هذه الخدمة مُتوفّرة أيضًا بلغتك. لتغيير اللغة، اضغطEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
الفئة
لغة وموقع القناة

audience statistics GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

 GrantGO.uz  saytining telegram kanali Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar. YouTube: youtube.com/ @grantgouz  Reklama:  @grantgo_reklama  Kurslar:  @grantgo_mentorlik  Tadbirlar:  @eventgouz  
عرض المزيد
39 029+8
~7 198
~6
25.96%
تقييم تيليجرام العام
عالميًا
31 644المكان
من 78 777
988المكان
من 2 295
في الفئة
1 259المكان
من 2 347

جنس المشتركين

تعرف على عدد كل من المُشتركين الذّكور والإناث على القناة.
?%
?%

لغة الجمهور

معرفة توزيع المشتركين في القناة حسب اللغة
الروسية?%الإنجليزية?%العربيّة?%
نمو القناة
رسم توضيحيجدول
ي
أ
ش
س
help

جار تحميل البيانات

فترة تواجد المستخدم على القناة

اعرف كم من الوقت قضى المُشتركون على القناة.
حتى أسبوع?%المؤقتات القديمة?%حتى شهر?%
الزيادة في المُشتركين
رسم توضيحيجدول
ي
أ
ش
س
help

جار تحميل البيانات

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Muhlati yaqin qolgan dasturlar Ertaga: 1. Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi! 👉 5 kun qoldi: 1. Madaniy diplomatiya boʻyicha Qatarda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum 👉 | |
1 563
4
Chevening granti — magistratura bosqichini Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati Talablar — Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lish va ingliz tilini yuqori darajada bilish; — Kamida 2800 soatli ish tajribasiga ega bo'lish (o'qish davomidagi to'liq, yarim shtatli ishlar, volontyorlik soatlari ham kiradi); — Dastur tugaganidan keyin o'z vataniga qaytish; Foydali tomonlari — Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida o'qish uchun kontrakt puli qoplab beriladi; — Yashash xarajatlari to'la qoplab beriladi (oylik stipendiya); — Safar xarajatlari to'lab beriladi hamda viza masalalarida alohida yordam beriladi. Oxirgi muddat 06.11.2024 04:59 Batafsil | |
عرض المزيد ...
4 223
81
O'zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan ayol-qizlar uchun haq to'lanadigan amaliyot dasturlari Talablar — O'zbekistonning istalgan hududida yashaydigan 28 yoshgacha bo'lgan ayol-qizlar qatnashishi mumkin; — Ishtirokchilar IT sohasi bo'yicha o'qiyotgan talaba yoki o'qishni tamomlagan va o'z faoliyatini endigina boshlagan yosh mutaxassis bo'lishi kerak. Foydali tomonlari — Dasturda bepul qatnashish mumkin; — Toshkentda yashash va ishlash xarajatlarini qoplaydigan stipendiya bilan ta’minlanadi; — Dastur yakunida sertifikat beriladi; Oxirgi muddat 10.10.2024 23:59 Batafsil | |
عرض المزيد ...
4 947
70
Barcha bosqichi talabalari hamda bitiruvchilar uchun haq to'lanadigan UNICEF amaliyot dasturi Talablar — Dasturda bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida o'qiyotgan yoki uni tamomlaganiga 2 yildan oshmagan xalqaro talaba va bitiruvchilar qatnashishi mumkin; — Nomzodlar kamida 18 yosh bo'lishi lozim; — Ingliz, fransuz, ispan tillaridan kamida bittasini bilish kerak. Foydali tomonlari — Xalqaro tashkilotda 6 haftadan 26 haftagacha bevosita amaliy ish tajribasiga ega bo'lish; — Oylik stipendiya beriladi; — Sayohat va viza xarajatlari uchun hissa sifatida bir martalik to'lov berilishi mumkin. Oxirgi muddat Doimiy Batafsil | |
عرض المزيد ...
5 199
153
Muhlati yaqin qolgan dasturlar 3 kun qoldi: 1. “Ipak Yo'li” banki tomonidan magistratura bosqichida tahsil olish uchun maxsus grant va o'qish davomida ish-faoliyati olib borish imkoniyati 👉 2. 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Abu-Dabi shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan global forum — IRENA Youth Forum 2025 👉 5 kun qoldi: 1. FLEX (Kelajak Liderlari Almashinuv Dasturi) - maktab yuqori sinf yoki kollej o'quvchilari uchun AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 1 yil davomida o'qish imkoni 👉 10 kun qoldi: 1. 16-50 yosh oraligʻidagi barcha uchun Portugaliyada to’liq va qisman moliyalashtiriladigan forum — World Youth Forum 2024 👉 2. Dunyoning Top 100 talik universitetlari qatoriga kiruvchi Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi 👉 3. Saudia Arabistonining Qirol Abdulloh nomidagi fan va texnologiya universitetida magistratura va PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriladigan KAUST Fellowship grant dasturi 👉 4. Yoshidan qatʼi nazar barcha qiziquvchilar uchun istalgan janr va uslubdagi sheʼriyat tanlovi — Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest. Mukofot jamgʻarmasi: $10,000! 👉 5. Amerikada toʻliq moliyalashtirilgan holda 9 oygacha yashab, tadqiqot qilish imkonini beruvchi Getty Scholar grant dasturi 👉 6. Magistratura va doktorantura bosqichini Germaniyada oʻqish uchun Rosa-Luxemburg-Stiftung stipendiya dasturi 👉 7. AQShdagi Jahon bankida ish haqi toʻlanadigan stajirovka — Young Professional Program dasturi 👉 | |
عرض المزيد ...
5 446
51
Ayol-qizlar uchun Avstriyaning Vena texnologiya universiteti magistratura bosqichi uchun to'liq qoplanuvchi grant dasturi Talablar — Bakalavr bosqichini Computer science yoki matematika/texnologiya sohasi bo'yicha yakunlagan ayol va qizlar bo'lishi; — Kuchli matematik va texnik salohiyat; — Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL sertifikati). Foydali tomonlari — Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichida o'qish uchun kontrakt to'lovidan ozod qilinadi; — 2 yil davomida yiliga €7,000 stipendiya bilan ta'minlanadi. Oxirgi muddat 30.11.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
6 136
34
🇨🇭Shveysariya universitetlariga bahorgi semestr uchun qabullar boshlandi! ✅ Shveysariyada o‘qish afzalliklari: - dunyodagi yuqori reytingli oliygohlar; - davlat universitetlarida ta'lim to‘lovi kamligi (yillik o‘rtacha $2000); - "fully-funded" stipendiya olish imkoniyati. ❗️ Talablar: - minimum IELTS 5.5; - yuqori ko‘rsatkichli maktab baholari; - hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida topshirish. 👉 📲 Savollar uchun: 📱 📱 📍
عرض المزيد ...
image
6 207
126
Tumar Venture Fund loyihasidan qiymati 500 ming AQSH dollarigacha bo'lgan startaplar tanlovi Talablar — Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin. Startap yo'nalishlari: — FinTech; — E-commerce; — EdTech; — HealthTech; — AgriTech; — LogiTech. Foydali tomonlari — Tanlov g'olibi bo'lgan startap/kompaniyalarga 50-500 ming AQSH dollarigacha bo'lgan miqdorda investitsiya kiritiladi. Oxirgi muddat Doimiy Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 172
95
Professional yosh xodimlar uchun Germaniyada 3 oylik amaliyot — CrossCulture Fellowship Programme. Barcha xarajatlar qoplanadi! Talablar — Dasturda 23 yoshdan katta bo'lgan fuqarolar ishtirok eta oladi (o'zbekistonliklar topshira oladi). 2 yillik ish tajribasi va chetda yashay olish uchun sog'lom bo'lishi kerak. Foydali tomonlari — Germaniyaga borish-kelish safar xarajatlari moliyalashtiriladi; — Oylik 650 yevro stipendiya bilan ta'minlanadi; — Bepul turar joy + ichki transportdan foydalanish uchun maxsus biletga ega bo'ladi va b. Oxirgi muddat 01.12.2024 Batafsil Eslatma: dasturga ariza topshirish oktyabr oyi o’rtalarida boshlanadi! | |
عرض المزيد ...
6 059
114
Magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda Xitoyda o'qish imkonini beruvchi Yenching Academy Scholarship dasturi Talablar — Bakalavr diplomiga ega bo'lishi yoki yoki 2025-yil 31-avgustga qadar diplomini qo'lga kiritadigan bo'lishi kerak; — Yuqori akademik natijalarni qayd etgan bo'lishi lozim; — Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjati bo'lishi shart va b. Foydali tomonlari — To'liq grant asosida bepul o'qish imkoniyati; — Bepul yotoqxona; — Oylik stipendiya; — Xitoyga borish va kelish safar xarajatlari qoplanadi. Oxirgi muddat 01.12.2024 21:00 Batafsil | |
عرض المزيد ...
6 017
89
Muhlati yaqin qolgan dasturlar Ertaga: 1. AQSh elchixonasidan universitet oʻqituvchilari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 oylik almashinuv dasturi — Faculty Enrichment Program 👉 3 kun qoldi: 1. Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi! 👉 10 kun qoldi: 1. Tailandda magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi CGI Scholarships granti 👉 2. 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro sammit — Istanbul Youth Summit 👉 3. Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi 👉 | |
عرض المزيد ...
6 255
68
Xalqaro dasturlar bo'yicha maxsus Vebinar🤩🔥 ⌛️Qachon: 21-22 sentabr , 2024 ⏰Soat: 21:00 Ikkita xalqaro dastur😎: 📍To’liq ushbu dasturlar haqida, va ularga hujjat topshirish bo’yicha gaplashamiz,o’rganasiz. Vebinarda ishtirok etganlarga esa maxsus sovg’a bor🎁. 🔥Eng qizig'i - vebinarda ishtirok etish mutlaqo BEPUL. 🔗Vebinarda ishtirok etish uchun maxsus yopiq telegram kanalga ulaning 👇 https://t.me/+Hd1QvzbWokJhMWRi https://t.me/+Hd1QvzbWokJhMWRi https://t.me/+Hd1QvzbWokJhMWRi
عرض المزيد ...
6 900
66
Yosh yetakchilar uchun Marokashda to'liq va qisman moliyalashtiriladigan 3 kunlik sammit — Global Change Summit 2024 Talablar — Dasturda dini, irqi, millati va fuqaroligidan qat'i nazar barcha yuqori sinf, kollej va litsey o'quvchilari, talabalar, yosh mutaxassislar va yetakchilar ishtirok etishi mumkin; — Nomzodlarning yoshi va til talablari bo'yicha aniq talablar qo'yilmagan va b. Foydali tomonlari — To'liq moliyalashtiriladigan (Fully Funded) grant turida Marokashga borish-kelish, turarjoy, oziq-ovqat, viza va boshqa xarajatlar to'liq qoplanadi; — Shuningdek, dasturda qisman moliyalashtiriladigan va o'z hisobidan qatnashish imkoniyati mavjud. — Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Oxirgi muddat 07.10.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 540
204
Irlandiyada magistratura va PhD bosqichini istalgan yoʻnalish boʻyicha oʻqish imkoniyati — Government of Ireland Postgraduate Scholarship; grant miqdori: €31,000 Talablar — Istalgan yoshdagi barcha ariza berishi mumkin; — Magistratura uchun bakalavrni bitirgan yoki bitirish arafasidagi; doktorantura uchun magistraturani bitirgan yo bitirish arafasidagilar arizasi ko'rib chiqiladi. Foydali tomonlari — o'quv muddati vaqtida yillik - €22,000 miqdoridagi stipendiya beriladi; — tadqiqot uchun - €3,250 yillik alohida stipendiya taqdim etiladi; — qabul qiluvchi o'quv muassasasi, shu jumladan, Yevropa Ittifoqiga tegishli bo'lmagan to'lovlar uchun qo'shimcha - €5,750 gacha mablag' ajratiladi. Oxirgi muddat 10.10.2024 19:00 Batafsil | |
عرض المزيد ...
6 759
169
Qabul ochildi! Talabalar, professor va tadqiqotchilar uchun Slovakiyada oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyati — The National Scholarship Programme of the Slovak Republic (NSP) almashinuv dasturi Talablar Bakalavr (kamida 2.5 yilini tugallagan bo'lish), magistratura, doktoranturada o'qiyotgan bo'lish; — Universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar Slovakiya oliygohlarida dars berish yoki tadqiqot olib borishi mumkin; — Nomzodlar ingliz yoki slovak tilini yaxshi bilishi lozim. Til sertifikati shart emas! Foydali tomonlari — Bakalavr va magistraturaga €620 oylik stipendiya; — PhDga €1025,50; O'qituvchilar va tadqiqotchilarga — €1470 gacha; — Yoʻl xarajatlari uchun moddiy yordam (oʻzbekistonliklar uchun €750); — Tibbiy ko'rik uchun mablag'. Oxirgi muddat 31.10.2024 19:00 Batafsil NSP mentorlik kursi 🎓 NSP mentorlik kursi NSP Hamjamiyati 💬 | |
عرض المزيد ...
8 188
192
Muhlati yaqin qolgan dasturlar Ertaga: 1. Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000! 👉 5 kun qoldi: 1. “Ipak Yo'li” banki tomonidan magistratura bosqichida tahsil olish uchun maxsus grant va o'qish davomida ish-faoliyati olib borish imkoniyati 👉 2. 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Abu-Dabi shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan global forum — IRENA Youth Forum 2025 👉 10 kun qoldi: 1. Germaniyada musiqa yoʻnalishi boʻyicha magistraturada taʼlim olish uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi DAAD stipendiyasi dasturi 👉 | |
عرض المزيد ...
6 900
56
Koreyada bakalavr bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Global Korea Scholarship dasturi Talablar — Nomzodlar va ularning ota-onasi Koreya fuqarosi bo'lmasligi kerak; — Bakalavr bosqichi uchun 25 yoshdan kichik bo'lish kerak (2000-yil 1-martdan keyin tugʻilgan bo'lish); — Baholar ko'rsatkichi 80% dan yuqori bo'lishi va b. Foydali tomonlari — Dastur har bir semestrda kontrakt uchun 5 million KRW ($3,781) miqdorigacha toʻliq toʻlab beradi; — Shuningdek, yashash, tibbiy sugʻurta, til kurslari uchun yiliga 13,600,000 KRW gacha ($10,280) miqdorda mablagʻ ajratiladi; — Aviachipta xarajatlari qoplanadi. Oxirgi muddat 25.10.2024 Batafsil 🤝 Keyingisi Koreyada magistratura yoki PhD grantlari haqida bo’lsin deganlar, izohlarda yozib qoldiramiz. | |
عرض المزيد ...
8 173
254
Bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan ayol-qizlar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan 4 haftalik dastur — SUSI Young Women Leaders Program Talablar — Bakalavriatning 1-,2-,3-kursida o'qiyotgan barcha ayol-qizlar qatnashishi mumkin; — Ingliz tilini yaxshi bilish lozim; — Nomzodlar 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lishi kerak. Foydali tomonlari — Dasturda bepul qatnashish mumkin; — Barcha turdagi sayohat va transport xarajatlari to'liq qoplanadi; — Turarjoy va ovqatlanish bilan ta'minlanadi; — Dastur bilan bogʻliq boshqa xarajatlar ham moliyalashtiriladi (book, cultural and incidental allowances) Oxirgi muddat 20.10.2024 18:00 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 474
246
Bakalavriat va magistratura talabalariga nemis tilini Germaniyada to'liq moliyalashtirilgan holda o'rganish uchun yozgi kurs — DAAD University Summer Courses Talablar — Dasturda istalgan yo'nalish bo'yicha bakalavr va magistratura bosqichi talabalari qatnashishi mumkin; — Nomzod 18 yoshga to'lgan bo'lishi shart. Foydali tomonlari — Dasturda bepul qatnashish mumkin; — Til, mintaqaviy tadqiqotlar va texnik til kurslariga qatnashish to'liq moliyalashtiriladi; — 1,192 yevro miqdoridagi bir martalik stipendiya beriladi; — Safar va sug’urta bilan bog’liq xarajatlar qoplanadi. Oxirgi muddat 02.12.2024 03:59 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 626
268
Hunarmandlar uchun mukofot qiymati €50,000 ni tashkil qiluvchi Loewe Foundation Craft Prize xalqaro tanlovi Talablar — 18 yoshdan yuqori bo'lishi va hunarmandchilik bilan professional tarzda shug'ullangan bo'lishi; — Ishlanma texnik mahoratdan tashqari badiiy maqsadni ifodalay olishi; original, qo'lda/yoki qisman qo'lda yaratilgan bo'lishi; — Zamonaviy an'analarni ifodalay oladigan innovatsion bo'lishi va b. Foydali tomonlari — G'olib deb topilgan ishtirokchi €50.000 naqd pul mukofoti bilan taqdirlanadi — Final bosqichiga tanlab olingan ishlanmalar Parijda bo'lib o'tadigan "LOEWE FOUNDATION Craft Prize 2025" ko'rgazmasida namoyish etiladi. Oxirgi muddat 30.10.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 222
33
Muhlati yaqin qolgan dasturlar Ertaga: 1. 18 yosh va undan yuqori barcha uchun IT sohasini bepul oʻrganish imkonini beruvchi School 21 dasturi 👉 3 kun qoldi: 1. AQSh elchixonasidan universitet oʻqituvchilari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 oylik almashinuv dasturi — Faculty Enrichment Program 👉 5 kun qoldi: 1. Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi! 👉 10 kun qoldi: 1. Yozuvchi va ijodkorlar uchun Nyu-York Xalq Kutubxonasida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi. G'oliblarga $85,000 stipendiya beriladi! 👉 | |
عرض المزيد ...
7 890
54
Osiyo Taraqqiyot Bankida 3 yillik haq to'lanadigan stajirovka — ADB Young Professionals Program (YPP) dasturi Talablar — 2025-yil 1-avgustgacha 32 yoshdan oshmagan (1991-yil 1-avgustdan keyin tug'ilgan) bo'lish lozim; — Asian Development Bank a'zolari ro'yxatida bo'lgan davlat fuqarosi bo'lish kerak (O'zbekiston ro'yxatda mavjud); — Bankdagi faoliyatiga bog'liq yo'nalishda kamida bakalavr bosqichini yuqori akademik baholarga yakunlagan bo'lish zarur va b. Foydali tomonlari — Saralab olingan nomzodlar bilan 3 yillik haq to'lanadigan mehnat shartnomasi tuziladi; — 3 yillik muddat tugagandan keyin ham tashkilotda ishlash imkoniyati; — Nomzodlar uchun ichki va tashqi oʻqitish dasturlari tashkil qilinadi. Oxirgi muddat 04.10.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 645
117
Yaponiya qishki madaniyat oromgohi — 40 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat Talablar — Nomzod 17-40 yosh oralig'ida bo'lishi lozim; — Barcha millat vakillari qatnashishi mumkin; — Nomzodlar ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari kerak. Foydali tomonlari — Xarajatlari toʻliq qoplanadigan (fully funded) grant dasturida safar xarajatlari, turarjoy, aeroportdan kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar, ovqatlanish, ichki transport xarajatlari qoplanadi; — Ketish oldidan 1 haftalik bepul yapon tili kursi; — Osaka va Kioto boʻylab piyoda sayohat; — Qatnashgan barchaga sertifikat beriladi. Oxirgi muddat 31.10.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
8 477
527
Madaniy diplomatiya bo'yicha Qatarda o'tkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum Talablar — Madaniy diplomatiya bo'yicha bilim, tajriba va malakaga ega barcha qatnashishi mumkin; — Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim; — Yetakchilik salohiyati, madaniy diplomatiya va davlat xizmati bo'yicha faoliyat olib borishga tayyorligi inobatga olinadi; Foydali tomonlari — Forum uchun taklifnoma va dastur yakunida sertifikat beriladi; — "Eng yaxshi jamoat diplomati" deb topilgan ishtirokchining qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi; — 3 kecha bepul turar joy va forum tovarlari bilan ta’minlanadi; — 10 haftalik virtual kurs taqdim etiladi — Soha boʻyicha amaliyot oʻtish imkoniyati. Oxirgi muddat 27.09.2024 02:00 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 846
206
Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest Talablar — Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin; — Insholar ingliz tilida yozilgan bo'lishi lozim; — Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 so'zdan) oshmasligi kerak. Foydali tomonlari — Tanlov g'оlibi $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi; — Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi. Oxirgi muddat 31.01.2025 Batafsil | |
عرض المزيد ...
8 226
171
Muhlati yaqin qolgan dasturlar Ertaga: 1. Energetika boʻyicha barcha mutaxassislar uchun Toshkentda oʻtkaziladigan 2 kunlik bepul EETC trening 👉 3 kun qoldi: 1. Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000! 👉 | |
7 488
23
Biz o'zimizdan ko'ra o'quvchilarimiz uchun ko'proq muvaffaqiyat tilaymiz Hozirda qabul davom etayotgan kurslar 🇩🇪 🇸🇰 🇬🇧 Murojaat Sizning xizmatingizdamiz... | |
9 206
41
Barcha 17-40 yosh oralig'idagilar uchun Koreyada xarajatlari to'liq qoplanadigan qishki madaniyat oromgohi — Winter Korean Culture Camp Talablar — Mazkur dasturda qatnashish uchun 17-40 yosh oralig'ida bo'lish kerak; — Barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi; — Ingliz tilini yetarlicha bilish kerak. IELTS talab qilinmaydi. Foydali tomonlariXarajatlari toʻliq qoplanadigan (fully funded) grant turida safar xarajatlari, turarjoy, aeroportdan kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar, ovqatlanish, ichki transport xarajatlari qoplanadi; — Seul bo'ylab piyoda sayohat qilish imkoniyati; — Qatnashgan barchaga sertifikat beriladi. — Shuningdek, dasturda o’z hisobidan qatnashish imkoni ham mavjud. Oxirgi muddat 31.10.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
10 541
711
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Oksford universitetidan magistratura bosqichi uchun Oxford-Pershing Square Graduate Scholarships dasturi. Yillik stipendiya — £19,237 Talablar — Nomzod ushbu universitetning Oksford 1+1 MBA dasturi talablariga javob berishi va o'sha dastur uchun hujjat topshirgan bo'lishi kerak; — Ingliz tilini mukammal darajada bilishi zarur; — Yuqori akademik ko'rsatkichga va GMAT/ GRE sertifikati yoki boshqa mukofotlarga ega bo'lishi lozim va b. Foydali tomonlari — Dastur davomida o'quv kontrakt to'lovidan ozod etiladi; — 2 yillik o'qish davomida yashash xarajatlari uchun yillik £19,237 ($24,899) stipendiya bilan ta'minlanadi. Oxirgi muddat 06.01.2025 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 750
79
Qabul ochildi! Shveysariyaning Lozanna universiteti (UNIL)dan Magistraturada o'qish uchun grant; oylik stipendiya: $1,824 Talablar — Nomzod Shveysariya fuqarosi bo'lmasligi lozim; — Bakalavr diplomiga ega bo’lish yoki o’qish boshlanguncha diplomni qo’lga kiritish kerak; — O'qish davomida har tomonlama o'zini ko'rsatgan bo'lishi va yuqori baholarga tamomlagan bo'lishi lozim. Foydali tomonlari — Oyiga 1600 CHF ($1,824) stipendiya; — Kurslarga yozilish uchun belgilangan to'lovlaridan ozod qilinadi. Oxirgi muddat 01.11.2024 Batafsil | |
عرض المزيد ...
7 796
192
آخر تحديث بتاريخ: ١١.٠٧.٢٣
سياسة الخصوصية Telemetrio