Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kategoriya
Kanal joylashuvi va tili

barcha postlar POSTDA|Rasmiy kanal

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www. postda.uz   📨 E:mail: info @postda .uz 
11 555-117
~1 273
~33
11.28%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
53 534joy
ning 78 777
1 526joy
ning 2 295
da kategoriya
2 782joy
ning 3 169
Postlar arxivi
Жорий йилнинг 17-19 сентябрь кунлари «Хавфсиз ҳаёт учун бирлашайлик» шиори остида Нукус шаҳридаги Дўстлик майдонида ўтказилган тадбирда ички ишлар органларининг кўргазмаси ташкил этилди. Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ Ахборот хизмати. @postdarasmiy

KORGIZBE.mp4

423
0
Haydovchilar bilan profilaktik suhbat Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan 7-avtobuslar saroyida, Toshkent shahar IIBB YHXB Texnika nazorati bo’limi xodimlari tomonidan jamoat transporti haydovchilari bilan targ‘ibot ishlari olib borildi. Jumladan, yo'llarda harakatlanganda tezlikni belgilangan me'yorlardan oshirmaslikni, oraliq masofa saqlash, harakat vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanmaslikni, o'zlari va yo'lovchilarni hayoti va xavfsizligini o'ylagan holda yo'l harakati qoidalariga va madaniyatiga qat'iy rioya qilishlari kerakligi uqtirildi. Targ’ibot tadbiri davomida haydovchilardan belgilanmagam joylarda yo'lovchi tushurmasliklari bo'yicha alohida aytib o’tildi va ogohlikka chaqiruvchi eslatmalar berildi. Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz. Toshkent shahri.
Ko'proq ko'rsatish ...
441
0
Товуш сигналини сабабсиз бериш базавий ҳисоблаш миқдорининг бир баравари миқдорида жарима солинишига сабаб бўлади. Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ Ахборот хизмати.

127~1.mp4

477
0
SALOHIYАTI SINOVDAN O'TKAZILDI Zangiota tumani IIB tashabbusi bilan mazkur hududda tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarining ma'naviy salohiyati va dunyoqarashini yanada kuchaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi. Qizg'in o'tgan bahslar yakunida g'oliblarga tuman IIB rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirilib, kelgusi o'qishlariga muvaffaqiyatlar tilandi. O'z muxbirimiz.

file

457
0
Topqirligingizni sinab ko‘ring Buyuk sarkarda Amir Temur hujumlarning birida bir tosh qal’aga duch keladi. Qancha urinmasin tosh qal’a devorlari ustidagi zambarakli to‘plar qal’ani ishg‘ol qilishga yo‘l bermaydi. Shunda Amur Temur qo‘shiniga chekinishni buyuradi va ularga “shu kun” kelsa qaytadan hujum qilamiz deb aytadi. Oradan 15-20 kun o‘tgach “shu kun” keladi. Keyin Amur Temur qal’aga hujum qilib, qal’ani ishg‘ol qiladi. Diqqat savol! Amur Temur qanday kunni kutadi? Bugungi savolimizga Anvar Yo'ldoshev yagona to'g'ri javob yo'lladi. Javob: yomg'irli kunda dushman zambaragi otilmay qolgan 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ko'proq ko'rsatish ...
550
2
YOSHLAR BILAN SUHBAT Chilonzor tumanidagi iqtidorli yoshlarni kasbga yoʻnaltirish xususida mahallalar xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, IIOFMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, mayor Sevara Tosheva hamda yoshlar masalalari boʻyicha inspektor Gavhar Abdukarimova hamkorligida yakka tartibda suhbat olib borildi. Suhbat oʻtkazish asnosida yoshlarning bugungi kundagi qiziqishlari ma'naviy kamol topishlarida turtki beruvchi sabablar oʻrganilib, ular bilan aloqalar yanada mustahkamlandi. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
558
9
ENG KO’P DIPLOM SOHIBI Dunyo bo'yicha eng ko'p universitet ta'limi diplomiga ega bo'lgan shaxs, bu italiyalik Lusiano Bayettidir. Rim yaqinida istiqomat qiladigan bu inson, bakalavr va magistratura darajalarini bitirganligi haqidagi 15 ta diplomga ega. Lusiano birinchi bor 2002-yilda o'zining sakkizinchi diplomini olganida Ginnes rekordlari kitobiga kirgan edi. Hozirgi kunda unda falsafa, huquq, sotsiologiya, adabiyot, kriminologiya, harbiy strategiya, motor ko'nikmalari, jismoniy tarbiya va boshqa ko'plab sohalar bo'yicha diplomlar bor. @postdarasmiy
Ko'proq ko'rsatish ...
584
0
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОНДА «Хавфсиз ҳаёт учун бирлашайлик» тадбирининг иккинчи кун тафсилотлари...

ROLIK 2 KUN Tg222.mp4

562
0
KЕNG QAMROVLI TADBIR    Tuproqqal'a tumani IIB xodimlari ham “Barqaror turmush” profilaktik tadbirida faol ishtirok etishmoqda. Mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida o'tkazilayotgan tadbirlarda ayollar o'rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish,  farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan shaxslar, uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib kеtgan fuqarolar, zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda zo'ravonlik holatlarining barvaqt oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratilyapti. Shuningdеk, tadbir davomida tеgishli tashkilotlar vakillari ishtirokida oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatish kabi ko'plab vazifalar ham o'z yеchimini topmoqda. O‘z muxbirimiz, Xorazm viloyati.
Ko'proq ko'rsatish ...
590
3
Бугун 21 сентябрь – Халқаро тинчлик куни Кун тарихи БМТ Бош Ассамблеясининг 2001 йил 7 сентябрдаги тегишли резолюциясига кўра, 21 сентябрь – Халқаро тинчлик куни деб эълон қилинган. Ушбу сана ҳар йили жаҳон миқёсида кенг нишонлаб келинмоқда. Шу куни дунёдаги барча халқлар ва давлатларга ўт очиш ва зўравонликни тўхтатиш, кун давомида қуролли ҳаракатларга йўл қўймаслик, инсонларга тинчлик ва барқарорликнинг аҳамиятини турли маърифий тадбирлар воситасида тушунтириш тавсия этилади. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
548
0
Topqirligingizni sinab ko‘ring Buyuk sarkarda Amir Temur hujumlarning birida bir tosh qal’aga duch keladi. Qancha urinmasin tosh qal’a devorlari ustidagi zambarakli to‘plar qal’ani ishg‘ol qilishga yo‘l bermaydi. Shunda Amur Temur qo‘shiniga chekinishni buyuradi va ularga “shu kun” kelsa qaytadan hujum qilamiz deb aytadi. Oradan 15-20 kun o‘tgach “shu kun” keladi. Keyin Amur Temur qal’aga hujum qilib, qal’ani ishg‘ol qiladi. Diqqat savol! Amur Temur qanday kunni kutadi? Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ko'proq ko'rsatish ...
599
1
Parlament saylovlari haqida Bilib qo‘ygan yaxshi Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar joriy yilning 27-oktabrida o‘tkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 26-iyuldan boshlanishini e’lon qilgandi. Oktabr so‘ngida bo‘ladigan jarayon «Mening tanlovim – obod Vatanim» shiori ostida o‘tkaziladi. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
617
3
Kasb-hunarga yo‘naltirildi Namangan shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan shaxslar shahardagi «Ishga marhamat» mono markazida bo`lishdi. U yerdagi mavjud kasb-hunarlar bilan tanishtirildi. Nazorat ostidagi shaxslardan 7 nafari qayta kasb-hunarga o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati.
560
0
YOʻL QOIDASI SABOGʻI Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan Guliston Davlat universitetida targʻibot uchrashuvi tashkil etildi. YHXB inspektorlari talabalarga keyingi vaqtda YTH sabab boʻlayotgan muammolar yuzasidan axborot berishdi. Shuningdek, keyingi yillarda yoʻl harkati qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar mohiyati ham tushuntirib oʻtildi. Oʻz muxbirimiz, Sirdaryo viloyati.
645
0
Mustaqil yoshlaring kutib ol, Vatan! Eng ulug‘ va eng aziz bayrami­miz – Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi nishonlangan kunlarda o‘g‘lim Saidalixon Qalandar­xonov IIV Akademiyasi kursanti sifatida qasamyod qabul qildi. Ushbu tantanali tadbirda men ham ishtirok etdim.Bu yilgi kursantlar qasamyodi Akademiyaning 30 yillik bayramiga to‘g‘ri kelganligi bilan ahamiyatlidir. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
657
1
“Бир чимдим маънавият” Ўзбекистон халқ ёзувчиси Тоҳир Малик

Bir chimdim (video-converter.com).mp4

761
5
HAYOT – BUYUK OLIYGOH Gumonlanuvchi tergovchining savollariga javob berishdan qochar, voqea joyida bo‘lmaganini, u yerlarda tanishi yo‘qligini aytib turaverdi. Nuridillo Abdumo‘minov oxiri uning barmoq izlari Guliston shahar 1-mavzedagi o‘g‘irlik sodir bo‘lgan xonadondan topilganini aytdi, ekspert xulosasini ko‘rsatdi. Dalil oldida ojiz qolgan shaxs aybini tan olishga majbur bo‘ldi... 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
764
3
YOT G'OYALARGA QARSHI Islom Karimov nomidagi Toshket davlat texnika universitetida faoliyat olib boruvchi profilaktika katta inspektorlari tashabbusiga ko'ra, talaba-yoshlari bilan "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish barchamizning burchimiz" mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o'tkazildi. Tadbirni tashkillashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularda yot g'oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish bo'lib hisoblanadi. O'z muxbirimiz. Toshkent shahri. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
820
4
#Jumboq Savol: U ilk bor XV asr oxirlarida Peruga olib kelingan va inklar unga “Illapa”, ya’ni chaqmoq, momoqaldiroq, deb nom berishgan. Gap nima haqida borayapti. Ushbu savolning javobini Inomjon, Risqulova, Abu Muhammad Yahyo kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz! Javob: Multiq. 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
680
2
#JARAYON IIV Ishchi guruhi tomonidan Post-patrul xizmati batalyoni ish faoliyati oʻrganildi... @postdarasmiy
629
1
#Сайлов2024 ✔️ Аралаш сайлов тизимининг ўзига хос хусусиятлари

1. ARALASH SAYLOV TIZIMI (UZB).mp4

790
5
АНЖИР КАЙФИЯТНИ КЎТАРАДИ * Ҳар куни анжир истеъмол қилиш организмнинг кальцийга бўлган эҳтиёжини қондиради. * Анжир таркибидаги калий унсури артериал қон босими бир меъёрда бўлишига хизмат қилади ва юқори қон босимида яхши фойда беради. * Анжир қон томирларини кенгайтиради, шу боисдан ҳам уни веналарнинг варикоз касаллигида ҳам истеъмол қилиш фойдали. * Мева таркибидаги фицин моддаси қоннинг қуюқлашишини бартараф этади, томирлардаги тромблар сўрилади. * У истеъмол қилаётган шакарингиз ёғга айланишининг олдини олади. Демак, уни ортиқча вазндан азият чекаётган кишилар ҳам ҳеч иккиланмай ейишлари мумкин. * Таркибидаги магний унсури сабабли анжир кайфиятни кўтаради, асабни тинчлантиради. * Болаларга анжирни пўстлоғи билан эзиб, бўтқа ҳолида берсангиз, иштаҳаси очилишига ёрдам беради, ҳазм аъзолари фаолиятини яхшилайди.
Ko'proq ko'rsatish ...
700
4
МАРҒИЛОНДА “АТЛАС БАЙРАМИ” Шу кунларда кўҳна ва ҳамиша навқирон Марғилон шаҳрида “Атлас байрами” олтинчи халқаро анъанавий тўқимачилик фестивали бўлиб ўтмоқда. Унда дунёнинг 30 дан ортиқ мамлакатидан 60 нафардан зиёд моҳир ҳунарманд ва экспертлар иштирок этишяпти. Шунингдек, республикамизнинг барча вилоятларидан қўли гул ҳунурмандлар ўз кўргазмалари билан фаол қатнашмоқда. Уч кун давом этадиган фестиваль давомида турли семинар-тренинглар ҳамда конференциялар ўтказилиши ҳам режалаштирилган. Масалан, "Замонавий дунёда бадиий тўқимачилик ривожининг экологик тамойиллари" мавзусида халқаро илмий-амалий конференция жуда юқори савияда ташкил этилди. Айни пайтда Марғилон шаҳри марказидаги Эркин Воҳидов номидаги истироҳат боғида миллий матолар кўргазмаси ва халқ сайли бўлиб ўтмоқда. Абдувосит СИДИҚОВ, ўз мухбиримиз. Фарғона вилояти. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
587
2
NO COMMENT... Xonqa tumanida "Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan keng qamrovli profilaktik tadbirlarga kirishildi. @postdarasmiy

xonqa no commet tg 19.09.2024.mp4

646
0
#Jumboq Savol: U ilk bor XV asr oxirlarida Peruga olib kelingan va inklar unga “Illapa”, ya’ni chaqmoq, momoqaldiroq, deb nom berishgan. Gap nima haqida borayapti. Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
719
2
Самарадорлик ортиши учун Жиззах шаҳрида 3-сектор раҳбарлари ва котиблари иштирокида ўқув семинари ташкил қилинди. Тадбирда секторлар фаолиятини баҳолаш тартибига киритилган ўзгариш ва қўшимчалар, маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик, фуқароларнинг муаммоларини ҳал этиш тизимларини кучайтириш масалаларига тўхталиб ўтилди. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
695
1
OGOHLIK – DAVR TALABI Fuqarolar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhit yaratish, diniy va dunyoviy ilmlarning o‘zaro bog‘liqligi, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida viloyat IIB TQX TQKB xodimlari o‘quv-seminarlar o‘tkazib kelmoqda. Yaqinda viloyat Soliq boshqarmasi xodimlari bilan ana shunday o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir goirasida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, vaqtdan unumli foydalanish, taʼlim fanlarini chuqur o‘zlashtirish, axborotlashib borayotgan zamonda loqaydlik va beparvolikka berilmaslik masalalarida suhbat o‘tkazildi. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
722
2
Вояга етмаганлар ҳузурида ИИВ Жамоат хизмати департаменти Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизмати бошлиғи, подполковник Х.Қодиров Сурхондарё вилояти ИИБ ЖХХ ҲПБ Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш маркази фаолияти билан танишди. Жараёнда марказдаги вояга етмаганларнинг келиб тушиш сабаблари, оилавий аҳволи ва таълим-тарбияси юзасидан улар билан яқиндан суҳбат олиб борилди. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
700
0
МАҲОРАТ ДАРСИ ИИВ Малака ошириш институти тингловчилари билан “Маҳалла еттилигининг вазифалари, ваколатлари ҳамда ҳудудларда ишларнинг тўғри ташкил этилиши” мавзусида маҳорат дарси ташкил этилди. Унда иштирок этган Халқ депутатлари Тошкент шаҳар кенгаши депутати, Мирзо Улуғбек тумани “Катта қорасув” МФЙ раиси Наима Жабборова ҳамда институтнинг махсус касбий фанлар кафедраси катта ўқитувчиси, подполковник Зуҳра Алиевалар аҳолини ёшлар, аёллар ва темир дафтарга киритиш тартиби, бандлик, тадбиркорлик ва касаначилик жамғармаларидан ушбу фуқароларга бериладиган маблағлар ҳамда субсидия ва кредит ажратиш каби 70 дан ортиқ масалалар маҳалланинг ўзида ҳал қилиниши ва бу борада амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар юзасидан батафсил маълумот беришди. Ўз мухбиримиз.
Ko'proq ko'rsatish ...
947
7
Bu – fakt Musiqa asboblarini chalish miya plastisiyasini rivojlantirishga yordam beradi va xotirani yaxshilaydi.
766
3
БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ Кофеин аслида энергия бермайди. Бу шунчаки миянгиздаги аденозин, яъни чарчаганингизда буни сизга хабар берадиган рецепторларни вақтинчалик блоклайди холос... *** Тошбақаларнинг танаси ва ички органлари қаримайди. Шунинг учун тошбақалар камдан-кам ҳолларда қариликдан ўлади. Улар асосан узоқ умри давомида орттириб олган жароҳатлар, касалликлар ва йиртқичлар ҳужумидан нобуд бўлади. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
848
2
Otaliqqa olingan maktablarda IIVning tegishli buyrug‘iga asosan, Namangan viloyatidagi 14 ta umumta'lim maktabi hududiy ichki ishlar bo‘linmalariga biriktirilib, ularga metodik yordam ko‘rsatish IIV Namangan akademik litseyi jamoasiga yuklatilgan. Litsey direktori podpolkovnik Ilxomjon Burxonov tuman va shahar ichki ishlar bo‘linmalari masʼullari bilan hamkorlikda otaliqqa olingan maktablarni o‘rgandi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, maktablarning manzillari, masʼullarning ro‘yxatlari va o‘quvchilarning maʼlumotlarini aks etiruvchi “maktab pasportlari” shakllantirildi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati.
Ko'proq ko'rsatish ...
669
2
PROFILAKTIK TARG‘IBOT Romitan tumani IIB xodimlari, mahalla yettiligi, jamoatchilik va nuroniylardan tarkib topgan yig‘ma otryadlar mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda. Shuningdek, uzoq muddatga ketgan va kelgan fuqarolar, nizoli oilalar, muqaddam sudlangan, Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Tungi vaqtlarda jamoat joylari, ko‘ngilochar maskanlarda bemaqsad yurgan shaxslar bilan ham profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Profilaktik targ‘ibot ishlari davomida bitta noqonuniy qurol saqlash holati aniqlandi. Yana sud tomonidan jamoat tartibini buzib, huquqbuzarliklar sodir etgan 9 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. J.RASULOV, kapitan. Buxoro viloyati.
Ko'proq ko'rsatish ...
641
0
Ўзбекистон Республикаси ИИВ ЖИЭД тўртинчи минтақавий ҳудуд 35-сон манзил колонияси шахсий таркиби билан ҳамкорликдаги ташкилотлар Қашқадарё вилояти ИИВ, ТВБСО, Қашкадарё вилояти МГ бошқармаси, Қашкадарё вилояти ФВБ, тиббиёт бўлими ва 7533-ҳарбий кисм билан биргаликда "Колония ҳудудида фавқулодда вазиятлар содир бўлганда бартараф этиш чоралари" мавзусида қўмондонлик-штаб ўқув машғулоти ўтказилди. Машғулот давомида мавжуд махсус тезкор режаларга аниқликлар киритилиб, шахсий таркибга фавқулодда вазиятларда тўғри қарор қабул қилишлари тушунтирилди. Дониёр Файзуллаев, капитан.
Ko'proq ko'rsatish ...
693
3
Topqirligingizni sinab ko‘ring BLIS SAVOL Bugungi savolimizga Navro‘z Suvonov birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Hilola, Abdulla Norov, Muhammad Yahyo, Inomjon, Anvar Yo‘ldoshev, Javlon Sayfiyevlar ham javobni to‘g‘ri topgan. Javob: kuyov 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
665
1
СОЗИДАТЕЛИ БУДУЩЕГО Урок духовности и просвещения 1 октября в нашей стране отмечается всенародный праздник – День учителей и наставников. Это свидетельство признания труда людей, беззаветно служащих делу просветительства. Учитель, наставник – не просто профессия, это призвание. Они приобщают учеников к процессу познания, закладывают фундамент будущего страны. Говоря о значении труда учителей и наставников, Президент Шавкат Мирзиёев подчеркнул: «С повышением роли и влияния учителя в жизни общества, естественно, растет значимость образования и воспитания, науки и культуры. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
756
3
KELAJAK YARATUVCHILARI Ma’naviyat va ma’rifat darsi (1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni) Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilayotgan e’tiborga bog‘liq. Bu haqiqatning isbotini taraqqiy topgan jamiyatlar bosib o‘tgan yo‘llar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ularning barchasi ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishni eng ustuvor va muhim vazifa, bilimli, iqtidorli yoshlarni oltin xazina deb bilgan. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
720
1
BOLALIKDAN BOSHLANADI Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan 561-sonli мaktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar ishtirokida, "Yo'l harakati intizomi –bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ'ibot ishlari amalga oshirildi. O'z muxbirimiz, Toshkent shahri.
723
2
БАРҚАРОР ТУРМУШ ОЙЛИГИ Бухоро шаҳрида “Барқарор турмуш ойлиги” доирасида ҳудудни хотин-қизлар ўртасида жиноятчиликдан холи масканга айлантириш мақсадида кенг кўламли профилактик тадбирлар олиб борилмоқда. Тадбирларда шаҳар ИИОФМБ масъуллари оила турмуш муносабатлари, шунингдек, жиноят ва ҳуқуқбузарликлар, зўравонлик ҳолатларининг олдини олиш ҳамда хотин-қизларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш борасида ўз фикр-мулоҳазаларини билдиришмоқда. Бундай тадбирлар шаҳар ва туманларда давом этмоқда. Ўз мухбиримиз. Бухоро вилояти.
Ko'proq ko'rsatish ...
792
2
Topqirligingizni sinab ko‘ring BLIS SAVOL Erkakmi, ayolmi, baribir jigar, Xolam ovsin bo‘ldi o‘z opasiga. Unda xolam eri kim bo‘lib chiqar Mening otamning qaynotasiga. Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
746
1
JAZODAN QUTULIB QOLMOQCHI EDI Urganch shahrida yashovchi R.I. O'zbеkiston Rеspublikasi Jinoyat kodеksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tеrgov organlaridan yashirinishni ma'qul ko'rdi. Jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida unga nisbatan Urganch shahar IIOFMB tomonidan qidiruv e'lon qilindi. Shahar IIOFMB TQX jinoyat qidiruv bo'limi katta tеzkor vakili, podpolkovnik R.Sapaеv hamda viloyat IIB JXX JTSB Maxsus qabulxona boshlig'i, podpolkovnik M.Jumaniyozovlar tomonidan o'tkazilgan tеzkor tadbir davomida bеlgilangan qonun talablariga zid ravishda yashirinishga uringan R.I. Urganch shahar hududida qo'lga olindi. O'z muxbirimiz. Xorazm viloyati. @postdarasmiy
Ko'proq ko'rsatish ...
787
0
ARSEN — ENG YАQIN KOʻMAKCHI Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi tomonidan Boyovut tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida koʻrgazmali tadbir uyushtirildi. Bolajonlar odamzotning eng yaqin doʻsti boʻlgan itlarning iztoparlik xususiyatlari, qutqarish qobiliyati bilan tanishdi. Kinologlar jinoyatchilikka qarshi kurashda ushbu aqlli koʻmakchilar qanday jasorat koʻrsatayotgani yuzasidan oʻquvchilarga ma'lumot berishdi. Oʻz muxbirimiz, Sirdaryo viloyati. @postdarasmiy
744
3
HAR BIR ISHGA MAS’ULIYAT BILAN Piskent tumani IIB Tashkiliy bo'linmasi boshlig'i, kapitan Ilyos Omonov o'z kasbiga sadoqatli, mas'uliyatli rahbar xodimlardan biri. U qo'l ostidagi xodimlarga talabchan bo'lib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bekamu ko'st bajarilishini ta'minlab kelayotir. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
849
3
MARK TVEN ADASHMAGAN 1835-yilda yozuvchi Mark Tven tug‘ilishidan ikki hafta oldin Yer ustidan Galley kometasi uchib o‘tdi. 1909-yilda bu haqda yozuvchi «Men bu dunyoga kometa bilan birga keldim, u bilan birga ketaman», degan edi. Shunday ham bo‘ldi. Mark Tven 1910-yilning 21-aprelida, navbatdagi kometa uchib kelgan kunning ertasi kuni vafot etdi. @postdarasmiy
847
1
Ибрат Оловнинг ўртасида ёнаётган илонни кўрган одам уни оловдан қутқаришга уринди. Илон эса уни қутқармоқчи бўлган одамни чақиб олгач, киши оғриқ азобига дош беролмай уни ташлаб юборди. Бироқ яна минг уринишлар билан қўлига бир темирни олиб, илонни ўтдан қутқарди. Воқеага гувоҳ бўлган бир киши: - Илон сени чақди, сен уни нега қутқардинг? - деб сўради. - Чақиш унинг табиатида бор ва бу менинг табиатимни ўзгартиролмайди. Кимнингдир сизга зарар бергани сизни ўзгартиришига ва инсонийлигингизни йўқотишингизга сабаб бўлмасин. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
902
3
Kasb - hunarga yo‘naltirildi Shahrixon, Buloqboshi hamda Izboskan tumani IIBda xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolariga tuman hokimligi vakillari va boshqa masʼullar bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida bir qator tavsiyalar berdi. Shuningdek, masʼul xodimalar tomonidan xar bir yo‘nalish tushuntirilib, monomarkaz haqida videorolik namoyish etildi. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
828
3
ТАКЛИФЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ ИИВ Жамоат хавфсизлиги департаменти Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати бошлиғи Ш.Ибрагимов ҳамда Транспорт вазирлиги, Автомобиль йўллари қўмитаси масъуллари ва малакали мутахассислардан иборат ишчи гуруҳ томонидан пойтахтимиздаги муаммоли чорраҳаларда ўрганиш ишлари давом этмоқда. Бугунги кунда ўтказилган ўрганиш ишлари давомида бир қатор муаммоли чорраҳаларни реконструкция қилиш лойиҳаси ва тирбанликларнинг олдини олиш бўйича таклифлар муҳокама қилинди. Йўл ҳаракати хавфсизлигини яхшилаш, транспорт оқимини оптималлаштириш мақсадида бир қатор чора-тадбирлар ишлаб чиқилмоқда. @postdarasmiy
Ko'proq ko'rsatish ...
645
2

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Anonim ovoz berish
721
1
705
1

[object Object]

[object Object]
[object Object]
[object Object]
0
Anonim ovoz berish
776
1
#Jumboq Bordir uning yoshi ulug‘i, Hatto bordur sovuq, ilig‘i. Bordur uning go‘zal, xunugi, Bordir hatto yumshoq, qattig‘i. Savol: Maqsud Shayxzodaning bu she'rida nima ta'riflangan? Ushbu savolga Jumayeva Nargiza, Abu Muhammad Yahyo, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz toʻgʻri javob yoʻllashdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz. Javob: She'rda inson ovozi ta'riflangan. 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
786
3
Унутилмас саёҳат Шеробод тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Н.Нарзуллаевнинг ташаббуси билан уюшмаган ёшлар ҳамда 9-11 синф мактаб ўқувчилари учун саёҳат уюштирилди. Саёҳат давомида ёшлар Ал-Ҳаким ат-Термизий мақбарасини зиёрат қилишди. Шунингдек, Термиз археология музейидаги қадимий экспонатлар, воҳа тарихига оид қизиқарли маълумотлар уларда унутилмас таассурот қолдирди. Феруза РАҲМОНҚУЛОВА, ўз мухбиримиз. Сурхондарё вилояти. 👉
746
0

Buxoro_shahrida_o’tkazilayotgan_“Fifa_futzal_world_cup_2024”_o’yinlari.mp4

731
0
70 yosh muborak! Uzoq yillar jinoyat qidiruv sohasida ishlagan, so‘ng Namangan shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan isteʼfodagi podpolkovnik Karomat Isakov o‘zining tabarruk 70 yoshini qarshi oldi. Ana shu munosabat bilan Namangan shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Umarjon Abduvaliyev yubiley yoshini nishonlayotgan faxriy xonadonida bo‘lib, boshqarma rahbariyatining tabriknomasini topshirdi va yubilyarga esdalik sovg‘alari berildi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
712
1
Qiziqarli faktlar 🐶 Hayvonlar bilan muloqot qilish insonga ko'p foyda keltirib, sog'liqni yaxshilashga, kayfiyatni ko'tarishga tinchlantirishga sabab bo'ladi. Biz kuchuk yoki mushukni silaganimizdan so'ng, tanamizda serotonin gormoni miqdori oshishi isbotlangan. 🥀Juda ham noyob bo'lgan Qora atirgul turi faqatgina Turkiyaning Halfeti qishlog'ida, tabiiy sharoitda o'sadi. 🐬Delfinlar bir ko'zlarini ochib uxlay oladilar. Ikkinchisi esa bu payt atrofdagi o'zgarishlarni kuzatib borish uchun ochiq bo'ladi. 🏠Ish paytidi 97% odam imkon qadar tezroq uyga ketish haqida oʻylaydi. 🍲Hayotimiz davomida biz taxminan 27 tonna ovqat iste'mol qilamiz, bu etti filning vazniga teng. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
743
1
#Jumboq Bordir uning yoshi ulug‘i, Hatto bordur sovuq, ilig‘i. Bordur uning go‘zal, xunugi, Bordir hatto yumshoq, qattig‘i. Savol: Maqsud Shayxzodaning bu she'rida nima ta'riflangan? Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: 👉 telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
738
0
MOBIL TARG‘IBOT GURUHI SHOFIRKONDA “Muqaddasan ayol” shiori ostidagi mobil targ‘ibot guruhi Shofirkon tumanida bo‘ldi. Tadbir doirasida yosh oilalar uchun Xoja Orif Mohitobon ziyoratgohida odob-axloq, kiyinish madaniyati, ovqatlanish odobi va jamiyatda xulq-atvor qoidalari borasida uchrashuv o‘tkazildi. Eʼtiborli jihati shundaki, tadbir faqat maʼruza shaklida emas, balki interaktiv usulda olib borilib, yoshlar bilan jonli muloqot orqali qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuv yakunida 13 ta yosh oilaga maxsus sertifikatlar topshirildi. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
725
3
Муҳаббат қиссаси томошасида ХХ аср жаҳон адабиётида муҳаббат ҳақидаги энг гўзал асар сифатида баҳоланган Чингиз Айтматовнинг «Жамила» қиссаси Сурхондарё вилояти мусиқали драма театри саҳнасида намойиш этилди. Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат академик мусиқали театри жамоаси томонидан саҳналаштирилган спектакль намойишидан вилоят ички ишлар органлари ходимлари, уларнинг оила аъзолари баҳраманд бўлишди. Фронт ортидаги инсонлар ҳаёти гўзал акс эттирилган ва томошабинни самимий туйғуларни қадрлашга ўргатадиган спектакль барчага манзур бўлди. Феруза РАҲМОНҚУЛОВА, ўз мухбиримиз. Сурхондарё вилояти. 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
699
1
Sayoq yurgan “shovvoz”lar Sayoq yursang, tayoq yeysan degan gap bejiz aytilmagan. Davronbek (ismlar oʻzgartirildi) Chilonzor metro bekati yaqinida tuni bilan sangʻib yuradigan odat chiqargan edi. Kunlarning birida u bir-ikki chogʻli oʻziga oʻxshagan yigitlar bilan oʻzaro tortishib qoladi. Shunda Nodir va Rashid ismli yigitlar uning tarafini oladi. Shu-shu ular doʻstlashib qolishadi. Shundan soʻng ular bilan har kuni koʻrishib, gaplashib yurishar edi. Lekin bu ulfatchilik oxiri voy boʻldi. 👉 телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ko'proq ko'rsatish ...
813
2
KINOLOGLAR O'QUVCHILAR HUZURIDA Xorazm viloyatidagi Data xalqaro maktabida viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya bo'linmasi xodimlari tomonidan navbatdagi tadbir o'tkazildi. Mazkur tadbirda bo'linma kinologlari tomonidan o'quvchilarga xizmat itlarini tarbiyalash, davolash, oziqlantirish hamda ular bilan mashg'ulotlar olib borish bo'yicha tushuntirishlar bеrildi. Shuningdеk, xizmat itlari yordamida iz qidiruv, portlovchi moddalarni izlab topish, qo'riqlash yo'nalishlari bo'yicha mashg'ulotlar namoyish etildi. Mashg'ulotlarda sohaga qiziqqan o'quvchilar ham ishtirok etib, qobiliyatlarini sinovdan o'tkazishdi. O'z muxbirimiz, Xorazm viloyati. @postdarasmiy
Ko'proq ko'rsatish ...
864
0
Bu qiziq Kosmonavtlarning oyda qoldirgan izlari u yerda abadiy qolishi mumkin. Chunki ularni yo'q qilish uchun Oyda shamol yoki yomg'ir yo'q.
862
0
Маҳорат дарси ўтилди Жиззах вилояти ички ишлар бошқармасида ИИВ академияси курсантлари учун онлайн тарзда маҳорат дарси ўтилди. Мазкур жараёнда маҳалла еттилигининг алоҳида тоифадаги шахслар билан ишлаш тартиблари, диний эктремизм ва террорчилик жиноятларини фош этишда бошқа идоралар билан ҳамкорлик қилиш, гумон қилинувчи шахсларни ушлаб туриш тартибларига оид маърузалар тингланди. Дарс вилоят ИИБ бошлиғининг ўринбосари, подполковник Азизбек Ҳабибуллаев раҳбарлигида ташкил қилинди. Ўз мухбиримиз. Жиззах вилояти.
Ko'proq ko'rsatish ...
869
0
СЕКТОР РАҲБАРИ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ Касби тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Отабек Раҳимов 3-сектор ҳудудидаги “Назартепа” маҳалла фуқаролар йиғинида сайёр қабул ҳамда ёшлар билан учрашув ўтказди. Тадбирда аҳоли фаравонлигини ошириш, шунингдек, ёшлар муаммоларини ҳал этиш, бу борада маҳаллалардаги ҳоким ёрдамчилари ва ёшлар еткакчилари фаолиятини янада жадаллаштириш ҳақида сўз борди. Бундан ташқари, ёшларнинг турли мазмундаги мурожаатлари қабул тингланиб, аксарияти жойида қаноатлантирилган бўлса, қолганлари юзасидан мутасаддилар бириктирилиб, ижроси назоратга олинди. Ўз мухбиримиз. Қашқадарё вилояти.
Ko'proq ko'rsatish ...
823
2
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio