ESHIKNING ZULFI...
Lag'monni ingliz tilida "Noodles" [ nudls ] deyiladi.
Bu taom ko'p millatlarning milliy taomi hisoblanadi. Bejizga bo'lmasa kerak.
Lag'monning hazmi og'ir bo'lsa-da, yoshu-qari lag'mon luqmasini oson yutadi va maroq bilan iste'mol qiladi. 🍜
Arablarning dono maslahatlari nomli bir kitobda shunday voqea tasvirlangan. Alloh taolo Ibrohim alayhissalom payg'ambarimiz o'zlari so'ramaganlaricha va o'lishni xohlamaganlaricha, ularning jonini olmaslikni aytadi. Ibrohim alayhissalomning umrlari tugashiga yaqin qolganida, Alloh ta'olo uni O'ziga qaytarib olishni istab, hech narsaga madori yo'q qariya shaklidagi farishtani yuboradi.
Qariya Ibrohim alayhissalomning eshigining oldiga kelib to'xtaydi. Eshikning zulfini qoqadi, unga javob bergan Ibrohim alayhissalomga "Ey, Ibrohim menga taom ber," deydi. Uni ko'rgan Ibrohim alayhissalom, qariyaning kuch topib bunday gap aytganiniga hayron bo'ladi.
Ibrohim alayhissalom o'tgan-ketganlarning taomlanishi uchun doim uyida ovqat saqlar edi. U qariyaga kosada go'sht va sho'rvadan iborat ovqat va non beradi. Qariya undan huzurlanishga o'tiradi. Qariya tezda taomlanishni boshlaydi va qo'liga taomni yana olishni boshlashi bilan qo'li qaltirab ovqat tushib ketadi. "Ibrohim, meni ovqatlanishimga yordam berib yubor", deb iltimos qiladi. Ibrohim alayhissalom taomni olib qariyaning og'izlariga olib borganiga, taom og'ziga kirmasidan yana oqib, ko'kraklariga tushib ketadi. "Ey, qariya mehmon, yoshing nechida sening", deb undan yoshini so'raydi. Qariya Ibrohim alayhissalomning yoshidan biroz kattaroq yoshni aytadi. Shunda Ibrohim alayhissalom Allohga yolvorib, "Ey Rabbim, shu kishining xoliga tushib qolishimdan va shu yoshga kirishimdan oldin O'zingga qaytarib ol meni", deb nola qiladi.
Shu so'zlarni aytganidan keyin Alloh uning jonini tez orada oladi.
Ixtiyor - Avstraliya 🇦🇺🦘🇺🇿
💠
عرض المزيد ...