#qiziq
Kitobsevarlarning turlari:
❤️
Asalari kitobxon:
Qattiq intizomli kitobxon. Mutolaa vaqtini qat'iy belgilab oladi. Oʻqiganlari yuzasidan tartibli va tushunarli xulosalar qayd etadi. Doimo keyingi oʻqiydigan kitobining nomini biladi.
❤️
Pingvin kitobxon:
Mavsumiy kitobxon boʻlib, asosan, qish faslida mutolaani koʻpaytiradi. Oʻqish uchun unga alohida sharoit-muhit zarur: issiq ichimlik bilan koʻrpa-adyolga oʻranib, divanda soatlab oʻqishi mumkin.
❤️
Yalqov kitobxon:
Kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatishi amri mahol. Bitta kitobga oylab vaqt sarflaydi va yana bir necha oy keyingi kitobni tanlaydi.
❤️
Boyoʻgʻli kitobxon:
Dono kitobxon boʻlib, kuchli tahlil qobiliyatiga ega. Kitobni diqqat bilan oʻqiydi. Unda tanqidiy fikrlar doim mavjud. Kitob tanlashda juda talabchan.
❤️
Qurt kitobxon:
Ochkoʻz kitobxon boʻlib, qoʻliga tushgan kitobni oʻqiyveradi. Kitob sotib olishdan sira toʻxtamaydi. Kitoblari bilan vaqt oʻtkazish uchun dunyodagi hamma narsadan voz kecha oladi.
😊
Ho‘sh,
Siz qanday kitobxonsiz?
Izohlarda yozib qoldiring)
@furqonkitoblarKo'proq ko'rsatish ...