Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kategoriya
Kanal joylashuvi va tili

barcha postlar Bilimni baholash agentligi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info @uzbmb .uz 🌐 www. uzbmb.uz  📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/ @BaholashUz  
Ko‘proq ko‘rsatish
90 998-422
~49 893
~40
45.49%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
9 887joy
ning 78 777
0joy
ning 0
da kategoriya
420joy
ning 2 347
Postlar arxivi
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati ✅ Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda. ✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. 📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

Speaking yangi format.pdf

48 033
1 634

Speaking yangi format.pdf

1
0
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari . ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
29 590
278
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi 📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz! ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
74 583
1 612
👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda 🗓 Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn (📹 Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 29-aprel kuni boshlanadi. ⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi. 👩👨 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin. 💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin. 💻 Mashg‘ulotlar 29-apreldan 20-maygacha davom etadi. ⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-aprel. Imtihon narxi: 1 050 000 so‘m. To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 26-aprel. 📱 📞 (95) 507-70-72 🏢
Ko'proq ko'rsatish ...
33 029
152
⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani saytining bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi. ❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
34 213
223
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👍 Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m. iTEP uchun mock test 👉 📱 📞 (95) 515-68-68 🏢
Ko'proq ko'rsatish ...
27 953
80
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi ✅ 2024-yil 20-21-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 26,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 26 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 2024-yil 28-aprel kuni ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi. Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

20.mp4

36 666
198
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga! 📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov . ✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📱 Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi. 🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62 Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
52 644
563
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi. Bunda nomzodlarning: ✅ tinglab tushunish ✅ o‘qish ✅ gapirish ✅ so‘z boyligi va grammatika ✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi. 📆 Test sinovi 11-mayda tashkil etiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 10-may ga qadar agentlikning sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. 🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m. 🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati). Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 📱 📞 (95) 515-68-68 🏢
Ko'proq ko'rsatish ...
41 562
76
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👍 Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m. iTEP uchun mock test 👉 Ma'lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo'lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari munkin bo'ladi. 📱 📞 (95) 515-68-68 🏢
Ko'proq ko'rsatish ...
31 259
76
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi ✅ 2024-yil 30-31-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi. 🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 1-18-aprel kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi. 👨🏻‍🎓 Unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 16 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi. ❕ Izoh: imtihon natijalari 25-aprel kuni e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

tayyor.mp4

50 498
599
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 2-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin. 👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim. Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
32 587
47
Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Bilimni baholash agentligi va AQShning “Educational Testing Service” tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ikki tomonlama Memorandum imzolangan. Joriy yilning 15-21-aprel kunlari “Educational Testing Service” tashkilotining delegatsiyasi Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘lishadi. Tashrifning asosiy maqsadi 18-aprelda ingliz tili o‘qituvchilari uchun TOEFL testlari bo‘yicha konferensiya va qisqa seminarlar tashkil etishdan iborat. 17-aprel kuni Bilimni baholash agentligi vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Agentlik faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi. Shuningdek, hamkorlikda TOEFL IBT sertifikatlarining haqiqiyligini tekshirish va qoida buzish holatlarining oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi. Agentlik va hududiy bo‘limlarda TOEFL IBT va GRE imtihonlarini tashkil etish jarayonini jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ko'proq ko'rsatish ...

Tashrif - 2024-yil 17-aprel.mp4

42 633
65
⚡️ Xabaringiz bor, 2024-yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi. 🔰 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida 2024-yil 8-may kuni geografiya va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun repetitsion test sinovlarini tashkil etishi rejalashtirilgan. 📍 Test sinovlarida saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli to‘lov (102 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 🖥 Talabgorlar 30-aprel kuni soat 9:00 ga qadar ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishlari mumkin. 📌 Ishtirokchilar o‘z natijalarini boti orqali bilib olishlari mumkin. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 llmiy markazning telegram kanali: 👉 👈
Ko'proq ko'rsatish ...
36 795
296
Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 17-arel kuni Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich ishtirokida Xorazm viloyatida o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi. Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
27 687
29
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: 📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini saytining bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
52 163
802
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: 📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini saytining bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni o‘tkaziladigan joylar
Test sinovining yozma qismi 20-21-, 28-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 22-26, 29-30-aprel va 1-4, 6-8-may kunlari o‘tkaziladi. Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Imtihonning yozma qismi: Joy nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti Maʼruzalar zali Manzil: Nukus shahri Ch.Abdirov ko‘chasi…
1
0
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📝 2024-yil 17-mart kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
74 424
1 287
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda ✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 10-may soat 10:00 ga qadar davom etadi. ❗️ Imtihon 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi. 🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi) 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m 🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar: 🔹 TOEFL ITP — | 📱 📞 (95) 515-68-68 🏢
Ko'proq ko'rsatish ...
33 237
150
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)2024-yil 2-may kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi. 📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun ro‘yxatdan o'tish va to'lov saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 25-aprel kuni soat 18:00 ga qadar amalga oshiriladi. ⚠️ Ishtirokchilar o‘z natijalarini boti orqali bilib olishlari mumkin. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 llmiy markazning telegram kanali: 👉 👈
Ko'proq ko'rsatish ...
1
0
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)2024-yil 2-may kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi. 📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 25-aprel kuni soat 18:00 ga qadar amalga oshiriladi. ⚠️ Mock test natijangizni 🤖 boti orqali bilib olishingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 llmiy markazning telegram kanali: 👉 👈
Ko'proq ko'rsatish ...
27 569
198
#gender Ayollar – jamiyatimizning teng huquqli a’zosi Ma’lumot uchun: 🙎‍♀️ 2023-yilda oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 56 foizi (529 164 nafari) xotin-qizlardir. 👩‍🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning esa 48 foizi (92 930 nafari) xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi. (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |

Xotin-qizlar - 2024-yil~1.mp4

36 130
85
#Sayyor_qabul Xorazm viloyatida sayyor qabul 📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi. ✅ Sayyor qabul 17-aprel kuni soat 12:00 da – Urganch shahridagi Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
41 921
35
Akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlari ✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi. 📝 Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. 📱 Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda havolasi orqali bepul foydalanish mumkin. ▶️ Shuningdek, diagnostik test sinovi natijasi asosida akademik litseylarni tanlagan holda o‘tgan yilgi o‘tish ballarini hamda o‘qishga kirish imkoniyatini aniqlash mavjud. 🤖 Bundan tashqari, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti ishga tushirildi. ✅ Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
79 242
1 026
🇬🇧 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi ✅ Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi. 📱 Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin. 📝 Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud. 🔗 Bot manzili: ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
80 164
1 656
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin! Aziz yurtdoshlar! 🌙 Bilimni baholash agentligi xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan, dillarimizga quvonch, dasturxonimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi! 🤲 O‘zbekistonimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin! ✨ Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin! ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
42 521
155
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
38 796
36
2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |

Fizika va tarix - 07.04.2024~2.mp4

44 508
99
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 2024-yil 7-aprel kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi. 📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 6,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 9 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. ✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
37 145
74
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi. ❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
61 164
320
2024-yil 30-31-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |

Chet tili - 2024-yil 30-mart~1.mp4

60 883
175
2024-yil 3-aprel kuni 18:00 dan 19:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Shu sababli 3-aprel (bugun) kuni soat 18:00 dan 19:00 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
44 407
45
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini saytining bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
67 820
1 061
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi ✅ 2024-yil 30-31-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 33 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-6-, 8-9-, 13-, 15-18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
44 476
296
Bilimni baholash agentligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi 📣 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yildagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlari . ✅ Unda Bilimni baholash agentligi 81 ball bilan faoliyat samaradorligi yuqori sifatida e’tirof etilgan tashkilotlar qatorida qayd etilgan. 📝 Maʼlumot uchun, 2023-yil boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotining: ⏺ 42 tasi “yaxshi” – (81-100 ball); ⏺ 38 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball); ⏺ 15 ta si “qoniqarsiz” – (55 balldan past) sifatida belgilangan. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
47 173
89
Sirdaryoda sayyor qabul o‘tkazildi ✅Bugun, 29-mart kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Shakarov Zoxid Xolboyevich Sirdaryo viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar va maktab bitiruvchilari bilan sayyor qabul o‘tkazdi. ⏰ Sayyor qabul, soat 15-00 dan 16-30 gacha bo‘lib, unda Agentlik faoliyati va test sinovlari bilan bo‘g‘liq fuqarolar tomonidan o‘tgan yillarda yo‘llangan murojaatlar soni va mazmuni, murojaatlarning nechtasi ijobiy hal qilinganligi, nechtasiga tushuntirish berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishib, u yerga kelgan bir nechta fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. ❇️ Z.Shakarov tomonidan fuqarolarning murojaatlariga mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, batafsil javob qaytarildi hamda murojaatchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rganib chiqilishi aytildi. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
29 594
5
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 15-aprel kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👍 Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 🌐 📞 (95) 515-68-68 ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
35 297
121
#Sayyor_qabul Sirdaryo viloyatida sayyor qabul 📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 📆 Navbatdagi sayyor qabul Agentlik direktori maslahatchisi Zohid Shakarov tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi. ✅ Sayyor qabul 29-mart kuni soat 15:00 da – Sirdaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Guliston shahri Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 31-uy) da bo‘lib o‘tadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
39 736
20
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: 📝 test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27 Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
67 751
792
Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabiarab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 gapirish; 🔹 so‘z boyligi va grammatika; 🔹 yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 15-aprel kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 📝 Test sinovi 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi. ❕ Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 🌐 📞 (95) 515-68-68 ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
45 261
162
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 28-mart kuni o‘tkaziladi 📆 2024-yil 28-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. 👉 👈
Ko'proq ko'rsatish ...

Nostrifikatsiya - 28-mart 2024-yil - talabgorlar.pdf

37 310
54
#OnlineSeminar Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar boshlandi 🇹🇷 Onlayn seminarda Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universitetida o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi. ❔ Seminar davomida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin. ✅ Savollarga Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi. 📺📺 26-mart soat 16:00 da — Zoom platformasida. 🔗 Onlayn seminarda qatnashish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89752244360 ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
36 360
46
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio