Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kategoriya
Kanal joylashuvi va tili

auditoriya statistikasi XORAZM YOSHLARI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;  @yoshlarmurojaati   @yoshlarmurojaati_bot  
Ko‘proq ko‘rsatish
16 155-44
~24 725
~73
170.36%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
46 692joy
ning 78 777
1 359joy
ning 2 295
da kategoriya
1 790joy
ning 2 347

Obunachilarning jinsi

Kanalga qancha ayol va erkak obuna bo'lganligini bilib olishingiz mumkin.
?%
?%

Obunachilar tili

Til bo'yicha kanal obunachilarining taqsimlanishini bilib oling
Ruscha?%Ingliz?%Arabcha?%
Kanal o'sishi
GrafikJadval
K
H
O
Y
help

Ma'lumotlar yuklanmoqda

Kanalda foydalanuvchining qolish muddati

Obunachilar sizning kanalingizda qancha vaqt turishini bilib oling.
Bir haftagacha?%Eskirganlar?%Bir oygacha?%
Obunachilarning ko'payishi
GrafikJadval
K
H
O
Y
help

Ma'lumotlar yuklanmoqda

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 3-turida salkam 1000 nafar oʻquvchi ishtirok etdi! Ikkinchi mavsum o‘tkazilayotgan olimpiadaning uchinchi turi 17-may kuni Yangibozor tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 884 nafar iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi. Bu koʻrsatkich mutloq rekord hisoblanadi. 💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi. Umumiy natijalar bilan ➡️ ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi. Keyingi tur 7-iyun kuni Bogʻot tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_0715.MOV

7 688
9
🖐 Urganch shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning armrestling turi bo‘yicha sektor bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. ✅ Musobaqa 18-30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida 4 ta vazn (55, 65, 75, 75+) toifasida o‘tkazildi. Birinchi o‘rinni egallagan yoshlar musobaqaning tuman(shahar) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

tg arm restling.mp4

11 269
9
Tayinlov ✅Qurambayev Asqarbek Ahmadjon o‘gli - Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agnetligi Xonqa tumani boʻlim boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Qurambayev Asqarbek Xonka tuman hokimligi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan. 🤝 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va barcha yoshlar nomidan Qurambayev Asqarbekni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan tabriklaymiz! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
13 765
30
Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda? 📑Jobs of Tomorrow hisobotiga ko‘ra, robotlashtirish va avtomatlashtirish tufayli 75 milliondan ortiq odam ishsiz qolishi mumkin. Oksford universiteti tadqiqotchilari esa yaqin 15-20 yil ichida robotlar barcha kasblarga oid funksional vazifalarning yarmini bajarishiga ishonadi. Ish bilan band bo‘lganlarning 53 foizi kelgusi 10 yil ichida ularning ishi sezilarli darajada o‘zgarishi yoki eskirishini fahmlab turibdi. Dunyo aholisining 77 foizi qayta tayyorlash va kasblarini o‘zgartirishga majbur. Shu tufayli kelajakka faqatgina yangi kasblar bilan yo‘l olish mumkin. Xo‘sh, yangi kasblar qaysilar? Batafsil: 📎Bosh axborot hamkorimiz “Yoshlar ovozi” gazetasi va yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...
15 283
17
👨‍🎓 “Talaba fest -2024” 13-17 may kunlari viloyatimizda ilk bor “Talaba fest-2024” festivali o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan ushbu festival doirasidagi tadbirlarda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 40 ming nafardan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdi. 📹Batafsil ushbu rolikda tomosha qilingl 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

tg 17-may kansert talaba fest.mp4

17 759
28
https://t.me/TimurJumaniyazov/946
Timur Jumaniyazov
“Talaba fest -2024” taqdirlash marosimi va galakonsert dasturi 👨‍🎓 13-17 may kunlari viloyatimizda ilk bor “Talaba fest-2024” festivali o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan ushbu festival doirasidagi tadbirlarda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 40 ming nafardan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdi. Haftalik doirasida o‘tkazilgan kitobxonlik, she’riyat kechalari, turli intellektual bellashuvlar, ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari yuzlab yangi iqtidor egalarini kashf qildi. Festivalning yakuniy tadbirida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, ko‘rik tanlovlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba yoshlarni munosib taqdirladi. @TimurJumaniyazov
17 882
5
https://t.me/TimurJumaniyazov/936
Timur Jumaniyazov
👨‍🎓 “Talaba fest-2024” final bosqichi Erta saharlab, viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali-2024” final bosqichi “Jaloladdin Manguberdi” memorial bog‘ida start oldi. Bugun mazkur festivalning yakuniy qismida milliy taomlar festivali, milliy liboslar ko‘rgazmasi, quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovi, bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi, harbiy-vatanparvarlik festivallari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi hamda viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, tyutor va talaba yoshlari o‘z ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etishdi. @TimurJumaniyazov
18 010
4
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan, hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi. Batafsil: 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
18 705
14
🎵 Bizning yana bir g'olibimiz - Yusubov Boburbek Respublika Yoshlar ovozi festivalining baxshichilik yo'nalishi, 23-30 yosh toifasida faxrli 3-o'rinni egalladi va 20 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi. 💐Xorazmning yosh istedodlarini tabriklaymiz! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
19 517
40
🎵 Mana bizni yana bir faxrimiz bo'lgan yoshlardan Berdiev Alxofiz Respublika Yoshlar ovozi festivalining An’anaviy ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha 10-15 yosh toifasida faxrli 1-o'rinni egalladi va 50 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi. 💐Xorazmning yosh iste'dodlarini tabriklaymiz! ✅ Bizni kuzatishda davom eting! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
17 683
26
🎵 O'zining jarangdor ovozi bilan Otabek Nazirov Yoshlar ovozi festivalining Respublika bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab 50 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi! 💐Xorazmning yosh iste'dodlarini tabriklaymiz! ✅ Bizdan uzoqlashmang yana g'oliblarimiz bor! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
16 880
14
🎵 Respublika Yoshlar ovozi festivalining an'anaviy ijrochilik yo'nalishi bo'yicha faxrli 1-o'rinni Xojixonova Gulasal egalladi va 50 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi. 💐Xorazmning yosh iste'dodlarini tabriklaymiz! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
16 692
21
👨‍🎓 “Talaba fest-2024” doirasida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarning viloyat bosqichi ✅ Bugun “Talaba fest-2024” doirasida musobaqa va tanlovlarning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Festival doirasida ma’naviy-marifiy, intelektual o‘yinlar, harbiy vatanparvarlik tadbirlari va sport musobaqalari tashkil qilindi. ✏️ Viloyat "Yoshlar" markazi binosida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva bilan adabiy uchrashuv ham tashkil etildi. Ushbu ijodiy uchrashuv adabiyotga, sheʼriyatga oshno talaba-yoshlarni o‘z atrofiga jam qildi. Ayniqsa, arqon tortish, tosh ko‘tarish va streetworkout sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar festivalga tashrif buyurganlarda katta taassurot qoldirdi. P/s: 17-may kuni Urganch shahri “Jaloladdin Manguberdi” memorial bog‘ida “Talaba fest-2024” doirasida yakuniy taqdirlash marosimi va gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

TG 16-MAY MANEJ TALABA FEST.mp4

16 967
23
🏆Super final g‘oliblari kim? 🎼5 kun davomida baxshichilik, estrada, opera va an’anaviy ijro yo‘nalishlarida o‘zining iste’dodi va bor kuch g‘ayrati bilan ishtirok etgan yoshlarimiz “Bo‘zatov Fest” – Yoshlar ovozi tanlovining respublika final bosqichini yakunlashdi. Demak, g‘oliblar nomi aniq va ular bugun Bo‘zatov tumanida o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi. “Bo‘zatov Fest”da mag‘lublar bo‘lmaydi. Chunki tanlovda g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar ham 10 mln. so‘m mukofotlari bilan . 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

super final tg.mp4

18 307
4
🎶Super final bahslariga qiziqayotganlar bormi? Ayni vaqtda “Bo‘zatov Fest” - Yoshlar ovozi festivalining super final bahslari qizg‘in pallaga kirgan 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

tg.mp4

18 787
6
🔥Bugun eng hayajonli kun bo‘ladi! 🎶Nukus shahrida qizg‘in davom etayotgan “Bo‘zatov Fest” - Yoshlar ovozi festivalining oxirgi, yaʼni, anʼanaviy ijro yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar 14-may kuni yakunlandi. Tanlovda 3 ta yosh toifasi bo‘yicha jami 42 nafar iste’dod egalari qatnashib, bahslarda eng yaxshi deb topilgan 18 nafari super finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 📎Bugun muhim va hal qiluvchi kun. Ishtirokchilarimiz baxshichilik, estrada va anʼanaviy ijro yo‘nalishi bo‘yicha super final bahslarida o‘zaro bellashadilar. Super final Nukus shahrida joylashgan maxsus pavilonda o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun, tanlovning opera yo’nalishida super final g’oliblari Bizdan uzoqlashmang, asosiy jarayonlar hali oldinda! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

Ananaviy_Rolik tg.mp4

18 467
4
❗️Muhim so’rovnoma! Sun’iy intellekt sabab kasblar krizisi, ishsizlik muammosi jiddiylashayotgan davrda yashayapmiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AI(Sun'iy intellekt) keyingi yillarda 20%dan ko’proq ishchi o’rinlarini egallashi mumkin. ❓Aynan shu mavzuga doir qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring! Soha mutaxassislaridan sizni qiziqtirgan savollarga birgalikda javob olamiz! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
19 749
5
🔅STEM fanlardagi bilimdonlar uchun “IQtidorli” yoshlar oromgohi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Ibrat farzandlari” va “Ustoz AI” loyihalari hamkorligida “IQtidorli” yoshlar oromgohiga start berilmoqda. 📑Loyihaning maqsadi, yoshlarni ilm-fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, STEM ta’lim yo’nalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va ular orasida yangi iqtidor egalarini kashf etishdan iborat. 🧾Jamoaga qo‘shiling, oromgohda sizni ajoyib muhit, yangi tanishuvlar, zo‘r master-klasslar, foydali darslar va ko‘plab qiziqarli jarayonlar kutmoqda! 📝Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...
22 581
18
👨‍🎓 “Talaba fest-2024” doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” tanlovi tashkil etildi. Batafsil ➡️ https://t.me/TimurJumaniyazov/925?single https://t.me/TimurJumaniyazov/925?single 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

tg 14.05.2024 Urdu talaba fest.mp4

20 568
15
🎵Navbatdagi super finalchilar aniqlandi 13-may kuni, Nukus shahrida tashkil etilgan muhtasham pavilonda Bo’zatov Fest “Yoshlar ovozi” tanlovining estrada yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar bo’lib o’tdi. 🎶Yoshlar ijrosidagi o’zbek, jahon va qoraqalpoq estrada na’munalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ovoz imkoniyatlar, tanlangan asarlar va sahna libosi singari mezonlar asosida baholab borilgan ishtirokchilarning 17 nafari estrada yo’nalishi bo’yicha tanlovning super finaliga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Bo’zatov iqtidorlarni kashf etishda davom etadi. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

estrda tg.mp4

20 576
7
📱 Aravani marketolog tortadi, koʻlankasini biznesmen. ⭐️ Yosh tadbirkorlar jamoasidan navbatdagi yangilik! “MARKETING CLUB” loyihasi 🤩 Bu klub marketing sohasida oʻz bilimini oshirishni va har doim oʻqib-oʻrganishni xohlaydigan tirishqoq yoshlar uchun! ✅ Bu yerda siz nimlarni oʻrganasiz?! • Marketing boʻyicha ilmlar • Networking va mentorlik yordami • Eng asosiysi kuchli bilim va tajribaga ega boʻlasiz. 😄 Yopiq klubimizga aʼzo boʻlish hozircha BEPUL, lekin joylar soni chegaralangan. ❕Eslatma: Suhbat asosida klubga qabul qilamiz. ✍️ Hoziroq roʻyxatdan oʻtish uchun @Upgrade_vmbot ga "➕" belgisini qoldiring. 📍Manzil: Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...
21 176
8
📹Urganch davlat universitetida “Talabalar festivali – 2024” haftaligining birinchi kuni yuqori kayfiyatda oʻtkazildi. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

tgg Talaba fest.mp4

20 502
18
⭐️ Viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar o‘rtasida 13-maydan 16-mayga qadar “Talaba fest-2024” o‘tkazilmoqda. Mazkur festival dasturidan 10 ga yaqin sport musobaqalari, ko‘rik tanlovlar va manaviy-marifiy loyihalar o‘rin olgan bo‘lib ularning barchasi talaba yoshlarning istedodini namoyon qilish uchun tashkil qilngan. 🛡 “Talaba fest-2024”ning eng kulminatsion nuqtasi 17-may kuni “jaloliddin Manguberdi” memorial bog‘ida tashkil etiladigan taqdirlash marosimi hamda galakonsert bo‘ladi. Shunday ekan talabalikning eng yorqin boqiyliklarini va lahzalarini biz bilan birga kashf eting. 🙋 “Talaba fest-2024”da ko‘rishguncha! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

tgg shaxnoza talaba fest.mp4

21 136
13
“Yaxshi daromad topish uchun chetga chiqib ishlash shart emas…” 📍Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi yoshlar faoliyatini o’rganar ekanmiz, mahalladagi deyarli barcha xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar va undagi dehqonchilik ishlarini ko‘rib ko‘z quvnaydi. Bugun Yangibozor tumani Hayvat mahallasida istiqomat qiluvchi Maqsadbek Normetov haqida gaplashamiz. Qahramonimizga mahalla yoshlar yetakchisining tavsiya asosida 25 sotix yer ajratilgan. Ushbu ajratilgan yer maydonidan yaxshi hosil olish maqsadida, xonadonida issiqxona tashkil etib pomidor, bodring, qovun va tarvuz ko‘chatlarini yetishtirmoqda. 📹Batafsil ushbu rolikda tomosha qiling 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

tg yoshlar daftari issiqxona.mp4

21 292
23
Bu xabarlarni o‘tkazib yuborgan bo’lsangiz, biz Sizga eslatamiz! ➡️ ; ➡️ ; ➡️ ➡️ ➡️ ; ➡️ ; ➡️ ; ➡️ ; ➡️ ; ➡️ ; 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tgan hafta davomida e’lon qilingan muhim xabarlar! Bizning sahifalarimiz: 🔹 🔹 🔹 🔹
Ko'proq ko'rsatish ...
22 295
5
✅✅✅ ✅✅✅ 🎓 Talaba yoshlar diqqatiga!!! ✅ Butun viloyatimiz boʻylab 13-maydan 16-maygacha barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba fest-2204” festival doirasida sport musobaqalari va tanlovlar start oladi. Mazkur festival doirasdia futbol, stol tennis, qizlar oʻrtasida voleyboʻl, armrestling, streetworkout, “Student chess cup” musobaqalari, zakovat, munozara intelektual oʻyinlari, talabalar ovozi, quvnoqlar va zukkolar koʻrik tanlovlari, mushoira, kibersport, “start up” loyihalar tanlovi, milliy liboslar koʻrgazmasi, oshpazlar tanlovi hamda “shunqorlar” harbiy-vatanparvarlik musobaqalari oʻtkaziladi. ‼️Musobaqa va tanlovlarga qatnashish uchun quydagi havola orqali roʻyhatdan oʻtishingiz mumkin 🗒Ro'yhatdan o'tish Bu hali hammasi emas 17-may mazkur festival doirasida taqdirlash marosimi va galakonsert dasturi boʻlib oʻtadi. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...
24 854
45
Yosh baxshilarimiz sahnada 🎼Ayni vaqtda yosh iste’dod egalari tomonidan termalar, kuy-qo‘shiq va dostonlar ijro etilmoqda. Mazkur tanlov, folklor san’atining yetakchi janri bo’lgan baxshichilikni keng targ’ib qilish, folklor an’analari va qadriyatlarini saqlash, baxshichilik san’atining yosh ijrochilarini rag’batlantirish hamda iste’dodlarni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🖼Jarayonlardan 👉 Fotolavhalar 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...

Baxshichilik jarayonlar tg.mp4

22 955
3
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi! Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim yo‘nalishi; - Imkon yo‘nalishi; - Madaniyat va san’at yo‘nalishi; - Ekologiya yo‘nalishi; - Media yo‘nalishi; - Sport yo‘nalishi; - Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi; - IT yo‘nalishi. 📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Ko'proq ko'rsatish ...
26 606
66
✅Urganch davlat universiteti talaba yoshlari o‘rtasida "Mutolaa", "Ibrat farzandlari", "UzChess", "Ustoz AI" loyihalari bo‘yicha kichik savolnoma o‘tkazilib, targ‘ibot uchun tayyorlangan maxsus vizitkalar tarqatildi. 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

tgg ibrat va mutolaa vizitka.mp4

6 778
13
🎼“Yoshlar ovozi” festivalining final bosqichi boshlanish arafasida Joriy yilning start olgan tanlovda yoshlarimiz 4 bosqichli sinovlardan o’tib, final bosqichiga yetib keldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tanlovning final bosqichini o’tkazishda mezbonlik qiladi. ⏰Tanlovning ochilish marosimi bugun soat 18:00 da Nukus amfiteatrda bo’lib o’tadi 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Kutib olish TG.mp4

23 026
6
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio