommasi vujudga keladi. Shovinistik ruhdagi radikalizm tushunchasi aslida faqatgina diniy ko‘rinishdan iborat emas, umuman olganda, u chegara bilmaydi. Ba’zan u birgina shaxsni, insonlar qatlamini yoxud bir millatni boshqalaridan ustun qo‘yishda ham namoyon bo‘ladi.
Ko'proq ko'rsatish ...
36 370
641
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi shiddatli zamonda radikalizm, ekstremizm va terrorizm kabi g‘oyalarga qarshi kurashni birgina davlat yoxud qaysidir bir organ miqyosida emas, balki fuqarolik jamiyatining har bir bo‘g‘ini, har bir oila, har bir fuqaro miqyosida tashkil etishgina butun jamiyatdagi immuntizimning bir me’yorda va samarali faoliyat yuriti¬shiga imkon beradi. Odilbek URINOV, IIV Akademiyasi tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
39 294
93
Қайси транспорт воситасининг ҳайдовчиси қайрилишни тўғри бажаради?
61 384
41

file

8 042
19
Eng muhim jihat shuki, Jaloliddin Manguberdining boshiga ne bir musibat tushmasin, faqat va faqat Vatan dedi, uning istiqlolini, istiqbolini o‘yladi. U Xorazmshohlar vakili sifatida boshqa hukmdorlardan panoh so‘rashi, o‘z jonini xatarga qo‘ymasdan, biror saroyda yashab o‘tishi ham mumkin edi. Biroq bunday qilmadi, ozodlik, hurlik yo‘lida kurashdi: butun yer yuzini titratib turgan Chingizxonning ko‘ziga tik boqdi, dushman ustiga ot surdi. Vatan ozodligi yo‘lida qon yutdi, qon to‘kdi, jon oldi, jon berdi. Jasorat va mardlik timsoli, qahramon sarkarda Jaloliddin Manguberdi mangulikka daxldor buyuk ajdodimizdir! Adolat FAYZIYEVA tayyorladi. ❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
MA`RIFAT DARSI | WORD .DOC FORMAT
Мавзу - 37/2024  word.doc format JALOLIDDIN MANGUBЕRDI – MARDLIK VA JASORAT TIMSOLI https://t.me/marifatdarsi_word_pdf
55 980
176
37-mavzu JALOLIDDIN MANGUBЕRDI – MARDLIK VA JASORAT TIMSOLI Bizning tanimizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi bobolarimiz qoni oqmoqda. Biz shunga munosibmiz va bu munosiblikni har daqiqada butun xalqimizga, jahon ahliga tarannum qilishga shoshilishimiz kerak! Shavkat MIRZIYOYЕV Har bir xalqning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha kurashib, jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda o‘chmas iz qoldirgan ana shunday milliy qahramonimizdir. Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad 1198-yilda tavallud topgan. Otasi xorazmshohlar mamlakati hukmdori Sulton Alovuddin Muhammad, onasi esa turkman kanizaklaridan biri Oychechak bo‘lgan. Jaloliddinning burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib, «Manguberdi» bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: «Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi». Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlaydi. Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi bois Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkarda sifatida namoyon etgan. U Valiyon qal’asini qamal qilayot¬ganda Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib, uch kunlik jangdan so‘ng ularni tor-mor keltiradi. Bu uning mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi. 1221-yili Sind (Hind) daryosi bo‘yida Chingizxon qo‘shinlarining ilg‘orini tor-mor keltiradi. Biroq kuchi ozligi bois chekinadi. 4000 jangchisi bilan daryoning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketadi. Uning bu jasoratidan hayratda qolgan Chingizxon o‘z o‘g‘illariga qarab: «Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim!» degan. Bu cho‘l hozir ham Cho‘li Jaloliy deb ataladi. Sheryurak bahodir Jaloliddin Manguberdi nafaqat Vatan ozodligi va xalq manfaati yo‘lida kurashgan sarkarda, balki islom dinini munosib himoya qilgan buyuk e’tiqod egasi hamdir. Uning jasoratiga Chingizxonday yovuz bosqinchi ham lol qolib, mardligini tan olgani tarixdan ma’lum. Jaloliddin Chingizxonga ilk bor 19–20 yoshlarida ro‘baro‘ kelgan. U 32–33 yoshida vafot etgan bo‘lsa, demak, hayotining 11–12 yili mobaynida 48 ta jang ko‘rgan. Chingizxon qo‘shinlari o‘z yurishlarida birinchi bor Jaloliddinning lashkarlaridan yengila boshlagan. Jumladan, to‘rt muhorabada sarkarda tomonidan mo‘g‘ul qo‘shiniga qaqshatqich zarba berilgan. O‘sha davrda Chingizxon ko‘plab mamlakatlarni zabt etishga ulgurgandi. Ayniqsa, musulmon xalqlarida ushbu mo‘g‘ul qo‘shiniga qarshi turib bo‘lmaydi, ular ya’juj-ma’jujlar, degan tushuncha paydo bo‘la boshlagandi. Jaloliddin Manguberdi mana shu qarashni yo‘qqa chiqardi. Chingizxonga qarshi kurashish, uning lashkarini mag‘lub etish mumkinligini isbotladi. Qalblarda ertangi kunga umid gulxanini yoqdi. Odamlarda g‘ayrat-shijoatni uyg‘ot¬di. Bu nihoyatda ulug‘ jasorat, juda katta qahramonlik edi.
Ko'proq ko'rsatish ...
51 042
757
UZUM BOS ўйини ҳақида маълумот сўраганлар учун қисқача

file

20 508
108
Чапга бурилаётганда қайси ҳайдовчига йўл беришингиз керак?
21 983
23
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
24 611
18
Yurtimiz tinch, bolajonlarimiz baxtli va mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! ——— Юртимиз тинч, болажонларимиз бахтли ва мустақиллигимиз абадий бўлсин! ——— Пусть наша страна будет мирной, наши дети – счастливыми, а наша независимость – вечной! ✈️🎞| 👚

Пусть_наша_страна_будет_мирной,_наши_дети_–_счастливы.mp4

63 852
174
#Кун_видеоси Юракларни титратадиган дақиқалар 28 йиллик рекордни янгилаб, 2 марта рекорд ўрнатган, бугунги кун қаҳрамони Асила Мирзаёрованинг ғалабадан кейинги ҳис-ҳаяжонлари. | | | | |

IMG_8628.MP4

22 380
61
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда  мамлакатимиз мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан Ички ишлар вазири ва бошқаларгадавлат мукофотларини
35 766
119
Алишер Озодович Шарафитдинов Ўзбек терговчилик соҳасининг тирик афсонаси ——- Alisher Ozodovich Sharafitdinov Oʻzbek tergovchilik sohasining tirik afsonasi
34 566
101
36-mavzu NAJOT TA’LIMDA, NAJOT TARBIYADA, NAJOT ILMDA Inson qalbi, ong-u tafakkuriga nisbatan xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali zamonda navqiron avlodimiz, jondek aziz farzandlarimiz hayotiga, ularning ta’lim-tarbiyasiga bir lahza ham loqayd qarashga mutlaqo haqqimiz yo‘q. Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida dadil ilgarilab borayotgan Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi oldidagi mislsiz vazifalar ham bu bordagi maqsadlarimizni yanada teranlashtiradi. Chunki biz intilayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun, avvalo, yuksak professional kadrlar – o‘z ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak. Bugun ushbu masala mamlakatimiz taqdiri va kelajagini, barchamizning hayot-mamotimizni belgilaydigan eng mas’uliyatli va sharafli ishga aylanmoqda. «Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir» Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy lafzida yangragan bu purma’no so‘zning mohiyati keyingi yillarda yurtimizda «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi» degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotgan katta ishlar ko‘lami qadar keng quloch yoymoqda. Borliqqa ko‘zlarida hayrat va har bir nuqtaga savol nigohi bilan boqqan farzandlarimiz ilk saboqni maktabda oladi. Ularning alifbodan har harfni o‘zlashtirgani sayin ong-u tafakkuri o‘sib, ilm ummoni sari yo‘li oydinla¬shib boradi. Bunda o‘quvchining ilmga chanqoqligi, tirishqoqligi, ota-ona va o‘qituvchining o‘zaro hammaslakligi, jonkuyarligi hamda mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bu jarayonlarni o‘qituvchining salohiyati, ta’lim muassasasidagi shart-sharoit, talablar ham bevosita to‘ldiradi. Shu o‘rinda so‘nggi yillarda yurtimizda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etilgani, 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklangani, ulug‘ allomalari¬miz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibro¬yim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, «Temurbeklar maktabi», Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilishi ham har jihatdan sifatli ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar beradi, albatta. Zamon bilan hamnafas ta’lim va uning huquqiy asoslari. Keyingi yillarda mamlakatimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim huquqiy asoslar yaratildi. Xususan, Prezidentimizning «2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni va «Xalq ta’limini rivojlanti¬rishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslarini mustahkamlash barobarida, amalga oshirilayotgan yangilanishlarga dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Ushbu rivojlantirish dasturida zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish, rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning rolini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning xalq ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallash¬tirish, sohada elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, zamonaviy modellar bo‘yicha maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda zarur jihozlar bilan ta’minlash singari yurtimizda maktab ta’limini yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiluvchi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan. Ayniqsa, yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yaratilishi ta’lim tizimida yangicha ruh, mazmun va muhit paydo qilayotgani hech biri-mizga sir emas.
Ko'proq ko'rsatish ...
52 507
843
Xulosa o‘rnida Har bir ota-onaning qalbidagi eng oliy maqsadi aziz farzandining ta’lim-tarbiyasi hamda uning nurli istiqbolidir. Quvonarlisi, yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz, farzandlarimizning taqdiri va kelajagi uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Bunga «labbay», deya javob qaytara oladigan iste’dodli avlod shaxdam qadam tashlamoqda. Ularning yuragida yongan ilm-ma’rifat quyoshi, ezgu va oliy muddaolari zakiy bobolarning «Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda», deya bildirgan har harfi zar hikmati bilan yanada yorug‘, charog‘on. Gulnoza TURG‘UNBOYEVA, o‘z muxbirimiz. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
72 261
120
So‘nggi yillarda oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirishga e’tibor qaratildi, oliy ta’lim muassasalari¬mizning xalqaro reytinglarda nufuzini oshirishga erishildi, nodavlat OTMlar soni ko‘paytirildi, talabalar uchun turarjoy muammosini hal qilishda ham maqsadli vazifalarni bajarishga e’tibor berilmoqda. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar va ularning ota-onasiga ta’lim kreditini to‘lashda imtiyoz berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mana shu o‘zgarishlar qatorida imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz yoshlarimizni kasb-hunarga o‘qitish ham e’tibordan chetda qolmayapti. Bu bejiz emas. Boisi, biz ma’rifat yo‘lini tanladik, faqat ma’rifat va ilm-fangina jamiyatni taraqqiyotga yetaklovchi kuch ekanini yaxshi anglab yetdik. Zero, inson ongli yashay boshlaganidan buyon ta’lim va tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. «Ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir» Yurtboshimiz tomonidan aytilgan ushbu ta’kidning amaliy ifodasi so‘nggi yillarda ta’lim sohasini yanada isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash borasidagi aniq raqamlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Xususan, hozirda O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3–7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Yana bir hayotiy misol. Bundan besh yil muqaddam oliy ta’lim muassasalari soni 78 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 213 tani tashkil etmoqda. Iqtisodiy o‘sish foni sekinlashayotgan va g‘oyat murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramasdan, 2023-yil uchun ishlab chiqilgan davlat byudjeti jami xarajatlarining 22,6 foizi, ya’ni, 58,4 trln so‘m mablag‘ ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgani rivojlanishimizning asosi, tayanchi, poydevori ta’lim va ilmda ekani yanada ayonlashadi. Zotan, bugun mana shunday e’tiborga munosib oltin avlod ulg‘aymoqda. E’tiborga yarashgan natijalar... Yurtimizning iste’dodli yoshlari nufuzli xalqaro fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalarda mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qilishmoqda. Bu joriy yilda Buyuk Britaniyada dunyo-ning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan 65-Xalqaro matematika olimpiadasida Elbek Zohidjonov (kumush), To‘lqin Jaylovov (kumush), shuningdek, 87 ta davlatdan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar safida 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida Daler Rahimov (oltin), Ahror Bahodirov (kumush), Saida Abdullayeva (kumush) erishgan olamshumul muvaffaqiyatlarda, ayniqsa, Rayyona Ibrohimova Germaniya¬ning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha jahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani misolida yaqqol ko‘rinadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, «aql gimnastikasi», ya’ni shaxmatda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarovlarning dunyoning kuchli shatranj qirollari bilan munosib tarzda dona surayotgani, To‘marisga xos shijoati bilan Olimpia cho‘qqisini zabt etib, xorij matbuotiga fikrini o‘zga tilda xuddi ona tilidek sodda va ravon ifodalab berayotgan mahoratli dzyudochimiz «Parij–2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova timsolida ham yurtimizda nafaqat ilm-ma’rifatga, balki sportga qaratilayotgan e’tiborning yorqin natijalarini ko‘ramiz, albatta.
Ko'proq ko'rsatish ...
54 050
217
Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов Франциянинг Париж шаҳрида ўтказилган ХХХIII ёзги Олимпия ўйинларида фаол иштирок этганликлари учун бир қатор ходимларни мукофотлади Жумладан, олтин медаль соҳиблари лейтенант Абдумалик Халоков ҳамда лейтенант Лазизбек Муллажоновларга муддатидан аввал «Катта лейтенант» бронза медаль соҳиби сафдор Музаффарбек Турабоев «Лейтенант» махсус унвони ҳамда эсдалик совғаси билан тақдирланди. 👈 бу ерда 👈томоша қилиш
43 727
211
Телеграм ўзининг ўйини 2024 йил 26 сентябрь куни листинг бўлиши ҳақида маълум қилди. Лекин UZUM нинг ҳам ҳудди шу каби лойиҳаси ҳам ёмон кетмаяпти.
5 615
27
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармонидан Мамлакатимиз Қуролли Кучларининг жанговар тайёргарлигини оширишдаги алоҳида хизматлари, миллий манфаатларимизни ҳимоя қилиш, қонун устуворлиги ва тинчликни таъминлаш, барқарорлик ва жамоат тартибини мустаҳкамлаш борасидаги шарафли бурчини бажариш чоғида мардлик, жасорат ва фидойилик кўрсатгани, соҳада юқори малакали кадрларни тайёрлаш, ёш авлодни она Ватанга муҳаббат ва садоқат руҳида тарбиялаш йўлидаги кўп йиллик самарали меҳнати ҳамда ижтимоий ҳаётдаги фаол иштироки учун қуйидагилар фахрий унвон, орден ва медаллар билан мукофотлансин: I даражали “Шон-шараф” ордени билан Бобожонов Пўлат Раззақович - “Мардлик” ордени билан Аликариев Муродилла Сайдуллаевич - Тошкент шаҳар Ички ишлар бош бошқармаси бошлиғининг жамоат тартибини сақлаш бўйича ўринбосари “Дўстлик” ордени билан Лим Михаил Александрович - Қорақалпоғистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳарбий сафарбарлик бўлими муҳим топшириқлар бўйича инспектори “Жасорат” медали билан Зикиров Жамолиддин Тохиржонович - Тошкент вилояти Ички ишлар бош бошқармаси отряд командирининг ўринбосари Примов Элбек Уктамович (марҳум) - Қашқадарё вилояти Кўкдала тумани ички ишлар бўлими йўл-патруль хизмати катта инспектори Таиров Руслан Каримович - Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг Самарқанд вилояти бўйича портлаш хавфи бўлган предметларни зарарсизлантириш махсус отряди бош мутахассиси “Содиқ хизматлари учун” медали билан Гончаров Алексей Сергеевич -Тошкент шаҳар Ички ишлар бош бошқармаси кинология бўлинмаси кичик инспектор-кинологи Гулямов Элдар Истамович - Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Транспорт ва туризм объектларида хавфсизликни таъминлаш департаменти батальон командири Душаев Анваржон Худойбердиевич - Сирдарё вилояти Ховос тумани ички ишлар бўлими профилактика инспектори Ибрагимов Исматжон Нигматжонович - Самарқанд шаҳар бўйича Ички ишлар органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси бошлиғи Раҳимов Нодирбек Муйидинович - Қашқадарё вилояти Қамаши тумани ички ишлар бўлими бошлиғи Рустамов Жасурбек Илхомович - Бухоро вилояти Ғиждувон тумани ички ишлар бошқармаси бошлиғининг ўринбосари – тергов бўлими бошлиғи Эргашев Илхом Абдумуталифович - Фарғона вилояти Ички ишлар бошқармаси Жамоат тартибини сақлаш бошқармаси бошлиғи Эшанжанов Сайдуллохон Низомович - Наманган вилояти Давлатобод тумани ички ишлар бўлими патруль-пост хизмати отряди бўлинма командири “Шуҳрат” медали билан Каримов Ғолиб Толибоевич - Жиззах вилояти Шароф Рашидов тумани ички ишлар бошқармаси профилактика катта инспектори Қодиров Сирожиддин Надирханович - Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармаси патруль-пост хизмати отряди бўлинма командири Қурбонов Қувондиқ Каримович - Хоразм вилояти Тупроққалъа тумани ички ишлар бўлими катта тезкор вакили Рузимуродов Вохиджон Асатуллаевич - Навоий вилояти Навбаҳор тумани ички ишлар бўлими бошлиғининг ўринбосари – жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёев
Ko'proq ko'rsatish ...
INSPECTOR_UZ
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони эълон қилинди
69 855
325
Mustaqillik, bu yilda bir marta, faqat mustaqillik bayramida emas, har kuni, har soat fikr yuritiladigan, har dam shukr qilinadigan, qadri, sharafi, bardavomligi ko‘z qorachig‘idek as¬rab-avaylanadigan bebaho ne’matdir. Uning sharofati bilan ijtimoiy, ma’naviy va diniy qadriyatlarning qaytadan tiklanishi va rivojlanishi uchun keng yo‘l ochildi. Mustaqillik bizga o‘zligimizni qaytardi. Mustaqillik bizga din-u di-yonatimizni qaytardi. Mustaqillik – erkin e’tiqod va ibodatlarimizni qaytardi. So‘nggi yillarda Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar, xususan, inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonu¬niy manfaatlarini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Inson qadri degani, sodda qilib aytganda, insonni ulug‘lash va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbatni qadrlash deganidir. «Inson qadri» tushunchasi – insonning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari har tomonlama ta’minlanishini ham o‘zida qamraydi. Ayniqsa, O‘zbekiston birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani bu sohadagi amaliy faoliyatimizning yuksak e’tirofi bo‘ldi. 2021-yil 1-yanvardan buyon mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatida faol va samarali faoliyat olib bormoqda. Dunyodagi hech bir mamlakatda so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi kabi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmagan. Toshkentning yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli Markaziy Osiyo davlatlari ilk bor bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mintaqaviy masalalarni ochiq va samimiy muhokama qila boshladi. Joriy yilning 9-avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ol¬tinchi Maslahat uchrashuvi va unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ham fikrimizning yaqqol dalilidir. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatga, xalqaro huquqning to‘laqonli subyektiga aylangani rost. Buning uchun o‘tgan yillar davomida barcha sohada birdek olib borilgan amaliy sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Eng muhimi, bugun istiqlolimiz sharofati bilan erishayotganlarimiz xalqaro maydonda tan olinib, e’tirof etilmoqda. Ko‘plab xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz nomi yuqori o‘rinlarda qayd etilayotgani quvonarlidir. Bundan keyin ham bir bo‘lib, birdamlikda, yagona xalq sifatida harakat qilsak, albatta, eng yuksak cho‘qqilarni zabt etajakmiz. Vatanimiz mustaqilligi shahdam odimlarimizga, shiddatli harakatlarimizga kuch va mayoq bo‘lib qolaversin! O‘z muxbirimiz. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
63 545
225
35-mavzu MILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIR Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlari¬mizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi. Shavkat MIRZIYOYEV Biz o‘ttiz uch yillik to‘yini nishonlash arafasida turgan buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. Yangi O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik qadrini begona bir xalq qo‘lida mute bo‘lib yashagan odamlardan so‘ragan yaxshiroq. Hozir ham millionlab nufuzga ega xalqlar borki, o‘z davlatini qura olmaydi, boshqa bir titul xalqlar davlatida ikkinchi darajali, hatto mayda millat, deya hisoblanib yashaydi. Sport musobaqalarida o‘z bayrog‘i ostida maydonga chiqa olmaydi. Xalqaro munosabatlarda boshqa davlatlar bilan bevosita muloqot qila olmaydi. Eng achinarlisi, o‘z yeridagi yer osti va yer usti boyliklariga o‘zi egalik qila olmaydi. O‘z ona tilida gapira olmaydi. Katta xalq tilini o‘rganishga, shu xalq madaniyatini ulug‘lashga majbur bo‘ladi. O‘z ta¬rixini unutishga yoki katta og‘a aytgan yo‘sinda tasvirlashga majbur bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik bu ozodlik va erkinlik deganidir. Ma’lumki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda Yangi O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida qanday voqealar bo‘lib turganidan barchamiz xabardormiz. Notinch vaziyat tufayli insonlar aziyat chekmoqda. Ana shunday bir sharoitda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi, desak, aslo yanglishmaymiz. Bugun yurtimizning barcha go‘sha¬larida «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» degan bosh g‘oya tantanasi jaranglamoqda. Joylardagi sayllarda, tadbirlarda, davra suhbatlarida bu g‘oya faxrlanib, ko‘tarinki ovoz bilan zikr qilinmoqda, qalblarga ruh baxsh etmoqda. Zero, Vatandan azizroq makon yo‘q bu dunyoda. Yer yuzida Yangi O‘zbekistonimiz – yakka-yu yagona, biz u bilan har qancha faxr-iftixor qilsak kam. Bunga uning boy o‘tmishi ham, ravnaq topayotgan buguni ham, porloq kelajagi ham to‘la asos bo‘ladi. Ushbu g‘oya zamirida xalqimizning birligi, jipsligi, hamfikr va jonkuyarligi, el-u yurt sha’ni va osoyishtaligi yo‘lidagi birdamligi kabi ezgu ma’no-mazmun mujassam. Darhaqiqat, birdamlik bo‘lgan joyda yuksalish, oldinga siljish, yuksak marralar bo‘y ko‘rsatadi. Dono xalqimizning «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar» degan maqoli ham aynan shu mazmunda aytilgan purhikmat topilmadir. Xuddi shu kabi birlashgan el-ulus bir xalq, bir Vatan bo‘lib, ko‘zlangan eng yuqori pog‘ona¬larga chiqishga erishadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan o‘rin olish, xalqning eng baxtiyor, osoyishta el sifatida yashashiga erishish, inson qadr-qimmatini yuksaltirish, intellektual salohiyati yuksak avlodni kamolga yetkazish bugungi islohotlarning asl mazmunidir.
Ko'proq ko'rsatish ...
50 418
780
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish mumkinligi haqida yolgʻon axborot tarqalmoqda. Maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3413-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan. Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Moliya-iqtisod boshqarmasi ——— Ижтимоий тармоқларда ички ишлар органларида пенсияга чиқиш учун хизмат муддатини 25 йилга узайтириш мумкинлиги ҳақида ёлғон ахборот тарқалмоқда Маълум қиламизки, Ўзбекистон Республикасининг амалдаги «Ҳарбий хизматчиларнинг пенсия таъминоти тўғрисида»ги Қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 3413-сон қарорига мувофиқ, ички ишлар органларида хизмат қилаётган ходимнинг хизмат муддати календарь ҳисобда 20 йилга етганидан сўнг, ўтаган хизмат муддати учун пенсия олиш ҳуқуқига эга бўлиши кўрсатиб ўтилган. Ҳозирги кунда ички ишлар органлари фаолияти билан боғлиқ бўлган норматив ҳуқуқий ҳужжатларга пенсия олиш учун хизмат муддатини 25 йилга узайтириш бўйича таклиф ёки қўшимчалар киритиш кўзда тутилмаган. Ўзбекистон Республикаси ИИВ Молия-иқтисод бошқармаси | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
42 719
1 024
Махсус унвонда хизмат ўташ муддатлари белгиланди Қарор (ПҚ-296-сон, 21.08.2024 й.) билан Президентнинг айрим қарорларига ўзгартиришлар киритилди. Қарорга кўра, Ички ишлар органларида хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритилиб, махсус унвонда хизмат ўташ муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланади: «катта лейтенант» – 3 йил; «капитан» – 4 йил; «майор» – 5 йил; «подполковник» – 6 йил». Шунингдек, Давлат божхона хизмати органларида хизматни ўташ тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритилиб, махсус унвонда хизмат ўташ муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланади: «божхона хизмати катта лейтенанти» – 3 йил; «божхона хизмати капитани» – 4 йил; «божхона хизмати майори» – 5 йил; «божхона хизмати подполковниги» – 6 йил». Бундан ташқари, Фуқароларининг ҳарбий хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низомга киритилган ўзгартиришга кўра, ҳарбий хизматчилар учун ҳарбий унвонлардаги хизмат муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланади: «катта лейтенант» ҳарбий унвонида – 3 йил; «капитан» ҳарбий унвонида – 4 йил; «майор» ҳарбий унвонида – 5 йил; «подполковник» ҳарбий унвонида – 6 йил». Шу билан бирга, Миллий гвардия ходимларининг хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритилиб, махсус унвонда хизмат ўташ муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланади: «катта лейтенант» – 3 йил; «капитан» – 4 йил; «майор» – 5 йил; «подполковник» – 6 йил».
Ko'proq ko'rsatish ...
75 223
1 917
Sanjar Siddiq O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan «Adabiy tarjima san’ati» monografiyasini yaratgan edi. Mohir tarjimon sifatida o‘zbek o‘quvchilari uchun rus, nemis, ingliz va fors tillaridan ko‘plab asarlarni tarjima qildi. Lope de Veganing «Qo‘zibuloq qishlog‘i», Al-Habibning «Bombey», P.Furmanskiy va Y.Rodionovlarning «Van Shi-Bin», N.Pogodinning «Mening do‘stim», N.Gogolning «Revizor», N.Zarxining «Quvonchlar ko‘chasi» pyesalari Sanjar Siddiq tarjimasida ko‘p yillar davomida O‘zbek davlat akademik drama teatrida namoyish etildi. U 1931-yilda amerikalik shoir Lengston Xyuzning she’rlar to‘plamini, 1937-yilda L.Tolstoyning «Kavkaz asiri» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilishga musharraf bo‘ldi. Mana shunday iste’dod sohibi, yurtimiz, xalqimiz hayotiga yangi nur, ma’naviyat va ma’rifat olib kirishga intilgan ziyoli, albatta, sovet qattollariga yoqmas edi. Endigina 35 yoshni qarshilagan va ijodining ayni cho‘qqisiga erishgan «Guliston» jurnali adabiy xodimi Sanjar Siddiq nohaq ayblanib, qamoqqa olinadi. Qamoqqa olingan kuni tezkor xodim, kichik leytenant Mavrin boshchiligida Sanjar Siddiqning Toshkent shahri Oktabr rayoni Oxunboboyev mahallasidagi 312-uyida tintuv o‘tkaziladi va uning pasporti, 30 so‘m puli, charm kamari, kichik oyna kabi buyumlari olinib, davlat foydasiga musodara etiladi. Onasi Zubayda Abdug‘afurova, xotini Kamola Mavlonova, ukasi Maqsud, o‘g‘illari – Boriy, Bahodir va oilaning o‘z tarbiyasiga olgan Mashhura Tursunovalar uning ortidan qon yig‘lab qoladilar. Millat fidoyisining birinchi tergov so‘rog‘i 1937-yil 31-avgustda o‘tkazildi. Unga otasining Tosh¬kent atrofida ikki gektar bog‘i bo‘lgani, xotinining savdogar qizi ekani, ishlamasligi kabilar aytildi. Tergovchi 1937-yil 2-sentabrda o‘tkazilgan so‘roqda Sanjar Siddiqning 1918–1919-yillarda «Chig‘atoy gurungi»da ishtirok etgani, 1922–1924-yillarda «Turkiston»da «Mahkamai shariat» ruknini tayyorlagani va 1925-yildan «Yer yuzi» jurnalida ishlagani haqida mahbus Ziyo Saiddan olingan ko‘rsatuvdan uni qoralovchi material sifatida foydalanishga urindi. 1937-yil 2-oktabrda o‘tkazilgan navbatdagi so‘roqda esa, u Cho‘lpon va Fitratlar bilan hamkorligi, millatchilik faoliyati kabi to‘qib chiqarilgan ayblarning bar¬chasini qat’iyan rad etdi. NKVD xodimi N.Trig‘ulov tomonidan qo‘llangan barcha usul va vositalar hech qanday samara bermadi, uning irodasini sindira olmadi. S.Siddiq «Avantyurist» maqolasida Anvar poshoni ideallashtirgani, qahramon sifatida tasvirlagani «aniqlandi». Maqolada uning ko‘kko‘z ruslarga qarshi kurashuvchi Ibrohimbekka yordamga kelgani, 1928-yilgi ochar¬chilik vaqtida tojik qishloqlarida Anvar posho najotkor sifatida kutib olingani haqida yozgani muallifning aybi sifatida talqin qilindi. Sanjar Siddiq 1938-yil 8 -oktabr kuni kechasi soat 2:10 dan 2:30 gacha davom etgan «uchlik» sudida o‘ziga qo‘yilgan ayblarning birortasini ham tan olmadi. Shunga qaramay, u otuvga hukm etildi, bu haqda oila a’zolariga ma’lumot berilmadi. Sanjar Siddiq 1956-yil 26-iyulda sobiq ittifoq Oliy sudi tomonidan to‘la oqlandi. Mustabid tuzumning begunoh qurboni Sanjar Siddiq o‘zining qisqa umri davomida o‘zbek matbuoti taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Uning ijodiy merosi, yozgan maqolalari, qilgan tarjimalari o‘z vaqtida xalqimizning ma’naviy kamoloti, badiiy tafakkurining o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Asrorjon SATTOROV, JXU dotsenti, Mashrabjon SAMINJANOV, JXU o‘qituvchisi. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
77 266
275
34-mavzu MILLAT FIDOYILARI Xalq, Vatan istiqboli, erki yo‘lida kurashgan va millatning yuksalishini istab o‘z tinchi, erki, kerak bo‘lsa, jonini qurbon qilganlar millatning haqiqiy fidoyilaridir. Imperialistik siyosat natijasida 1937–1938, 1940–1950-yillarda xalqimizning zabardast farzandlari, yurt ziyolilari siyosiy qatag‘on qilindi, beayb qamaldi va jismonan yo‘q qilindi. Bu yillarda yuz mingdan ortiq millat fidoyilari surgun qilindi. Faqat 1937–1939-yillarning o‘zida 41 ming nafar vatandoshimiz qamalgan. Ularning 6920 nafari otib tashlangan. Ushbu qatag‘on to‘lqini 1980-yillarda «paxta ishi» kampaniyasi orqali davom ettirilib, yurtimizning to‘rt mingdan ortiq fidoyi farzandlari turli muddatlarga, tur¬li hududlarga, Sibir o‘r¬monlariga surgun qilindi. Bu ishlar, albatta, o‘zbek xalqini abadiy qullikda saqlash maqsadida amalga oshirildi. Mamlakat Prezidentining bir qator farmon va qarorlari asosida 2017–2023-yillar davomida o‘n mingdan ortiq qatag‘on qilinganlar, nohaq ayblanganlarning nomlari oqlandi, ularning aybsiz ekani, avvalo, o‘sha jabrdiydalarning oila ahillariga yetkazildi va matbuotda e’lon qilindi. Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz, bir so‘z bilan aytganda, millat fidoyilarining nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, 1938-yilning 4–7-oktabr kunlari o‘zbek milliy jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari «xalq dushmani» sifatida otib tashlanadi. Aynan 4-oktabr kuni shunchalar ko‘p odam otiladiki, zabardast shoir Abdulhamid Cho‘lponga kelganda, hatto o‘qlar tugab qoladi. Oxir-oqibat, uning boshi bolta bilan chopib tashlanadi. Taraqqiyparvar shoir o‘shanda atigi 40 yoshda edi. Qatag‘on yillarida biz bilgan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosirlardan tashqari, ijodiy faoliyati kam o‘rganilgan yoki o‘rganilmagan yozuvchi va jurnalistlardan Tavallo, G‘ozi Yunus, Ismoil Obidov, A’zam Ayub, Sanjar Siddiq, Yunus Latif, Sattor Jabbor, Muhammad Hasan, Qosim Sorokinlarni ham jismonan yo‘q qilishga harakat qilingan edi. Qatag‘on siyosatining begunoh qurboni, o‘tgan asrning boshlaridagi o‘zbek matbuotining yirik namoyandalaridan biri Abdulbosit Isroiljon o‘g‘li Siddiqov – Sanjar Siddiqdir (1902–1938). Sanjar Siddiq 1902-yili Toshkentda Isroiljon choyfurush oilasida dunyoga keldi. O‘z faoliyatini 1920-yilda Eski shahardagi 12-sonli maktabda o‘qituvchi sifatida boshladi. Ayni vaqtda «Ishtrokiyun» gazetasi tahririyatida adabiy xodim va tarjimon vazifalarini bajardi. U butun e’tiborini nashr sohasiga qaratdi va tinimsiz ijodiy ish bilan shug‘ullandi. Sanjar Siddiqning yuzdan ortiq publitsistik maqolalari va teatr taqrizlari nashr etilgan. U jurnalist sifatida o‘z maqolalarida «Kitobxon», «Bir ki¬shi», «Sanjar nafratchi», «Kaltadum», «S.S.», «Gazetchi», «Toshkentlik», «Ko‘z-quloq», «Sanjar» va boshqa taxalluslardan foydalangan.
Ko'proq ko'rsatish ...
64 795
933
Зўравонликдан жабрланган болаларга ҳимоя ордери бериш тартиби йўлга қўйилмоқда «Болаларни зўравонликнинг барча шаклларидан ҳимоя қилиш тўғрисида»ги Қонун Сенат томонидан . 👈
34 316
39
Қайсидир буюмни тайёрлаш жараёнларини кузатишга қизиқадиганлар кўп бўлса керак. Биз уни оддий маиший восита деб қарайдиган махсулотни қандай шароитларда тайёланишини кузатишни ҳохлаганлар учун ни тавсия қиламиз... 👈
34 174
8
Бугун аптекамизда қизиқ бир ҳолат юз берди. Айрим ҳайдовчи акаларимиз ёмон дийдиган гаи ҳодими бир аёлни дорига пули етмаганда, ёрдам бериб, дорини хамма пулини тўлаб юборибди. 📍 Олмалиқ шаҳри бўлган | | | | |

video_2024-08-14_17-44-22_1~1.mp4

18 251
184
#ҲУШХАБАР Иш ҳақи, нафақа ва пенсиялар 15 фоиз оширилди. 👈
69 078
778
#препьмера KECHIROLMADIM - BEKZOD HAQQIYEV
49 154
25
Bundan bir necha asr avval huquqshunos olimlar tomonidan aytilgan «Huquqni anglash mas’uliyat hissini rivojlantiradi» degan hikmatli so‘zlar hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Shunday ekan, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat har bir fuqaroning, jumladan, har bir mansabdor shaxsning ham hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak. Yana bir mulohaza shundan iboratki, jamiyatda qonunga hurmat muhitini shakllantirishda ta’lim-tarbiya katta ahamiyatga ega. Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxs uchun, uning kimligidan qat’i nazar, jazoning muqarrarligini ta’minlash talab etiladi. Bu borada ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash o‘rinliki, mustaqilligimizni asrash, erkin va farovon hayotga erishish, xalqparvar davlat barpo etish uchun, hech shubhasiz, qonun ustuvorligi ta’minlanishi kerak. Zero, qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda inson huquq va erkinliklari ta’minlanadi. Bunday jamiyat esa xalqparvar davlatning tayanchi va suyanchiga aylanadi. Salohiddin HAMROYEV, IIV Tashkiliy departamenti yetakchi yuriskonsulti, katta leytenant. ❤️ 💾 📁 ✔️ 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
84 844
256
33-mavzu QONUN USTUVORLIGI – XALQPARVAR DAVLAT TAYANCHI Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan globallashuv jarayonida jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalari hamda muammolarini qonun ustuvorligini ta’minlagan holda hal etish zamon talabidir. Sohibqiron Amir Temur «Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi», deb bejiz ta’kidlamagan. Davlat tizimi uchun qonun ustuvorligi boshqaruvning eng muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bu barcha jismoniy va yuridik shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek, davlat organlarining o‘zi ham qonunlar oldida javobgar ekanligini anglatadi. Qonun ustuvorligi, o‘z navbatida, qonun oldida tenglikni, uni qo‘llashda adolatlilikni, hokimiyatning bo‘linishini, jamiyat hayotiga aloqador qarorlar qabul qilinishida ularning ishtirok etishini, qonunlar qabul qilinishida o‘zboshimchaliklarga yo‘l qo‘yilmasligini, ularning shaffofligini taqozo etadi. Mazkur tamoyil inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish orqali ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, shuningdek, siyosiy barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Bunga aholining davlat xizmatlaridan foydalanish sifatini oshirish, korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarga chek qo‘yish, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga barham berish natijasida jamiyat a’zolari va davlat o‘rtasidagi ishonch ko‘priklarini mustahkamlash orqali erishish mumkin. Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ham aynan yuqoridagi maqsadlarga erishish borasida bir qator dolzarb vazifalar, aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Xususan, islohotlar samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda xalq farovonligiga erishish shular jumlasidandir. Xo‘sh, bu maqsadlar qanday amalga oshiriladi? Strategiyada belgilanganidek, aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi «tayanch ko‘prik»ka, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini esa xalqning chinakam «ovoziga» aylantirish kerak. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish¬ning ko‘lamini kengaytirish orqali fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish darkor. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish lozim. Bu esa norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish demakdir. Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish darkor. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish ham muhim hisoblanadi. Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sud-huquq islohotlarining asosiy mezoni etib belgilangan. «Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug‘lashni eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etdik. Yangilangan Konstitutsiyamizda ham O‘zbekiston huquqiy davlat ekanligini muhrlab qo‘ydik. Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilish», – deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz. Bugungi kundagi asosiy maqsad ham qonun ijodkorligi faoliyatida barcha g‘oyalarning markaziga inson huquqlarini qo‘yish orqali yangicha yondashuvlar bilan qonun ustuvorligini ta’minlashdir. Jamiyatda adolat barqaror bo‘lishi uchun, avvalambor, o‘zimiz qonunlarga qat’iy rioya qilishimiz shart. Qolaversa, farzandlarimiz, qarindosh-urug‘larimiz va do‘st-birodarlarimizni ham qonunlarga itoat qilishga da’vat etmog‘imiz darkor. Bundan tashqari, jamiyatda belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilish ham har birimiz uchun asosiy vazifa bo‘lsin.
Ko'proq ko'rsatish ...
52 346
950
Ushbu qonun davlat organi ning yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar tushunchalarining ma’nosi oydinlashtirib berilgani bilan ahamiyatlidir. Unda man faatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish ning asosiy prinsiplari belgilandi. Qayd etish kerakki, O‘zbekis ton Respublikasining «Korrup siyaga qarshi kurashish to‘g‘ri sida»gi qonunida ko‘rsatilgan manfaatlar to‘qnashuvi tushun chasi tahlil etayotgan qonuni mizda yangi tahrirda kengaytirildi va tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Ya’ni, manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburi yatlarini lozim darajada bajarishi ga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlar ning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yu zaga kelayotgan (mavjud man faatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat deb belgilandi. Mazkur qonunga muvofiq, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi o‘z lavozim majburiyatlarini yoki xizmat va kolatlarini vijdonan bajarishi va ularning bajarilishiga ta’sir ko‘r satadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘z shaxsiy man faatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi lozim. Shu bilan birga, mavjud man faatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, tezda o‘zining bevosita rahbarini yoki maxsus bo‘linmani xabardor qilishi, o‘zining bevo sita bo‘ysunuvidagi xodimlarni yoki boshqa xodimlarni o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlarga (harakatsizlikka) majburlamasligi, shuningdek, boshqa xodimlarga nisbatan o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaat lar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risida xabar berishi shart. Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yangi 1934-modda kiritilib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilandi. Ushbu moddada manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun chilikda nazarda tutilgan manfa atlar to‘qnashuvi mavjudligi haqi da davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi yoki xodimi tomonidan xabar bermaganligi, shuningdek, man sabdor shaxsiga ma’lum bo‘lib qolgan, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikda na zarda tutilgan mavjud yoki eh timoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaganligi uchun javobgarlik ko‘rsatilgan. Ichki ishlar organlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi degan da, xodimning shaxsiy manfaati (bevosita yoki bilvosita) uning xizmat vazifalarini obyektiv ba jarishiga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan va qarama-qarshilik yuzaga keladi gan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat tushuniladi. Kadrlarni qarindoshlik, ham shaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘q nashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish rahbarning vazifasidir. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik davlat xizmatchilarining o‘z kas biy faoliyati prinsipi hisoblanadi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kid lash joizki, mazkur qonun talabla rini qat’iy va so‘zsiz bajarish ichki ishlar organlaridagi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va hal qilish choralariga manfaatlar to‘qnashuvi ishtirokchisi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimining rasmiy pozitsiyasini o‘zgartirishi shubhasiz. Sharif QOBILOV, IIV Akademiyasi professori, polkovnik. ❤️ 💾 📁 ✔️ 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
46 606
244
32-mavzu MANFAATLAR TO‘QNASHUVI – TARAQQIYOT KUSHANDASI Manfaatlar to‘qnashuvi korrupsiya kabi bir qator salbiy oqibatlarga, ya’ni fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishiga, davlat va davlat organlarining obro‘siga putur yetkazilishiga, davlatga moddiy zarar yetkazilishiga, bir tomonlama ustunlik berilishi va raqobatning yo‘qolishiga hamda uchinchi shaxslarga zarar yetkazilishiga olib keladi.Manfaatlar to‘qnashuvi kor rupsiyaviy jinoyatlar sodir etili shining bir bosqichi bo‘lib, quyi dagicha harakatlanadi: 1) g‘ay riijtimoiy (asotsial) harakatlar; 2) kasbiy qoidalarning buzilishi; 3) kasb odobi talablarining buzi lishi; 4) manfaatlar to‘qnashuvi; 5) korrupsiyaviy holat; 6) korrup siyaviy jinoyat. Manfaatlar to‘qnashuvining taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi asosiy shakllari mavjud: nepotizm, lobbizm, favoritizm, pantuflyaj, kronizm, byurokratik rasmiyatchilik. O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunining 3-mod dasida manfaatlar to‘qnashuvi – bu shaxsiy (bevosita yoki bil vosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyat larini lozim darajada bajarishi ga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlar ning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaat lari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat, deb ta’riflangan. Manfaatlar to‘qnashuvi – ishonib topshirilgan majburiyat va majburiyat egasining shaxsiy manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyat. U korrupsiyaning yuzaga kelishi uchun imkoniyatlar yaratganligi sababli, oldi olinishi yoki boshqarilishi kerak. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekis ton Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiya ga qarshi murosasiz munosa batda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoat chilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining qabul qilinishi mam lakatimizda korrupsiya holatlari ning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabat da bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurash olib borishning yangi bosqichi bo‘ldi. Farmonda korrupsiyaga qar shi kurashishning samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or xalqaro standartlarga asoslanib uning normativ-huquqiy bazasini tako millashtirish vazifalari belgilandi. 2024-yilning 5-iyunida O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonuni hamda Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.
Ko'proq ko'rsatish ...
48 473
785
«КАТТА ЎЗБЕК» Баҳодир Жалолов иккинчи бор Олимпияда чемпиони бўлди. Тўлиқ жангни кўра олмаганлар учун 👇👇👇
28 725
37
Бокс: Париж-2024 Абдумалик Халаков (Ўзбекистон ИИВ ходими) ОЛИМПИЯДА ЧЕМПИОНИ.... | | | | |

file

24 362
74
Shu bilan birga, barcha rahbarlar mahallalarga borib, o‘z sohasi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganishi va uni joyida hal etishi ham yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilning 1-choragi davomida 3768 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 59 mingdan ortiq masalalar ijobiy hal etilgan.  Mahalla raislari va «yettilik» vakillari ehtiyojmand, kam ta’minlangan, oilaviy sharoiti og‘ir xonadonlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni muntazam ravishda xonadonbay o‘rganmoqda va aniqlangan muammolarning yechimini topish choralari ko‘rilyapti.  Mahallalarda ijtimoiy daftarlar yuritish orqali aholi muammolarini hal qilish borasidagi ishlar ham kambag‘allikni bartaraf etish, oilalarning daromadini oshirishda samara bermoqda.  Bugungi kunda O‘zbekistonda 9 ming 452 ta mahalla faoliyat yuritmoqda. Ularning ko‘p­chiligida mahalla tarixi aks etgan burchaklar tashkil qilingan. 2020-yildan buyon yurtimizda 22-mart Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Prezidentimizning 2022-yil 18-martdagi «2022–2026-yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi natijasida o‘tgan yili 1 ming 297 ta qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda minglab kilometr elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilindi. Joylarda yangi bozorlar va boshqa infratuzilma inshootlari qad rostladi. Ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, sug‘orish tizimlari yaxshilandi. Bu imkoniyatlar chekka qishloqlarda ham shahardan kam bo‘lmagan sharoit yaratish­ga, oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mahallalar obodligini ta’minlashda «Yashil makon» umummilliy loyihasining o‘rnini alohida qayd etish joiz. Bu boradagi ishlar tufayli hududlarda bog‘-rog‘lar, yashil hududlar kengaymoqda. Aholi yashash manzillari kundan-kun chiroy ochib, go‘zallikka burkanyapti.  Mahallalarni obod qilish, infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi bunday ishlar mamlakatimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib, xalqimiz turmush darajasi va madaniyatini yuksaltirishga zamin yaratmoqda. «Mahallabay» tizimi joriy etilgan oxirgi ikki yilda mahallalarda 176 mingta yuridik va 194 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyasi bilan qariyb 900 mingta loyihaga 20 trillion so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 92 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 380 mingta ish o‘rni yaratildi. Bu raqamlar ortida qanchadan-qancha odamlar, oilalar taqdiri yotibdi. Ana shu ishlar natijasida boqimandalik kayfiyati kamayib, tadbirkorlik muhiti yaratish zavqi kuchayib boryapti. Shu o‘rinda mahalla yettiligi tarkibida bo‘lgan profilaktika inspektorlari faoliyatini ham alohida e’tirof etish o‘rinli bo‘ladi. Sababi, ular kecha-yu kunduz olib borayotgan o‘z xizmatlari davomida mahallalar osoyishtaligini ta’minlab, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashib kelmoqda. Buning natijasida juda ko‘p mahallalarimiz tom ma’noda jinoyatchilikdan xoli hududga aylanmoqda. Xulosa qilib aytganda, mahalla tizimi obro‘yini qancha ko‘tarsak, xalq muammolarini dastlabki bosqich­dayoq yechish imkoniyati oshib, fuqarolar sarsongarchiliklariga barham beriladi.  O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Ko'proq ko'rsatish ...
65 659
316
31-mavzu MAHALLA — QADRIYATLAR MASKANI Jonajon diyorimizda mahallalar juda ko‘p bo‘lib, ularning o‘ziga xos nomlari bizga tarixdan so‘zlaydi. Chunki ularda xalqimizning uzoq va shonli tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, madaniy merosi aks etadi. Sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalarimiz nufuzini oshi­rish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish eng oliy burch­larimizdan biridir. Prezidentimiz o‘z nutqlarida «Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan birgalikda tashkil qilib kelyapmiz. Bu tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirdik. Endi yana qo‘shimcha kuch, imkoniyatlar berilyapti. Bu ham vakolat, ham mas’uliyat degani. Mahallalar – davlatimizning eng katta zamini» deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas.  Keyingi yillarda o‘zini o‘zi bosh­qarishning noyob tizimini chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Xususan, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan bir qatorda, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, ishsizlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mahalla instituti maqomi mustahkamlandi. Barcha soha va yo‘nalishlar bo‘yicha «mahallabay» ishlash tizimi joriy qilinib, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili amaliyotga tatbiq etildi. Oxirgi yetti yilda tizimni takomillashtirishga doir yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ijobiy samara beryapti. Jumladan, mahallalarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib bormoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari, doimiy daromad manbalari yaratilishi orqali oilalar farovonligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshi­rish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mazkur tuzilmaning jamiyatimizdagi nufuzini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjatlar asosida respublika, viloyat, tuman va shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etildi. Har bir fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi shakllantirilib, aniq vazifalari, birgalikda qiladigan ishlari belgilab berildi. Barcha mahallalarda «mahalla budjeti» tizimi yo‘lga qo‘yildi. Eng muhimi, mahallaning aholiga ijtimoiy ko‘mak berish borasidagi vakolatlari kuchaytirildi. Endilikda «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiya ajratish «mahalla yettiligi»ning birgalikdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Mahalla, avvalo, ma’naviyat, tarbiya beshigi. Bugungi yangilanishlar jarayonida uning ushbu tarixiy xususiyatini asl holicha saqlash va boyitish ham e’tiborda. Bu yo‘nalishda «mahalla – maktab» konsepsiyasi asosida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlari yuritilyapti. «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi faol ishlamoqda. Tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» loyihasi amalga oshirilyapti. Bugungi kunda mahallaga murojaat qilish orqali ko‘pgina masalalarga ijobiy yechim topilyapti. Ayniqsa, kundalik hayotimizda muhim o‘rin tutadigan, hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yo‘l, suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa masalalar bo‘yicha mahallalar tizimli ish olib bormoqda.
Ko'proq ko'rsatish ...
61 526
997
SHHTning yaqinda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «SHHT plyus»formatidagi uchrashuvda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Global siyosiy va iqtisodiy «parchalanishlar», urushlar va mojarolar xalqaro munosabatlar tizimi asosi va hal qiluvchi tamoyillarining yemirilishiga olib kelmoqda», deb ta’kidladi. Yangi jahon tartiboti shakllanayot­gan hozirgi davrda Turkiy davlatlar tashkiloti butun mintaqamiz xavfsizligi garovi bo‘lishi lozimligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiy va inson resurslari uning global tinchlik va xavfsizlik masalalarida jahonning asosiy geosiyosiy kuchlaridan biriga aylanishiga imkoniyat yaratadi. Zero, siyosiy o‘zgarishlarning yangi bosqichida uzoq muddatli xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ijtimoiy va tabiiy omillarni inobatga olish zarurligi, hamkorlar bilan raqobat emas, faqat birgalikda harakat qilish va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etgan holda, barqaror tinchlik va xavfsizlikka erishish mumkinligi isbotlanmoqda. Xulosa o‘rnida ta’kidlashimiz lozimki, jahonda kechayotgan murakkab hamda xavfli tahdid va tajovuzlar jarayonida faqatgina ezgulik, tinchlik, barqarorlik, hamkorlik va do‘stlik yo‘lini tanlagan mamlakatlargina birgalikda ushbu muammolarni hal etishlari mumkin. Davlatimiz rahbarining bu boradagi tashabbus va takliflari jahon hamjamiyati, BMT, shuningdek, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda davlatlar rahbarlari, siyosatchilar tomonidan iliq kutib olinmoqda, ma’qullanmoqda, bu esa ko‘p vektorli O‘zbekiston tashqi siyosatining naqadar pragmatik va ochiq ekanligining dalolatidir.   Shuhrat G‘OYIBNAZAROV, siyosiy fanlar doktori, professor, iste’fodagi polkovnik. ❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing 📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing ✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
39 456
276
30-mavzu BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI XIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf Остина qoldirdi. Turli qarama-qarshi kuchlar va markazlar o‘z manfaatlari yo‘lida xalqaro huquq normalariga ochiq­dan-ochiq zid ravishda harakat qilishlari eski va yangi ixtiloflar, mojarolarni qo‘zg‘ab yubordi. Natijada hozirgi kunda dunyoning 22 ta mamlakatida notinchlik hukm surib, urushlar alanga olganligini kuzatish mumkin. Fikrimizcha, bu ayanchli holatlardan to‘rtta jahon geosiyosati yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Birinchisi, harbiy qudrat va salohiyatga ega bo‘lgan davlatlar o‘z hudud va ta’sir doiralarini kengaytirish maqsadlaridan voz kechmasdan, qurollanish poygasiga zo‘r berishmoqda. Natijada 2022-yildan e’tiboran, Ukrainada, Isroil–Falastin, Armaniston–Ozarbayjon, Pokiston–Hindiston, Janubiy va Shimoliy Ko­reya, Serbiya–Kosovo, Turkiya–Gretsiya, Isroil–Eron kabi mamlakatlarda azaldan mavjud bo‘lgan mojarolar yangi tus olmoqda. Ikkinchisi, 2024-yilda dunyoning 70 ta mamlakatida prezidentlik yoki parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi va ularda jahon aholisining yarmidan ko‘pi ishtirok etib, o‘z yetakchilarini saylab olishadi. Ushbu elektoral saylovlar natijalari nafaqat mazkur davlatlarga, balki jahon siyosati va xavfsizligiga ham muayyan ta’sir o‘tkazishi va yangi o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Uchinchisi, Amerika–Xitoy munosabatlarining rivojlanish dinamikasi xalqaro xavfsizlik tizimi kelajagini belgilashi mumkin. Zero, Pekin va Vashington munosabatlarida hali hanuz keskinlik va ziddiyatlar mavjud. To‘rtinchisi, mintaqalashuv tendensiyasi tobora kuchayib va kengayib bormoqda. BRIKS, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa mintaqaviy tashkilotlarga a’zo davlatlar «Katta yettilik» mamlakatlariga muqobil bo‘la oladigan, o‘zining global boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan, iqtisodi barqaror o‘sishni uzluksiz ta’minlayotgan va barqaror rivojlanayotgan davlatlardir. Ularning soni muttasil o‘sib borayotganligi, hamkorlikda turli sohalarda erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari ko‘plab davlatlarda qiziqish uyg‘otmoqda. O‘z navbatida bu davlatlar ham ular safiga kirish xohish-istaklarini bildirishmoqda. Mazkur mintaqaviy tashkilot va birlashmalar faoliyatiga chuqurroq e’tibor qaratilsa, bugungi geosiyosiy manzara yanada oydinlashadi. Masalan, BRIKS mintaqaviy iqtisodiy birlashmasiga 2009-yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy a’zo bo‘lgan, 2011-yilda esa Janubiy Afrika Respublikasi qo‘shilgan. 2023-yilda BRIKSning Yoxanesburg shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida yangi 5 ta davlat – Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va BAA qo‘shildi. Birlashmaga a’zo bo‘lish uchun yana 23 ta davlat ariza topshirgan. BRIKS nafaqat iqtisodiy birlash­ma, balki o‘ziga xos siyosiy brend sifatida ham tanildi. Masalan, uning Taraqqiyot banki tomonidan a’zo mamlakatlar uchun o‘z raqamli valyutasiga o‘tishga hozirlik e’lon qilinishi xalqaro maydonda AQSHni asosiy moliyaviy-iqtisodiy manbayi bo‘lgan dollarning milliy iqtisodlaridan mosuvo qilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda. Birlashmaning bunday qadamlari jahon geosiyosati va iqtisodiy munosabatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Jahon siyosati va iqtisodiyotida tobora nufuzi ortib borayotgan SHHT 2001-yilda tuzilgan mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uning asoschilari hisoblanadi. Bugungi kunda tashkilot­ga 10 ta davlat a’zo, uchta davlat kuzatuvchi maqomiga, 14 ta davlat tashkilot bilan muloqot qilish bo‘yicha hamkor maqomiga ega. Bu esa tashkilotning xalqaro siyosatdagi o‘rni va nufuzining ortib borayot­ganligi hamda hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda mintaqa mamlakatlari birlashuvi mustahkamlanayotganligidan dalolatdir.
Ko'proq ko'rsatish ...
39 844
928
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan ichki ishlar organlari xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish orqali ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida 2023-yilda tuman (shahar) tarmoq ichki ishlar organlari hamda saf bo‘linmalarida kutubxonalar tashkil etilib, shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda (har bir xodimga kamida 10 ta kitob), axborot-kutubxona fondini shakllantirish belgilangan. Mazkur qarorga asosan, 2023-yilning o‘zida 139 ta tuman-shahar tarmoq ichki ishlar organlarida zamonaviy yangi kutubxonalar tashkil etilib, 180 mingga yaqin adabiyot bilan to‘ldirildi. Hozirgi kunda 68 ta tuman-shahar tarmoq ichki ishlar organlarida yangi kutubxonalar tashkil etilishi bo‘yicha qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. IIVning 2021-yil 21-oktabrdagi «Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan 39 turdagi adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlanib, xodimlarning kitob mutolaasi bo‘yicha qat’iy so‘rovlar qo‘yilgan, shuningdek, 2023-yilning o‘zida yana qo‘shim­cha 10 turdagi adabiyotlar ro‘yxatga kiritildi. Unga asosan, xodimlar xizmat faoliyati davomida o‘qishi kerak bo‘lgan 49 turdagi adabiyotlarning bar­chasi vazirlik kutubxonalariga sotib olingan. Ushbu adabiyotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytlarida kitoblarning elektron va audio formatlari joylashtirib borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, xodimlarning huquqiy va ma’rifiy bilimlarini oshirish davr talabi hisoblanadi. Zero, kitob – beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir. Abror POYONOV, o‘z muxbirimiz. ❤️ 💾 📁 ✔️ 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
40 603
275
29-mavzu KITOB – INSON MA’NAVIYATI POYDЕVORI Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Kitobni bejiz oftobga qiyoslamaydilar. Negaki, quyosh butun olamni o‘z nurlari bilan yoritganidek, kitob ham ilm va ma’rifat ziyolari bilan inson qalbini munavvar etadi. Sababi, jamiki yaxshi fazilatlar inson ongiga kitoblar orqali singdiriladi. Eng muhimi, kitob kishining qayg‘uli kunlarida, yolg‘iz qolgan damlarida, baxtli va masrur onlarida, ya’ni har bir qadamida, hatto kundalik turmushida ham maslahatchi, sadoqatli hamroh va eng yaqin do‘stdir. Buni ulug‘ alloma ajdodimiz Shayx Najmiddin Kubroning quyidagi so‘zlari bilan ham tasdiqlashimiz mumkin: «Kitob — sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurash­da quroldir». Bilamizki, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy barqarorlik, millat ma’naviy salomatligi, iqtisodiy yuksalishni ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Taassufki, bugungi kunda aksar bolalarimizning kitob o‘qimay qo‘yganligi achinarli holdir. Kitob bilan dillashishdan yiroq yoshlar ma’naviy olami sayoz, nutqida tarqoqliklar ildiz otgan, ko‘ngildagi kechinmalarda tuyg‘usi yo‘q bo‘lib ulg‘ayishi mumkinligi barchani birdek o‘ylashga majbur qilmog‘i zarur. Bunda jamiyat bilan bir qatorda, oilaviy muhitning roli nihoyatda katta. Ozarbayjonliklarning «Kitobi Dada Qo‘rqut» dostonida onaga aytiladi: «Ey, ona. Sen hadeb qizingga unday qilma, bunday qil, bunday qilma, unday qil deyavermasdan, o‘zing o‘sha ishni qilgin. Qizing ko‘rsagina sendan o‘rganadi. Aks holda, nasihatlaring besamar ketaveradi». Bundan kelib chiqadiki, oilada ota-ona kitob o‘qisa, ana o‘shaning ta’siridagina yosh kitobxon paydo bo‘ladi. «Bolaga kitob sovg‘a qilish kerak» degan gapning zamirida ham hikmat ko‘p. Shunday qilaylikki, bola quvonchini kitobdan topsin, kitoblar oilada ham bolalarimizga bilim beruvchi, tarbiyalovchi kuchga aylansin. Natijada ularni o‘zi «o‘ch» bo‘lgan «foydasiz qiziqishlar»dan yiroqlashtirishga erishamiz, kitobdan ma’naviy ozuqa olishni risoladagidek yo‘lga qo‘ya olamiz. Mutolaa orqali ma’naviy boylikka ega bo‘lgan kitobsevar bolaning dunyoqarashida mukammallik seziladi. Shu bilan birga, ko‘nglida yomonliklarga o‘rin qolmaydi.  Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq, birinchi navbatda, o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda. Mutafakkirlardan biri «Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa, siz bilan suhbatlashish befoyda…» deganida ham kitobning yengilmas kuch manbai ekaniga ishora qilgan bo‘lsa, ne ajab. Mamlakatimizda kitob va kitob­xonlikni rivojlantirish maqsadida. Prezidentimizning qator farmon va qarorlari qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan esa 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlangan. Bugungi kunda yurtimizdagi ko‘plab axborot-kutubxona markazlari ilmiy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlarning elektron shakllarini, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyoti namunalarining audio, video variantlarini yaratib, muntazam ravishda internet manbalariga joylashtirib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, hamyurtlarimizning kitob o‘qishi va mutolaa madaniyatini oshirishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Aytish joizki, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni yanada ommalashtirish maqsadida qator ibratli ishlar qilinmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarining 26 ming nafardan ortiq xodimlari shaxsiy kutubxonalarga ega. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalaridagi mavjud kutub­xonalarda umumiy kitoblar fondi 850 mingga yaqin. Ularning 550 mingdan ziyodi badiiy, 38 mingdan ziyodi publitsistik, 47 mingdan oshig‘i ilmiy-ommabop, 133 mingga yaqini o‘quv, 56 mingga yaqini ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish­dagi adabiyotlar.
Ko'proq ko'rsatish ...
52 918
940
Axborot 24 | IIV YHXBB boshlig‘ining aholiga murojaati | | | | |

0,7.mp4

46 670
76
Янги тайинланган ИИВ Жамоат ҳавфсизлиги департаменти Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати раҳбари полковник Ибрагимов Шерзод Шокирович олий маълумотли, жамоат тартибини сақлаш хизмати йўналишининг хақиқий мутахассисиси, 2007 йилда ИИВ Ёнғин хавфсизлиги олий техник мактабини, 2022 йилда ИИВ Академиясининг 1 даражали магистратурасини Ташкилий стратегик бошқарув мутахассислиги бўйича битирган. Хизмат фаолиятида халқ фаровонлиги учун қилган меҳнати ва эришган ютуқлари юқори эътироф этилиб, 2021 йилда Давлат раҳбари томонидан “Содиқ хизматлари учун” медали билан тақдирланган.
Ko'proq ko'rsatish ...
48 092
166
Янги тайинланган ИИВ Жамоат ҳавфсизлиги департаменти Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати раҳбари полковник Ибрагимов Шерзод Шокирович 2012 -2021 йилларда Навоий вилояти ИИБ Ҳуқуқбузарликларни олдини олиш ҳамда Жамоат тартибини сақлаш бўлинмаларида раҳбарлик лавозимида хизмат қилиб, Давлат раҳбари томонидан жиноятларни барвақт профилактикасини таъминлаш борасида катта ютуқларга эришган. Хусусан Шерзод Ибрагимов раҳбарлиги даврида ҳуқуқбузарликларни олдини олиш салмоғи вилоят ҳудуди бўйича деярли 30 фоизга яхшиланган.
Ko'proq ko'rsatish ...
46 863
115
Хизмат фаолиятидаги юқори натижалар эътиборга олинган ҳолда Шерзод Ибрагимов 2022 йилда ИИВ тизимида янги ташкил этилган Жамоат ҳавфсизлиги департаменти Жамоат тартибини сақлаш хизматига раҳбар этиб тайинланган. Хизмат даврида республикамизда жамоат тартибини сақлаш йўналишида янги механизмларни жалб этиб, фаолиятда замонавий ахборот-коммуникация технологияларини кенг жорий қилиш, мамлакатда жамоат тартибини сақлаш ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш самарадорлигини оширишни ягона тизимини ҳамда Жамоат хавфсизлиги концепциясини ишлаб чиқишда катта хисса қўшган.
Ko'proq ko'rsatish ...
67 552
145
ИИВ Жамоат ҳавфсизлиги департаменти Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати раҳбари полковник Ибрагимов Шерзод Шокирович Навоий вилоятида раҳбарлик лавозимлари даврида: - патруль-пост ва жамоат тартибини сақлаш бўлинмалари ўртасида порахўрлик ва ваколатни суиистеъмол қилиш ҳолатларига барҳам берилган, - ижтимоий-сиёсий, маданий-оммавий ва бошқа тадбирларни ўтказишда фуқаролар хавфсизлигини таъминлашнинг юқори мобиллиги ва самарадорлигини оширишга имкон берадиган янги иш усулларини жорий этишда катта ҳисса қўшган, - жамоат хавфсизлигини таъминлаш фаолиятининг мувофиқлаштирилиши ва ташкилий-услубий таъминланишини кучайтириш, мазкур соҳага юклатилган вазифаларни бажаришда ички ишлар органларининг фуқаролик жамияти институтлари ва аҳоли билан яқиндан ҳамкорлик қилиш механизмларини ривожлантиришда фаол бўлган.
Ko'proq ko'rsatish ...
58 983
121
28-mavzu ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINING AHAMIYATI Ishonchim komil, o‘z vazifasini halol va vijdonan ado etadigan ichki ishlar organi xodimi el-yurt o‘rtasida albatta munosib obro‘-e’tibor topadi. Shavkat MIRZIYOYЕV Imij – ishontirish yoki yoqish usuli...mi? Davlat va xalq o‘rtasidagi munosabatlar jarayonida «imij» tushunchasi alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasiga ko‘ra, imij (inglizcha image, lotincha imago – timsol, ko‘rinish) – shaxs, hodisa, narsaning ommalashtirish, reklama qilish maqsadlarida odamlarga hissiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatishni ko‘zlab shakllantiriladigan qiyofasi; targ‘ib qilish vositalaridan biri. «Imij» tushunchasi reyting, obro‘, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohang. Blez Paskalning fikricha, insonlarga ta’sir qilishning ikki usuli mavjud: ishontirish usuli, yoqish usuli. Ikkinchisi samaraliroqdir, negaki insonga yoqmay turib, uni ishontirish qiyin. Imij nafaqat obraz, qiyofa, balki unga bildirilgan munosabat va u haqdagi fikrlar majmui, shaxsning axloqiy mohiyati va unga muvofiq tashqi ko‘rinish mutanosibligi hamdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, imij 4 turga: kasbiy, ijtimoiy, oiladagi va shaxsiy turlarga bo‘linadi. U tashqi ko‘rinish, kiyinish madaniyati, urf--odatlar, faoliyat va sa’y-harakatlar, inson axloqi, o‘zini tutishi, maqsadlari, do‘stlari va munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari imijining tarkibiy qismlari sifatida tashqi ko‘rinish; huquqiy ong; shaxsiy sifatlar; kirishimlilik belgilangan. Ushbu sifatlarni jamoatchilik e’tiboriga yetkazishda ommaviy axborot vositalari muhim rol o‘ynaydi. Umuman, ommaviy axborot vositalari insonlarning fikrlash darajasiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan aytish mumkinki, ular ichki ishlar organlari xodimlari imijini oshirishning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Xalqchil tuzilma Mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida ichki ishlar organlari xodimlarini xalqqa yaqinlashtirish, el-yurt dardi va tashvishi bilan yashash¬ga, xizmat qilishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonda yangi ichki ishlar organlarini shakllantirish, aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan, ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xalqchil tuzilmaga aylantirish barobarida uning imijini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 20-yanvardagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat jihatdan yangi pog‘onalarga ko‘tarish, xodimlarning bilim saviyasini yanada yuksaltirish, ma’naviyatli, vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Imij yaratish mas’uliyati Ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni bevosita fuqarolar ko‘z o‘ngida amalga oshiradi, demakki, fuqarolar bilan muloqotda ochiq va samimiy bo‘lish, dardini eshitish, ularning murojaatlari bilan ishlashda haqqoniy bo‘lish zarur. Keyingi paytlarda xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish, ularni haqorat qilish, xatti-harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishni shantaj qilish holatlari ham uchrab turibdi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda osoyishtalik posbonlarini obro‘sizlantirish, voqelikni noxolis bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari kuzatilyapti.
Ko'proq ko'rsatish ...
84 732
266
Gruziyada ichki ishlar organlari tizimini isloh qilish quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi: birinchidan, institutsional-tarkibiy o‘zgarishlar, ikkinchidan, kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, uchinchidan, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, to‘rtinchidan, korrupsiyaga qarshi kurash va beshinchidan, moddiy-texnik bazani yaxshilash kabilar. Yangi politsiyachilar ochiq tanlov asosida jalb etilib, ularda huquq-tartibot idoralarida tajribaga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etmaydilar. Nomzodlarni yollashda g‘arb me’yorlariga muvofiq ishlab chiqilgan psixologik testlardan foydalaniladi, bu esa politsiya xodimlarining o‘rtacha intellektual darajasini oshirish va beqaror yoki tajovuzkor psixikaga ega bo‘lgan nozodlardan voz kechish imkonini beradi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasiga e’tibor qaratsak, ular tomonidan politsiya faoliyatiga oid ko‘plab filmlar, teleseriallar va videolavhalar ishlab chiqilgani ko‘rinadi. Bunda politsiya haqida jamoatchilikda ijobiy tushunchalarni hosil qilish maqsadida asosiy e’tibor ko‘proq politsiya xodimlarining imijini tashkil etuvchi komponentlarga qaratilganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Azaldan Sharq jahon madaniyatining eng asosiy o‘choqlaridan biri bo‘lib kelgan. Ana shu buyuk madaniyat xodimlarimizning ma’naviy jihatdan yuksalishiga, shubhasiz, imijini ko‘tarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Azizjon FAYZIYEV, podpolkovnik. ❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
⭕️⭕️⭕️ СИЗГА ҚАЙСИДИР МАВЗУ КЕРАКМИ? ШУ ЕРГА БОСИНГ... 2024 йил учун Маънавият ва маърифат дарси мавзулари 2023 йил мавзулари 👈 =============================== | 1-мавзу | 19-мавзу | 37-мавзу | | 2-мавзу | 20-мавзу | 38-мавзу | | 3-мавзу | 21-мавзу | 39-мавзу | | 4-мавзу | 22-мавзу | 40-мавзу | | 5-мавзу | 23-мавзу | 41-мавзу | | 6-мавзу | 24-мавзу | 42-мавзу | | 7-мавзу | 25-мавзу | 43-мавзу | | 8-мавзу | 26-мавзу | 44-мавзу | | 9-мавзу | 27-мавзу | 45-мавзу | | 10-мавзу | 28-мавзу | 46-мавзу | | 11-мавзу | 29-мавзу | 47-мавзу | | 12-мавзу | 30-мавзу | 48-мавзу | | 13-мавзу | 31-мавзу | 49-мавзу | | 14-мавзу | 32-мавзу | 50-мавзу | | 15-мавзу | 33-мавзу | 51-мавзу | | 16-мавзу | 34-мавзу | 52-мавзу | | 17-мавзу | 35-мавзу | | | 18-мавзу | 36-мавзу | | =============================
72 205
322
Binobarin, ichki ishlar organlarida imij yaratish mas’uliyatli, shu bilan birga, birmuncha mashaqqatli. Masalan, profilaktika inspektorining xalq orasida o‘z imijini yaratishida tashqi ko‘rinishning o‘zi kamlik qiladi. O‘z ustida tinimsiz izlanish, fuqarolar huquq va erkinliklarining haqiqiy himoyachisi bo‘lish, xalqning og‘ir damlarida eng yaqin ko‘makchisi, hammaslagi bo‘lish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaxshi bilamizki, xodimning imijini oshiradigan jihatlardan yana biri uning ma’naviyatidir. Inson kamoloti va ma’naviy dunyoqarashi esa kitob orqali yuksaladi. Shuning uchun shaxsiy tarkib o‘rtasida kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish, kutubxonalar fondini boyitib borish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Soha vakillari el orasida obro‘ qozonishlari, imijini oshirish uchun, avvalambor, zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan bajarishlari lozim. Har bir xodim fuqarolar bilan muloqotda xush¬muomala bo‘lishi, kasbiy va huquqiy bilimlarini muttasil oshirish ustida tinmay izlanishi zarur. Ana shunda muayyan maqsad va muddao¬larga erishiladi. Xorij tajribasi Xorij tajribasi huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qo‘llash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish lozimligini ko‘rsatmoqda. Rus tadqiqotchisi S. Naumov «Ichki ishlar organlari xodimlarning imiji – bu ularning eng xarakterli va tipik xususiyatlarini ochib beruvchi murakkab tasvirdir» deb fikr bildirgan bo‘lsa, A. Syomik unga «xizmat vazifalarini bajarishda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy xatti-harakatlar namoyishi» deb ta’rif bergan. Boshqacha qilib aytganda, tizim xodimining imiji bu – jamoatchilik nigohidagi tizim xodimlarining tasviri bo‘lib, ular xizmat faoliyatining xarakteri va xususiyatlarini namoyon qiluvchi murakkab jarayondir. XXI asr boshlarida Rossiyada ichki ishlar organlari tizimida jinoyatchilikning o‘sishi, qonunlarga beparvolik bilan munosabatda bo‘lish holatlarining oshishi va fuqarolarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lish kabi tizimli muammolar yuzaga keldi. Bu omillar mamlakatda ichki ishlar organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchining pasayishiga olib keldi, imijiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holatlarni bartaraf etish Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan Ichki ishlar vazirligi tizimida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirildi. Xususan, 2009-yil 24-dekabrdagi «Rossiya Federat¬siyasi ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, tizimni modernizatsiya qilish, jumladan, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, kadrlar muammosini hal etish hamda sohaning moliyaviy va moddiy-texnik holatini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Rossiya Federatsiyasida politsiya organlari axborot xizmatlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda politsiya xodimlari faoliyatiga nisbatan salbiy axborot tarqalishiga qarshi quyi¬dagi yo‘nalishdagi ishlar amalga oshirilmoqda: 1) axborot maydonini monitoring qilish; 2) tanlangan materiallarni tartibga solish; 3) tanlangan kontentlarni vaqt va makon jihatdan bog‘lash; 4) salbiy videoroliklarga ekspetrlar bahosini berish; 5) targ‘ibot roliklarini ishlab chiqish; 6) targ‘ibot roliklarini axborot maydoniga chiqarish.
Ko'proq ko'rsatish ...
72 694
1 229
Qissadan hissa shuki, egnidagi formasigami yoki o‘tkinchi lavozimiga mahliyo bo‘lgan ayrim xodimlar hamkasblariga salom bermay, fuqarolarga o‘dag‘aylab, balki o‘zida borini ko‘rsatayotgandir. O‘z navbatida ma’naviyatli, ma’rifatli xodimlar odob-axloqi, xushmuomalasi va xushfe’lligi bilan avvalo, ota-¬onasiga, xizmat qilayotgan idorasiga rahmatlar olib kelishyapti. Xushmuomalalik to‘g‘risida xalqimizda «Bug‘doy noning bo‘lmasayam, bug‘doy so‘zing bo‘lsin», «Tosh otganga osh ot» kabi maqollar bor. Albatta, bugun internet asri, g‘arb tarbiyasi eshiklardan emas, quloqchinlardan yoshlar ongiga kirib kelayotgan bir paytda milliy tarbiyamiz kitoblar qatida, tokchalarda qolib ketayotgani tufayli ayrim yoshlarning muomala odobida bir qator nuqsonlar sezilmoqda. Bunga g‘arb adabiyotini o‘qib, ulardan faqat o‘z manfaatiga xizmat qiladigan, «Boshqalar bilan ishing bo‘lmasin, o‘zingning ishing bitsa bo‘ldi» qabilidagi «yoqimli» o‘gitlarni o‘zlashtirib olayotgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, mashhur Deyl Karnegining «Qanday qilib ko‘proq do‘stga ega bo‘lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?» degan asarini o‘qigan kishi undan «Yengilning ostidan, og‘irning ustidan o‘tish, o‘z manfaati amalga oshishi uchun miyig‘ida soxta kulgular yasash, asosan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lsin, xo‘jayinlarning gapini ma’qullash, qanday qilib bo‘lmasin, o‘z ishini bitirib olish taktikasini o‘rganadi, xolos. Sharq falsafasi esa unday emas. Olganing emas, berganing o‘zingniki, deydi. Bajartirganing emas, bajarganing seniki. Bu amallarni esa oshkora emas, xufyona bajar, hatto o‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin, deydi. «Buyuk yoki e’tiborli bo‘lmoqni istasang mayli, lekin o‘zni baland tutma, kamtar bo‘l», deydi buyuk mutafakkir Sa’diy Sheroziy. Manmanlik, kibr-u havo qilmasin boshingni band, Baland bo‘lmak istasang, tutmagin o‘zni baland. Muxtasar aytganda, muomala madaniyati xodimning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Ma’naviy qiyofa esa kitob o‘qish, bilim olish, ko‘rgan-bilganlardan xulosa chiqarish orqali shakllanadi. Shuhrat Ro‘ziyev, o‘z muxbirimiz. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
81 229
323
27-mavzu Muomala madaniyati – xodimning ma’naviy qiyofasi Muomaladan inson, avvalo, qurol sifatida foydalanadi. Agar kishi xushmuomala bo‘lsa, u doimo qurollangan kishidek shasht bilan shaxdam yuradi. Xushmuomalalik to‘nini kiyib, xasisni pul bilan, takabburni sipolik bilan, ahmoqni tantilik bilan, dononi esa haqiqat bilan yengib ketaveradi. Muomala – qalqon. Undan qalqon sifatida foydalanish uchun oldin aqlga ishora qilish kerak bo‘ladi. Adovatni adovat bilan bartaraf qilib bo‘lmaydi, uni faqat adovatsizlik bilan bartaraf etish mumkin. Nodonlik alomati besabab janjalkashlik: aqlli, dono odam nodon bilan adi-badi aytishmaydi. Bosiqlik, vazminlik va xushmuomalalik bilan vaziyatdan chiqish muomaladan qalqon sifatida foydalanish bo‘ladi. Muomala – kalit. Oqil-u donolik bilan qilingan muomala yopiq eshiklarni ochadi. Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi, deydi xalqimiz. Muomala – odob. Agar inson odob bilan muomala qilsa, boshqalarda yaxshi taassurot qoldiradi. Yoqimli so‘zlang, lekin xusho-madgo‘ylik qilmang, qahramon bo‘ling, lekin maqtanmang, saxiy va hotam bo‘ling, lekin nomunosib benomuslarga emas, dadil bo‘ling, ammo qo‘pol va surbet bo‘lmang. Muomala – do‘st. Yaxshi muomalada bo‘lgan kishining albatta do‘stlari ko‘p bo‘ladi. Muomala – yaxshilik. Ichki ishlar xodimida birovlarga yaxshilik qilish imkoniyati ko‘p. Albatta bundan noqonuniy ishlar mustasno bo‘lishi kerak. Qancha yaxshilik qilsam, birontasi buni bilmayapti-ya, deb nolimang. Chunki buyam savob. Xayr-ehsonga teng savob yo‘q. Osmonda qushning, suvda baliqning izi ko‘rinmaydi. Yaxshilik qiling suvga tashlang, bilsa baliq, bilmasa Xoliq biladi, degani shundan. Muomala – til. Boyning ham, hukmdorning ham, bolami, keksami, zohid-u donomi, ayol kishimi yo tentakmi hammasining «tili»ni topa bilgan odam chinakam oqildir. Muomala – so‘z. Inson ruhini hech bir narsa so‘zchalik ko‘tara olmaydi. Bu dunyoda odam ikkita fazilati bilan go‘zal ko‘rinadi: qo‘pol so‘zlamasa va arzimagan narsaga ortiqcha baho bermasa. Bilingki, odamzodning nomayi a’molini so‘zi belgilaydi, uning asosi so‘zdir, so‘zdan yaralgan. So‘zda aldagan odam hamma sohada va har qanday yo‘l bilan aldaydi. Muomala – tadbir. Xushmuomala kishining ishi tez bitadi. Muomala durust bo‘lmasa, bitayot¬gan ish ham teskari ketadi. Ilojsiz ishlarning iloji yo‘q, imkoni bor narsaning iloji bor. Arava suvda suzmaydi, kema quruqlikda yurmaydi. Muomala – taqdir. Biling, ichki ishlar organlari xizmatida xavf bor, xatar bor. Ammo siz bundan sira cho‘chimang. Agar mingta o‘q tegsa ham, ajali yetmagan odam o‘lmaydi. Vaqti soati yetgan bo‘lsa, cho‘pga qoqilib ham jon berish mumkin. Yaxshi muomalali kishilarning ishga kirayotgan paytda suhbat jarayonida rahbariyatga ma’qul kelishi, yomon muomalada bo‘lganlarning ostonadan qaytib ketayotgani haqida ijtimoiy tarmoqda misollar juda ko‘p. Muomala – ko‘zgu. Ko‘zgudan yuzingiz ko‘rinadi. Lekin muomala ko‘zgusidan fe’lingizdagi nuqsonlarniyam ko‘rasiz. Bir turli insonlar borki, ular yuqori mansabdagilarga yetti bukilib salom beradi-yu, ammo o‘zidan past lavozimdagilarni nazar-pisand qilmaydi. Ularga g‘o‘ddayib, qo‘pol muomala qiladi. Yana bir toifa kishilar (afsuski, xodimlar orasidayam uchrab turadi) borki, kichik bo‘lsa-da, o‘zidan yoshi kattalarga salom bermay o‘tib ketaveradi. Ularga tanbeh ham kor qilmaydi. Albatta bunday beadablar, avvalo, oilasida tarbiya ko‘rmagan bo‘lishadi. Shuning uchun ular fe’lini bilgan tarbiyali kishilar ularga salom berib o‘ti¬shadi. Qadimda bir insonning darvozasi oldiga qo‘shnisi har kuni bir chelak chiqindisini qo‘yib ketar ekan. Bu odam esa, evaziga bir chelak olmani qo‘shnising darvozasi oldiga qo‘yib kelaveribdi. Bu hol bir oydan ziyod davom etgach, axlatchi qo‘shni jahl bilan kelib, «Ey, siz qanaqa odamsiz, men sizni yomon ko‘rganimdan har kuni darvozangiz oldiga chiqindi qo‘yib ketsam, siz olma qo‘yib kelasiz, bu nima, ustimdan kulyapsizmi?», debdi. Shunda «Nima qilay, qo‘shni, har kim o‘zida borini beradi-da», deb javob bergan ekan.
Ko'proq ko'rsatish ...
70 611
1 132
Тазйиқ ва зўравонликка учраган хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган фарзандларига ижтимоий хизматларни кўрсатиш тизимини йўлга қўйиш чора-тадбирлари тўғрисида ВМҚ-354, 25.06.2024.
56 932
132
Hurmatli fuqarolar! Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganligi sababli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlash bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati cheklanmoqda. Hozirda mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrilayotganligi va qisqa muddatlarda toʻlov tizimlari ishga tushirilishini maʼlum qilamiz. Shu bilan birga, 2024-yil 26-iyun kunidan boshlab texnik muammo bartaraf etilguniga qadar boʻlgan davr ichida jarima qarorlarining oʻtib ketgan imtiyozli davri avtomatik ravishda qayta tiklab beriladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. ——— Ҳурматли фуқаролар! Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг тегишли электрон базасида техник узилишлар кузатилаётганлиги сабабли миграция ва фуқароликни расмийлаштириш ҳамда йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жарималарни тўлаш билан боғлиқ давлат хизматларини кўрсатиш имконияти чекланмоқда. Ҳозирда мутахассислар томонидан юзага келган носозликларни бартараф этиш чоралари кўрилаётганлиги ва қисқа муддатларда тўлов тизимлари ишга туширилишини маълум қиламиз. Шу билан бирга, 2024 йил 26 июнь кунидан бошлаб техник муаммо бартараф этилгунига қадар бўлган давр ичида жарима қарорларининг ўтиб кетган имтиёзли даври автоматик равишда қайта тиклаб берилади. Юзага келган ноқулайликлар учун узр сўраймиз. | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
59 560
162
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov «Yoshlar oyligi» munosabati bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar hamda IIV tizimidagi akademik litsey oʻquvchilari bilan uchrashib ular bilan samimiy muloqot oʻtkazdi, shuningdek yoshlarning taklif hamda mulohazalarini tingladi ▶️ Batafsil ——— Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов «Ёшлар ойлиги» муносабати билан ички ишлар органларида хизмат қилаётган ёш ходимлар ҳамда ИИВ тизимидаги академик лицей ўқувчилари билан учрашиб улар билан самимий мулоқот ўтказди, шунингдек ёшларнинг таклиф ҳамда мулоҳазаларини тинглади ▶️ Батафсил ——— В рамках "Месяца молодежи" министр внутренних дел генерал-лейтенант Пулат Бобожонов провел встречу с молодыми сотрудниками, проходящими службу в органах внутренних дел, а также учащимися академических лицеев МВД, входе которого был осуществлён дружеский взаимный диалог, выслушаны мнения и предложения молодёжи ▶️ Подробно
Ko'proq ko'rsatish ...
41 643
42
O‘zbekiston va Rossiya - hamkorlikning yangi istiqbollari! ——— Ўзбекистон ва Россия - ҳамкорликнинг янги истиқболлари!

Delegatsiya tayyor~1.mp4

44 353
32
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligi, tarix millat uchun ruhiy oziq ekanligi, ayni haqiqat. Shu bois haqqoniy tarixni tiklash, uning rivoji uchun barcha zaruriy shart-sharoit, imkoniyatlar yaratildi. Kun tartibiga haqqoniy tarixni birlamchi manbalar asosida yaratish, uni xolisona talqin etish, bahs-munozaralar asosida tarixiy haqiqatni tiklash vazifasi qo‘yildi. Tarix va hozirgi zamon voqeliklariga murojaat qilish bizning ijtimoiy tafakkurimizdan hayotni idrok etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o‘tishni, mustaqil fikr yuritish va sodir bo‘layotgan jara¬yonlarni xolisona baholay olish qobiliyatini talab etadi. Qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish – tarix va o‘tmishdan voz kechish degani emas. Kechagi hayotdan, tarixdan hech qachon voz kechib bo‘lmaydi. Tarix qan¬day bo‘lmasin, biz uchun hayotdan saboq va xulosalar chiqarish uchun xizmat qiladi. Tarixini, o‘zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson o‘ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi kerak. Ana shu savol inson qalbini tozalaydi, uni savobli, ezgu ishlarga chorlaydi. Xullas, ma’naviyatda insonning imon-e’tiqodi, axloqi, tarix, hayot ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, tarix, xalq oldidagi burchni ang¬lash ham yuksak ma’naviyat belgisidir. Ma’naviy barkamol inson – o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi. Tarixiy qadriyatlarga, ularni elga qaytarish, tanitishga bo‘lgan sa’y-harakatlardan ko‘zda tutilgan maqsad shuki, har bir inson o‘z umrini tabarruk zotlar kechirgan hayot bilan taqqoslarkan, ko‘nglidan men ana shu salaflarimizga munosib vorismanmi, degan savol o‘tsin. Ular shu qadar buyuk meros qoldiribdi, mendan nima qoladi, degan tuyg‘u bilan o‘z faoliyatini baholasin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, aynan yuqoridagi sabablarga ko‘ra, tarixni bilish va qadrlash milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviyat yuksalishi bilan uzviy bog‘liq masala hisoblanadi. Sarvar SOBIROV tayyorladi. ❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
MA`RIFAT DARSI | WORD .DOC FORMAT
Мавзу - 26/2024  word.doc format TARIX – VATANPARVARLIK, MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR MANBAYI https://t.me/marifatdarsi_word_pdf
71 107
287
26-mavzu TARIX – VATANPARVARLIK, MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR MANBAYI Tarixni kim yaratadi? Albatta, siz va biz. Ammo uni faqat tillarda emas, balki kelajak avlod uchun yozma holda qoldirish zarur. Buning uchun esa harakat va yetarli ma’lumotlar kerak... Amir Temur va temuriylar saltanati dunyo tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Shu sababdan ham temuriylar¬ning zafarli yurishlari, ilm-fan ahliga ko‘rsatilgan e’tibor va tarix zarvaraqlaridan joy olgan boshqa olamshumul voqealar hamon muhokama etiladi. Mustaqillik bizga tariximizni xolis va haqqoniy idrok etish, nomlari unutilishga mahkum etilgan ajdodlarimiz haqida to‘laqonli bilish imkoniyatini qaytardi. Mana shu imkoniyat tufayli tariximizning noma’lum sahifalari va qatag‘on etilgan bobolarimizga bag‘ishlab asarlar yozishga keng yo‘l ochildi. Bergan imkoniyatlardan faqat iste’dodli va fidoyi olim-u adiblargina emas, butun «ilmiy-ijodiy faoliyati» davomida ulug‘ mutafakkirlarimizni, shu jumladan, Amir Temur va temuriylarni qoralab, ularga qarshi kurashib kelgan olimlik da’vosidagi kimsalar ham unumli foydalandi va foydalanishmoqda. Har birimizning aziz Vatanimizga mehrimiz cheksiz. Shu buyuk mehr bizni jonajon yurtimizni asrab-avaylashga, hamjihat va ahil yashashga, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga undab turadi. Prezident ta’kidlaganidek, «eng muhimi, bugun xalqimiz dunyoqarashi o‘zgargan, ezgu maqsadlarga erishishga katta ishonchi shakllangan. Demak, Taraqqiyot strategiyamizda ko‘zlangan maqsadlar va undan keyingi qutlug‘ marralarni zabt etishimizga hech kimda shubha yo‘q». Albatta, hech bir xalq o‘zli¬gini anglagan holda, milliy madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylamasdan turib, boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan qaray olmaydi. Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodisa¬larga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xu¬susan, mustaqilligimizning bi¬rinchi kunidan boshlab hayo¬timizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur» «milliy vatanparvarlik» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, albatta. Zotan, g‘ururimiz, Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat «Inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanadi. Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, «milliy qadriyatlarimizda alohida o‘rin tu¬tadigan avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligini saqlash, urush va mehnat faxriylarining, muhtaram ota¬xon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qilish nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizga aylanmoq¬da. Shuningdek, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda azm-u shijoatli yoshlarimizni xalqimizning chinakam tayanchi va suyanchi, deb bilamiz». Biz o‘z tariximizda hech qachon hech kimga hasad, yovuz niyat bilan qaramaganmiz va boshqalardan ham shuni talab qilishga haqlimiz. Lekin bu borada ham bizga qarshi qaratilgan ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar davom etmoqda. Mafkura sohasida yurt ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tajovuz – bu o‘zbek millati tarixini soxtalashti¬rish, turli xil g‘ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o‘tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bunday sharoitda barchamiz xalqimiz va yurtimizni, mustaqillikni asramog‘imiz lozim, buning uchun esa uning haqiqiy ta¬rixini o‘rganish, avaylab himoyalash lozim. Qadrlash degani – bu asrlar davomida ona yurtimizni, xalqimiz ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir. Shu sabab ham ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan tarix fani istiqlol yillarida o‘zining haqiqiy vazifasini ado etishga – xalqning o‘zligini anglatishga xizmat qilishga kirishdi.
Ko'proq ko'rsatish ...
59 483
1 096
Қайсидир буюмни тайёрлаш жараёнларини кузатишга қизиқадиганлар кўп бўлса керак. Биз уни оддий маиший восита деб қарайдиган махсулотни қандай шароитларда тайёланишини кузатишни ҳохлаганлар учун ни тавсия қиламиз... 👈
54 985
31
25-mavzu SO‘Z VA MATBUOT ERKINLIGI – TARAQQIYOTNING MUHIM SHARTI Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart. Shavkat MIRZIYOYEV Odatda dunyo mamlakatlari uch toifaga – taraqqiy topgan, rivojlanayotgan va rivojlanmagan davlatlarga bo‘linadi. Endi bu tabaqalashtirishda axborotlashtirish qay darajada ekani eng muhim va zarur ko‘rsatkichlardan biriga aylanib bormoqda. Chunki aholining axborot olish va tarqatish imkoniyati jamiyatda ijtimoiy komillik poydevori bo‘lmish emin-erkin fikrlash muhiti yaratilganidan dalolatdir. Bugungi kunda birorta davlat global axborot oqimidan chetda qolmagan, desak yanglishmaymiz. Sababi, har qanday katta-kichik, muhim-nomuhim axborot istalgan lahzada dunyoga tarqalishi mumkinligi hech kimni hayratlantirmay qo‘ydi. Shu o‘rinda mashhur yozuvchilardan biri Paulo Koeloning «Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda» degan fikrini eslab o‘tishimiz o‘rinlidir. Negaki, XXI asrda axborot oqimi shu darajada jadallashdiki, OAVga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy g‘oyalar insonlar ongiga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning ortidan esa ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqeiliklar sodir bo‘layotgani – u xoh salbiy bo‘lsin, xoh ijobiy – SO‘Z naqadar qudratli kuch ekanligini yaqqol belgilab beradi. Ya’ni, har bir axborotning o‘z egasi va iste’molchisi, ortidan ergashuvchi auditoriyasi bo‘ladi. Bundan tashqari, u ma’lum bir g‘oya singdirilishiga xizmat qiladi. So‘z va matbuot erkinligi to‘g‘risidagi qarashlar ancha oldin paydo bo‘lgan bo‘lsada, faqatgina 1948-yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ushbu erkinliklar qonunan belgilab qo‘yildi. Xususan, deklaratsiyaning 19-moddasida shunday deyiladi: «Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi». Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni ham e’tirof etish joiz. O‘zbekistonda so‘z, axborot va matbuot erkinligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy islohotlar mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan. Xususan, 1991–2002-yillar orasida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi, «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilishga erishilgan. O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashdi, davlat rahbari tomonidan axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinib, ularning mamlakatda erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy zamin yaratildi. Milliy axborot makoni va axborot infratuzilmasini rivojlantirmay turib, so‘z erkinligi va axborot ochiqligini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida yurtimizda OAV uchun qulay infratuzilma yaratish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. OAV xodimlari uchun muhim sanalar belgilangan. Jumladan, 3-may «Butunjahon matbuot erkinligi kuni» sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. OAV davlat organlariga ularning faoliyati haqida axborot olish uchun og‘zaki yoki yozma so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega. Jurnalistlar axborot olish borasida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Ularga nisbatan senzuraga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas!
Ko'proq ko'rsatish ...
54 980
932
Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida »gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, amaldagi qonun hujjatlarini asosiy qonunimizga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan 28 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi Konstitutsiyaning 81-moddasidan kelib chiqib, «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydala nish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi» degan jumlalar bilan to‘ldirilmoqda. Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Bilamizki, har qanday ommaviy axborot vositasi, birinchi navbatda, ommaviylik uchun kurashadi. Huquqiy asoslar to‘liq mus- tahkamlanib qo‘yilsa, har bir detalga qonun va sifatli ijro bilan yondashiladi. Natijada OAVdagi xatoliklar, noxolis yondashuvlar sezilarli darajada kamayadi va suiiste’molchiliklarga keskin zarba beriladi. Tabiiyki, kuchli huquqiy himoya to‘rtinchi hokimiyat deb ta’riflanadigan soha vakillarini tazyiq va turli bosimlardan saqlaydi, shu bilan bir qatorda ularni noxolislikka yo‘l qo‘ymasdan, to‘g‘ri yo‘nalishda faoliyat yuritishga undaydi. Qonunlarga hurmat yuqori darajada bo‘lsa, huquqiy himoya yanada kuchaytirilsa, tom ma’noda so‘z va matbuot erkinligiga erishiladi. Zero, so‘z va matbuot erkinligi taraqqiyotning muhim shartidir. Agar biz so‘z erkinligidan ortga chekinadigan bo‘lsak, barcha islohotlar orqaga ketishni boshlaydi. Shunday ekan, barchamiz mas’uliyat hissi bilan yashamog‘imiz darkor! Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi hamda hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan axborot xizmatlarining ham salmoqli o‘rni borligini qayd etish joiz. Ularning tezkor chiqishlari orqali ko‘plab noo‘rin, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldi olinmoqda. Bu esa fuqarolarimiz turli mish-mishlarga chalg‘ib qolmasligiga zamin yaratadi. Abror POYONOV, o‘z muxbirimiz. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
62 072
250
2024 йилда муборак Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанба кунига тўғри келиши тўғрисида Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилиниб, юртимизда 16 июнь куни Қурбон ҳайити байрами сифатида .
INSPECTOR_UZ
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори Муборак Қурбон ҳайитининг маънавий ҳаётимизда меҳр-оқибат, бағрикенглик, мурувват, дўстлик ва ҳамжиҳатлик каби эзгу тамойилларни мустаҳкамлаш борасидаги ўрни ва аҳамияти беқиёсдир. Ушбу қутлуғ айёмни муносиб кутиб олиш ва юқори савияда ўтказиш, муқаддас ислом динининг инсонпарварлик ғоялари ҳамда миллий қадриятларимизни асраб-авайлаш ва улуғлаш мақсадида: 1. 2024 йилда муборак Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанба кунига тўғри келиши тўғрисида Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилиниб, юртимизда 16 июнь куни Қурбон ҳайити байрами сифатида кенг нишонлансин. 2. Қуйидагилар: а) Меҳнат кодексининг 208-моддасига мувофиқ: ишланмайдиган байрам куни ҳисобланувчи Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилиши; бунда ишлаб чиқариш-техник ва ташкилий шароитлар (мавжуд узлуксиз ишлаб чиқариш, аҳолига ҳар куни хизмат кўрсатиш, навбатчилик асосида ишлаш ва бошқалар) туфайли ишланмайдиган байрам кунлари тўхтатиб қўйиш мумкин бўлмаган ишларни бажаришда дам олиш кунлари кўчирилмаслиги; б) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 22 декабрдаги “2024 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида”ги ПФ–213-сон Фармони билан 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни этиб белгиланганлиги маълумот учун қабул қилинсин. 3. Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари Дин ишлари бўйича қўмита, Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси, Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ва бошқа ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга оширсин. 4. Туризм қўмитаси Транспорт вазирлиги билан биргаликда юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратсин. 5. Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ва бошқа оммавий ахборот воситаларига Қурбон ҳайитини нишонлаш билан боғлиқ тадбирларни кенг ёритиш тавсия этилсин. 6. Мазкур қарорнинг ижросини назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазири А.Н. Арипов ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг маслаҳатчиси М.М. Камилов зиммасига юклансин. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёев
50 135
96
Bundan tashqari, Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga asosan, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdori nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foizga oshirildi. Qolaversa, proporsional saylov tizimi bo‘yicha ham partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi kerakligi belgilandi. Bu esa gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi. Bir so‘z bilan aytganda, jahon tajribasida o‘zini oqlagan aralash saylov tizimi – fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa milliy parlamentimiz faoliyatining rivojlanishida va siyosiy partiyalarning yanada taraqqiy etishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Sirojiddin ABDUVOITOV, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchisi. ❤️ 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
74 277
201
Bu tizimda davlat yagona saylov okrugiga aylantiriladi hamda byulletenlarda nomzodlar o‘rniga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va saylovchilar o‘zlariga ma’qul kelgan partiyalarga ovoz beradi. Qaysi partiya saylovda umumiy saylovchilarning qancha foiz ovozini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mamlakat parlamenti quyi palatasida shuncha o‘rinni egallaydi. Yirik saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o‘z nomzodlari ro‘yxatini ilgari suradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ovozlarning 4–5 foizlik eng kam miqdori o‘rnatiladi. Siyosiy partiyalardan qo‘yilgan nomzodlar ana shu belgilangan ovozlarni olganidan keyingina mandatlarni taqsimlashda ishtirok etadi. Saylovchilar bergan ovozlar avval deputatlik o‘rinlarining soniga bo‘linadi. Natijada bitta mandat uchun berilgan ovozlar soni ma’lum bo‘ladi. So‘ng har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu qiymat deputatning bir mandati uchun zarur bo‘lgan ovozlar soniga bo‘linadi. Buning natijasida mazkur partiyaga berilgan deputatlik o‘rinlarining soni kelib chiqadi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha proporsional tizimda o‘tkaziladi. Shuningdek, bu tizim Belgiya, Shvesiya va boshqa ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir. Proporsional saylov tizimining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiri¬tishimiz mumkin: – kamchilikni tashkil etuvchi saylovchilarning ovozlari ham inobatga olinadi va unda ovoz olgan siyosiy partiyalar ham parlamentdan joy egallaydi; – u fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlaydi. Xullas, proporsional saylov tizimining majoritar saylov tizimidan farqi – majoritar saylov tizimida saylovchilar shaxsga ovoz beradi, ya’ni o‘sha okrugdan ko‘rsatilgan bir nechta deputatlikka nomzodlardan birini tanlaydi. Proporsional saylov tizimida esa saylovchilar shaxslarga emas, partiyalarga ovoz beradi. Saylovdan so‘ng qaysi partiya qancha ovoz olganiga qarab, deputatlik o‘rinlari taqsimlanadi va partiyalar o‘sha o‘rinlarga deputatlar ro‘yxatini o‘zlari tasdiqlaydi. Masalan, qaysidir partiya saylovda 40 foiz ovoz olsa, demak 75 ta deputatlik o‘rnining 40 foizini, ya’ni 30 nafar deputatni tasdiqlash huquqini qo‘lga kiritadi. Yoki, aksincha, qay¬sidir partiya, aytaylik, jami 8 foiz ovoz olsa, unda o‘sha partiyadan 6 nafar deputat tasdiqlanadi. Aralash saylov tizimi Aralash saylov tizimi mohiyatan ikkita tizimning birikmasi bo‘lib, bunda mandatlarning bir qismi proporsional tizim bo‘yicha (partiyaviy ro‘yxatlar bo‘yicha), ikkinchi qismi esa majoritar tizim (nomzodga ovoz berish) bo‘yicha taqsimlanadi. Aralash saylov tizimida mamlakat saylovchilarining 50 foizi partiyaviy ro‘yxatlarga, 50 foizi esa bir mandatli okruglarda siyosiy partiya ko‘rsatgan nomzodlarga ovoz beradi. Ushbu saylov tizimlarini birlashtirib turadigan omillardan biri ularning barchasida quyi palata a’zolarining ko‘ppartiyaviylik asosida umumxalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishidir. Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya, Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Mamlakatimizda 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi aralash, ya’ni majoritar va proporsional saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Bunda 75 nafar deputat, avvalgidek, bevosita saylov orqali saylanadi, qolgan 75 nafar deputat esa saylovda olgan ovozlari soniga proporsional tarzda partiya bergan ro‘yxat asosida tanlanadi.
Ko'proq ko'rsatish ...
58 376
264
24-mavzu MAJORITAR-PROPORSIONAL SAYLOV TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI So‘nggi yillarda mamlakatimizda parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yanada kengaytirish, vakillik organlariga saylangan deputatlar va senatorlarning parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi mas’uliyati va faolligini oshirish borasida demokratik o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2023-yil 18-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi asosida o‘tkazish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. U siyosiy partiyalar va deputatlar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi hamda siyosiy partiyalar mavqeining yanada oshishiga xizmat qiladi. Konstitutsiyamizning 128-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar joriy yilda oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgi¬langan. Qonunchilik palatasiga saylovlar yangi qabul qilingan qonunga ko‘ra, aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Ya’ni, 75 nafar deputat majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (partiyalar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanadi. Majoritar saylov tizimi Majoritar saylov tizimi deganda (fransuzcha «majorite» – ko‘pchilik so‘zidan), vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniqlash tushuniladi. Bu saylov tizimida qonun bilan belgilangan ko‘p ovozni olgan nomzod mazkur okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi. Kam ovoz olgan nomzodlar uchun berilgan saylovchilar ovozi «yo‘qolib ketadi». Majoritar saylov tizimi¬ning uch ko‘rinishi mavjud: – malakali ko‘pchilik ovozli majoritar tizim eng kam uchraydigan tizim hisoblanib, bunda nomzod g‘alaba qozonishi uchun saylovchilarning malakali ko‘pchilik ovozini olishi zarur, ya’ni 2/3, 3/4 qism ovoz olishi talab etiladi; – mutlaq ko‘pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz, ya’ni 50 foiz +1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. – nisbiy ko‘pchilikning ovoziga asoslanuvchi majoritar tizim juda qulay hamda sodda tizim bo‘lib, bunda nomzodlarning nisbatan eng ko‘p ovoz olgani saylangan hisoblanadi. Majoritar saylov tizimining ijobiy jihati – saylovchilar bevosita nomzodning shaxsiga e’tibor beradi, u bilan tanishadi, muloqotda bo‘ladi va faoliyati yuzasidan aniq nazorat o‘tkaza oladi. Mazkur tizimda o‘tkazilgan saylovda g‘olib nomzodga yoki g‘olib partiyaga berilgan ovozlar miqdori asosan kamchilikni tashkil qiladi, eng achinarlisi, qolgan ovozlar hisobga olinmaydi. Bu esa majoritar saylov tizimining zaif jihatidir. Unda nomzod yoki partiya g‘alaba qozonish uchun saylovchilar ko‘pchiligining ovozini olishi lozim. Kamchilik ovoz olsa, nomzod yoki partiya hech qanday mandatga ega bo‘lolmaydi. Majoritar saylov tizimi AQSH, aksariyat Lotin Amerikasi mamlakatlari, Fransiya, Angliya, Hindiston kabi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Proporsional saylov tizimi Proporsional saylov tizimi (lot. proportio — nisbat, mutanosiblik) majoritar saylov tizimidan bir asr keyin vujudga kelgan. Dastlab, XIX asr oxirida Shveysariyaning bir qator kantonlarida joriy qilingan, keyinchalik Belgiyada va 1906-yilda Rossiya imperiyasining bir qismi bo‘lgan Finlyandiyada qabul qilingan. Bugungi kunda ushbu saylov tizimi 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo‘lib, asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Ko'proq ko'rsatish ...
56 962
1 008
Mazkur farmon asosida 2030-yilga qadar kutilayotgan natijalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Orol dengizining qurigan tubining O‘zbekistondagi qismida o‘rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish, qishloq xo‘jaligida suv resurslarini yo‘qotishni 10 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish, oqova suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish, transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o‘tkazish, o‘rmonzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini 4,5 mln gektargacha kengaytirish, IV toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish, Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborishni yiliga 4000 gacha ko‘paytirish, aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish, hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha ko‘paytirish, alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob bo‘lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib bo‘lingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ning qayta ishlash hajmini 30 foizgacha ko‘paytirish kutilmoqda. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’limda, oliy ta’limda, oliy ta’limdan keying ta’limda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, maktabdan tashqari ta’lim tizimlarida ekologik ta’limni uzluksiz yo‘lga qo‘shish belgilandi. Shuningdek, Konsepsiyaning 6-bobi bilan oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi. Prezidentimizning 2023- yil 23-noyabrdagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»-gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda «Yashil makon» elektron platformasi yaratildi va amalda faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2024-yil 29-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan «Yashil makon» loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari to‘g‘risida»-gi videoselektor yig‘ilishida esa «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, uning doirasida yiliga 125 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilanganligi, xususan, joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parkini tashkil qilish va «Mening bog‘im» loyihasini ishga tushirish zaruriyati mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, ekologik madaniyatni shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: birinchidan, insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizl igi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish; ikkinchidan, fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya ta’limini yo‘lga qo‘yish majburiyligi; uchinchidan, jami yatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish; to‘rtinchidan, tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik mexanizmlarini ishlab chiqish; beshinchidan, ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligini ta’minlash va monitoringini olib borish; oltinchidan, tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish natijasida «Ekota’lim», «Ekomahalla», «Ekoshahar», «Ekohudud» huquqiy maqomini ommaviy joriy etish;
Ko'proq ko'rsatish ...
62 432
318
yettinchidan, tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish; sakkizinchidan, tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish; to‘qqizinchidan, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalasini soddalashtirish. Oybek XOLMO‘MINOV, IIV Akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik. ❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing 💾 📁 ✔️ 💾 🥳
Ko'proq ko'rsatish ...
MA`RIFAT DARSI | WORD .DOC FORMAT
Мавзу - 23/2024  word.doc format EKOLOGIK MADANIYAT: BUGUN VA KELAJAK https://t.me/marifatdarsi_word_pdf
82 274
182
23-mavzu EKOLOGIK MADANIYAT: BUGUN VA KELAJAK Insoniyat o‘zining tadrijiy rivojlanish bosqichida bevosita tabiat bilan ekologik munosabatda bo‘lishi va undan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi oqibatida jahon miqyosidagi ekologik muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a emas. Ekologik madaniyat – ongli ravishda shakllanib boradigan tuyg‘u bo‘lib, uni hayotimiz davomida amaliy harakatlarimiz bilan rivojlantirib borishimiz va unga amal qilishimiz lozim. Sodda qilib aytganda, ekologik madaniyat atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatimiz, ya’ni tabiat va atrof-muhitni asrash oilada, maktabda, mahallada, har bir jamoada shakllanib boradigan qadriyatdir. Mamlakatimizda tabiiy resurslardan foydalanishning huquqiy me’yori va miqdorini belgilash hamda ushbu talablarga rioya etilmagan holatlarda huquqiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solingan. Xususan, Asosiy qonunimizning 62-moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar», 68-moddasida esa «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» degan konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning belgilanganligi ham mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning tabiiy resurslarga nisbatan ekologik madaniyatga ega bo‘lishini talab qiladi. Bundan tashqari, foydalanishimiz nazarda tutilgan tabiiy resurslar alohida milliy qonunlar bilan huquqiy tartibga solinganligi ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, tabiatni va atmosfera havosini muhofaza qilish, suvdan foydalanish, ekologik ekspertiza, yer osti boyliklari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekologik nazorat, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi o‘nga yaqin qonunlar va kodekslarda huquqiy normalar o‘z aksini topgan. Qayd etish kerakki, milliy qonunchiligimizda ekologiya sohasidagi huquqiy munosabatlarning barcha jihatlari tartibga solingan bo‘lsa-da, ekologik ta’lim yo‘nalishida ilg‘or milliy va xorijiy tajribani o‘rganish, ular asosida ta’lim oluvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning aniq parametrlari ishlab chiqilmaganligi atrof-muhitga va umuman tabiatdagi tiklanmaydigan tabiiy resurslarga bo‘lgan munosabatlarning ijobiy emasligini bildiradi. Aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Harakatlar strategiyasi doirasida davlatimiz rahbarining 2019-yil 30-oktabrdagi «2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va amalga tatbiq etildi.
Ko'proq ko'rsatish ...
73 263
1 251
Ички ишлар вазирлиги ходими подполковник Хасан Асадов террорчилар томонидан отиб кетилди

file

78 738
317
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra: 1) Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etiladi; 2) Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oluvchi ilmiy tadqiq qilish tizimi ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармонга кўра: 1) Юридик кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти ташкил этилади; 2) Тошкент давлат юридик университети ҳамда Юридик кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институтида қуйидаги йўналишларни қамраб олувчи илмий тадқиқ қилиш тизими | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
17 418
11
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra: -kompleks huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil qilinadi; -onlayn huquqiy savodxonlik maktabi tashkil etiladi va u orqali bepul huquqiy oʻquv kurslari joriy etiladi; -huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi; -«maktab – litsey – texnikum – universitet» tizimi joriy etiladi; -TDYUning akademik litseylari ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармонга кўра: -комплекс ҳуқуқий тарғибот тадбирлари ташкил қилинади; -онлайн ҳуқуқий саводхонлик мактаби ташкил этилади ва у орқали бепул ҳуқуқий ўқув курслари жорий этилади; -ҳуқуқ фани ўқитувчиларининг касбий билим ва кўникмаларини узлуксиз ошириб бориш ҳамда уларни методик таъминлаш тизими йўлга қўйилади; -«мактаб – лицей – техникум – университет» тизими жорий этилади; -ТДЮУнинг академик лицейлари | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
17 293
9
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi. ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармонга мувофиқ, 2024 йил 1 июлдан 2026 йил 1 июлга қадар ҳуқуқий эксперимент тариқасида Тошкент шаҳрида қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ бўлмаган айрим давлат хизматларини кўрсатиш бўйича маъмурий ҳужжатларни судгача кўриб чиқишнинг янги тартиби жорий этилади. | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
25 048
10
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladigan Aholining yagona elektron ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Унга кўра, 2025 йил 1 январдан Адлия вазирлиги ҳузуридаги Персоналлаштириш агентлиги томонидан юритиладиган Аҳолининг ягона электрон | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
17 667
9
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra, 2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi. : ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармонга кўра, 2024 йил 1 июндан давлат органлари ва ташкилотлари томонидан қонунчилик ҳужжатлари ва ислоҳотлар мазмун-моҳиятини аҳолига етказишнинг янги тартиби жорий қилинади. : | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
28 225
18
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda qoʻshimcha qulayliklar ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармон билан, аҳоли ва тадбиркорларга давлат хизматларини кўрсатишда қўшимча қулайликлар | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
24 246
6
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan, tuman (shahar) adliya boʻlimlariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармон билан, туман (шаҳар) адлия бўлимларига қуйидаги қўшимча вазифалар | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
21 226
5
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra adliya organlarining quyidagi qoʻshimcha 4 ta faoliyat yoʻnalishlari ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармонга кўра адлия органларининг қуйидаги қўшимча 4 та фаолият йўналишлари | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
24 063
10
«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra: 1) «Mahalla huquqshunosi» loyihasi amalga oshiriladi, mahalla raislari kundalik hayotda kerak boʻladigan huquqiy sohalar boʻyicha qisqa muddatli bepul oʻquv kurslarida oʻqitiladi; 2) mahallalarda haftaning har chorshanba kuni «Huquqiy targʻibot kuni» oʻtkaziladi va quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi; 3) fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish ——— «Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида»ги Президент Фармони қабул қилинди. Фармонга кўра: 1) «Маҳалла ҳуқуқшуноси» лойиҳаси амалга оширилади, маҳалла раислари кундалик ҳаётда керак бўладиган ҳуқуқий соҳалар бўйича қисқа муддатли бепул ўқув курсларида ўқитилади; 2) маҳаллаларда ҳафтанинг ҳар чоршанба куни «Ҳуқуқий тарғибот куни» ўтказилади ва қуйидаги тадбирлар амалга оширилади; 3) фуқароларга бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатиш тартиби | | | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
21 988
13
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio