⚡️Usik Fyurini mag‘lub etib, prof boksning og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi
Prof boksning og‘ir vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun Oleksandr Usik (22-0, 14 KO) va Tayson Fyuri (33-1-1, 24 KO) Ar-Riyodda ringga ko‘tarildi.
Jangning dastlabki 3 raundida Usik faolroq va aniqroq harakat qildi. Keyingi 3 raundni esa Fyuri oldi. 7-raunddan boshlab, Usikning zarbalari dahshatli ko‘rinish ola boshladi.
9-raundda Usikning ketma-ket zarbalari Fyurini muvozanatdan chiqardi. Nokadun qayd etildi. Bong esa Fyurini nokautdan qutqarib qoldi.
Shunga qaramay Fyuri nokdaundan keyin o‘ziga kela oldi.
Yakunda hakamlarning bo‘lingan qarori (115-112, 113-114, 114-113) bilan Usik jangni yutdi va prof boksning og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylandi.
https://t.me/+GGj9VsFnlrBlNmEyKo'proq ko'rsatish ...